Tijorat banklari va ular faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari Reja: Kirish



Download 76.9 Kb.
bet1/7
Sana24.01.2021
Hajmi76.9 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7

Tijorat banklari va ular faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari

Reja:

Kirish
1. Tijorat banklari faoliyatini tashkil etishning tashkiliy huquqiy asoslari

2. Tijorat banklari faoliyatining rivojlantirishda strategik maqsadlari va moliyaviy ko’rsatkichlari tahlili (SQB misolida)

3. Tijorat banklari faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari
Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari tarmoqlarining kengayishi tufayli, ular orasida - depozitlarga, banklararo kreditlarga va boshqa bank resurslariga raqobatning kuchayishi vujudga keladi. Bank ishini omadli yuritish - uning faoliyatini tashkil etilganligiga - unga ta’sischilari va mijozlari tomonidan bo’lgan ishonchi, va bankning barqarorligiga bog’liq.

Demak, resurs mablag’larni jalb qilish asosiy rollardan birini o’ynaydi. O’z navbatida, resurs mablalarni jalb qilish ko’pincha, tashqi omillar bilan: sub’ektlarning iqtisodiy aktivlik darajasi, hududning rivojlanganlik darajasi, muqobil turdagi depozitlarning qo’yilishiva inflyatsiya darajasi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, nobarqarorlik davrida resurslarni jalb qilishning asosiy faktori bo’lib bank reputatsiyasi hisoblanadi. Bu esa, ko’pincha, bankni boshqarish sifatiga bog’liq. O’zbekistonda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati turli mulkchilik shakllarida iqtisodiyotsub’ektlarifaoliyatlarinierkinlashtirish, tadbirkorlikni rivojlanishiga yaratilgans hart-sharoitlarga uzviy bog’liqdir. Respublika iqtisodtida ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish sohasini kengaytirish ko’p jixatdan bank tizimining samarali ishlashigaham bog’liadir. Banklarning depozit va kredit mexanizmini samarali ishlashini ta’minlash ishlab chiqarishning o’sishi, investitsiyalarni keng jalb etilishi, iqtisod sub’ektlari faolligiga ijobiy ta’siri, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga to’g’ridan-to’g’ri ko’maklashadi.

Davlatning iqtisodiyotga ta’sir etishining asosiy vositalaridan biri bank tizimi orkali amalga oshiriladi. Mablag’lar jalb qilish bilan boglik bankning barcha passiv operatsiyalari, ularning iqtisodiy mohiyatiga qarab ikkiga bo’linadi: birinchisi, depozit operatsiyalar, shu jumladan banklararo kredit olish ham; ikkinchisi, emission operatsiyalar (bank paylari yoki qimmatbaxo qog’ozlarni joylashtirish).

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 22-noyabr sanasida bank tizimidagi muammolarga bag’ishlangan videoselektor o’tkazdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22 noyabr kuni bank tizimini isloh etish va banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, hududlar va tadbirkorlikni rivojlantirishda tijorat banklarining rolini oshirish masalalariga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tdi. Kreditlar ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlashda zarur manba hisoblanadi. Bo’sh mablag’larni jalb qilib, ularni kredit sifatida tadbirkor va investorlarga taqdim etadigan tijorat banklarining iqtisodiy jarayonlardagi roli juda katta.

Shu borada ko’rilgan tizimli choralar natijasida oxirgi ikki yilda banklar tomonidan investitsiya loyihalarini kreditlash ko’lami sezilarli darajada kengayib, kredit portfeli hajmi 3,2 barobar oshdi. Hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasida 6 ming 400 ta loyiha uchun 27 trillion so’m kredit ajratildi. Ushbu videoselektrda Prezidentimiz muammoli kreditlarni qaytarish banklarning imkoniyatlarini yanada kengaytirishini, ularni undirish bo’yicha banklar, qarzdor korxonalar, kompaniya va uyushmalar, hududlar rahbarlari birgalikda ish olib borishi zarurligini ta’kidladi. Banklarning kredit uchun resurslar jamlashdagi faolligi ham yetarli emas. Aholi va yuridik shaxslarning bo’sh mablag’larini bank depozitlariga, birinchi navbatda muddatli va jamg’arib boriladigan depozitlarga jalb qilish banklarning moliyaviy barqarorligini oshiradi. Prezident tijorat banklari xalqaro moliya institutlari kredit liniyalarini yanada faol jalb etishi va ularni to’liq o’zlashtirishi lozimligini qayd etdi. Tijorat banklari ustav kapitali asosan davlat ulushi hisobiga oshirilib, xususiy sektor mablag’lari deyarli yo’naltirilmagani jiddiy tanqid qildi1




Download 76.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat