Ton r maxsu kent d ogik


Abdurahmon Jomiy. Hayoti va faoliyati (1414-1492)



Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/88
Sana21.05.2021
Hajmi0.68 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   88
5. Abdurahmon Jomiy. Hayoti va faoliyati (1414-1492) 
Abdurahmon Jomiy XV asrda yashagan mutafakkirlar kabi inson va uning yuksak axloqiy 
xislatlari, go‘zal fazilatlarini tarannum etish orqali kishilarning baxt-saodatini ta’minlash yo‘llari 
xususidagi g‘oyalarni ifoda etadi. 


Abdurahmon Jomiyning hayoti va ijodiy faoliyati, ta’limiy va tarbiyaviy qarashlari borasida 
mashhur sharqshunos olimlar - Ye.E. Bertels, M.Orifiy, Sh. Shomuhamedov, A.Qayumov, H.Aliqulov va 
boshqalar samarali ravishda tadqiqot ishlarini olib borganlar. 
Allomaning to‘liq ismi Nuriddin Abdurahmon ibni Ahmad bo‘lib, u 1414 yilning 7 noyabrida Jom 
shahrida tavallud topgan. 
Abdurahmon Jomiylarning oilasi keyinchalik Hirot shahriga ko‘chib o‘tadi. Bu davrda Xurosonda 
Shohruh Mirzo hukmronlik qilar, Hirot shahri esa eng yirik madaniy markazlardan biri sanalardi. 
Yosh Nuriddin Abdurahmon maktabga juda erta qatnay boshlagan. Uning otasi o‘z davrining ziyoli 
kishilaridan biri bo‘lganligi uchun o‘g‘lining bolalikdan bilim olishiga katta e’tibor bergan. 
Abdurahmon Jomiy maktabni tamomlagach, “Nizomiya” madarasida tahsilni davom ettirdi. 
Madrasada tahsil olish davrida u arab tili grammatikasini puxta o‘rgandi, shuningdek, arab tilida yaratilgan 
hamda aruz vazni va uning o‘ziga xos jihatlari hamda qofiya ilmidan saboq beruvchi asarlar mazmuni bilan 
tanishib chiqdi. Ko‘plab badiiy asarlarning sharhlari bilan tanishishga musharraf bo‘ldi. Ayni vaqtda 
Sa’diddin Qoshg‘ariy, Shayx Bahoviddin Umar va Mavlono Muhammad Asad kabi allomalarning qo‘lida 
tahsil oldi. Abdurahmon Jomiy badiiy asarlarni yaratishga oid ilmlarni puxta o‘zlashtirganligi hamda 
nasriy va nazmiy asarlarni birdek muvaffaqiyatli yarata olish qobiliyati bilan ustozlarining tahsiniga 
sazovor bo‘ldi. 
Biroq Abdurahmon Jomiyda o‘zi egallagan bilimlari darajasidan qoniqmaslik hissi ustun edi. Shu 
bois bilimlarini yanada oshirish maqsadida Samarqand shahriga yo‘l oladi. Mazkur davrda Samarqand 
shahri ulug‘ mutafakkir Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bekning boshqaruvi ostida bo‘lib, u madaniyat va 
ma’rifat o‘chog‘iga aylangan edi. Mirzo Ulug‘bekning rahbarligi ostida matematika, fizika va astronomiya 
kabi fanlarning rivoji yo‘lida samarali tadqiqotlar olib borilayotgan edi. Samarqand shahrida bo‘lgan 
vaqtda Abdurahmon Jomiy o‘z zamonasining yetuk olimi g‘ozizoda Rumiy tomonidan o‘qilgan 
ma’ruzalarni tinglashga muvaffaq bo‘ldi. Hirot shahriga qaytgach, mashhur olim, Muhammad Tarag‘ay 
Ulug‘bekning sevimli shogirdlaridan biri Ali Qushchi tomonidan sinovdan o‘tkazildi. 
Abdurahmon Jomiy tinimsiz izlanish, o‘qib-o‘rganish evaziga matematika, arab tili va adabiyoti, 
sintaksis, badiyot ilmi, musiqa, falakiyot, falsafa, fiqh, notiqlik ilmi, Qur’onni qiroat bilan o‘qish va 
sharhlash kabi fanlardan chuqur bilimga ega bo‘ldi. Chuqur bilim va keng dunyoqarashga ega bo‘lganligi 
bois Abdurahmon Jomiy xalq orasida shoir va olim sifatida shuhrat qozondi, hurmat-e’tiborga sazovor 
bo‘ldi. Allomaning o‘ta darajada kamtarligi ham uning xalq orasidagi obro‘siga obro‘ qo‘shdi. 
Alloma va she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy o‘rtasida mustahkam do‘stona aloqa mavjud 
bo‘lib, ushbu aloqa ham badiiy ijod, ham maishiy turmush, ham ijtimoiy munosabatlar sohasida yaqqol 
ko‘zga tashlanar edi. 1469 yilda Hirot shahrida asos solingan mazkur do‘stlik alloma hayotining so‘nggi 
daqiqalarigacha davom etdi. 
Abdurahmon Jomiy 1472 yilda haj safari bilan Makka shahriga otlanadi, ushbu safar jarayonida 
turli shaharlarda bo‘lib, mashhur shoir, olim va mutafakkirlar bilan muloqotda bo‘ladi, adabiy jarayon, 
uning o‘ziga xos yo‘nalishlari va mazmuni bilan yaqindan tanishadi. Ikki yillik safardan so‘ng Hirot 
shahriga qaytadi va o‘zi orttirgan boy tajribaga tayangan holda ijod qiladi. 
Abdurahmon Jomiy ham o‘z asarlarida yuksak insoniy xislatlarni ta’rif etadi. Tadqiqotchi 
Sh.Shomuhamedov Abdurahmon Jomiyning shaxsi xususida so‘z yuritar ekan, quyidagilarni qayd etib 
o‘tadi: “Uning shaxsan o‘zi bunga namuna bo‘ldi, poklik shamlaridan biri bo‘lib porladi”. 
Alloma uchta lirik devoni, ta’lim-tarbiya masalalariga oid “Bahoriston”, shuningdek, yettita 
dostonni o‘z ichiga olgan “Haft avrang” (“Etti taxt”) nomli asarlari bilan jahon madaniyati taraqqiyotida 
munosib o‘ringa ega bo‘ldi. 
Abdurahmon Jomiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari “Bahoriston” asari hamda “Haft avrang” (“Etti 
taxt”) asarining tarkibidan o‘rin olgan “Tuhfatul ahror” va “Silsilatuz zahab” (“Oltin tizmalar”) 
dostonlarida aks etadi. Allomaning “Bahoriston” asari Muslihiddin Sa’diy tomonidan yaratilgan “Guliston” 
asari yaratilgan uslubda yozilgan bo‘lib, unda Abdurahmon Jomiy haqiqiy kamolotga erishgan inson va 
uning ma’naviy-axloqiy qiyofasi borasida to‘xtalib o‘tadi. 
Abdurahmon Jomiy ham boshqa allomalar kabi inson kamolotining birinchi mezoni uning bilimlilik 
darajasi deya ta’kidlaydi. 


Abdurahmon Jomiy asarlarida yaxshilik barkamol insonga xos bo‘lgan muhim axloqiy xislat 
mohiyatini ifoda etuvchi xatti-harakat sifatida ulug‘lanilishi bejiz emas. Zero, Yer yuzida yaxshilik va 
yomonlikning mangu barqaror bo‘lishi, ular o‘rtasida boradigan abadiy kurash, shuningdek, yaxshilik va 
ezgulikning yomonlik va yovuzlik ustidan g‘olib kelishiga bo‘lgan yuksak ishonch tuyg‘usi eng qadimgi 
ma’rifiy yodgorliklardan tortib, barcha pandnoma janrida yaratilgan ma’rifiy asarlarning asosini tashkil 
etadi. 
Xulosa qilib aytganda, Abdurahmon Jomiynnig yetti dostondan iborat “Haft avrang” (“Etti taxt”) 
asarining “Tuhfat-ul-ahror” (“Erkinlar tuhfasi”), “Sabhat-ul-abror” (“Yaxshilar tasbihi”), “Silsilatuz zahab” 
(“Oltin tizmalar”) kabi falsafiy-axloqiy asarlari hamda “Xiradnomai Iskandar” nomli dostonida allomaning 
barkamol inson tarbiyasiga oid umuminsoniy g‘oyalari o‘z ifodasini topgan. 
Abdurahmon Jomiyning “Salomon va Absol” dostonida esa tuban his-tuyg‘ulardan tozalanib, 
ma’naviy kamolotga erishish yo‘li badiiy tarzda ifoda etiladi. 
Alloma o‘z asarlarida yuksak insoniy sifatlarni tarannum etar ekan, ularning eng muhimlari sifatida 
quyidagi xislatlarni qayd etadi ham mazkur xislatlarning har bir inson qiyofasida aks etishi hayotiy 
zaruriyat deya hisoblaydi: insoniylik, adolatlilik, mehnatsevarlik, saxovat va karam, mehr-muruvvat, chin 
inchoniy muhabbat, rostgo‘ylik, kamtarlik, jasorat, mardlik va boshqalar. Ayni vaqtda insonning 
takabburlik, molu dunyoga qirs qo‘yish, yolg‘onchilik,johillik, ta’magirlik kabi salbiy xislatlardan xalos 
bo‘lishini maqsadga muvofiq deb topadi. Abdurahmon Jomiy insonga xos bo‘lgan ma’naviy-axloqiy 
sifatlar va shaxsda ularni shakllantirish masalalarini o‘z asarlarida she’riy misralar orqali yanada ta’sirchan 
uslubda ochib berishga harakat qiladi. Yuqorida nomlari qayd etilgan asarlarda bayon etilgan fikrlar 
hayotiy xususiyatga egaligi bois asrlar davomida o‘zining nazariy qimmatini saqlab qolishga muyassar 
bo‘lmoqda. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat