Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "bank ishi" fakulteti



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana13.02.2020
Hajmi0,68 Mb.
#39656
  1   2   3   4
Bog'liq
marketingda zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish xususiyatlari


 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 



TA’LIM VAZIRLIGI 

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI 

  

“BANK ISHI” FAKULTETI  

 

“ТАSHQI  IQTISODIY FAOLIYAT” KAFEDRASI 

 

 

 



 

KURS ISHI 

 

Маvzu: Markеtingda zamonaviy axborot kommunikatsion 

tеxnologiyalardan foydalanish xususiyatlari 

  

 

 

Bajardi: “Bank ishi” fakulteti, “Маrketing” 

(Таshqi iqtisodiy faoliyat) ta’lim yo’nalishi, 4-

kurs, МV-51 guruhi talabasi Ergashova 

Gavxar Baxtiyarovna

________________________ 

 

Ilmiy rahbar: “Таshqi iqtisodiy faoliyat”   

kafedrasi  katta o’qit. Sharifxodjaеv U.

 

______________ 



 

 

 



 

 

 



ТОSHKENT – 2013 

 

 

 

 



MUNDARIJA 

 

KIRISH 

 

1.1 


  Zamonaviy  axborot  kommunikatsion  texnologoyilarning  marketing  jarayonidagi 

ahamiyati 

1.2 

 Marketing xizmat faoliyatida axborot texnologiyalrni o’rni.……………………………31 



1.3 

 Axborot  kommunikatsion  texnologoyilarning  marketing  xizmatida  foydalanishning 

me’yoriy huquqiy asoslari 

1.4  1 - bob bo`yicha xulosalar 



 

XULOSA VA TAKLIFLAR  

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

KIRISH 



 

   Mavzuning    dolzarbligi.  Bugungi  kun  va  kelajak  hayotimizni  zamonaviy 

axborot  tenolgiyalarsiz  tasavvur  eta  olmaymiz.Respublikamizda  davr  talabi 

bo’lgan  zamonaviy  axborot  kommunikatsion  tenologiylarni  joriy  etilishi  va  uni 

iqisodiyotni  turli  xil  sohalariga  tadbiq  etilishi  raqobatbrdosh  axborotlarga  ega 

bo’lish  va  ulardan  samarali  foydalanish  imkoniyatini  beradi.  Mamlakatimizda 

axborot  kommunikatsion  texnologiyalarni  me’yoriy  huquqiy  asoslari  yaratildi. 

“Jumladan, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 24,5 foizga, kompyuter dasturlash 

xizmatlari  18  foizga,  texnologik  asbob-uskunalarni  ta’mirlash  va  ularga  xizmat 

ko‘rsatish  17  foizga,  moliya-bank  xizmatlari  17,6  foizga  o‘sdi.”

1

.Zamonaviy 



marketingni zamonaviy aborot kommunikatsion axborot texnologiyalarsiz  amalga 

oshirib  bo’lmaydi.O’z  vaqtida  tezkor  va  sifatli  axborotlarga  ega  bo’lish,to’g’ri 

qarorlar  qabul  qilishni  ta’minlaydi  .Natijada    korxonalar  raqobatbardoshligi 

ta’minlanadi.Rivojlangan  davlatlar  iqtisodiyotini  muvaffaqiyati  sabablardan  biri 

ularni  doimo  tezkor  va  aniq  axborotlarga  ega  bo’lish  imkoniyati 

yuqoriligadir.Shunday ekan respublikamizda zamonaviy axborot  kommunikatsion 

texnologiyalrni  iqtisodiyotni  turli  sohalarga  qo’llash  zaruriyati  mavzuni 

dolzarbligidan dalolat beradi. 

Zamonaviy 

marketingda 

zamonaviy 

axborot 


kommunikatsion 

texnologiyalarni joriy etish va ulardan samarali foydalanish natijalarini tahlil qilish 

va  jahon  tajribasini  yutuqlarini  joriy  etish  muammolarini  o’rganish  va  takliflar 

ishlab chiqish   bituruv malakakaviy  ishining  maqsadi  hisoblanadi.  

Tinglovchilarda zamonaviy marketingda zamonaviy axborot kommunikatsion 

texnologiyalarni joriy etish va ulardan samarali foydalanish natijalarini tahlil qilish 

va  jahon  tajribasini  yutuqlarini  joriy  etish  muammolarini      bilan  bo’liq    ilmiy-

nazariy bilim va  ko’nikmalarni  shakllantirishdan iborat. 

                                                 

1

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.Karimovning  “2012  yilda  mamlakatimizni  ijtimiy  iqtisodiy  rivojlantirish 



yakunlari  hamda 2013 yilga  mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng  muhim ustuvor  yo’nalishlar”ga  bag’ishlangan 

Vazirlar Mahkamasini majlisidagi ma’ruzasi 18.01.2013 www.prezident.uz 

 


 

O’zbеkistonning iqtisodiy va ijtimoiy  sohalarida yuqori natijalarga erishishi, 



jahon  iqtisodiy  tizimida  to’laqonli    shеriklik  o’rnini  egallay  borishi,  inson 

faoliyatining  barcha  jabhalarida  zamonaviy  axborot  tеxnologiyalaridan  yuqori  

darajada  foydalanishini    ko’lamlari    qanday  bo’lishiga    hamda  bu  tеxnologiyalar 

ijtimoiy  mеhnat  samaradorligining  oshishida    qanday  rol  o’ynashiga  bog’liq. 

Hozirgi  kunga  kеlib  iqtisodiyotda  bozor  munosabatlariga  o’tish  jamiyatimiz 

ijtimoiy va iqtisodiy  xayotining barcha  axborotlashtirish sohalarida erishilgan eng 

so’nggi  yutuqlarni  tadbiq  etish    sur'atlarini    g’oyatda  tеzlashtirib    yubordi 

Zamonaviy  axborot  tеxnologiyalari    tеzkor  va  muvofiq  ravishda  boshqarishga, 

axborot kommunikatsiyalarini o’rnatishga imkon bеradi. 

Iqtisodiyotda zamonaviy axborot tеxnologiyalaridan   foydalanish  iqtisodiy 

axborotlar    sifati,  uning  aniqligi,  ob'еktivligi,  tеzkorligini  va  buning  natijasi  

sifatida  esa  boshqaruv  qarorlarini  o’z  vaqtida  qabul  qilish  imkoniyati  oshishini  

ta'minlaydi.  Axborot  tеxnologiyalari  hozirgi  kunda  jahon  iqtisodiyotining 

rivojlanishining “harakatga kеltiriruvchi kuch”i bo’lib hisoblanadi. 

  Jahon  tajribasini  axborot  tеxnolgiyalarining  haqiqatdan  ham  insonlarning 

ijtimoiy  xayotiga  ijobiy  ta'sir  ko’rsatishini  tasdiqlamoqda.    Bu  borada 

Prеzidеntimiz  I.A. Karimov  ta'kidlaganlaridеk:  “Jahon sivilizatsiyasiga daxldor 

bo’lgan  eng  zamonaviy  ilmlarni  egallamay  turib,  mamlakat  taraqqiyotini 

ta'minlash qiyin” . 

Tadqiqot  jarayonida  zamoanviy  iqtisodiyotda  axborot  tеxnologiyalarini 

qo’llashning  nazariy  asoslari,  ya'ni  axborot  rеsurslari,  tizim,  boshqaruv  tizimi, 

boshqaruv  tizimi  faoliyatining  axborot  jihatlari,  qaror  qabul  qilish,  axborot 

tizimlari, avtomatlashtirilgan axborot tеxnologiyalari, axborot tеxnologiyalarining 

rivojlanish  bosqichlari,  avtomatlashtirilgan  axborot  tizimlari,  ularning 

evolyutsiyasi,  samaradorligi,  yaratish  hamda  rivojlantirish  tеndеntsiyalari, 

ma'lumotlar bazasi,  ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, zamonaviy axborot 

tеxnologiyalari  batafsil  yoritib  bеrilgan.  Shu  bilan  birga  iqtisodiyotda  axborot 

jarayonlarini  boshqarishda  avtomatlashtirilgan  axborot  tеxnologiyalaridan 



 

foydalanish, ya'ni turli sohalarga qo’llash: statistika, buxgaltеriya hisobi, bank va 



markеting faoliyati yoritilgan. 

         Zamonaviy  axborot  kommunikatsion  texnologiylarni  iqtisodiyotda  xususan 

marketingda qo’llashni samaradorlikka erishtiradigan uslubiy asoslari:   

- zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda qo’llashni 

takomillashtirish ta’moyillari;  

- zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda qo’llashni 

asosiy yo’llarini rivojlantirish istiqbollari;  

- zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda qo’llashni 

bugungi kundagi xolatlarti;  

- zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda qo’llashni 

davlatning o’rni va uning axamiyati;  

-  zamonaviy  axborot  kommunikatsion  texnologiylarni  iqtisodiyotda  qo’llash 

mexanizmlarini yoritish yo’llari;    

Tadqiqot  natijalarining  ilmiy  va  amaliy  ahamiyati,  shundan  iboratki,  unda 

zamonaviy  axborot  kommunikatsion  texnologiylarni  iqtisodiyotda  xususan 

marketingda  qo’llash  bo’yicha    ishlab  chiqilgan  alohida  taklif  va  tavsiyalar 

korxonalarda  tezkor  axborotlarga  ega  bo’lish  va  uning  nazariy  va  amaliy 

muammolarini  o’rganish  asosida  tashkil  etilgan  hamda  samarali  boshqarish 

yo’llarini imkonini beradi.        

Mazkur tadqiqot natijalaridan mamlakatiz iqtisodiyotida xususan marketingda 

zamonaviy  axborot  kommunikatsion  texnologiylarni  qo’llash  hamda  oliy  o’quv 

yurtlarida  iqtisodiyotda  axborot  texnologiylari  fanidan  o’qitishda  foydalanish 

mumkin.   



 

 

 

 

 

 

 

Zamonaviy 



axborot 

kommunikatsion 

texnologoyilarning 

marketing 

jarayonidagi ahamiyati 

      Mamlakatimizda  aloqa  va  axborotlashtirish  sohasini  rivojlantirish,  barcha 

sohalarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, jahon 

axborot  makoniga  integratsiyalashish  borasida  keng  ko‘lamli  ishlar  olib 

borilmoqda.  Prezidentimizning  2012-yil  21  martda  qabul  qilingan  “Zamonaviy 

axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini    joriy  etish  va  yanada    rivojlantirish 

chora-tadbirlari    to‘g‘risida”gi    qarori  mazkur  yo‘nalishdagi  ishlarni 

takomillashtirishda  muhim  dasturilamal  bo‘lib  xizmat  qilmoqda.  2013  yilning  1 

yanvar  holatiga  ko'ra,  ma'lumotlar  uzatish,  jumladan,  internet  tarmog'iga  ulash 

xizmatlarini kro'satuvchi xo'jalik sub'ektlarining soni 930 taga yetdi, jamoa bo'lib 

foydalanish  punktlari  soni  esa  1063  tani  tashkil  qildi.  Xalqaro  axborot 

tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi 7780 Mbit/s.ga yetkazilib, o'tgan yilga 

nisbatan 160,9 foizga o'sdi. Buning natijasida operator va provayderlarga internet 

xizmatlari (tashqi kanal) uchun belgilangan tarif 2012 yil boshiga nisbatan o'rtacha 

25 foizga kamaytirildi. UZ zonasida qayd qilingan domenlar soni bugungi kunda 

15,8 mingtadan ziyodni tashkil etdi. Hisobot davrida Davlat axborot resurslarining 

umumiy  soni  195taga  yetkazildi.  Interaktiv  davlat  xizmatlarining  umumiy  soni 

197tani  tashkil  qildi.  Davlatimiz  rahbari  tomonidan  2012  yilda  mamlakatimizni 

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo'ljallangan iqtisodiy 

dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo'nalishlariga  bag'ishlangan  Vazirlar 

Mahkamasining  majlisida  quyidagi  vazifasi  “Axborot-kommunikatsiya  va 

telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi chora-tadbirlar va loyihalarni jadal 

amalga oshirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biz o‘zimizga shuni aniq 

tasavvur  etishimiz  kerakki,  iqtisodiyotning  barcha  sohalariga,  kundalik 

hayotimizga  zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  tizimlarini  keng  joriy  etish 

bo‘yicha  tub  va  ijobiy  ma’nodagi  portlash  effektini  beradigan  o‘zgarishlarni 

amalga oshirmasdan turib, istiqboldagi maqsadlarimizga erishish qiyin bo‘ladi. Biz 

qisqa  vaqt  mobaynida  nafaqat  axborot  xizmatlari  ko‘rsatishning  ko‘plab  turlari 

bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishimiz, balki axborot-kommunikatsiya 


 

texnologiyalarini joriy etish borasida yuksak darajaga erishgan ilg‘or mamlakatlar 



safiga  qo‘shilishimiz  zarur”

2

.  Bugungi  kundagi  asosiy  ustuvor  vazifa  sifatida  



amalga  oshirilmoqda.Davlatimiz  rahbari  tomonidan  2012  yilda  mamlakatimizni 

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo'ljallangan iqtisodiy 

dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo'nalishlariga  bag'ishlangan  Vazirlar 

Mahkamasining majlisida belgilab berilgan AKTni kelgusida yanada rivojlantirish 

va  takomillashtirish  borasidagi  vazifalar  ham  alohida  ahamiyatga  ega.  Jumladan, 

mazkur muhim vazifalarni amalga oshirish bo'yicha soha korxonalari rahbarlariga 

tegishli  chora-tadbirlarni  belgilab  olish  va  ijrosini  ta'minlash  yuzasidan 

quyidagilarni amalga oshirmoqdalar:  

-  “Elektron hukumat”  tizimini, shu  jumladan,  boshqaruv  jarayonlari, shuningdek, 

biznes  sohasiga  va  fuqarolarga  davlat  xizmatlari  ko'rsatish  tizimini  shakllantirish 

konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqishni jadallashtirish,  

-  tadbirkorlar  va  aholiga  interaktiv  davlat  xizmatlari  ko'rsatishning  elektron 

shakllarini joriy qilish,  

- milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirishning 2013-2017 yillarga 

mo'ljallangan kompleks Dasturini ishlab chiqish,  

-  zamonaviy  texnologiyalar  asosida  videotelefonlar,  internet-televideniye,  yuqori 

tezlikdagi  internet,  HDTV  kanallarini  namoyish  qilish  va  boshqa  xizmatlar 

ko'rsatish  imkonini  beradigan  2  ming  kilometr  uzunlikdagi  keng  polosali  optik 

tolali aloqa tarmog'i qurilishini yakuniga yetkazish,  

-  internet  tarmog'ida  turli  yo'nalishlardagi  zamonaviy  milliy  veb-resurslarni 

yaratishAxborotlashtirish  sohasidagi  islohotlarning  olib  borilishi  natijasida    

respublikamizning  barcha  tarmoqlari  va  davlat  boshqaruvi  organlari  oldiga 

qo’yilgan  vaziflardan  kelib  chiqib  ,zamonaviy  axborot-komunikatsion 

texnologiyalari  (AKT)  va  telekomminikatsiya  tizimlarini  rivojlantirish  va  ularni 

hayotga  keng  joriy  etish  qilinishiga  erishilmoqda.  Jumladan  ,bozor  

iqtisodiyotining    ijtimoiy    yo’naltirilgan      ko’p    tarmoqli  axborot  industriyasini 

                                                 

2

 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “2012 yilda mamlakatimizni ijtimiy iqtisodiy rivojlantirish 



yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlar”ga bag’ishlangan 

Vazirlar Mahkamasini majlisidagi ma’ruzasi 18.01.2013 



 

tashkil  etish  ,  AKTni    iqtisodiyotning  turli  sohalarida    keng    joriy  qilish  orqali 



jamiyatimizning  ichki  mustahkamligi    va  ijtimoiy  birligini  tashkil  etish  , 

umumjahon hayot sifati standartlariga chiqish maqsadida ,8ta qonun ,O’zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining    3ta  farmoni.  Prezident    va  hukumatimizning  17ta 

qarori  qabul  qilindi.Vazirlar  Mahkamasining  maxsus  qarorlariga    asosan  davlat 

axborot  resurslarini  qo’shimcha  ro’yxati  tasdiqlanib  ,  yil  boshida    51  ta  davlat 

axborot  resurslari  va  8ta  davlat  axborot    tizmlari  yaratildi  hamda  davlat 

organlarining 49 interaktiv xizmatlari turlari tasdiqlandi.  Mamlakatda iqtisodiyotni 

rivojlanishi,  boshqarish  tizimini  mukamallashtirish  axborotlarsiz  amalga  oshirib 

bo’lmaydi. Marketing muammolariga mamlakatimiz Prezidentimiz alohida e’tibor 

qaratib: ”Biz doimo  hamma darajada marketing tadqiqotlarini  tashkil etish bilan 

jiddiy shug’ullanish  zarurligini ta’kidlaymiz.Biroq  bu borada amalda juda oz ish 

qilinmoqda.Ichki va tashqi  bozorlarning taraqqiyot  tamoyillarini  yaxshi bilmaslik 

natijasida korxonalar ,qo’yinki butun mamlakat katta zarar ko’rmoqda.”

3

    Xalqaro 



tajriba  shuni  ko’rsatadiki  davlat  boshqaruvida  AKTni  qo’llash  uning  natijaviy 

samaradorligini,xususan axborotning o’zaro ta’siri ,qayta ishlanishi  va izlanishni 

amalg  oshiridh  uchun    vaqt  qisqarihsi  hisobiga  unumdorlini  o’rtacha  20foizga 

ko’paytirishga imkon yaratilmoqda .  

Axborotlar  milliy  iqtisodiyotning  barcha  tarmoqlari,  sohalari,  bo’linmalari 

(ish  joyidan  tortib  vazirliklargacha)  o’rtasida  va  ushbu  korxona  bilan  o’xshash 

korxonalar  va  tashkilotlar  o’rtasida  uzluksiz  axborot  almashishdan  iborat.  Fan-

texnika taraqqiyoti o’sishi bilan birga chiqarilayotgan tovarlarning nomenklaturasi 

ham  ortadi,  tez  yangilanadi,  ishlab  chiqarishning  texnika  bazasi  zamonaviy  va 

murakkab  mashinalar  sistemasi  bilan  boyiydi,  texnologik    jarayonlar 

intensivlashadi va murakkablashadi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish kengayadi 

va  hokazo.  “Marketing  faoliyatining  kommunikatsion  jarayonlari  (KJ),uning 

alohida  ob’ektlari    o’rtasida  axborotlar  almashuvida  namoyon  bo’lib,  korxona 

MAT axborot jarayonlarining barcha bosqichlariga  kirib boradi. Uning ahamiyati 

va  hususiyatlari    axborotlarni  yig’ish  ,ro’yxatga  olish  va  uzatish  hamda 

                                                 

3

 Karimov I.A.”Kelajakni jasoratli odamlar quradi”.7-jild.T.:”O’zbekiston”.1999 



 

korxonaning  bozor  va  ishlab  chiqarish  jaryonini  tartibga  solishdagi  teskari  aloqa  



vazifasini  amalga  oshirishda  eng  ko’p    darajada    namoyon  bo’ladi.”

4

    Bozor 



imkoniyatlarini  yaxshiroq  bilish  va  marketing  muammolarini  echish  uchun  har 

qanday tashkilot, korxona yoki firmaga to’liq va haqqoniy axborot zarur. Ular o’z 

xaridorlarini,  raqobatchilarini,  vositachilarini  sotish  va  baholar  to’g’risidagi 

ma'lumotlarga ega bo’lmasdan turib, har tomonlama tahlil, rivojlantirish va nazorat 

qilishni  amalga  oshira  olmaydilar.Mashhur  amerikalik  marketologlardan  biri 

shunday  degan  edi:  "Biznesni  boshqarish  -  bu  uning  kelajagini  boshqarish, 

kelajagini  boshqarish  -  axborotga  egalik  qilishdir".  Haqiqatdan  ham,  axborot 

moliyaviy,  xom-ashyo,  asbob-uskunalar  va  ishchi  kuchi  kabi  muhim  boshqarish 

resursi  va  ob'ekti  bo’lib  qolmoqda.  Shu  bilan  bir  vaqtda,  xorijlik  tadqiqotchilar 

ta'kidlaganidek, bozor to’g’risidagi axborotlardan to’liq qoniqqan korxonani topish 

juda mushkul. Ayrimlar aniq ma'lumotlarning etishmasligidan nolisalar, boshqalari 

noaniq axborotning ko’pligidan noliydilar. Bundan tashqari, axborotning qanchalik 

haqqoniyligini  aniqlash  ham  muammodir.  Shuning  uchun,  hatto  xorijda  ham 

xaridor  bozori  sharoitida  juda  kamdan-kam  firmalargina  rivojlangan  marketing 

axboroti  tizimiga  ega  ekanliklari  bilan  maqtana  oladilar.  Ularning  ko’pchiligi 

marketing  tadqiqot  bo’limlariga  ega  emaslar,  boshqalari o’z  tarkiblarida,  sotishni 

istiqbollash va tahlil qilish bilan shug’ullanuvchi kichik bo’limlarga egadirlar. Endi 

bizdagi  ahvolga  kelsak,  bozorning  ahvoli  haqida  axborot  to’plash  hali  o’z 

rivojining  ilk  bosqichidadir.  Lekin  yangidan-yangi  talablarning  shiddat  bilan 

rivojlanishi,  marketingning  baynalminallashuvi,  raqobatning  keskinlashishi 

samarali  axborotlarga  egalik  qilishni  kun  tartibiga  qo’ymoqda.  “Axborot 

kommunikatsion    texnologiyalari  –oddiy    bo’lmagan  tovardir.  Bozorda  ular  

istalgan  mahsulot  va  ishlab  chiqarish  vositasi  sifatida  bo’ladi,chunki  bozorning 

faoliyati  axborot ta’minotiga bog’liq.Interaktiv xizmatning vjudga kelishi davrida 

marketing bo’yicha mutaxassislar o’zlarining beosita asosiy iste’molchialriini  har 

                                                 

4

 S.S.G’ulomov,B.A.Begalov”Informatika va axborot texnologiyalari”. T:Fan ,2010-601bet 



10 

 

tomonlama    bilganalr  va  tegishli  aborotlarni    yig’ish  uchun  ular  bilan  tog’ridan  



tog’ri  aloqalr o’rnata olganlar.”

5

    



Bunga  yangi  texnikalarning,  yangi  kompyuterlar,  nusxa  ko’chiruvchi 

mashinalar, videomagnitofonlar va boshqalarning keng ko’lamda ishlatilishi keng 

imkoniyatlar yaratmoqda. 

 “Amaliyotda ilk bor marketing bo’limlari 1911 yilda «Kretis pablishing Ko», 

«Svift  end  Ko»,  «Yu.S.  Rabker  Ko»  kabi  kompaniyalarning  boshqaruv  apparati 

tarkibida  tashkil  topdilar.  1926  yilda  AQShda  marketing  va  reklama 

o’qituvchilarning  Milliy  assotsiatsiyasi  tuzildi.  1931  yilda  Amerika  marketing 

jamiyati,  1937  yil  esa  Amerika  Milliy  assotsiatsiyasi  tuzildi.  30-40-yillarda 

ko’pgina  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlarda  milliy  marketing  assotsiatsiyalari 

tashkil  topdi.  50-60-yillarda  halqaro  marketing  federatsiyasi,  jamoatchilik  fikrlari 

va marketing bo’yicha Yevropa jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi 

halqaro  marketing  tashkilotlari  tuzildi.  1986  yilda  «Sovplastital»  qo’shma 

korxonasida  birinchi  bo’lib  marketing  bo’limi  tuzildi.  Keyingi  yillarda 

Tashtekstilmash,  Chkalov  aviatsiya  birlashmasi,  Toshselmash  kabi  yirik 

korxonalarda ham marketing bo’limlari tuzildi.”

6

 



Marketing-  tovar  ayirboshlash  yo’li  bilan  extiyoj  va  talablarni  qondirishga 

yo’naltirilgan  inson  faoliyatinig  turi,  bozordagi  barcha  qatnashchilarning  o’zaro 

manfaatlariga asoslangan xarakatlarini, talabini shakillantirish va qondirish uchun 

birlashtirishdir. Marketing – bu tovar xarakatining barcha bosqichlarini o’z ichiga 

oluvchi,  talab,  taklif  va  bahoni  o’rganish,  mahsulot  ishlab  chiqarish  dasturini 

yaratish,  sotish  va  iste’mol  qilish  va  iste’moldan  keyingi  turli  xildagi  servis 

xizmatlar  ko’rsatish  va  iste’moldan  chiqqandan  keyin  utilizatsiyalashni  tashkil 

qilish kabi bozor muammolarini yechishda yaxlit-tizimli yondashishdir. 

Marketingga  Abdullayeva.O,Qosimova.  M  quyidagicha  ta’rif  berishgan 

“Marketing  –ehtiyoj  va  muhtojlikni  ayirboshlash    orqali  qondirishga    qaratilgan 

                                                 

5

 S.S.G’ulomov,B.A.Begalov”Informatika va axborot texnologiyalari”. T:Fan ,2010-609bet 



6

 

Jalоlоv J.J. va bоshqalar. Biznеs marкеtingi. Darsliк.– T.: Mоliya, 2007 - 12 bеt.  



11 

 

inson  faoliyatinig  turidir.”



7

.Marketingni  boshqarishni  uni  tizimlarini  Jalolov  J, 

Axmedov I , quyidagicha ta’riflashgan: 

        -“marketingni boshqarish- bu marketing bilan shug’ullanuvchi xodimlarni o’z 

ichiga oladigan xizmatlar, bo’limlar, bo’linmalar yig’indisi bo’lib, ular faoliyatini 

korxona maqsadiga erishish yo’lida tashkil etish va amalga oshirishdir.  

-marketingni funksional tamoyil asosida boshqarish - bu holatda bozorlar va 

ishlab chiqarilayotgan tovarlar bir xil tovarlar sifatida qaraladi va ular bilan ishlash 

uchun ixtisoslashgan bo’limlar tuziladi. 

-marketingning  tovarlar  tamoyili  asosida  boshqarish-  korxonalarning  ishlab 

chiqarish hajmi va mahsulot turlari katta miqdorda bo’lgan hollarda qo’llaniladigan 

usul. 


-marketing  tizimi-  ishlab  chiqaruvchi,  iste’molchi,  ta’minotchi,  raqobatchi, 

vositachi  yuridik  va  jismoniy  shaxslarni  o’z  ichiga  olib,  ayirboshlash  yo’li  bilan 

foyda olish maqsadida tovar va xizmatlarga talabni shakllantirish va rivojlantirish 

bo’yicha  o’zaro  uzluksiz  aloqada  bo’luvchi  ijtimoiy-iqtisodiy  elementlar 

majmuidir.  

-vertikal  marketing  tizimi  (VMT)  –  mustaqil  biznes  bo’la  oladigan  ishlab 

chiqarish, ulgurji savdo tashkilotlari, do’konlarning integratsiyalashuvidir. 

-kvazi  vertikal  marketing  tizimi-  qo’shilayotgan  ishlab  chiqarish  va 

mahsulotni sotish bo’yicha mustaqil korxonalar tomonidan yetakchi firma nazorati 

ostida amalga oshiriladigan marketing tizimi.”

8

 

Marketingga  Soliyev  A,  S  Buzrukxonov      quyidagi  ta’rifni  berishgan 



“marketing-tadbirkorlik(biznes  faoliyati  falsafasi  sifatida  ifodalanishi  jahondagi 

ko’pchilik  ilmiy  va  amaliy  maktablarda  shakllangan  g’oyadir.U  ko’pchilik 

mamlakatlar  tadbirkor  (biznesmen)lari,menejerlar  va  olimlarning  aniq  bir  siyosiy 

ijtimoiy-iqtisodiy shariotlardagi ijodiy hamkorliklari natijasidir“

9

 

Marketing turlari o’rtasida muayyan bog’liqlik mavjud. U marketing jarayonlarini 



har tomonlama va aniq vaziyatda ko’rib chiqishga imkon beradi:  

                                                 

7

 Abdullayev O.M.,Qosimova M.S va boshq “Marketing”.T.:TDIU.2006-7b 



8

 Jalоlоv J.J. va bоshqalar. Biznеs marкеtingi. Darsliк.– T.: Mоliya, 2007 – 50b. 

9

 A.Soliyev,S.Buzrukxonov Marketing.T.:”Iqtisod-moliya”-2010.-29b 



12 

 

-o’zgartiruvchi  (konversion)  marketing  -  salbiy  talabning  mavjudligiga  bog’liq, 



bunda bozorning katta qismi mazkur tovar yoki xizmatni inkor qiladi.  

-rag’batlantiruvchi  marketing  muayyan  tovar  va  xizmatlarga  talabning  yo’qligi 

kuzatilishi bilan tavsiflanadi. 

-remarketing - bu pasayib boruvchi talab sharoitida ilgarigi marketing kompleksini 

qaytadan anglash asosida uni tiklash maqsadida qo’llanadigan marketing turi.  

Rivojlantiruvchi  marketing  xaridorlarning  ko’pchiligi  mavjud  mahsulotlardan 

qoniqmagan, lekin yashirin talab shaklidagi ehtiyoj mavjud bo’lgan paytda bo’lishi 

mumkin  (masalan,  zararsiz  sigaretalar,  tejamliroq  avtomobillarga  talab). 

Sinxromarketing  -  bu  bozorning  shunday  vaziyatiki,  unda  talab  vaqt  jihatidan 

tovarlarni  taklif  qilish  tuzilmasiga  mos  kelmaydigan  mavsumiy  yoki  boshqa 

tebranishlar bilan harakterlanadi.  

Qo’llab-quvvatlovchi  marketing  to’liq  talabning  mavjudligini  harakterlaydi,  ya'ni 

bunda  tovar  va  xizmatlarga  talabning  darajasi  va  tarkibi  taklifning  darajasi  va 

tarkibi to’la mos keladi.  

Demarketing  haddan  tashqari  katta  talab  sharoitida,  ya'ni  tovar  yoki  xizmatga 

bo’lgan talab taklifdan ancha katta bo’lgan holda qo’llanadi. 

Qarshi  (aks)  ta'sir  ko’rsatuvchi  marketing  sog’liq  uchun  zararli  bo’lgan  yoki 

jamoatchilik  nuqtai  nazaridan  noratsional  bo’lgan  u  yoki  bu  mahsulotlar 

(sigaretalar, narkotik moddalar, pornografiya)ga irratsional (akldan tashqari) talab 

mavjud bo’lganda amal qiladi. 

Marketingning maqsad va vazifalari 

Marketing  sohasidagi  adabiyotlarda  asosan  marketingning  to’rtta  maqsadi 

keltiriladi. Bular quyidagilar hisoblanadi: 

1. Mumkin bo’lgan maksimal yuqori iste'molga erishish. 

2. Iste'molchilarning talabining maksimal qondirilishiga erishish. 

3. Iste'molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashiga imkoniyat yaratish. 

4. Aholi turmush darajasi sifatini oshirish. 

Marketing  maqsadlarini  uzoq  muddatli  va  qisqa  muddatli  turlarga  bo’lish 

mumkin.  Ular  iqtisodiy  ko’rsatkichlar  va  firmaning  o’xshash  mahsulotni  ishlab 


13 

 

chiqaruvchilar  orasidagi  mavqei  bilan  belgilanadi.  Marketingning  asosiy 



tasdiqlangan  maqsadi  bo’lib  inson  ehtiyojlarini  qondirishdan  iborat  ekanligini 

hisobga olgan holda, "Marketing tizimining haqiqiy maqsadi nima?" degan savolga 

umumlashgan tarzda to’rtta muqobil javob mavjud: 

1. Maksimal yuqori iste'molga erishish. 

2. Iste'molchilarning maksimal qondirilishiga erishish. 

3. Maksimal keng tanlash imkoniyatini ta'minlash. 

4. hayot sifatini maksimal ko’tarish. 

Hayot sifati murakkab tushuncha va u quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: 

sog’liqni saqlash, ta'limning ahvoli, hayot davomiyligi, aholi bandligi, tovarlarning 

miqdori,  assortimenti,  arzonligi,  aholining  xarid  qobiliyati,  madaniy  va  jismoniy 

muhitning sifati. 

Marketing maqsadlari firma maqsadlariga erishish quroli bo’lib hisoblanadi.  

Umumlashtirishning  pastroq  darajasida  firmaning  aniqroq  miqdoriy  va 

sifatiy maqsadlari haqida gapirish mumkin. Firmaning sifatiy maqsadlari, odatda, 

firmaning  obro’-e'tiborini  oshirishga  yo’naltirilgan,  uning  ijtimoiy  muhimligini 

kuchaytiradi. Ular quyidagilardan iboratdir: 

1. Mashhurlikni oshirish. 

2. Yuqori imijga erishish. 

3. Bandlikka, mehnat bozoriga ijobiy ta'sir ko’rsatish. 

4. Ta'lim, sport, madaniy va boshqa tadbirlarni qullab-quvvatlash. 

Miqdoriy maqsadlarga quyidagilarni kiritish mumkin: 

5. Foydaning hajmi. 

6. Sotilishlar hajmi. 

7. Bozor ulushining oshishi. 

8. Barqarorlikni ta'minlash. 

9. Xarajatlarni kamaytirish. 

10. Mehnat unumdorligi. 

Miqdoriy  maqsadlarning  tanlanishi  va  tartibga  solinishini  soddalashtirib, 

biznes  sohasida  quyidagi  hikmat  paydo  bo’ldi:  "Firmaning  maqsadini  tanlash  - 


14 

 

bugun  yuqori  foyda  olish  yoki  ertaga  yuqori  bozor  ulushiga  ega  bo’lish  orasida 



tanlashdan iborat". 

Bu  ifoda  mantiqqa  va  iqtisodiy  ma'noga  ega  bo’lsa  ham,  u  muammoni 

haddan tashqari osonlashtirib yuboradi. 

Shunday qilib, firmaning maqsadi - u pirovard natijada nimaga erishmoqchi, 

vazifalari  -  qo’yilgan  maqsadga  erishish  uchun  nima  qilishi  kerak.  Amalda 

marketing quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga mo’ljallangan: 

1.  Mavjud  yoki  potentsial  talabni  aniqlash  yo’li  bilan  u  yoki  bu  mahsulot 

(tovar, xizmat)ni ishlab chiqarish zaruriyatini asoslash. 

2.  Xaridorlar  talabiga  javob  beruvchi  mahsulot  modellarining  nusxalarini 

yaratish  bo’yicha  ilmiy  tadqiqot  (IT)  va  tajribaviykonstruktorlik  ishlari  (TKI)ini 

tashkil etish. 

3.  Korxonaning  ishlab  chiqarish,  sotish  va  moliyaviy  faoliyatini 

tartiblashtirish va rejalashtirish. 

4. Tovarlarni sotish usullarini takomillashtirish. 

5. Ishlab chiqarish va sotish sohasida firmaning bosh maqsadlariga erishish uchun 

uning  butun  faoliyatini,  shu  jumladan,  transportirovka,  o’rash,  sotish,  reklama, 

texnik  va  servis  xizmat  ko’rsatishning  operativ  boshqarilishini  tartiblashtirish  va 

yo’naltirish.  

Markеtingni vazifaviy tashkil qilish dоirasidagi mahsulоt bo’yicha bоshqaruv  

SHuning  bilan  birga,  ta’kidlash  kеrakki,  muhitga  mоslashish  nuqtai  nazaridan 

vazifaviy tuzilma miqdоriy tеbranish ta’siriga javоb bеrishga qоdir, ammо muhim 

muammоlarni hal qilish uchun muvоfiqlashtirish еtishmaydi, shuning uchun undan 

bir turli ishlab chiqarish dasturi bo’lgan kоrхоnalarda fоydalanish mumkin. 

Vazifaviy  tashkil  qilish  dоirasi  muvоfiqlashtiruvchi    muammоlarni    hal    qilish  

uchun ba’zida mahsulоt bo’yicha mеnеjmеnt kiritiladi. Mahsulоt bo’yicha mеnеjеr 

bitta  yoki  bir  turli  buyumlar    guruhini  ishlab  chiqarishga  tadbiq  etishdan  tо  uni 

chiqarib  sоtishgacha  javоbgar  bo’ladi.  Bu  bilan  bоg’liq  uning    asоsiy  vazifasi  - 

ushbu  mahsulоtni  ishlab  chiqarish  munоsabati  bilan  kоrхоna  хizmatlari  ishini 

muvоfiqlashtirishdir. 


15 

 

 



Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish