Texnika xavfsizligi



Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana26.09.2019
Hajmi1,92 Mb.
#22689
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi (1)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 

MAXSUS  

TA’LIM VAZIRLIGI 

 

 

BUXORO MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI 

 

“TEXNIKA XAVFSIZLIGI”  

KAFEDRASI 

 

 

HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI 

FANIDAN 

 

 



 

 

 



 

 

 

BAJARISH BO’YICHA 

 O’QUV USLUBIY QO’LLANMA 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

BUXORO 2014 

MUNDARIJA 

Kirish...........................................................................................................................................235 

1.-Amaliy mashg’ulot. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining 

boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish ………………………….……..…….....236  

2.-Amaliy mashg’ulot. Ishlab chiqarishda tabiiy va sun`iy  yoritilganlikni  hisoblash ……….241 

3.- Amaliy mashg’ulot. Shovqin darajasini shovqin to`suvchi to`siqlar yordamida kamaytirishni 

hisoblash …................................................................................................................................245 

4.- Amaliy mashg’ulot. Titrashni  izoliyatsiya qilish vositalarini hisoblash .…………………250  

5.- Amaliy mashg’ulot. Umumiy va mahalliy shamollatish vositalarini hisoblash ……...……256 

6.- Amaliy mashg’ulot. Elektr tokidan himoyalab erga va nolga ulab muhofaza 

qilishdaqarshiligini   hisoblash ......……...................................................................................264 

7.- Amaliy mashg’ulot. Yong`in bo`lganda odamlarni binodan olib chiqib ketish vaqtini 

hisoblash …......………………………………………………………………………….…....271 

8.- Amaliy mashg’ulot. Dozimetrik asbob-uskunalarning tuzilishi va ishlash printsipi bilan 

tanishish ….............................................................................................……………...............274 

9. – Amaliy  mashg’ulot. Odamlarni radioaktiv zararlangan zonalarda   

bo`lish vaqtini hisoblash ....................................................................................................… ...279 

 

Adabiyotlar…………………………………………………………………………................282 



Kirish 

 

Hozirgi  zamon    fan  va  texnika    taraqqiyoti  hamma  korxonalarda  yuqori    samarali    va 



xavfsiz  texnologiyalarni,    mehnatni  tashkil    qilishning  ilg’or    usullarini    tadbiq    etish    va    shu 

bilan  birgalikda  ushbu  soha  uchun yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlashni talab qiladi. Bunga 

esa  ularni  sanoat  korxonalarida  xavfsiz,  sog’lom  mehnat  sharoitlarini  yaratish,  jarohatlanishlar 

va kasb kasalliklarini oldini olish, xavfsiz  ishlash usullariga  o`rgatish  orqali  erishiladi.  

Ushbu    “Hayot  faoliyat  xavfsizligi”  fanidan  amaliy  mashg’ulotlar  mehnat  xavfsizligi 

standartlari, sanitariya me`yori va qoidalari, qarorlari, ko`rsatmalari,  boshqa  me`yoriy  hujjatlar 

ta`lim  muassasalari  uchun   “Hayot faoliyati xavfsizligi ” kursi  dasturi  asosida  yozildi. Uning 

asosiy vazifasi: talabalarga ishlab chiqarish shikastlanishini va kasbiy kasalliklarni  kelib chiqish 

sabablari  asoslarini  o`zlashtirishni,  ish  joyidagi    sharoitni  mustaqil  baholash    uslubini 

o`rganishga,    asboblar  va    me`yoriy    hujjatlar  bilan    ishlashni,    mehnat  muhofazasi  bo`yicha  

chora  -  tadbirlarni    rejalashtirishni  hamda  ularni    ishlab  chiqarish  korxonalariga    amaliy 

qo`llashini  o`rgatishdan iborat. 

 “Hayot  faoliyat  xavfsizligi”  fanidan  amaliy  mashg’ulotlar  to`plami    talabalarni  har  bir 

ishga  jiddiy holda  mustaqil tayyorlanishi   inobatga olingan.  U 15 ta amaliy mashg’ulot uchun 

uslubiy ko`rsatmadan iborat.   

Amaliy  mashg’ulotlar    oliy  o`quv  yurti  talabalariga    ishlab  chiqarish  jarayonida  uskuna 

va  jihozlar  bilan  ishlashda  mehnat  havfsizligi  bo`yicha    texnik    nazorat  o`tkazishga  

mo`ljallangan    zamonaviy    asbob  –uskuna  va  apparaturalarni  tuzilishi  hamda    ishlash  tartibini  

o`rganishga  imkoniyat beradi. 

Korxonalarda  sanitariya  -  gigiena  talablariga  rioya  qilish  maqsadida  korxonalarda  ish 

o`rinlarida,    ishlab  chiqarish  va  boshqa  binolarda  me`yoriy  yorug’likni    hamda  shamollatish 

tizimlarini hisoblash usullari berilgan.  

 Ko`p sonli amaliy mashg’ulotlar kiritilgan ushbu o`quv qo`llanma, o`quv muassasalarida 

o`qituvchiga darslarni o`tish rejasiga ta`luqlisini  tanlab olishga imkon yaratadi. 

 Ushbu    amaliy  mashg’ulotlar  oliy    o`quv    yurti  talabalari    balki  kasb–hunar  kollej 

o`quvchilari, ham foydalanishlari mumkin. 



AMALIY MASHG’ULOT № 1 

I. Mavzu: Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa 

xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish. 

II. Mashg’ulotning maqsadi:  

“Ishlab  chiqarishdagi  baxtsiz  hodisalarni  va  xodimlar  salomatligini  boshqa  xil 

zararlanishini  tekshirish  va  hisobga  olish  to`g’risida”  gi  Nizom  bilan  tanishish  va  uni 

o`rganib chiqish.  

1.  “Ishlab  chiqarishdagi    baxtsiz  hodisa  va  salomatlikka  boshqa  xil  zarar  etkazilishi 

to`g’risida”  gi  dalolatnoma  (N-1  shakldagi)    bilan  tanishish  va  Nizom  talablari  asosida  uni 

rasmiylashtirishni o`rganish. 

2.  “Ishlab  chiqarishdagi  baxtsiz  hodisalarni  qayd  qilish  daftari”  bilan  tanishish  va 

to`ldirishni o`rganish. 

3.  “Baxtsiz  hodisa  (halokat)  ni  maxsus  tekshirish”  dalolatnomasi  bilan  tanishish  va  uni 

rasmiylashtirishni o`rganish. 



III. Amaliy mashg’ulotni  o`tkazish  tartibi  haqida  umumiy tushunchalar. 

IV. O`tkazilgan amaliy mashg’ulot  yuzasidan  talabalarning  hisoboti. 

6  iyun  1997yil  Vazirlar  Mahkamasining  286  –  sonli  qarori  bilan  tasdiqlangan  “Ishlab 



chiqarishdagi  baxtsiz  hodisalarni  va  xodimlar  salomatligining  boshqa  xil  zararlanishini 

tekshirish va hisobga  olish”  to`g’risidagi Nizom qabul qilindi. 

1.Ushbu  Nizom  O`zbekiston  Davlati  hududida  mulkchilikning  barcha  shakllaridagi 

korxonalar,  muassasalari,  tashkilotlarda,  shuningdek,  mehnat  shartnomasi  bo`yicha  ishlayotgan 

ayrim  fuqarolar  mehnat  faoliyati  bilan  bog’liq  holda  yuz  bergan  hodisalarni  va  xodimlar 

salomatligining  boshqa  xil  zararlanishini  tekshirish  va  hisobga  olishning  yagona  tartibini 

belgilaydi. 



Mazkur Nizom: 

    -  ishlab  chiqarishda  ishlayotgan  davrida  sud  hukmi  bo`yicha  jazoni  o`tayotgan 

fuqarolarga; 

    - ish beruvchilarga

    -  pudrat  va  topshiriqlarga  ko`ra  fuqarolik-huquqiy  kontraktlar  bo`yicha  ishlarni 

bajarayotgan shaxslarga; 

    -  tabiiy  va  texnogen  tusdagi  favqulodda  vaziyatlarni  bartaraf  etishda  qatnashayotgan 

fuqarolarga; 

    -  agar  maxsus  davlatlararo  bitimda  o`zgacha  hol  ko`rsatilmagan  bo`lsa,  yollanib 

ishlayotgan chet el fuqarolariga; 

    -  qurilish,  qishloq  xo`jaligi  va  harbiy  xizmatni  o`tash  bilan  bog’liq  bo`lmagan  o`zga 

ishlarni  bajarish  uchun  korxonaga  yuborilgan  harbiy  xizmatchilarga,  shu  jumladan,  muqobil 

xizmatni o`tayotgan harbiy xizmatchilarga; 

    -  korxonada  ishlab  chiqarish  amaliyotini  o`tayotgan  talabalar  o`quvchilarga  ham  tatbiq 

etiladi. 

2. Korxona hududida va uning tashqarisida mehnat vazifasini bajarilayotganda  (shuningdek, 

xizmat safarlarida) yuz bergan jarohatlanish,  zaharlanish, kuyish, cho`kish, elektr toki va yashin 

urishi,  o`ta  issiq  yoki  o`ta  sovuq  harorat  ta`siri,  portlash,  falokat,  imoratlar,  inshootlar  va 

konstruktsiyalar  buzilishi  natijasida  hamda  sudralib  yuruvchilar,  hayvonlar  va  hasharotlar 

tomonidan shikastlanishlar, shuningdek, tabiiy ofatlar (er qimirlashlar, o`pirilishlar, suv toshqini, 

to`fon va boshqalar) natijasida sodir bo`lgan baxtsiz hodisalar tekshiriladi va hisobga olinadi. 

3.  Tabiiy  o`lim,  o`zini  o`zi  o`ldirish,  jabrlanuvchining  o`z  salomatligiga  qasddan  shikast 

etkazishi,  shuningdek,  jabrlanuvchining  jinoyat  sodir  qilish  chog’ida  shikastlanishi  holatlari 

(sud-tibbiy  ekspertiza  xulosasi  yoki  tergov  organlarining  ma`lumotlariga  ko`ra)  tekshirilmaydi 

va hisobga olinmaydi. 

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz  hodisa to`g’risida xabar berish SXEMASI 

1. Korxona, yuqori turuvchi xo`jalik organi, vazirlik, korporatsiya, kontsern nomi. 

2.  Hodisa  yuz  bergan  sana,  vaqt,  joy,  bajarilayotgan  ish  baxtsiz  hodisa  yuz  bergandagi 


holatning  qisqacha  tavsifi. 

3. Jabrlanuvchilar, shu jumladan, halok bo`lgan soni. 

4. Jabrlanuvchi (halok bo`lgan)ning ism-sharifi, yoshi, kasbi, lavozimi. 

5. Xabar yuborilgan sana, vaqti, xabarni imzolagan shaxsning ism-sharifi, lavozimi. 

6. H-1 shaklidagi  dalolatnomani  to`ldirish 

7-band.  Agar  jabrlanuvchi  bir  necha  kasb  egasi  bo`lsa,  unda  baxtsiz  hodisa  yuz  berganda 

bajarayotgan kasbi ko`rsatiladi. 

8-band. Ish stajining to`liq yillar soni ko`rsatiladi, agar ish staji bir yildan kam bo`lsa, unda 

oy va kunlar soni ko`rsatiladi. 

11.1-band. Baxtsiz hodisaning asosiy texnik va tashkiliy sabablari – asosiysi birinchi bo`lib, 

qolganlari ahamiyatiga yarasha tartibda ko`rsatiladi. 

11.2-band.  Jarohatga  sabab  bo`lgan  asbob-uskunaning  nomi,  turi,  rusumi,  chiqarilgan  yili, 

tayyorlagan korxona nomi. 

11.3-band.  Sud-tibbiy  muassasasi  ma`lumotnomasi  (xulosasi)ga  asosan  jabrlanuvchining 

hushyorligi (alkogol yoki narkotiklar ta`siridagi) ko`rsatiladi. 

Baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish 

Quyidagi baxtsiz hodisalar maxsus tekshiriladi: 

bir vaqtning  o`zida ikki va undan  ziyod xodimlar bilan  yuz bergan  guruhiy  baxtsiz 



hodisalar; 

o`lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar; 



oqibati og’ir baxtsiz hodisalar. 

Guruhiy,  o`lim  bilan  tugagan  va  oqibati  og’ir  baxtsiz  hodisalar  yuz  berganida  H-1 

shaklidagi dalolatnoma komissiya tomonidan maxsus tekshirish dalolatnomasi tuzilgandan so`ng 

bir sutka ichida komissiya xulosasiga muvofiq rasmiylashtiriladi. 

 


H-1 uch nusxada to’ldiriladi.                                                                             TASDIQLAYMAN       

                                                                                                       ______________________ 

                                                                                                              korxona rahbari 

                                                                                                      “______” ___________ 2014 yil 

 

DALOLATNOMA № _____ 

 

 

Ishlab  chiqarishdagi  baxtsiz  hodisalarni  va  xodimlar  salomatligining  boshqa  xil 

zararlanishini tekshirish to’g’risida  

1.  Korxona nomi ______________________________________________________ 

1.1. Korxonaning manzili ________________________________________________ 

                                                                   (viloyat, shahar, tuman, ko’cha, uy)     

1.2. Mulkchilik shakli ___________________________________________________ 

                                                                         (davlat aktsiyadorlik, xususiy va x.)      

1.3. Baxtsiz hodisa yuz bergan joy _________________________________________ 

                                                                                   (bo’linma, sex)                                

2.  Vazirlik, korporasiya, uyushma, konsern __________________________________ 

3.  Xodimni yo’llagan korxona ____________________________________________ 

                                                                                            (nomi, manzili, vazirlik)         

______________________________________________________________________ 

                                                (korporasiya, uyushma, konsern) 

4.  Jabrlanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi _____________________________ 

________________________________________________________________________ 

5.  Jinsi, erkak, ayol (tagiga chizilsin) 

6.  Yoshi (to’liq, yillar soni ko’rsatilsin) _______________________________________ 

7.  Kasbi lavozimi ________________________________________________________ 

7.1. Gazarazryadi, klassi ____________________________________________________ 

8.  Baxtsiz hodisa yuz berganda bajarilayotgan ish bo’yicha ish staji _________________ 

9.  Mehnat xavfsizligi bo’yicha yo’riqnoma o’qitish: 

9.1. Kirish yo’riqnomasi (sana) _______________________________________________ 

9.2. Mehnat xavfsizligi bo’yicha o’qitish (sana) __________________________________ 

9.3. Birlamchi (davriy) yo’riqnoma (sana) ______________________________________ 

9.4. O’ta xavfli ishlar uchun bo’limlarni tekshirish (sana) __________________________ 

9.5. Ishga kirayotganda va davriy tibbiy ko’rikdan o’tganligi _______________________ 

10. Baxtsiz hodisa yuz bergan sana va vaqt _____________________________________ 

                                                                                                 (yil, kun, oy) 

________________________________________________________________________ 

(ish boshlashdagi to’liq soatlar soni) 

11. Baxtsiz hodisa holati ___________________________________________________ 

________________________________________________________________________ 

________________________________________________________________________ 

11.1. Baxtsiz hodisa sabablari _______________________________________________ 

__________________________________________________________________________

__________________________________________________________________________

__________________________________________________________________________ 

11.2. Jarohat yetkazilishiga sabab bo’lgan asbob-uskuna _____________________________ 

11.3. Jabrlanuvchining hushyorligi (alkogol yoki narkotik ta’siridaligi) 

__________________________________________________________________________ 

                                                    (tibbiy xulosaga binoan) 

11.4. Tashxis _______________________________________________________________ 

                                                        (dastlabki, oxirgi) 

 


12. Baxtsiz hodisa  sabablarini bartaraf etish tadbirlari: 

 

t/r  Tadbirlar nomi 



Bajarish muddati  Bajaruvchi  

Bajarilishi 

haqidagi belgi 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

   


13. Mehnat to’g’risidagi qonunchilik, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlari 

buzilishiga yo’l qo’ygan shaxslar 

________________________________________________________________________ 

                                                         (F.I.O, lavozimi korxona nomi) 

________________________________________________________________________ 

(ular tomonidan buzilgan qonunlar, qoidalar va me’yoriy hujjatlarning moddalari, bandlari) 

14. Baxtsiz hodisa guvohlari __________________________________________________ 

Dalolatnoma tuzildi _________________________________________________________ 

                                                                   (yil, kun, oy)                                                            

Komissiya raisi _____________________________________________________________ 

                                                                    (F.I.O. imzo) 

Komissiya a’zolari ___________________________________________________________ 

                                                                    (F.I.O. imzo) 

Komissiya a’zolari ___________________________________________________________ 

                                                                    (F.I.O. imzo) 

Komissiya a’zolari ___________________________________________________________ 

                                                                    (F.I.O. imzo) 

Komissiya a’zolari ___________________________________________________________ 

                                                                    (F.I.O. imzo) 

 


Ishlab chiqarishdagi  baxstsiz xodisalarni  qayd qilish daftari 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

(korxona, muassasa, tashkilot nomi) 

T

a



rt

ib

 ra



q

a

m



Ba

x



ts

iz

 



h

o

d



is

a

 



y

u



b

e

rg



a

n

 s



an

Ja



b

rl

a



n

g

an



n

in

g



 

is

m



-

sh

ari



fi

, t


ug

’i

lg



an

 y

ili



 

K

a



sb

(l



a

v

o



z

im

i),



 

is

h



 

d

a



v

ri

 



Ba

x

ts



iz

 

h



o

d

is



a

g

a



 

y

u



b

e



rg

a

n



 

jo

y



 

(b

o



`l

in

m



a

u



st

a

x



o

n

a



o

b



`e

k

t)



 

Ba

x



st

si

x



 

h

o



d

is

a



 

o

li



b

 

k



e

lg

a



n

 v

o



q

e

a



 t

u

ri



 

Ba

x



ts

iz

 



h

o

d



is

a

n



in

g

 



sh

a

rt



-s

h

a



ro

it

la



ri

 

Ba



x

ts

iz



 

h

o



d

is



sa

b

a



b

la

ri



 

Ja

ro



h

a

tl



a

n

is



h

g

a



 

sa

b



a

b

 



b

o

`l



g

a

n



 

d

a



st

g

o



h

u



sk

u

n



N

-1



 

sh

a



k

ld

a



g

d



a

lo

la



tn

o

m



an

tu



z

is

h



 

sa

n



a

si

 v



a

 t

a



rt

ib

 ra



q

a

m



Ba

ts



iz

 h

o



d

is

a



 o

q

ib



a

tl

a



ri

 

K



o

`ri


lg

a

n



 c

h

o



ra

la



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Korxonalarda  mehnat  muhofazasini  boshqarishni  to`g’ri  tashkil  qilish  va  sodir  bo`lgan 

baxtsiz hodisalarni tahlil qilish maqsadida analitik usul kashf etilgan.  

Bu usul baxtsiz hodisalar to`g’risidagi statik ma`lumotlarni matematik hisoblash yo`li bilan 

tahlil qilishga asoslangan bo`lib, 4 – ta koeffitsientni aniqlashdan iboratdir. 

1.  Baxtsiz hodisalarning takrorlanish koeffitsienti 

K

d

 = B / I ×1000 

B – jami baxtsizliklar soni 

I – ishchilarning umumiy soni 

1000  –  korxonalarni  taqqoslovchi  umumiy  ko`rsatkich  (har  ming  kishiga  nisbatan 

baxtsizlikni davriy takrorlanish darajasi) 

2.  Baxtsiz hodisalarning murakkablik  koeffitsienti          

                                         K

m

= YA / B 

YA  -  Baxtsizlik tufayli ishga yaroqsiz kunlar soni. 

B   - jami baxtsizliklar soni. 

3.  Baxtsizlik ko`rsatkichlarning umumiy koeffitsienti    



                                        K



= K

d

× K



= YA / I ×1000 

4.  –  chi  ko`rsatkich  eng  og’ir  bo`lib,  o`lim  yoki  butunlay  nogironlik  bilan  tugagan 

baxtsizliklarni ifoda etadi. 

                                      F





= U

n  

/ B ×1000% 

Bunda, U


 



o`lim yoki nogironliklar bilan tugagan baxtsizliklar, 

             B – jami baxtsizliklar soni. 

Barcha  korxonalarda  hamma  baxtsizliklar  ana  shu  ko`rsatkichlar  yordamida  baholanadi  va 

sodir bo`lgan baxtsizliklar haqida kengroq tushuncha olishga yordam beradi.  

Mavjud  tartibga  ko`ra  quyi  tashkilotlarning    mehnat  xavfsizligini  ta`minlovchi  bo`lim 

xodimlari  baxtsiz  hodisalar  haqida  yuqori  tashkilot  oldida  har  6  oyda  1  ya`ni  yilda  2  marta 

hisobot  berib  turadilar.  Buning  uchun  shikastlanishga  bog’liq  voqealar  haqida  f  -  9t,  kasb 

kasalliklarga esa f - 4z formalari 2 nusxada to`ldiriladi. 

                                               Nazorat savollari. 

1.  Baxtsiz hodisalar haqidagi Nizom haqida tushuncha bering. 

2.  Baxtsiz hodisalarni rasmiylashtirish daftari qanday to`ldiriladi? 

3.  N – 1 shakldagi dalolatnoma qanday to`ldiriladi? 

4.  Baxtsiz hodisani rasmiylashtirish maxsus dalolatnomasi qaysi holatda to`ldiriladi?  

5.  Baxtsiz hodisa ko`rsatkichlarini tushuntiring. 

6.  Baxtsiz hodisalarning hisobotlarini tushuntiring.  

 


Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish