Texnologik jihozlarni loyihalash fanidan oraliq nazorat savollari



Download 1,53 Mb.
bet1/2
Sana19.11.2019
Hajmi1,53 Mb.
#26412
  1   2
Bog'liq
Texjihoz oraliq nazorat savollari(1)

Texnologik jihozlarni loyihalash fanidan oraliq nazorat savollari

  1. Korxonalarda yordamchi vaqtni qisqartirishga qanday erishiladi va buning yordamida qanday masalalar yechiladi?

  2. Moslamalar qanday vazifalarni bajaradi?

  3. Moslamalarning bajaradigan vazifasiga ko‘ra tasnifini keltiring.

  4. Moslamalarning maxsuslik (maxsuslashganlik) darajasi bo‘yicha tasnifini keltiring.

  5. Zagotovkalarni moslamalarda bazalashning qanday usullari bor?

  6. Zagotovkalarni moslamalarda to‘liq bazalashni tushuntirib bering.

  7. Zagotovkalarni moslamalarda noto‘liq bazalashni tushuntirib bering.

  8. Moslamalarning o‘rnatish elementlariga qanday talablar qo‘yiladi?

  9. Zagotovkalarni ishlangan va ishlanmagan yassi baza sirtlari bo‘yicha o‘rnatish.

  10. Zagotovkalarni ishlangan va ishlanmagan tashqi silindrik baza sirtlari bo‘yicha o’rnatish.

  11. Zagotovkalarni ishlangan va ishlanmagan tashqi silindrik baza sirtlari bo‘yicha o’rnatish.

  12. Zagotovkalarni ishlangan va ishlanmagan teshiklari bo‘yicha o’rnatish.

  13. Moslamalarning siqish qurilmalariga asosiy talablarni keltiring.

  14. O‘rnatish va mahkamlash elementlarini to’g’ri tanlash uchun konstruktor qanday ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak?

  15. Mahkamlash kuchlari hisobi qanday bajariladi?

  16. Ehtiyot koeffitsiyenti qanday aniqlanadi?

  17. Mahkamlash kuchining yo‘nalishini aniqlashda qaysu qoidalarga amal qilish zarur?

  18. Mahkamlash kuchlarining qo‘yilish joyi qaysi qoidalarga asosan aniqlanadi?

  19. Ko‘p uchraydigan o‘rnatish va mahkamlash sxemalari uchun zagotovkalarni siqish kuchlarini aniqlashga uchta misol keltiring.

  20. Vintli siqish mexanizmlari.

  21. Zagotovkani moslamada o‘rnatish xatoligi qanday aniqlanadi?

  22. Moslamaning noaniqliklari bilan bog‘liq o‘rnatish xatoligi nimalardan tashkil topadi?

  23. Shablon va o’rnatgichlar haqida ma’lumot bering.

  24. Konduktorlik vtulkalarining konstruksiyalari haqida ma’lumot bering.

  25. Konduktorlik vtulkalari qanday texnik talablar asosida tayyorlanadi?

  26. Kopirlar konstruksiyalari va vazifalarini tushuntiring.

  27. Moslamalarning tanalari haqida ma’lumot bering.

  28. Moslamalarni loyihalash uchun boshlang’ich ma’lumotlar.

  29. Loyihalanadigan moslama qanday talablarga javob berishi kerak?

  30. Moslamalarni konstruksiyalash ketma-ketligini keltiring.

  31. Moslamalarning umumiy ko’rinishini chizish ketma-ketligini keltiring.

2. Moslama elementlarini bajaradigan funksional vazifalari bo‘yicha quyidagilarga ajratish mumkin: o’rnatish; mahkamlash (siqish); kuch hosil qilish yuritmalari; kesish asbobining holatini va yo‘nalishni aniqlovchi; tanalar; yordamchi mexanizmlar (qurilmalar) (bo‘luvchi, holatini aniqlovchi va boshqalar); yordamchi va mahkamlash detallari (dastaklar, shponkalar, shtiftlar va boshqalar).


3. Moslamalar bajaradigan vazifasiga ko‘ra 5 ta guruhga bo‘linadi.

1.1. Dastgohlar moslamalari. Texnologik jarayon talablariga binoan ishlov beriladigan zagotovkalarni dastgohda bazalash va mahkamlash, ya’ni o’rnatish uchun ishlatiladi. Ishlov berish turiga ko’ra bular parmalash, tokarlik va boshqa turlarga bo’linadi. Maxsus vazifali moslamalar (bukish, rixtovka qilish va boshqa maxsus amallar uchun) ham shu guruhga kiradi. Bu guruh moslamalari barcha guruh moslamalarining 70-80 % ini tashkil qiladi.

1.2. Ishchi asboblarni bazalash va mahkamlash, ya’ni o’rnatish uchun moslamalar. Birinchi guruhdagi moslamalar zagotovka bilan dastgohni bog‘lash zvenosi sifatida xizmat qilsa bu guruh moslamalari asbob bilan dastgohni bog‘lashga xizmat qiladi. Birinchi va ikkinchi guruhlar moslamalari dastgoh-zagotovka-asbob texnologik tizimiga kiradi. Ikkinchi guruh moslamalari yordamchi asboblar degan nom bilan ham yuritiladi. Ishchi asboblarni keng normallashtirilgani va standartlashtirilgani uchun ikkinchi guruh moslamalarining tarkibida ham normallashtirilgan qurilmalar ko‘p.

1.3. Yig‘ish moslamalari. Detallarni biriktirib, birikmalar va mahsulot yig‘ish uchun ishlatiladi. Biriktirish turidan va usullaridan qat’iy nazar yig‘ish moslamalarining quyidagi turlari ishlatiladi:



    1. yig‘ilayotgan obyektning birikmasini mahkamlash uchun;

    2. biriktiriladigan elastik elementlarni yig‘ishdan oldin deformatsiyalab turish uchun (prujinalar, halqalar va hokazolar);

    3. presslash va boshqa yig‘ish davrida katta kuchlar talab qiluvchi amallar uchun.

1.4. Nazorat moslamalari. Zagotovkalarni nazorat qilish uchun detallarni mexanik ishlov berish jarayonida va ishlov berishdan keyin yakuniy nazorat qilish va yig‘ilgan birikmalar hamda mashinalarni nazorat qilish uchun ishlatiladi.

1.5. Ishlanayotgan zagotovkalarni mahkamlab olish, siljitish, tashish va zarur hollarda og‘dirish uchun moslamalar. Ishchining kuchi bilan siljitish va ko’tarish qiyin bo‘lgan og‘ir obyektlar uchun ishlatiladi. Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishlarda bu guruh moslamalari zagotovkalarni pozitsiyadan pozitsiyaga siljitish uchun ham ishlatiladi.


4. Maxsuslik (maxsuslashganlik) darajasi bo‘yicha moslamalar 7 ta guruhga bo‘linadi.

2.1. Donalab ishlab chiqarish turlarida ishlatiladigan universal moslamalarni standart va maxsus konstruksiyali turlarga bo‘lish mumkin. Birinchilari markazlashtirilgan ravishda normallar yoki standartlar bo‘yicha ishlab chiqarilib, korxonalar tomonidan tayyor holda sotib olinadi. Bular qatoriga mashina iskanja (tiski) larini, patronlarini, burish stollarini va hokazolarni kiritish mumkin. Bu moslamalar keng nomenklaturadagi va turli o‘lchamlardagi detallarga ishlov berishda ishlatiladi.

Ikkinchilari ko‘proq muayyan turdagi, lekin turli o‘lchamli detallarga ishlov berish uchun loyihalanib, ishlab chiqariladi.



2.2. Universal sozlanmaydigan moslamalar keng turdagi va har xil shakldagi zagotovkalarni mahkamlash uchun ishlatiladi. Ularga ajralmaydigan mushtchali universal patronlar, frezalash iskanjalari misol bo‘la oladi.

2.3. Universal sozlanadigan moslamalar har xil shakldagi (konfiguratsiyadagi) zagotovkalarni mahkamlash uchun ishlatiladi, masalan, almashtiriladigan mushtchali patronlar, almashtiriladigan tishli iskanjalar.

2.4. Maxsuslashgan sozlanmaydigan moslamalar. Bunday moslamalar bir xil ishlov beriladigan, konstruktiv-texnologik belgilari bo‘yicha yaqin bo‘lgan, bir xil fazoviy sirtlarga ega bo‘lgan zagotovkalarni o’rnatishda ishlatiladi. Masalan, valik, flanes, disk, kronshteyn tipidagi detallarga guruhli ishlov berish moslamalari.

2.5. Maxsuslashgan sozlanadigan moslamalar. Bir xil ko‘rinishdagi amallarni, umumiy bazaviy sirtlar bo‘yicha, konstruktiv-texnologik belgilari yaqin zagotovkalarni mahkamlash uchun xizmat qiladi. Ular maxsuslashgan sozlanmaydigan moslamalarga mos kelsada, imkoniyati kengroq.

2.6. Universal yig‘ma moslamalar. Universal-yig‘ma moslamalar turli konstruksiyali moslamalarni ko‘p marta qayta-qayta yig‘ishga imkon beradigan normallashtirilgan detallar va birikmalar to’plamidan tashkil topadi.

2.7. Maxsus moslamalar. Muayyan texnologik amallarni bajarish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sozlanmaydigan yakka maqsadli ko‘rinishda ko‘proq yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida ishlatiladi. Maxsus moslamalar serunumligi bilan ajralib turadi, lekin bularni tayyorlash donalab ishlab chiqarish sharoitida amalga oshirilgani sababli narxi baland bo‘ladi.

Har qanday moslamada bir xil vazifani bajaruvchi detallar guruhi yoki mexanizmlarni aniqlash mumkin. Ular elementlar deb yuritiladi.

3. Moslama elementlarini bajaradigan funksional vazifalari bo‘yicha quyidagilarga ajratish mumkin: o’rnatish; mahkamlash (siqish); kuch hosil qilish yuritmalari; kesish asbobining holatini va yo‘nalishni aniqlovchi; tanalar; yordamchi mexanizmlar (qurilmalar) (bo‘luvchi, holatini aniqlovchi va boshqalar); yordamchi va mahkamlash detallari (dastaklar, shponkalar, shtiftlar va boshqalar).
5Har bir ishlov beriladigan jism o‘z o‘rnatish bazasiga ega bo‘lishi shart. O‘rnatish bazasi zagotovkani dastgohda kesish asbobi trayektoriyasiga nisbatan to‘g‘ri joylashtirish uchun ishlatiladigan zagotovkaning elementlari yig‘indisi ko‘rinishida bo‘ladi.

O‘rnatish bazasi tayanch baza yoki tekshirish bazasi ko‘rinishida bo‘lishi mumkin, shuning uchun bazalashning ikki usuli mavjud:

1) tekshirish o‘rnatish bazalari bo‘yicha;

2) tayanch o‘rnatish bazalari bo‘yicha.

Tekshirish o‘rnatish bazasi bu zagotovkani dastgohda joylashish holatini to‘g‘ri ta’minlaydigan, uning elementlari yig‘indisidan iborat bo‘ladi.

Tayanch o‘rnatish bazasi sifatida moslamada o‘rnatish uchun xizmat qiladigan zagotovkaning elementlari yig‘indisi xizmat qiladi.

Tekshirish bazalari sifatida zagotovka sirtlaridan tashqari razmetka (belgilab chiqish) davrida chizilgan chiziqlar, o‘qlar, markazlar, ba’zi hollarda ishlov beriladigan sirtlarning o‘zlari ham xizmat qiladi. Tekshirish bazalari bo‘yicha bazalash ko‘p vaqt talab qilishi sababli odatda donalab ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Tayanch bazalar bo‘yicha zagotovkalar bazalanadigan bo‘lsa, ularni holatini tekshirishga zarurat qolmaydi. Zagotovkani baza sirtlari moslamani o‘rnatish elementlari bilan kontaktga kirishi bilan talab qilingan holatga keltiriladi.



6 Zagotovkalarni moslamalarda to‘liq bazalash.

Ishlov berish shartlariga qarab zagotovka dastgohda kesish asbobi trayektoriyasiga nisbatan to‘liq yoki noto‘liq oriyentatsiyalanadi (to‘liq yoki soddalashtirilgan bazalash). Birinchisida zagotovka moslamada barcha yo‘nalishlar bo‘yicha aniq holatga keltiriladi (1-rasm).


1-rasm. Detallarni to’liq bazalash varianti

Bu eng ko‘p ishlatiladigan usul. Zagotovkani to‘liq oriyentatsiya qilish uchun bazalar tayanchlardan uzilmaslik sharti bajarilishi bilan birga tayanchlar soni va joylashishi zagotovkaning uchta koordinata o‘qlariga nisbatan siljishlardan va buralishlardan saqlash imkonini berishi kerak. Shu shartlar bajarilsa zagotovka barcha erkinlik darajalaridan mahrum bo‘ladi. Zagotovkani moslamada joylashish turg‘unligini oshirish uchun tayanchlar soni oltiga teng bo‘lib, ular orasidagi masofalar iloji boricha katta bo‘lishi kerak.

Bikrligi past yoki turg‘unligi yetarli bo‘lmagan zagotovkalarga ishlov berilganda tayanch nuqtalar sonini oltitadan oshirishga zarurat tug‘ilishi mumkin.





2-rasm. Qo‘shimcha sozlanuvchi tayanchlar bilan bazalash varianti

Bunday hollarda oltita asosiy tayanchlardan tashqari qo’shimcha tayanch 1 ishlatiladi. Bu tayanchga zagotovka yordamchi siqish qurilmasi yordamida Q` kuch bilan siqib turiladi. Qo‘shimcha tayanchlar soni cheklanmaydi, lekin bular sozlanuvchan, keltiriluvchan yoki o‘zi o‘rnatiluvchan bo‘lishi shart.

Zagotovka teshik va yassi sirti bo‘yicha bazalanadigan bo‘lsa, asosiy baza sifatida teshik sirti ishlatilishi mumkin. Asosiy baza sifatida teshik ishlatilsa, bazalovchi barmoq baland qilinadi (3-rasm). Asosiy baza zagotovkaning sirtida bo‘lsa, o‘rnatish barmog‘i past bo‘lishi kerak (4-rasm).

Zagotovka tekislik, sirt va o‘qi tekislikka parallel bo‘lgan teshik bo‘yicha bazalansa, tekislikni moslama tayanchlariga tegib turishi ta’minlanishi kerak (rasm 5).

Barmoq 1 bilan teshik orasidagi tirqish o‘lchami kichik bo‘lsa, zagotovkaning pastki tekis sirti moslama tayanchlariga tegib tura olmaydi. Tegib turishini ta’minlash uchun kertilgan (rombik) barmoq ishlatiladi. Shuning hisobiga burchak o‘lchami yo‘nalishidagi barmoq bilan teshik oralig’i kattalashtiriladi.

Plita, tana, qopqoq tipidagi detallarga ishlov berilganda tekislik va unga perpendikulyar o‘qli ikkita teshik bo‘yicha bazalash ko‘p ishlatiladi. Bu yerda tekislik asosiy baza, ikkita teshik esa yo‘naltiruvchi va tirak bazalar sifatida ishlatiladi. Bazalovchi barmoqlarning bittasi, oldingi misoldagi singari, o‘qlar orasidagi masofa xatoligini kompensatsiya qilish uchun kertilgan barmoq bo‘lishi kerak, ikkinchisi esa silindrik to’liq barmoq bo‘ladi (rasm 6).



Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish