Tenglama Tenglama



Download 29,12 Kb.
Sana06.10.2019
Hajmi29,12 Kb.
#23055
Bog'liq
2 5276388162317321142

Tenglama

Tenglama — ikki yoki undan oshiq ifodalarning oʻzaro bogʻlanganini koʻrsatuvchi matematik tenglik. Tenglamalardan matematikaning barcha nazariy va amaliy sohalarida hamda fizika, biologiya va boshqa ijtimoiy fanlarda qoʻllaniladi.[1]

Tenglik belgisining birinchi marta ishlatilgani (14x+15=71). Robert Recordening „Witte

Tenglamada bir yoki undan koʻp nomaʼlum qiymat boʻladi va ular oʻzgaruvchilar yoki nomaʼlumlar deb ataladi. Nomaʼlumlar odatda harflar yoki boshqa belgilar bilan ifodalanadi.

Tenglamalar ulardagi oʻzgaruvchilar soniga qarab nomlanadi. Masalan, bir oʻzgaruvchili tenglama, ikki oʻzgaruvchili tenglama, va hokazo. Tenglamada ifodalar odatda tenglik belgisining (=) ikki tomoniga yoziladi. Masalan, x + 3 = 5 tenglamasi x+3 ifodasi 5 ga teng ekanligini taʼkidlaydi. Tenglik Chaqmoqtoshi“ („The Whetstone of Witte“) kitobidan (1557). belgisini (=) Shotlandiyalik matematik Robert Recorde (1510-1558) oʻylab topgan.[2] U ikki bir xil uzunlikdagi parallel toʻgʻri chiziqlardan tengroq narsa boʻlmaydi deb hisoblagan. Tarixi Diofantning „Arifmetika“ kitobining 1621-yilgi nashri muqovasi. Lotin tiliga Claude Gaspard Bachet de Méziriac tarjima qilgan. Diofant tenglamalarni oʻrgangan eng eski matematiklardan biridir fmaTenglamalarning ilk yechimlari eramizdan 2000 yilcha oldin yozilgan Rhind papirusida yozilgan. Berilgan masalalar arifmetik masalalar boʻlgan. Masalan, „massa va uning 1/7 ning yigʻindisi 19 ga teng“ kabi masalalar uchun tenglamalar yozilgan. Bunday

masala uchun nomaʼlumni x deb belgilab, x+1/7x kabi sodda tenglama yozilgan. Arifmetik masalalardan keyin ikki nomaʼlum qiymatli tenglamalar yuzaga kelgan. Yunonlar qoʻshaloq chiziqli

tenglamalarni bilishgan. Arximedning „chorva masalasi“ kabi sistemalarda berilgan noaniq tenglamalar Diofant bir necha shunaqa tenglamani ishlab koʻrsatib bermagunicha jiddiy oʻrganilmagan. Kvadrat tenglamalar yunonlar proporsiyalarni oʻrganayotganida yuzaga kelgan. Ular kvadrat tenglamalarni geometrik usulda yechishgan. Ammo bu geometrik usulning hozirgi umumlashtirilgan algebraic geometriyaga aloqasi yoʻq. Algebraik geometriyada grafiklar bilan tenglamalarni yoki aksincha, tenglamalarni grafiklar bilan ifodalash mumkin. Sodda kvadrat tenglama ikki a va b chiziqlari orasidagi oʻrtacha proporsional x ni aniqlashda yoki berilgan toʻrtburchakka teng kvadratni topishda kelib chiqqan. Ishlatilgan proporsiya a:x = x:b koʻrinishida boʻlgan. Bu ifoda boʻlsa x² = ab ga tengdir. x²+ax-a² koʻrinishidagi umumiyroq tenglama berilgan biror-bir chiziq medianasini topish kerak boʻlgan masalaning algebraik ekvivalentidir.

Diofantga kvadrat tenglamaning algebraik yechimi maʼlum boʻlgan deb aytiladi. Ammo u faqat bitta ildizni payqagan. René Descartes tenglamalarni grafik figuralar qilib ifodalashni koʻrsatib bergan. Sodda kub tenglama biri ikkinchisidan ikki marta uzun boʻlgan ikki chiziq oʻrtasida x va y oʻrtacha proporsionallarni topish kerak boʻlgan masalada berilgan. Buni a:x=x:y=y:2a koʻrinishida ifodalash mumkin. Bu ifodadan x² = ay va xy = 2a² kelib chiqadi. y ni yoʻq qilsak x³ = 2a³ sodda kub tenglama hosil boʻladi.

Yunonlar bu tenglamani yecha Olishmagan. Bu tenglama yana kubning Dublikatini yasashda va burchakni chizgʻich yoki sirkul bilan teng uchga boʻlishda ham yuzga kelgan. Burchak boʻlish uchun sissoida, konxoida va kvadratrisa kabi mexanik egri chiziqlardan foydalanishgan. Bunday yechimlarni arablar takomillashtirgan. Ular kub va bikvadrat tenglamalarni konus kesimlari bilan yechishgan. Diofant boshlagan va hindlar takomillashtirgan tenglamalarning taxminiy ildizlarini algebraik yoʻllarda yechish usullarini arablar yanada oldinga surishgan. Kub va bikvadrat tenglamalarning algebraic yechimlari 16- asrda S. Ferro, N. Tartaglia, H. Cardan va L. Ferrari tomonidan ishlab chiqilgan. Beshinchi darajali tenglamalarni yechishga koʻp urinilgan. P. Ruffini va N. H. Abel buning iloji yoʻqligini isbotlashgan. C. Hermite va L. Kronecker elliptik funksiyalardan iborat yechimini koʻrsatgan. F. Klein ham bu tenglamalarni yechishning yana bir boshqa yoʻlini taklif qilgan. Tenglamalarga geometrik yondashishda yunonlar va arablar baʼzi bir egri chiziqlar va figuralarning xossalaridan kelib chiqib xulosalar qilishgan. Proporsiyalardan

foydalanib xususiy hollar uchun yechim topilgan, ammo umumiy hol uchun qoniqarli javob boʻlmagan. Bu muammoni 17-asrda René Descartes bartaraf qilgan. U tenglamalarning grafik yechimlarini tushuntiruvchi umumiy teoremani ishlab chiqqan. Xususan, Descartes konik kesimlar ishlatilgan hollarni koʻrsatib bergan. Bundan tashqari, Descartes har bir tenglama

geometrik nuqtalar joylashishiga egaligini va har bir geometrik nuqtalar joylashashi tenglamaga egaligini koʻrsatgan. Ikki x va y nomaʼlumli tenglamalarni ifodalash uchun Descartes bir-birga perpendikulyar ikki oʻqni olgan. X ni gorizontal oʻq boʻylab va y ni vertical oʻq boʻylab oʻlchagan. Keyin u chiziqli

tenglama toʻgʻri chiziqni ifodalashini va kvadrat tenglama konik chiziqni ifodalashini koʻrsatib bergan. Taqqoslashlar Tenglama koʻpincha taroziga taqqoslanadi. Yana muvozanat, innana yoki boshqa shunga oʻxshash jismlar ham tenglamaga oʻxshatiladi.

Tenglamaning ikki tomoniga toʻgʻri keladi. Muvozanatning har ikki tomoni Ikki tomonda turli qiymatlar qoʻyilishi mumkin. Agar shu jismlar teng boʻlsa muvozanat tenglamaga mos keladi. Agar Sodda tenglama tasviri. x, y, z haqiqiy sonlardir va bu yerda ular toshlarga taqqoslangan. jismlar teng boʻlmasa unda bu hol tengsizlikka o'xshatiladi. Oʻngdagi tasvirda x, y va z har xil qiymatlar bo'lib (bu yerda ular haqiqiy sonlardir), bu qiymatlar aylana shaklidagi ogʻirliklar qilib tasvirlangan. Qoʻshish amali vazn qoʻshishga, ayirish boʻlsa tarozi pallalaridan yuk olishga mos tushadi. Ikki tomondagi umumiy vazn bir xildir. Tenglamalarni yechish tenglamasining ildizlarini grafik usulda:

Tenglamani yechish — bu uning barcha ildizlarini topish yoki ularning yoʻqligini (mavjud emasligini) isbot qilishdir. Baʼzan

ildizlarga qoʻshimcha cheklashlar qoʻyiladi. Masalan, tenglama ildizlar faqat butun sonlar boʻlishi talab qilinishi mumkin. Funksiya argumenti (baʼzan „oʻzgaruvchi“ deb ataladi) tenglamalarda nomaʼlum miqdor deb ataladi. Oʻzgaruvchili tenglamasining ildizlarini grafik usulda toppish tenglik bir x oʻzgaruvchili tenglama deb ataladi. Oʻzgaruvchining f(x) va g(x) ifodalar bir xil son qiymatlar qabul qiladigan har qanday qiymati tenglamaning ildizi yoki yechimi deyiladi.


Tenglamalarning teng

Kuchliligi
Bir xil ildizlarga ega tenglamalar teng kuchli tenglamalar deyiladi. Ildizga ega boʻlmagan har bir tenglama ham teng kuchli hisoblanadi. Tenglamani yechish jarayonida uni soddaroq, lekin berilgan tenglamaga teng kuchli boʻlgan tenglama bilan almashtirishga harakat qilinadi. Shuning uchun har qanday shakl almashtirishlarda berilgan tenglama unga teng kuchli tenglamaga oʻtishini bilish muhimdir.

Teorema: Agar tenglamada birorta qoʻshiluvchini tenglamaning bir tomonidan ikkinchi tomoniga ishorasini

oʻzgartirib oʻtkazilsa, berilgan tenglamaga teng kuchli tenglama hosil boʻladi. Masalan, tenglamaga teng kuchlidir.



Teorema: Agar tenglamaning har ikkala tomonini noldan farqli bir songa koʻpaytirilsa yoki boʻlinsa, berilgan tenglamaga teng kuchli tenglama hosil boʻladi.

Masalan, tenglama tenglamaga teng kuchli (birinchi tenglamaning har ikkala tomonini 3 ga koʻpaytirildi).


Tenglamalarning asosiy

Xossalari
Tenglama tarkibidagi algebraik ifodalar ustida turli amallar bajarish mumkin. Bunda tenglamaning ildizlari oʻzgarmaydi. Keng tarqalgan amallar quyidagilardir: 1. Tenglamaning har ikki tomoniga aynan bir xil haqiqiy sonni qoʻshish mumkin. 2. Tenglamaning har ikki tomonidan aynan bir xil haqiqiy sonni ayirish mumkin. 3. Tenglamaning har ikki tomonini 0 dan boshqa har qanday haqiqiy songa boʻlish mumkin. 4. Tenglamaning har ikki tomonini har qanday haqiqiy songa koʻpaytirish mumkin. 5. Tenglamaning istagan tomonida qavslarni ochish mumkin. 6. Tenglamaning istagan qismida oʻxshash qoʻshiluvchilarni keltirish mumkin. 7. Tenglamaning istagan aʼzosini bir qismdan ikkinchi qismga qarama-qarshi belgi bilan olib oʻtish mumkin. 8. Ba'zi hollarda har ikki tomonga ayrim bir funksiyalarni qoʻshish mumkin. Bunday amal bajarayotganda tenglama ildizlari yoʻqotilmasligiga e'tibor berish kerak. Masalan, tenglamasida ikki guruh yechim bor: (har qanday x bilan) va (har qanday y bilan). Ikkala tomonni ikkinchi darajaga koʻtarish (yaʼni, ikki tomonga funksiyasini kiritish) berilgan tenglamani qilib oʻzgartiradi. Bu yangi tenglamada eski tenglamaning barcha ildizlari bilan birga yangi ildizlar ham bor: va x har qanaqa son. Tenglamalarning juda ham turi koʻp. Quyida eng muhim turlari haqida qisqacha toʻxkatalib oʻtilgan:

Chiziqli tenglamalar

Asosiy maqola: Chiziqli tenglama.

Tenglama turlari Chiziqli tenglama bu ikkala tomoni ham birinchi darajali (nomaʼlum) koʻphadlardan iborat tenglamadir.

Chiziqli tenglamani quyidagi koʻrinishda ifodalash mumkin: ax + b = 0, bu yerda a — nol boʻlmagan son, b — ozod had.



Kvadrat tenglamalar

Asosiy maqola: Kvadrat tenglama.

Chiziqli tenglama grafigi Kvadrat tenglama koʻp hadli, bir oʻzgaruvchili va ikkinchi darajali tenglamadir. Umumiy koʻrinishi odatda quyidagicha ifodalanadi:

Bu yerda a, b, c — haqiqiy sonlar va a≠0. Agar a=1 boʻlsa, kvadrat tenglama keltirilgan tenglama, agar a≠1 boʻlsa, keltirilmagan tenglama deyiladi. a, b, c sonlari quyidagicha ataladi:

a — birinchi (bosh) koeffitsiyent;

b — ikkinchi koeffitsiyent;

c — ozod had.

Kvadrat tenglama ildizlari quyidagi formula boʻyicha topiladi:



Ratsional tenglamalar

Asosiy maqola: Ratsional tenglama. Ratsional tenglama deb ratsional ifodalardan tuzilgan tenglamaga aytiladi. Agar f(x) va g(x) ratsional ifodalar boʻlsa, tenglama ratsional tenglama deyiladi. Bunda agar f(x) va g(x) butun ifodalar boʻlsa, tenglama butun tenglama deyiladi. Agar f(x), g(x) ifodalardan hech boʻlmaganda biri kasr ifoda boʻlsa, f(x)=g(x) ratsional tenglama yoki kasr tenglama deyiladi. Chiziqli, kvadrat

tenglamalar butun tenglamalardir.

Bikvadrat tenglamalar Asosiy maqola: Bikvadrat tenglama.

Bikvadrat tenglama deb toʻrtinchi darajalimm tenglamaga aytiladi. Umumiy koʻrinishi quyidagicha ifodalanadi:

Bu yerda a≠0.

Irratsional tenglamalar

Asosiy maqola: Irratsional tenglama.

Irratsional tenglama deb tarkibida ildiz belgisi ostida oʻzgaruvchi boʻlgan tenglamaga aytiladi. Irratsional tenglamalarni yechishning ikkita usuli keng tarqalgan. Bular tenglamaning ikkala tomonini bir xil darajaga koʻtarish va yangi oʻzgaruvchilar kiritish usullaridir.

Koʻrsatkichli tenglamalar

Asosiy maqola: Koʻrsatkichli tenglama.

Koʻrsatkichli tenglama yoki darajali tenglama matematik darajasi koʻphaddan iborat tenglamadir. Koʻrsatkichli

tenglamani odatda (bu yerda a>0, a≠1) koʻrinishga keltirish

mumkin.

Logarifmik tenglamalar

Asosiy maqola: Logarifmik tenglama.

Logarifmik tenglama deb tarkibida logarifmlar boʻlgan tenglamaga aytiladi. Logarifmik tenglama odatda (Bu yerda a >0, a≠1) koʻrinishga keltiriladi.

Parametrli tenglamalar

Asosiy maqola: Parametrli tenglama.

Parametrli tenglama deb biror-bir bogʻlanishni parametrlar yordamida ifodalagan tenglamaga aytiladi. Parametrli tenglamaga sodda misol sifatida kinematikadan vaqt parametri

bilan harakatdagi jismning joyini, tezlanishini va boshqa xususiyatlarini ifodalovchi tenglamani keltirish mumkin.

Abstrakt maʼnoda parametrli tenglama deb tenglamalar toʻplamini aytish mumkin.

Differensial tenglamalar

Asosiy maqola: Differensial tenglama.



Differensial tenglama nomaʼlum funksiyalar, ularning turli tartibli hosilalari va erkli oʻzgaruvchilar ishtirok etgan tenglamalardir. Bu tenglamalarda nomaʼlum funksiya i orqali belgilangan boʻlib, birinchi ikkitasida i bitta erkli oʻzgaruvchi t ga, keyingilarida esa mos ravishda x, t va x, y, z erkli oʻzgaruvchilarga bogʻliqdir.

Integral tenglamalar Asosiy maqola: Integral tenglama.

Integral tenglama nomaʼlum funksiya integral belgisi ostida boʻlgan tenglamadir. Integral tenglamalar bilan differensial tenglamalar chambarchas bogʻlangan boʻlib, koʻp hollarda ularni birbiri bilan almashtirish mumkin.
Download 29,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish