Termiz davlat universiteti



Download 2.52 Mb.
bet15/20
Sana18.01.2017
Hajmi2.52 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

Tayanch iboralar:

Lizing tushunchasi, moddiy texnika bazasi, moliyaviy lizing, operativ lizing, sublizing, lizingning huquqiy bazasi, lizing kompaniyasi, banklar, lizing shartnomasi, lizing munosabatlari.


Nazorat savollari:

1. Lizingning mazmunini tushuntiring?

2. Lizingning kelib chiqish tarixi?

3. Lizingning belgilarini sanab bering?

4. Lizingning afzallik va kamchilik tomonlarini sharhlang?

5. Lizingning obyekti va subyektlariga ta’rif bering?

6. Lizingning turlarini sanab, izohlab bering?

7. Moliyaviy va operativ lizing, ularni farqi va afzalliklariga tavsif bering?

8. Lizingni kredit va ijaradan farqini tushuntirib bering?

9. Lizing munosabatlarini tartibga soluvchi qanday huquqiy me’yoriy xujjatlarni bilasiz?

10. Lizing subyektlarining huquqlarini qanday huquqiy mexanizmlar himoya qiladi?

11. Lizing shartnomasini tashkiliy tuzilmasini aytib bering?

12. O‘zbekistonda lizing sohasini rivojlanishiga jiddiy turtki bo‘lgan Prezident farmonini tavsiflab bering?

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi (34-bob, 6-§ Lizing 587-599 moddalar). T., «Adolat» 1996y.

2. O‘zbekiston Respublikasining «Lizing to‘g‘risida»gi qonuni, 14.04.1999, «Xalq so‘zi» gazetasi 29.04.1999 y.

3. O‘zbekiston Respublikasining «Garov to‘g‘risida»gi qonuni, 01.05.1998, «Xalq so‘zi» gazetasi 14.05.1998 y.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Lizing operatsiyalarining istiqboldagi rivojini rag‘batlantirish tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni. «Xalq so‘zi» gazetasi 30.08.2002 y.

5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbek Lizing interneshnl AJ» lizing kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida»gi 6-sonli qarori, 05.01.1996 y.

6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zKeysagrolizing" O‘zbek-Amerika lizing kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida»gi 111-sonli qarori, 27.02.1997 y.

7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zavializing" aksiyadorlik lizing kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida»gi 556-sonli qarori, 19.12.1997 y.

8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kapital qurilishda ijara va lizing xizmatlari tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi 462-sonli qarori, 23.10.2003 y.

9. Mo’minov A.G., Vahobov A.V. Lizing Toshkent, 2005
11-Mavzu: Ijtimoiy infratuzilma va uning aholi turmush farovonligini oshirishdagi o‘rni.

Reja:


1. Ijtimoiy infratuzilmaning mohiyati va ahamiyati.

2. Ijtimoiiy infratuzilmaning tarkibiy tuzilishi.

3. Mamlakatimizda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar.

1. Ijtimoiy infratuzilmaning mohiyati va ahamiyati.
Ijtimoiy infratuzilma aholining turmush farovonligini oshirish, ishchilarning mehnat sharoitini yaxshilashga xizmat qiluvchi sohalar majmuasidir. Ijtimoiy infratuzilma muhim ijtimoiy vazifalarni hal etar ekan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlari qondirilishini ta’minlaydi, mamlakat iqtisodiy yuksalishi uchun sharoit yaratadi, ayni vaqtda ishlab chiqarish samaradorligi o‘sishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Infratuzilmaning rivojlanishi iqtisodiyot real sektori bilan bevosita bog‘langanki, u mazkur tuzilmaning holati va o‘sish sur’atlarini shakllantiradi.

Ijtimoiy turmushga ta’sir o‘tkazuvchi infratuzilmaning asosiy jihatlariga quyidagilar kiradi:



  • ishlab chiqaruvchi kuchlarni oqilona joylashtirish;

  • aholi mehnat faolligi ko‘lamini kengaytirish;

  • mehnat resurslari safarbarligini tartibga solish;

  • bo‘sh vaqt fondini boyitish va undan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash uchun imkoniyat yaratish;

  • ish kuchini takror yetishtirishga ta’sir etish.

Ijtimoiy infratuzilma murakkab tizimdan iborat bo‘lib, unda barcha unsurlar o‘zaro bog‘langan bo’ladi, ulardan birining rivojlanishdan ortda qolishi boshqalaridan samarasiz foydalanilishiga sabab bo‘ladi. Shu boisdan mintaqa ijtimoiy infratuzilmasining majmua tarzida rivojlanishini ta’minlash muhim vazifadir.
2. Ijtimoiiy infratuzilmaning tarkibiy tuzilishi.
Ijtimoiy infratuzilma quyidagi ikki guruhga ajratiladi:

  • jamiyat miqyosida tashkil etiladigan;

  • korxonalar miqyosida tashkil etiladigan.

Jamiyat miqyosida tashkil etiladigan ijtimoiy infratuzilmaning tarkibiga quyidagi sohalar kiradi: sog‘liqni saqlash, ta’lim muassasalari, madaniyat, sport- sog‘lomlashtirish muassasalari, umumiy ovqatlanish shaxobchalari, uy-joy kommunal xo‘jaligi, maishiy xizmat korxonalari, jamoat transporti, aloqa xizmatlari va boshqa shu kabilar.

Korxona miqyosida tashkil etiladigan ijtimoiy infratuzilmaning tarkibiga quyidagi sohalar kiradi: xodimlarni ishga olib boruvchi transport, dam olish xonalari, ovqatlanish shaxobchalari, yuvinish xonalari, mehnat muhofazasi shaxobchalari va boshqa shu kabilar.

Mazkur sohalar asosan insonlarning turmush farovonligini ta’minlash va mehnat sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Ijtimoiy infratuzilma barcha unsurlarini majmua tarzida muvozanatlangan rivojlantirishga e’tibor berish lozim Ijtimoiy infratuzilmaning me’yoriy bazasi va ijtimoiy normativlar tizimi quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:



  1. maqsadli normativlar.

b) ijtimoiy infratuzilma muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlari bilan ta’minlanishning eng kam darajasi;

d) faoliyat sharoitining kompleks ijtimoiy andozalari;

e) iqtisodiy normativlar (qiyosiy sarflar normativlari, foydalanilayotgan resurslar uchun to‘lovlar).

Shu tariqa insonning uy-joyga ega bo‘lish, sog‘lig‘ini saqlash, ta’lim olish, hordiq chiqarish, mehnat qilish va hokazo huquqlari amalga oshadi. Mazkur eng kam daraja ijtimoiy iste’mol fondlari hisobiga ta’minlanishi shart, bu holda ular turmush jami sharoiti bo‘yicha barcha ijtimoiy guruhlarni yaqinlashtirish rolini o‘ynaydi. Bu jihatdan ayrim iqtisodchi olimlarning uy-joy qurilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi fikrlariga qo‘shilish lozim, bunda davlat turarjoy maydoni va obodonlashtirish bo‘yicha belgilangan, ijtimoiy kafolotlangan me’yor doirasida turarjoy binosining bir qismini qurish uchungina mablag‘ ajratadi.

Ijtimoiy normativlar tizimini ishlab chiqishda mintaqaviy xususiyatlar, shahar va qishloq joylarda, aholi turmush tarzi va boshqa ko‘p jihatlar o‘rtasidagi tafovutlarni hisobga olmoq lozim. Ular doirasida quyidagi jamlama omillarni ajratish mumkin:

Geografik omillar - tabiiy iqlim sharoitlari, biologik xususiyatlari, rekreatsiya imkoniyatlari va ulardan foydalanish darajasi; tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik va tabiatdan foydalanish xususiyatlari;

Demografik omillar - aholi joylashuv tarkibi, shaharlashuv (urbanizatsiya) darajasi; aholining soni va tarkibi, ko‘payishi, tabiiy ko‘chib yurish ta’sirida joylashuvning o‘zgarishi, aholi migratsiyasi, aholi va mehnat resurslarining jinsiy va yosh tarkibi; oilalarning shakllanishi, migratsiya oqimlari tarkibi, aholining milliy tarkibi, aholining milliy tarkibi va hokazo;

Iqtisodiy omillar – iqtisodiyotning ixtisoslashuvi, mintaqaning iqtisodiy potensiali, ishlab chiqarish omillarining mavjudligi, mintaqaning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi ulushi, hozirgi bosqichda va istiqbolda iqtisodiyotning tarkibi, boshqaruv tizimi, mintaqada ilmiy-texnik taraqqiyoti tusi;

Ijtimoiy omillar - shahar va qishloq aholisining turmush tarzi, milliy va maishiy xususiyatlar, an’anaviy etnik qadriyatlar, ularning me’morchilikda aks etishi; mintaqada yashovchi millatlar va elatlarning, milliy va etnografik guruhlarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishi hamda madaniy ehtiyojlar tusi va til taraqqiyoti.

Mazkur omillarni mintaqaviy xususiyatlar va boshqa alomatlardan kelib chiqib, sifat va aralash tavsiflar bo‘yicha tashkil qilish; ulardan hal etish zaruratiga ko‘ra, eng dolzarb omillarni ajaratish mumkin. Iqtisodiyotning ijtimoiy sohaga yo‘naltirilishi ijtimoiy infratuzilmani mustaqil boshqaruv obyekti, uni rivojlantirish muammolariga tizimli yondashuv sifatida alohida ajratib olishni shart qilib qo‘yadi.

Infratuzilmaning yaxlit boshqaruv obyekti sifatida ajratilishi butun xalq xo‘jaligi muvozanatli va mutanosiblik asosida rivojlantirilishi, mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi nomutanosibliklarga barham berish imkonini yaratadi. Ijtimoiy adolat prinsiplarini ro‘yobga chiqarishdan iborat maqsad ijtimoiy infratuzilmani shakllantirish va rivojlantirishning asosiy vazifalarini mahalliy boshqaruv idoralari, hokimliklar qo‘liga topshirishni taqozo etadi.

Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish muammolari ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni davlat vazifasi darajasiga ko‘tarishni, ayni vaqtda moliyalash manbaidan qat’i nazar, nivestitsiya siyosatini, uni amalga oshirishning barcha belgilangan afzalliklari bilan birga qayta ko‘rishni taqozo etadi.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ijtimoiy infratuzilma taraqqiyotini boshqarishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:


  • qishloq kengashlari, tuman, shahar va viloyat hokimliklari rolini qayta ko‘rib chiqish;

  • mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini hisobga olib, ijtimoiy sohada islohotlar dasturini ishlab chiqish;

  • hujjatlar va tavsiyalar, me’yoriy yo‘riqnomalar bazasini tayyorlash;

  • mintaqaviy xususiyatlar va omillarni hisobga olish, bularga ijtimoiy me’yor ko‘rsatkichlari tizimini ishlab chiqishga diqqat qilish;

  • uy-joy muammolariga e’tibor berish va yakka tartibda uy-joy qurilishini rivojlantirish.

Shahar joylarda ijtimoiy infratuzilma taraqqiyotini boshqarish muammolari quyidagilardan iborat:

  • ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan mablag‘lar va resurslarni boshqarishga oid barcha vazifalarning mahalliy boshqaruv idoralari qo‘lida jamlanishiga erishish;

  • xo‘jaliklar, tarmoqlar va hududlarning o‘zaro ta’siri tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish;

  • mintaqalar ichida va o‘rtasida, vertikal va gorizontal tuzilmalari o‘rtasida ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishdagi nomutanosibliklarga barham berish;

  • shahar va qishloq ijtimoiy infratuzilmasini yanada integratsiya qilish, bunda shu tizimlarga xos ijobiy jihatlarni butun choralar bilan rivojlantirish hamda ularning noxush jihatlarini imkon qadar cheklash (yoki bartaraf qilish) maqsadini ko‘zlash;

  • shaharni ijtimoiy qayta qurishning maqsadli, kompleks dasturini tuzish va amalga oshirish, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, faol demokratik siyosat yuritish.

Mazkur talablar mintaqa ijtimoiy infratuzilmasi xo‘jalik mexanizmini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.

Xo‘jalik yuritish yangi iqtisodiy mexanizmining yaratilishi mahalliy byudjetga ko‘pgina mablag‘larni jalb etish imkonini beradi, ammo muayyan joy sharoitida mana shu barcha resurslar har holda korxona va tashkilotlar hisobiga shakllanadi. Ayni vaqtda ko‘pchilik hokimliklarda qishloqda ijtimoiy infratuzilma inshootlarini qurish bo‘yicha yagona buyurtmachi vazifalarini bajarish uchun haqiqiy imkoniyat vujudga kelmagan.

Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish boshqaruv mexanizmini yaratishning turli variantlari bir xil baholanishiga qaramay, mintaqadagi tumanlarning o‘ziga xosligiga ham e’tibor berish lozim.

3. Mamlakatimizda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar.
Prezidentimiz «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli asarlarida 2009 yildagi yana bir eng muhim ustuvor vazifa - bu mamlakatimizni modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirishdan iborat ekanligini belgilab berdilar.

Mazkur ustuvor vazifaga alohida e’tibor qaratishning bir qator sabablari mavjud. Jumladan:

Birinchidan, infratuzilmani rivojlantirish yangi korxonalarni joylashtirish va butun iqtisodiyotni taraqqiy ettirish uchun zarur qulay shart-sharoitlar yaratadi, mamlakatimizning boy mineral-xomashyo resurslarini o‘zlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Ikkinchidan, ishlab chiqarish infratuzilmasi, avvalambor, avtomobil va temir yo‘llarning rivojlangan tizimi, ularning samarali faoliyati ishlab chiqarishdagi umumiy xarajatlarni kamaytirishning muhim sharti va omilidir. Bu esa, o‘z navbatida, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va butun iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshiradi.

Uchinchidan, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini toza ichimlik suvi, energiya bilan ta’minlash, ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish, pirovard natijada aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.

To‘rtinchidan, infratuzilmani rivojlantirish ko‘p mehnat talab qiladigan keng ko‘lamli soha hisoblanadi. Bu yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, aholining, ayniqsa, yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash, odamlarning daromadi va farovonligini oshirish imkonini beradi.

Bundan ko‘rinadiki, mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, iqtisodiyotning real sektorini yanada rivojlantirish ko‘p jihatdan хo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq.

Mamlakatimizda ijtimoiy infratuzilmaning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan tibbiyot sohasini rivojlantirish, aholiga tibbiy hizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, zamon talablariga mos malakali tibbiy kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi yillarda chiqarilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish va rivojlantirish Davlat dasturining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi 2007 yil 19 sentyabrdagi UPF – 3923-sonli Farmoni, “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi 2007 yil 2 oktabrdagi UPK – 700-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sog‘liqni saqlash tizimining hududiy tashkilotlari faoliyati va strukturasini tashkil qilishni takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 2008 yil 18 martdagi 48-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Qishloq vrachlik punktlari faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2009 yil 29 martdagi 80-sonli buyrug‘i buning yorqin isbotidir.

Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov 2011 yil 26 noyabrda “O‘zbekistonda onalik va bolalikni asrashning “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” milliy modeli” mavzusidagi xalqaro simpoziumning ochilish marosimida so‘zlagan ma’ruzasida ta’kidlab o‘tganidek, mustaqillik yillarida yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishining milliy modelini yaratishning poydevori bu avvalo sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida 3200 dan ortiq qishloq vrachlik punktlarining tashkil etilishi bo‘ldi.

Prezidentimizning 2011 yil 28 noyabrdagi “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh etishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida qayd etilganidek, mamlakatimizda sog‘liqkni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini ushbu tizimning dolzarb ahamiyatga molik masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda, shu sababli respublikamizning eng chekka rayonlarida yana 102 ta qishloq vrachlik punkti tashkil etish va ularning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

YUrtimizda o‘tgan davr mobaynida sog‘liqni saqlash sohasida 14 ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20 dan ortiq farmon va qarorlari hamda Hukumatning 100 ga yaqin qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror va qonunlar asosida respublikamizda sog‘liqni saqlash, shu jumladan, oliy tibbiy ta’lim tizimini takomillashtirish borasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.



1998-2011 yillarda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishning asosiy natijalari quyidagilar:

  1. Aholi salomatligini muhofaza qilishning mustahkam me’yoriy-huquqiy asosi yaratildi.

  2. Avval mavjud bo‘lgan ko‘p bo‘g‘inli sog‘liqni saqlash tizimi o‘rniga tibbiy yordam ko‘rsatishining zamonaviy va maqbullashtirilgan tashkiliy-institutsional tuzilmasi yaratildi.

  3. Tibbiyot muassasalarining tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlanish darajasi sezilarli ravishda oshirildi.

  4. Yuqori malakali tibbiy xodimlar tayyorlashning va ularning mehnatini moddiy rag‘batlantirishning mutlaqo yangi tizimi yaratildi.

Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati ko‘rsatish sohasida mustaqillik yillarida tub o‘zgarishlar amalga oshirildi.

Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi doirasida Jahon banki investitsiyalari jalb qilingan holda, 1998-2011 yillarda “Salomatlik-1” va “Salomatlik-2” loyihalari doirasida yurtimizdagi 3192 ta QVP umumiy qiymati 76 million dollar bo‘lgan zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, laboratoriya jihozlari bilan to‘liq ta’minlandi.

“Salomatlik-2” loyihasi doirasida 570 ta stomatologik asbob-uskuna QVP va ko‘p tarmoqli poliklinikalarga yetkazildi. Qishloq aholisini arzon va sifatli dori-darmon bilan ta’minotini yaxshilash maqsadida 811 ta QVPda ijtimoiy dorixonalar tashkil qilindi, 1056 ta QVPga GSM standartidagi statsionar telefon o‘rnatildi va QVPlarining aloqa tizimi bilan ta’minoti 97,7 foizga yetdi.

Manzilli dasturga asosan, 2010 yilda 345 ta QVP 3,2 milliard so‘m homiylar va byudjet mablag‘lari hisobidan ta’mirlandi, 2011 yilda 343 ta QVP da 4,6 milliard so‘m mablag‘ hisobidan ta’mirlash ishlari olib borildi.

Qishloq joylardagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini aholi jon boshiga moliyalashtirish mexanizmini tadbiq qilish natijasida QVPlarini moliyalashtirish 3 barobar oshdi, natijada 2011 yilda 2009 yilga nisbatan QVPga aholi qatnovi 1 kishiga nisbatan 3,9 dan 4,6 ga oshdi.

Farzand tarbiyasi yurt taraqqiyoti, jamiyat ravnaqida muhim ahamiyatga egadir. SHu bois mamlakatimizda istiqlolning ilk yillaridan boshlab Prezidentimiz rahnamoligida sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetqazish, ularning qonuniy xuquq hamda manfaatlarini ta’minlash, qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy an’ana hamda qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu jihatlar Konstitutsiyamizda, qolaversa, “Ta’lim to‘g‘risida”gi,“Bola xuquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar hamda mazkur yo‘nalishda qabul qilingan bir qator dasturlarda o‘z ifodasini topgan.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” dasturi umummilliy harakatga aylandi. Muruvvat uylari, mahsus maktab-internatlarning moddiy-texnik bazasi ham mustahkamlanib, ta’lim-tarbiya, sog‘lomlashtirish tizimi tobora takomillashmoqda.

Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilgan islohotlar natijasida erishilgan yutuqlar xalqaro tashkilotlar tomonidan yuqori baholanib kelinmoqda. 2010 yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan o‘zbek milliy tibbiyot modeli boshqa mamlakatlarga namuna sifatida tavsiya etildi. Buyuk Britaniyaning “Save the children” (“Bolalarni asraylik”) tashkiloti tomonidan 2011 yilda O‘zbekiston 161 ta davlat orasida bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha o‘nta yetakchi davlat safidan o‘rin egalladi.

Shoshilinch va tez tibbiy yordam tizimi moddiy-texnik bazasini mutahkamlash bo’yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi: respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi uchun Yaponiya hukumatining 743 million yen (7,1 million dollar) miqdoridagi granti va Ispaniya hukumatning 9,38 million dollar miqdoridagi krediti, viloyat filiallari uchun Islom taraqqiyot bankining 33,8 million dollar miqdoridagi krediti va tuman tibbiyot birlashmalari qoshidagi 171 ta shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlari uchun arab iqtisodiy rivojlanish Quvayt fondining 20,55 mllion dollar miqdoridagi krediti jalb etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 21 maydagi “Tez tibbiy yordam tizimi faoliyatini takomillashtirish haqida”gi PQ-1114-sonli qaroriga ko‘ra, 2009-2011 yillarda 698 ta maxsus avtotransport sotib olindi va tizimning avtotransport bilan ta’minoti 94 foizga yetdi. Hududlardagi tez tibbiy yordam mashinalari 127 ta eKG apparati, 35 ta defibrillyator va 30 ta so‘rg‘ich bilan qo‘shimcha ravishda ta’minlandi.

2010 yilda mamlakatimizning 130 ta tumanidagi tez tibbiy yordam bo‘limi va shoxobchasida 3,1 milliard so‘mlik ta’mirlash ishlari bajarildi. 2011 yilda tez tibbiy yordam shoxobchalarini ta’mirlash bo‘yicha manzilli dastur asosida 1,3 milliard so‘m mablag‘ rejalashtirildi va 162 ta shoxobchada ta’mirlash ishlari yakunlandi.

Yurtimizda zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlangan, yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatadigan 10 ta ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazi tashkil etildi.

2011 yil davomida respublika ixtisoslashtirilgan va ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida jami 77945 nafar bemor davolanib chiqdi. Ularning 20062 (26,7 foizi) nafari davlat byudjeti hisobidan imtiyoz asosda davolangan bemorlar, 56550 nafari esa (73,3 foizi) pullik asosda davolangan bemorlardir. Markazlarda jami 22408 ta operatsiya va diagnostika muolajasi bajarildi, shundan 10664 tasi (46 foizi) – yuqori texnologiyalar asosidagi muolajalardir. Bajarilgan operatsiyalar 2010 yilga nisbatan 1752 taga, yuqori texnologiyalar asosidagi operatsiyalar esa 914 taga oshdi.


1-rasm. Onalar o‘limi ko‘rsatkichi (har 100 ming onaga o‘rtacha).



2-rasm.Go‘daklar o‘limi ko‘rsatkichi (har 1000 nafar tirik tug‘ilgan bolaga o‘rtacha).
Mamlakatimizda epidemik barqarorlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida qator yillar davomida aholi o‘rtasida poliomielit, bo‘g‘ma, qoqshol kasalliklari ro‘yxatga olinmadi. 2002 yilda O‘zbekiston poliomielit virusidan xoli hududligi to‘g‘risida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining sertifikatiga ega bo‘ldi.2010-2011 yillarda Tojikistondagi vaziyatni hisobga olgan holda, 6 bosqichdan iborat poliomielitga qarshi milliy emlash kunlari o‘tkazildi. Bu tadbirlar davrida 20 milliondan ortiq 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar hamda Surxondaryo viloyatida 25 yoshgacha bo‘lgan shaxslar emlashdan o‘tkazildi.

Respublikadagi 53 ta tumanlararo OITS diagnostika laboratoriyalarida ta’mirlash ishlari bajarildi. OITSga qarshi kurash markazlari va tumanlararo OITS diagnostika laboratoriyasida davlat byudjeti hisobidan 7,5 milliard so‘mlik zamonaviy laboratoriya-diagnostika asbob-uskunalari o‘rnatilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 28 noyabrdagi “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1652-sonli qarori bilan sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish, tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini tubdan yangilash, zamonaviy tibbiy asbob uskunlarni o‘rnatish va yuqori darajali malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha bir qancha ishlarni amalga oshirish borasidagi vazifalar belgilab berildi.

2000-2011 yillarda davolash-profilaktika muassasalarini modernizatsiya qilish va eng zamonaviy laboratoriya, diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlashga 750 million AQSH dollaridan ortiq miqdorda byudjet mablag‘lari yo‘naltirildi va imtiyozli kreditlar hamda grantlar jalb etildi. Mustaqillik yillarida sog‘liqni saqlash sohasiga qilingan harajatlar 3,6 barobar o‘sdi va bu yalpi ichki mahsulotga nisbatan qariyb 4 foizni, Davlat byudjetida esa 15,7 foizdan ortiqni tashkil qilyapti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 28 noyabrdagi PQ-1652-sonli qaroriga asosan, respublika sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari: sog‘liqni saqlashning normativ-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish; aholiga, ayniqsa, qishloq joylarda, tibbiy-sanitariya yordami sifati va qulaylik darajasini oshirish; ixtisoslashtirilgan markazlar, shu jumladan, onkologik va sil kasalliklari muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish; shoshilinch va tez tibbiy yordam ko‘rsatish xizmati samaradorligi, xizmatlar tezkorligi va sifatini oshirish; ona va bola salomatligini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish; sog‘liqni saqlashning nodavlat sektori faoliyatini tartibga solish va tez tibbiy yordam ko‘rsatish xizmati samaradorligi, xizmatlar tezkorligi va sifatini oshirish.

Bugungi kunda mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, yurtimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan, har tomonlama yetuk shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. “Barkamol avlod yili” davlat dasturida aks etgan maqsad va vazifalar zamirida yagona g‘oya mujassam. Bu g‘oya, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, sog‘lom zurriyod, ya’ni jismoniy va ma’naviy yetuk avlodning shakllanishi, uning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan tizimni yaratish, yoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoyalash, ularning zamonaviy bilim va kasbga ega bo‘lishini, jamiyatimiz hayotida munosib o‘rin egallashini ta’minlashdan iborat.

Mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov yosh avlodning sog‘lig‘i haqida doimiy g‘amxo‘rlik qilmoqda. YOsh avlodni har tomonlama uyg‘un rivojlantirish, bolalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishning muhim omillaridan biri jismoniy tarbiya va sportdir. Ommaviy bolalar sportining rivojlanishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 oktyabrdagi “Bolalar sportini rivojlantirish fondining tuzilishi to‘g‘risida”gi 3154-sonli Farmoni va 2002 yil 31 oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish fondi faoliyatining tashkil etilishi to‘g‘risida”gi 374-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu hujjatlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi oldiga o‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga imkon beradigan bolalar sporti turlarining asosiy yo‘nalishlarini rivojlantirishning tibbiy ilmiy asoslarini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Mamlakatimizda ijtimoiy infratuzilmaning yana bir tarkibiy qismi bo‘lgan ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan uning me’yoriy-huquqiy asoslari quyidagi hujjatlarda belgilab berildi hamda ular bazasida eng muhim yo‘nalish va natijalar ijrosi ta’minlandi.

I. Ta’lim to‘g‘risidagi qonun (1992 yil 2 iyul). Mutaqil davlatimiz rahbariyati, eng avvalo, ishni ta’lim sohasidagi davlat siyosatining huquqiy asoslarini yaratishdan boshladi. Sobiq ittifoq tarkibiga kirgan respublikalar ichida birinchilardan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi 1992 yil 2 iyulda «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunini tasdiqladi. Bu dasturilamal hujjatda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta’lim tizimi, uning boshqaruv tarkibi, pedagog xodimlarning haq-huquqlari, burch va mas’uliyati aniq belgilab berildi. Binobarin, bu muhim davlat hujjatining qabul qilinishi ta’lim sohasida amalga oshiriladigan barcha islohotlarning muqaddimasi hamda huquqiy kafolati edi.

II. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992 yil 8 dekabr). Asosiy qonunimiz O‘zbekiston xalqining xohish-irodasidan kelib chiqib, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirgan holda, yoshlar ongiga singdirishning huquqiy asoslarini o‘zida ifoda etgan. Konstitutsiya barcha fuqarolar qatori yoshlarning huquq va erkinliklarini ta’minlashning kafolatlarini ham o‘zida aks ettiradi. Jumladan, uning 41-moddasida: «Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir», deb belgilab qo‘yilgani fikrimizning dalilidir. Haqiqatan ham, O‘zbekiston Respublikasi mustaqil, huquqiy demokratik, insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodidan qat’i nazar, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir.

Shuningdek, Prezidentimizning 1993 yil 29 dekabrdagi farmoniga binoan, oktyabr oyining birinchi yakshanbasi xalq ta’limi xodimlari kuni (kasb bayrami sifatida) belgilandi. 1996 yil 9 sentyabrdagi «Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi Farmonda esa yosh avlodni buyuk an’analarimizga, yuksak ma’naviy qadriyatlarimizga sodiqlik va yorug‘ kelajak egalari ekaniga qat’iy ishonch ruhida tarbiyalash maqsadida 1997 yildan boshlab, 1 oktyabr «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» – umumxalq bayrami hamda dam olish kuni deb e’lon qilindi.

III. «Ta’lim to‘g‘risida»gi (1997 yil 29 avgust) qonun (yangi tahriri) va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasidagi (1997 yilda 29 avgust) «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzusidagi nutqida 1991-1997 yillar davomida mamlakatimizda amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlarni tanqidiy baholadi. Sobiq ittifoq davrining oxirida 11 yillik o‘quv tizimiga o‘tdik. 11 yillik tizim tarkiban 3 qismga bo‘linadi: boshlang‘ich ta’lim – 4 yil, to‘liqsiz o‘rta ta’lim – 9 yil va nihoyat, 2 yillik to‘liq o‘rta ta’lim… Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko‘rgan shaxslar kerak… Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi.

Prezidentimiz 9-sinfni tugatayotganlarning keyingiyo‘li – taqdiri qanday bo‘lishi zarurligini puxta asoslab berdi. «Respublikamizda taxminan 5 million 200 ming maktab o‘quvchisidan 9-sinfni bitirayotganlar 450 ming nafar bolani tashkil qiladi… Ma’lumotlarga qaraganda, ularning 250 ming nafarga yaqini, ya’ni 55 foizi 10-sinfda o‘qishni davom ettirar ekan, taxminan 100 ming nafari hunar-texnika yoki maxsus o‘quv yurtlariga kirishi mumkin. Qolganlari esa - gap 100 ming nafar bolalarimiz haqida ketyapti – hisob-kitob bo‘yicha, umuman ko‘chada qolmoqda»1. SHu boisdan ham 1997 yil 29 avgustda bevosita prezidentimiz tashabbusi bilan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinganida katta ma’no bor. Qabul qilingan dasturga muvofiq, mamlakatimizda 9+3 sxemasi bo‘yicha 12 yillik umumiy majburiy bepul ta’lim tizimi joriy etildi.2.

IV. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 6 oktyabrdagi «Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi. Mavjud ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida ushbu farmon bilan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturni hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilandi.

O‘zbekistonda ta’lim respublika ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-madaniy hayotining eng muhim yo‘nalishidir. Ta’limning huquqiy asoslari mamlakatimiz Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o‘z aksini topgan.

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari bo‘lgan shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarishdan iborat bir butun tizim yuzaga keldi.

Bundan 15 yil oldin qabul qilingan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi deb nom olgan Ta’lim sohasini isloh qilish dasturi mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning bosqichma-bosqich va tadrijiy rivojlanish printsipiga asoslangan iqtisodiy va siyosiy islohotlarning biz tanlagan «o‘zbek modeli» - o‘z taraqqiyot yo‘limizning tarkibiy qismidir… Bu dastur hayotda o‘z fikriga, o‘zining qarashlari va qat’iy fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, har tomonlama yetuk va mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo‘ydi3.

V. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi «Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to‘g‘risida»gi 77-qarori. Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi «O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 204-qaroriga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 60 kishidan iborat O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (Markaz) tashkil etildi. 1998 yilda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari dastlab tajriba tariqasida faoliyat boshladi. Akademik litseylarga barcha (9-sinf) bitiruvchilarning taxminan 10-15 foizi tanlov asosida qabul qilindi.

Kasb-hunar kollejlari uchun yuqori malakali pedagog va pedagog-muhandislar tayyorlash bo‘yicha 3 ta otaliq zona (mintaqaviy) bo‘yicha tegishli oliy o‘quv yurtlari biriktirildi: 1) Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti; 2) Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti; 3) Namangan muhandislik-pedagogik institutlarida kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amaliy ijrosiga, shuningdek, bakalavr va magistr kadrlar tayyorlash masalasiga bag‘ishlangan O‘zbekiston Prezidentining o‘ndan ortiq farmon va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi. Xususan, 2004 yil 19 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2004-2008 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish dasturini tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishi, 2004 yil 21 mayda «2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirishning davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida»gi farmonining qabul qilinishi milliy ta’lim rivojida yangi tarixiy bosqichni boshlab berdi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturining ijrosi amalda nihoyasiga yetkazildi. 9 yillik umumta’lim maktab bosqichini va 3 yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bosqichini o‘z ichiga olgan uzluksiz yaxlit ta’lim tizimi yaratildi. Bir so‘z bilan aytganda, farzandlarimizga umumiy ta’lim bilan birga, zamonaviy kasb-hunarga ega bo‘lish imkonini beradigan 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tish yakunlanmoqda. O‘zbekistonda 12 yillik ta’lim barcha uchun majburiy ekani qonunlarimizda belgilab qo‘yilgan. 12 yillik majburiy ta’limdan so‘ng yoshlarning har biri, o‘z xohishiga ko‘ra, bakalavr va magistr darajasini olish uchun oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirishi mumkin.

Mazkur huquqiy hujjatlarda, birinchidan, yangi ta’lim tizimi, ikkinchidan, yangi avlod kadrlarini tayyorlashda ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar, yangi kasb sohalarining paydo bo‘lgani va ularning O‘zbekiston sharoiti, ahamiyati bilan bog‘liq jihatlari, uchinchidan, bunda har bir viloyat, hudud va mintaqaning xususiyatlarini hisobga olish tajribasining afzalliklari, to‘rtinchidan, mamlakatimizning oliy ta’lim sohasidagi 71 ta muassasasi tayyorlab beradigan yangi avlod kadrlari, ularning umumiy va o‘ziga xos jihatlariga e’tibor qaratildi.

VI. 2002 yil 24 oktyabrdagi «O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida»gi va 2004 yil 29 avgustdagi «O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonlari bolalar sportini rivojlantirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

VII. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 1 martdagi “Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 100-sonli Qarori e’lon qilindi.

VIII. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2004 yil 19 fevraldagi 2004-2008 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish dasturini tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoyishiga binoan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan 2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi ishlab chiqildi va 2004 yil 9 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlandi.

IX. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona xizmati bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda elektron kutubxonani shakllantirish, axborot almashinuvining zamonaviy shakllariga bosqichma-bosqich o‘tishda muhim dasturil amal bo‘ldi.

X. Prezidentimizning 2008 yil 1 apreldagi “Real iqtisodiyotning soha va tarmoqlari talablariga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishi asosida amalga oshirilgan ishlar natijasida 2009-2010 o‘quv yilining o‘zida hududlardagi 118 ta kasb-hunar kollejida 62 ta ixtisoslik bo‘yicha kichik mutaxassislar tayyorlash to‘xtatilib, talab katta bo‘lgan 90 ta mutaxassislik bo‘yicha yangidan kadrlar tayyorlashga kirishildi. 34 ta kasb-hunar kollejining ixtisosligi o‘zgartirildi. Ushbu chora-tadbirlar tufayli bitiruvchilarning barchasi ish bilan ta’minlandi.

XI. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Barkamol avlod yili Davlat dasturi to‘g‘risida»gi 2010 yil 27 yanvardagi qarori qabul qilindi va uni amalga oshirish uchun 11 ta ustuvor yo‘nalish va vazifa belgilab berildi. O‘zbekistonda aholining qariyb 35 foizini 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 62 foizdan ziyodini esa 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etishini hisobga oladigan bo‘lsak, bu islohotlarning roli va ahamiyati o‘z-o‘zidan tushunarli va ravshan bo‘ladi.4

XII. 2010 yil 2 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1426-sonli qarori qabul qilindi. Natijada 2010 yilning 1 dekabridan oliy o‘quv yurtlaridagi 2 va 3-kurs aspirantlar stajyorlik-tadqiqotchi-izlanuvchi va barcha doktorantlar katta ilmiy xodim-izlanuvchi lavozimiga o‘tkazildi. Shu asosda 2011 yil 1 yanvardan boshlab stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarning maoshlari stajyor-tadqiqotchilarning bazaviy lavozim maoshlariga, katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning maoshlari esa fan nomzodi ilmiy darajasiga ega ilmiy xodimlarning bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtirildi.

XIII. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha byudjetdan tashqari jamg‘armani tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori (2010 yil 10 noyabr, PQ-1432-son)ga asosan Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi tashkil etildi.

XIV. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 mayda “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi va u o‘z mohiyatiga ko‘ra, oliy ta’lim tizimidagi islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi.

Bu qaror oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‘quv va ilmiy-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini maqbullashtirish, ta’lim standartlarini takomillashtirish hisobidan ta’lim jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va o‘qitish shakllarini joriy etish, o‘qituvchi kadrlar mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish asosida iqtisodiyot soha va tarmoqlarida talab qilinadigan oliy ma’lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashga qaratilgan.

Dasturda yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor berilgan. Bu yo‘nalishda chora-tadbirlar majmui ishlab chiqilgan bo‘lib, unda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni maqbullashtirish hamda davlat ta’lim standartlari (DTS)ni yanada takomillashtirish nazarda tutilgan. SHunga ko‘ra, mazmuni bo‘yicha turdosh mutaxassisliklarni qo‘shib yuborish, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy sohalarda ehtiyoj qolmagan mutaxassisiliklarni yopish hisobidan 2016 yilga qadar oliy talim bakalavriat bosqichi yo‘nalishlarining soni 228 tadan 165 taga, magistratura bosqichining mutaxassisliklari esa 1200 tadan 500 taga kamaytirildi.

Dastur ijrosi doirasida injiniring, ishlab chiqarish va qurilish sohalari bo‘yicha qabul kvotasi bosqichma-bosqich oshirilib, bu yo‘nalishlarda ta’lim olayotgan talabalarning umumiy soni amaldagi 23 foizdan 2015-2016 o‘quv yilida 36 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bu yo‘nalishlarga ajratilgan davlat granti o‘rinlari esa o‘rtacha 5-10 foizga ko‘payadi. SHunga teng ravishda “ta’lim” “iqtisodiyot va biznes”, “huquq” hamda ijtimoiy-gumanitar sohalarga tegishli ta’lim yo‘nalishlarida qabul kvotasi va grant o‘rinlari, aksincha, kamayishi kutilmoqda.



Yuksak taraqqiyotni ta’minlashda «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining barkamol avlod tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyatini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin:

  1. Milliy dasturning amalga oshirilishi jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsata boshladi.

  2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarish jarayonida shaxsning jamiyatdagi o‘z o‘rnini belgilab olishi faollashmoqda.

  3. Ta’limning milliy modelini amalga oshirish jamiyatda erkin fikrlaydigan shaxsning shakllanishiga olib kelmoqda.

  4. Kadrlar tayyorlashning milliy modeli jamiyatning potentsial imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish omili sifatida katta ahamiyat kasb etmoqda.

  5. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uning modelini amalga oshirish milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya jarayonini zamonaviy bosqichga ko‘tarishga qaratilgan bo‘lib, bu esa o‘z navbatida fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda.

  6. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amaliyotga tatbiq etish O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

  7. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillariga hamohang bo‘lib, ularning har ikkalasi barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgandir.

  8. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirilishi Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini to‘la ta’minlashga xizmat qiladi.

  9. Mamlakatimizda ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ta’lim ishlarining samarali shakllari hamda uslublari ishlab chiqilib, joriy etilmoqda.

  10. Ta’lim va kadrlar tayyorlash borasida ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish, akkreditatsiya qilishning samarali tizimi yuzaga keldi.

  11. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda ta’limning talab darajasidagi sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amaliy samarasi va barqaror rivojlanishining kafolatlari, ustuvor yo‘nalishlarini ta’minlaydigan normativ, moddiy-texnik va axborot bazasi yaratildi.

  12. Uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan, chet el investitsiyalari jalb etilmoqda.

  13. Kadrlar tayyorlash sohasida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik rivojlanmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda 2012 yil 16-17 fevral kunlari o‘tkazilgan “YUksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusidagi xalqaro konferentsiyada Yurtboshimizning O‘zbekistonda Ta’lim sohasini isloh qilish, yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan dasturning asosiy maqsad va vazifalari, mazmun-mohiyati qisqacha bayon etilgan nutqi xalqaro konferentsiya ishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Xulosa qilib shuni e’tirof etish kerakki, mamlakatimizda qabul qilingan barcha ijtimoiy dasturlar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligini ta’minlashga qaratilgan. “Barkamol avlod yili” munosabati bilan qabul qilingan Davlat dasturi ham mazmun-mohiyati va ahamiyatiga ko‘ra, davlatimizning yuksak maqsadlarga erishishining ishonchli kafolati bo‘lib, o‘z mustaqil fikriga ega, mustahkam irodali, chuqur bilimli, hech kimdan kam bo‘lmagan barkamol avlodni voyaga yetkazish yo‘lida dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mustaqillik yillarida «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997) asosida uzluksiz ta’lim tizimining eng muhim quyidagi yo‘nalishlari hayotga tatbiq etildi:



  1. maktabgacha ta’lim.

  2. umumiy o‘rta ta’lim.

  3. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi.

  4. oliy ta’lim.

  5. oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim.

  6. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.

  7. Maktabdan tashqari ta’lim.

Tizimda mehnat qilayotgan pedagoglar soni va ularning ma’lumoti bo‘yicha ushbu raqamlarga e’tibor bering.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi intellektual jihatdan yuksak salohiyatli avlodni kamol toptirishga xizmat qilmoqda.




Download 2.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
matematika fakulteti
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
bilan ishlash
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
Navoiy davlat
Buxoro davlat
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti