To sh k en t «0 ‘z b e k isto n»



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/32
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#214799
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
[@kitoblar1] Qorakòz majnun

214799

S a i d   R h m o d
QORAKO‘Z 
MAJNUN
TO SH K EN T
« 0 ‘Z B E K ISTO N »


U O ‘K:  8 2 1 .5 1 2 .1 3 3 -3   r  
К В К  
8 4 (5 Q ‘)6  -
S-12 
и
S o‘zboshi  muallifi: 
filologiya  fanlari  doktori,  professor 
Umarali Normatov
S aid   A h m a d
S-12 
Q o rak o ‘z  m ajnun:  hikoyalar/A .  Said;  so ‘zboshi  muallifi 
U.  Norm atov.  -   Toshkent:  0 ‘zbekiston,  2013.  -   232  b.
U O ‘K:  821.512.133-3 
K B K  
8 4 (5 0 ‘)6
ISBN  978-9943-01-985-0
©   «O 'ZBEK ISTO N »  NM IU,  2013.
nomidagi
Alisher  Navoiy
£4^
  O ’abekision  MK


I S T I Q L O L   I L H O M L A R I
(So'zboshi  o'rnida)
O na  yurtim izda  istiqlol  e ’lon  qilinganda  atoqli  adibimiz 
Said  A hmad  72  yoshda  edi.  Keksa  boNishiga  qaramay,  u 
hammani  lol  qoldirib,  xuddi  yoshlardek  yeng  shimarib, 
g ‘ayrat-shijoat  bilan  ijodiy  ham da  ijtim oiy  faoliyatini 
davom   ettirdi.  Chin  badiiy  iste’dod  keksalikni  tan  olmaydi, 
degan  naqlni  adibim iz  am alda  isbot  etayotir.  Istiqlol 
arafasidagi  Shinjon  safarini  m ustasno  etganda  Vatanidan 
tashqariga  chiqm agan  adib  Hindiston,  A m erikaga  safarlar 
qildi,  odatdagidek,  ona  yurtini  kezishda  davom   etdi,  safar 
taassurotlari,  istiqlol  yillaridagi  o ‘zgarishlar  haqida  k o ‘plab 
maqolalar,  ocherklar  yozdi.  M ustaqillikning  quvonchli 
kunlarida  ham,  g ‘anim lar  qutqusi  tufayli  yurt  boshiga 
tushgan  qayg‘uli  dam larda  ham  ham isha  q a t’iyat  bilan 
bugungi  istiqlol  fidoyilarining  oldingi  safida  turdi.  Oqsoqol 
adibning  turli  anjum anlarda,  radio  va  televideniyedagi 
chiqishlarida  topib  aytgan  har  bir  obrazli  dono  so‘zi  xalq 
qalbiga  yetib  borgani,  o g ‘izga  tushganiga  o ‘zim iz  guvoh...
Adib  avvalgidek  quvnoq,  j o ‘shqin  hajviyalar,  o ‘ychan, 
g ‘amgin, 
fojeiy, 
ayni 
paytda, 
dilbar 
lirik 
hikoyalar 
yaratishda  davom  etdi.  Birin-ketin  «Xandon  pista»,  «Bir 
o ‘pichning  bahosi», 
«Yo‘qotganlarim   va 
topganlarim» 
kabi  kitoblari,  yangi  saylanm a  asarlari  chop  etildi.  Ustozi 
A bdulla  Qahhordan  meros  qolgan  D o‘rmondagi  bog‘  hovlisi 
tengdosh  qalamkash  d o ‘stlari, 
son-sanoqsiz  shogirdlari


uchun  allaqachon  o ‘ziga  xos  «majolis-un  nafois»  —  adabiy, 
hayotiy,  dilkash  m uloqotlar  dargohiga  aylangan.
A dibning  1979-yildan  beri  bu  dargohda  qishin-yozin 
tanholikda  kechirayotgan  hayoti  g ‘aroyib  jum boqdir.  Butun 
vujudi,  tani  joni  adabiy  iste’dod  ziyosi  bilan  yo‘g ‘rilgan, 
faqat  adabiyot,  ijod  uchun  tug‘ilgan,  botiniy  dunyosi  o ‘zida 
ham  fojeiy, 
ham  quvnoq,  hayotbaxsh 
hazil-mutoyiba, 
xalqona  kulgini  mujassam  etgan,  uzoq  yillik  mashaqqatli 
umri  davom ida  boshiga  tushgan  o g ‘ir  ko‘rgulik  asoratlarini, 
mislsiz  fojialam i,  judolik,  yolg‘izlik  iztiroblarini  hazil-kulgi 
bilan  yengib  o ‘tayotgan,  keksalik  yoshida  ham  bir  daqiqa 
o ‘ylashdan,  ijodiy  m ehnatdan  to ‘xtamayotgan  bu  alom at  zot 
XX  asr  o ‘zbek  adabiyotida  noyob  hodisadir.  U  asrlardan 
asrlarga o ‘tib  kelayotgan  buyuk  Nasriddin Afandi  timsolining 
bizga  zam ondosh  tirik  siymosidir.  Yaratgan  yetuk  asarlari 
qahram onlari  kabi  uning  o ‘zi,  shaxsiyati,  suhbatlari  ham 
g ‘oyat  qiziqarli  va  ardoqlidir.
Istiqlol yillarida yaratgan asarlari orasida, ayniqsa, xotiralar 
kitobi,  «Ot  bilan  suhbat»,  «Q orako‘z  majnun»,  «Azroil 
o ‘tgan  y o ‘llarda»,  shuningdek,  lager  hayoti  xotiralari  bilan 
bog‘liq  turkum   hikoyalari  alohida  ajralib  turadi.  Ular,  dadil 
aytish  mumkinki,  respublika  adabiy-madaniy  hayotida jiddiy 
hodisa bo‘ldi.  XX  asr yakunida chop  etilgan  «Yo‘qotganlarim 
va  topganlarim»  kitobi  sal  burunroq  maydonga  kelgan 
K.  Qahhorovaning  «Chorak  asr  ham nafas»,  H.  Qodiriyning 
«Abdulla  Qodiriyning  so‘nggi  kunlari»,  Z.  Saidnosirovaning 
«Oybegim  mening»  asarlari  bilan  birgalikda  XX  asr  o‘zbek 
adabiyotining yorqin, o ‘ziga xos jonli  lavhalarini tashkil etadi. 
Ulami  bem alol  jahon  adabiyotining  m ashhur  nam oyandalari 
haqida  bitilgan  shu  xildagi  esse-xotiralar  qatoriga  q o ‘yish 
mumkin.  «Yo‘qotganlarim  va  topganlarim »  turidagi  kitobni 
faqat  Said  Ahmadgina  yozishi  mumkin  edi.  Bu  kitob 
adabiyotim izning  m ash’urn  totalitar  rejim  zam onlarida  bosib 
o ‘tgan  mashaqqatli  va  ziddiyatli  y o ‘li -  adiblarim iz  qanday


o g ‘ir  sharoit,  vaziyatlarda  yashab  ijod  etgani,  o ‘shanday 
zamonlarda  ham  asl  insoniy  fazilatlarini  saqlab  qolgani,  noyob 
badiiy  durdonalar  yaratishga  erishgani  to‘g ‘risida  haqqoniy 
ta saw u r beradi.  Kitob muallifi  ulkan  allomalami  quruq himoya 
qilish,  ular  sha’niga  hamd-u  sanolar  yog‘dirish  yoMidan 
bormaydi,  ulami  hayotda  qanday  bo‘lsa  shundayligicha 
ko‘rsatadi;  shaxsiyatidagi,  ijodidagi  ojiz,  ziddiyatli  o ‘rinlami, 
ulaming  injiqliklarini  ham  ro‘y-rost  aytadi.  Kezi  kelganda,  bu 
borada  o ‘zini  ham  ayamaydi.  Bu  hoi  o ‘quvchiga  aslo  malol 
kelmaydi.  Aksincha,  o ‘sha  ulkan  siymolarga  nisbatan  hurmat- 
ehtiromimizni  oshiradi,  ulami  to‘g ‘ri  tushunishga,  asarlaridagi, 
shaxsiyatidagi,  shaxsiy  hayotidagi  ojiz,  ziddiyatli  jihatlar 
boisini  anglashga  undaydi.  Aslida,  adabiyot  ilmining  bosh 
maqsadi  ham  shu.  Ayni  shu  fazilati  bilan  ilmiylikka  aslo  da’vo 
qilmaydigan  bu  kitob  ba’zi  «sof»  ilmiy  tadqiqotlardan  ko‘ra 
ilmiylikka  ko‘proq  daxldorroqdir.
Said  Ahmad  ijodida  badiiy  adabiyotning  azaliy  muam- 
mosi -  avlodlar  silsilasi,  otalar  va  bolalar  muammosi  alohida 
o ‘rin  tutadi.  Yangi  o ‘zbek  adabiyotining  ilk  namunasi 
«Padarkush»,  birinchi  o ‘zbek  romani  « 0 ‘tkan  kunlar»dan 
boshlab,  ular  izidan  borib  yaratilgan  o ‘nlab  asarlar  orqali 
muayyan  an ’anaga  aylangan  «avlodlar  mojarosi»  talqini 
Said  A hmad  ijodida  o ‘ziga  xos  tarzda  goh  kulgili-komik, 
goh  keskin  dramatik,  fojeiy  yo‘nalishda  davom  ettirildi. 
«K elinlar  qo‘zg ‘oloni»dagi  ona  va  o ‘g ‘lonlar,  qaynona  va 
kelinlar,  «Kuyov»  komediyasidagi  ota  va  qizlar  orasidagi 
hazil-mutoyibalar,  j o ‘shqin  va  quvnoq,  bir  oz  m ubolag‘ador 
xalqona  yumor  bilan  y o ‘g ‘rilgan  ziddiyatlar  ifodasi  XX 
asr  o ‘zbek  oilaviy -  maishiy  turm ushining  betakror  bir 
ko‘zgudagi  aksi  sifatida  qimmatlidir.  «Ufq»dagi  ota  va 
o ‘g ‘il -  Ikromjon  va Tursunboy,  Inoyat  oqsoqol  va  Nizomjon 
ziddiyatlari  esa  bu  yirik  asam ing  fojeiy  pafosini  tashkil  etadi. 
Agar  avlodlar  mojarosi  m uallif  komediyalarida  k o ‘proq 
kundalik  oilaviy-m aishiy  turmush  tashvishlari,  ikir-chikirlari 
doirasida  nam oyon  b o ‘lsa,  «Ufq»da  ota  va  o ‘g ‘il  orasidagi
5


insoniy  burch,  or-nomus  axloqiy  tusdagi  keskin  ziddiyatlar 
bilan  bog‘liq 
holda  talqin  etiladi.  A dibning  keyingi 
hikoyalarida  esa  ijtimoiy  ruh  yanada  keskin  va  yorqin  bir 
tarzda  nam oyon  boMmoqda.  «Q orako‘z  majnun»,  «Sarob», 
«Azroil  o ‘tgan  y o ‘llarda»  hikoyalarida  ona  va  farzand,  ota  va 
o ‘g ‘lonlar  o ‘rtasidagi  keskin  m unosabatlar  ildizi  asr  fojiasi, 
mustabid  tuzum  siyosati,  mafkurasi,  axloqiy  aqidalariga 
borib  tutashadi;  jam iki  k o ‘rguliklar,  fojialar  m ash’um 
siyosatning  mudhish  oqibati  tarzida  ko‘rsatiladi.  E ’tibor 
berilsa,  «Q orako‘z  m ajnun»  hikoyasida  im on-e’tiqodli, 
go‘zal  inson,  alom at  onaxonning  bu  yorug1  dunyodan  ar- 
mon,  alam -o‘kinchlar  bilan  vidolashuviga  sabab  bo‘lgan 
oqpadar  o ‘g ‘lon  milliy-axloqiy  qadriyatlarimizni  toptashga 
qaratilgan  mudhish  siyosatning  ham  jirkanch  mahsuli,  ham 
ayanchli  qurbonidir.
«Sarob»  hikoyasida  bu  fojeiy  g ‘oya  yanada  keskinroq 
va  birm uncha  oshkora  tarzda  ifodalanadi.  A sardagi  fojeiy 
v o q e a - o ‘g ‘il  bilan  ota  orasidagi  m udhish  m unosabatlar 
bu  yo rug6  dunyoning  naq  d o 6zaxi  ichida -  m ustabid  tuzum 
qurbonlari -   m ahbuslar jam   b o ‘lgan  Jezqozg‘on  lagerlaridan 
birida  o ‘z  intihosiga  yetadi.  M ustabid  tuzum ning  m illatga 
qarshi  qaratilgan  riyokorona  kurash  usulini  qarangki, 
ular 
norasida 
o 6g ‘londan 
zam on 
qahram oni -  Pavlik 
M orozov  izdoshi  yasab,  m illatparvar  ziyoli  otaga  qarshi 
kurashga  soladilar,  ota  ustidan  kerakli  m a ’lum ot  y ig 6ishga 
erishadilar.  Shu  tariqa  ota  xalq  dushm aniga  chiqib,  qam oq- 
qa  olinadi,  uning  o 6g ‘loni  esa  qahram onga  aylanib,  shon- 
shuhratga  burkanadi.  Taqdiri  azalning  hukm i,  totalitar 
rejim   o ‘yini  oqibatini  qarangki,  pirovardida  «dushm an» 
ota,  «vatanparvar»  o 6g ‘il  lagerda  yuzm a-yuz  keladilar. 
K o ‘rguliklar,  jabr-zulm lar  tufayli  ota  yurak  oldirib  q o ‘ygan 
b o ‘lsa-da,  u  im on-e’tiqodiga,  vijdoniga  gard  yuqtirm agan. 
C hehrasida  o ‘sha  sam im iyat,  yoqim toylik,  donolik.  0 6g ‘lon 
esa  nogiron,  ayanchli,  telba  bir  qiyofada.  Lagerda  ham 
bolalikda  orttirgan  hunari  -   sotqinlikni  davom   ettiradi.
6


U  otasini  tanim aydi,  tan  olm aydi...  0 ‘g ‘lini  bu  holda 
k o ‘r i s h - o t a   uchun  naqadar  o g ‘ir!  Bundan-da  dahshatlisi, 
o ‘g ‘il  ota  k o ‘zi  oldida  m ing  azob  bilan  ayanchli  holda  jo n 
taslim   qiladi, janozasiz,  bekafan  k o ‘miladi.
Bunday  mudhish  hodisalar,  fojeiy  qism atlar  haqida 
yozish  oson  emas,  albatta.  Darvoqe,  «Sarob»  adibning  lager 
hayotidan  olib  yozgan  ilk  asari.  Hikoyadagi  roviy-mahbus 
rassom  yozuvchining  o ‘zi.  Adibim iz  50-yillar  boshlarida 
ayni  hikoyada  tasvir  etilgan  lagerda  b o ig a n ,  bu  hayotni 
ichdan  biladi.  Shunday  b o ‘la  turib,  u  nega  bu  haqda  uzoq 
yillar  yozmadi.  Ehtimol,  q o ‘rquv  saltanati  bunga  y o ‘l 
berm agandir;  ehtimol  mudhish  hodisalar  haqida  yozish  azob- 
iztirobi  uni  cho‘chitgandir.  Har  ikki  taxm inda  ham  asos  bor; 
faqat  mustaqillik  yillaridagina  vujudidagi  «qo‘rquv  saltanati» 
chekinib,  lager  hayotidan  dadil  so‘z  ochishga ju r ’at  eta  oldi, 
o ‘zi  uchun  qanchalik  azob  b o ‘lmasin,  lager  hayotiga  oid 
xotiralam i,  o ‘sha  mudhish  hodisalami  qog‘ozga  tushirishga 
jazm  etdi.  «Borsa  kelmas darvozasi», «Taqdir,  taqdir,  muncha 
shafqatsizsan?»  «Oftob  oyim »  kabi  turkum  hikoyalar  shu 
tariqa  maydonga  keldi.
H am do‘stlik  m am lakatlari  xalqlari,  birinchi  galda  rus 
adabiyotida  lager  hayoti  to ‘g ‘risida  jaho ng a  m ashhur 
asarlar  bor.  0 ‘zim izda  ham   ayrim   yaxshi  rom an  va  qissalar 
m avjud.  Totalitar  rejim   hukm ron  boTgan  m am lakatni 
GULAG  orollariga,  ulkan  saraton  korpusiga  qiyos  qilishlar 
b o ig a n .  Said  A hm adning  bu  m avzudagi  hikoyalari  mavjud 
asarlardan  baralla  ajralib  turadi.  Avvalo,  ular  o ‘zbekona 
m illiy  ruh  bilan  y o ‘g ‘rilgan,  lager  dahshatlari  hech 
kim nikiga  o ‘xsham aydigan  Said  A hm adchasiga  o ‘zbekona 
bir  nigoh  bilan  idrok  va  talqin  etilgan.  «Borsa  kelm as 
darvozasi»ga  «xalq  dushm ani»  qizining  y ig ia b   aytgan 
q o ‘sh ig ‘idan  satrlar  e p ig ra f-   bosh  so ‘z  qilib  keltiriladi:
Bu  vatan  qanday  vatandir,  har go ‘shasida  turmalar,
Q o'ngani  bir у er  topolmay,  osmonda y i g ‘lar  turnalar...
7


Vatanning  o ‘sha  yillardagi  manzarasini  faqat  Said A hm ad­
gina  shu  tarzda  o ‘ta  milliy,  jonli,  betakror  tarzda  ifodalashi 
mumkin.
Hikoya  yana  o ‘sha  «xalq  dushm ani»ning  qizi  kuylagan 
q o ‘shiqdan  olingan  m isralar  bilan  yakunlanadi.
Siz  asir  bo ‘Igan  qafasni  tishlarim  birlan  buzay, 
Buzmasam  mahshar  kuni  b a g ‘rimni  armon  tirnalar.
Bu  bayt  adibning  ushbu  turkum  hikoyalaridagi  boshqa 
bir  g ‘oyat  muhim  jihatga  ishoradir.  Asarlarda  qalamga 
olingan,  biri  biridan  mudhish,  malomatli,  g ‘am -g‘ussaga, 
musibatlarga  to ‘la  lavhalar  bag‘ridan  qandaydir  odamga 
dalda  beradigan  umid,  uning  «boshini  toshdan»  qiladigan 
qudrat,  zulmatni  yoritadigan  sirli-sehrli  nur  barq  urib  turadi. 
Davr  shafqatsizliklari  tufayli  aksar  m ahbuslar  beshafqat, 
toshbag‘ir  kim salarga  aylanib  ketganlar.  Ayni  paytda  o ‘sha 
beshafqat  zotlar  goho  bandayi  ojiz  -   inson  bolasi  sifatida 
o ‘zligiga  qaytib,  dilkash  suhbatlar  quradilar,  o ‘zaro  hazil- 
mutoyibalarga  kirishadilar,  toshga  aylangan  b ag ‘irlar  bir 
daqiqa  yumshab,  tund  chehralarda  tabassum   paydo  bo‘ladi. 
Yozuvchining 
benazir 
yumoristik 
iste’dodi 
musibatlar 
maskanida  ham  kulgi,  hazil-m utoyibalar  uchun  imkon 
topadi.  Eng  muhimi,  deyarli  har  bir  hikoyada  o ‘zligini, 
qalbidagi 
im on-e’tiqod,  ona  yurt,  o ‘zgalarga  himmat, 
muruvvat  tuyg‘usini  y o ‘qotm agan  «boshi  toshdan»,  alomat 
matonatli  insonlarga  duch  kelamiz.  Jumladan,  asarlardagi 
hikoyachi -  roviy  obrazining  o ‘zi  ana  shunday  siymodir.
Vatan,  burchga  cheksiz  sadoqat,  fidoyilik  tuyg‘usi,  ay­
niqsa,  «Oftob  oyim»  hikoyasida  betakror -  marsiyadek 
mungli,  ayni  paytda,  madhiya  kabi  m ardona  va  m ag‘rur 
yangraydi.  Lagerda  d o ‘st  tutingan  hikoyachi  bilan  yapon 
asiri  Dyun  orasidagi  samimiy  muloqotlar,  samuray  Dyun- 
ning  Sudze  qism atiga  oid  afsona-rivoyatnam o  hikoyasi, 
kam ikadze  burchini  o ‘tay  olm agan  bu  yigitning  ruhiy 
iztiroblari  va  halokati  o ‘quvchini  larzaga  soladi.  Qarangki,


Sudzening  onasi,  benazir  g o ‘zal  ayol  geyshalar  safiga  kirgan 
ekan,  vatan  m anfaatidan  kelib  chiqib,  shu  ishni  qiladi, 
o ‘g iin in g   xiyonati  tufayli  quvonchlardan  voz  kechib,  rohib- 
lar  libosini  kiyib,  m onastirga  ketadi.  Sudze  eng  quvonchli 
kunda,  Vatanga  qaytish  imkoni  tug ‘ilgan  daqiqalarda  burch, 
or-nomus  tuyg‘usi  tufayli  o ‘zini  halok  etadi;  xasta  samuray 
Dyun  esa  Vatani  tuprog‘iga  qadam  q o ‘yib,  qoni  shu  tuproqqa 
to ‘kilganidan  taskin  topib,  jo n   beradi...
Bu  hikoya  faqat  o ‘z  o ‘quvchilarimizni  emas,  darhol 
o ‘zgalam i,  birinchi  galda  yapon  fuqarolari  e ’tiborini  o ‘ziga 
tortdi,  u  o ‘zga  tillarga  ham  tarjim a  etila  boshladi.  «Yarim 
asrdan  k o ‘p  vaqt  m obaynida  ko‘ngil  qatida  yapon  asirlari 
xotirasini  saqlab  kelib,  ular  haqida  ajoyib  hikoya  yozgan 
janob  Said A hmaddan b ag ‘oyat minnatdorm an», -  deb  yozadi 
Yaponiyaning 0 ‘zbekistondagi  Favqulodda  va  M uxtor elchisi 
Kyoko  N akayam a  «Xalq  so ‘zi»da  e ’lon  qilgan  xatida.  Elchi 
hikoyada  insonning  tuyg‘ulari  va  ichki  kechinmalari  chuqur 
hissiyot  bilan  aks  ettirilgani,  unda  hozirgi  kunga  kelib 
unutilayozgan  a n ’analar  ham  yoritilganligini  ta ’kidlaydi. 
«Ikkinchi  jahon  urushi  tugagandan  buyon  yarim   asrdan 
ko‘p  vaqt  o ‘tdi, -  deyiladi  maktubda, -  bu  urushning  xotirasi 
bugungi  yapon yoshlari  orasida asta-sekin unutilib borayotgan 
bir  paytda,  Yaponiyadan  olisda  b o ‘lgan  0 ‘zbekistonda  yapon 
asirlarining  qismatini  eslash  meni  chuqur  ta’sirlantirdi».
Qanday  baxt:  o ‘zimiznigina  emas,  o ‘zgalami  ham  maftun 
etgan,  hayajonga  solgan  yangi  asr  o ‘zbek  hikoyasining  ilk 
yetuk,  g o ‘zal  namunasini  yaratish  81  yoshli  ardoqli  adibimiz 
Said  Ahm adga  nasib  etdi.
U m arali  N O R M A T O V
9



Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish