To‘garak chuvalchanglar tipi: odam askaridasi



Download 18,27 Kb.
Sana16.12.2019
Hajmi18,27 Kb.
#30573
Bog'liq
biologiya101

To‘garak chuvalchanglar tipi: odam askaridasi

To‘garak chuvalchanglar tanasi ko‘ndalang kesimi to‘garak shaklda, tana shakli iðsimon, ichki organlari tana boshlig‘ida joylashgan. Dengiz, chuchuk suv va tuproqda hayot kechiradi; odam, hayvon va o‘simliklarda parazitlik qiladi. Bu tiðga odam askaridasi misol bo‘ladi. Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Odam askaridasi ingichka ichakda parazitlik qiladi. Uzunchoq gavdasi ikki uchi ingichkalashgan duksimon shaklda. Urg‘ochisining uzunligi 20–40 sm, erkagi 15–25 sm bo‘ladi. Erkak askaridaning dumi ilmoqqa o‘xshash egilgan. Askarida gavdasi tashqi tomondan pishiq va qalin po‘st – kutikula bilan qoplangan. Yopishuv organlari rivojlanmagan, uning elastik tanasi ichak devoriga taqalib turganidan ichakdan tashqariga chiqib ketmaydi. Hazm qilish sistemasi va oziqlanishi. Askaridaning hazm qilish sistemasi ikki uchi ochiq uzun nayga o‘xshaydi. Bu nay og‘iz teshigidan boshlanib, qisqa halqum, qizilo‘ngach, o‘rta ichak hamda keyingi ichak orqali orqa chiqaruv (anal) teshigi bilan tamom bo‘ladi. Tanasi oldingi uchida joylashgan og‘iz teshigi uchta lab bilan o‘ralgan (21-rasm). Askarida ingichka ichakda hazm bo‘layotgan oziqni so‘rib oladi. Oziqning hazm bo‘lmagan qismi uning anal teshigi orqali chiqib ketadi. IV bob. Yassi va to‘garak chuvalchanglar tiрlari 21-rasm. Askaridaning ichki tuzilishi: 1 – teri; 2 – og‘iz; 3 – halqum; 4 – ichak; 5 – anal teshigi; 6 – tuxumdonlar; 7 – tuxum yo‘li; 8 – bachadonlar 2 5 1 8 7 6 3 4 39 Ayirish va nerv sistemasi. Askaridaning ayirish sistemasi tana bo‘ylab o‘tgan ikkita uzun naydan iborat. Naylar tananing oldingi tomonida birlashib, yagona teshik bilan tashqariga ochiladi. Gavdasining oldingi tomonidagi nerv halqasi halqumni o‘rab olgan. Bu halqadan tana bo‘ylab keyingi va oldingi tomonga nervlar ketadi. Jinsiy sistemasi, ko‘payishi va rivojlanishi. Askaridaning jinsiy sistemasi bir uchi berk ingichka naychaga o‘xshash bo‘lib, tana bo‘shlig‘ida buralib joylashgan. Urg‘ochisining jinsiy organi ikkita tuxumdondan, erkaginiki esa bitta urug‘dondan iborat. Askarida juda serpusht: bir kecha-kunduzda 240 000 tagacha tuxum qo‘yadi. Urug‘langan va qattiq po‘st bilan qoplangan tuxumlarini xo‘jayini ichagiga qo‘yadi. Tuxumlar axlat bilan tashqariga chiqariladi (22-rasm). Nam joyda tuxumlar ichida lichinkalar rivojlanadi. Tuxumlar iflos qo‘l yoki yuvilmagan sabzavot va mevalar orqali odamning ichagiga tushganida ulardan lichinkalar chiqadi. Lichinkalar qon orqali o‘pkaga boradi; so‘ngra balg‘am bilan 10-§. To‘garak chuvalchanglar tiрi: odam askaridasi 22-rasm. Askaridaning rivojlanishi: 1 – tuxum; 2 – tuproqdagi tuxumlar; 3 – urg‘ochi askarida; 4 – erkak askarida; 5 – o‘pkaga o‘tayotgan lichinka; 6 – voyaga yetgan davri; 7 – lichinka 1 7 3 6 4 5 2 og‘izga tushadi. Ular og‘izdan yana ichakka qaytib tushgach, rivojlanib voyaga yetadi va tuxum qo‘yishga kirishadi. Askaridaning zarari. Askarida bilan kasallangan kishi ozib ketadi, rangi siniq bo‘ladi. Uning qorni muntazam og‘rib turadi. Ichakdagi 40 askaridalar maxsus dorilar yordamida haydaladi. Askaridani yuqtirmaslik uchun sabzavot, meva va poliz mahsulotlarini yaxshilab yuvib iste’mol qilish hamda shaxsiy gigiyena qoyidalariga qat’iy rioya qilish zarur. To‘garak chuvalchanglarning kelib chiqishi. To‘garak chuvalchanglar tana bo‘shlig‘i va anal teshigining bo‘lishi, ichki organlarining ancha murakkab tuzilganligi bilan yassi chuvalchanglardan farq qiladi. Olimlarning fikricha, tarixiy rivojlanish jarayonida qadimgi yassi chuvalchanglar tanasida tana bo‘shlig‘i va orqa chiqaruv teshigi paydo bo‘lgan; ulardan to‘garak chuvalchanglar kelib chiqqan.
Download 18,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish