Toa liniyalarini zichlashtirish usullari


Spektr bo‘yicha zichlashtirish



Download 24.03 Kb.
bet3/3
Sana22.10.2020
Hajmi24.03 Kb.
1   2   3
Spektr bo‘yicha zichlashtirish. Optik tolaning o‘tkazish qobiliyatidan foydalanish koeffitsientini oshirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri spektr bo‘yicha (to‘lqin bo‘yicha) zichlashtirishdir. Spektr bo‘yicha zichlashtirish usuli 2.3-rasmda tasvirlangan edi. Bunda liniya kabelidagi tola narxini kamayishi xisobiga sezilarli darajada iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Bundan tashqari, bu usul qo‘shimcha qurilish ishlarisiz tarmoq rivojlanishini ta’minlash, shuningdek tarmoqlangan daraxtsimon va xalqali tarmoqlarni yaratish imkonini beradi. Bunda har xil tezlikli va raqamli, analog turli modulyasiyali (telefon, televidenie, telemetriya, EXM boshqarish signallari) signallarni uzatish imkoniyati kengayadi. Bu esa iqtisodni tejovchi ko‘p funksiyali aloqa tizimlarini tashkil etishni ta’minlaydi.

Optik tolaning spektral o‘tkazish oraliqidan bir muncha to‘liq foydalanish bu usulning eng muhim afzalliklaridan biri hisoblanadi. Xozirgi kunda 0,8....1,8 mkm diapazon oralig‘i o‘rganilgan. Agarda spektral kanalning kengligi 10 nm ni tashkil etsa, u holda belgilangan diapazonda 100 tagacha spektral kanallarni joylashtirish mumkin.

Spektr bo‘yicha zichlashtirilgan TOAda so‘nish va dispersiya qiymatlari kichik bir moddali optik tolalardan, quvvati yuqori lazer nurlanish manbalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Foydalaniladigan bir modali optik tola 1,5...1,6 mkm to‘lqin uzunligida ishlashi va kvars shishasidan tayyorlangan bo‘lishi kerak.

Optik multipleksor va demultipleksorlar spektral sezgir bo‘lib, selektiv hisoblanadi, ya’ni ularni xarakteristikalari optik to‘lqin uzunligiga bog‘liq.

Optik multipleksorlar optik kanallarni turli to‘lqin uzunliklarini birlashtirib, bitta optik tolaga kiritadi. Multipleksorlarga difraksion panjara, prizmalar, filtrlar ta’luqlidir. 5,a-rasmda difraksion panjarali planar to‘rt kanalli multipleksorni va 5,b-rasmda interferension filtrli to‘rt kanalli

5-rasm. Multipleksorlar:

a-planar to‘rt kanalli difraksion panjarali multipleksor; b-to‘rt kanalli interferension filtrli multipleksor

Multipleksor va demultipleksorlarni ishi to‘lqin uzunligiga sezgir bo‘lgan uch omilga asoslangan: burchak dispersiyasi, interferensiya va selektiv yutilishiga.

Demultipleksorlar bitta toladan kelayotgan optik signallar oqimidan turli to‘lqin uzunlikli optik kanallarni ajratish vazifasini bajaradi. 6,a,b-rasmlarda ko‘rsatilgan demultipleksorlarda kanallarni ajratish uchun mos ravishda panjaraning burchak dispersiyasi va prizma ishlatilinadi. 6,v-rasmda kanallar interferension filtrlar yordamida ajratib olinadi. 6,g-rasmda esa demultipleksor sifatida qo‘llaniladigan aniq to‘lqin uzunlikli yorug‘likni yutuvchi tuzilish ko‘rsatilgan (6rasm)[10].

6-rasm. Demultipleksorlar:

1-gradient silindrik linza; 2-difraksion panjara; 3-xromatik filtr; 4-prizma; 5-aks ettiruvchi qoplama; 6-selektiv fotodiodlar

Har bir yorug‘likni yutuvchi, ma’lum to‘lqin uzunligiga sezgir fotodiodlardan tashkil topgan.

Panjara va prizmali qurilmalar (2.9a,b-rasm) kanallarni parallel ajratuvchi, filtrlar va selektiv fotodiodli qurilmalar (2.9,v,g-rasm) esa kanallarni ketma-ket ajratuvchi hisoblanadi.



Spektr bo‘yicha zichlashtiriladigan tizimlar tarkibiga kiradigan demultipleksorlarni tuzilishi, nurni teskari yo‘nalishda tarqalishida spektral-sezgir multipleksorlarni tuzilishiga o‘xshash [4].

Multipleksor va demultipleksorlar signallarni so‘nishiga sezilarli ta’sir qiladi. SHuning uchun ular optik kuchaytirgichlar bilan birgalikda qo‘llaniladi.
Download 24.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat