Termiz davlat universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 2.52 Mb.
bet12/20
Sana18.01.2017
Hajmi2.52 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. -T: «O‘zbekiston», 2009

2. Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. -T. «O‘zbekiston», 1995

3. Хodiyev B.Yu., Bekmurodov A.Sh., G‘ofurov U.V., To‘хliyev B.K. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli asarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. -T.: Iqtisodiyot, 2009

4. Nurmatov N.J. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimiz qishloq infratuzilmasining rivojlantirilishi. Toshkent, «Meriyus», 2010

5. Salimov B.T., O‘raqov N.I. Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi iqtisodiyoti. -T. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004

9-Mavzu: Bozor infratuzilmasida auditorlik faoliyatining o’rni va ahamiyati.

Reja:


1. Auditorlik faoliyatining mohiyati va ahamiyati.

2. Auditorlik faoliyatining turlari.

3. Mamlakatimizda auditorlik faoliyatini paydo bo’lishi va rivojlanishi.

1. Auditorlik faoliyatining mohiyati va ahamiyati.
Kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida ham hisob tizimiga talab mavjud bo‘lgan. Chunki hisob tizimi insoniyat uchun zarur bo‘lgan iste’mol buyumlari, kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqalarni ishlab chiqarish, taqsimlashni hisobga olish demakdir. Har bir jamiyatning ham asosiy maqsadi zaruriy buyumlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlashdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun kishilar ijtimoiy hayotida sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarni kuzatish, jamiyatda mavjud bo‘lgan mehnat buyumlari, mehnat qurollarini hamda mehnat jarayonlarini hisobga olib borish zarur bo‘ladi. Xuddi shu vazifani hisob tizimi bajaradi.

Tovar ayirboshlash davrida hisob tizimi ahamiyati ko‘payadi, chunki tovar ayirboshlash uchun umumiy ekvivalent talab etiladi. Umumiy ekvivalentga esa faqat hisob-kitobni tahlil etish, to‘g‘ri yurgizish orqaligina ega bo‘lish mumkin. Ishlab chiqarish kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonining o‘sishi natijasida xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qilish murakkablashgan va moddiy ishlab chiqarish asosida vujudga kelgan hisob tizimi ahamiyati oshgan, jamiyat hamma sohalarida mulklarni hisobga olish borasidagi, iqtisodiy faoliyatini boshqarishdagi roli oshib borgan. Iqtisodiy faoliyatni boshqarish hisob tizimi orqali olingan ma’lumotlar asosida olib boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinib, shular asosida boshqariladi.

Hisob tizimining bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq quyidagi uch turi mavjud:

a) tezkor hisob. Bu hisob iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, korxona, muassasa, tashkilotlarning ayrim bir bo‘linmalarida sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlari haqida zaruriy ma’lumot va ko‘rsatkichlarni joriy kuzatish va nazorat etish orqali tegishli joylarga yetkazish va bu ma’lumotlardan tegishli maqsadlarda foydalanish imkonini beradi. Bu hisobda hamma aloqa vositalaridan (telefon, telegraf, og‘zaki yoki hujjatlardan) foydalaniladi. Tezkor hisobning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri ma’lumotning tezda yig‘ilishi va tezda yetkazilishidir. Masalan, tovar zahiralari miqdori, xodimlarning ishga kelgan yoki kelmaganligi, mehnat haqi berilgani, mol yetkazib beruvchilardan tovarlar kelganligi, sotilgan tovardan kelgan tushum va hokazolar haqidagi tezkor ma’lumotlar.

b) statistik hisob. Ushbu hisobning mohiyati ma’lum bir vaqtda iqtisodiyot tarmoqlari hamda alohida olingan bir korxona, tashkilot, muassasalar ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini miqdoriy ifodalashdir. Statistik hisob xo‘jalik faoliyatining bir turdagi ommaviy hodisalarini: mahsulot ishlab chiqarish, mehnat unumdorligi o‘sishi, tannarxni pasaytirish, rejaning bajarilishi, shu bilan birga ijtimoiy - iqtisodiy hodisalarni, ya’ni aholi sonining o‘zgarishi, madaniyat, sog‘liqni saqlash ishlarining borishi va boshqalarni o‘rganadi, hamda nazorat qiladi. Statistik hisobda muayyan usullardan, ya’ni statistik kuzatish, statistik guruhlash, o‘rtacha miqdorlar, tanlab o‘rganish va hakozolardan foydalaniladi. Statistik hisobda tezkor hisob va buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalaniladi.

d) buxgalteriya hisobi. Buxgalteriya hisobida korxona, muassasa, tashkilot va birlashmalarning xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalari hamda ular harakati natijasida sodir bo‘ladigan xo‘jalik jarayonlarini uzluksiz va yoppasiga kuzatib, kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarning hammasini o‘lchash, baholash va tekshirish, ularni hujjatlarda to‘liq ifodalab aks ettirish hamda ularni pul o‘lchovida umumlashtirishdan iborat.

Buxgalteriya hisobi - iqtisodiy fanlardan biri bo‘lib, uning nazariyasi buxgalteriya hisobini tashkil etish texnikasi, predmeti va usulini o‘rgatadi. Bu fan iqtisodiyot tarmoqlarida buxgalteriya hisobini yuritish usullarini o‘rganib, umumlashtirib, uning ilg‘or usullarini joriy etish bilan shug‘ullanadi. Shu bilan birga bu fan boshqa mamlakatlarda buxgalteriya hisobini yuritish usullarining ilg‘or shakllarini iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish yo‘llarini aniqlab, amaliyotga joriy etishga tavsiya etadi.

Hisob tizimi asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi:

a) tarmoq, korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlarini kuzatib borish;

b) kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatkichlarda ifodalash;

d) korxona, tashkilot, muassasa xo‘jalik faoliyatlarini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd etish;

e) maxsus hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlashtirish, xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatish va ularga ta’sir etish.

Hisob tizimining yuqoridagi funksiyalari ayrim korxona, muassasa va tashkilot hamda umuman butun xalq xo‘jaligining iqtisodiy jihatdan asoslangan joriy va kelgusidagi reja ko‘rsatkichlarini tuzishda, ular bajarilishining ustidan nazorat olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Audit – korxonalarning moliyaviy va xo‘jalik faoliyatining qonuniyligini, O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy hujjatlariga hamda buxgalteriya hisobi yoki boshqa moliyaviy hisobot yuritish talablariga mos kelishi, realligi va to‘liqligini aniqlash maqsadida xolis, mustaqil tekshirishni amalga oshirish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatidir. Auditorlik firmalari tekshirish davomida quyidagilarni tahlil qiladi: korxonada buxgalteriya hisobining yuritilishi va uning belgilangan talablarga mos kelishi, buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining haqiqiy holatga mos kelishi, moliya-xo‘jalik faoliyatining amal qilayotgan qonunlarga, ta’sis va boshqa hujjatlarga mos kelishi, korxonadagi haqiqiy moliyaviy holat, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, foydalanilmayotgan imkoniyatlar va hokazo. Auditorlik tekshiruvi jarayonida korxonalar auditorlar tomonidan talab etilgan barcha buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini taqdim etishi, kassadagi naqd pul, tovarlar, asosiy vositalar va korxonaning boshqa vositalarini inventarizatsiya qilishga sharoit yaratib berishlari lozim. Auditorlar tekshirish natijalari bo‘yicha auditorlik xulosasini beradilar.

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xo‘jalik subyektlari o‘z faoliyatini vaqti-vaqti bilan auditorlik tekshiruvidan o‘tkazib turishga harakat qiladilar. Chunki ularda auditorlik firmalari tomonidan berilgan ijobiy auditorlik xulosasining mavjud bo‘lishi hamkorlari sonining ko‘payishiga turtki beradi. Bundan tashqari o‘z faoliyatidagi mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va uni bartaraf etishda ham xolislik asosida faoliyat yurituvchi auditorlar muhim ahamiyatga ega.

Auditorlik tekshiruvi muvaffaqiyatsizlik xatarini kamaytirish uchun auditorlar va auditorlik firmalari o‘z imkoniyatidan kelib chiqib mijozni ishonchli baholash kriteriyasiga ega bo‘lishi kerak. Mijozni muvaffaqiyatsiz tanlash esa muhim moliyaviy va ma’naviy yo‘qotishlarga olib kelishi hamda firmaning va auditorning obro‘siga ziyon yetkazishi mumkin.

Auditorlik firmalari mijozlarni tanlashdagi asosiy bosqichlar quyidagilardan iborat:

-tarmoq xarakterini baholash;.

-auditorlik tekshiruvi maqsadini aniqlash;

-rahbarlarning xususiyatlarini oydinlashtirish;

-auditning sermehnatliligini va qiyinligini oldindan baholash;

-audit natijalari to‘g‘risidagi oldingi auditor xulosalarining sharhlari bilan tanishishi;

-mijozning soliq organlari, banklar, hamkorlar, aksionerlar bilan o‘zaro munosabatlari xarakteri va muammolarni aniqlash;

-tavsiyalar olish (boshqa tashkilotlardan, mutaxassislardan);

-hisobotni analitik tekshirish;

-mijozning buxgalteriya hisobi va hisobotlarning holati, hamda joriy va kelgusi davr muammolari bilan dastlabki tanishuvi;

-auditorlik firmasi yoki auditorning ish bajarish bo‘yicha o‘z qobiliyatining zarur xodimlari mavjudligi va mijoz tarmog‘ini bilishi nuqtai nazaridan baholash lozim.

Agar yuqoridagi bosqichlar auditning yuqori xatari bilan bog‘liq bo‘lsa yoki auditor uchun vazifa juda murakkab bo‘lgan hollarda mijoz xizmat ko‘rsatishga qabul qilinmaydi.


2. Auditorlik faoliyatining turlari.
Auditorlik tekshiruvi jarayonida mijoz va auditorning o‘zaro munosabati bo‘yicha quyidagi tiplarga bo‘linadi:

a) rasmiy. Bu tipdagi mijozlar auditor bilan yaqin aloqalar o‘rnatmaydilar va auditorlik tekshiruvini iloji boricha tezroq o‘tkazishni talab qiladilar. Bunday hollarda auditordan auditorlik xulosasini mijoz uchun kam vaqt va kam moddiy xarajatlar bilan tayyorlab berish talab etiladi;

b) norasmiy. Bu tipdagi mijozlar auditorlar bilan yaqin
aloqa o‘rnatadi va uning yordamiga ishonadi. Bunday hollarda esa tashqi auditor o‘zining asosiy ishini bajarib, o‘zini mustaqilligini saqlagan holda bir qator xizmatlar ko‘rsatadi, ya’ni maslahatlar, tahlil, amaliy yordam ko‘rsatish va hokazo.

Mijoz va auditor o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni belgilovchi qo‘shimcha hujjat - bu auditor o‘z mijoziga yuboruvchi audit tekshiruvini o‘tkazishga rozilik xati.

Xatning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:

- auditor obyektini ta’riflash (buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlar) va ularning hajmlarini aniqlash (tekshiruvning mazmuni va muddati);

- ko‘rsatilgan ma’lumotlarning aniqligi uchun mijozning majburiyati;

- me’yoriy hujjatlarga asoslangan holda audit chegaralarini aniqlash;

- xulosa turi, hisobdagi muhim kamchiliklar va xatolar tavakkalchiligini ichki nazorat tizimini mukammal emasligi sababli aniqlash;

- auditda o‘tkaziladigan hamma sintetik va analitik hisob yozuvlariga hamda barcha hujjatlardan erkin foydalanish;

- auditorning tijorat sirini saqlash bo‘yicha mas’uliyati.

Audit o‘tkazish bo‘yicha shartnoma tadbirkorlik jamiyatida qo‘llaniladigan shartnomalar kabi mijoz va auditorning o‘zaro munosabatini aniqlovchi rasmiy hujjatdir. Ammo bu shartnomaning boshqalardan farqi shundan iboratki, unda uchinchi shaxslarning qiziqishini ham e’tiborga olishadi. Audit o‘tkazish bo‘yicha shartnoma qanchalik aniq tuzilgan bo‘lsa mijoz va auditor o‘rtasidagi o‘zaro munosabat shunchalik qarama-qarshiliksiz bo‘ladi.

Korxona to‘g‘risidagi umumiy axborot hisobotlarining haqiqiyligi haqida asoslangan xulosaga kelish uchun zarur. Xususan, korxonaning faoliyat va tarmoq xususiyatlarini, ularning tashkiliy tuzilishini, ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqa aloqalarini aniqlash, yuridik majburiyatlari bilan tanishish kerak.

Korxona haqidagi axborotning asosiy manbalari:

- boshqaruv xodimlari bilan muhokamalar, yuqori rahbarlar va ijrochi xodimlar bilan uchrashuvlar, ya’ni hisob yurgizish bilan bevosita band bo‘lmagan xodimlar bilan suhbatlar axborotni birinchi kun olish imkonini beradi;

-asosiy bo‘limlarni, ishlab chiqarish birliklarini,


omborlarini ko‘rish, bu o‘z navbatida aktivlarni saqlash va
ishlab chiqarish sharoitlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish
imkoniyatini yaratadi;

- ichki va tashqi hisobotlar (moliyaviy hisobot shakllari).

Auditor mijozning tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillarni aniqlashi shart.

Tashqi omillarga makroiqtisodiyot va tarmoq omillari kiradi.

Makroiqtisodiy omillar:

- asosiy faoliyat (o‘sish, pasayish), xalqaro savdo, tarif tusiqlari, soliqqa tortishdagi o‘zgarishlar, chet el bozorlariga bog‘liklik valyuta kursini tebranishi, tashqi nazorat tizimi, davlat siyosatini o‘zgarishi, foiz stavkalarini korxona barqarorligiga ta’siri, iste’molchi likvidligiga ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy omillar, qimmatli qog‘ozlar indeksini o‘zgarishi va mulkchilik bozorini rivojlanishi.

Tarmoq omillari:

- tartibga solish muhiti (yangi yoki kutilayotgan qonunchilik dalolatnomalari, masalan baholar ustidan yoki atrof muhitning ifloslanishi nazorati);

- iqtisodiy sharoitlar (tarmoqni qiskartirishi yoki kengayishi, yuqori tavakkalchilikli tarmoqlarni vujudga kelishi, jiddiy baxo raqobati, faoliyat o‘zluksizligi va mavsusmiyligi);

- mehnat (mehnat muammolari, oddiy bo‘lmagan mehnat siyosati, tarmoq buylab ishsizlik, tarmoq buyicha ish xaqi darajasi, ma’lum kasb xodimlari etishmasligi, malakasi).

Mijoz faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish omillari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

a) umumiy masalalar:

- korxona tarixi, biznes tarkibi, ishlab chiqarish faoliyati turlari, biznesning tezda kengayishi, mavjud va ehtimoli bor kelishmovchiliklar, korxona rahbariyatining o‘z korxonasi va tarmoq haqidagi fikri, rahbariyatning rivojlanish natijalari va tendensiyalari haqidagi fikri, rahbariyatning asosiy yumushlari, audit o‘tkazishni kutishlari.

b) mulkchilik:

- mijoz mulkining xususiyatlari, mijoz aksiyalarining kursi, mijoz aksiyalari bilan odatdagi bo‘lmagan savdo operatsiyalari.

d) faoliyatning asosiy strategiyasi:

- rejadagi yoki muljaldagi xaridlar, ishlab chiqarishdagi
kutilayotgan o‘zgarishlar, kapital quyilmalar, rejadagi bozorni
kengaytirish, soliqlarni rejalashtirish.

e) direktorlar kengashi va yuqori boshqaruv xodimlari:

- boshqruv xizmatining mustaqillik darajasi, kengash majlislarini o‘tkazish tezligi, ijrochilarning noqonuniy harakatlarni amalga oshirishiga majbur qilish, boshqaruv xodimlarning ish haqiga ta’sir qiluvchi omillar.

f) operatsiyalar:

- mijoz mahsuloti va xizmatidan asosiy foydalanuvchilar, mahsulot ishlab chiqarish bosqichlari va usullari hamda u bilan bog‘lik bo‘lgan tavakkalchiliklar, ishlab chiqarish quvvatlarining xarakteri va joylashishi, markazlashtirilmagan jarayonlarni markaziy apparat tomonidan nazorat darajasi, ishlab chiqarish tannarxi omillari, mol yetkazib beruvchilardan qarz olish imkoniyati, mol yetkazib beruvchilarning holati, ishlab chiqarish quvvati, ishlab chiqarishning texnik muammolari, ishlab chiqarish uzluksizligining davomiyligi va egiluvchanligi.

g) moliya:

- pul mablag‘lari oqimlarining davomiyligi, investitsiya siyosati va protseduralari, foyda darajasi, asosiy bank operatsiyalari, lizingdan foydalanish, kafolatlar va boshqa to‘lovlar hamda majburiyatlar.

h) marketing:

- asosiy xaridorlar va bozorlar, ma’lum xaridorlarga suyanish, loyihalar va operatsiyalar, xaridorlarning moliyaviy holati, muhim raqiblar va mijozning bozordagi holati, bozorning stabilligi va mavsumiy tendensiyalar, mahsulotning buzilishi, ikkilanuvchi imkoniyatlarga ega bo‘lgan yangi mahsulot turi, xaridorlarning ba’zilarini afzal ko‘rish, reklama va uning samaradorligi, marketing natijalari darajasi.

i) xodimlar:

- asosiy xodimlarning malakasi, tajribasi, xizmatchilarni ishga qabul qilish siyosati, xizmatchilarning ish haqi va mukofotlari, foydani taqsimlash, xodimga nisbatan boshqaruv rejalari, kadrlarning tez-tez o‘zgarishi.

Avvalombor auditor mijozning yuridik xizmatlari nizomi, qayd etish hujjatlari, direktorlar kengashi va aksiyadorlar yig‘ilishi majlisi qarorlari bilan tanishishi kerak. Bu orqali auditor quyidagi masalalar yechimini topishi mumkin:

- olingan foydaning taqsimlanishi;

- e’lon qilingan dividendlar;

- yutuqlar to‘lash;

- imzolangan shartnomalar va kelishuvlar;

- mulk xarid qilish;

- muddatli qarzlar, kafolatlar berilishi;

- imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar.

Dastlabki rejalashtirish jarayonida auditor mijoz bilan hamkorlik qilishning maqsadga muvofiqligi masalasini hal qilish kerak; mijozni auditor xizmatiga muxtojligi sabablarini aniqlash lozim, tekshiruv amalga oshish uchun shtatni shakllantirish hamda mijoz bilan shartnoma to‘zishi zarur.

Auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda muddat muammosi borligi sababli korxonaning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini to‘lik tekshirish imkoniyati yo‘q. Shuning uchun tekshiruvni amalga oshirishda mijozning individual xususiyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir.

Auditorlik tekshiruvi strategiyasi reja ko‘rinishiga ega bo‘lishi va auditor tomonidan yozma holda tayyorlanishi kerak. Bu rejaning maqsadi quyidagilardan iborat:

- zarur testlarning hajmini va tipini dastlab aniqlash;

- ularni o‘tkazish buyicha baholash;

- tekshiruvni boshlashdan oldin mijoz bilan hamma savollar buyicha o‘zaro kelishishi;

- audit o‘tkazishda asoslangan dalillarga ega bo‘lish lozim.

Audit rejasi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

- dastlabki rejalashtirish;

- umumiy axborotni to‘plash;

- materiallarni baholash;

- auditorlik tavakkalchiligini baholash;

- ichki nazorat tizimini baholash.

Auditorlik tekshiruvining samaradorligi uni rejalashtirish bosqichida baholanishi zarur.

Ichki nazorat tizimini (INT) baholash audit masshtabini baholash va rejalashtirish uchun zarur. Aniq tashqil qilingan ichki nazorat tizimi ichki va tashqi audit o‘tkazishda auditorlik xatarini kamaytiradi. Agarda INT auditor tomonidan samarali deb baholansa, tekshiruv xajmini kamayishi yoki ba’zi hollarda umuman o‘tkazmaslik imkonini beradi.

Ichki nazorat tizimi quyidagilarning mavjud bo‘lishini talab etadi:

a) ma’lum huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan kompetent (omilkor) va ishonchli xodim. Bu INTning eng muhim elementidir. Agarda xodim ma’lum talablarga javob bermasa, butun tizim samarasiz bo‘ladi. Shuning uchun auditor o‘z mulohazasini subyektivligiga qaramasdan, xodimlarni omilkor va halolligini aniqlashi zarur;

b) ma’lum majburiyatlarning taqsimlanishi xiyonat va o‘g‘riliklarning oldini olish uchun majburiyatlar quyidagicha taqsimlanishi kerak:

- aktivlarni saqlash va ularning hisobi bo‘yicha;

- bitimlarni amalga oshirish bo‘yicha;

- hisob bo‘yicha, ya’ni agarda bir kishi hamma hisob vazifalarini bajarsa, (operatsiyalarni qayd qilishdan boshlab, to balans tuzishgacha) xatoliklarga yo‘l qo‘yish ehtimoli ortadi;

d) operatsiyalarni amalga oshirishda zarur protseduralarga rioya qilish. Operatsiyalarni amalga oshirishda ijrochilarning ma’lum qarorlari barcha shakldagi talablarni hamda operatsiyalarning hisobi bo‘yicha talablarni bajarishi kerak;

e) hujjatlarni saqlash bo‘yicha nazorat. Barcha hujjatlardagi yozuvlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

- qidirishni yengillashtirish uchun ketma-ket raqamlanishi;

- operatsiyalar amalga oshirilgan vaqtda yoki darhol undan keyin tuzilishi;

- yetarli, sodda va aniq tuzilishi.

f) aktivlar va hujjatlar ustidan haqiqatdagi nazorat. Moddiy javobgar shaxslar tomonidan moddiy aktivlarni va hujjatlarning haqiqatda tekshirishni matematik ravishda amalga oshirish;

g) majburiyatlarning bajarilishini mustaqil tekshirish. Bu ichki auditning funksiyalaridan biridir.

Ichki nazorat tizimini yaratish quyidagi maqsadlarni ko‘zda tutadi:

- ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash;

- aktivlar va yozuvlarni saqlash;

- INT qonuniy xujjatlarga va me’yorlarga mos kelishini ta’minlash;

- audit o‘tkazish xarajatlarini qisqartirish.

Xalqaro auditorlik amaliyotida auditorlik tekshiruviga u yoki bu sohadagi ekspertlar taklif qilinadilar. Ekspertlar bu buxgalteriya hisobi va auditdan farqli o‘laroq bo‘lgan sohalarda bilim va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassisdir. Ekspertlar quyidagi savollar bo‘yicha o‘z fikrini bildirishi mumkin:

- asosiy vositalarni baholash;

- uzoq muddatli shartnomalar bo‘yicha ishlarni baholash;
tovar moddiy qiymatliklarning soni va tarkibini baholash;

- foydali qazilma zahiralarini geologik aniqlash va ularni xarakteristikasi;

- bitilgan shartnomalar, yuridik maslaxatlar va sud jarayonlari va boshqalar.

Auditorlikga ekspert sifatida mulkni baholovchi, yurist, geolog, injener kabi jismoniy va yuridik shaxslar taklif qilinishi mumkin. Ekspert uning malakasini ko‘rsatuvchi diplom yoki litsenziyaga ega bo‘lishi kerak. U mijoz bilan hech qanday qarindoshlik yoki moliyaviy munosabatlarga ega bo‘lishi mumkin emas. Tekshiruvga ekspertlarni jalb etish auditorning auditorlik xulosasi uchun mas’uliyatni kamaytiradi.

Hisob-kitob kliring tashkiloti (HKT) - qimmatli qog‘ozlar bilan tuziladigan bitimlar bo‘yicha hisob-kitob kliring operatsiyalarini amalga oshiruvchi investitsiya muassasasidir. Kliring - bu qimmatli qog‘ozlar bilan tuzilgan bitimlar va ijro etish uchun bitimga taalluuqli axborotni yig‘ish, taqqoslash, tuzatish hamda buxgalterlik hujjatlarini tayyorlashga doir operatsiyalarning bajarilishini nazarda tutuvchi o‘zaro majburiyatlarni belgilash, aniqlash va hisobga olish bo‘yicha amalga oshiriladigan faoliyat hisoblanadi.

Hisob-kitob kliring tashkilotlari qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarning o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishini ta’minlash, ularning oborotini tezlashtirish, bitimlar tuzishda to‘lovlarning kechiktirilishi hamda to‘lanmaslikning oldini olish, tuzilgan bitimlarning natijalarini tezkorlik bilan umumlashtirish va qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarini fond bozori konyunkturasining joriy ahvoli haqida xabordor qilib turish maqsadida tashkil etiladi.

O‘zbekistonda hisob-kitob kliring tashkilotlari istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda barpo etilishi mumkin. Hisob-kitob kliring faoliyatini amalga oshiruvchi investitsiya muassasasi ushbu faoliyatni qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatning boshqa turlari bilan birga olib borish huquqiga ega emas, qimmatli qog‘ozlarning nominal egasi sifatidagi faoliyat bundan mustasno.

Kliringning vazafalari quyidagilardan iborat:

- bitimga doir axborotni yig‘ish, taqqoslash, tuzatish bo‘yicha operatsiyalarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi o‘zaro majburiyatlarni belgilash, aniqlash, hisobga olish;

- bitim yakunlari bo‘yicha pul mablag‘larini o‘tkazish va qimmatli qog‘ozlarni yetkazib berish uchun asos bo‘luvchi hujjatlarni tuzish hamda ularni ijro uchun jo‘natish;

- pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha majburiyatlarning bir vaqtning o‘zida bajarilishini, ya’ni "to‘lovga qarshi yetkazib berish" tamoyiliga rioya etilishini nazorat qilish, shu jumladan, tuzilgan va ijro uchun yuborilgan hisob-kitob hujjatlarining harakatini nazorat qilish;

- tuzilgan bitim bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini
nazorat qilish;

- savdolar ishtirokchilari tomonidan qimmatli qog‘ozlar oldi-


sotdisini amalga oshirish uchun kiritiladigan pul mablag‘lari va
qimmatli qog‘ozlarni deponentlashga qabul qilish;

- savdolar tashkilotchilari (fond birjalari, fond boyliklari bilan birjadan tashqari savdo-sotiqni tashkil etuvchi muassasalar)ga savdo ishtirokchilarining deponentlangan qimmatli qog‘ozlari va pul mablag‘lari haqidagi axborotni taqdim etish;

- hisob-kitob kliring tashkilotlarining a’zolari uchun zahira fondidan mablag‘larni shartnoma asosida berish yo‘li bilan bitimlarning kafolatli ijro etilishini ta’minlash.

Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarni amalga oshirish uchun hisob-kitob-kliring tashkiloti tuzilgan shartnomalar asosida o‘z mijozlarining hisobraqamlarini yuritadi, banklar, depozitariylar, birjalar, savdolarning birjadan tashqari tizimlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish haqida shartnomalar tuzadi. HKT talab qilish huquqini qo‘lga kiritadi, shuningdek, talab qilish huquqi yoki qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar bo‘yicha majburiyatlarga ega bo‘lgan shaxslarni almashtirish yo‘li bilan HKT a’zolarining majburiyatlarini o‘ziga qabul qiladi. O‘z navbatida, HKTning barcha a’zolari o‘zlarining talab qilish huquqlaridan voz kechishadi hamda o‘zlari tuzgan barcha bitimlar bo‘yicha majburiyatlarni (qarzlarni) hisob-kitob kliring tashkilotiga o‘tkazadi. Shunday qilib, HKT tuzilgan bitimlar bo‘yicha tashkilotni har bir a’zosining kontragentiga aylanadi.

Hisob-kitob kliring tashkiloti HKT a’zolari bilan ham, ularning mijozlari bilan ham o‘zaro hamkorlik qiladi.

HKT bilan hisob-kitob kliring xizmati ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan, tashkiliy badalni kiritgan va HKTning boshqa a’zolari tomonidan buzilgan taqqoslash tizimidan o‘tgan bitimlarning bajarilishi uchun birgaliqda javob berish majburiyatini o‘z bo‘yniga olgan qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari HKTga a’zo bo‘ladi. Hisob-kitob kliring tashkilotining mijozlari bu HKT bilan bevosita tuzilgan shartnoma yoki HKT a’zosi bilan qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish exud sotish haqida tuzilgan topshiriq shartnomasi asosida, yo bo‘lmasa, HKT mijozining savdolar tashkilotchilari bilan tuzgan shartnomasi asosida uning xizmatiga murojaat etuvchi fond bozorining ishtirokchilaridir.

HKTning uning a’zolari bilan o‘zaro munosabati hisob-kitob kliring xizmatini ko‘rsatish haqidagi shartnoma asosida, HKT a’zolarining mijozlari bilan o‘zaro munosabatlar esa HKT a’zosi bilan hisob-kitob kliring xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma hamda HKT a’zosi va mijoz o‘rtasida tuzilgan topshiriq shartnomasi asosida tartibga solinadi. Hisob-kitob kliring xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma HKT a’zosi tomonidan taqqoslash va kliring tizimini yaratish hamda uning ishlashini ta’minlash uchun tashkiliy badalning kiritilishi haqidagi talabni o‘z ichiga olishi mumkin.

Mijozlar bilan o‘zaro hamkorlik jarayonida hisob-kitob-kliring tashkiloti mijozning pul mablag‘lariga nisbatan kliring o‘tkazilayotgan bitim bo‘yicha mijoz majburiyatlarining bajarilishi bilan bog‘liq harakatlardan tashqari biror bir harakatni qo‘llashi, shuningdek, mijoz haqidagi axborotni boshqalarga oshkor etishi mumkin emas. Hisob-kitob-kliring tashkiloti mijoz hisobraqamidan pul mablaglarini o‘tkazish bo‘yicha har bir operatsiyaning sanasi va uni amalga oshirish asoslarini ko‘rsatgan holda mijozning shaxsiy hisobraqamini yuritishi zarur. Mijoz hisobraqamidagi mablag‘lar miqdorining har qanday o‘zgarishi hisobraqamlardan tegishli ko‘chirmalarning berilishi bilan tasdiqlanadi.

O‘z faoliyatini amalga oshirish uchun hisob-kitob kliring tashkiloti bankda ikkita hisobraqam ochadi - o‘zining xo‘jalik-moliyaviy faoliyatini yuritish uchun "talab qilib olinguncha" depozit hisobraqami va HKT a’zolari hamda mijozlarining pul mablarlarini hisobga olish va saqlash uchun ikkilamchi depozit hisobraqami. HKT a’zolari va mijozlarining pul mablag‘larini hisobga olish uchun ularga shartnoma asosida shaxsiy hisobraqamlar ochiladi. Kliringni o‘tkazish va o‘zaro majburiyatlarni hisobga olish natijalariga ko‘ra mijozning qimmatli qog‘ozlar bilan tuzgan bitimlari bo‘yicha pul mablag‘lari hamda qimmatli qog‘ozlari yuzasidan HKT a’zolari va mijozlarining shaxsiy hisobraqamlari bo‘yicha o‘tkazmalar amalga oshiriladi. Majburiyatlar va talablar huquqlarini hisob-kitob qilish bitimda ishtirok etgan tomonlar HKTga taqdim etgan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisiga doir shartnomalar hamda savdolar tashkilotchilari tomonidan HKTga taqdim etilgan bitimlar reestridan ko‘chirmalar asosida amalga oshiriladi. Bunda HKT a’zolari va mijozlarining mablag‘lari ushbu tashkilot tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarish uchun sarflanishi yoki uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.


Tayanch iboralar:


Nazorat, auditorlik faoliyati, auditorlik firmasi, ichki audit, tashqi audit, auditorlik xulosasi, konsalting.

Nazorat savollari:


1. Auditorlik faoliyatining mohiyati nimalardan iborat?

2. Moliyaviy nazoratning qanday turlari mavjud?

3. Auditorlik faoliyatining qanday turlari bor?

4. Auditorlik xulosasi nima?

5. Konsalting xizmatining ahamiyati nima?



Download 2.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik