Ton r maxsu kent d ogik


Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek



Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/88
Sana21.05.2021
Hajmi0.68 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   88
3. Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek 
Ulug‘bek 1394 yilning 22 martida Eronning g‘arbidagi Sultoniya shahrida bobosi Sohibqiron Amir 
Temurning harbiy yurishi paytida tavallud topdi. U Shohruh Mirzoning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lib, unga 
Muhammad Tarag‘ay ismi berildi. Lekin uni bobosi alohida mehr bilan “Ulug‘bek” deb atayvergani uchun 
uning asosiy ismi Ulug‘bek bo‘lib qoladi va jahonga ana shu nom bilan shuhrat tarqatadi. 
Ulug‘bekning otasi Shohruh Amir Temurning uchinchi o‘g‘li bo‘lib, Xuroson hukmdori, ma’rifatli, 
ilm-fanga qiziqqon shoh edi. Onasi Gavharshodbegim ham o‘z davrining oqila, bilimdon ayollaridan 
hisoblanardi. 
...“Taqdir bu ulug‘ zotning zimmasiga behad ulkan va mashaqqatli vazifalar yukladi. Buyuk 
sarkarda amir Temur bunyod etgan saltanatning vorisi bo‘lishdek mislsiz sinov aynan unga nasib etdi”. 
Ulug‘bekning bolalik yillari bobosi Temurning harbiy yurishlarida o‘tdi. Garchi Ulug‘bek 
tug‘ilganda bir oz zaif bo‘lgan bo‘lsa-da, harbiy yurishlar davrida chiniqdi. 
Amir Temur nabirasi Ulug‘bekning o‘tkir zehnli, aqlu farosatli bo‘lganligi uchun juda sevardi. 
“Ko‘zimning nuri, saltanatimning umidli niholi”, deb erkalatardi. Biroq, Ulug‘bek Mirzo nozik bo‘lib 
o‘sdi. Buning ustiga ko‘p vaqtini kitob mutolaa qilish bilan o‘tkazar, davlat ishlariga rag‘bati yo‘q ko‘rinar 
edi. 
Ulug‘bekning tarbiyasi bilan buvisi Saroy Mulk xonim shug‘ullanib, sevimli nabirasiga o‘quv-
yozuvni o‘rgatgani, tarixiy mavzularda hikoya va ertaklarni so‘ylab bergani uning hayotida o‘ziga xos 
maktab bo‘ldi. 


1405—1411 yillarda, o‘sha davrning qonun-qoidalariga binoan amir shoh Malik yosh mirzoga 
otabegi bo‘lib tayinlangan. Otabegi Ulug‘bekka asosan harbiy va siyosiy tarbiyadan ilm o‘rgatgan. 
O‘rta asrlardan saqlanib qolgan kitoblarda ma’lum bo‘lishicha, saltanatga vorislar davlatni 
boshqarishda muayyan tartib-qoidalar bayon qilingan qo‘llanmalar asosida tayyorlangan. Shulardan biri 
Shahzodalar va Xonzodalar bilishi zarur bo‘lgan “Suluk ul-muluk” (Podshohlarga qo‘llanma) kitobidir. 
Ulug‘bek ham an’anaga ko‘ra mazkur kitobni mukammal o‘rganar va unda ko‘rsatilgan davlatni 
idora qilish san’ati — turli lavozim egalarini tayinlash, soliq to‘plash, ruhoniylar, mansabdorlar hamda 
boshqa yurtlardan kelgan elchilarni qabul qilish, xayru sadaqa berish kabi tartib-qoidalar bo‘yicha 
ko‘nikmalarni egallaydi. 
Ulug‘bek yoshligidan ko‘p kitoblarni mutolaa qiladigan bo‘lib, u ayniqsa, matematika, astronomiya 
ilmlariga qiziqdi. 
U bobsining xos munajjimi mavlono Badriddin bilan ko‘p vaqtini o‘tkazar, undan hisob va 
taqvimdan dars olar, ba’zi kechalari, qor tinib osmon yorishgan paytlarda yulduzlarning o‘rni va harakatini 
kuzatish bilan mashg‘ul bo‘lar edi. 
Taniqli olim Bo‘riboy Ahmedovning ma’lumotlariga ko‘ra mavlono Badriddin Samarqandda 
bo‘lgan vaqtda Ulug‘bekni Ko‘ksaroydagi xos kutubxonasiga boshlab borib, kutubxonaga yangi kelib 
tushgan Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma”sini ko‘rsatadi. Shu yerda mavlono Badriddin Ulug‘bekka 
alloma al-Farg‘oniy tarafidan bitilgan “Kitob fi javome’ ilm an-nujum va usul al harakat as-samoviya” 
(“Yulduzlar haqidagi ilm bilan osmon yoritkichlari harakatining asosini (bir-biriga) qo‘shuvchi kitob”)ni 
ko‘rsatadilar. 
Shunday qilib, Ulug‘bek bolalik yillaridayoq mavlono Badriddin Tusiy, Abu Rayhon Beruniy, 
Umar Hayyom kitoblari bilan hamda Oqsulot va O‘trorda “Ziji Malikshohi” bilan tanishdi. 
Fanga bo‘lgan zo‘r muhabbati, katta qobiliyati va mehnatsevarligi tufayligina Ulug‘bek 
astronomiya maktabining asoschisi va rahbari sifatida ajoyib muvaffaqiyatlarga erisha oldi. Bu maktab 
butun dunyoda hamma tomonidan e’tirof etildi, shuhratga sazovor bo‘ldi. 
Zo‘r qobiliyat, o‘tkir xotira va asta-sekin bilimlarni to‘plash shunga olib keldiki, Ulug‘bekda fanga 
qiziqish va intilish rivojlana bordi. Ulug‘bek bilimlarini tinmay chuqurlashtirishi va o‘z ustida muntazam 
ravishda ishlashi natijasida o‘zining ko‘pgina zamondoshlaridan o‘zib ketdi. Shunday qilib, oldin o‘tgan 
ajdodlar — Markaziy Osiyodagi qadimgi xalqlarning madaniy merosi Ulug‘bek bilimlarining asosiy 
manbai bo‘ldi. 
Samarqanddagi madrasa qurilishi 1417 yili boshlanib, uch yilda qurib bitkaziladi. Tez orada 
Ulug‘bek madrasaga mudarris va olimlarni to‘play boshlaydi va shu tariqa uning falakiyotshunoslik 
maktabi shakllanadi. Bu maktabning asosiy mudarrislari ilmiy ishlarga qulay sharoit va panoh izlab Temur 
davridayoq Samarqandga kelgan Taftazoniy, Mavlono Ahmad va Qozizoda Rumiy kabi olimlar edi. 
Qozizodaning maslahati bilan Ulug‘bek otasining mulki Xurosonning Koshon shahridan G‘iyosiddin 
Jamshid Koshiyni chaqirtirdi. Shunday qilib, Movarounnahrning turli shaharlaridan va Xurosondan 
to‘plangan olimlar soni 1417 yilga kelib 100 dan ortib ketdi. Ular orasida adiblar, muarrixlar, xattotlar, 
rassomlar, me’morlar bor edi. Lekin yulduzshunoslik va riyoziyot sohasidagi olimlar sharafliroq va 
obro‘liroq edi. Ular orasida Qozizoda va Koshiy eng salobatli va nufuzli edilar. 
1420 yili Samarqand madrasasining tantanali ochilishi bo‘ldi. Manbalarda qayd etilishicha, 
“madrasa binosi bitishiga yaqinlashganda, bu yerga to‘plangan adabiyot, san’at va fan namoyandalari 
Ulug‘bekdan madrasaga kimni mudarris etib tayinlamoqchisiz, deb so‘rashganda, Ulug‘bek, barcha 
fanlardan xabardor biror odamni qidirib topaman, deb javob bergan. Shu yerda g‘ishtlar orasida oddiy 
kiyimda o‘tirgan mavlono Muhammad Ulug‘bekning bu gapini eshitib qolgan va shu onda o‘rnidan turib, 
bu vazifaga men loyiqman, degan. Shundan keyin Ulug‘bek uni imtixon qilib, uning chinakam bilimdon 
odam ekanligiga ishonch hosil qilgan va uni hammomda yuvintirib, yaxshi kiyintirish to‘g‘risida buyruq 
bergan. Madrasaning ochilish kunida mavlono Muhammad mudarris sifatida ma’ruza o‘qigan; mavlono 
Muhammadning olimlardan 90 kishi ishtirokida qilgan ma’ruzasini Ulug‘bek bilan Qozizoda Rumiydan 
boshqa hech kim tushuna olmagan. Chunki bu ma’ruza haddan tashqari ilmiy jihatdan kuchli va murakkab 
masalalarni o‘z ichiga olgan edi.” 


Bu yerda tilga olingan Qozizoda Rumiy (Salohiddin Musa bin Mahmud) mashhur matematik va 
astronomdir. U Ulug‘bek madrasasining dastlabki mudarrislaridan biri edi. G‘oyat bilimli bu olimni 
zamondoshlari “O‘z davrining Aflotuni” deb ataganlar.  
Madrasada boshqa mudarrislar bilan bir qatorda, Ulug‘bekning o‘zi ham astronomiya bo‘yicha 
ma’ruzalar o‘qir edi. Uchinchi darajali algebraik tenglamaga olib kelgan bir gradus yoyning sinusini 
aniqlash — Ulug‘bek va uning maktabi erishgan ajoyib va eng muhim muvaffaqiyatlardan biri bo‘ldi. 
Ulug‘bek ilmiy merosining eng asosiysi, ma’lum va mashhuri uning “Ziji” bo‘lib, bu asar “Ziji 
Ulug‘bek”dir. “Ziji jadidi ko‘ragoniy” deb ham ataladi. “Ziji”dan tashqari uning qalamiga mansub 
riyoziyot asari — “Bir daraja sinusni aniqlash haqida risola”, yulduzlarga bag‘ishlangan “Risolai 
Ulug‘bek” (yagona nusxasi Hindistonning Aligarh universitetining kutubxonasida saqlanadi) va tarixga 
doir “Tarixi arba’ ulus” asaridir. 
Hozirgi kundagi ma’lumotlarga ko‘ra “Zij”ning 120 ga yaqin forsiy va 15 dan ortiq arabiy nusxasi 
mavjud. O‘rta asrlarda yozilgan hech bir astronomik yoki riyoziy asar bunchalik ommalashmagan. “Zij” 
musulmon mamlakatlarining deyarli barchasida o‘rganilgan. 
Ulug‘bek “Ziji”, ayniqsa, Hindiston olimlariga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Samarqand olimlarining 
ilmiy an’analarini Hindistonga Boburning o‘zi yetgazgan degan ma’lumot bor. Boburning vorislari 
o‘tmishdagi shohlarga o‘xshab atrofiga olimlarni to‘playdilar va ularning ilmiy izlanishlariga sharoit 
yaratadilar. 
“Zij”ning G‘arbiy Ovro‘pa faniga ham ta’siri katta bo‘ldi. Umuman olganda, G‘arbiy Ovro‘pa 
Temur va uning farzandlarini, ayniqsa, Ulug‘bekni XV asrdanoq bilardi. Ali Qushchining Istambuldagi 
faoliyati tufayli Ulug‘bekning olimligi haqidagi xabar ham Ovro‘paga tarqaladi. 
1638 yili Istambulga ingliz olimi va sharqshunosi, Oksford dorifununining professori Jo‘n Grivs 
(1602—1652) keladi. 
Qaytishida u o‘zi bilan Ulug‘bek “Ziji”ning bir nusxasini Angliyaga olib ketadi. 1648 yili avval 
“Zij”dagi 98 yulduz jadvalini chop etadi. O‘sha yilning o‘zida Grivs “Zij”dagi jo‘g‘rofiy jadvalni ham 
nashr etadi. 1650 yili esa u “Zij” birinchi maqolasining lotincha tarjimasini nashr etadi. 
Cheksiz aql-idroki, azmu qat’iyati, odilona siyosati bilan Mirzo Ulug‘bek qariyb qirq yil mobaynida 
Movarounnahr diyorining donishmand hukmdori bo‘lib, xalqlarning azaliy orzusi — tinchlik, totuvlik, har 
tomonlama taraqqiyotni qaror toptirish yo‘lida mislsiz shijoat va matonat ko‘rsatdi. 
Mirzo Ulug‘bek o‘z umrini kelajak uchun, bugungi hayot uchun fido etdi. O‘sha uzoq zamonlarda 
bashariyat taraqqiyotini o‘ylab yashadi, o‘z avlodlari asrlar osha tartib etajak ma’rifatli bir jamiyatni orzu 
qildi. Har qanday millat ham Ulug‘bekday farzandni tarbiya etgani uchun g‘ururlanishi tabiiy holdir, 
chunki bunday insonlar faqat o‘z xalqiga emas, balki umubashariy gullab-yashnash uchun xizmat qiladi va 
jahonning e’tiborini qozonadi. 
“...Mirzo Ulug‘bekning umumbashariy qadriyatlarga qo‘shgan hissasi beqiyos bo‘lib, u bugungi 
kunda ham hayotimizda ulkan ahamiyat kasb etmoqda va O‘zbekistonning xalqaro obro‘sini oshirish 
yo‘lida katta xizmat qilmoqda. Buyuk ajdodimiz Ulug‘bek nomi berilgan ma’naviyat maskanlari, 
mahallalar, ko‘chalar va shaharlar juda ko‘p. Yurtimizda dunyoga kelib ko‘z ochayotgan har o‘n 
chaqaloqning biriga ezgu niyat bilan Ulug‘bekning muborak ismi berilyapti deb aytsak, mubolag‘a 
bo‘lmaydi. 
Bularning barchasi — millatimizning buyuk allomaga bo‘lgan cheksiz hurmati va ehtiromlaridan 
darak beradi. ” 
Mirzo Ulug‘bek xizmatlaridan yana biri shundaki, u avvalo yosh avlodning aqliy va ma’rifiy 
tarbiyasiga katta ahamiyat berib, ularni dunyoviy bilimlarni egallashga da’vat etdi, har qanday johillik va 
bilimsizlikka qarshi kurashdi. U insonning imkoniyatlari cheksiz ekanligiga ishora qilib, yoshlarni ilm 
egallashga, insofli va himmatli bo‘lishga, halollik va rostgo‘ylikka da’vat etadi. 
Ulug‘bekning bilimlarini nafaqat kitoblardan, balki bevosita hayotning o‘zidan ham olishni tavsiya 
etadi. 
Ulug‘bek ta’lim-tarbiyada mudarrislarning odil va halol bo‘lishiga, o‘z pedagogik mahoratlarini, 
bilimlarini oshirib borishga, har bir mashg‘ulotni yuksak saviyada o‘tkazishga da’vat qiladi, ana shu 
bilangina o‘quvchilarda bilimga qiziqish orttirish mumkinligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, tarbiyachi 
avval o‘zini tarbiyalashi, bilim va malakalarini egallashi lozim. 


Ulug‘bek bolalarni tarbiyalashda uy sharoiti va ota-onalarning faoliyatiga yuqori baho beradi, ularni 
hayotda chidamli, mehnatsevar qilib tarbiyalash juda zarur deydi. Buning dalili sifatida “Zij” ustida ishlash 
paytidagi qiyinchiliklar haqida shunday deydi: “Yulduzlar jadvalini tuzish maqsadida biz kechayu kunduz 
ishladik, o‘z mo‘ljallagan maqsadimizga yetguncha biz o‘zimizga qadar yaratilgan jadvallarni taqqosladik, 
qayta tuzdik va shu tariqa yuz qaytalab tuzatishlar kiritgach, o‘n sakkiz yildan so‘nggina o‘z ko‘zlagan 
niyatimizga yetdik”. 
Ulug‘bek axloqiy tarbiya haqida gapirar ekan, bu masalada insonlar orasidagi o‘zaro munosabat, 
do‘stlik va birodarlik alohida ahamiyat kasb etish kerakligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, haqiqiy va soxta 
do‘stlarni ajrata bilish lozim, g‘arazli kishi hech vaqt do‘st bo‘lmaydi, kishilarni u to‘g‘ri yo‘ldan ozdiradi. 
Shu bois g‘arazli kishilardan har qanday yo‘l bilan bo‘lsa-da, yiroq bo‘lish, kasbi va xulq-atvori yaxshi, 
hamma hurmat qiladigan, xushfe’l kishi bilan do‘stlashish lozimligini tavsiya etadi. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat