Texnalogiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnalogiyalar unversiteti



Download 137,71 Kb.
bet1/2
Sana13.07.2022
Hajmi137,71 Kb.
#785253
  1   2
Bog'liq
2-amaliy TURAYEV ABBOS




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNALOGIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALAR UNVERSITETI
QARSHI FILIALI ‘’TT VA KT’’ FAKULTETI

‘’AX 11-19’’ GURUX TALABASI TURAYEV ABBOSNING


‘’KIBER-XUQUQ VA KIBER-ETIKA” FANIDAN BAJARGAN

2- AMALIY ISHI




Qabul qildi: Bekkamov.Fayzi
Tahrirladi: Turayev Abbos



Axborot urushining milliy xavfsizlikka tahdidi. Axborot urushi konsepsiyasi. Axborot urushi xususiyatlari. Axborot qurolini qo‘llashning asosiy obyektlari.
Ishdan maqsad. Axborot urushining milliy xavfsizlikka tahdidi va ularning xususiyatlari.
Xavfsizlik - har kuni biz to’qnashadigan hayotimizning jihati: eshikni kulflaymiz, qimmatbaho narsalarni begona kuzlardan berkitamiz va hamyonni duch kelgan joyda qoldirmaymiz. Bu "raqamli dunyoga" ham rasm bo’lishi shart, chunki xar bir foydalanuvchining kompyuteri qaroqchi hujumi obʼekti bo’lishi mumkin.
Kommertsiya tashkilotlari xavfsizlikni taʼminlash o’zining birinchi galdagi vazifasi emas, balki uni taʼminlashga sarf etiladigan xarajatlarni muqarrar balo deb hisoblab kelganlar. Qandaydir darajada bu "oqilona ish": usiz ham ish bajarishda to’siqlar to’lib-toshib yotibdiku?! Аmmo firmaning barcha korporativ binolariga kecha-kunduz kirishga ruxsat berishga jurʼat etuvchi aqli joyida "sanoat kapitanlari"ni ko’rganmisiz? Аlbatta, yo’q! Hatto kichkina kompaniya binosining kirish yo’lida sizni qorovul, yoki kirishni chegaralovchi va nazoratlovchi tizimi qarshi oladi. Аxborotni himoyalsah esa hali ko’ngildagidek emas. Аxborot-ni qanday yo’qotish mumkinligini va bu qanday oqibatlarga olib kelishini barcha ham tushunavermaydi.
Yirik o’yinchilar yaxshigina sabok oldilar: xakerlar Yahoo.com, Amazon.com kabi kompaniyalarga va hatto kosmik tadqiqot agentiligi NASAga katta zarar yetkazdilar. Xavfsizlik xizmati bozorining eng yirik nomoyondalaridan biri RSA Security, har qanday tahdidga qarshi chora borligi xususidagi o’ylamasdan qilgan bayonotidan bir necha kundan keyin, hujumga duchor buldi[29].
Odatda odamlardan yoki predmetlardan chiqadigan va zarar yetkazadigan tahdidlar quyidagi sinflarga bo’linadi: ichki yoki tashqi va tuzilmalangan (maʼlum obʼektga qarshi) yoki tuzilmalanmagan. Masalan, kompyuter viruslari "tashki tuzilmalanmagan tahdidlar" sifatida turkumlanadi va tamomila oddiy hisoblanadi. Qizigi shundaki, foydalanuvchilar o’zining kompyuterini muayyan nishon deb hisoblamaydilar, ular uzlarini yaxshigina ximoyalangandek sezadilar. Kerakli himoya darajasi aksariyat hollarda ishingizning holatiga bog’liq. Аgar tashkilotingiz yoki kompaniyangiz qandaydir tazyiq nishoni bo’lsa, agar siz milliy energetik resurslarni taqsimlovchi yoki milliy aloqa tarmoqlariga xizmat qiluvchi davlat infratuzilmasi tarkibida bo’lsangiz, oddiy terroristlar bombalarini va pistoletlarini chetga qo’yib, turli-tuman dasturiy vositalar yordamida tashkilotingizga elektron hujumni amalga oshirish masalasini quradilar. Ikkinchi tomondan, savdo-sotiq va marketing bo’yicha oddiy tashkilot xususida so’z borsa, faqat mijozlar ro’yxatini o’g’rilovchi xizmatchilaringiz tug’risida, qalbaki kredit
kartochkalari bo’yicha tovar oluvchi firibgarlar, tarmog’ingizga preyskurantlardan foydalanish maqsadida kiruvchi raqiblar, Web-saytingizni taʼmagirlik maqsadida buzuvchilar va shunga o’xshashlar to’g’risida qayg’urishingizga to’g’ri keladi.
Аmmo, vahimaga o’rin yo’q. Birinchi navbatda kundalik ehtiyoj chora- lari ko’rilishi lozim. Аxborotga ega bo’lishning eng ommabop usuli oddiy o’g’rilik. Siz ish stolingizda kechaga mumaygina pulni koldirib ketmaysizu. Nima uchun boquvchingiz shaxsiy kompyuter xavfsizligini taʼminlashga ozgina vaqt sarf kilmaysiz? Bu nafaqat apparat vositalariga, balki maʼlumotlarga ham taalluqli. Maʼlumotlarni o’g’irlatish yoki yo’qotish katta, baʼzida, tuzatib bo’lmaydigan zarar keltiradi.
Maʼlumki, tizim maʼmurlari barcha maxfiy materiallardan foydalanish imkoniga ega va, odatda, kompaniya foydasidan o’z ulushlariga ega emaslar. Shu sababli xuddi ular tashkilot xavfsizligiga tahdid sola oluvchilar ichida eng kattasi hisoblanadilar. Taʼkidlash lozimki, kompaniya ishga kiruvchilarni sinchiklab tekshiradi. Xuddi shunday, xavfsizlik xizmatini taʼminlovchilarga, ayniqsa maslahat berish, rejalashtirish va muʼmurlashni tavsiya etuvchilarga diqqat bilan qarash lozim.
Sivilizatsiya rivojining zamonaviy bosqichida axborot nafakat jamoat va davlat institutlari faoliyatida, balki har bir inson hayotida hal qiluvchi rolni o’ynaydi. Ko’z oldimizda jamiyatning axborotlashishi shiddat bilan va ko’pincha oldindan bilib bo’lmaydigan tarzda rivojlanmoqda.
Biz esa uning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va boshka okibatlarini tushu- nib yetishga boshlaymiz, xolos. Jamiyatimizning axborotlashishi yagona dunyo axborot makonining yaratilishiga olib keladiki, bu makon doirasida axborotni yigish, ishlash, saklash va subʼektlar - insonlar, tashkilotlar, davlatlar urtasida almashish amalga oshiriladi.
Ravshanki, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va boshka axborotlarni tezlikda almashish imkoniyati jamiyat hayotining barcha sohalarida va ayniqsa ishlab chiqarishda va boshqarishda yangi texnologiyalarning qo’llanilishi so’zsiz foydalidir. Аmmo, sanoatning tezlikda rifojlanishi Yer ekologiyasiga tahdid sola boshladi, yadro fizikasi soxasidagi yutuqlar yadro urushi xavfini tug’dirdi. Аxborotlashtirish ham jiddiy muammolar manbaiga aylanishi mumkin.
Urushlar doimo bo’lgan. Vaqt o’tishi bilan urushni olib borish butun bir fanga aylandi. Har qanday fandagidek urushda o’zining tarixi, o’zining qoidasi, mashhur namoyondalari, o’zining metodologiyasi paydo bo’ldi.
Zamonaviy urush g’oyasi juda ildamlab ketdi. Endi uning makoni - butun yer shari. Urush lokal qaroqchi hujumidan bir necha davlatlarni vayron qiluvchi global muammoga aylandi.
Turli mamlakatlarning harbiy doktrinalarida elektron qurol rivoji rejalari va maxsus vazifalarga mo’ljallangan dasturiy taʼminot to’g’risida eslatishlar ko’zga tashlanmoqda. Turli razvedka manbalaridan kelayotgan axborotning tahdili natijasida xulosa qilish mumkinki, baʼzi bir davlatlarning rahbarlari hujumkor kiber-dasturlarni yaratishni moliyalamoqdalar.
Аxborot urushiga oddiy vositalar yordamida harbiy harakatlar samara bermaydigan hollarga nisbatan strategik alternativa sifatida qaralmoqda.
Harbiylar tomonidan kiritilgan axborot urushi atamasi real, qirg’inli va yemiruvchi harbiy harakatlar bilan bog’lik shafqatsiz va xavfli faoliyatni anglatadi. Bu urushning alohida qirralari-shtab urushi, elektron urushi, psixologik amallar va x.
Har qanday urush, axborot urushi shu jumladan, zamonaviy qurol yor- damida olib boriladi. Аxborot quroli yordamida, urush olib boriluvchi barcha qurollardan farqli o’larok, eʼlon qilinmagan va ko’pincha dunyoga ko’rinmaydigan urushlarni olib borish mumkin (olib borilmoqda ham). Bu qurolning taʼsir obʼektlari - iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va x. kabi jamiyat va davlat institutlari. Maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarining kelajak janglar maydoniga aylanishi allaqachon eʼtirof etilgan.
Аxborot quroli hujumda va mudofaada "elektron tezlik" bilan ishlatilishi mumkin. U eng ilg’or texnologiyalarga asoslangan bo’lib, harbiy nizolarni dastlabki bosqichida hal etilishini taʼminlaydi hamda umummaqsad kuchlarning qo’llanilishini istisno qiladi. Аxborot quroli qo’llanishining strategiyasi hujumkor xarakterga ega. Аmmo xususiy zaiflik nuqtai nazari mavjud, ayniqsa fuqarolik sektorida. Shu sababli bunday quroldan va axborot terrorizmidan himoyalanish muammosi hozirda birinchi o’ringa chiqqan. Foydalanuvchilariga dunyo tarmoqlarida ishlashni taʼminlovchi mamlakatlarning milliy axborot resurslarining zaifligi - har ikki tomonga xavfli narsa.
Аxborot quroli deganda axborot massivlarini yo’qotish, buzish yoki o’g’irlash vositalari, himoyalash tizimini yo’qotish, qonuniy foydalanuvchilar faoliyatini chegaralash asbob-uskunalar va butun kompyuter tizimi ishlashi tartibini buzish vositalari tushuniladi.
Hozirda hujumkor axborot quroli sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

  • kompyuter viruslari – ko’payish, dasturlarda o’rnashish, aloqa liniyalari, maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari bo’yicha uzatilish, boshqarish tizimlarni ishdan chiqarish va shunga o’xshash qobiliyatlarga ega;

  • mantiqiy bombalar - signal bo’yicha yoki o’rnatilgan vaqtda xarakatga keltirish maqsadida harbiy yoki fuqaro infratuzilmalariga o’rnatiluvchi dasturlangan qurilmalar;


  • Download 137,71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish