Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»



Download 0.98 Mb.
bet45/127
Sana16.05.2020
Hajmi0.98 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   127
Tarkibining nisbiy o’zgarmasligi. Odatda kichik guruhlarda har bir a’zo o’z vazifasiga ega bo’lib, qat’iy o’rinni egallaydi. Shu nuqtai nazardan guruhiy tarkib kam hollarda o’zgaradi.

  • Ichki struktura. O’z ichiga noformal rol va statuslarni, sotsial nazorat mexanizmini, sanksiyalar, normalar va xatti-harakat qoidalarini qamrab oladi.

  • Agar a’zolar soni arifmetik progressiyaga ko’ra o’ssa, aloqalar soni geometrik progressiyaga ko’ra o’sib boradi. Uch kishidan iborat bo’lgan guruhda aloqalar soni faqat to’rtta bo’lishi mumkin. To’rt kishidan iborat bo’lgan guruhda aloqalar soni 11ni tashkil etadi.

  • Guruh soni qanchalik kam bo’lsa, undagi o’zaro munosabatlar shunchalik jadalroq bo’ladi. Guruh hajmining kattalashuvi uning a’zolari o’rtasidagi munosabatlarning formal tus olishi va guruh a’zolarining shaxsiy ehtiyojlarini borgan sari kam miqdorda qondirishi sodir bo’ladi.

  • Guruhning hajmi guruh faoliyatining xususiyatiga bog’liq. Yirik banklarning moliyaviy kommitetlari odatda 6-7 kishidan iborat bo’ladi. Nazariy masalalarni muhokamasi bilan band bo’lgan parlament kommitetlari 14-15 kishidan iborat bo’ladi.

  • Guruhga tegishlilik. Shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun shaxs ma’lum guruhga a’zo bo’ladi. Kichik guruhlar katta guruhlarga nisbatan ko’proq darajada insonlarning hayotiy muhim ehtiyojlarini qondiradi. Shaxs guruh uning ehtiyojlarini qondirmasligiga ishonch hosil qilsa, uni tark etadi.

  • Guruhdagi o’zaro aloqadorlik. O’zaro aloqadorlik guruh a’zolari tomonidan ta’minlangan taqdirdagina mavjud bo’ladi. Guruh a’zolaridan biri guruh uchun muhim bo’lgan vazifalarni bajarmay qo’ysa, u guruhdan haydaladi.

  • Guruh o’z a’zolarining barchasiga imkoniyatlar yaratadi. Shaxs ma’lum kichik guruhning a’zosi sifatida o’ziga tegishli bo’lgan imkoniyatlardan foydalanadi.

    Kichik sotsial guruhlar turli mezonlarga qarab turlarga ajratiladi. Guruhiy munosabatlar strukturasiga qarab kichik sotsial guruhlar rasmiy va norasmiy guruhlarga, a’zolar o‘rtasidagi munosabatlarning yaqinligiga qarab birlamchi va ikkilamchi guruhlarga, guruhga a’zo bo‘lish va bo‘lmasligiga qarab a’zoli va referent guruh turlariga bo‘linadi.

    Amerikalik sotsiolog E.Meyo(1928y) birinchi bo‘lib kichik sotsial guruhlarni rasmiy va norasmiy guruhlarga bo‘lib o’rganishni taklif qilgan. U 1924-1932yillarda Chikagodagi Xotorn tashkilotlarida olib borgan eksperimentlari asosida mehnat samaradorligini oshirishni maqsad qilgan. Tadqiqotlarining natijasida olim har qanday ishchi guruhida rasmiy munosabatlardan tashqari norasmiy – do’stona munosabatlar ham bo’lishini aniqlagan. Aynan mana shu noformal do’stona munosabatlar ishchi guruhidagi mehnat motivatsiyasida muhim o’rin egallashi tadqiqot natijasida namoyon bo’lgan.

    Guruhlarni rasmiy va norasmiy guruhlarga ajratishda u guruhiy munosabatlarning strukturasiga asoslangan. Shunga ko’ra, rasmiy guruhlar huquqiy statusga ega bo‘lgan va aniq maqsadga yo’naltirilgan sotsial guruhlardir. Rasmiy guruhlarning aniq va izchil maqsad, ierarxiyaga solingan aniq funksiyalar, ma’lum qoidalarga muvofiq keladigan huquq va burchlar, a’zolar o‘rtasidagi rasmiy munosabatlar, guruh faoliyatini nazorat qiladigan rasmiy institutning mavjudligi kabi xususiyatlar mos keladi. Har qanday rasmiy guruh tashkiy jihatdan tartiblangan, ya’ni turli guruh va a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarning tartibi shakllantirilgan bo‘lishi kerak. Ularda guruh maqsadlari, funksiyalari xatti-harakat qoidalari, xatto a’zolik shartlari maxsus hujjatlarda (dastur, instruksiya, qonun va boshqalar) qayd etilgan bo‘ladi.

    Rasmiy guruh — bu aniq sotsial guruh bo’lib, jamiyat sotsial strukturasining elementi hisoblanadi. U ob’yektiv holda mavjud. Uning strukturasi va xatti-harakat shakllari keng miqyosdagi guruh yoki jamiyat tomonidan boshqariladi. Rasmiy tashkilot yuqoriroq darajali sistema bilan aniq belgilangan funksiyalarni bajarish uchun tashkil etiladi. Bu funksiyalar ma’lum ma’noda individlar uchun yuzaki hisoblanadi. Masalan, ishlab chiqarish korxonasining sotsial tashkiloti ishlab chiqarish brigadasining asosiy vazifalarini belgilab beradi. Brigada doirasida bu funksiyalar har bir brigada a’zosining guruhda tutgan individual martabasiga qarab taqsimlanadi. Individ rasmiy guruhga a’zo bo‘lar ekan, o‘zining shaxsiy sifatlarini yo‘qotadi va rasmiy guruh tashkiloti doirasidagi u yoki bu rollarni bajaruvchi kishiga aylanadi.

    Rasmiy guruhlarga siyosiy partiyalar, davlat, diniy va boshqa tashkilotlar, ishlab chiqarish kollektivi, maktab sinfi, sport komandasi va boshqalarni kiritish mumkin. Rasmiy guruhning eng sodda ko‘rinishi sifatida ishlab chiqarishni ko‘rsatish mumkin. Uning hajmi, tuzilishi, rahbarning vazifalari ishlab chiqarish tashkiloti qoidalari bilan qat’iy belgilanadi.

    Shunday qilib, rasmiy sotsial guruh deb, guruh alohida a’zolarining o‘rni va xatti-harakati sotsial tashkilotning rasmiy qoidalari, qonunlari bilan chegaralanadigan guruhga aytiladi. Rasmiy guruh a’zolarining nufuzi (tutgan o‘rni) shaxsiy sifatlar bilan emas, ularning martabalari bilan aniqlanadi. Shaxslararo munosabatlar esa rasman o‘rnatilgan chegara doirasida amalga oshadi.

    Ammo rasmiy struktura tomonidan tan olinmagan va huquqiy jihatdan norasmiy hisoblangan sotsial guruhlar ham sotsiologik jihatdan rasmiy guruh sifatida baholanishi mumkin. Bularga turli yashirin tashkilotlar va norasmiy guruhlar misol bo’ladi.

    Norasmiy guruhlar, ko‘pincha «sotsial psixologik guruhlar» deb ataladi. Chunki bu guruhlarning tashkil topishida guruh a’zolari o‘rtasidagi psixologik, hissiy munosabatlar va ijtimoiy ehtiyoj yotadi. Norasmiy guruhlarning paydo bo‘lishida vaziyat va umumiy manfaatlar majmui muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham bu guruhlarni ba’zan, manfaat yuzasidan tuzilgan guruhlar deb atashadi.

    Norasmiy guruhning tuzilishi rasmiy guruhlardan farq qiladi. Rasmiy guruhda guruh sotsial strukturaning yuqori organlar va xatto jamiyat tomonidan tuzilsa, norasmiy guruhlar esa shaxsiy asosda, ya’ni uni tashkil etadigan individlar tashabbusi bilan tuziladi. Tashabbuskor kishilar bu guruhda faol rol o‘ynaydilar va o‘z-o‘zidan guruhda a’zolarning ehtiyojlarini qondirishga imkoniyat yaratuvchi xatti-harakat tizimi shakllanadi.



    Norasmiy guruhlar rasmiy guruhlar doirasida ham, undan tashqarida ham tashkil topishi mumkin. Bu holda norasmiy guruh rasmiy guruh tashkilotiga nisbatan ikkilamchi hisoblanadi. Masalan, oddiy ishlab chiqarish korxonasidagi do‘stlar guruhi.

    Norasmiy guruhlar rasmiy guruhlarga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘ladi. Ular hudud yaqinligi asosida (qo‘shnilar), qiziqishlarning bir xilligi asosida (jaz klubi a’zolari, kitobxonlar klublari), psixo-fiziologik xususiyat birligi asosida (bolalarning o‘yin guruhlari, qariyalar guruhi), shaxsiy mayl (simpatiya asosida do’stlar guruhi) asosida paydo bo‘ladi.

    Norasmiy guruh a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar aniq ifodalangan shaxsiy sifatlarga ega. Bu aloqalar rasmiy guruhdagi aloqalarga nisbatan a’zolar uchun ahamiyatliroq bo’ladi. Masalan, ishchilar guruhi doirasida yuzaga kelgan do‘stlar munosabati faqatgina birga ishlashlari bilan emas, bo‘sh vaqtlarini ko‘proq birga o‘tkazishlari, ko‘p uchrashishlari, bir-biriga o‘zaro yordam berishlari bilan ham belgilanadi.

    Norasmiy guruhlar muntazam tashkilotga ega emas, ularda rasmiy saylangan martabali shaxslar; nizomlar, kun tartibi va aniq rasmiy maqsad bo‘lmaydi, guruhda tartib an’anaga, hurmat va obro‘ munosabatlariga asoslanadi. Biroq norasmiy guruhlar har doim o‘ziga xos ahloqiy kodekslarga ega emas. Norasmiy guruhlar rasmiy guruhlarga qaraganda ancha beqaror, ularga a’zo bo‘lish erkin va belgilanmagan.

    Norasmiy guruhlarni birlashtiradigan asosiy omillar – a’zolar manfaatlari, mayillari, odatlari hisoblanadi. Norasmiy tashkilotning o‘ziga xos tomoni norasmiy sardorning va guruhga yaqin bo‘lgan shaxsiy xususiyatlarning bo‘lishidir. Norasmiy guruh a’zolarining faoliyati qayd qilinmagan norma va an’analar yordamida amalga oshiriladi. Bu norma va an’analar mohiyati guruhning jipslik darajasiga, uning boshqa sistemalar bilan munosabatiga bog‘liq. Ba’zi norasmiy guruhda faoliyat qoidalari buzilgan taqdirda, aybdor shafqatsiz jazolanadi: masalan, banda, mafiyalarda bunday jazo usullari qo‘llaniladi.

    Shunday qilib, norasmiy guruh deb, a’zolar aloqalarining shaxsiy sifatlari, boshqa sotsial strukturalardan mustaqilligi, guruh faoliyatining aniq bo‘lmagan maqsadi, norasmiy nazorat sistemasi, guruh jipsligining yuqori darajasi bilan xarakterlanadigan guruhga aytiladi94.

    Guruhlarni rasmiy va norasmiy guruhlarga ajratish nisbiy xarakterga ega. Guruh rasmiy guruhga aylanishi mumkin. Masalan, oila a’zolari ma’lum bir tashkilot tuzishlari mumkin. Boshqa tomondan bir vaqtning o‘zida guruh ham rasmiy, ham norasmiy bo‘lishi mumkin. Masalan, kursdoshlar, korxona hodimlari.


    Download 0.98 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   127




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
    ma'muriyatiga murojaat qiling

        Bosh sahifa
    davlat universiteti
    ta’lim vazirligi
    O’zbekiston respublikasi
    maxsus ta’lim
    zbekiston respublikasi
    o’rta maxsus
    davlat pedagogika
    axborot texnologiyalari
    nomidagi toshkent
    pedagogika instituti
    texnologiyalari universiteti
    navoiy nomidagi
    samarqand davlat
    guruh talabasi
    toshkent axborot
    nomidagi samarqand
    ta’limi vazirligi
    haqida tushuncha
    toshkent davlat
    Darsning maqsadi
    xorazmiy nomidagi
    Toshkent davlat
    vazirligi toshkent
    tashkil etish
    Alisher navoiy
    rivojlantirish vazirligi
    Ўзбекистон республикаси
    matematika fakulteti
    pedagogika universiteti
    таълим вазирлиги
    sinflar uchun
    Nizomiy nomidagi
    tibbiyot akademiyasi
    maxsus ta'lim
    ta'lim vazirligi
    o’rta ta’lim
    махсус таълим
    bilan ishlash
    fanlar fakulteti
    Referat mavzu
    umumiy o’rta
    haqida umumiy
    Navoiy davlat
    Buxoro davlat
    fanining predmeti
    fizika matematika
    universiteti fizika
    malakasini oshirish
    kommunikatsiyalarini rivojlantirish
    jizzax davlat
    davlat sharqshunoslik