Tilga ixtiyorsiz elga e`tiborsiz. So`zda har qanday yaxshilikning imkoni bor, shuning uchun ham aytadilarki: "nafasning joni bor…" Baxt bag`ishlovchi toza ruh manbai ham til



Download 25,12 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi25,12 Kb.
#92211
Bog'liq
Savollar
ewVdkc2HIXpt4CZgqPoOWKGeutWWDIIeXKJa9x2Z, qon va qon aylanish tizimi, MAVZU QON VA QON AYLANISH TIZIMINING YOSH XUSUSIYATLARI VA GIGIYENASI., Ron, Ron, Ron, 1-kurs, B potok 3-guruh. Karimov Oxunjon. YYN., konstruksiyalash, 2 5447388776219282156, 2 5447388776219282156, 2 5447388776219282156, 2 5447388776219282156, 2 5447388776219282156, 2 5447388776219282156

Savollar:

1-kazus


Tilga ixtiyorsiz – elga e`tiborsiz. So`zda har qanday yaxshilikning imkoni bor, shuning uchun ham aytadilarki: “nafasning joni bor…” Baxt bag`ishlovchi toza ruh manbai ham til; yomonliklar nahs yulduzining chiqar joyi ham til. Tilni tiyolgan odam – donishmand oqil: so`zga erk bergan – beandisha va johil. (Alisher Navoiy. Mahbub ul – qulub)

Tilga ixtiyorsiz – elga e`tiborsiz. Shu birgina maqolning tagida juda katta ma`no yashirin. O`z tilini jilovlamagan, uni o`zigabo`ysundirmagan, gapini o`ylamay gapiradigan har qanday inson millat, xalq kelajagi uchun beparvo, loqayd va e`tiborsiz bo`ladi. Bunday insonlar jamiyat uchun xatarlidir. Chunki ularga jamiyatning rivojlanishi uning kelajagi qanday bo`lishining umuman qiziqchiligi yo`q.

Lekin tilini o`z ixtiyoriga olgan, ya`ni har bir so`zini o`ylab, mulohaza qilib keyin gapirgan har bir inson nafaqat jamiyat uchun ,balki, o`zi uchun ham foydali ish qilgan bo`ladi.

So`zda har qanday yaxshilikning imkoni bor, shuning uchun ham aytadilarki, “nafasning joni bor…” So`zda har qanday yaxshilikning imkoni bor deganda nimani tushunamiz – notiqlik sanati bilan insonlarni yaxshi ishlarga undash, ular umidsizlikka tushgan bo`lsa ularni ruhlantirish. Masalan: yomon yo`lga kirib ketayotgan odamlarni do`q-po`pisa, qo`rqitish yoki kuch ishlatish yo`llari bilan bu niyatidan qaytarib bo`lmasligi mumkin lekin ularga bu yo`lning boshi berk ko`cha ekanligini ta`sirli so`zlar bilan tushuntirilsa u odam firkridan qaytadi. So`zda har qanday yaxshilikning imkoni bo`lishi bilan birga har qanday yomonlikning ham imkoni bor, bu esa undan qanday inson qanday maqsadda foydalanishida namoyon bo`ladi. “Nafasning joni bor “ deb to`g`ri aytishadi. U bilan insonning ko`nglini ko`tarish, o`ziga bo`lgan ishonchini, kelajakka bo`lgan ishonchini oshirish yoki aksincha qilish mumkin. So`zning bu qudratidan ham odamlar o`z manfaaticha foydalanishadi.

Baxt bag`ishlovchi toza ruh manbai ham til, yomonliklar keltiruvchi nahs yulduzining chiqar joyi ham til. To`g`ri albatta til baxt bagìshlovchi toza ruh manbai. Bu nima degani: Til insonga baxt keltiradi qachonki inson undan to`g`ri va o`rinli foydalanganda, ya`ni barcha bilan yaxshi munosabatda bo`lganda, ularning ko`ngliga tegadigan gaplar aytmaganda ular bizga yaxshi munosabatda bo`lishadi shunda har xil dilxiraliklar bo`lmaydi. Va ular sizga yomonlik istashmaydi, yomon ahvolga tushib qolganinngizda esa har qanday holatda ular sizga yordam qo`lini cho`zishadi. Baxt shu emasmi. Agar barchaga yaxshi munosabatda bo`lsangiz, ishlaringiz ham o`z-o`zidan yurishib ketaveradi.

Endi tilning yomonliklar keltirishiga to`xtaladigan bo`lsak. Bu ham tildan qay yo`sinda foydalanishga borib taqaladi. Agar inson o`z atrofdagilarga nisbatan yomon munosabatda bo`lsa, har qanday inson u bilan suhbatlashishdan, do`st tutinishdan o`zini olib qochadi. Demak uning hamsuhbati, do`stlari deyarli bo`lmaydi, ya`ni yolgìz qoladi. Agar odamlarning ko`ngliga tegadigan yomon gaplar aytsa, o`ziga dushman orttirib oladi. Ko`rib turganingizdek til yaxshilik ham yomonlik ham keltirishi, bu esa tildan qanday foydalanishga bog`liq.



Tilini tiyolgan – donishmand oqil – so`zga erk bergan – beandisha va johil. Har qanday aqli bor inson tiliga erk bermaydi. Har yerda turli xil gap so`zlar aytishdan tiyiladi. Birorta gap aytganda ham kerakli joyda, kerakli o`rinda, zarur bo`lganda aytadi. Bunday insonlar odamlar o`rtasida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan ko`plab muammolarni oldini olishga harakat qiladilar. Bunday xislat esa donishmand va oqil insonlardagina bo`ladi. Tilini tiyolmagan, o`rinsiz gapiradigan insonlar beandisha va johil. Bunaqalar insonlar o`rtasida ko`plab nizolar kelib chiqishiga sababchi bo`ladilar.

Keling do`stlar tilimizga, aytayotgan gapimizga, atrofdagilar bilan qanday munosabatda bo`layotganimizga e`tiborsiz bolmaylik, e`tiborsiz bo`lib keyin pushaymon qilmaylik. Aytishadu-ku so`nggi pushaymon o`zingga dushman.
Download 25,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa