Tibbiyot institutlari talabalari uchun


I bob Umumamaliyot vrachi tayyorlashda



Download 7.49 Mb.
bet2/15
Sana21.01.2017
Hajmi7.49 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

I bob Umumamaliyot vrachi tayyorlashda

ichki kasalliklar propedevtikasining o’rni.


Klinik fanlarni o’rganish III kursdan boshlanadi. Talabani ichki kasalliklarga olib kiruvchi fan bo’lib ichki kasalliklar propedevtikasi (diagnostika asosi ) hisoblanadi. Bu fanning maqsadi ichki organlar kasalliklarning asosiy belgilariga to’g’ri baho berilishidan iborat.

Bu fanning vazifasi:



  1. Asosiy fizikal tekshirish usullarini bilish.

  2. Ichki a’zolar kasalliklarida uchraydigan asosiy simpton va sindromlarni

( simptomlar yig’indisi) aniqlash.

3) Ko’p uchraydigan ichki a’zolar kasallilari bilan umumiy tanishish. (Xususiy patologiya). Har hil turdagi patologiyalarda Kasallikning bir hil belgilarini tahlil qilish orqali tashhisning asosiy belgisini topish talabalarning klinik tafakkurini shakkillanishiga olib keladi.

Propedevtika ichki a’zo kasalliklarini chuqur o’rganishga talabalarni tayyorlaydi. Xususan fakultet terapiyasida, gospital terapiyalarda

Xususiy patologiyani hamma detallarini yahshi o’zlashtirish uchun asos yaratadi. Klinik tibbiyotni hamma rivojlanish davirlarida ichki kasalliklarni o’rganish integrasiyasi hususiytiga ega bo’lgan.

Normal va patologik anotomiya, normal va patologik fiziologiya, bioximiya, farmakologiya, hamda qo’shma klinik fanlardan olingan bilimni bemorni ko’rayotganda sistemalik qo’llash lozim bo’lgan. Tibbiyatni kehg qo’llashda rivojlanishiga yangi tekshirish va davolash usullarining vujudga kelishi, keyingi 10 yil ichida ichki kasalliklarni yanada mayda mahsus bo’limlarga bo’linishiga olib keldi. Bularga endokrinologiya, gematologiya, kardiologiya, pulmonologiya, gastroenterologiya, gepatologiya, nefrologiya, revmatologiya, allergologiyalarni misol keltirib aytishimiz mumkin.

Nefrologiyada surunkali buyrak etishmovchiligini su’niy buyrak ( gemodializ) yordamida davolovchi mutahassis vrach paydo bo’ldi, lekin bu vrachlar shunga qaramasdan kardiologiya, pulmonologiya, gematologiya, gastroenterologiyadan bilmga ega bo’lishlari kerak. Shu bilan birga umumiy mutahassis terapevtni saqlab qolish lozim.

Tibbiyotda intergrassiyaga intilishni isboti bo’lib yangi mutahassislik – oila shifokori paydo bo’lishi hisoblanadi. Ko’p horij davlatlarida oila vrachi nafaqat kattalarni, bolalarni ham konservativ davolash bilan birga, ayrim mayda jarrohlik muolajalarini ham bajaradi. Oila vrachining muhim, o’ziga hos hususiyatlaridan biri har bir oila a’zosini oilada diqqat bilan kuzatish hisoblanadi. Oilaviy vrach oila a’zolari o’rtasidagi zararli nobob sharoitni ( masalan hayot tarzi, ichkilikka berilish, haddan tashqari ko’p ovqat yeyish, chekish va hokazo) yani oilaviy anamnezni mukammal o’rganib kasallikni oldini oladi.

Tor mutahassislik bilan integressiyani bir-biriga mahkam bog’lanib ketishi urgent kasallarga diagnoz qo’yishda va ularni davolshda yaqqol ko’rinadi. Umuman har bir mutahassis vrach kerak bo’lganda bemorlarga shoshilinch yordam ko’rsatishni bilishi kerak.



Ichki kasalliklarni havfli omillari (risk)

to’g’risida tushuncha

Kasallikning sababini sistematik baholab borish hozirgi zamon tibbiyotining muhim hususiyatlaridan hisoblanadi. Uzoq davrlardan beri ichki kasalliklarning o’rganishda uning sababini aniqlash klinisistlar faoliyatida muhim bo’limlaridan biri bo’lib kelgan. Ko’proq atrof – muhit sharoitiga va nasliga (ginetikasi) ahamiyat berilgan.

Ichki kasalliklarning hozirgi zamon

Etiologik omillari



  • Infeksiyalar shu lumladan virusli (gepatit viruslari B,C,D sitomegalovirus va b.)

  • Parazit: invaziyalar (askaridoz, opistorxo’z, strongiloidoz, trihinellyoz va b.)

  • Ichkilikga berilish

  • Dori preparatlari

  • Sil (paraspesifik reaksiya)

  • O’smalar ( paraneoplastik reaksiya)

  • Ekologik va mutahassislik tasirotlari

  • Modda almashinuvuining buzilishi

  • Genetik omillar

  • Tashqi sharoit omillarining ta’siri: o’ta sovqotish, travma ( jumladan ruhiy).

Insolyasiya (jumladan kamfort sezish chegarasida).

Ichki kasalliklarning hozirgi zamon hilma hil etiologik omillari ichida shu kungacha infeksiyalar, viruslar, olkogol, dori preparatlari va atrof – muhit omillari asosiy omillardan bo’lib qolmoqda.

Asosiy havfli omillarni tekshirish bundan 50 yil muqaddam yurak-qon tomir kasalliklarini fremingem tekshiruvidan boshlangan. Bu tekshiruv AQSh ning yirik universitet shahri Boston yaqinida joylashgan fremingem shahrida 1948 yildan boshlab yo’lga qo’yilgan. Bu shaharning 5209 erkak va ayollari,

yoshi 30 dan 62 gacha uzoq yillar davomida kuzatilgan. Har 2 yilda ularni kompleks tekshiruvdan o’tkazilgan.

Uzoq yillar davomida tekshirishlar natijasi shuni ko’rsatdiki havfli omillar o’zgaruvchan va o’zgarmas bo’lar ekan. Bundan tashqari ilgari topilgan havfli omillar bilan birga bir qancha yangi havfli omillar vujudga keldi. Fremingem tekshiruvlarining natijasi shuni isbotladiki xolesterinni qonda ko’payishi, (1957) arterial gipertenziya (1957,1970) qandli diabet (1974) semizlik (1967) yurakni ishemik kasalligida va insultda katta ro’l o’ynar ekan. Fremingem tekshiruvlarining davom etishi natijasida yangi havfli: omillar topila boshladi. Bularga giperfibrinogenemiya, (1987), lipoprotein (1994), chap qorinchaning kattalashishi (1994), gipergomosisteinemiya (1996) larni kiritish mumkin.

Havfli omillarni ta’sir darajasini baholash kompleks harakterga ega bo’lishi kerak. Ikki va undan ortiq havfli omillar ta’siridagi bemorlarni davolash taktikasi ancha faol bo’lishi kerak.

Jadval №1

Yurak qon tomir kasalliklaridagi havfli omillar.



“ Eski” havfli omillar

“ Yangi” havfli omillar

1. Chekish

2. LPNP va LPNOP ni miqdorini ortishi

3. Xolestirinni ko’p ( xayvon yog’i) ovqatlarni iste’mol qilish

4. Arterial gipertenziya

5. Qandli diabet

6. Jismoniy kamharakatlik

7. Semizlik

8. Klimaksdan keyingi holat

9. Irsiyat

10. Yoshi

11. Jinsi


  1. Gipergomosisteinemiya

  2. Lipoprotein (a)

  3. Apolipoprotein E

  4. Erkin radikallar ta’siri

  5. Giperfibrinogenemiya

  6. Endoteliya disfunksiyasi

  7. Infeksion agentlar

  8. Trigliseridlar

  9. C-reaktiv oqsil

Kasallikni havfli omillarini bilish, unga qarshi birlamchi va ikkilamchi profilaktik chora tadbirlarni ko’rishga yordam beradi. Shunday qilib havfli omillar konsepsiyasi XXI asr tibbiyotining profilaktik yo’nalishga olib boruvchi eng muhim qisimlaridan biri bo’lib qoladi.

Tashxisot va tashxis ( Diagnostika. Diagnoz )

Diagnostika (tashxis) ni rivojlanib borishi

Hozirgi tibbiyotda ko’plab yuqori informativ asbobiy va laborator tekshirish usullarini qo’llash tashxisni aniqligini oshirish bilan birga ko’p kasalliklarni kelib chiqishi sababi va mohiyatini keng va chuqur o’ylashga olib keladi, hamda hozirgi vrachlik qilish harakterini birmuncha o’zgarishiga sabab bo’ladi.

Rentgenografiya va endoskopiya usulini qo’llash me’da – ichak kasalliklariga aniq va o’z vaqtida tashxis qo’yishga olib keldi. Yurakning ayrim kasalliklarini exiokardiografiya va angiokardiografiya yordamida katta aniqlikda tashxislash mumkin. O’pka va qorin bo’shlig’idagi o’smalarni kompyuter tomografiyada aniqlash mumkin. Jigar va buyrakni hayotiy morfologik tekshirishlar har hil turdagi gepatitlarni va nefritlarni aniqlash bilan birga ularni effektiv davolashga imkon beradi.

Klinik tajribalar shuni ko’rsatadiki, tekshirish usullari har qancha yangi usul bo’lmasin an’anaviy tekshirish usulisiz ularni natijalari kamdan-kam qo’llaniladi. Ko’pincha u so’rab-surishtirishga aloqador va u ba’zan diagnoz qo’yishda hal qiluvchi rol o’ynaydi, hamda ko’zdan kechirish, paypaslash, tukillatish va eshitishdan iborat. Kasallik haqida fanni rivojlanib borishi hozirgi etapda, odamni kasalliklarini kelib chiqish me’xanizmlariga, tasnifiga, tashxisiga va davolashga boshqacha yo’nalishda qarash xususiyatiga ega bo’lib qoladi. Turmush sharoitini o’zgarishi, unga har hil tashqi muhit omillarini ta’sir etishi bir hil kasalliklarni paydo bo’lishiga yoki ko’payishiga, boshqa hil patologiyalarni kamayishiga olib kelmoqda. Aniq fanlarni imkoniyati va vujudga kelishi, avvalo genetika va molekulyar biologiya bemorlarni olib borish taktikasini optimal bo’lishiga imkon beradi.

Xozirgi kunda odam geni sirlarini ochilishi ularni ketma-ketligini aniqlanishi juda katta genetik baza vujudga kelganligidan dalolat beradi. Klinisistlarning ayrim genetik anomaliyadan kelib chiqadigan va siyrak uchraydigan kasalliklarni bilishlari amaliy ahamiyatga ega.

Davolashdagi yutuqlar

Klinisist uchun davolash muommosi hamma vaqt muhim bo’lib kelgan. Kundalik faoliyatimizda sistematik yuqori effektli davolash usullarini qo’llash juda ko’p kasalliklarni kechishini o’zgartirishga olib keldi. Ayrim dori preparatlarining yaratilishi fanning eng katta yutug’i hisoblanib, hatto Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi. Bu vitamin B12 – pernisioz kam qonlikni davolashga muvaffaq bo’lindi, penisillin va streptomisin juda ko’p infeksion kasalliklarni jumladan sil kasalligini ham natijalarini o’zgartirib yubordi. Ko’p dori preparatlarini paydo bo’lishi hozirgi kunda tez rivojlanib borayotgan tibbiyot mutahassislari – klinik farmakalogiyani keltirib chiqardi. Dori preparatlarini faol qo’llash bir tomondan asosiy kasallik rivojlanishini to’xtatsa, 2 chi tomondan u yangi patalogiyani keltirib chiqarib bemorlarni o’limiga sabab bo’lishi mumkinligi aniqlandi, ya’ni – yatrogen vrachlar faoliyati bilan bog’langan. Yatrogeniya keng ma’noda dori vositalarining nojo’ya ta’siri. Ko’p dori preparatlari ichki a’zolarga faqat zaharli ta’sir qilmay, balki immun o’zgarishlarga ham olib keladi.

Masalan, antibiotiklar millionlab bemorlarni hayotini saqlab qoldi, ammo shu bilan birga anafilaktik shokdan minglab kasallarni olib ketdi.

Hozirgi vrachlarimiz dori vositalarining nojo’ya ta’siri to’g’risida maksimal ahborotga ega bo’lishlari kerak, hamda o’z vaqtida nojo’ya ta’sir oldini olishga harakat qilishlari lozim.

Nospesifik dori sindromlari


  1. Harorat

  2. Teri sindromi – dermatit, qizilcha, pannikulit, tugunli eritema, tomir purpurasi

  3. Bo’g’im sindromi

  4. Gematologik sindrom – sitopeniya, agranulasitoz, kamqonlik

  5. Yakka a’zolarni shikastlanish – nefrit, surunkali aktiv gepatit, fibrozlanuvchi alveolit.

  6. Sistemali ko’rinish – SAB,ugunli periarteriit.

Tibbiyot deontologiyasi

Deontologiya shifokorning burchi va odobi xaqidagi fan bo’lib, bugungi olimlarimiz etirof etishlaricha, tibbiyotga avval o’ziga xos bir fan sifatida qarash kerakligi xech kimda etiroz yoki shubxa tug’dirmaydi.

Lekin uning amaliy joriysi, ijrosi tabobatchilik sirlarining xayotdagi tatbiqi katta. Bu bir san’at ekanligini ham tan olishga to’g’ri keladi. Vrachlik deontologiyasi fan sifatida keng filosofik tushuncha bo’lib, virach bilan bemor o’rtasidagi munosabat; vrach bilan bemorning qarimdoshlari, yaqinlari orasidagi munosabat; vrachning hamkasiblari,

o’rta va kichik tibbiyot xodimlari bilan munosabatlaru; vrach va bemorning davolash jarayoni paytidagi xuquqlari; ustoz va shogirt munosabatlari; vrachlik siri va xayotlari kabi muammolar bilan shug’ullanadi.

Tibbiyot amailyotida deontologiyani to’g’ri joriy qilishi vrachlarning ongi, saviyasi, dunyoqarashi, bilim mezoni, qaysi sohada va lavozimda ishlayotganligi va qaysi jamiyatda yashayotganligi bilan chambarchas bog’liqdir.

Kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida vrachlarning bemorlar bilan deontologik munosabatlari bir xilda bo’lgan emas, zamon talabiga qarab o’zgarib borgan.Shifokorlar odobi, xatti- xarakatlarini baxolash mezoni ham shunga muvofiq ravishda o’zgargan.

Biz shifokorlar, sog’liqni saqlash xodimlari, pedagoglari O’zbekistonimizning milliy istiqlol mafkurasini boyitishga yuqori malakali vrachlarni bakalavir, umumiy amaliy vrach, oilaviy shifokor, magistr tayorlash va ularni deontologin chiniqtirish borasidagi o’z dasturlarimiz bilan qatnashishimiz lozim. Bu dasturning negizida talabalar ongiga hozirgi zamon dunyoqarashini shakillantirish barobarida tibbiy oliy o’quv yurtlarida manaviyat,marifat, falsafa, madaniyatshunoslik, tib tarixi, dinshunoslik, odobnoma- deontologiya, iqtisodiyot va xuquqshunoslik nazaryatlarini o’qitish zarur.

Tibbiyot oliy o’quv yurtlarida bo’lajak umumamaliyot yoki oilaviy shifokorlarni deontologin tarbiyalash dasturi chuqur ishlab chiqishi kerak.

Bu borada Toshkent tibbiyot Akademiyasida olib borilayotgan deontologin tarbiyaviy ishlar diqqatga sazovordir.Jumladan kirish imtixomlaridan muvaffaqiyotli o’tgan yoshlarni “Talabalikka qabul qilish”, “Sinov daftarchasini topshirish”, birinchi bor klinikaga qadam qo’ygan talabalar uchun “ Klinikaga yo’l” tadbiri, talabalar ilmiy jamiyatining yillik anjumanlari ham vrachlik deontologiyasiga bag’ishlangan maruzalarni qamrab olishi bilan axamiyatlidur qolaversa,

O’zbekiston Respublikasi Vrachning qasamyodini bituruvchilar tomonidan yakka tarizda qabul qilinishi, xotin- qizlar “ Navro’z” va “ Til bayrami “ lapini o’tkazish marosimlarini ham kiritish mumkin. Vrachlik deontologiyasi fan sifatida keng tarmoqlarga va jabxalarga ega.

Ularning bir kafedraning kuchi yoki deontologik kurs ochish bilan o’rgatib yoki o’rganib bo’lmaydi.Yuzaki qaraganda deontologiya umumiy fanga yaqin tushuncha bo’lsa ham, ammo xar bir vrachlik kasibning o’ziga xos qirralari mavjud. Qolaversa terapevtlar, xururglar, stomatologlar, psixatrlar, onkologlar, umumamaliyot yoki oilaviy vrachlar deontologiyasi bir-biridan farq qiladi.

Bugungi kunning talabiga ko’ra umumamaliyot va oilaviy shifokor deontologiyasi birinchi o’ringa ko’tarildi. Qishloq vrachlik punktida, oilaviy poliknikalarda, kunduzgi shifoxonalarda, uy sharoitidagi davoxonalarda ishlaydigan vrachlar tor soxa bilan chegaralanmay, tibbiyotning barcha soxalari bo’yicha kerakli tibbiyot yordamini ko’satishga deontologik shay bo’lishi kerak.

Vrachlik deontologiyasi asosida shifokorning bemor bilan munosibati yotadi. Vrachning butun bilimi, odobi, xatti-xarakati bemorga unga nisbatan ishonch uyg’otishga qaratilgan bo’lishi kerak.Bemorda o’zini qiynagan dardiga vrach malxam, najot bo’laoladi, degan umid va tuyg’u paydo bo’lishi kerak.Buning uchun avvalo vrach bemor bilan muloqat sanatini egallashi shart.

Afsuski, biz talabalarga bemorlar bilan gaplashish, bemorning anamnezini to’plash sanatini chuqur o’rgatmaymiz, bunga o’quv dasturlarimizda yetarli soatlar ajratilgan emas. Lekin, bu deontologik tarbiyaning eng muhim va dolzarb muammolaridan hisoblanishi kerak.

Vrach atamasi etimologik “ Vrat” so’zidan kelib chiqib, yolg’on gapirish manosida emas, “Govorit”, yani gapira oluvchi, gapda chechan, gap yoki sir bilan bemorga tasir qilaoluvchi manosini anglatadi. Ulug’ rus olimi Bexterevning “Agar vrachning birinchi suhbatidan so’ng bemor yengil tortmasa , xis etmasa u vrach emas”, degan iborasini eslang.

Ayrim chet el mamlakatlari tibbiy oliy o’quv yurtlarida bu masalaga jiddiy yondoshishini ko’ramiz. Masalan Angliyaning Glazgo shaxridagi tibbiyot fakulteteida professor Xamshira Barber raxbarligida 3-b kurs talabalariga mo’ljallangan “ Bemorlar bilan muloqat sanati” kafedrasi mavjud. Bemor bilan suxbatlashish sanati bemorning ism-sharifi, nasli-nasabi, kasbi- kori, lavozimini xisobga olgan holda o’ziga xos ravishda olib borilishini talab qilinishini bilamiz.

Ammo suxbat mazmunida bemorning dardi asosiy mavzu ekanligini chuqur tahlil etmaymiz. Boshqacha qilib aytganda, muloqat deontologiyasi bemorning asosiy klinik diagnozi atrofida bo’lishi shart.

Aytaylik, vrach bilan bemor suxbatining o’zagida bemor dardiga malxam bo’lishi, kasallikning kechishi, oqibqtlari haqida ishonarli, to’g’ri, obektiv ma’lumotlarga asoslanib ularni boshqalarga oshkor qilmasdan davolanib ketishiga umidini paydo qilish yotadi. Muloqat sanatini egallagan oilaviy vrach miokad infarktiga, miya insultiga, rakka, bronxial astmags, silga, shizofreniyaga, raxm, OITS ( SPID) kabi xastaliklarga uchragan bemorlar va ularning yaqinlari bilan bir tarzda suxbat qurmasligi kerak. Murakkab jarroxlik operasiyasidan oldin bemorlar va uning yaqinlari bilan olib boriladigan qyin va uzoq suxbat uslubini nega o’qitmaymiz? Oylaviy shifokor deontologiyasining jumboq muammolaridan biri yatrogeniya xaqida so’z yoritamiz.

Ma’lumki Yatogeniya bu vrachning yoki tibbiyot hamshiralarining noshnd suhbati, nojo’ya xatti-xarakatlari, bilimsizligi yoki, bir so’z bilan aytganda, shifokorlarning aybi tufayli bemorda yangi kasllikning paydo bo’lishidir. Buyuk alloma Buqrotning “ bemorga eng avvalo zarar keltirma”degan deontologik naqilni yodda tutish zarur. Yatrogen kasalliklar bugungi tibbiyot amalyotida bemorlar orsida 10-15 foizni tashkil etadi.

Bu ayanchli raqam hozirgi zamon tabobatida xizmat qilayotgan vrachlarimiz, hamshiralarimi orasida o’z burchini to’la ado etmayotganlar yoki tushunmayotganlar anchagina ekanligini ko’rsatadi.Bunday qavs ichidagi shifokorlar vrachlar shaniga dog’ tushirib, bemorlarimizni o’z dardlariga najotni boshqalardan, soxta tabib va firibgarlardan axtarishga sababchi bo’layotganlarini sezarmikanlar.

Ikki og’iz so’z hozirgi kunda Evropa, Amerika va Yaponiya vrachlari orasida shov-shuvga va munozaraga sabab bo’layotgan evtanaziya xaqida. Evtanaziya-bu og’ir, tuzalmas kasallikka muttalo bo’lgan bemorni qiynoq azoblardan qutqarish va tibbiy o’limni turli dori-darmonlar yordamida engillashtirish va tezlashtirishdir.

Yana evtanaziya “gummannaya smetr” yoki yaponcha “smert s dostoinstvom”deb ataladi. Bu qaltis va nozik masala vrachlik deontologiyasi nuqtaiy nazaridan manfiy javobni bergan bo’lar edik. Chunki Buqrot o’g’itlaridan birida “ o’ldirma”(“ne ubey”) va” men vrachlik faoliyatimda bemorni o’limga sabab bo’ladigan biron bir dorini ishlatmaslikka qasam ichaman degan iboralarni, hamda xazrat Alisher Navoiyning tabib jallod emas, degan naqilni eslatish lozim bo’ladi.

Lekin bu muammo hali ko’p munozalarga sabab bo’ladi va xaqiqiy echimini topmaguncha davom etadi. Shifokorlik sirini saqlash burchi bu zamon deontologiysining eng dolzarb muammolaridan xisoblanadi. Chunki kasal va uning oyla azolarini sixati, illatlari va xayotlarining intim

tomonlariga doyr turli malumotlar, beixtiyor oylaviy vrachga etib keladi.

Bu malumotlarni to’g’ri “hazm qilish”, boshqalarga aytmaslik, bemor tuzalmas yoki yuqumli dardga chalingan xastalarning sixat-salomatligi haqidagi axborotlarni dardmanning va jamoatning foydasini ko’zlagan xolda oshkor etish zarurligini o’ylab ish tutishi kerak. Endi shifokor va bemor hamda uning qarimdoshlari bilan moddiy munosabat xaqida.

Bu deontologiyaning eng nozik muammolaridan xisoblanadi. Xozirgi kunda bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi jamiyat qura boshlagan o’tish davrida bu masalani chetlab o’tsa ham bo’lar edi. Lekin biz aziz shifokorlarimizga xozirgi o’tginchi davirni sabrmatonat bilan, chidam bilan oq xalatimizga dog’ tushirmay, bemorlarimizga sidqidildan beg’araz va qolaversa, ko’pchiligimizga xos fidolilarcha hizmat ko’rsatishni davom ettirishlarini istar edik.

Bu borada buyuk tibbiyot allomalarimiz Buqrot, Abu Ali ibn Sino, Zakariyo ar-Roziy, Maymonid nasixatlari, qasamyodlarida avvalo vrach faoliyatining ko’rki sifatida beg’arazlik g’oyasi ustun qo’yilganini takitlaymiz. Nomi zikir qilingan allomalar xayotlarida shoxona xayot kechirmaganliklari, kundalik moddiy sharoitga ko’nikib, kamtarin va kamsuqum yashaganliklari tarixdan malum.Davlat tasarrufida xizmat qilayotgan shifokorlarga pora xo’rlik, tamagirlik kabi illatlar ziddir.

Bemor tuzalib o’zini qiynagan kasallik azobidan butunlay forig’ bo’lganidan so’ng, shifokorlarga ularning fidoiy va qaxramonona xizmatlariga yarasha qilmoqchi bo’lgab moddiy raxmatiga sidqidildan munosibat shifokorlarning imoni vijdoninig mezoni bilan boxolanadi

Vrachlik deontologiyasi shifokordan insoniy fazilatlarga ega bo’lishni taqazo etadi. Bunday fazilatlar bilimdonlik, odamiylik, jasorat, mexr-shavqat, xushmuomalalik, oqillik, xallolik, insoflik, pokizalik, sofdillik, ziyraklik, xozirjavoblik, bosiqlik, kamtarlik, izlanuvchanlik kabilardir.Malumki shifokorlik deontologiyasi vrachdn avvalo bilimdonlikni talab qiladi.

Buning umumiy bilim ko’lami tibbiyot inistitutida olgan bilimi oligoxni bitirgandan so’ng o’zi ustida tinmay ishlab, bilim kosasini to’ldirib borishiga bog’liq. Xalqaro sog’liqni saqlash tashkilotini malumotiga ko’ra, odamlar orasida uchraydigan kasalliklarning soni o’ng mingdam, xastalik belgilari esa yuz mingdan ortiq. Xar yili dunyoda kasalliklarga qarshi minglab yangi dorilar ishlab chiqariladi.

Ularning hammasini inistitutda o’qib yurgan davrda talabalarga o’rgatib bo’lmaydi. Xayotiy va vrachlik faoliyati davrida shifokor turli tibbiy kitoblar, jurnallar va ayrim manbalardan foydalangan xolda o’z bilimini boyitib boradi. Vrachlik deontologiyasi tibbiyot tarixini yaxshi bilishni taqazo etadi.

Aniqsa hozirgi, o’zligimizni anglayotgan, sharq tabobatini o’rganishga keng yo’l ochilgan kunda ajdodlarimizning arab imlosida yozilgan nodir tibbiy asarlarini o’qiy olmaslik bizda birmuncha qiyinchilik tug’dirmoqda. Shunday bo’lsa ham, O’zbekiston xalq akademiyasi qoshida ishlayotgan sharq shunos olimlarning tarjimalarini o’qish orqali ulug’ tabiblarimizning taboatchilikdagi bilim va sanatlaridan birmuncha baxramand bo’lmoqdamiz.

Biz shu kungacha talabalarimga shifoxonalarda bemorning kasallik tarixi yozilishini buyuk rus olimi, terapevet M.Ya. Mudrov X1X asir boshi amaliyotga joriy qilgan, deb o’qitib kelganmiz. Xolbuki, bu ishni M.Ya. Mudrovdan qariyib 100 yil ilgari yashagan sharqning ulug’ olimi Ar-Roziy va uning shogirdi amalga oshirgan ekan. Ularning o’zbek tilida tarjima qilingan “Kasalliklar tarixi” degan risolasida 799ta bemorning kasallik tarixi chuqur taxlil qilingan. O’tmishimiz tarixini bilishga intilish bilimning yangi-yangi qirralarini ochayotganligi quvonarli holdir.

Shuni takidlash kerakki, vrachlik deontologiyasi xaqida talim berayotganimizda, talabalarga vrachlarning kasbiy faoliyati va shaxsiy fazilatlari qanday bo’lishi kerakligi borasida so’z yuritganimizda bir misollarni rus adabiyotlari namoyondalari Chexok, Veresaev, Bulgakov va boshqalardan qidirar edik.

Xolbuki, ulug’ shoirlarimiz Alisher Navoiy Abduraxmon jomiylar tabobat va tabiblarga doir qimmatli fikr va muloxazalar bildirgan ekanlar.

Masalan Alisher Navoiy o’zining “Maxbubul-kulib” asarida tabiblar xaqida quydagi noyob fikirlarni aytadi: “Tabib o’z faninig mohir bilimdoni bo’lishi, bemorlarga raxm-shafqat bilan muomila qilishi, asli ilmiga tabiati kelishmog’i, donishmandlar so’ziga rioya qilib, ularga ergashmog’i, muloyim so’z va bemor ko’nglini ko’taruvchi andishali, xushfel bo’lmog’i kerak.

O’tkir va shavqatli tabib isoga o’xshaydi. Isoning ishi jonni duo bilan tanga kiritish bo’lsa, tabibning ishi esa tandan chiqmoqchi bo’lgan jonni davo bilan chiqarmaslikdir. Bunday tabibning yuzi xastalar ko’nglida sevimlidir, so’zi esa bemorlar joniga yoqimlidir.

Uning har nafasi bemorlarga davo, xar qadami esa xastalarga shifodir. Uning yuzi najot kelturuvchi Xizrni, beradigan sharbai esa tiriklik suvini eslatadi. Tabib agar o’z kasbida moxir bo’lsayu, ammo o’zi badfel, beparvo va qo’pol so’z bo’lsa, bemorni xar qancha muolaja qilganda ham baribir uning mujizida o’zgarish paydo qilolmaydi.Tabobat fanidan savodsiz tabib xuddi jallod kabidur. U tig’ bilan o’ldirmasa, bu zaxar bilan azoblaydi.

Shubxasiz, jallod bunday tabibdan yaxshiroqdir. Zero u gunoxkorlarni o’ldiradi, bu esa begunoxlarni xalok qiladi. Xech bir gunoxkor jallod qo’lida xor bo’lmasin, xech bir begunox kasalmand bunday tabibga zor bo’lmasin. Yana bir misol, yani ramziy timsollar xaqida ikki og’iz so’z.

XVII asrda yashagan mashhur golland vrachi Van Tyulp “Yonib o’zgalarga nur tarqataman” degan iborani aytgan. Lekin Van Tyulpdan 300 yil burun yashagan Abduraxmon jomiyning bu borada ziyoli tabibga aytgan sheri naqlini keltiramiz:

Shamdek bo’l, shamni ko’r, kuyib qalbu-tan,

O’zgalar dilini qiladi ravshan.

Shamdek kuysa ham o’zgalar dilini ravshan qilish baxtiga muyassar bo’lish xaqiqiy shifokor qismatidir.

Tibbiyot bioetikasi va deontologiya

Mustaqillik sharofati tufayli yangi ilmiy izlanishlar o’tmishimizdagi (IX-XII asrlarda) “Sharq Renessansi “ davrida ijod qilgan allomalarimiz ( Ibn Sino, Ar- Roziy, Maymonid, Ruxaviy, keginchalik Navoiy, Jomiy kabilar) ning risolalarida tibbiyot bioetikasi va shifokorlik deontologiyasiga doir yangi qasamyodlarni, o’chitlarini va fikirlarni tonishga imkon yaratildi.

Ularning barchasida o’z umrini tibbiyot ilmini va shifokorlik kasbini o’rganishga bag’ishlagan shaxs sharqona mentalitetiga xos bo’lgan “komil inson “ fazilatlarini ( bag’rikenglik, bilimdonlik, mehribonlik, sofdillik, beminnatlik, shirinsixanlik, beg’arazlik, kabilarni) o’zida mujassamlashtirish lozim ekanligi takidlanadi.



Katalog: uum2 -> uum-ikp-davolash
uum-ikp-davolash -> Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani
uum-ikp-davolash -> Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani
uum-ikp-davolash -> Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
uum-ikp-davolash -> Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani
uum-ikp-davolash -> Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani
uum-ikp-davolash -> Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani
uum-ikp-davolash -> Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani
uum-ikp-davolash -> Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani

Download 7.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik