Toksikologiya asoslari doc


Ta`sir    mexanizmi  va  zaharlanish  patogenezi



Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/62
Sana31.10.2020
Hajmi0.82 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   62
Ta`sir    mexanizmi  va  zaharlanish  patogenezi.  Uglerod  oksid  asosan  nafas 

yo’llari  orqali  organizmga  tushadi.  O’pka  alveolalari  yuzasining  haddan  tashqari 

katta  bo’lishi,  o’pka  to’qimasida  limfa  va  qon  tomirlari  ko’pligi  tufayli  nafasga 

olingan  havo  bilan  kirgan  gazlar  alveolalarda  tezda  so’rilib,  organizm  zaharlanib 

kolishiga  sabab  bo’ladi.  Uning  zaharli  ta`siri  shunga  bog`liqki,  oksigemoglobinning 

ikki  valentli  temiri  tiklangan  gemoglobin  bilan  osonlikcha  birikadi  va 

karboksigemoglobinni hosil qiladi; 

Karboksigemoglobin  kislorodni  o’ziga  biriktirish  xususiyatiga  ega  emas, 

shuning  uchun  organizmda  gemoglobin  kislorod  tashish  vazifasini  bajara  olmaydi. 

Qonda kislorod miqdori keskin kamayib ketadi. natijada organizmda gemik gipoksiya 

rivojlanadi. Uglerod oksididan zaharlanish va gipoksiya dolatining og`ir kechishi qoi 

tarkibidagi karboksigemoglobin miqdoriga bog`liq bo’ladi; 

20—30% NSO — zaharlanishning engil darajasini keltirib chiqaradi; 

30—35% NSO—zaharlanishning urta darajasini chaqiradi; 

35—50% NSO da — zaharlanishning og`ir darajasi rivojlanadi; 

50—60% NSO—talvasalar, koma holatini keltirib chio’aradi; 

70—80% NSO da — o’lim sodir bo’ladi. 

www.ziyouz.com kutubxonasi




 

32 


 

Organizmga 

uglerod 

oksidi 


tushishi 

to’xtasa 

qon 

tarkibidagi 



karboksigemoglobin  asta-sekin  parchalana  boshlaydi  va  o’pka  orqali  uglerod  oksidi 

tashqariga 

chiqadi. 

Agar 


kislorod 

organizmga 

bosim 

ostida 


kiritilsa, 

karboksigemoglobinning parchalanishi tezlashadi. Bunda kislorod raqobat yo’li bilan 

uglerod oksidini gemoglobindan ajrata boshlaydi. SHuni e`tiborga olish kerakki, qon 

tarkibidagi  karboksigemoglobin  oksigemoglobin  dissotsiatsiyasini  (parchalanishini) 

kamaytirib  yuboradi,  buning  natijasida  to’qimalarga  kislorod  tashilishi  qiyinlashadi 

va  gipoksiya  holati  yanada  kuchayadi  (Xolden  effekti).  Ushbu  qonuniy  hodisani 

Xolden  1895  yili  sichqonlarda  o’tkazgan  tajribalarda  aniqlagan.  Kislorod 

karboksigemoglobinning  parchalanishini  tezlashtirgani 

va  Xolden  effektini 

kamaytirgani uchun ham uni uglerod oksidining ziddi-zahari deb hisoblash mumkin. 

Karboksigemoglobinning  organizmda  tezda  parchalanib  ketishi  va  uglerod  oksidi 

tashqariga  chiqib  ketishi  kislorod  yuqori  bosim  ostida  berilganda  (giperbarik 

oksigenoterapiya)  tezlashadi.Qon  tarkibida  karbonat  angidrid  bo’lishi  alohida 

ahamiyatga  ega.  agar  qon  tarkibida  karbonat  angidridning  portsial  bosimi  oshirilsa, 

karboksigemoglobinning parchalanishi ortib ketadi, Xolden effekti kamayadi. Bunda 

kislorod-gemoglobin  bog`lanishi  kamayganligi  sababli  to’qimalarga  kislorod 

tashilishi  osonlashadi.  Kislorod  bilan  karbonat  angidrid  aralashmasi  karbogen  deb 

nomlanadi.  bu  aralashma  nafas  markazini  Kuzgatish  xususiyatiga  ega,  nafas  olishni 

tezlashtiradi,  uglerod  oksidining  organizmdan  chiqib  ketishiga  sharoit  yaratadi. 

Karbogen  bilan  nafas  oldirish  uglerod  oksidi  bilan  zararlanishning  og`ir  darajasida 

buyuriladi. 

Keyingi  vaqtlarda  ko’pgina  tadqiqotchilarning  aniqlashicha,  uglerod  oksidi 

organizmga  tushganida  gemin  fermentlari  bilan  reaktsiyaga  kirishib,  ularning 

faoliyatini  susaytirib  qo’yadi.  Masalan,  tsitoxromoksidaza  fermenti  (tsitoxromaz) 

bilan  birikishi  tufayli  to’qimalarning  nafas  olishi  yomonlashadi.  Katalaza 

fermentining ish faoliyati buzilishi sababli organizmda ko’p miqdorda toksik vodorod 

peroksidi  hosil  bo’ladi,  eritrotsitlar  gemolizi  tufayli  qon  tarkibida  gemoglobin 

miqdori  keskin  kamayib  ketadi,  jigardagi  tsitoxrom  R-450  bilan  birikib.  jigarning 

zaharsizlantirish  xususiyati  keskin  kamayib  ketadi,  adenozintrifosfataza  fermenti 

faolligi  pasayib  ketganligi  sababli  oksidlanish-fosforlanish  reaktsiyasi  susayadi» 

natijada  to’qimalarda  ATF  kamayib  ketadi.  SHunday  qilib,  organizmda  paydo 

bo’lgan gemik gipoksiya holatiga gipoksiyaning boshqa turlari qo’shiladi. 

Mushaklar  tarkibidagi  mioglobin  (mushaklar  pigmenti)  organizmda  kislorod 

deposi  bo’lib  hisoblanadi,  u  jismoniy  ish  bajarilganda  mushaklarni  energiya  bilan 

ta`minlaydi.  Uglerod  oksidining  mioglobin  bilan  birikishi  xuddi  gemoglobinni 

uglerod  oksidi  bilan  birikishiga  o’xshaydi,  bunda  karboksimioglobin  birikmasi  hosil 

bo’ladi. Natijada ish bajaradigan mushaklarning kislorod bilan ta`minlanishi buziladi. 

Kishining  holsiz  bo’lishi,  kuch-kuvvati  yo’qolishi,  uglerod  oksidi  bilan 

zaharlanganda  kelib  chiqadigan  klinik  simptomlar    yuqorida  ko’rsatilgan 

o’zgarishlarga  sababchi bo’ladi. 




Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Alisher navoiy
Toshkent davlat
tashkil etish
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
tibbiyot akademiyasi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
universiteti fizika
fizika matematika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
Samarqand davlat
tabiiy fanlar