Ton r maxsu kent d ogik



Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/88
Sana21.05.2021
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   88
4. Ahmad Yassaviy 
Ahmad Yassaviy 1041 yilda Saryom (Sayram) qishlog‘ida Shayx Ibrohim xonadonida tug‘iladi. U 
Arslonbob nomli inson qo‘lida hamda aksariyat tolibi ilmlar kabi Buxoroda tarbiya va tahsil oladi. U yerda 
mashhur Yusuf Hamadoniydan suluk odoblarini o‘rganib, so‘ng Turkistonga qaytadi va o‘z tariqatiga asos 
soladi. U so‘fiylik g‘oyalari, shuningdek, o‘z tariqati asoslarini targ‘ib etishda she’rlaridan foydalanadi. 
Islom dini aqidalari va o‘z asoslagan g‘oyalarni she’riy tarzda bayon etish asosida keng omma orasiga kirib 
boradi. Yassaviy hikmatlarining axloqiy, falsafiy, ilohiy asoslari to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Qur’on” g‘oyalari va 
payg‘ambar Muhammad Alayhis-salom hadislari negizida shakllanadi. Ahmad Yassaviy hikmatlarida 
payg‘ambar Muhammad Alayhis-salom ta’limotida ulug‘langan ma’naviy-axloqiy xislatlar - muruvvat, 
saxovat, qanoat va rostgo‘ylik targ‘ib qilinadi, bildirilayotgan fikrlar kishilarni faqat Allohga tobe 
bo‘lishga undaydi. Uning hikmatlarida pand-nasihat asosiy o‘rin tutadi. Ularning barchasida so‘fiylik 
tariqatining amollari - haqiqatni bilish. Haqni sevish, nafsu dunyodan chekinishga da’vat etuvchi g‘oyalar 
o‘z aksini topgandir. Inson ruhi va ongini har qanday illat, qabohatdan ozod etish kerak, ana shundagina 
insonda axloqida ko‘zga tashlanuvchi ayrim nuqsonlar yuzaga kelmaydi, degan fikrlar komil insonni shak-
llantirishning asosiy yo‘llaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Zero, tasavvuf-nafs lazzatlaridan voz kechishdir. 
Nafs - ochko‘zlik, o‘g‘rilik, jaholat, xudbinlikni keltirib chiqaradi. Shuning uchun qanoat Ahmad 
Yassaviyning hayotiy shiori sanaladi. 


Ahmad Yassaviy nodonlik tufayli hayotda savodsizlik, diyonatsizlik, ota-ona va ustozlarga 
hurmatsizlik, ma’naviy qashshoqlik, yovuzlik, takabburlik, nodon insonning eng tuban shaxs ekanligi, 
nodonlik, razolat hukm surgan joyda, ma’rifat bo‘lmagan o‘lkada mamlakatning inqirozga yuz tutishini 
alohida qayd etib o‘tadi. 
Ahmad Yassaviy hikmatlarida Haqqa yetish yo‘lini targ‘ib qilar ekan, insonni jaholat botqog‘idan 
xalos qilish lozimligiga urg‘u beradi. U “Shariatda orif-biloh bo‘lishni, tariqatda voqif-asror bo‘lishni, 
haqiqatda komil–mukammal bo‘lishni, ma’rifatda daryoi ummon bo‘lishni talab qiladi”. 
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan anglanadiki, Ahmad Yassaviy tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar 
insonni yomon illat, nafs balosidan voz kechishga undaydi. Yomon illatlar va nafs balosidan xalos bo‘lish 
insonni ruhiy va jismoniy komillik sari yetaklaydi.  

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat