Texnik ijodkorlik va dizayn fanidan "texnik ijodkorlik faoliyatining bosqichlari" mavzusida tayyorlagan


Texnik ijodkorlik mashgulotlarida o`quvchilarning ijodkorlik



Download 1.74 Mb.
bet3/17
Sana29.08.2021
Hajmi1.74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Texnik ijodkorlik mashgulotlarida o`quvchilarning ijodkorlik

qobiliyatlari va grafik savodxonligini shakllantirish..................................27

Xulosa………………………………………………………...…………………...32

Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………….34

KIRISH

Zamonaviy jamiyat iqtisodiyotda ham, ijtimoiy sohalarda ham axborot oqimlarining misli ko`rilmagan darajada o`sib borish davrida yashamoqda. Inson faoliyatining turli sohalarida axborotlardan foydalanish, ularni uzatishning zamonaviy vositalarining amaliyotga keng joriy qilinishi jamiyat rivojlanishining yangi evolyutsion – axborotlashuv davrini boshlab berdi.

Kishilarning hayoti va faoliyati tovushli, matnli, raqamli, videotasvir ko`rinishidagi ko`plagan turdagi axborotlar olamida kechadi. Grafik axborotlar ham shunday turlardan biriga kiradi. Ayrimlar grafik (tasviriy) axborotlar sifatida atrofimizdagi olam bilan bog`liq axborotlarni qoyatoshlarga tushirilgan tasvirlar, keyingi davrlardagi qog`oz, xolst, marmar va boshqa materiallarga tushirilgan real borliqni ifodalovchi kartina, fotografiya, sxemalar, chizmalar shaklida tushunadilar [4]. Boshqa birlari esa sxema, eskiz, diagramma, grafiklardagi obraz (ramziy tasvir) yoki figuralar ko`rinishida tasavvur qiladilar.

Shuningdek, turli xil tashuvchilar – qog`oz, plyonka, kalka qog`oz, karton, xolst, orgalit, shisha, devor va hokazolardagi tasvirlar ham grafik axborot hisoblanadi.

Har qanday obyekt singari grafik axborotlarning ham o`ziga xos xususiyatlari mavjud. Umumtalim maktablari va kasb-hunar kollejlari uchun tasviriy sanat va muhandislik grafikasi o`qituvchilari tayyorlash nuqtai nazaridan qaraganda grafik axborotlarning quyidagi umumiy sifat xususiyatlari alohida ahamiyatga ega:

obyektivlik, ishonchlilik, to`liqlik, tushunarlilik, soddalik, lo`ndalik va hokazolar.



  1. Grafik axborotlarning obyektivligi. Obyektivlik – inson tafakkuridan tashqarida va unga bog`liq bo`lmagan borliq. Axborot – tashqi obyektiv dunyoning aks etishi. Axborotlar ularning qayd qilish metodlari, kimlarningdir fikrlari hamda mulohazalariga bog`liq bo`lmasa obyektiv bo`ladi. Obyektiv grafik axborotlarni o`lchov asboblari yordamida olishimiz mumkin.

  2. Grafik axborotlarning ishonchliligi. Grafik axbortlar nimanidir haqiqiy o`lcham (parametr) larini aks ettirsa ishonchli hisoblanadi. Ishonchli axborotlar qo`yilgan vazifani to`g`ri bajarishga ko`maklashadi. Grafik axborotlarning ishonchsizligi quyidagi sabablar orqali aks etishi mumkin:

  • subektiv xususiyatlarni ataylab (dezinformatsiya) yoki bilmasdan

o`zgartirilishi;

  • yetarlicha aniq bo`lmagan qayd qilinishi (tasvir) natijasi.

  1. Grafik axborotlarning to`liqligi. Grafik axborotlar ularni tushunish va echimni bajarish uchun etarli bo`lsa to`liq hisoblanishi mumkin. Axborotlarning to`liq bo`lmasligi noto`g`ri echim yoki yasashlarga sababchi bo`lishi mumkin.

  2. Grafik axborotlarning aniqligi obyekt (chizma, detal) ning real holatiga yaqinlik darajasi bilan belgilanadi.

Jamiyat axborotlashuvi, grafik axborotlarning rivojlanishi sharoitida oliy kasbiy talimning vazifalaridan biri bo`lg`usi mutaxassislarning grafik savodxonligini shakllantirish hisoblanadi.

Oliy talim muassasalarida pedagog kadrlarni tayyorlashning ahvoli tahlili shuni ko`rsatadi-ki, vaqt meyorlari cheklangan sharoitda bilim saviyasi yuqori, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash o`quvchilarning maktab (KHK, AL) larda shakllangan etarlicha darajada yuqori bo`lgan grafik madaniyatlariga tayanib amalga oshirilishi mumkin. Ammo, turli sabablarga ko`ra umumiy o`rta talim maktablari va KHK lari bitiruvchilarining grafik bilimlari darajasining pasayishi kuzatilmoqda. Bunga asosiy sabablardan biri sifatida umumiy o`rta talim maktablarida chizmachilik fanidan mutaxassis bo`lmagan o`qituvchilarning dars berishlari, ayrim maktablarda chizmachilik faniga ikkinchi darajali fan sifatida qaralishini ko`rsaktishimiz mumkin. Shu o`rinda umumtalim maktablarining chizmachilik kursining metodik taminoti haligacha to`liq shakllantirilmaganligini ham qayd qilib o`tishimiz zarur. Xususan, hozirgacha chizmachilik fanidan o`quvchilar bajarishi uchun grafik topshiriqlar to`plami, chizmachilikdan plakatlar komplekti, model va maketlar komplektlari kabi ko`rgazmali va tarqatma materiallar tayyornlanib va nashr qilinib maktablarga etkazilib berilmagan.

Yuqorida ko`rsatib o`tgan kamchiliklar fan o`qituvchilarining darslarni taldab darajasida tashkil qilishlarida, o`quvchilarning grafik madaniyatlarini rivojlantirishlarida salbiy oqibatlarga olib keladi.

Mukammal grafik malakalarni chuqur bilim va o`rganishsiz egallash mumkin emas. Insonning grafik savodxonligi deganda grafik bilimlarining kengligi va hajmini bildiradigan saviyasi tushuniladi. Bo`lg`usi mutaxassisning savodxonlik sifati ijtimoiy va kasbiy vazifalarini bajarishga yo`naltirilgan bilimlari va shakllangan shaxsiy sifatlari bo`yicha baholanadi.

Umumtalim maktablari o`quvchisining grafik savodxonligi sifatini baholash metodikasini ikki qism: o`quvchi grafik savodxonligini maktabdagi talim jarayonlari yakuniga asosan grafik madaniyatining ijtimoiy axborotlar asosida egallagan bilimlari, uning ishbilarmonligi, ijodkorlik qobiliyatlari hamda jamoa azolari bilan aloqaga kirisha olishi orqali amalga oshirish mumkin.

―Grafik madaniyat ―grafik savodxonlik tushunchasiga nisbatan kengroq va ko`p qirralidir. Uni keng manoda insoniyatning axborotlarni grafik usulda qayta ishlash va uzatish bo`yicha erishgan yutuqlari majmui sifatida qarashimiz mumkin.

Grafik madaniyatning shakllanish jarayonini turli xil rivojlanish darajalari (oddiy grafik bilimlardan ularni har tomonlama o`zlashtirib, kasbiy faoliyatida ijodiy qo`llashgacha) ga ega bo`lgan grafik tayyorgarlikning ko`p bosqichli murakkab jarayonning natijasi sifatida tadqiq qilib, M.V.Lagunova talimda grafik madaniyatning quyidagi darajalarini ajratib ko`rsatadi:


Elementar grafik savodxonlik deganda M.V.Lagunova talim oluvchining umumiy geometrik bilimlar asosida tasvirlash nazariyasining elementar qonuniyatlarini va ularni aniqlash usullarini bilishi, tasvirlarni bajarishning amaliy ko`nikmalarini va chizmachilik asboblari bilan ishlay olish malakalarini egallaganligini nazarda tutadi.

Grafik madaniyat umumiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida vizualizatsiya (ko`z bilan chamalash, baholash) sohasidagi yuqori darajadagi bilim, ko`nikma va malakalar; grafik tasvirlardan kasbiy masalalar echimida samarali foydalanish mexanizmlarini tushunish; natijalarni maqbul estetik shaklda izohlab, aks ettirish kabilarni o`z ichiga oladi.

O`quvchilarning kasbga yo`naltirishda va kasbiy faoliyatga tayyorlanishdagi ijodiy faolligi, grafik axborot texnologiyalari muhitida uzluksiz mustaqil o`qib bilim orttirishi grafik madaniyatining darajasini belgilaydi.

Demak, yuqori grafik madaniyatga ega o`quvchilarni tayyorlash uchun avvalambor o`quvchilarning etarli darajadagi grafik savodxonligiga erishishimiz zarur bo`ladi. Yuqorida takidlaganimizdek grafik savodxonlik umumlashgan tushuncha bo`lib, faqatgina chizmachilik doirasida chegaralanmasdan, insonning muhandislik (muhandis-konstruktor, arxitektura-qurilish, va hokazo), dizayn va kompyuter grafikasi sohasidan ham etarlicha bilimlarni egallaganligini nazarda tutadi.




Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat