Texnika xavfsizligi


- rasm. Radnometrik asbobning tuzilish sxemasi



Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana26.09.2019
Hajmi1,92 Mb.
#22689
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi (1)


1- rasm. Radnometrik asbobning tuzilish sxemasi: 

1- ionlash kamerasi; 2- elektrometrik lampa; 3- kuchlanish qarshilik; 4- milliampermetr;  

5-   oziqlanish manbai. 

 


 

2- rasm.  Ionlashtiruvchi kameraning chizgisi 

1- kameraning ichki yuzasi va ustunchasi (musbat elektrodi); 2- metall halqa (manfiy elektrod); 

3-kameraning ostki qismi; 4- yoqudli himoya; 5- muhofaza halqasi; 

  Bu  tok  kattaligi  kamera  orqali  o`tayotgan  radioaktiv  nurlar  dozasi  quvvatiga  bog’liq 

bo`ladi.  SHu  munosabat  bilan  juda  oz  bo`lgan  tok  kuchaytiriladi  va  so`ngra  mikroampermetr 

yordamida o`lchanadi. Ionlash kamerasi gamma-kvantlarni yozib oladi.   

 Gazorazryad  o`lchagichlari  —  metall  yoki  oynadan  qilingan  tsilindrlar  bo`lib,  ular  ichki 

tomonidan  tok  o`tkazuvchi  material  qatlami  (katod)  bilan  qoplangan.  TSilindr  ichida,  unga 

ko`ndalang  tsilindrdan  ajratilgan  metall  tola  (anod)  tortilgan.  O`lchagichdan  havoni  chiqazib, 

siyraklaniladi, keyin tsilindr qisman argon yoki boshqa inert gaz bilan to`ldiriladi. Metall tolaga 

va  tok  o`tkazuvchi  qatlamga  elektr  toki  kuchlanishi  ulanadi.  YOzib  olinadigan  nurlanishning 

turiga  qarab  o`lchagich  devorlari  har  xil  materialdan  tayyorlanadi;  gamma-nurlanishni  yozib 

olish uchun ularni ichki tomoni mis qoplangan oynadan, yumshoq beta-nurlarni va al’fa-nurlarni 

o`lchash uchun devorlari yumshoq fol’ga yoki plyonka bilan qilinada. 



 

3- rasm. Metall qobiqli gazorazryadli o`lchagich: 

1- o`lchagich korpusi (katod), 2- o`lchagichning ipi (anod), 3- kirish qismi, 4- himoya qismi. 

Gazorazryad  o`lchagichlarida  gaz  razryadining  kuchaytirish  tamoyilidan  foydalaniladi.  Bu 

o`lchagichlarning proportsional va  geyger  turlari ma`lum. 



Kuchaytirish  qurilma  —  o`lchov  qurilmasi  ishi  uchun  past  signallarni  qabul  qilib  oluvchi 

qurilma  tomonidan  etarli  darajada  kuchaytirishga  mo`ljallangan.  Ko`pincha  kuchaytiruvchi 

qyrilma sifatida elektrometrik lampa qo`llaniladi. 

O`lchov  qurilmasi  —  qabul  qilib  oluvchi  qurilma  tomonidan  ishlab  chiqilgan  signallarni 

o`lchash uchun xizmat qiladi. 



Oziqlanish  manbai  —  asbob  ishini  ta`minlaydi.  Bu  maqsad  uchun  quriq  elementlar  yoki 

akkumulyatorlarda i foydalaniladi.  

Dala  rentgenmetrlari  DP-5A  va  doza  quvvatini  o`lchovchi  DP-5B,  DP-5V  (5-rasm)  har 

xil,  predmetlarning  gamma-nurlanish  bo`yicha  radioaktiv  zararlanish  va  gamma-radiatsiya 

darajasini  o`lchash  uchun  mo`ljallangan.  Gamma-nurlanishning  ta`sir  (ekspozitsiya)  dozasi 

rentgen-soatlarda  (R/s)  yoki  millirentgen  soatda  asbob  o`lchagichi  joylashtirilgan  havodagi 

quvvatini  o`lchaydi.  Bundan  tashqari  keltirilgan  asboblar  yordamida  betta-nurlanishlarni 

aniqlash mumkin. 



 

4- rasm. DP-5 rengentmetri (doza quvvatini o`lchovchi): 

1- zond; 2- tutashtiruvchi kabel’; 3- asbob shkalasi; 6- “Rejim” ruchkasi (rejimni yo`lga solib 

turuvchi potentsiometr); 7- “Sbros” ko`rsatishni tezda o`chiradigan knopka;  

8- telefonlar; 9- kontrol’ preparat (beta-nurlagich). 

DP-5A, DP-5B, DP-5V asboblari minus 40° dan plyus 50° gacha temperaturada va 65% 

nisbiy namlik bo`lganda o`lchashlarni ta`minlaydi. Asbob zondini suvga 50 sm chuqurlikkacha 

tushirish mumkin. Asbobning butun og’irligi 7,6 kg  qinsiz va qo`shimcha uskunasiz esa 2,8 kg 

keladi. 


Asbob jamlamasiga ikki kamari bilan asbob qini va nazorat manba (strontsiy-90 va ittriy-

90);  uzatuvchi  shtanga;  akkumulyatorga  ulash  uchun  kabelli  kuchlanishni  bo`luvchi;  element 

uskunalar yig’masi; telefon; hujjat, joylashtiradigan quttilar kiradi. 

Energiya  diapazoni,  0,084  dan  1,25  Mev  gacha  bo`lganda  gamma-nurlashlar  bo`yicha 

o`lchashlar  diapazoni  0,05  mR/s  dan  200  R/s  gacha  tashkil  qiladi.  O`lchash  asbobi      6  ta 

poddiapazonlarga ega (1-jadval). 

DP-5A, DP-5B, DP-5V asboblarining o`lchash poddiapazonlari. 

1-jadval 

Poddiapazonlar 

Poddiapazon-

larni o`tkazuvchi 

ruchka holati 

SHkala 

O`lchov 

birligi 

O`lchashlar 

og’irligi 

Ko`rsatkich-

larni aniqlash 

vaqti (s) 

200 



0-200 

R/s 


5-200 

10 


II 

x 1000 


0-5 

mR/s 


500-5000 

10 


III 

x 100 


0-5 

mR/s 


50-500 

30 


IV 

x 10 


0-5 

mR/s 


5-50 

45 


x 1 


0-5 

mR/s 


0,5-5 

45 


VI 

x 0,1 


0-5 

mR/s 


0,05-0,5 

45 


II-VI  poddiapazonlardagi  ko`rsatkichlar  yuqori  shkala  bo`yicha  olinadi  va  mos  qiluvchi 

koeffitsientlarga  (1000,  100  va  h.k)  ko`paytiriladi.  Noldan  birinchi  ko`rsatgan  raqamgacha 

bo`lgan bo`laklar ishchi bo`lmagan bo`laklar hisoblanadi. Me`yoriy sharoitda ko`rsatish

 

xatosi  



± 35% dan oshmaydi. 

Asbobning tuzilishi.  Asbob  o`lchov pul’ti, uzunligi 1,2  m bo`lgan  yumshoq, kabel’ bilan 

ulangan  zonddan  va  energiya  manbaidan  iborat.  Asbobning  paneli,  qini  va  qopqog’i  yuqori 

chidamli  shishatolali  materialdan qilingan.  Asbob  futlyari  sun`iy teridan  qilingan  bo`lib, u ikki 

bo`limdan  iborat:  biri  asbob,  ikkinchisi  zond  uchun  mo`ljallangan.  Futlyar  qopqog’i  ichki

 

tomonida  asbobdan  foydalanish  qoidasi  yozilgan;  mana  shu  erda  DP-5A,  DP-5B  asboblarida 



nazorat  strontsiy  manbai  o`rnatilgan.  DP-5V  asbobida  strontsiy  nazorat  manbai  zondda 

joylashtirilgan. Futlyarga asbobni olib yurish uchun 2 ta siljuvchi qayish ulangan. 



 

 

5- rasm. O`lchovchi pul’t paneli: 

1- o`lchovchi asbobi shkalasi; 2- o`lchash pul’ti; 3- shkalani yorituvchi tumbler;  

4- poddiopozonlarni o`zgatiruvchi; 5- birlashtiruvchi kabel’; 6- nolga keltiruvchi vint; 7- telefon 

ulanadigan joy; 8- ko`rsatishlari o`chiradigan knopka; 9- “Rejim” ruchkasi (rejimni 

boshqaruvchi potentsiometr). 

Asbob  zondi  teshigiga  suvga  chidamli  etiltsellyuloza  plenkasi  yopishtirilgan  va  shu 

plyonka  orqali  betta-zarrachalar  o`tganda  beta-nurlanishlarini  aniqlaydigan  korpusdan  tashkil 

topgan.  Korpusga  kesib  olingan  buriluvchi  metall  ekran  o`rnatilgan.  ekran  «B»  holatga 

burilganda korpus teshigi  ochiladi  va  betta-zarrachalar o`lchagichga o`tadi. «G»  holatda korpus 

teshigi  ekran  bilan  yopiladi  va  o`lchagichga  faqat  gamma-nurlar  kirishi  mumkin.  «B»  va  «G» 

holatlarda ekran fiksatorlar bilan mahkamlanadi. 

Zond  korpusi  ichida  plata  bo`lib,  unga  gazorazryad  o`lchagichlari  (STS-5  va  SIZBG), 

kuchaytiruvchi  -  normallashtiruvchi  va  elektr  sxemasi  o`rnatilgan.  O`lchagichlar  gamma-

kvantlar va betta-zarrachalar ta`sirida elektr impul’slari chiqaradi, bu impul’slar kuchaytiruvchi 

normallashtiruvchiga o`tadi. 

O`lchashga  qulay  bo`lishi  uchun  zondga  tutqich  mahkamlangan,  unga  uzaytiruvchi 

shtanga ulash mumkin. 

O`lchaydigan  pul’t  panel’  va  kojuxdan  tashkil  topgan  (9-rasm).  Panel’  ikki  xil  shkalali 

mikroampermetr  (tepadagisi  0  ligi  5  mR/s  va  pastkisi  5dan  200  R/s  gacha),  poddiapazonlarni 

o`zgartiruvchi,  rejimni  boshqaruvchi  poten-tsiometr,  ko`rsatishlarni  almashtiruvchi  knopka, 

shkala yorituvchi tumbler, nolga keltiruvchi vint, telefoni ulaydigan joydan iborat. Panelga zond 

bilan  o`lchaydigan  pul’tni  birlashtiruvchi  kabel’  ulangan.  Panel’  kojuxga  maxsus  vintlar  bilan 

mahkamlanadi. 

Kojux  ostida  oziqlanish  manbai  -uchta  elementni  qo`yish  uchun  joy  bor.  Oziqlanish 

elementlari  yo`q  bo`lganda, 3- 12  V akkumulyatorlardan keluvchi kuchlanishni bo`luvchi 10 m 

uzunlikdagi kabelni ulash mumkin. 

Poddiapazonlarni  o`zgartiruvchining  yuqoridagi  holatlari  bor;  «vikl»,  «rej»,  100,  X1000, 

X100, X10, XI, X0,1. Ulardan asbobni kuzatishda va gamma-nurlanish dozalar quvvati har xil 

kattaligini o`lchashda foydalaniladi. 

O`lchash  shkalalari.  YUqoridagi  shkala  gamma-nurlanishning  doza  quvvatni  X1OO, 

X100, X10, XI, X0,1 poddiapazonlarda o`lchash uchun mo`ljallangan. Bunda zond ekrani «G» 

holatda bo`lishi kerak .Zond oynasi ochiq holda («B» holat) tekshirilayotgan ob`ektdan 1—1,5 

sm  masofada  betta-nurlanish  mavjudligi  aniqlanadi.  Bunda  gamma  va  betta-nurlanishlarning 

umumiy dozasi o`lchanadi. 

Teppadagi  shkalada  qopaga  bo`yalgan  uchburchak  va  yoy  bo`lib,  ulardan  asbobni 

sozlashda  foydalaniladi.  Doza  quvvati  5  R/s  bo`lganda,  tepadagi  shkala  bo`yicha  o`lchanadi. 

Rejimni    yulga  solib  turuvchi  potentsiometr  asbobga  uzatilayotgan  elektroenergiyani  moslab 

turadi va ulaydi. 

Ko`rsatishlarni olib tashlovchi knopka qayta o`lchash talab etilganda asbob strelkasini tezda 

nol holatiga, keltirish uchun xizmat qiladi. SHkalani   yorituvchi tumbler qorong’ida ishlaganda 

shkalani yoritadigan lampochkani ulaydi. 

O`lchov  asbobi  strelkasi  nolga  qaytmasa  ko`rsatish  olib  tashlanganda  nolga  keltiruvchi 

vintdan foydalaniladi. Moslash uchun saqlovchi vint echib olinib, uning tagida turgan ikkinchi 

vintni  burash bilan  strelkani  nol  holatiga  qo`yiladi.  So`ng  echib olingan  saqlovchi  vint joyiga 

qayta burab qo`yiladi. 

Abobni  ishlatish  uchun  1,6-PMTS-X-1,05  (KB-1)  turidagi  2  elementdan  foydalaniladi. 

Uchinchi element shkala yoritilishidagi lampochkaga energiya beradi. 3, 6 va 12 V kuchlanishli 

boshqa  o`zgarmas  tokli  oziqlanish  manbaidan  ham  (masalan,  akkumulyator)  foydalanish 

mumkin.  Ko`rsatilgan  oziqlanishda  o`lchagichga  390—400  V  kuchlanish  elektr  toki  beriladi. 

Oziqlanish  jamlamasi  yangi  elementlardan  foydalanganda  asbobning  40  soat  mobaynida 



uzluksiz ishlashini  ta`minlaydi. 

TG-7M  turidagi  telefon  kichik  o`lchamli  va  boshqalari  yumshoq  materialdan  bo`lgan 

ikkita  telefondan  tashkil  topgan.  Bular  radioaktivlikning  borligini  tovush  orqali  aniqlashda 

qo`llaniladi:  radiatsiya  darajasi  yuqori  bo`lsa,  shuncha  tovush  belgilari  eshitiladi.  200 

poddiapazondan tashqari hamma poddiapazonlarda ishlaydi. 

Qutti asbobni olib yurish va

 

to`liq jamlamani saqlashga mo`ljallangan. 



Ehtiyot  qismlardan  asbob  jamlamasiga  prokladka,  vintlar,  qalpoqchalar,  zond  uchun 

chexollar, qizdirish lampochkalari va otvyortkalar kiradi. 

Hujjatlari  —  ishlatish  bo`yicha  yo`l-yuriq  (instruktsiya)  bilan  texnik  ko`rsatmasi  va 

formulalardan iborat. 



Asbobni ishlashga tayyorlash. Asbob joylab qo`yilgan qutidan chiqarib olinadi, futlyarning 

qopqog’i  ochilib  hamma  yog’i

 

tekshiriladi.  Futlyarga  bel  va  elka  qayishlari  o`rnatiladi. 



Mikroampermetrning  strelkasi  to`g’rilovchi  vint  yordamida  «O»  ga  qo`yiladi.  «Rejim» 

ruchkasini  soat  strelkasiga  qarshi  yo`nalishda  taqalguncha  buraladi.  Poddiapazonlarni 

o`zgartiruvchining  («vikl»)      holatiga        qo`yilgandan    keyin        oziqlanish    manbalari  joylash-

tiriladi. Buning uchun DP-5A rentgenmetrdan 4 ta tushib ketmaydigai vint bo`shatiladi, DP-5B 

va  DP-5V  asboblaridan  oziqlanish  bo`limi  1  ta  tushib  ketmaydigan  vint  bo`shatilib,  qopqog’i 

olinadi  va  1,6-PMTS-X-1,05  (KB-1)  sxemaga  3  ta  element  muvofiq,  qo`yiladi.  Asbob 

akkumulyatordan  oziqlanganda  kuchlanishni  taqsimlagichdagi  ulagichlar  kerakli  kuchlanishga 

qo`yiladi,  so`ng  uni  vintlar  yordamida  oziqlanish  bo`limiga  birlashtiriladi.  Undan  keyin 

poddiapazonlar  o`zgartiruvchi  «rejim»  holatiga  keltiriladi.  «Rejim»  ruchkasining  soat  strelkasi 

yo`nalishida  ohista  burab,  strelka  tepa  shkaladagi  qora  uchburchakka  qo`yiladi.  Strelka 

buralganda  tepadagi  qora  chiziqqacha  etmasa  kuchlanish  ozligini  ko`rsatadi,  demak,  yangi 

elementlarni  qo`yish  kerak.  SHundan  keyin  asbob  stroniy-90  bo`yicha  tekshiriladi: 

poddiapazonlarni  o`zgartiruvchi  X 1000 holatiga qo`yiladi, radioaktiv  manba qopqog’i o`z  o`qi 

atrofida  burab  ochiladi.  Zond  ekrani  «B»  holatga  buraladi  va  zond  futlyar  qopqog’iga  tayanch 

o`simtalar  bilan  shunday  mahkamlanadiki,  strontsiyli  manba  zond  teshigi  qarshisida  tursin. 

Telefonlar ulanadi. 

200  dan  tashqari  hamma  poddiapazonlarda  (strelka  va  telefon  bo`yicha)  asbob  ishlashini 

tekshirish  kerak.  Asbob  strelkasi  poddiapazonlar  o`zgartiruvchining  X1000,  X100  holatlarida 

siljimasligi  mumkin,  XI,  X0,1  holatlarda  shkaladan  chetga  chiqib  ketishi,  XYU  holatda 

formulyarda  ko`rsatilgan  raqamda  turishi  kerak  (2,2x10  =  22).  «Sbros»  knopkasi  ishi 

tekshiriladi. 

Ishlagandan yoki radioaktivlik o`lchagandan keyin asbobni o`chirish kerak. 



Gamma-nurlanishlarni  o`lchash.  «200»  poddiapazonda  5  dan  200  R/s  gacha  radiatsiya 

darajasi o`lchanadi.  Buning uchun asbob  yuqorida ko`rsatilgandek  moslana di,  poddiapazonlarni 

o`zgartiruvchi  «200»  holatiga  qo`yiladi,  zond  teshigi  ekran  bilan  bekitiladi  va  zond  futlyarga 

joylashtiriladi.  Radiatsiya  darajasi  1  m  balandlikda  o`lchanadi  va    10  soniyada  quyi  shkala 

bo`yicha ko`rsatishlar olinadi. 

Doza  quvvati  5  R/s  gacha  bo`lganda  tepadagi  shkala  bo`yicha  -  X1000  poddiapazonda 

o`lchanadi. Har 10-45  sek da ko`rsatishlar  olinib,  bu raqamlar  poddiapazonlar  o`zgartiruvchida 

turgan koeffitsnentga ko`paytiriladi. 

Ob`ektlarning  mR/s  ifodalangan  radioaktiv  ifloslanishini  ob`ekt  yuzasi  yopiq  holda  zondga 

yaqin    1-1,5  sm  uzoqlikda  ushlanib      yuqori  shkala      bo`yicha      olingan      ko`rsatishlarni   

poddiapazon  koeffitsentiga  ko`paytirilib  aniqlanadi.  Olingan  kattaliklar  (ma`lumotlar)      ruxsat 

etilganlari bilan taqqoslanadi. 



Betta-nurlanishlarni aniqlash. Buning    uchun zonddagi ekran  «B» holati hosil qilinadi va 

zond  tekshirilayotgan  yuzaga      1-  1,5  sm  masofada  yaqin  olib  kelinadi.  Poddiapazonlarni 

o`zgartiruvchi  tutqichi    X0,1,  X1  va  boshqa  holatlarga  o`tkaziladi.  «B»  holatda  betta-gamma 

nurlanishlar  umumiy        yig’indisi  o`lchanadn.  So`ngra  zond  teshigi  aylanadigan  ekran  («G» 

holatda)    bilan  bekitiladi  va  xuddi  shunday  masofada  gamma-nurlanish  dozasi  quvvati 

o`lchanadi.  Agar  asbob  teshigi  ochiq  holda,  teshigi  yopiq  holdagidan  yuqori  sonni  ko`rsatsa, 



demak  tekshirilayotgan  ob`ekt  yuzasi  betta-nurlanish  chiqarmoqda.  Agar  ko`rsatish  sonlari  bir 

xil  bo`lsa,  asbob  o`lchagichiga  faqat  o`rab  turgan  ob`ektlardan  yoki  tekshirilayotgan  ob`ekt  

tubidan gamma-kvantlar kirayotganligini bildiradi. 

Nazoral savollari 

1.  Dozimetrik asboblarining tuzilishini tushuntiring. 

2.  Dozimetrik asboblarini ishlash tamoyili haqida sshzlab bering  

3.  Dozimetrik asboblarining  asosiy vazifalari nimalardan iborat? 



AMALIY MASHG’ULOT №9 

I. Mavzu: Odamlarni radioaktiv zararlangan zonalarda bo`lish vaqtini hisoblash 

II. Mashg’ulotning maqsadi:  

Xavfsizlik vositalarining turlari va ularni qo`llash usullari.  

1.  Xavfsizlikni ta`minlovchi asosiy shartlar. 

2.  Mashinalarning xavfli chegaralari. 

3.  Muhofazalovchi to`siq vositalari. 

4.  Saqlovchi muhofaza vositalari. 

5.  Blakirovka qurilmalari. 

III. Amaliy mashg’ulotni o`tkazish tartibi haqida umumiy tushunchalar. 

IV. O`tkazilgan amaliy mashg’ulot yuzasidan talabalarning hisoboti. 

-  Inson hayoti  va  sog’ligiga  doimiy yoki  vaqti  - vaqti bilan xavf tug’diruvchi   ish o`rinlari 

xavfli mintaqalar deb  ataladi. 

Xavfli  chegaralar  (zonalar)  doimiy,  harakatlanuvchan,  va  vaqti  -  vaqti  bilan  paydo 

bo`ladigan turlarga bo`linadi. 

a)  doimiy    xavfli  chegaralarga  qayishli,  zanjirli  va  tishli  uzatmalar,  dastgohlarning  qirqish    

qismlari va harakatlanuvchi valiklari kiradi. 

b)  harakatlanuvchan  xavfli  chegaralarga  esa  prokat  qilish  stanlari,  potok  liniyalari, 

konveerlar, qirqishga mo`ljallangan qismlarini ish joyi o`zgarib turadigan agregat dastgohlari va 

boshqalar kiradi. 

v)  vaqti  –  vaqti  bilan  paydo  bo`ladigan  xavfli  chegaralarga  yuk  ko`tarish  kranlari,  kran 

balkalar, tal’ va tel’ferlar kiradi. CHunki bu qurilmalar  ish joylarini doimiy o`zgartirib turadi  va 

qaerda ish bajarayotgan bo`lsa, shu erda xavfli mintaqa vujudga keladi. 



Xavfsizlikni ta`minlovchi asosiy shartlar. 

Ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladigan mashina va mexanizmlarga qo`yiladigan asosiy 

talablar,  ularning  ishchilar  uchun  xavfsizligi,  ishlatishda  pishiq  va  mustahkamligi  va 

ishlatishning  osonligi  bilan  belgilanadi.  Ularning  xavfsizligi  standartlar  tizimlari  bilan 

belgilanadi. 

Korxonalarda  mashina,  jihoz  va  uskunalarni  xavfsizlik  vositalari  bilan  ta`minlash 

maqsadida,  ularni  loyihalash  jarayonida  qanday  ish  bajarishini  hisobga  olgan  holda,  asosiy  ish 

bajaruvchi qismlarini mukammal joylashtirishning ixcham usullarini qo`llash, unga estetik  shakl 

berish va muhofaza  qurilmalarini qulay joylashtirishni birga olib borish zarur. 

SHuni  hisobga  olish  kerakki  o`rnatilgan  muhofaza  vositalari  jihozlarning  asosiy  qismlari 

bilan uyg’unlashib, iloji borcha ko`proq masalalarni echishga  xizmat qilsin. 

Masalan,  stanokka  o`rnatilgan  xavfsizlikni  ta`minlash  qopqoqlari  faqatgina  xavfli  joylar 

to`sig’i  bo`lib  qolmasdan  balki  shovqinni  kamaytiruvchi  vosita  bo`lib  xizmat  qilsin,  yoki 

charxning  xavfsizligini  ta`minlovchi  qurilma  bir  vaqtning  o`zida  shamol  yordamida  charx 

qirindilarini chiqarib yuborishga mo`ljallangan mahalliy shamollatish vazifasini ham bajaradi. 

Xavfsizlik darajasi yuqori bo`lgan jihozlar, masalan, bosim ostida ishlatiladigan bug’ va suv 

isitish  (  115

S  yuqori)  qozonlari,  kompressorlar,  siqilgan  gaz  ballonlari  yuqori  bosimli  gaz 



quvurlari  va  boshqalar  ishlatilayotganda  Respublika  xavfsizlikni  ta`minlash  qo`mitasining 

maxsus talablari bajarilishi shart. 

Elektr  toki  ta`sirini  yo`qotuvchi  elektr  xavfsizligi,  elektromagnit  to`lqinlari,  radioaktiv 

moddalar ta`siridan saqlanish uchun chora – tadbirlar ko`rilishi o`z – o`zidan ma`lum hisoblanib, 

bu xavfli  holatlarga  havo  muhitini  zararlantiruvchi  va ifloslovchi  bug’,changlar hamda gazlarni 

hisobga olish kerak bo`ladi.  

Mashina – mexanizm  va jihozlarning  puxta  hamda  xavfsiz ishlashini ta`minlashdagi asosiy 

omillardan  biri,  ularning  holatini  nazorat  qiluvchi  asbob  -  uskunalar,  avtomatik  boshqarish  va 

muvofiqlashtirish qurilmalari bilan jihozlashdir.  

Nazorat  o`lchov  va  boshqarish  qurilmalari  aniq  ko`rinadigan  hamda  engil  boshqariladigan 

shu bilan birga farqlash oson qilib joylashtirilishiga katta e`tibor berilishi shart.    

Mashina, mexanizm va jihozlarning xavfli chegaralari (zona). 


Inson  hayoti  va  sog’ligiga  xavf  tug’diradigan  holatlarni  vujudga  keltiradigan    ish  o`rinlari, 

xavfli  chegara  yoki  xavfli  hudud  deb  ataladi.  Bu  aylanayotgan  qirquvchi  asbob  yoki  detal’, 

qayishli,  zanjirli  va  tishli  uzatmalar,  harakatlanuvchi  stanoklarning  ishchi  stollari,  konveerlari, 

yuklarni  bir  joydan  ikkinchi  joyga  ko`chirib  yuradigan  yuk  ko`tarish  mashinalari  shular 

jumlasiga  kiradi.  Aylanuvchi  qismlar  bilan  ishchilarni  kiyimidan  yoki  sochidan  ilintirib  olishi 

mumkin bo`lgan mexanizm va jihozlar ayniqsa  o`ta xavfli chegara hisoblanadi.  

SHuningdek    xavfli  chegaralar  qatoriga  mashina  va  mexanizmlarda  ishlaganda  elektr 

tokidan  zararlanish,  issiqlik,  elektromagnit,  ionlashgan    nurlar,  shovqin,  titrash,  ul’tratovush, 

zaharli gazlar va bug’lar ta`siriga tushib qolish ham kiradi. 

Muhofazalovchi to`siq vositalari. 

To`siq  vositalari  ishchilarning  mashina  va  jihozlarning  xavfli  chegarasiga  tushib  qolishiga 

xalal beradigan qilib o`rnatiladi. Asosan mashina va mexanizm hamda uskunalarning aylanuvchi 

shu  jumladan  harakatlanuvchi  chegaralarini,  stanoklarning  qirqish  va  ishlov  berish  joylarini, 

elektr  toki  urishi  xavfi  bo`lgan    va  har  xil  nurlanishlar  bo`lishi  mumkin  bo`lgan    binolarni, 

shuningdek  havo  muhitiga  zaharli  moddalar  chiqarayotgan  joylarni  ham  to`siq  vositalari  bilan 

ta`minlanadi. Muhofazalovchi to`siq vositalari. 

To`siq  vositalari  ishchilarning  mashina  va  jihozlarning  xavfli  chegarasiga  tushib  qolishiga 

xalal beradigan qilib o`rnatiladi. Asosan mashina va mexanizm hamda uskunalarning aylanuvchi 

shu  jumladan  harakatlanuvchi  chegaralarini,  stanoklarning  qirqish  va  ishlov  berish  joylarini, 

elektr  toki  urishi  xavfi  bo`lgan    va  har  xil  nurlanishlar  bo`lishi  mumkin  bo`lgan    binolarni, 

shuningdek  havo  muhitiga  zaharli  moddalar  chiqarayotgan  joylarni  ham  to`siq  vositalari  bilan 

ta`minlanadi. 

 

1-rasm. Mashina, mexanizm va jihozlarning xavfli chegaralari (zona). 

Qurilish  olib  borilayotgan  yoki  ta`mirlash  ishlari  bajarilayotgan  maydonlar,qurilish 

mashinalari o`rnatilgan joylar, ishchilarni baland joylarda ishlashiga to`g’ri keladigan ish joylari 

albatta  to`siq  vositalari  bilan  ta`minlanadi.  To`siq  vositalarining  turlari  va  ko`rinishi  uning 

ishlatiladigan  joyi  va  shakliga  hamda  texnologik  jarayon  omillariga  shu  jumladan  ishlab 

chiqarish sharoitiga  qarab xilma – xil bo`ladi. 

To`siq  qurilmalari asosan uch qismga  bo`lib  qaraladi:  muqim, harakatlanuvchi va ko`chma 

vositalari. 

a) Muqim o`rnatilgan to`siq qurilmalarini doimiy harakat manbai bo`lgan tishli g’ildiraklar, 

qayishsimon uzatmalar, zanjirli uzatmalarni qopqoqlar bilan berkitish bilan amalga oshiriladi. 

b)    Muqim  o`rnatilgan  to`siq  vositalarini  doimiy  elektr  payvandlash  joylarini,  elektr  xavfi 

bo`lgan  maydon  va  xonalarni,  galvanika  ishlar  olib  boriladigan  vannalarni,  press,  bosqon  v 

boshqa temirchilik ishlarini bajaradigan joylarga ham o`rnatiladi. 

v)    Harakatlanuvchi  to`siq  vositalarini    har  tomonlama  harakatlanish  imkoniyatiga  ega 

bo`lgan kranlar tsex yoki maydonchalarning xohlagan burchagiga ish bajarish imkoniyatiga ega 

bo`lib,  uning  xavfli  chegarasi  aniq  maydonga  ega  emas.  Bunday  kranlarning  xavfsizligini 

ta`minlash  maqsadida  harakatlanuvchi  to`siq  vositalaridan  foydalanildi.  Harakatlanuvchi  yoki 

ko`chma  to`siq  vositalari  ma`lum  bir  ishni  bajarishda  vaqtincha  o`rnatib  qo`yiladi.  Masalan, 

stanoklarni  ta`mirlash  ishlarida,  elektr  tarmoqlarini  uzib  qo`yib  bajarilayotgan  ishlar  vaqtida, 



to`satdan  elektr  tarmog’ini  ulab  yuborishni  oldini  oladigan  ogohlantiruvchi  yozuvlar,  ko`chma 

to`siq vositalari hisoblanadi. 



Saqlovchi muhofaza vositalar. 

Saqlovchi  muhofaza  qurilmalari  asosan  mashina  va  mexanizmlarda  zo`riqish  vujudga 

kelganda  yoki  ishlayotgan  ishchi  hayoti  va  sog’ligiga  putur  etkazadigan  vaziyat  vujudga 

kelganda mashina va mexanizmlar harakatini to`xtatib qo`yishga xizmat qiladigan qurilmalardir. 

Saqlovchi muhofaza vosita sifatida bosim ostida ishlaydigan  saqlovchi klapanlar, binolarda 

zararli  gaz  miqdorini  avtomatik  ravishda  aniqlagichlar,  o`lchov  asboblari    ma`lum  chegaradan 

ortib ketganda xabar beruvchi yoki avtomatik ravishda shamollatish tizimlarini ishga tushirishga 

moslashgan  qurilmalar  kiradi.  Bundan  tashqari  saqlovchi  qurilmalarning  yorug’likka  va 

issiqlikka asoslangan turlari ham mavjud. 

Blakirovka qurilmalari. 

Blakirovka  qurilmalarining  asosiy  vazifalari  mashina,    mexanizm  va  jihozlarning  xavfli 

chegaralariga odamning tushib qolib  jarohat  olishiga xalaqit beradigan  qurilma  hisoblanadi. Bu 

qurilmaning  ishlash  jarayoni, odam tanasi  qismlarini  xavfli  chegaraga  tushmaslik  yo`liga  g’ov 

bo`lsa, unda shu xonadagi xavfli vaziyatni vujudga keltiruvchi harakatlanuvchi yoki aylanuvchi 

qismlar harakati to ishchi shu xonadan chiqib ketgunga qadar to`xtatib turadi.Ishlash mohiyatiga 

asosan blakirovkalar mexanikaga asoslanib ishlaydigan, elektr toki ta`sirida harakatga keladigan, 

fotoelektr tizimi, radiatsiyali, gidravlikaga va pnevmatikaga asoslangan turlari mavjud. 

 

 

 



 

 

2-rasm. Radioaktiv izotoplardan foydalanilgan muhofaza qurilmasi 

 

3-rasm. Fotoelektrik muhofaza qurilmasi 

1 – nur tarqatuvchi  manba; 2-  magnit g’altagi; 3 – fotoelement; 4 – prujina; 5 – mufta; 6 – 

dastak; 7 – rele; 8 – tok manbasi; 9 – g’altak; 10 – doimiy tok manbasi; 11 – temir tayoqcha; 12 - 

dasta 


Nazorat savollari. 

1.  Xavfsizlikni ta`minlovchi asosiy shartlar nimalardan iborat? 

2.  Mashinalarning xavfli chegaralari qanday aniqlanadi? 

3.  Muhofazalovchi to`siq vositalari qanday qo`llaniladi? 

4.  Saqlovchi muhofaza vositalari qanday foydalaniladi? 

5.  Blokirovka qurilmalariga izoh bering. 



ADABIYOTLAR. 

1. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 1992yil 8 dekabr 

2.  Sbornik  normativ  dokumentov  po  oxrane  truda  prinyat  v  sootvetstvii  s  trudovom 

kodeksom Respubliki Uzbekistan. O`zbekiston Respublikasi Mehnat Vazirligi. T, 1996 y. 

3. A.T. Muradov, S.N. SHodiev.Mehnatni muhofaza qilish. Ma`ruzalar matni. B, 2003 y. 

4. G’. YOrmatov, YO. Isomuhamedov. Mehnatni muhofaza qilish. T., «O`zbekiston», 2002 

y. 

5. X. Azimov. Qurilishda mehnat havfsizligi Fan 1997y 



6. O`. Yo`ldoshev, U. Usmonov, O. Qudratov. Mehnatni muhofaza qilish mehnat 2001y. 

7.  O`zbekiston  Respublikasining  «  Ishlab  chiqarishdagi  baxtsiz  hodisalar  va  kasb 

kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug’urtasi to`g’risida»gi qonuni. T, 2008 y. 

8. P.A.Dolin «Spravochnik o oxrana truda» Moskva 1991 g  

9. A.A.Voronina, N.F SHibenko  “Elektr   ustanovkalarda ishlashda xavfsizlik texnikasi” T 

1983 y  


10. P.A.Dolin «Osnovi texnika bezopasnostey elektricheskix ustanovka» M.1980g 

11. Belyakov G.I Praktikum po oxrane truda .M 1998  

12. P.V.Soluyanov.Praktikum po Oxrane truda . 

13. Oxrana truda v stroitel’stve Moskva 1984g. 

14. Oxrana truda G.F. Donisenko Moskva 1995g 

15. A.I.Kondrat’ev. N.M.Mestechkina Oxrana truda v stroitel’stve Moskva 1984g. 

16.  Internet ma`lumotlari:  

http://www.ziyonet.uz 

http://www.lex.uz 

http://www.supcourt.uz 



 

Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish