Toksikologiya asoslari doc



Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/62
Sana31.10.2020
Hajmi0.82 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62
TSianid kislota (NSN). 

Kimyoviy nomlari: tsianli vodorod, tsianli vodorod kislotasi; tsianid kislota. 

 TSianid  kislota  rangsiz,  uchuvchan,  achchiq  bodom  hidiga  ega  bo’lgan 

suyuqlik.  Qaynash  harorati  +25,7S,  shu  sababli  havoda  tezda  bug`lanadi.  Muzlash 

harorati  —  13,4°S.  Bug`ining  zichligi  havoga  nisbatan  0,93  ni  tashkil  qiladi,  ya`ni 

havodan  engil.  Bug`lari  faollashgan  ko’mir  yordamida  yomon  shimiladi,  g`ovakli 

materiallarga yaxshi shimiladi. Ishlatilgan joylarida yoz vaqtida 20—30 daqiqagacha 

saqlanib  qolishi  mumkin,  noturg`un  zaharlovchi  modda  bo’lib  hisoblanadi.  Suvda, 

organik  erituvchilarda,  fosgenda,  ipritda  va  boshqa  zaharlovchi  moddalarda  yaxshi 

eriydi.TSianid  kislota  kuchsiz  kislota  bo’lib  hisoblanadi,  chunki  u  tuzlar    tarkibidan 

eng  kuchsiz  bo’lgan  kislotalar  yordamida  siqib  chiqariladi  va  tuzlari  havoda 

oksidlanib zaharsiz karbonatlarga aylanadi. 

 TSianid  kislota  tuzlari  germetik  idishlarda  saqlanadi.TSianid  kislota  ishqorlar 

bilan  reaktsiyaga  kirishib  tuz  hosil  qiladi.  Bular  kristall  modda  bo’lib,  kuchli 

zaharlovchi xossaga ega.TSianid kislota aldegidlar va ketonlar bilan oson birikadi va 

kam zaharli oksinitril (tsiangidrinlar) ni hosil qiladi; 

  

Ma`lumki,  to’qimalarning  nafas  olishi,  ya`ni  uglevodlar,  oqsillar  va 



yog`larning  fermentativ  oksidlanishi  faol  guruh  hisoblangan  NADF  (nikotinamid-

adenidinnukleotid)  va  NADF  (nikotinamidadeninnukleotid  -fosfat)  degidrogenazalar 

fermenti  ta`sirida  oksidlanuvchi  substratlardan  vodorod  ajralib  chiqishi  yo’li  bilan 

boradi.  Ajralib  chiqqan    elektronlar  flavin  fermentlarining  faol  koferment  guruhlari 

www.ziyouz.com kutubxonasi



 

24 


 

bo’lgan  FMN  (flavinmononukleotid)  va  FAD  (flavinadenindinukleotid)  lar  orqali 

o’tadi.  So’ng  elektronlar  tsitoxromlar  tarmog`i—tsitoxromlar  b

1

;,  s,  c



1

  va  a


3

  larga 


uzatiladi. 

TSitoxrom  a

3

—  tsitoxromoksidaza  deb  ataladi,u  to’zilishi  jihatidan  murakkab 



bo’lib,  gemoglobinga  o’xshaydi,  tarkibi  oqsil  qismdan  va  gemin  guruhidan  iborat 

bo’ladi. 

Ularning tarkibiga temir moddasi ham kiradi. Elektronlarning bir tsitoxromdan 

ikkinchi  tsitoxromga  ketma-ket  o’tkazilishi  tufayli  tsitoxrom  tarkibidagi  temir 

oksidlangan  va  tiklangan  holatga  o’tib  turadi.  TSitoxromoksidaza  qondan 

to’qimalarga  keltirilgan  kislorodni  faollashtirish  xususiyatiga  ega:  u  temirning  bitta 

elektronini  kislorodga  o’tkazib,  temirni  uch  valentli  holatga  keltiradi-  Natijada 

kislorodning  faolligi  ortadi  va  flavin  fermentlaridan  o’tgan  vodorod  bilan  birikadi, 

keyinchalik 

esa 


ATF 

da 


to’planadigan 

energiya 

va 

suv 


hosil 

bo’ladi.TSitoxromoksidaza  (tsitoxrom  a

3

)  ning  qaytarilgan  shakli      molekulyar 



kislorod bilan to’g`ridan-to’g`ri elektronlarni berib, shu yo’l bilan kislorodning suvga 

qaytarilishi  uchun  shart-sharoit  yaratadi.  SHunday  qilib,  tsitoxromoksidaza 

tsitoxromlardan  havo  kislorodiga  elektronlar  o’tkazishga  yordam  beradigan  zarur 

oxirgi halqa tariqasida juda muhim o’rin tutadi. 

TSian  guruhi  tsitoxromoksidaza  (tsitoxrom  a

3

)  tarkibidagi  oksidlangan  uch 



valentli  temir  bilan  juda  oson  birikadi.  Natijada  kislorodning  faollanishi  yo’qoladi, 

to’qimalarda nafas olish susayadi, to’qimalar gipoksiyasi paydo bo’ladi. 

To’qimalar  gipoksiyasining  o’ziga  xos  belgilari:  venoz  qonning  arteriya  qon  

singari oksigemoglobinga  boy bo’lishi,  teri, og`iz shilliq pardalari  va  ichki a`zolarni 

pushti yoki qirmizi tusga kirishidir. 

Kishi  tanasiga  tushgan  tsianidlar  glyukoza  va  oltingugurt  saqlaydigan 

birikmalar  bilan  reaktsiyaga  kirishib,  oksidlanish  natijasida  qisman  parchalanadi. 

SHuning  uchun  oz  miqdorda  zaharlanishga  sababchi  bo’lmaydi,  engil  zaharlanish 

belgilari tezda o’tib ketadi. 

TSianid  birikmalaridan  zaharlanganda  birinchi  navbatda  markaziy  nerv 

tizimining  shikastlanish  alomatlari  yuzaga  keladi.  hatto  kichik  miqdorda  klinik 

simptomlar kuzatilmaganda ham shartli reflekslarning izdan chiqishi kuzatiladi. 




Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
sinflar uchun
pedagogika universiteti
bilan ishlash
таълим вазирлиги
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
haqida umumiy
fizika matematika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat
universiteti fizika
Buxoro davlat
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti