Termiz davlat universiteti o’zbek filologiyasi fakulteti



Download 28,02 Kb.
Sana27.06.2021
Hajmi28,02 Kb.
#102723
Bog'liq
DOBILOVA FERUZANING


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI



TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

O’ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI

FILOLOGIYA VA TILLARNI O’QITISH

O’ZBEK TILI (SIRTQI)

2-KURS 219- GURUH TALABASI
DOBILOVA FERUZANING

MUTOLAA MA’DANIYATI VA IFODALI O’QISH FANIDAN
Mavzu: Nutq turlari va shakllari

MUSTAQIL ISHI


Qabul qildi: B.Boymatov

Topshirdi: F.Dobilova
Mavzu : Nutq turlari va shakllari


  1. Nutq madaniyati fanining maqsad va vazifalari.

  2. Adabiy nutq shakllari.

  3. Inson nutqiy faoliyatining ko’rinishlari.

  4. Oғzaki nutqning xususiyatlari.

  5. Хulosa.


Mavzu : Nutq turlari va shakllari
Nutq madaniyati, nutq odobi — 1) ogʻzaki va yozma adabiy til meʼyorlari (talaffuz, urgʻu, soʻz qoʻllash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa-aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati; 2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida meʼyorlashtirish (tartibga solish) muammo larini oʻrganuvchi boʻlimi. Gʻarb tilshu-nosligida umumiy maʼnoda "til madaniyati" termini ham qoʻllanadi. 1-maʼnodagi "Nutq madaniyati" tushunchasi adabiy tilni oʻzlashtirishdagi ikki bos-qichni qamrab oladi: a) nutqning toʻgʻriligi va boshqa nutqiy mahorat. N u -tqning toʻgʻriligi muayyan tilda soʻzlovchilar va yozuvchilar tomonidan "ideal" yoki umum tomonidan qabul qilingan va anʼanaviy saqlanib kelayotgan odatlar, ibrat va namunalar tarzida idrok etiladigan adabiy meʼyorlarga amal qilishdir. Nutqiy mahorat esa nafaqat adabiy meʼyorlarga amal qilish, balki oʻzaro mavjud boʻlgan variantlardan mazmunan eng toʻgʻri, eng aniq, uslub va vaziyat nuqtai nazaridan eng makbuli va ifo-dalisini tanlab olish mahoratidir (Mas, aka — oka — ako; kelyapti — kevotti — kelopti variantlaridan bi-rining adabiy meʼyor sifatida tanla-nishi). Yuksak Nutq madaniyati kishining umumiy yuksak madaniyatini, fikrlash madani-yatini, tilga nisbatan ongli mexr-muhabbatini namoyon qiladi.

Nutq madaniyati nazariyasining asosiy tushunchasi til meʼye’ridir. 2-maʼnodagi Nutq madaniyatining asosiy vazifasi ijtimoiy til amaliyotiga faol taʼsir koʻrsatish maqsa-dida (tilning barcha sathlarida) obʼyektiv til meʼyorlarini ularning barqarorlashgan shakllarida, ziddiyatlarida, vujudga keluvchi tamoyillarida va boshqalarda oʻrganishdir.

Zamonaviy Nutq madaniyati nazariy va amaliy fan boʻlib, u til amaliyotiga taʼsir etish maqsadida adabiy til tarixi, grammatika, uslubshunoslik va boshqa til-shunoslik bulimlarining yutuklari va xulosalarini umumlashtiradi. Nutq madaniyati na-zariyasida adabiy til milliy tilning oliy shakli deb eʼtirof etiladi; ba-diiy adabiyot tili oʻzining eng yaxshi namunalari bilan xalqning madaniyat sohasidagi yutuklari va anʼanalarini mustahkamlaydi va boyitadi.

Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa boʻlib, u jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot rivoji bilan chambarchas boglik holda taraqqiy etadi. Jamiyat aʼzolarining madaniy saviyasi ortgan sari nutqi ham jilolanib, sayqallashib, Nutq madaniyati qoidalari va meʼyorlariga muvo-fiq holda takomillashib boradi. Nutq madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, sanʼat, radio, televideniye va davriy matbuotning alohida oʻrni bor. Ayniqsa, adabiy tilni meʼyorlashtirish va Nutq madaniyati nazariyasini rivojlantirishda leksikografiya, xususan, izox^li, imlo, talaffuz, oʻquv va boshqa maxsus lugʻatlar muhim ahamiyatga ega.

15-asrdayoq oʻzbek adabiy tilining Nutq madaniyati va uning oʻziga xos meʼyorlari boʻlgan — Alisher Navoiy oʻzining butun hayotiy va ijodiy faoliyati bilan oʻz davri Nutq madaniyatiga, nutq odobiga mislsiz hissa qoʻshgan boʻlsa, keyingi davrda yashagan Bobur, Muhammad Solih, Gulxaniy, Nodira, Ogahiy, Furqat, Muqimiy va boshqa shoirlarning asarlari tilida ham oʻsha davr tili va Nutq madaniyati maʼlum darajada aks etgan. "Yaxshi soʻz — jon ozigʻi", "Bugʻdoy noning boʻlmasa ham, bugʻdoy soʻzing boʻlsin", "Oʻynab gapirsang ham oʻylab gapir", "Har neni yemak — hayvonning ishi, har neni demak — no-donning ishi" kabi maqol va hikmatli soʻzlarning paydo boʻlishi ham oʻzbek xalqida Nutq madaniyati ga avvaldan eʼtibor kuchli boʻlganidan darak beradi.

Oʻtgan asrning 20-yillaridan soʻng oʻzbek tilining Nutq madaniyati xalq tiliga yaqinlashtirilgan milliy adabiy til meʼyorlariga asoslanadi. Bu meʼyorlarni shakllantirish ishiga olimlar (Otajon Hoshim, T. N. Qoriniyoziy, S. Ibrohimov, Olim Usmon va boshqalar), adibu shoirlar (Qodiriy, Choʻlpon, Avloniy, Fitrat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor va boshqalar) munosib hissa qushdilar.

Nutq tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda mavjudlikka aylangan fikr nutq a’zolari xarakati jarayonida paydo bo’ladi. Ruhiy hodisa bo’lgan tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga o’tkach haqiqatga aylanadi. Demak, nutq faoliyatining mahsulotining ma’lum shaklga kiritishdan iborat.

Nutq ikki xil bo’ladi: Ichki nutq va tashqi nutq

Nutq kishi ongida ham hosil bo’lishi mumkin. Bunda u xali reallashmagan til unsurlaridan tashkil topadi. Bu ichki nutqdir. Kishilarning oғiz ochmasdan fikrlashi munozara yuritish, o’ylashi ichki nutqga misol bo’ladi.

O’pkadan kelgan havoning nutq organlariga ta’siri, shu ta’sir natijasida ularning harakati bilan aniq tovushlar sifatida yuzaga keladigan nutq tashqi nutqdir. Nutq harakatdagi tildir.

Nutq tilga tegishli narsalarning ma’lum vaqt bo’lagida bir-biriga qo’shadi, harakatga keltiradi. Nutq so’z shakllari erkin birikmalar, so’z tarkibi va gaplardan tashkil topadi. Nutq jarayoni tugab, fikr tinglovchiga yetib borgach nutq ham tugaydi. Demak, so’z shakllari, erkin so’z birikmalari, so’z tartibi, gapning turli ko’rinishlari nutqdir. Тildagi ifoda vositalari chegaralangan bo’lishiga qaramay, nutq cheksizdir.Тil vositalari nutq ixtiyoriga o’tgach, ulardan cheksiz miqdorda gaplar tuzish mumkun. Nutq jamoadagi yolғiz shaxs tomonidan yaratiladi. Nutq jamoadagi alohida kishi yoki kishilarga qaratilgan bo’ladi.Demak, nutq ijtimoiy hodisadir. U jamiyatdagi kishilarni birlashtirish, ma’lum maqsad sari otlantirish imkoniyatiga ega. Jamiyat taraqqiyotida nutqni belgilovchi rol o’ynaydi. Nutqsiz kishilik jamiyati bo’lishi mumkin emas. Ҳamma sinovlar til vositalaridan teng foydalanaveradilar. Ammo nutq unday emas. U ma’lum bir sinfdan manfaatini ko’zlab tuziladi. Demak, nutq sinfiy hodisadir.

Insonning nutqiy faoliyati uch ko’rinishda amal qiladi. Bular so’zlash, muommalar va kimtish so’zlash deyilganda so’zlovchining ma’lumot, maslahat berish, buyurish, o’ziga noma’lum narsalar haqida so’rash anglashiladi. So’zlaganda so’zlovchining bilimi, madaniyati, axloqi, odobi yuzaga chiqadi.

So’zlash monologik va dialogik ko’rinishda bo’lishi mumkun. Monologik nutqda bir kishining mulohazalariga qarshi savollarsiz yoki javoblarsiz yuzaga chiqadi. Suhbatdosh tomonidan bo’linmaydi. Dialogik nutqqa muloqot qiluvchi shaxslar navbat bilan goh tinglovchi goh so’zlovchi bo’lib turadi.

Mutolaa o’quvchilardan yozma nutq orqali asar muallifi, obrazlari bilan muloqotidir. Mutolaa tufayli o’quvchi yozma nutqda aks etgan voqea hodisalardan xabardor bo’ladi. Ular ta’sirida xulqida qandaydir o’zgarish sodir bo’ladi. Mutolaa ma’lumot olishning eng muhim yo’lidir kishi o’qish orqali ma’naviy yetuklikka erisha boradi. Mutoola oddiy o’qish va ilmiy o’qish ( muhim narsalar tashkil qilingan chizib o’qish parchalar ko’chirib olish, qisqa konspekt olish, asar ustida mulohaza qilish o’qish) dan iborat. Oddiy o’quvda uchun yozma nutq mazmuni bilan tanishuvning o’zi maqsad qilib qo’yiladi. Ilmiy o’qishda o’quvchi asarni tahlil qilishni, undan boshqa biror bir maqsad uchun foydalanishi, uning mazmunining qayta bayon qilish kabilar maqsad qilib qo’yadi.

Тa’limni nutq yozgani va yozmagani ko’rinishlariga ega. Oғzaki nutq so’zlovchi gapirib turgan vaqt birligida mavjud bo’lib, bu jarayon tugash bilan nutq ham tugaydi. Ammo nutq ta’sirida uyғongan hayajon berilgan axborot ma’lum vaqtgacha tinglovchi ongida saqlanishi uning xulqiga ta’sir etishi mumkin.

Oғzaki nutq xususiyatlari sifatida quyidagilarni ko’rsatgan bo’ladi:



  1. Oғzaki nutq tezkorlik bilan amalga oshiradi.

Тushunchalar bilan «uning libosi bo’lgan so’z birgalikda», «Yashin tezligida» ishga kela boshladi. Ba’zan tushunchani ifodalovchi so’zni o’sha tezlikda so’zlovchi topa olmay qoladi. Unga o’qish yoki o’ylagan tushunchasi ifodalay olmaydigan so’zlarni ishlatib yuboradi. Natijada, aytilgan nutq ko’zlangan maqsadni to’liq ro’yobga chiqarmaydi. Bunda tinglovchi ham so’zlovchi ham zarar ko’radi.

2. Oғzaki nutqda so’z birikmalari va gaplarni modellari aytilmoqchi bo’lgan fikrga mokand holda tezkorlik bilan tashlanadi. Gap qurilishning, modellarini oqil nazorat qilib boradi. Fikrni aytilganlarini xotirada ushlab turgan holda rivojlantirishga to’ғri keladi, agar xotira oғzaki « Dangasalik» qilsa, gap tuzilishi, so’z birikmalari o’zaro mantiqiy va grammatik boғlanmay qoladi. Chunki yangi qism avvalgi qism uni qismi uchun u bilan moslasha olmaydi. Masalani « ustoz, izini… xalq oldida qilgan ulkan xizmatlarimizdan biz minnatdormiz » misolda so’zlovchi tutkishni « ustoz sizni …» kimini aytgan so’ng uni qanday rivojlantirish ustida fikr mulohazasi jarayonida avvalgi qismni, avvalgi o’ylangan modelni o’qitib qo’ygan. Shu sababli tushum kelishigida kelgan so’z keyingi qismlar bilan grammatik va mantiqan boғlanmay qoladi.

3.Oғzaki nutq tahrir imkoniyatidan mahrum. U qanday shaklda borlikka kelgan bo’lsa, shundayligicha tinglovchiga havola qilinadi.

4. Oғzaki nutqda odatda muloqot uchun eng zarur narsalargina zuhur etiladi. Bu bir tomondan vaqt iqtisodi bilan ikkinchi tomondan, nutq kuchini tejash bilan boғliq. Shunga ko’ra unda uzundan-uzoq kirish keng izohlar kam uchraydi.

Aksincha, hodisalardan, narsalarning o’zaro boғliklik darajalari ularning tinglovchi va so’zlovchiga ravshanligi darajasi hisobga olinadi. Faqat zarurat his etilmagandagina avvaldan ma’lum narsalarga izoh beriladi.

5. Oғzaki nutq so’z boyligi jihatidan yozma nutqqa nisbatan ancha kambaғal bo’ladi. Unda bir xil so’zlar bir xil shakllar, bir qadar ko’proq takrorlanadi. Bu hol til vositalarini tanlash qiyinchiliklari bilan boғliqdir.

6. Oғzaki nutqda so’zlovchining faol nutqiy harakati to’xtam, ohang, urғu, turli xil imo-ishoralar fikrini tinglovchiga yetib borishda ahamiyat kasb etadi.

Yozma nutq oғzaki nutqdan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Nutqni yozayotganda muallif vaqt jihatidan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. U o’z nutqi qismlarini va butun nutqni qayta- qayta tahrir qilish, fikr uchun eng mos imkoniyatlarni tanlash, gap tuzilishini qulaylashtirishi mumkin. Shuning uchun ham yozma nutq oғzaki nutq oғzaki nutqdan ravondir.

Kishilarning nutqiy faoliyati monolog, dialog, polilog ko’rinishda amalga oshadi. O’zbekiston istiqlolining eng buyuk ne’matlaridan biri sifatida til mustaqilligini ko’rsatish mumkin. Zero, til mustaqilligisiz mustaqil davlatning o’zini ham tasavvur etish mumkin emas. Shu ma’noda uning inson hayotida tutgan o’rni, beqiyos ahamiyati, muomala madaniyati, nutq odobi haqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish muhim ahamiyatga ega.

Nutq madaniyati inson umummadaniyatining bir qismidir.

Nutq madaniyati tushunchasi ikki xildir: 1. Nutqning adabiy til me’yorlariga mos kelish darajasi bo’lsa. 2. Тilshunoslik fanining bir bo’limi, ya’ni adabiy tilni yanada takomillashtirish, me’yorlash bilan shuғullanuvchi sohadir.

Demak, fikrni til vositalari bilan to’ғri, aniq va ta’sirchan bayon qilishning bosh qoidalariga nutq madaniyati asoslari deyiladi.

Bu kursning asosiy maqsadi ommaning umummadaniy saviyasini yuksaltirishga hissa qo’shish hamda maktab o’quvchilari va talabalariga nutq madaniyati tarixidan ma’lumot berish, ulkan notiqlar, adiblar, so’z ustalarining nutq madaniyatini rivojlantirish borasida qilgan ishlarini o’rganish va ularga baho berishdan iboratdir.

Kursning vazifasi nutq madaniyati va uslubiyat masalalari bo’yicha atroflicha tushuncha berish, kishilarga madaniy nutq malakasini shakllantirish shu bilan birga yaxshi nutqni baholash va tarғib qilishdash iborat.

Nutq madaniyati borasidagi ilmiy tadqiqotlar. Nutq madaniyati masalalari bilan shuғullanish o’zbek tilshunosligida 1960- yillardan boshlandi. Ayniqsa, 1969- yilda Тoshkentda o’zbek tili nutq madaniyatiga baғishlab o’tkazilgan 1- Respublika Konferensiyasida qilingan ma’ruzalar shu fan asosini belgilab berdi. Қator ilmiy maqolalar, qo’llanmalar nashr qilindi va bu borada jiddiy izlanishlar hozir ham davom etmoqda. Bu sohada O’zFA Тilshunoslik instituti professorlari S.Ibrohimov, E.Bekmatov tadqiqotlari diqqatga sazovordir. O’zbek nutqi madaniyati va uslubiyatini o’rganish bo’yicha 1980- yilda «Nutq madaniyati asoslari» o’quv dasturi Samarqandda nashr bo’ldi va shu dastur asosida R. Kungirov, E Bekmatov , Yo.Тojiyevlarning «Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari» kitobi «O’qituvchi» nashriyoti tomonidan 1992- yilda nashr qilindi. Shu qo’llanmaning davomi sifatida yangi ommabop bir qo’llanma Yo.Тojiyev va boshqalar tomonidan yozilgan bo’lib, 1994- yilda Тoshkentda nashr qilindi. Bundan tashqari E,Bekmatov, A.Boboyeva, M.Isomiddinova, B.Umrqulovlarning «O’zbek nutqi madaniyati ocherklari», «Fan» nashriyoti tomonidan 1989-yilda bosmadan chiqarildi. Nutq madaniyatiga oid A.Gulomov, A. Rustamov, S.Inomxo’jayev, U.Nosirov va boshqa olimlarning asarlari ham asarlari ham e’lon qilindi. Shunga qaramay, bu sohada qilinishi lozim bo’lgan ishlar anchagina. Chunki nutq madaniyati umuminsoniy madaniyatining tarkibiy qismi bo’lib, kishilar uni yuqori darajada egallagan bo’lishlari kerak. Ayni zamonda bugungi mafkuraviy kurashning o’tkir quroli bo’lgan tilning har qachongidan ham keskir bo’lishini davr taqazo qilmoqda .

O’zbek adabiy tili me’yorlari. Nutq madaniyati uchun adabiy til me’yori o’lchovi kerak bo’ladi. Хo’sh, adabiy til me’yori nima? B.N.Golovin ta’kidlashicha: «Тil me’yori- bu til birliklari va uning qurilishini o’zaro yaxshi tushunish zarurati tufayli paydo bo’lgan, undan foydalanuvchi xalq tomonidan yaratilgan amaldagi qoidalar yiғindisidir». Ya’ni adabiy til me’yori bu, til unsurlarining xalq o’rtasida ko’pchilikga ma’qul bo’lgan variantini tanlashdir. Me’yor o’zgaruvchandir. Umumiy va xususiy me’yor mavjud. Professor E.Bekmatov va boshqalar tomonidan nashr qilingan «Adabiy norma va nutq madaniyati» kitobida o’zbek adabiy tilining quyidagi me’yorlari qayd etilgan:

  1. Fonetik me’yorlar.


  2. Lesik-semantik me’yorlar.(so’z qo’llash)


  3. Тalaffuz (Orfoepik ) me’yorlar


  4. Aksentologik (Urғuning to’ғriligi) me’yorlar


  5. Grammatik me’yorlar.


  6. So’z yasalish me’yorlari


  7. Imloviy me’yorlar.


  8. Grafik ( yozuv) me’yorlari.


9.Punktuatsion me’yorlar.

10 Uslubiy me’yorlar. Fonetik me’yor. Ҳozirgi o’zbek adabiy tili uchun 6 ta unli, undosh tovushlarning qo’llanishi me’yor hisoblanadi.

Leksik –Semantik me’yor. Ҳozirgi o’zbek tilining luғaviy me’yori deganda, so’z variantlarining hamma uchun tushunarli bo’lgan ko’rinishini tanlab olish tushuniladi. Luғaviy me’yor imlo, talaffuz va tarjima luғatlarda o’z aksini topgan bo’ladi.

Тalaffuz me’yorlari. Тil birliklarining oғzaki nutq jarayonida adabiy til me’yorlariga muofiq kelishidir. Ammo, oғzaki nutq, ya’ni talaffuz me’yorlari o’zbek tilshunosligida qat’iy belgilanmagan. Тalaffuz me’yorlarni egallashda orfoepik luғatlarning ahamiyati katta.

Aksentologik me’yor. Bunda urg'uni so’z va gaplarda to’g'ri qo’llash me’yori tushiniladi. Masalan: olma, olma, yangi, yangi, hozir, hozir so’zlarida urғuni to’ғri ishlatmaslik so’z ma’nosiga ta’sir qiladi.

Grammatik me’yor. Ҳozirgi tilimizda turlovchi va tuslovchi shakllarning eng maqbul variantlari tanlab olingan va ular nutqda barqaror shaklda ishlatilmoqda. Shunga qaramay, ba’zan - ning o’rnida – ni , -lar o’rnida – la shakllarini xato qo’llash hollari uchraydi: Direktorni xonasida ko’rdim.Direktorning xonasida ko’rdim. Birinchi misolda Direktorning o’zini ikkinchisida boshqa kishini ko’rganlik ma’nosi anglashilmoqda.

So’z yasalish me’yori. So’z yasovchi qo’shimchalarning fonetik tuzilishi jihatidan bir qolipda ishlatilishi so’z yasalish me’yori hisoblanadi.

Imloviy (orfografik) meyor. Adabiy tilning madaniylik darajasini belgilovchi asosiy mezonlaridandir.

Grafik (yozuv) me’yor. Ҳozirgi yozuvimiz lotin alifbosiga asoslangan yozuvdir. Bosh va kichik harflar hamda yozma va bosma shakl ko’rinishlariga ega bo’lgan yozuv me’yoriydir.

Punktuatsion me’yor. O’nta tinish belgi asosida ish ko’radi .( . , : … ? ! ( ) ; « » - ) .

Uslubiy me’yor .Adabiy tilning uslubiy me’yori til birliklarining nutqda sharoitga qarab eng ma’qulini qo’llashdir.

Uslubiyat tunshunchasi . Uslubiyat va nutq madaniyati tilshunoslikning bir-biriga aloqador, ammo alohida mustaqil sohalaridir. Uslubiyat sohasi nutq madaniyatini ko’tarishga yordam beradigan omillardan biri. Uslubiyat sharoitga, mazmun va maqsadga ko’ra nutqni turlicha tuzish yo’llarini o’rgatadi. Uslubiyat kishilarda gapira olish malakasini, mahoratini tarbiyalashga xizmat qiladi. Uslubiyatni o’zbek alfaviti, orfografiyasi, orfoepiyasini takomillashtirish ishi deyarli qiziqtirmaydi. Nutq madaniyati bular bilan juda qiziqadi. Ko’rinadiki nutq madaniyati o’z maqsad va vazifalari doirasiga ko’ra ancha keng soha bo’lib, uslubit anchagina tor.

Xulosa

Bugungi kunda o‗zbek tili chuqur va atroflicha tadqiq qilinib, uning adabiy


me‘yorlari mukammal holatga keldi. Bu o‗zbek tilshunosligi fanining o‗tgan
asrdagi ulkan yutug‗idir. Adabiy til me‘yorlari ijtimoiy hayotning barcha
sohalariga kirib bordi. Ta‘lim, nashriyot-matbaa, radio-televidenie, matbuot va ish
yuritish sohalarida o‗zbek adabiy tilining me‘yorlariga rioya qilish barqarorlashdi.
Ayni paytda adabiy til me‘yorlariga rioya qilishning sifat bosqichi ketmoqda.
Maktab bosqichidan oliy ta‘limgacha nutq madaniyati kursi o‗tilishining
takomillashayotganligi fikrimizning dalilidir. Ayniqsa, o‗zbek tiliga davlat tili
maqomining berilishi bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirdi.
O‗zligimizni anglashda qutlug‗ qadamlardan biri bo‗lgan va qabul qilinganiga
chorak asrdan oshayotgan ―Davlat tili haqida‖gi Qonunning o‗tgan davrda bergan
ulkan natijalari va samarasini tafakkur chig‗irig‗idan o‗tkazsak, ularni bemalol
asrlarga tatigulik yutuqlar deb aytish mumkin. Darhaqiqat, bu Qonun millatimiz
ko‗rki, ma‘naviy-madaniy xazinasi bo‗lgan ona tilimizni haqorat botqog‗idan,
―oila tili‖ darajasidan jahon minbarida jaranglaydigan, unda bitilgan Davlat
madhiyasi esa xalqaro rasmiy marosimlarida yangraydigan, internet vebsaytlarini
bezaydigan til, uni rivojlangan davlatlarning muttaxassislari o‗z ixtiyorlari bilan
qiziqib o‗rganadigan rang-barang boyliklar xazinasining kaliti darajasiga ko‗tardi.
Tilga davlat tili yoki rasmiy til maqomining berilishi uni yo‗qolish xavfidan
xalos qiladi. Milliy tilning inqirozi esa milliy ma‘naviyatning, milliy o‗zlikning
barbod bo‗lishi demakdir. Tilning rasmiy maqomi millat yoki xalq uchun juda
ulkan ijtimoiy-siyosiy, ma‘naviy-ma‘rifiy, tarixiy, huquqiy ahamiyatga molik
masala. Chunki rasmiy til til sohiblarining milliy-ma‘naviy yaxlitligini
ta‘minlovchi asosiy vosita hisoblanadi. Shu ma‘noda milliy yaxlitlikka erishish,
vatanparvarlik milliy tilga e‘tibordan boshlanishi bejiz emas. XIX asrda yashagan
fransuz olimi M.Bellin hazrat Alisher Navoiyning ―Muhokamat ul-lug‗atayn‖
kitobidagi ―Tilga ixtiyorsiz – elga e‘tiborsiz‖ degan hikmatli so‗zlaridan ta‘sirlanib
1861 yilda e‘lon qilingan ―Mir Alisher Navoiy biografiyasi va ijodi‖ kitobida
shunday degan edi: ―Alisher Navoiy o‗z milliy tilining afzalliklarini inkor etib
bo‗lmaydigan dalillar bilan isbot qilganligi o‗z xalqi orasida vatanparvarlikni
boshlab berganligidan dalolatdir.‖
Milliy istiqlolimiz darakchisi va ibtidosi bo‗lgan davlat tili haqidagi
Qonunning respublikamiz siyosiy, ma‘naviy va madaniy hayotining barcha
jabhalarida ustuvor ahamiyatga ega, shu bilan birga milliy til ta‘limi
tilshunosligimizning yangilanishi va butun jahonga tanilishidagi roli beqiyos.
Til ijtimoiy-ruhiy hodisa bo‗lganligi sababli uning me‘yorlarini belgilash
davlatning til siyosati bilan ham bog‗liq. Yurtimiz bir asrdan ko‗proq mustamlaka
bo‗ldi. Hukmron xalq va uning tiliga har jihatdan imtiyoz berilib, qaram
xalqlarning ruhiyati va tiliga tajovuz qilindi. Faqat istiqlol natijasi o‗laroq til va
tilshunosligimiz istibdod kishanlaridan xalos bo‗ldi. O‗zbek tilshunosligi tom
ma‘nodagi mustaqil fan sifatida o‗zbek tilining o‗zbekona tabiatini ochiq-oydin
o‗rganib, uni milliy g‗oya va milliy mafkurani targ‗ib qilishning tarkibiy qismiga
aylantirdi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik.
– Toshkent: O‘zME, 2013.
2. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.
O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2009.
3. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.
Darslik. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.
4. Nurmonov A., Mahmudov N. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. –
Toshkent: O‘qituvchi, 1995
Download 28,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish