Тошкент-2017 15 mavzu: “MA’naviy-axloqiy tarbiya” ma’ruza mashg’ulo­t ishlanmasi texnologik modeli



Download 88,08 Kb.
Sana24.10.2019
Hajmi88,08 Kb.
#24209
Bog'liq
279 15 мавзуга тех карта

Nizomiy nomidagi TDPUning

Umumiy pedagogika”

kafedrasi katta o’qituvchisi N.S.Mirsagatovaning “Ma’naviy-axloqiy tarbiya”

mavzusidagi ochiq ma’ruza

mashg’uloti ishlanmasi

Тошкент-2017

15 - MAVZU: “MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA”

ma’ruza mashg’ulo­t ishlanmasi texnologik modeli


Mashg’ulot vaqti - 2s

Talabalar soni: 65-70 nafar

Mashg’ulot shakli

Ma’lumotli ma’ruza

Ma’ruza mashg’ulotning tuzilishi

1. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari.

2. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning shakl va metodlari.

3. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni.

4. O’quvchilarda ongli intizomlilikni tarbiya­lash.



Ma’ruza mashg’ulotining maqsadi: talabalarga ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi, mazmuni va vazifalari hamda ma’naviy-axloqiy tarbiyani shakllantirish metodlariga doir bilim berish. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni borasidagi ma’lumotlarni berish.

Pedagogik vazifalar:

1. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalarini tushuntirib berish.

2. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning shakl va metodlari haqida ma’lumot berish.

3. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni bilan tanishtirish.

4. O’quvchilarda ongli intizom­li­likni tarbiyalash borasidagi bilimlar bilan qurollantirish.


O’quv faoliyati natijalari:

1. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalarini tushunib oladilar.

2. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning shakl va metodlari haqida ma’lumotga ega bo’ladilar.

3. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni bilan tanishadilar.

4.O’quvchilarda ongli intizomlilikni tarbiyalash borasidagi bilimlarga ega bo’ladilar.


Ta’lim metodlari

Ma’ruza, tushuntirish, izohlash, savol javob, Blits-so’rov, “Qarama-qarshi munosabat”, видео ролик, Keys-stadi, nostandart test topshirig’i.

O’quv faoliyatini tashkil etish shakllari

Ommaviy, individual va guruhlarda.

O’quv vositalari

Ma’ruza matni, proektor, markerlar, tarqatma materiallar.

Ta’lim berish sharoiti

Texnik ta’minlangan auditoriya

Nazorat va baholash

O’z-o’zini nazorat qilish, savol-javob

MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA”



mavzusidagi ma’ruza mashg’ulotning texnologik xaritasi


Ish

bosqichla­ri va vaqti

Faoliyat mazmuni

Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchilar

Tayyorlov bosqichi

Ma’ruza mashg’ulotining tuzilishi aniqlaydi, ta’li­miy maqsadni belgilaydi va kutilayotgan natijalarni shakllantiradi. Belgilangan ta’limiy maqsadlarga mos o’quv-bilish topshiriqlarini va reja, adabiyotlar ro’yxati, asosiy tushunchalarni ishlab chiqadi. (1-ilova).

Ma’ruza mashg’uloti reja­si, topshiriqlari, adabiyot­lar ro’yxati, asosiy tushun­chalar bilan tanishadilar.



O’quv mashg’ulotiga kirish bosqichi

(10 daq

iqa)

1.1. Mashg’ulot mavzusi, uning maqsadi va kutilayotgan nati­ja­lar bilan tanish­ti­ra­di, ularning ahamiyati va dol­zarbligini asoslaydi.(2-ilova).

Mashg’ulotga tayyorlanish jarayonida yuzaga kelgan savollar bilan murojaat qilishadi.

Talabalarni mashg’ulotga chorlab olish maqsadida o’tilgan “Fuqa­rolik tarbiya­si” mavzusida savol javob o’tkazadi (3-ilova).

“Fuqarolik tarbiyasi” mavzusida savollarga javob beradilar.


Asosiy bosqich

(60 daqi­qa)

2.1. Ma’naviy-axloqiy tarbi­ya­ning maqsad va vazi­fa­lari yuzasidan egallagan bilim­la­rini aniqlash maqsadida “Blits-so’rov” o’tka­za­di (4-ilova).

Ma’naviy-axloqiy tarbiya­ning maqsad va vazifalari yuzasi­dan o’tka­zil­gan “Blits-so’rov”da ishti­­rok etadi.

2.2. Xatti-harakatlar tizimi ma’naviy-axloqiy odatlarni takomillashtirish va amaliy tadbiq etish yo’llarini mustah­­kamlash maqsadida “Qarama-qarshi munosabat» metodini qo’llaydi (5-ilova).

Xatti-harakatlar tizimi ma’naviy-axloqiy odat­lar­ni takomillash­ti­rish va amaliy tadbiq etish yo’llarini bilib olish uchun “Qarama-qarshi muno­sa­bat» metodida ishtirok etadi.

2.3.Ma’naviy-axloqiy tarbiya­ning shakl va metodlarini ma’ruza qiladi, tushuntiradi. (6-ilova).

Ma’naviy-axloqiy tarbiya­ning shakl va metodlari bo’yicha ma’ruza tinglaydi , tushunib oladi.

2.4. Oilada bolalarni ma’na­viy-axloqiy tarbiyalash mazmu­­­nini slaedlar yordamida namoyish etadi. (7-ilova).

Oilada bolalarni ma’na­viy-axloqiy tarbiyalash maz­muni asosida tayyorlan­gan slaedni tamosha qiladi, yozib oladi.

2.5.O’quvchilarda ongli inti­zom­­­li­likni tarbiyalash yo’l­la­ri­ni tushuntirish (8-ilova).

Ongli intizomli­likni tar­biyalash yo’llarini tushu­nib oladi va savollar bera­di.

2.6. Keys topshirig’i (9-ilova).

Keys topshirig’ini bajara­di

Yakuniy bosqich

(10 daqi­qa)

3.1.Mashg’ulot yuzasidan nazo­rat savollari beradi (10-ilova).

3.2.Nostandart test topshiriq­lari (11-ilova).

3.3.Mustaqil ta’lim topshi­rik­larini beradi, umumiy xulosa­larni chiqaradi (12-ilova).


Tinglaydilar, nazorat sa­vol­lariga javob beradilar va o’zlarining xatolarini daftarlariga tuzatadilar.

1-ilova

Mavzu: Ma’naviy-axloqiy tarbiya.

Reja:

1.Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari.

2.Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning shakl va metodlari.

3.Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni.

4.O’quvchilarda ongli intizomlilikni tarbiyalash.

Asosiy tushunchalar: ma’naviyat-morality, ta’lim-education, tarbiya-upbringing, axloq-morals, shaxs-individual, insonparvarlik-humanitarianism.

Adabiyotlar ro’yxati:


  1. Pedagogika // M.X.Toxtaxodjaeva umumiy tahriri ostida. – T.: Faylasuflar Milliy jamiyati, 2010. – B. 252-257;

  2. Ibragimov X., Abdullaeva SH. Pedagogika nazariyasi. – T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2008. – B.153-155;

  3. Inomova M. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlar. – T.: Fan, 1995;

  4. Hasanboev J., Turopova M., Hasanboeva O. Ma’naviy-axloqiy tarbiya asoslari. – T.: G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2002;

Elektron ta’lim resurslari:www.pedagog.uz. www.ziyonet.uz

2-ilova

Ma’ruza mashg’ulotining maqsadi: talabalarga ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi, mazmuni va vazifalari hamda ma’naviy-axloqiy tarbiyani shakllantirish metodlariga doir bilim berish. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni borasidagi ma’lumotlarni berish.

3-ilova

Fuqarolik tarbiyasi” mavzusi yuzasidan savol-javob

1. Fuqarolik tarbiyasining maqsadi nimadan iborat?

2. Xuquqiy tarbiyaning maqsadini izohlang

3. Fuqarolik nima?

Ma’naviy-axloqiy tarbiya mohiyati, asosiy tushunchalari. Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bo’lgan ma’naviyatga bog’liq. SHu bois mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov jamiyat rivojlanishi­ning ma’naviy-axloqiy negizlarini aniq belgilab berdi. Bular:



  1. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

  2. Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

  3. Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

  4. Vatanparvarlik1.

Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotinigina emas, balki ma’naviy yuksalishini ham taqozo etadi.

Har qanday mafkura kabi O’zbekiston Respublikasi milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri ham jamiyatda ma’naviy-axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi.

Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma’naviy-axloqiy tarbiya asosini ham ilg’or milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g’oyalari tashkil etadi.

Madaniyat («kultura» so’zidan olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi.

Ma’rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganish, ularni targ’ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.

Mafkura (arabcha «mafkura» - naqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy yuksaklish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo’nalishlarini aniqlashda yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar tizimi.

“Ma’naviyat - moddiy hayotni aks ettiradi va jamiyatda mavjud bo’lgan ma’naviy hodisalar yig’indisi sifatida ko’zga tashlanadi. Ma’naviyat – insonga o’ziga xos betakror mohiyat, imkoniyat bahsh etadi, jamiyat a’zolarini birlashtiradi, uyushtirib turadi”.1 (Yusupov E).

“Ma’naviyat - moddiy hayot bilan doimo yonma-yon yuradigan, inson, xalq va jamiyat hayotining ajralmas qismi bo’lgan ijtimoiy hodisa”2

(Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug’ati).

Ma’naviyat – bu kishining egallagan foydali bilimlari amaliy hayotida sinalaverib, ko’nikma va malaka darajalaridan o’tgan va ruhiga singib, hayot tarzida aks etadigan ijobiy ijtimoiy sifatlar majmuidir”3.

(Ziyomuhammadov B., Ziyomuhammedova S., Qodirova S).

Ma’naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”4

(Karimov I.A).

Bosh maqsadimiz hyotimzning asl mazmuni bщlgan yoshlarni har tomonlama barkamol, yuksak ma’naviyatli inson sifatida rivojlantirish ekan, yuksak ma’naviyatli inson deganda esa ham aqliy, ham axloqiy, ham jismoniy kamol topgan, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni anglab yetgan, mustahkam milliy g’urur va iftixor tuyg’ulariga ega ma’naviy jasorat egasi bo’lgan inson tushuniladi. Bunday fazilatli insonning kuch-qudrati manbaini – ma’naviyat tashkil etadi.



Ma’naviyat insonning hayot tajribasi, mehnati, bilimi, ahloq va odobi, avlodlar tajribasi asosida shakllanib boradi. Ma’naviyat insonning hayoti va faoliyatiga maqsad va yo’nalish beradi. Ma’naviyat insonning o’z xalqi tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqurroq bilish va tushunib yetishiga yordamlashadi. Inson ma’naviyatsiz yashay olmaydi. Ma’naviyat alohida bir inson uchungina emas, jamiki odamlar uchun ham, xalq, elat va millat uchun ham, jamiyat taraqqiyoti uchun ham o’ta zarur va muhimdir. Ma’naviyatsiz inson bo’lmaganidek, ma’naviy yetuk, ahloqan pok va mukammal insonlarsiz jamiyat va millat ham bo’lmaydi.

Inson ma’naviyati jamiyat, davlat va millat ma’naviyati bilan uzviy aloqadordir. Inson va jamiyat ma’naviyati mohiyat jihatidan yaqin bo’lib, bir-birini o’zaro boyitsa va to’ldirsa-da, lekin ular aynan teng emas. Inson ma’naviyati millat, davlat va jamiyat ma’naviyatining tarkibiy qismidir.

Axloq- kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turishi, xatti-harakati, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o’zaro munosabati, shuningdek, jamiyatga bo’ladigan munosabatlarini tartibga solib turadigan barqaror, muayyan me’yor va qoidalar yig’indisi.



Tarbiya-o’qituvchi va ta’lim oluvchilar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida ta’lim oluvchilarning ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladigan va rivojlanadigan uzluksiz jarayon.

Bugangi kunda ham ta’lim-tarbiya sifatini takomillashtirish, har tomonlama ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalangan barkamol shaxslarni voyaga yetkazishda davlatimiz rahbariyati tomonidan ko’plab chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan:

2012 yil 10 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning “CHet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorida mamlakatda O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonunini hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga o’qitishning kompleks tizimi, ya’ni o’qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo’naltirilgan tizim yaratilishi, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning ilg’or uslublarini joriy etish yo’li bilan, o’sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o’qitish, shu tillarda erkin so’zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon tsivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko’lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadini o’z ichiga oladi.

2015 yil 12 iyunda O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PF-4732 sonli farmonining maqsadi oliy o’quv yurtlari professor-o’qituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirishdan iborat. Ta’lim berayotgan mutaxassislarning o’zlarida ma’naviy-axloqiy sifatlar tarkib topgan, yuqori samarali zamonaviy ta’lim va pedagogik texnologiyalar, ilg’or xorijiy tajribalardan keng foydalana oladigan, global Internet tarmog’i, mulьtimedia tizimlari va masofadan o’qitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy innovatsion pedagogika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallashi va ularni o’quv jarayoniga faol tatbiq etishi o’z kasb mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini muttasil oshirib borishlari uchun yo’naltirilgan bo’lishi g’oyasi ilgari surilgan.

2017 yil 13 yanvar kuniO’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil etilganining 25-yilligi munosabati bilan vatan himoyachilariga bayram tabrigida ham Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo’yicha uzluksiz olib boriladigan ishlar biz uchun dolzarb ahamiyatga egaligi, vatanparvarlik har bir davlat hayotining ma’naviy asosi hisoblanaishi va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo’layotganligi, fuqarolarimizda bizga mutlaqo yot bo’lgan zararli ta’sirlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish va Vatanimiz taqdiri uchun mas’uliyat tuyg’usini mustahkamlash bo’yicha aniq chora-tadbirlarni ko’rishimiz zarurligini ta’kidlangan. 

2017 yil 15 yanvar kuni Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti

SH.M. Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi ham yoshlarni har tamonlama rivojlanishi masalalarini qabrab olgan.

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoev tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini ishlab chikilganligi va uning 4 yo’nalishi ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustivor

y o’nalishi moxiyati.



4-ilova

Blits-so’rov

  1. Ma’naviy barkamol inson tushunchasi sizningcha.

  2. Qanday inson axloqiy yetuk hisoblanadi?

  3. Ma’naviy qadriyatlar degani nimani anglatadi?

  4. Saxovatlilik tushunchasini izohlab bering.

5-ilova

«Qarama-qarshi munosabat» metodi. Guruhlarda ishlarni tashkil etish

Ma’naviy-axloqiy tarbiya




Ma’naviy-axloqiy fazilatlarni ja­miyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayo­tidagi o’rni.




Insonni ma’naviy-axloqiy tarbiyalangan barkamol shaxs bo’lib rivojlanishiga turli illatlarning salibiy ta’siri.

1.




1.




2.




2.




3.




3.




4.




4.




5..




5..




6- ilova

Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismlari, shakl va metodlari.

O’quvchilarda ijobiy sifatlarni tarbiyalash ularning salbiy xislatlardan holi bo’lishlariga yordam beradi. Bu esa dastlab o’quvchilarga xulq-odob me’yorlari va qoidalarini anglash va shaxs ongini shakllantirishga doir metodlar asosida amalga oshiriladi.

Bunga badiiy va ilmiy-ommaviy adabiyotlarni o’qish, kinofilьm va spektakllarni tomasha qilish, maxsus tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifat kunlarida turli mavzularda suhbatlar tashkil etish natijasida axloqiy tushunchalar va xulq-odatlar paydo bo’la boshlaydi. O’quvchilar o’zlari va boshqalarning xatti-harakatlarini baholay boshlaydilar. Buning uchun turli ma’naviy-axloqiy mavzularda o’tkaziladigan suhbat va munozaralarda o’quvchini fikr yuritish, o’ylashga yo’naltirish muhim ahamiyatga ega. Masalan, «Do’stimiz Kamol qangday qilib narkomanlar davrasiga tushib qoldi?», «Siz erkinlik deganda nimani tushunasiz?», «Zamonaviylik – bu nima?» kabi mavzulardagi suhbat, bahs va munozaralar o’quvchilarni o’ylash, fikr yuritishga yo’llaydi, ularda salbiy xislatlardan saqlanish, yaxshi odatlarni o’rganishga bo’lgan intilish va qiziqishlari tarkib topa boshlaydi. Ularning, ayniqsa, o’z xatti-harakatlarini baholashga bo’lgan intilishlari va ishonch, e’tiqodlari shakllanadi.

Debat, munozara va suhbatlar ma’naviy-axloqiy tarbiyaning eng dolzarb muammolariga bag’ishlanishi zarur.

Bunda o’quvchilarni qiziqtirish va ularni jonli muloqotga undash muhimdir.

O’quvchi faoliyatini tashkil etish va xulq-odobni shakllantirish metodlaridan mashqlantirish, o’rgatish, pedagogik talab qo’yish jamoa fikrini hisobga olish, topshiriqlar berish, tarbiyaviy vaziyatlar hosil qilish va boshqa metodlardan foydalanish samarali natijalar berishi mumkin.

O’quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda samarali shakl, metod va vositalardan foydalanish boy milliy madaniy, tarixiy va pedagogik an’analar, urf-odatlar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi.

7- ilova

Oila haqida tushuncha.Oilakishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o’zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi. «Jamiyat» va «oila» tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Bu bog’liqlik jamiyatning oilalarsiz mavjud bo’lmasligi hamda o’z navbatida oilaning ma’lum bir jamiyat tarkibida vujudga kelishi va yashovchanligida ko’rinadi. Oila hamda jamiyat o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ikki tomonlama aloqadorlik xususiyatiga ega. Har bir oila umumjamiyat talablari asosida faoliyat yuritadi. Jamiyat taraqqiyotining rivoji esa uning bag’rida mavjud bo’lgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy qiyofasining shakllanganlik darajasiga bevosita bog’liqdir. CHunonchi, ijtimoiy borliqning oilalar zimmasiga qo’yadigan talablari ularning manfaatlariga zid bo’lmasa, aksincha, oilalar farovonligi, tinchligini ta’minlashga yordam bersa, oilalar tomonidan ijtimoiy talablarning qo’llab-quvvatlanishi, ularning amaldagi ijrosini ta’minlash ko’rsatkichi shuncha yuqori bo’ladi.

Oilaviy munosabatlar – ota-onalar yoki bolaning kamoloti uchun mas’ul bo’lgan shaxslar (buva-buvilar) hamda farzandlar o’rtasida turli yo’nalishlarda tashkil etiluvchi munosabatlardir.

Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta’minlab, ota-onalarda o’ziga xos faollikni ham yuzaga keltiradi. Xususan, farzandlarning bevosita ta’siri tufayli ularning qiziqish hamda faoliyatlari doirasi kengayadi, o’zaro aloqalari mazmunan boyib boradi, real hayot mohiyatini chuqurroq anglash, ya’ni, farzandlar kamoloti, kelajagi timsolida o’z umri davomiyligini kurish holati ro’y beradi.

SHaxsning ma’naviy sifatlarga ega bo’lishi, unda ma’naviy bilimlarni egallashga nisbatan ehtiyoj va qiziqishning paydo bo’lishida oila tarbiyasi asosiy rolni bajaradi. Oilada qaror topgan sog’lom ma’naviy-ruhiy muhit farzandlarning yetuk, barkamol bo’lib voyaga yetishlari uchun beqiyos ahamiyatga egadir.

Oila tarbiyasining mohiyati. Oila tarbiyasi, yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, ota-onalar yoki shaxs kamoloti uchun mas’ul shaxslar tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk, sog’lom etib tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon. Ota-onalar o’zlarining ijtimoiy burchlarini bajarar ekanlar, farzandlarida mehnatga, uni tashkil etuvchilarga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat tuyg’usini shakllantirish, ularni ijtimoiy-foydali mehnatga tayyorlash, turli ko’rinishdagi munosabatlarni uyushtirish vaqtida tartib-intizomga amal qilish, ijtimoiy me’yorlarga og’ishmay rioya etish, sog’lom turmush tarzini yaratish, o’z shaxsiy hayotlari mazmunini belgilashda maqsad, so’z va faoliyat birligini ta’minlash borasida har tomonlama ijobiy ibrat namunasini ko’rsatadi.

Oila tarbiyasini tashkil etish shakl, metod va vositalari. Oila sharoitida uyushtirilayotgan suhbatlar alohida diqqatga sazovordir. Ommaviy axborot vositalari orqali aholi e’tiboriga havola etilayotgan huquqiy mavzulardagi maqolalar, ko’rsatuv, eshittirish, shuningdek, ommaviy-huquqiy adabiyotlar hamda ularda ilgari surilgan g’oyalar yuzasidan o’tkaziladigan suhbatlar bolalarda huquqiy tasavvur, idrok, savodxonlik, tafakkur, faollik, mas’ullik, e’tiqod va salohiyatni qaror topishiga olib keladi.

Oila muhitida bolalarga ularning burchlari to’g’risidagi ma’lumotlarni berib borish, o’z navbatida huquqlaridan foydalanish yo’llarini ko’rsatib berish bu borada yaxshi samara bera oladi.

Oila tarbiyasining farzandlarga tarbiya berish, ularda ma’naviy-axloqiy madaniyatni shakllantirish imkoniyatlarini aniqlash yuzasidan bir qator tadbirlar amalga oshiriladi. SHu borada ota-onalar bilan olib borilgan ishlar hamda o’tkaziladigan tadbirlardan ayrimlarini namuna sifatida keltiramiz:



Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar:

II. Ota-onalar bilan o’tkaziladigan suhbatlar.

Suhbatlar yakka va umumiy tarzda olib boriladi. Ilk suhbat chog’ida o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ma’naviy-axloqiy madaniyat unsurlarini qaror toptirish muvaffaqiyatini ta’minlash kafolati bo’lgan ota-onalar va farzandlarning ijtimoiy onglilik hamda faollik darajasini aniqlashga yordam beruvchi anketa so’rovlarini o’tkazish mumkin.


  1. «Siz o’z farzandingizni qay darajada bilasiz?» nomli so’rovnoma mazmuni quyidagicha:

  2. Farzandingiz ushbu o’quv maskanida nechanchi yil tahsil olmoqda?

  3. Farzandingizni so’nggi o’quv yilidagi o’zlashtirish darajasi Sizni qoniqtiradimi?

  4. Farzandingizning fanlarga bo’lgan munosabati qanday?

  5. Uning fanlarga bo’lgan qiziqishini baholay olasizmi?

  6. Ijtimoiy munosabatlar (oila, jamoa hamda keng jamoatchilik o’rtasida tashkil etiladigan munosabatlar) jarayonidagi ishtiroki qanday?

  7. Farzandingiz mansub bo’lgan mikro hamda makro muhitning ma’naviy-axloqiy iqlimi kanday? U kimlar bidan do’stlashgan, ularning ma’naviy qiyofasi Sizning talablaringizga javob bera oladimi?

  8. Siz farzandingizga nisbatan salbiy aloqa yoki ta’sir ko’rsatganliklarining guvohi bo’lganmisiz?

  9. Uning oilada tutgan o’rni qanday?

  10. O’quv yurti yoki oila o’rtasida vujudga kelgan shaxsiy ziddiyatlari bormi?

Dastlabki suhbat hamda ota-onalar tomonidan to’ldirilgan so’rovnomalar natijalarini tahlil etish ular bilan tashkil etiladigan tadbirlar yo’nalishi va mazmunini belgilab beradi.

Maktabning o’quv yili davomida ota-onalar bilan olib boradigan ishlari:



  • Sinf ota-onalar majlisi. 2. Umummaktab ota-onalar majlisi.

  • Ijtimoiy-ma’naviy mazmundagi suhbat va ma’ruzalar.

8- ilova

O’quvchilarda ongli intizomlilikni tarbiyalash. Ijtimoiy jamiyat hayotining tartibli kechishini ta’minlash maqsadida axloqiy hamda huquqiy me’yorlar qabul qilingan. Jamiyat ijtimoiy hayotida muhim o’rin tutuvchi ijtimoiy-huquqiy me’yorlar esa davlt tomonidan qabul qilinib, tegishli qonun aktlari asosida tartibga solinadi.

Intizom ijtimoiy-axloqiy va huquqiy me’yorlarga nisbatan ongli yondashuv, ularga to’la amal qilish demakdir. Ongli intizom tushunchasi shaxs faoliyatining ijtimoiy-axloqiy hamda ijtimoiy-huquqiy me’yorlar talablari asosida aqliy quvvatga tayangan holda tashkil etilish ko’rsatkichidir. Ongli intizom tarbiyasi o’quvchilar tomonidan intizomning mohiyati, uning ijtimoiy jamiyat hamda shaxs hayotida tutgan o’rnini to’o’ri baholash, shuningdek, ijtimoiy-axloqiy va ijtimoiy-huquqiy me’yorlar talablariga ongli munosabatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayondir. Talabalar o’rtasida ongli intizom tarbiyasini tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:



  1. Ijtimoiy-axloqiy va ijtimoiy-huquqiy me’yorlar mohiyatini o’quvchilar ongiga singdirish, ongli intizom tushunchasini qaror toptirish.

  2. O’quvchilar tomonidan ijtimoiy burch mohiyatining o’zlashtirilishiga erishish.

  3. O’quvchilarda ijtimoiy burchni ado etish jarayonida ongli va ixtiyoriy faoliyatini tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni shakllantirish.

  4. O’quvchilarda kundalik hayotiy rejim asosida faoliyatni tashkil etish ko’nikmasini hosil qilish.

  5. O’quvchilarda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish (mehnat va dam olish faoliyati, aqliy va jismoniy mehnat faoliyati o’rtasida o’zaro mutanosiblikning qaror topishiga erishish) ko’nikma va malakalarini hosil qilishga erishish.

  6. O’quvchilarda ta’lim muassasasi ichki tartibi qoidalariga bo’ysunish hissini shakllantirish.

  7. Intizomsizlikning oldini olgan holda intizomsizlikka qarshi kurashishga yo’naltirilgan faoliyatini yo’lga qo’yish va boshqalar.

Ta’lim muassasalarining muhim vazifalaridan biri yosh avlodni ongli intizom ruhida tarbiyalashdir.

Ta’lim muassasalarida o’rnatilgan intizom ta’lim muassasalari jamoasini jipslashtirish, ta’lim muassasasi ichki hayoti va faoliyatining mo’’tadil kechishini ta’minlaydi. Intizom o’quvchilardan hamjihatlik asosida faoliyat olib borish, o’quv yurti manfaati uchun birgalikda kurashish, rahbariyat hamda vakolatli o’quvchilar organlari, uning a’zolari talablarini to’o’ri talqin etish va ularning bajarilishini talab etadi.

Ongli intizom o’quvchilarning o’qish va mehnat faoliyatiga ongli munosabatda bo’lish, o’quv yurti ichki tartib intizomiga bo’ysunish, jamoa tomonidan topshirilgan topshiriqni bajarishga vijdonan yondashgan holda xulq-atvor me’yorlariga qat’iy rioya etish zarurligini tushunib olishlari va ularga o’z ixtiyorlari bilan itoat etish ko’nikmalarining hosil bo’lishiga sharoit yaratadi.

Ta’lim muassasalari o’quvchilarida intizomlilik xislatining hosil bo’lishi uchun ta’lim-tarbiya ishlarining sifatini yaxshilash, ularning samaradorligini oshrishga imkon beradi.

Ongli intizom jamoa yordamida olib borilgan tarbiyaviy ishlarning natijasigina bo’lib qolmay, ayni vaqtda, tarbiya vositasi sifatida xizmat qiladi. Intizom ko’rsatkichi qanchalik yuksak darajaga ko’tarilsa, uning tarbiya vositasi sifatidagi ta’siri shuncha ortib boradi. Intizomli jamoa o’z a’zolarini ichki tartibga rioya qilishga, muayyan xulq me’yorlariga amal qilishga, o’qituvchilar topshiriqlarini bajarishga, o’z tengdoshlariga namuna ko’rsatishga, ijtimoiy burchni anglashga o’rgatadi. Bunday jamoa o’quvchi noto’g’ri harakat qilsa, uning xatosi ko’rsatiladi, natijada o’quvchi tomonidan o’z xatosini anglashi, to’g’rilashga bo’lgan urinish yuzaga keladi. O’quvchi va jamoa o’rtasida ongli intizomni qaror toptirish ikki tomonlama ta’sir kuchiga egadir. Talaba jamoa doirasida jamoaning salbiy xususiyatlarini yo’qotish uchun kurashadi, jamoa esa o’quvchidagi mavjud nuqsonlarni bartaraf etishga o’z ulushini qo’shadi.

Intizom o’quv ishlariga g’oyat katta ta’sir ko’rsatadi. O’qituvchilarning topshiriqlarini, jamoa qarorlarini bajarish, masho’ulotlarga kechikmasdan yetib kelish hamda sababsiz bironta ham darsni qoldirmaslik, darsda tartibsaqlash, uy vazifalarini o’z vaqtida bajarish kabi holatlar ta’lim jarayonining muvaffaqiyatini, shuningdek, o’quvchilarning chuqur bilim olishlari uchun imkon yaratadi. SHunday ekan, qaysiki o’quv yurtida o’qituvchi va o’quvchilar jamoasi intizom qoidalariga qattiq rioya qilsa, o’sha o’quv yurtida o’zlashtirish yuqori darajada bo’ladi, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda yuksak natijalar qo’lga kiritiladi.

O’quvchilarning ongli intizomini qaror toptirishda kundalik hayotiy rejim hamda unga qat’iy amal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. O’at’iy dars jadvali, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirish va ularni o’tkazish, kundalik faoliyatni aniq rejalashtirish o’quvchining shaxsiy hayotini muayyan tartibga solishga xizmat qiladi.

Ongli intizom tuyg’usini o’quvchilarda shakllantirish quyidagi mazmundagi faoliyatni tashkil etish asosida kechadi:

a) maqsadga muvofiq talablarning qo’yilishi hamda ularning o’quvchilar tomonidan bajarilishini uzluksiz, doimiy nazorat qilib borish;

b) ijtimoiy-axloqiy va ijtimoiy-huquqiy me’yorlar mohiyatini tushuntirish;

v) ongli intizom mezonlaridan biri bo’lgan intizomli xulq, xarakter va iroda sifatlarini hosil qilish maqsadida mashq qildirish va o’rgatish;

g) rag’batlantirish va jazolash. Rag’batlantirish – o’quvchining namunali xulqi uchun boshqalarga ibrat qilib ko’rsatish, faxriy yorliqlar bilan taqdimlash, devoriy gazetada ushbu o’quvchi to’o’risida kichik ma’lumotnoma berish, uning suratini maxsus doskaga qo’yish, ota-onasining nomiga tashakkurnoma yuborish va boshqalar. Jazolash – o’quvchi (talaba)ning xatti-harakati va faoliyatini jamoa muhokamasiga qo’yish kabi holat asosida tashkil etiladi.



9-ilova

MAVZU YUZASIDAN KEYS TOPSHIRIG’I

Mavzu: Halollik hotirjamlik garovi.

Hikoyat: SHundoq eshitdimki, bir kishini qo’ylari bag’oyat ko’p edi. U har kuni qo’ylarini sog’ib, har na hosil bo’lg’on sutni qo’y egasining oldiga kelturur erdi. Qo’y egasi ul sutga yarim hissa suv qo’shib, cho’ponga sotg’il deb berur erdi. CHo’pon unga bundoq nasihat berur erdi: “Ey xo’ja, musurmonlarga xiyonat qilmag’ilki, o’zingga zarar yetkarursan”. Ul kishi cho’ponning nasihatini eshitmadi va ul ishni qilur erdi.

Bir kecha bahor vaqtida cho’pon qo’ylarni osoyishi uchun bir sel oqadig’on past joyga qo’ymish va o’zi baland joyga chiqib uyquga bormish erdi. Ittifoqo ko’p yomg’ir yog’ib, sel oqib kelib qo’ylarni oqizib ketdi va barcha qo’ylar halok bo’ldi. So’ngra cho’pon shaharga keldi. Qo’y egasi unga dedi: “Bugun nima uchun sut kelturmading?”



10-ilova

Nazorat uchun savollar:

  1. Oila nima? Uni o’z fikringiz bilan izohlab bering.

  2. Oila tarbiyasi qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etiladi va oila tarbiyasi borasidagi mavjud muammolar nimalardan iborat?

  3. Intizom o’quv ishlarini tashkil etishda qanday ahamiyatga ega?

11- ilova

Talabalarning bilishga oid o’quv maqsadiga erishilganlik darajasini nazorat qilish va baholashda foydalaniladigan

nostandart test topshiriqlari

1. Jadvalning qaysi qatorida (raqamda) ma’naviy-axloqiy fazilatlar, qaysisida noto’g’ri keltirilgan?



Ijobiy va salbiy sifatlar

Qator raqami

1

Sabr, qanoat, insonparvarlik, “Ommaviy madaniya”




2

Ishnarlilik, tushunish, sabr- toqat, vatanparvarlik




3

Insonparvarlik, sabr-bardoshlilik, qanoatlilik




4

Samimylik, tajovuzkorlik




5

Iymonlilik, qanoatlilik, sabr, nafsni jilolay bilish




To’g’ri javob:



Ta’lim nazariyasi

Qator raqami

1

Sabr, qanoat, insonparvarlik, “Ommaviy madaniya”

noto’g’ri

2

Ishnarlilik, tushunish, sabr-toqat, vatanparvarlik

noto’g’ri

3

Insonparvarlik, sabr-bardoshlilik, qanoatlilik

to’g’ri

4

Samimylik, tajovuzkorlik

noto’g’ri

5

Iymonlilik, qanoatlilik, sabr, nafsni jilolay bilish

to’g’ri



Talabalarning tahlilga oid o’quv maqsadiga erishilganlik darajasini nazorat qilish va baholashda foydalaniladigan nostandart test topshiriqlari

1. Tushirib qoldirilgan so’zlarni yozing.

1) ____________bu insonning keng ma’noda ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllanish jarayonidir. Bu jarayonda tarbiyaning muhim ahamiyat kasb etishi takidlanadi.



To’g’ri javob: Tushirib qoldirilgan so’zlarni yozing.

1) Inson kamoloti – bu insonning keng ma’noda ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllanish jarayonidir. Bu jarayonda tarbiyaning muhim ahamiyat kasb etishi takidlanadi.


Talabalarning bilimlarni sintezlash o’quv maqsadiga erishilganlik darajasini nazorat qilish va baholashda foydalaniladigan nostandart test topshiriqlari

1. Tushirib qoldirilgan asosiy kalit so’zlarni yozing.

1)____________ - bilan o’tkazilgan umr insonni halokatga olib boruvchi hiyla va murakkabliklar bilan to’la bo’ladi.

Tushirib qoldirilgan asosiy kalit so’zlarni yozing. (Javobi)

1) Nafsoniy orzular bilan o’tkazilgan umr insonni halokatga olib boruvchi hiyla va murakkabliklar bilan to’la bo’ladi.


12-ilova


Mustaqil ta’lim mavzulari va ularni bajarish yuzasida ko’rsatmalar

1. SHarq mutafakkirlarining ma’naviy-axloqiy tarbiya borasidagi qarashlari.

2. Toxir Malikning “Saodat saroyining kaliti” asari tahlili.

3. Ma’naviy-axloqiy tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiladigan quyidagi tushunchalar glossariysini yarating.





Tushunchalar

Ma’nosi

1

Insonparvarlik




2

Ma’naviy-axloqiy tarbiya




3

Halollik




4

Qanoat




5

Sabr




6

Miqyosi nafs




7

Saxovatlilik






11 Karimov I.A.O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. – Toshkent, O’zbekiston, 1992, 65-bet.

1 Yusupov E.Inson kamolotining ma’naviy asoslari. T.: Universitet, 1998. – B.3.

2 Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug’ati. T.: G’.G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010. - B-333.

3Ziyomuhammadov B., Ziyomuhammedova S., Qodirova S. Ma’naviyat asoslari. T.: O’zbekiston Milliy etiklopediyasidavlat ilmiy nashriyoti, 2000. – B-8.

4 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. – B.19.


Download 88,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish