Rahbarlarning o’zaro munosabatlarida yuz beragidan psixologik to’siqlar?
Ta’lim muhitida axborot-psixologik havfsizlikni ta`minlashning vazifalari, asosiy faoliyat yo`nalishlari va uslublari?
Davolash va maslahatning psixoanalitik metodlari. Hulqiy terapiyasi nima?
Muvaffaqiyatga erishish yo’llarida malakali biznes-maslahatchisi fikrlari?
Javoblar: Boshqaruv psixologiyasi ?
Ko‘rib o‘tganimizdek, boshqaruv psixologiyasi boshqaruv maqsadi va
vazifalarni amalga oshirish davomida boshqaruv sub‘yekti va ob‘yekti o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatni talqin etadi. Mazkur munosabat tizimining tashkiliy qismlari o‘zaro itoatdaligi bilan xarakterlanadi.
Boshqaruvdagi subordinasiya va kordinasiya munosabatlari tashkilot
miqyosidagi vertikal va gorizontal aloqalarni ajratish zaruratini tug‘diradi. Demak,
vertikal aloqalar o‘zaro itoatdagi xodimlar o‘rtasida yuzaga keluvchi
munosabatlardan iborat bo‘lsa, gorizontal aloqalar o‘zaro koordinasiyani, ya‘ni
tizimning teng va mustaqil qismlari o‘rtasidagi munosabatlarni nazarda tutadi.
Bundan tashqari, boshqaruv munosabatlari o‘zining rasmiy va norasmiy
ko‘rinishiga ham ega.
Rasmiy munosabatlar xizmat majburiyatlariga asoslanadi, norasmiy
munosabatlar esa tashkilot miqyosida xizmat qiluvchi xodimlar o‘rtasidagi
ixtiyoriylik va o‘zaro xohishga tayanadi. Shu munosabat bilan, boshqaruv
psixologiyasinig asosiy vazifalardan biri yuqorida ta‘kidlangan munosabatlarni yanada mukammallashtirishdan iboratdir.
Tashkilot personaliga ta‘sir etish uslublarini uch guruhga bo‘lamiz: ma‘muriy,
moddiy va ma‘naviy shakllarda ta‘sir etish. Bularning har birida ma‘lum
psixologik mazmun namoyon bo‘ladi va boshqaruv psixologiyasi, fan sifatida, bu
choralarning xodimga ta‘sirchanlik imkoniyatini tadqiq etadi.
Bunday ta‘sir etish tadbirlari orasida xodimlarni motivasiyalash, ya‘ni
bajaradigan mehnatga ishtiyoq uyg‘otish masalasiga katta e‘tibor qaratiladi.
Boshqaruv ob‘yektiga ta‘sir etish uslublariga ko‘ra, uning bevosita ta‘sir shakllari ajratiladi.
Boshqaruv psixologiyasi fanidagi asosiy tushunchalardan biri, boshqaruv
sub‘yekti va ob‘yekti masalasidir. Bevosita boshqaruv jarayonini ko‘z oldimizkeltirsak, boshqaruv sub‘yekti sifatida rahbarni, ob‘yekt tarzida esa xodimni,
mehnat jamoasini tasavvur etishimiz mumkin.Biroq, rahbar o‘z faoliyatini tashkil etishi va o‘z-o‘zini boshqarishi uni nafaqat boshqaruv sub‘yekti, balki ob‘yekt sifatida ham tushunish zaruratini
qo‘yadi. Rahbarning kasbiy mukammallashuvi, o‘z-o‘zini boshqarish malakalarini
egallashi, tashkilot va xodimlar boshqaruvidagi asosiy mavzulardan biriga
aylanadi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, boshqaruv psixologiyasining
predmeti sifatida, boshqaruv jarayonidagi inson faoliyati qabul qilinadi