O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
“TJBT” FAKULTETI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
Xasanova Gulruh Djumanazarovna
“IQTISODIYOT”
FANIDAN
KURS ISHINI BAJARISHGA OID
USLUBIY KO‘RSATMA
Bilim sohasi:
Ta’lim sohasi:
Ta’lim yo‘nalishi: – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
BUXORO-2022
Ushbu uslubiy qo‘llanma “Iqtisodiyot” fani bo‘yicha amaldagi dastur va tavsiyalar asosida tuzildi. Uslubiy qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining talablariga javob beradi. Uslubiy qo‘llanma “Iqtisodiyot” fani bo‘yicha kurs ishlarini bajarishga mo‘ljallangan bo‘lib, bunda kurs ishlarining mavzulari dolzarb muammolarni o‘z ichiga olishliligi, tayyorlash jarayoni, bajarilish tartibi va himoyaga tayyorlash tartibi, kurs ishlari mavzularining ro‘yxati va uni rasmiylashtirish va adabiyotlardan foydalanish tartibi ko‘rsatib berilgan.
------------ № institut uslubiy kegashi 2022 yil.
Uslubiy ko‘rsatma “Iqtisodiyot” kafedrasining 2022 yil -sonli majlisida muhokama qilinib, institut ilmiy uslubiy Kengashining ____________ yildagi -sonli qarori bilan chop qilishga ruxsat etilgan.
Uslubiy qo‘llanma : – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, talabalar uslubiy qo‘llanmadan foydalangan holda oliy o‘quv yurtining talab darajasidagi kurs ishlarini bajaradilar.
Tuzuvchi: dots.Xasanova G.D.
Taqrizchilar:
Bux DU “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti Abdullaev A.J.
Bux MTI “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti Boboev A.CH.
MUNDARIJA
Kirish..............................................................................................................4
1. I- Bo‘lim. Kurs ishlarining mavzulari....................................................4-5
2. II- Bo‘lim. Kurs ishining mavzusi va xajmi............................................5-6
3. SH-Bo‘lim. Kurs ishini tayyorlash jarayoni.............................................6
4. IV-Bo‘lim Kurs ishini bajarilishi va uni himoyaga tayyorlash...........6-7
5. “Iqtisodiyot” fanidan kurs ishining mavzulari...................................8
6. Ilovalar....................................................................................................9-16
KIRISH
Mamlakat iqtisodiyotida tub burilish, ya’ni 2022-20261 yillarga mo‘ljallangan “Taraqqiyot strategiyasi” amalga oshirilayotgan bir paytda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuz berayotgan iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish va ularning echimini topishga asosiy yo‘nalishlarni belgilash bugunning dolzarb muammolaridan biri sanaladi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va texnik-texnologik yangilash sharoitida iqtisodiy kategoriya va qonunlarni, xususiyatlari va xarakatlarini belgilovchi muhimomillarni bilish “Iqtisodiyot” fanining nazariy manbaidir. “Iqtisodiyot” fani ko‘pgina iqtisodiy fanlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib ularning nazariy negizini tashkil etadi. SHuning uchun, har bir aniq iqtisodiy fanlarni o‘rganishdan oldin “Iqtisodiyot” fanini chuqur o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
“Iqtisodiyot” fanini mustaqil ravishda o‘rganishlarini ta’minlash maqsadida kurs ishini bajarish rejalashtirilgan va o‘kuv dasturiga kiritilgan.
O‘quv dasturiga binoan iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi talabalari “Iqtisodiyot” fanidan kurs ishi bajaradilar.
Ushbu uslubiy qo‘llanma kurs ishini mavzularini, umumiy mazmunini, maqsadi va bajarish tartibini o‘z ichiga oladi.
Kurs ishi “Iqtisodiyot” fanini o‘qitishning oxirgi bosqichi bo‘lib, uni maqsadi, ushbu fan bo‘yicha talabalar olgan nazariy bilim doiralarini kengaytirish, chuqurlashtirish, mustahkamlash va bir tizimga solishdir.
Talaba kurs ishini bajarish jarayonida tadqiqot elementlaridan foydalanib, mustaqil ravishda iqtisodiy muammolarni hal etishda o‘z mahoratlarini ko‘rsatishlari, “Iqtisodiyot” fanidan olgan bilimlarini ishga solib, iqtisodiy mexanizmlarni taqsimlashtirish borasida o‘zlarining takliflarini ishlab chiqishlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |