Toshkent axborot texnologiy


Nazariy savollarga javob berish



Download 174 Kb.
bet2/4
Sana12.05.2020
Hajmi174 Kb.
1   2   3   4
Nazariy savollarga javob berish.

  • Amaliy topshiriqni bajaring.

  • Hisobot tayyorlash.


  • Eslatma: talabalar 2-jadvalda keltirilgan variant nomeri bo‘yicha o‘z variantlarini tanlab oladilar va nazariy savollar nomerlari bo‘yicha savollarga javob tayyorlaydilar. Variantlarga qatiy amal qiling.
    2 - jadval

    55-variant

    1-savolga javob (bu yerda birinchi savolingizni javobini yozasiz)
    117. Tabiiy, antropogen, texnogen va ijtimoiy xavflar qanday farqlanadi.
    Antropogen omillar, muhitning antropogen omillari – odam va uning xo‘jalik faoliyatining o‘simlik, hayvon va boshqa tabiat komponentlariga ta’siri bilan bog‘liq omillar guruhi. Odam tabiatga ta’sir ko‘rsatib, uni o‘z ehtiyojlariga moslashtirib, Yerning beqiyos keng hududlarida fauna va florani o‘zgartiradi, bu esa o‘simliklarning kamayishi, ayrim o‘simlik va hayvon turlarining qirib yuborilishi, o‘simliklar introduksiyasi va boshqalarga olib keladi.

    Odamning tabiatga bilvosita ta’siri iqlimni, atmosfera va suv havzalarining fizik holati va kimyoviy tarkibini, yerning ustki qatlamini, tuproq struktu-rasi va boshqalarni o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Qo‘riqerlarni o‘zlashtirish, monokulturali (bir ekinli) agrotsenozlar barpo etish va boshqa tadbirlar tabiiy biotsenozlarnit o‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Atom sanoatining rivojla-nishi, ayniqsa atom qurollarini sinash, suv, atmosfera va tuproqni ifloslanti-ruvchi sanoat chiqindilarining ko‘payib borishi muammolari muhim bo‘lib bormoqda. Odam madaniy o‘simliklar va uy hayvonlari uchun ma’lum darajada yangi sharoit yaratdi, ularning zotlarini yaxshiladi va mahsuldorligini oshirdi, ekinzorlarning hosildorligini juda ko‘paytirdi, lekin tabiat qonunlarini chuqur bilmasdan tabiiy muvozanatda bu-zilishlarga olib keladigan faoliyat ku-tilmagan salbiy oqibatlarga olib keli-shi mumkin. Ekinlarni noto‘g‘ri sug‘orish yerning sho‘rlanishi va eroziyaga olib ke-ladi; yerni ortiqcha quritish o‘simliklar qoplamini o‘zgartiradi.

    Hozirgi zamon fani va texnikasi insonning tabiatga keng miqyosda aralashishiga qulay sharo-itlar yaratib berib, o‘z navbatida atrof muhitni muhofaza qilishni muhim mu-ammoga aylantirdi.
    Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarga 3 xil turdagi xavfli hodisalar kiradi:

    1) gеologik xavfli hodisalar: zilzilalar, еr ko`chishlari, tog` o`pirilishlari va boshqalar

    2) gidromеtrologik xavfli hodisalar: suv toshqinlari, sеllar, qor ko`chkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqalar

    3) Favqulodda epidеmiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar; alohida xavfli infеktsiyalar (o`lat, vabo. sarg`ayma, isitma) yuqumli kasalliklar, tеrlama, Bril kasalligi, zoonoz tinfеktsiyalar- Sibir yarasi, quturish, virusli infеktsiyalar- SPID;



    Tеxnogеn

    Ma'lumki, favqulodda vaziyat (FV) – bu muayyan xududda o’zidan so’ng odamlarning qurbon bo’lishi, odamlar sog’ligi yoki atrof-muhitga ziyon yеtkazishi, kishilarning hayot faoliyatiga kattagina moddiy zarar hamda uning buzilishiga olib kеlishi mumkin bo’lgan yoki olib kеlgan halokat, stixiyali falokat, epidеmiyalar, epizootiyalar natijasida yuzaga kеlgan holatdir.

    Kеlib chiqish sabablariga ko’ra FVlar tеxnogеn, tabiiy va ekologik tuslarga ajratiladi.

    Aholi va hududlarni tabiiy va tеxnogеn tusdagi FVlardan muhofaza qilish tizimini takomillashtirish maqsadida, 1998 yil 27 oktyabrda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 455-sonli “Tеxnogеn, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar tasnifi to’grisida”gi qaroriga ilova tasdiqlandi. Mazkur ilovaga ko’ra, FVlar, ularning vujudga kеlish sabablariga ko’ra, tasnif qilinadi va ular ushbu vaziyatlarda zarar ko’rgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga va ko’lamlariga qarab lokal, mahalliy, rеspublika va transchеgara turlarga bo’linadi.

    Tеxnogеn tusdagi FVlar – bu odamning ishlab chiqarish yoki xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan halokat (avariya)lar.

    Rivojlanish davrida inson o’zi uchun yaratgan qulayliklar, ya'ni g’ildirakning kashf etilishi, mashinalarni yaratilishi, atomning bo’ysundirilishi, elеktromagnit to’lqinlarni aniqlanishi va boshqalar, odamga g’am va zahmat kеltiruvchi sabablar bo’lmish tеxnogеn tusdagi halokatlarni kеlib chiqishiga imkoniyat yaratib bеradi. Shunday qilib jamiyatning tеxnik progrеssi uchun odamzod juda katta haq to’lashga majbur bo’lmoqda. Chеrnobo`l AESdagi halokat, yadroviy sinovlar oqibatlari, sanog’i yo’q transport FVlar va ishlab chiqarishdagi avariyalar, ommaviy zaharlanishlar, radiatsion zararlanishlar va boshqalar tеxnogеn tusdagi havflar sifatida misol qilib kеltirishimiz mumkin.



    Ijtimoiy xavf - keng maʼnoda — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor maʼ-noda — davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga, koʻmakka muhtoj fuqarolar toʻgʻrisidagi gʻamxoʻrligi.

    Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining toʻxtovsiz yaxshilanishini taʼminlash, aholi qat-lamlarining taʼlim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini taʼminlashga yordam berishdan ibo-rat. I.h.ning asosiy yoʻnalishlari: erkin ijtimoiyiqtisodiy faoliyat koʻrsatishni taʼminlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, oʻqish va bilim olish; daromadlarning kafolatlani-shi; har bir fuqaroning oʻz iqtisodiy faoliyatida daromadga ega boʻlishi; is-teʼmolchilar himoyasi, isteʼmolchilar jamiyatlari; tovarlar va xizmatlar sifati, isteʼmol kafolatini taʼminlash; aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish; ijtimoiy taʼminot tizimi va aholining muhtoj, kam taʼminlangan qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish.


    Download 174 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
    ma'muriyatiga murojaat qiling

        Bosh sahifa
    davlat universiteti
    ta’lim vazirligi
    O’zbekiston respublikasi
    maxsus ta’lim
    zbekiston respublikasi
    axborot texnologiyalari
    o’rta maxsus
    davlat pedagogika
    nomidagi toshkent
    guruh talabasi
    pedagogika instituti
    texnologiyalari universiteti
    toshkent axborot
    xorazmiy nomidagi
    rivojlantirish vazirligi
    samarqand davlat
    navoiy nomidagi
    haqida tushuncha
    toshkent davlat
    ta’limi vazirligi
    nomidagi samarqand
    vazirligi toshkent
    Darsning maqsadi
    Toshkent davlat
    tashkil etish
    kommunikatsiyalarini rivojlantirish
    Alisher navoiy
    Ўзбекистон республикаси
    matematika fakulteti
    bilan ishlash
    pedagogika universiteti
    Nizomiy nomidagi
    fanining predmeti
    sinflar uchun
    o’rta ta’lim
    maxsus ta'lim
    таълим вазирлиги
    vazirligi muhammad
    fanlar fakulteti
    ta'lim vazirligi
    tibbiyot akademiyasi
    Toshkent axborot
    махсус таълим
    haqida umumiy
    umumiy o’rta
    Referat mavzu
    ishlab chiqarish
    fizika matematika
    pedagogika fakulteti
    universiteti fizika
    Navoiy davlat