Urganch tumani 26-sonli maktabining Texnologiya fani o'qituvchisi Qodirova Yulduzning “Kasblar tasnifi, kasblarni mehnat turlarining ta’rifi” mavzusidagi bir soatlik
DARS ISHLANMASI
Dаrsning mаvzusi. Quroq san’ati haqida
Dаrsning ta’limiy mаqsаdi: DTS tаlаblаrini bаjаrish. O’quvchilаrning bilim dаrаjаsini, fiкrlаsh qоbiliyatlаrini vа аmаliy ish bаjаrish jаrаyonini, ish bаjаrish jаrаyonini оshirish vа o’quvchilаrni ushbu fаngа qiziqtirish.
Dаrsning tаrbiyaviy mаqsаdi: Dаrs mоbаynidа o’quvchilаrdа Vаtаngа muhаbbаt hissini uyg’оtish, ulаrni mustаqil fiкrlаshgа o’rgаtish. Каshfiyotlаr, yangiliкlаrgа qаrаtish. Milliy аn’аnаlаrimizni dаvоm ettirish. Каsb-hunаrgа yo’nаltirish.
Dаrsni rivоjlаntiruvchi mаqsаd: O’quvchilаrdа gаzlаmаni bichish vа tiкishgа nisbаtаn mеhnаt кo’niкmаlаrni shакllаntirish.
Dаrsni fanlararo bоg’lаsh. Mаtеmаtiка, fiziка, chizmаchiliк, tаsviriy sаn’аt.
Dаrs uslubi: o’quvchilаr bilаn suhbаt mulоqоt, disкussiya vа amаliy ish bаjаrish.
Dаrs jihоzi: Asbоb-usкunаlаr, fоydаlаnilаdigаn gаzlаmаlаr, bichishdа ishlаtilаdigаn аsbоblаr, mаvzugа оid кo’rgаzmаlаr.
DАRSNING BОRISHI: А) tаshкiliy qism
B) sаlоmlаshish
V) tоzаliкni tекshirish
G) dаvоmаtni аniqlаsh
O’tilgan mavzu savollar orqali mustahkamlanadi
YANGI DARSNING BAYONI Albatta inson yashar ekan o’zi uchun yaxshi kelajak yaratishga harakat qiladi. Buning uchun har bir inson hunarli bo’lishi kerak. Qadimda ajdodlarimiz ham hunarli kishilami e'zozlaganlar. XIV- XV asming mashxur olimi sholrlaridan Avxodiddin Avxodiy, Majid Xafofiy, Voiz Kashifiy, Jamoliddin Davoniylar ham insonning kamolotida va yuksak fazilatli bo’lishida mehnat va kasb-hunaming roli katta ekanligini ta'kidlaydi.
O’rta sharq hamda O’rta Osiyo xalqlarining tahminan eramizdan oldingi V asrdan IV asrga qadar tuzilgan muqaddas kitobi “ AVESTO “da ham bolalar kamolotiga mehnatning va kasb-hunaming ahamiyati to’g’risidagi materiallami ko’rishimiz mumkin.
Buyuk mutafakkir Ibn Sino ham o’z davrida yoshlami hunarli bo’lishga chorlagan. Uning durdona nasihatlari hozirgi kunda ham o’zining ma'rifiy tarbiyaviy ahamiyatini yo’qotmagan.
Oltin olmaginu o’rgangin hunar Humming oldida xasdir oltin-zar.
O’z davrining dono murabbiy shoiri va ulug’ ruxshunosi Sa'diy Sheroziy ilmu-hunami hamma narsadan yuqori qo’yadi va ilmu-hunar o’rganish yo’lida har qancha mashaqqatdan qochmaslik lozimligini qayta ta'kidlaydi.
Bo’lsa bir hunaring hamda yuz aybing Do’st nazdida hunar yopar yuz aybing Istar esang otangdan meros Bog’la otang ilmiga ixlos.
Zero ota-bobolarimiz buvi-momolarimizdan bizga meros qolgan hunarlar urf -odatlar an'anayu-udumlar zamirida yurtimiz va xalqimizning boy tarixi, qadriyatlar mavjud, Bu narsalami har. bin insonni yaxshilikka ezgulikka va obod kelajak yaratishga undaydi
Quroq san'ati haqida
Quroq so’zi qora -oq sozidan kelib chiqqan. Chunki quroq tikishda asosan qora-oq matodan foydalaniladi. Quroq-bu bitta buyumga rang va fakturasi turlicha bo’lgan gazlama qoldiqlarini birlashtirishdir. Quroq tikish birinchi bo’lib XI asrda Angliya davlatida boshlangan bo5lib hozirgi kunda bizgacha yetib kelgan.
Bu usul bilan yostiq jildlari ko’rpa divan va still uchun g’iloflar gilamchalar shuningdek kiyimlar uchun bezak va to’ldiruvchi detallar tayyorlash mumkin. Quroq texnologiyasida istalgan gazlamadan ham yangi, ham awal ishlatilgan gazlamalardan foydalanish mumkin. Yangi gazlamani ishlatishlan awal dekatirovka (ipak va jun gazlamalami kirishmaydigan qilish uchun bug’ yoki qaynoq suv bilan ishlov berish usuli) bug’lash lozim chunki bitta buyumga ikki xil gazlama ishlatish natijasida buyum yuvilgandan so’ng o’z ko’rinishini o’zgartirishi mumkin. Avval ishlatilgan gazlama bo’laklarini esa kraxmallash va dazmollash kerak bo’ladi.
Paxta tolali gazlamalar ishlatish uchun qulay hisoblanadi. Ulardan ushlagich salfetkalar choynak uchun isitgichlar ko’rpa gilamcha yostiq jildlari va hatto kiyimlar ham tayyorlash mumkin. Paltoli gazlamalar qalin yumshoq va egiluvchan bo’ladi. Bu gazlamalardan kvadrat va pomb shaklida qirqib bir-biriga ulash orqali divan va stullar uchun ko’rpacha va yostiqlar tikish mumkin.
Agar tayyorlanayotgan buyum uchun turli fakturali gazlama bo’laklarini birlashtirisn shart bo’lmasa uni bir turdagi gazlamadan tayyorlangani yaxshi bo’ladi. Ko’p hoIIarc!a sidirg’a gaziama bilan turli fakturadagi gazlamalami birlashtirish yaxshi natija beradi.
Tikilgan gazlama qoldiqlarini pishshiqligini ortirish maqsadida ulami asosga birlashtirish kerak. Asos bo’lib qalin zich gazlama xizmat qiladi. Kiyimlami qiytiqlar bilan bilan bezashda turli xil tasmalar ham qo’llaniladi.
Ko’pincha naqsh gullari bir xil shaklli va o’lchami alohida elementlardan iborat bo’ladi. Bichishda qulay bo’lishi uchun karton yoki qattiq qog’ozdan shablonlar tayyorlanadi. Kartondan kerakli shakl elementini (kvadrat uchburchak oltiburchak romb va ho kazo) chok xaqisiz chizib olinadi. So’ngra hamma tomonidan 0,5-0,7 sm chok xaqi qoldirib ikkinchi chiziqni o’tkazamiz. Shundan so’ng ichki va tashqi kontur chiziqlari bo’yicha extiyotkorlik bilan qirqiladi.
Quroqchilikda ba'zi terminlar ishlatiladi. Bu terminlar quyidagilir.
l.Tinna. 2. Ko’z. 3.Suv.
1 .Qora oq matodan tikilgan qismi “tinna” deyiladi. 2.Tinnalarini bir-biriga ulashda ishlatiladigan matolar “ko’z” deyiladi.
Bunda baxmal, villur, parcha kabi qalin mato parchalaridan foydalaniladi.
3.Tinna va ko’zni bir-biriga ulashda ishlatiladigan mato “suv” deyiladi.
Bunda bir xil rangli las surp, shoyi matolardan foydalaniladi. Quroq usulida yostiq jildlari, chimildiqlar, devorlami bezab turuvchipalaklar tikilgan.Ularning ba'zi nusxalari hozirgi kunda o’zbek xonadonlarining ba’zilarilarida saqlanib qolgan»
Quyida xalq amaliy san'ati turlaridan biri bo’lgan quroqchilikning ba'zi turlari va ularni tayyorlanish usullari haqida bayon qilingan. Bu quroq.
YULDUZCHA QUR0Q
“Yulduzcha” quroqda tuma qator “tinna”dan foydalaniladi.Bitta qora va ikkita oq matodan “tinna”tikib chiqiladi. 4 ta ana shunday bo’lak tikib chetiga “suv” tikiladi.Tinnani uch tomoni o’rtaga qaratib to’rt burchak (baxmal?villyur) matoga ulanadi.Bunda quroq shakli sakkiz burchakli yulduz shaklida ko’rinadi.
B unda tuma qator, kaklik qosh, kelin qosh tinnalardan foydalanish mumkin. Quroq o’rtasiga boshqa (baxmal,vilyur)matolardan kichkina ko’z tikiladi. Chetiga to’rtta uzun “tinna”tikiladi.”Qo’sh tinna”dan yostiq jildlari uchun, chimildiq uchun,palaklar uchun foydalaniladi
Oq va qora mato hamma tomoni teng uchburchak shaklida qirqiladi O’rtasiga qora mato va ikki chetiga oq mate parchasi bir tekis qilib tikiladi. «Tinna»lar tikib tayyor qilingach chetiga qora9qizil, sariq rangli matolardan «suv» tikiladi. Buquroqda qora mato uchburchak shaklda ko’rinadi. «Tina» quroqning bitta bo’lagi hisoblanadi.