Ton r maxsu kent d ogik


Muhammad ibn Iso at-Termiziy



Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/88
Sana21.05.2021
Hajmi0.68 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   88
2. Muhammad ibn Iso at-Termiziy 
Mashhur muhaddislardan yana biri vatandoshimiz Muhammad ibn Iso at-Termiziydir. Muhamad 
ibn Iso at-Termiziy bolaligidan ilm o‘rganishga qiziqqan, ayniqsa hadis ilmini chuqur egallagan. 
Muhamad ibn Iso at-Termiziy 850 yildan qator mamlakatlarga safar qiladi. Hijoz shahrida bo‘lib, 
Makka va Madina shaharlarini ziyorat qiladi. Iroq hamda Xurosonda hadis, fikh, qiroat, bayon, tarix va 
boshqa ilmlarni o‘rganadi. Mazkur safarda Muhamad ibn Iso at-Termiziy ustozi Imom Ismoil al-Buxoriy 
bilan uchrashadi. Alloma ustoziga nisbatan alohida hurmatda bo‘lib, uning yordamida hadis ilmidan 
to‘laqonli ravishda xabardor bo‘ladi. Manbalarda e’tirof etilishicha, Imom Muhammad ibn Iso at-Termiziy 
ustozining vafoti tufayli ko‘p yig‘laganidan ko‘zi ko‘r bo‘lib qolgan. 
Muhammad ibn Iso at-Termiziyning zehnining o‘tkirligi, xotirasi, va yod olish qobiliyatining 
kuchliligi tufayli Imom Ismoil al-Buxoriy ham uni faqatgina shogird sifatida emas, balki hamkor, hamfikr 
va do‘st sifatida ham hurmat qilgan. 


Muhammad ibn Iso at-Termiziy uzoq safarda manbalardan o‘qigan yoki muhaddislardan eshitgan 
hadislarni to‘plab, kitoblar ta’lif qilishga kirishadi. U 863 yilda o‘z vataniga qaytadi va o‘zi ham 
shogirdlarga ta’lim beradi, ayni vaqtda kitoblar ham yozadi. 
Alloma tomonidan o‘ndan ortiq asarlar yaratilganligi ma’lum. Bular qatoridan “Al-jome’ as-sahih” 
(“Ishonchli to‘plam”), “Ash-shamoil an-nabaviya” (“Payg‘ambarning alohida fazilatlari”), “Al-ilal fi-l-
hadiys” (“Hadislardagi illatlar va og‘ishlar haqida”) kabi asarlari o‘rin olgan bo‘lib, ular juda mashhurdir. 
Hadislarning mazmuni va tarbiyaviy ahamiyati. Hadislarda insonning kamolotga erishishi uchun talab 
etiladigan insoniy fazilatlar ifoda etilgan bo‘lib, ushbu fazilatlar sirasiga o‘zgalarga mehr-oqibat ko‘rsatish, 
saxiylik, ochiq ko‘ngillik, ota-ona, kattalar va qarindoshlarga nisbatan muruvvatli bo‘lish, ularga 
g‘amxo‘rlik qilish, vatanga muhabbat, mehnat va kasb-hunarni ulug‘lash, halollik, poklik, do‘stlik, 
oliyjanoblik, rahm-shafqatlilik, kamtarlik, rostgo‘ylik va vijdonlilik kabi xislatlar kiritiladi. Bundan 
tashqari, insonning o‘zini yomon illatlardan tiyishi, yaxshilik sari intilishi kerakligi borasidagi pand-
nasihatlar ham o‘z aksini topganki, bularning barchasi Qur’oni Karimda qayd etilgan ko‘rsatmalarga 
asoslanilgan va komil insonni shakllantirishda asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat