Teri-tanosil kasalliklari kafedrasi



Download 435 Kb.
bet1/4
Sana26.06.2017
Hajmi435 Kb.
#16129
  1   2   3   4
UZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGLIKNI SAKLASh VAZIRLIGI

TOShKENT TIBBIYoT AKADEMIYaSI

Davolash va tibbiy pedagogika fakulteti

TERI-TANOSIL KASALLIKLARI KAFEDRASI



TERI VA TANOSIL KASALLIKLARI FANI BUYIChA MA’RUZALAR
6 kurs davoalsh tibbiy pedavgogika fakulteti uchun

Tuzuvchilar: professor Vaisov A.Sh.



TOShKENT - 2013

Ma’ruzalar Uzbekiston SSV tomonidan tibbiyot institutlari uchun tavsiya kilingan ukuv adabiyotlari buyicha tuzilgan.
1. Skripkin Yu.K. darslik " Kojnыe i venericheskie bolezni". Moskva 2001g.

2. V.M.Kozin. Dermatologiya.1999g.

3. Vaisov A.Sh. « Teri va tanosil kasalliklar « 2004 yil

4. O.Fistpatrik «Sekretы dermatovenerologii»

5. O,L, Ivanov . darslik « Kojnыe i venericheskie bolezni»

UZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGLIKNI SAKLASh VAZIRLIGI

TOShKENT TIBBIYoT AKADEMIYaSI

Davolash va tibbiy pedagogika FAKULTETI

TERI-TANOSIL KASALLIKLARI KAFEDRASI




Ma’ruza № 3

Jinsiy yul orkali yukuvchi infekstiyalarnir sostial tibbiy axamiyati JYBYuK epidemiologiyasining zamonaviy uziga xos tomonalri. JYBYuK tarkalish xatarining gruppalari va omillari, be’morlarni ijtimoiy tarkibi. Profilaktika choralari . VICh assostiirlangan infekstiya, OITS –assostiirlangan kasalliklar.


Tuzuvchilar: Tuzuvchilar: professor Vaisov A.Sh.

TAShKENT - 2013

Ma’ruza rejasi va organizastion tuzilishi:
1.Kirish suzi, boshlangich bilim darajasini aniklash, ma’ruza moxiyatini tushuntirish

2.Jinsiy yul orkali yukuvchi infekstiyalarnir sostial tibbiy axamiyati

3. JYBYuK epidemiologiyasining zamonaviy uziga xos tomonalri. JYBYuK tarkalish xatarining gruppalari va omillari, be’morlarni ijtimoiy tarkibi. Profilaktika choralari . VICh assostiirlangan infekstiya, OITS –assostiirlangan kasalliklar.

4. Birlamchi, ikkilamchi zaxm

5. Uchlamchi, tugma zaxm .

Ma’ruza № 3

Jinsiy yul orkali yukuvchi infekstiyalarnir sostial tibbiy axamiyati JYBYuK epidemiologiyasining zamonaviy uziga xos tomonalri. JYBYuK tarkalish xatarining gruppalari va omillari, be’morlarni ijtimoiy tarkibi. Profilaktika choralari . VICh assostiirlangan infekstiya, OITS –assostiirlangan kasalliklar.


Keyingi chorak asr davomida JYBYuK va ularning epidemiologiyasi xaқida bizning қarashlarimiz tubdan o’zgardi.UK6K Ғarbiy Evropa mamlakatlarida bakterial JYBYukasallanishning pasayish fonida, MDX mamlakatlarida axvol achinarlicha қolmoқda. Bunga sabab қilib MDX davlatlarida ro’y berayotgan ijtimoiy iқtisodiy jarayonlar va ushbu mamlakatlarda tibbiyot va tibbiy xodimlarning bozor iқtisodiyoti jarayonlarida 3ta o’zgarish bilan izoxlash mumkin. Birinchidan chuқur demografik va ijtimoiy o’zgarishlar( jinsiy revolyustiya, demografik o’sish, jamiyatning қayta tuzilishi, ishsizlik, axoli migrastiyasi) JYBYukasaliklarning o’sishiga sabab bo’ldi.Ikkinchidan Tibbiyot ilmining rivojlanishi tufayli yangi JYBYukasalliklar қo’zғatuchilari aniқlandi va ularning tashxislash keng қo’llanishni boshlandi. Biroқ ushbu kasalliklarni tashxislash va davolash iқtisodiy sabablarga ko’ra қiyinchilik tuғdirdi.

Uchinchidan OITS-JYBYukasalliklarning oғir turi paydo bo’ldi.

Bugun butun ommaga ma’lumki OIVirusi yuқishi boshқa JBYukasalliklar kabi jinsiy yo’l bilan yuқib,ko’pincha ximoyasiz jinsiy aloқa va bevosita geteroseksual va gomoseksual jinsiy aloқa orқali yuқadi.

Bugun OITS va boshқa JYBYu kasalliklar orasida uzviy boғliklik bor, қachonki JYBYu kasalliklar OIV infekstiyasi bilan zararlanishga sharoit tuғdiradi. Shuning uchun JYBYu kasalliklarning erta tashxizlash va davolash, OIV infekstiyasini oldini olishning eng muxim yo’llaridan biri xisoblanadi.

Shuni takidlab o’tish kerakki respublikada zaxm bilan kasallanishning past statistik ko’rsatkichlari amaldorlarda eyforiya uyғotdi. Shu fonda JYBYuK larning yangi avlodini va OIV infekstiyasi ko’rsatkichlarning birdaniga o’sishi jamiyat e’tiborini tortdi. Bugungi kunda jamiyat va davlatning ushbu muammoni echish uchun birlashtiradigan markazlari yo’қ xisoblanadi.

Natijada respublikaning bir қancha viloyatlarida JYYuBK guruxiga kiruvchi infekstiyalarning o’z vaқtida tashxislash uchun imkoniyati yo’қki, bu o’z navbvtida bepushtlik, xomiladorlikni ko’taraolmaslik, jinsiy ojizlik, xomila va bolaning kasallanishi va bemorning o’limiga olib keladi. Bunda asorat zararlangandan keyin yillar o’tib yuzaga chiқadi.

Birlamchi zveno amaliyot vrachlari va ko’pchilik tor mutaxassislar va o’z amaliyotlarida JYBYuK va ularning asoratlari bilan ko’p to’қnashadilarki, bunda ular kasalliklarning tashxislash va sifatli tibbiy yordami ko’rsatishga to’liқ tayyor emaslar.

Bundan tashқari keyingi 10 yil shuni ko’rsatadiki teri tanosil kasalliklari xizmatida jiddiy muammolar bor. Birinchidan, O’zbekistonda ko’pchilik dermatozlarning butunlay bartaraf қilgan ,yumshoқ shankr va zaxm tarқalishini oldini olayotgan davlat tizimidagi TTKD tomonidan ko’rsatilayotgan dermotovenerologik yordam xozirda ko’p xarajat talab қilishi va axoli tomonidan kam talab қilinishi tufayli ojiz axvolda қolmoқda.

Bunday sharoitlarda kupchilik TTKDlarining material texnik xolati, қishloқ axolisidan ajralib қolishi, tibbiy dori darmonlarning va reaktivlarning etishmasligi, JYBYuKbilan oғrigan bemorlarning stastionarda davolanishi anonim bo’lmasligi bemorlarning TTKDda davolanishdan қochishiga sabab bo’ladi.

Shuni aloxida takidlash kerakki O’zbekistonda OIV infekstiyasi muammosi jiddiylashgan va mutaxasisslarning ma’lumotlariga қaraganda JYBYuKlarning navbatdagi o’sishi kuzatilayapti.

Bularning xammasi JYBYuKlarning tarқalishi va oldini olishni nazorat қilishda yangi yondoshuvlarni izlab topishni talab қiladi.

Boshқa MDX davlatlari kabi O’zbekistonda xam JYBYuKasallanishning extimolligi juda yuқori, bunga sabab қilib ko’rsatilayotgan ijtimoiy iқtisodiy omillarning yaқin yillarda tasirining kamayishi afsuski extimoldan uzoқ xisoblanadi.

O’zbekistondagi axvol shuni ko’rsatadiki OI virusining tez tarқalishi bugungi kunda JYBYuKlarning yuқori darajasi fonida narkotik moddalarning inekstion yo’l bilan istemol қiluvchi shaxslar orasida keng tarқalmoқda.

OIVning tarқalishining keyingi kutilayotgan yo’llaridan biri bu narkotik istemol қiluvchi shaxslar o’rtasida bo’lib, keyin boshқa yo’llar bilan tarқaladi.Aynan shu yo’l OIV tarқalishida keng o’rin tutib, bu yo’l bilan kurashish қiyinchilik tuғdiradi.

Ko’pchilik mamlakatlarning OIV/OITS kurashishdagi tajribasi shuni ko’rsatadiki, vakstinaning yo’қligi, butun umrga infekstiyaning odam organizmida қolishi, ushbu kasallikni davolashda dori vositalarining yo’қligi, kasallik bilan kurashishda davolashdan ko’ra profilaktik chora tadbirlarni қo’llash katta axamiyatga ega ekanligini ko’rish mumkin.

Bularning xammasi birinchi navbatda, JYBYuKasalliklarga va OIV/OITS ga қarshi kurashni shakllantirish O’zbekistonda kritik axvolda ekanligini biz mutaxasislar tushinib, keyin axvolni raxbariyatga etkazishimiz kerak.uning uchun nima қilish kerak?

Xar қanday infekstiyaga nisbatan etiotrop davo yo’қ bo’lgan sharoitda, kasallikga қarshi kurashishda birlamchi va ikkilamchi profilaktika, kasallikning erta tashxislash birinchi o’rinda turadi.

Iқtisodchilarning OIV nisbatan xisoblashlariga ko’ra, bugungi kunda kasallikning oldini olish va nazorat қilish uchun sarflangan xar bir million dollar ertaga 2.7 million dollarni tejaydi.

Agar taxlil қilinsa, soғliқni saқlash tizimining asosan bozor iқtisodiyotining yangi ijtimoiy iқtisodiy sharoitlarida, ojiz zvenolaridan biri bu JYBYuKasalliklarida birlamchi profilaktikadir.

Bunda shuni eslatib o’tish kerakki JYBYuKlarning birlamchi profilaktikasininng vazifasi tibbiyot darajasida bo’lmasdan, davlat darajasida ko’rib chiқilishi kerak.

Bunga misol қilib, maktablarda jinsiy tarbiya va gigiena қoidalariga o’rgatishni aytish mumkin.

Shu bilan birga xammaga ma’lumki JYBYuK va OIV/OITSga қarshi kurashishda birlamchi profilaktika, tepada aytilgan infekstiyalarni yuқish extimollligini kamaytirish maқsadida axoli o’rtasida odamlarning jinsiy tarbiyasini o’zgartirishga katta axamiyat berish kerak.Bunda vrachlar vva tibbiy jamiyat katta rol o’ynashi kerak.

Bugungi kunda O’zbekistonda JYBYuKlarning birlamchi profilaktikasiga қaratilgan samarali milliy dastur deyarli yo’қ bo’lib, dasturning ba’zi komponentlarini ichida jamlagan kichik bir қismgina ishlayapti xolos.

Xozirda asosiy strategik vazifa JYBYuKprofilaktikasida milliy dastur yaratish bo’lishi kerak, vaxolanki ushbu kasalliklar soғlom millatga xavf soladi, Ba’zi tadbirlar agar millat masshtabida kompleks қo’llanilsagina samarali bo’lib, bu dastur 3 ta bosқichda region va joylarda amalga oshiriladi.

JYBYuKlarning profilaktikasi uchun kadrlarni tayyorlash jarayoniga etibor berish kerakki, bu jarayon tibbiyot mutaxasisslari va ijtimoiy ximoya xodimlari, maktab pedogoklari, OO’M, shuniningdek o’smirlar, yoshlar, tavakkal guruxiga mansub narkotik istemol қiluvchi shaxslar va foxishalarni o’z ichiga olishi kerak.

Kadrlar tayorlashni asosiy vazifasi individual yoki aloxid guruxlar darajasida bo’lib, shaxsning xatti xarakatini ijobiy tomonga o’zgartirishga va JYBYuKlarni yuқish xavfini kamaytirishga қaratilgan bo’lishi kerak.

Shaxsni salbiy odatlarini o’zgartirish uchun қaratigan chora tadbirlar:

-JYBYuKlar xaқida ma’lumot.

-Jinsiy xayotning erta boshlanishini to’ғri yo’lga solish, monogamiya yoki tasodifiy jinsiy aloқalar sonini kamaytirish, individual profilaktika uchun kimyoviy vositalar va barier usullardan foydalanish.

-Jinsiy aloқa vaқtida eng xavfsiz yo’llardan foydalanish ( prezervativdan foydalanishni bilish, jinsiy xayot masalasida o’z fikriga ega bo’lish va tashқaridan bo’ladigan bosimlarga bardoshli bo’lish.)

-kerak bo’lganida mutaxassisdan tibbiy yordam olish.

- jinsiy juftini tekshirishga olib kelishni ta’minlash.

- JYBYuKlar belgilari paydo bo’lganda tibbiy mutaxassisga murojat қilish.

JYBYuKlar birlamchi profilaktikasi bo’yicha milliy dastur guruxlar va sostial me’yorlarga, odat va jamiyatning udumlariga mo’ljallangan bo’lib, kompleks yondoshuvni ko’zda tutishi kerak.

Ushbu dasturni amalga oshirishda “Maxalla” fondi bo’limlari va diniy vakillari aloxida o’rin tutadi.

JYBYuKlarni jamiyatda notekis tarқalganligini xisobga oladigan bo’lsak, asosiy profilaktik chora tadbirlarni tavakkal guruxlariga қaratish kerak. Masalan bizning respublikada zaxmning tarқalishi va saқlanib қolishida asosiy o’rinni davlat korxonalarida ishlamaydigan shaxslar va 70% zaxm bilan kasallangan bemorlar tashkil қiladi.

Biroқ aloxida xavfli guruxni infekstiya rezervuari bo’lgan va uni tez tarқalishini ta’minlovchi “yadroli gurux” yoki ko’p sonli jinsiy juftga ega bo’lgan nisbatan kam shaxslar xamjamoasi tashkil қiladi.

Xususan, izlanuvchilar tomonidan JYBYuKni tarқalishida kommercheskiy seks bilan shuғullanuvchi ayollar o’rni keng muxokama қilinadi. Jumladan, Rossiya axolisi kasallanishini umumiy darajasiga nisbatan JKS zaxm bilan 1367 marta, so’zak bilan 515 marta ko’proқ kasallangan. Rossiyada foxishalar sonining o’sishida jamiyatni ijtimoiy iқtisodiy sharoitini sabab deb bilishadi. Shu narsa aniқlandiki, JKS larning ko’pchiligini bu yo’lni tanlashiga sabab iқtisodiy krizis ularni ishdan ayirganligi va қashshoқlikka yuz tutganligidadir.

Shu bilan birga yuқori daromadga ega jinsiy aloқa tijorati yashirincha amalga oshiriladi va ko’p mamlakatlarda noқonuniy xisoblanadi, bu esa u bilan band bo’lgan shaxslarni miқdorini baxolashda қiyinchilik tuғdiradi.

Jumladan, Xalқaro mexnatni tashkil қilish baxolashi bo’yicha

ma’lumotlariga ko’ra Janubiy sharқiy Osiyoning 4ta mamlakatida seks idustriya 90 yillarda 2% ortiқ VVP olib kelgan.Tak, po ostenkam Mejdunarodnoy organizastii truda, seks-industriya prinosila v 90-x godax bolee 2% VVP v 4-x stranax Yugo-Vostochnoy Azii.

Қozoғistonda tekshirishlar shuni ko’rsatadiki 30%gacha katta shaxarlar ko’chalarida ishlaydigan ayollar inekstion narkotik қabul қilishadi. Jinsiy aloқanining15%idagina prezervativ ishlatiladi, 2/3 KS bilan shuғullaadigan ayollarda tibbiy muassalarda ko’rik paytida JYBYuklar aniқlanadi. JYBYuK va OIV dan ximoyalanish xaқida bilimlari esa past darajada xisoblanadi.

O’zbekistonda KS bilan shuғullanadigan ayollar xaқida va ularning kasallanishi xaқida ma’lumotlar yo’қ. Lekin xar yilgi zaxm bilan kasallanish xaқida ma’lumotlarga ko’ra қayta zaxm bilan kasallangan ayollar soni yil sayin oshib bormoқda. Ushbu ko’rsatkich 1997 yil umumiy zaxm bilan kasallanganlarning 51% tashkil қilgan. Zaxm va so’zak bilan oғrigan 14 yoshgacha bo’lgan bolalar o’rtasida o’ғil bolalar va қizlar o’rtasidagi nisbat xar xil regionlarda 3:1dan 11:1 bo’lib mutaxasislar tomonidan bu foxishabozlik ko’rsatkichi deb қaraladi.

Yana 1989 yilda қilingan ish « noijtimoiy xarakatli shaxslarda venerik kasalliklar va OITSni aniқlash va tekshirish ish tajribasi» mavjud bo’lib, unda butun shaxar bo’ylab қilingan reydlar natijasida Toshkent shaxrida 318ta KS bilan shuғullanadigan ayollar,va shulardan 195(61,3%)tasida JYBYuKlar aniқlandi. Jumladan 7 zaxm, 188 so’zak va trixomaniaz.


BMT/OITS ekspertlarining baxolashiga ko’ra respublikada KS xolati baxolangan. Bugungi kunda respublikada taxminan 30mingta KS bilan shuғullanadigan ayollar, shulardan20minggi Toshkent shaxrida.Bunda KSbilan shuғullanadigan ayollar ko’proқ Toshkent shaxri va viloyatiga to’ғri kelib bu regionlarda eng ko’p OIVbilan zararlangan shaxslar ro’yxatga olingan.O’z navbatida bu xolat JYBYuK va OIV/OITSni tez tarқalishida қulay sharoit tuғdiradi.
2001yilda O’zbekistonda 60% қizlar OIV/OITS xaқida ogoxlantirilgan.

Biz tomondan JYBYuKlar bilan oғrigan bemor ayollar va KS bilan shuғullanuvchi ayollar ijtimoiy xarakteristikasi, jinsiy xatti xarakati, ijtimoiy statusi, ularning mijozlarini xatti xarakati, reproduktiv soғligi, JYBYuKlar bilan oғriganligi, JYBYuKlar va OIV/OITS xaқida ma’lumotlari o’rganildi.

Toshkent shaxar TTKD stastionariga ichki ishlar organlari tomonidan 2001-02 yillarda JYBYuKga tekshirinish va davolash uchun 2480 va 2467 shaxs etkazildi, jumladan Қozoғiston (41), Rossiya (23) Ozarbayjon, Moldoviya, Litva, Ukraina (1tadan), Қirғiziston (10), Tojikiston (11), Toshkent viloyati (1023), Toshkent shaxri (3068), Yashash joyi yo’қ daydilar(BOMJ) (90) va O’zbekistonning boshқa viloyatlarida (677), tekshirinishga olib kelinganlarni 331tasi voyaga etmaganlar ekanligi ma’lum bo’ldi.

Olib kelinganlardan 2802 shaxsda xar xil kasalliklar, shu jumladan 17.8% zaxm, 29,2% so’zak, 23,8% trixomaniaz, 29,3% boshқa JYBYuKlar aniқlandi.

Toshkent shaxrida tekshirishga ko’proқ shaxslar Chilonzor (1855), Sirғali (578) TIIB dan etkazildi. Yuқorida aytib o’tilgan Toshkent shaxri tumanlarida JYBYuK va OITS bo’yicha nomaқbul ijtimoiy iқtisodiy va epidemik xolat zaxm bilan kasallanishni yuқori darajasi 1997 yilda Chilonzor tumanida (100 ming axoli soniga 132), Sirғali tumanida (100 ming axoli soniga 220) bilan tasdiқlanadi.

Bunda ToshshaxarTTKD keltirilgan ayollardan saralab OIVga tekshirilganda;2001y 43ta KS bilan shuғullanadigan ayollarda,2002 yilda 93tasida musbat natija bergan.

4 yil ichida (1999ydan 2002ygacha) Toshkent viloyatining shaxar va tumanlari xamkorlik reydlari orқali tekshirilganda 5205ta shaxs tekshirilgan, shulardan 136tasi Zaxm, 176shaxs so’zak bilan oғrishi aniқlandi.Xulosa қilib aytish mumkinki JYBYuKlarga tekshirilganlarni ko’pchiligi Zaxm va so’zak bilan oғrishi aniқlandi. Tekshirilganlarni 6%shaxs JYBYuKbilan oғrishi aniқlandi.

Viloyatda aniқlangan yopiқ pritonlar soni yil sayin oshmoқda (53,73,90,74), oxirgi 4 yil davomida 290, 1955ta pritonlar mijozlari ichidan 21ta zaxm bilan oғrigan bemor va 25ta so’zak aniқlandi.

MDX mamlakatlaridan kelgan yashash joyisiz shaxslar soni ortgan,bu shaxslar bir paytlari yashash joyini sotib O’o’bekistonni tark etishgan bo’lishsa, keyinchalik xech narsasiz O’zbekistonga қaytib kelishgan.

15 yoshdan 34 yoshgacha bo’lgan KS bilan shuғullanuvchi ayollar 186tasi so’roқ қilingan.Shulardan Rus, Ukrainka, tojik, koreyst, evrey, tatar, lekin asosiy қismi (74,2%) maxalliy ayollar.

Shulardan Toshkent shaxrida tuғilganidan beri istiқomat қiluvchi ayollar 7ta, Toshkent shaxrida 3-5 yildan beri yashovchi ayollar 48ta(25,8%) қolgan ayollar (72,1%) vaқtinchalik kelgan ayollar ekanligi aniқlandi.

Shulardan xek қachon oila қurmaganlari 76ta (40,9%), turmushdan ajrashganlari 28ta(15%), bevalar9ta(5%), va fuқorolik nikoxida bo’lganlari 73ta (39,2%).

186ta KS bilan shuғullanuvchi ayollar so’roқ қilinganlar 1-3 yoshdagi bolalari borligi aniқlandi.

Bunda 48,7% ayollarxech қachon nikoxda bo’lmagan.S bilan shuғullanishga undagan sabablariga ko’ra asosiy sabablardan: oilani iқtisodiy axvoligni yaxshilash, ota onasini iқtisodiy қiyin axvolini bartaraf қilish yoki bola tarbiyasi uchun



Download 435 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish