Ton r maxsu kent d ogik



Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/88
Sana21.05.2021
Hajmi0.68 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   88
2.Sohibqiron Amir Temur 
Amir Temur Ko‘ragon ibn Amir Tarag‘ay Kesh (Shahrisabz)ning Xo‘jailg‘or (hozirgi paytda bu 
qishloq Yakkabog‘ tumaniga qarashli) qishlog‘ida 1336 yilning 9 aprelida tavallud topgan. Uning otasi 
Amir Tarag‘ay o‘ziga to‘q, badavlat kishi bo‘lgan. Onasi Tegina Begim esa buxorolik taniqli olim 
Ubaydullohning qizi bo‘lgan. 


Temur 7 yoshidan bilim olishni boshlaydi. U yosh bolalik davridan boshlab mard, dovyurak, jasur 
bo‘lib o‘sadi. Harbiy san’atni mukammal egallaydi. Qur’oni Karimni yod oladi, hadis ilmini o‘rganadi. 
Dunyoviy bilimlarga ham ega bo‘ladi. Shuning uchun ham iymon-e’tiqodli, halol pok, aql-zakovatli, o‘z 
e’tiqodiga mustahkam rioya qiladigan, adolatli inson bo‘lib yetishadi. 
Amir Temur o‘z davlati qudratini yuqori ko‘tarib dunyoga tanitadi. 
Amir Temur johillik, yovuzlikni, zo‘ravonlikni yoqtirmas. Insonparvar, adolatli hukmdor edi. 
Masalan, “Temur tuzuklari” hukmdorning hokimiyatni boshqarish qoidalari hamda odob-axloq me’yorini 
belgilab beruvchi yo‘riqnomadir. Taniqli olim Bo‘riboy Ahmedov “Temur tuzuklari” podsholarning turish-
turmush va axloq-odob normalarini belgilovchi risoladir, deb ta’riflaydi. 
Amir Temur bu asarida insonparvarlik, mehnatsevarlik, adolatlilik, vatanga sadoqat, jasorat, 
to‘g‘rilik, do‘stlik va hamkorlik, mehr va muruvvat ko‘rsatish, sabr-qanoat, yaxshilik kabi xislatlarni 
ulug‘laydi va xiyonat, bevafolik, sotqinlikni qoralaydi. Hayotda “rosti-rusti” qoidasiga rioya etgan Amir 
Temurning o‘zi naqshbandiylik tariqatidagi “Dil ba yoru, dast ba kor” tamoyiliga ko‘ra ish tutib, Yusuf 
Xos Hojib, Abu Nasr Forobiy, Jaloliddin Davoniy va boshqalar tomonidan targ‘ib etilgan va haqiqiy komil 
inson, adolatli g‘ukmdor uchun zarur bo‘lgan quyidagi o‘n ikki qoidani o‘ziga yo‘riq qilib olganini 
ko‘ramiz: 
Amir Temur zamonida musiqa, badiiy adabiyot, rassomlik san’ati rivoj topib, yoshlarga she’r 
yozish, rasm chizish, musiqa asboblarini chalish, kitobxonlik, lison ilmi, husnixat o‘rgatilar edi. Bu san’at 
turlari o‘sha davr tarbiyasi tarkibiga kiritilgan edi. Sohibqironning buyuk saltanatida ijod qilgan shoirlar, 
rassomlar, mashshoqlar va boshqalar buning yaqqol dalilidir. Bu davrda katta shahar hunarmandlari ham 
ashula, raqs, suxandonlik bilan shug‘ullanganlari haqida Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida 
qayd etilgan.  
Amir Temur jismoniy tarbiyaga ham katta e’tibor bergan. Sharqda dilovarlik tarbiyasi, ya’ni 
yoshlarda mardlik, jasurlikni tarbiyalash asosiy masalalardan sanalgan. Yigitlar bolalikdan merganlik, 
chavandozlik, suvda suzish, ovchilik, qilichbozlik, shaxmat o‘yini kabilarni mohir murabbiylardan 
o‘rganib, bu borada mashq qilar edilar. Amir temurning o‘zi kuchli lashkarboshi sifatida harbiy ilmning 
“Ming askar” uslubi asoschilaridan biri bo‘lgan. Buyuk sohibqiron shunday ta’kidlaydi: 
Xulosa qilib aytganda, Amir Temurning buyuk davlatchilik siyosati — mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiy ettirish bilan birga tarix oldida ma’rifiy xizmatlari ham beqiyos. Uning ta’lim-tarbiyaga 
oid o‘gitlari, tutgan siyosati hozir ham o‘z qiymatini yo‘qotmagan. 
Amir Temurning ta’lim-tarbiyaga oid ishlari, qarashlari hozirgi barkamol insonni shakllantirishda 
katta rol o‘ynaydi. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat