Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Federativ davlat belgilari quyidagicha



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana13.04.2020
Hajmi0,62 Mb.
#44266
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Davlat-va-huquq-asoslari-oqituvchilari-uchun-metodik-tavsiyanoma


 

Federativ davlat belgilari quyidagicha: 

1)  federatsiya hududi uning sub'ektlari hududidan tashkil topadi; 

2)  oliy  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  hokimiyati  federal  davlat 

organlariga tegishli bo‘ladi; 

3)  federatsiya  sub'ektlari  va  federatsiyaning  o‘zi  o‘rtasidagi  vakolatlar  ittifoq 

konstitutsiyasi bilan ajratiladi; 

4)  federatsiya  sub'ektlari  o‘z  konstitutsiyasi,  oliy  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi 

va sud organlariga ega; 



 

 



5)  federatsiyaning oliy qonun chiqaruvchi (vakillik) idorasi ikki palatali tuzilishga 

ega  (federatsiya  a'zolarinig  manfaatlarini  ifoda  etuvchi  qo‘shimcha  palata 

mavjud). 

Jahonda 20 tadan ko‘proq federatsiya mavjud. Misol tariqasida AQSh, Rossiya 

Federatsiyasi, Braziliya, Germaniya, Hindistonni keltirish mumkin.  

 

9. Konfederatsiya  nima?  



 

Konfederatsiya  –  lotinchadan  tarjima  qilingan  bo‘lib,  ittifoq,  uyushma  degan 

ma'nolarni    anglatadi.  Konfederatsiya  –  o‘z  suvereniteti  va  mustaqilligini    saqlab 

qolgan  holda  u  yoki  bu  maqsadga  erishish  uchun  birlashgan  davlatlar  ittifoqi. 

Konfederatsiyada  yagona  hudud,  yagona  fuqarolik  bo‘lmaydi.  Har  bir  davlat  

xalqaro  huquqning teng huquqli sub'ekti bo‘ladi. 

 

Konfederatsiya belgilari quyidagilardan iborat: 

1)   yagona hududning yo‘qligi; 

2)   yagona fuqarolikning bo‘lmasligi; 

3)  konfederatsiya sub'ektlari undan erkin chiqish huquqiga egadirlar; 

4)  konfederatsiya  sub'ektlari  ittifoq  hokimiyati  qonun  hujjatlarini  numefikatsiya 

qilish (e'tirof etmaslik yoki qo‘llamaslik) huquqiga egalar; 

5)  Konfederatsiya  byudjeti  uning  a'zolarining  ixtiyoriy  badallaridan  tashkil 

topadi. 


 

Konfederatsiyaga  misol  sifatida  1991  yilda  tuzilgan  MDH  va  yevropa 

Ittifoqini keltirish mumkin. 

 

 

10. Demokratiya nima? 

 

Demokratiya  –  yunoncha  “demos”  -  xalq  ,  “kratos”  -  hokimiyat  so‘zidan 

olingan  bo‘lib,  xalq  hokimiyati  degan  ma'noni  anglatadi.  Demokratiya  –  inson 

siyosiy  va  fuqarolik  huquqlarining  kengligini,  fuqarolarning  davlat  hokimiyati 

idoralarini  tuzishda  va  ularning  faoliyatida  faol  ishtirok  etishini,  xalq  irodasini 

demokratik hokimiyatining yagona manbai deb bilishni anglatadi. 

 

Demokratiyaning ikki xil ko‘rinishi mavjud. 

I. Bevosita yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiya; 

II. Bilvosita yoki vakillik demokratiyasi. 

Bevosita  (to`g`ridan-to`g`ri)  demokratiya  xalqning  demokratik  hokimiyat 

masalalarini  hal  etishda  ovoz  berishi  (saylov,  referendumda  ishtirok  etish)  yo‘li 

bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri ishtirok etishidir. 

 

Bilvosita  (vakillik)  demokratiya  xalqning  o‘z  hokimiyatini  vakillik  idoralari, 

ya'ni demokratik hokimiyatning va mahalliy o‘zini – o‘zi boshqarish idoralarining 

saylab qo‘yiladigan organlari orqali amalga oshirilishini bildiradi. 

 

Demokratik tartib belgilari: 

1.  shaxsning iqtisodiy sohada erkinligi; 

2.  inson huquq va erkinliklarining e'lon qilinishi va kafolatlanishi; 

3.  ijtimoiy hayotda fikrlar hilma-hilligi (plyuralizm); 

4.  ijtimoiy birlashmalarning ko‘pligi; 

5.  hokimiyat vakolatlarining bo‘linishi; 

6.  qonun ustuvorligi; 


 

10 


 

7.  sudlarning mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishi; 

8.  so‘z, fikrlash va e'tiqod erkinligi; 

9.  ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotida muhim o‘rin tutishi. 

 

 

11. Totalitarizmning qanday belgilari mavjud? 

 

Totalitar rejim bir partiyaning hukmronligi, huquq va erkinliklarning poymol 

etilishi,  ko‘pincha  esa  ularning  yoppasiga  buzilishi,  o‘zgacha  fikrlashga  qarshi 

kurash.  Saylovchilarning  saylovda  muqobil  deputatlarni  saylash  imkoniyatining 

bo‘lmaganligiga  asoslangan  boshqaruv  bo‘lib,  bunda  davlatning  siyosati  xalqqa 

zo‘rlik bilan singdiriladi. 

 

Totalitar  rejim  nodemokratik  rejim  bo‘lib,  uning  belgilari 



quyidagilardan iborat: 

1.  davlatning huquqdan ustunligi; 

2.  jamiyat hayoti barcha sohalarining davlat nazoratida bo‘lishi; 

3.  davlatning shaxs manfaatlariga befarqligi; 

4.  jamoat tashkilotlarining davlatlashtirilishi; 

5.  ijtimoiy hayotning butunlay harbiylashtirilishi; 

6.  kam sonli millatlar manfaatlariga e'tibor berilmasligi. 

 

 



12. Huquqiy davlat qanday davlat?  

Huquqiy  davlat  huquqning  hukmronligi,  qonunning  ustunligi,  barchaning 

qonun  va  mustaqil  sud  oldida  tengligi  ta'minlanadigan,  inson  huquqlari  va 

erkinliklari  kafolatlanadigan,  hokimiyat  vakolatlarining  bo‘linish  prinsipi  asosida 

tashkil etilgan demokratik davlat. 



 

Huquqiy  boshqaruv  huquqning  ustunligiga  asoslanadi  va  shu  bois  nafaqat 

rasmiy  organlar  va  mansabdor  shaxslarning  maqsadlariga,  balki  fuqarolar  va 

ijtimoiy  munosabatlar  sub'ektlarining  huquqlari,  erkinligi  va  manfaatlarini 

ta'minlash  hamda  kafolatlash  zaruratini  hisobga  oluvchi  huquqiy  shakl  va 

usullariga  bog‘liq  bo‘ladi.  Huquqiy  davlatlarga  barcha  iqtisodiy,  ijtimoiy  va 

ma'naviy  jarayonlar,  shuningdek,  kishilar  orasidagi  aloqalarga  aralashuv 

begonadir.  Bunday  davlatlarda  ijtimoiy  birlashmalar  faoliyatiga  birqadar 

mustaqillik va erkinlik berilib, ularning haq -huquqlari mustahkamlanadi va ularga 

rioya etiladi. 

 

Huquqiy  davlatni  barpo  etishdagi  yutuqlar,  mazkur  jarayonning  ko‘lami  va 



sur'ati, undagi ijobiy va salbiy natijalarning o‘zaro nisbati har qanday jamiyatning 

fuqarolik  jamiyatiga  aylantirilishiga  ko‘maklashadi.  O‘z  navbatida,  huquqiy 

davlatning  barpo  etilishi  va  rivojlanishi  jamiyatning  mustahkamlanishi  va 

takomillashuviga  yordam beradi. Binobarin, davlatning huquqiy davlatga aylanish

 

jarayoni  qanchalik  keng  va  to‘la  amalga  oshsa,  fuqarolik  jamiyatini  ushlab 



turadigan  va  unga  xizmat  qiladigan  huquqiy  tayanch  va  qurilmalar  shunchalik 

ishonchli  va  salmoqli  bo‘la  boshlaydi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  huquqiy  davlat 

va  fuqarolik  jamiyati  orasida  o‘zaro  aloqadorlik  mavjud  bo‘lib,  ularning  biri 

ikkinchisisiz yashay olmaydi. Ularning amal qilish natijalari o‘zaro uzviy bog‘liq 

bo‘lib, bir-birlariga bevosita ta'sir etadi. 


 

11 


 

 

Huquqiy  davlat  va  fuqarolik  jamiyati  turli-tuman,  biroq  bir-biriga  yaqin 



vazifalarni  hal  etadi.  Agar  huquqiy  davlat  o‘zining  qonun  hujjatlarida  shaxsning 

huquqlarini  mustahkamlasa,  fuqarolik  jamiyati  unga  yuqori  ijtimoiy  holatni 

kafolatlaydi.  Mazkur  holat  (status)  shaxs  hayoti  va  faoliyatining  turli  tomonlariga 

urg‘u  beradi  va  bir-birini  to‘ldiradi.  Ijtimoiy  holat  moddiy,  tashkiliy-texnik 

imkoniyati,  shuningdek,  har  bir  jamiyat  uchun  xos  sinfiy-guruhiy,  milliy-etnik, 

ijtimoiy aloqalar va munosabatlarni ifodalaydi. Mazkur imkoniyat va imtiyozlarga 

jamiyat  o‘z  a'zolarini  ega  qiladi.  Jamiyatda  bunday  imkoniyat  va  imtiyozlar 

qanchalik ko‘p bo‘lsa, ulardan fuqarolar shunchalik to‘laroq foydalanishi mumkin. 

Ular  huquqiy  holat  mazmunini  tashkil  etuvchi  imkoniyatlarni  mustahkamlaydi. 

Ularsiz imkoniyatlarni amalga oshirib bo‘lmaydi. 

 

Davlat  va  jamiyat  tomonidan  qo‘llanadigan  mas'uliyatlar  institutlarining 



o‘zaro  aloqadorligi  shunga  o‘xshashdir.  Huquqiy  tartibni  buzuvchi  shaxslarni 

davlat  yuridik  javobgarlikka  tortadi,  nohuquqiy  tartibbuzarliklarga  esa  ijtimoiy-

ahloqiy ta'sir choralari qo‘llanadi. Bunda javobgarlikning mazkur institutlari o‘zaro 

muvofiqlikda bo‘ladi va bir-birini to‘ldiradi. 

 

13. Huquqiy davlatning asosiy belgilari nimalardan iborat?  

 

Huquqiy davlatning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi: 

1.  Huquqning  hukmronligi.  Davlat  hududida  bo‘lgan  barcha  shaxslar  –  ushbu 

davlat  fuqarolari,  xorijliklar,  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslar,  yuridik  shaxslar, 

mansabdor shaxslar, davlat hokimiyati idoralari huquqqa bo‘ysunadilar.  

2.  Konstitutsiya  va  qonunlarning  ustunligi.  Konstitutsiya  va  qonunlar  huquqiy 

normalar  tizimida  oliy  yuridik  kuchga  egadir.  Turli  xil  davlat  idoralari 

chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar qonunlarga zid bo‘lmasligi kerak. 

3.  Inson  huquqlari  va  erkinliklariga  rioya  etilishi,  ularning  himoya  qilinishi  va 

ta'minlanishi.  Inson  huquqlari  va  erkinliklari  unga  tug‘ilganidan  tegishli  bo‘lib, 

ular insondan ajralmasdir. Gap eng avvalo insonning yashashi, erkinlik, dahlsizlik 

va  xavfsizlikka  ega  bo‘lish  huquqlari  hamda  boshqa  huquq  va  erkinliklari 

to‘g‘risida bormoqda. Barcha fuqarolar qonun va mustaqil sud oldida tengdirlar. 

4.  Davlat va fuqaroning o‘zaro mas'uliyati. Davlat qonunlarda shaxs erkinligining 

me'yorini  belgilab  qo‘yar  ekan,  xuddi  shu  chegaralarda  o‘zini  ham  qaror  qabul 

qilishda cheklab qo‘yadi. 

5.  Jamiyatda  hokimiyatning  qonuniyligi.  Hokimiyat  qonuniy  deb  e'tirof  etilishi 

uchun  u  quyidagi  talablarga  javob  berishi  shart:  demokratik  saylovlar  yo‘li  bilan 

shakllantirilgan  bo‘lishi;  samarali  faoliyat  yuritib,  jamiyatda  barqarorlik  va  qat'iy 

tartibni ta'minlashi; ham mamlakat ichkarisida, ham xalqaro miqyosda tan olinishi. 

6.  Hokimiyat  vakolatlarining  bo‘linishi.  Davlat  hokimiyati  bir  qo‘lda  to‘planib 

qolmasligi  uchun  hokimiyatning  uchta  tarmog‘ini  –  qonun  chiqaruvchi,  ijro 

etuvchi va sud hokimiyatini ajratib qo‘yish kerak. Ushbu hokimiyat tarmoqlarining 

har biri o‘z vakolati doirasida amal qiladi.  

7.  Sudning  mustaqilligi.  Sud  davlat  hokimiyatining  boshqa  ikki  tarmog‘i  kabi 

mustaqildir. Boshqacha aytganda, sud faoliyatiga hyech kimning aralashishiga yo‘l 

qo‘yilmaydi. 



 

12 


 

8.  Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning samarali faoliyat yuritishi. Agar inson 

huquqlari va erkinliklari poymol etilsa yoki bunga tahdid mavjud bo‘lsa, huquqni 

muhofaza  qiluvchi  idoralar  unga  yordam  berishlari  kerak,  ushbu  huquq  va 

erkinliklarni himoya qilishlari kerak. 

9.  Huquqiy madaniyatning yuksak darajada ekanligi. Huquqiy madaniyatning eng 

muhim ko‘rsatkichi jamiyatdagi huquqiy ong darajasidir. Huquqiy ong – huquqqa 

munosabat,  qonun  talablarini  bajarish  zarurligini  anglash  darajasini  ifodalaydigan 

huquqiy  qarashlar  yig‘indisi.  Huquqiy  madaniyat  amaldagi  qonunlarni  bilish, 

huquqni hurmat qilish va huquqiy qoidalarga rioya etishda namoyon bo‘ladi.  

10. Demokratiyaning  rivojlanishi  va  takomillashuvi.  Siyosiy  huquqlar  va 

erkinliklar  kafolatlanishi,  xalq  davlat  boshqaruvida  doimo  ishtirok  etishi, 

rivojlangan  fuqarolik  jamiyati  shakllanishi  va  ma'lum  bir  muxolifatning  bo‘lishi 

zarur.  


 

 

14. Huquq nima?  

Huquq  –  davlat  tomonidan  o‘rnatilgan  va  himoya  qilinadigan,  barcha  uchun 

umummajburiy bo‘lgan qonun – qoidalar yig‘indisi.  



Huquq  -  davlat  tomonidan  o‘rnatilgan  yoki  ma'qullangan,  davlat  kuchi  bilan 

himoyalanadigan  va  hamma  uchun  umummajburiy  bo‘lgan  xulq  –  atvor 

qoidalarining tizimi. 

 

 “Huquq”  tushunchasi  ikki  ma'noda  qo‘llaniladi.  Ob'ektiv  huquq  – 



umummajburiy  xulq-atvor  qoidalarining  yig‘indisi.  Bu  normalar  u  yoki  bu 

insonning, sub'ektning irodasi hamda xohish – istagidan qat'i nazar mavjud bo‘ladi. 



Sub'ektiv  huquq  –  muayyan  jismoniy  yoki  yuridik  shaxsga  tegishli  bo‘lgan 

huquq.  Masalan,  fuqaroning  ma'lum  narsaga  (uy-joy,  avtomobilga)  nisbatan  mulk 

huquqi. 

 

Sub'ektiv  huquq  yuridik  jihatdan  shaxs  erkinligini  ta'minlaydi,  unga 



mustaqillik  beradi  va  tashabbus  ko‘rsatishga  imkon  yaratadi.  Sub'ektiv  huquq 

ob'ektiv  huquqqa  asoslanadi,  ob'ektiv  huquq  bo‘lmasa,  sub'ektiv  huquq  ham 

bo‘lmaydi. Sub'ektiv huquq insondan (yoki tashkilotdan), ya'ni huquqdor shaxsdan 

ajralmagan holda mavjud bo‘ladi. 

 

Huquq davlat bilan chambarchas bog‘liqdir. Davlatsiz huquq bo‘lishi mumkin 



emas,  chunki  aynan  davlat  huquqni  keltirib  chiqaradi  va  huquqiy  normalarning 

amalga  oshirilishini  kafolatlaydi,  huquqni  muhofaza  qiladi.  O‘z  navbatida  davlat 

ham  huquqsiz  mavjud  bo‘lishi  mumkin  emas.  Aks  holda,  u  ijtimoiy 

munosabatlarni tartibga solib turuvchi vositadan mahrum bo‘ladi. 

 

Huquqning asosiy belgilari quyidagilardir: 

1.  davlat tomonidan o‘rnatilishi; 

2.  barcha uchun majburiyligi; 

3.  huquq normalarining qonunlar va boshqa muayyan manbalarda ifodalanishi; 



4.  sub'ektiv huquqlar orqali harakat;   

5.  davlat  tomonidan himoya qilinishi.  



 

15. Huquq normalari nima?  

 

Norma”  so‘zi  lotinchadan  tarjima  qilingan  bo‘lib,  “qoida”,  “namuna” 



ma'nosini anglatadi. 

 

13 


 

 

Huquq normasi umumiy xulq atvor qoidasi sifatida: 

1. hayotiy 

munosabatlardagi 

tipik, 


takrorlanib 

turadigan 

narsalarni 

umumiylashtirish zarurati natijasida shakllanadi; 

2. shaxsi aniqlanmagan va ko‘p marta qo‘llashga mo‘ljallangan bo‘ladi;  

3. hamisha  qandaydir  umumiy  belgilarga  ega  bo‘lgan  shaxslar  (harbiy 

xizmatchilar, shifokorlar, va h.k)ga qaratilgan bo‘ladi; 

4. Huquq normasi davlat bilan uzviy aloqadordir.  

  Huquq normasi: 

 davlatning (xalqning) irodasini aks ettiradi; 

 davlat tomonidan normativ hujjatlarda aks ettiradi; 

 davlat  tomonidan  muhofaza  qilinadi,  zarur  bo‘lgan  hollarda  davlatning 

majburlov kuchi bilan ta'minlanadi; 

  jamiyat  va  davlat  nuqtai  –  nazaridan  eng  muhim  bo‘lgan  ijtimoiy 

munosabatlarni mustahkamlaydi. 

  Huquq normasining asosiy vazifasi – ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish. 



 

 

16. Axloq nima?  

 

Axloq  –  kishilarning  bir–birlariga,  oilasiga,  Vatanga,  jamiyatga  bo‘lgan 



munosabatlarida  namoyon  bo‘ladigan  hatti  –  harakatlar  yig‘indisi  bo‘lib, 

kishilarning  jamiyatdagi  xulqini  normativ  tartibga  soluvchi  usullardan  biridir. 

Ahloq  –  ijtimoiy    ong  shakllaridan  biri.Shu  sababli  butun  ijtimoiy  ong  singari 

uning  ham  tuzilishi  bir  xil  emas.  Jamiyat  aksariyat  qismining  asrlar  davomida 

shakllangan  ahloqiy  tushunchalari  alohida  ijtimoiy  guruhlarning,  shaxslarning 

ahloqiga  mos  tushmasligi  mumkin.  Lekin  har  holda,  jamiyatdagi  hukmron  ahloq 

jamiyat  a'zolari  ko‘pchiligining  xulq-atvorini  belgilab  beradi.  Ahloqning  alohida 

xususiyati shundan iboratki, ahloq normalariga amal qilish jamoatchilik fikri orqali 

ta'minlanadi. 

 

Jamiyatdagi  yozilmagan  hulq-atvor  qoidalarining  majmuidan  iborat  bo‘lgan 



ahloqdan  farqli  ravishda  huquq  –  ma'lum  yuridik  shakllar,  ya'ni  manbalarda, 

jumladan,  qonun,  farmon,  qarorda  namoyon  bo‘luvchi  ijtimoiy  xulq  –  atvor 

qoidalarining  qat'iy  ifodalangan  tizimi.  Huquq  normalari  asosan  yozma  shaklda 

bo‘ladi. 

 

Umuman olganda, ahloq ham, huquq ham butun jamiyatning, demakki, aholi 



aksariyat  qismining  qarashlari  va  tushunchalarini  aks  ettirishi  kerak.  Ularning 

ijtimoiy  hayotning  aynan  bir  xil  sohalarni  qamrab  olishini  hisobga  olganda,  ular 

o‘rtasida  ziddiyatlar  bo‘lmasligi  kerak.  Agar  bunday  ziddiyat  bo‘lsa,  u  huquqiy 

normalarni o‘zgartirish orqali, ya'ni ahloq foydasiga hal qilinishi zarur. 



 

 

17. Ahloq bilan huquq o‘rtasida qanday farq bor?    

 

Ahloq va huquq o‘rtasida quyidagi asosiy farqlar mavjud: 



1)  Huquq normalari davlat tomonidan belgilangan va ruxsat etilgan bo‘ladi, ahloq 

normalari  (ezgulik  va  yovuzlik,  adolat  va  nohaqlik  va  h.k.)  esa  davlatning 

yordamisiz o‘z-o‘zidan shakllanadi; 

2)  Huquq  normalarida  davlat  irodasi,  ahloq  normalarida  esa  jamoatchilik  fikri 

ifodalanadi; 


 

14 


 

3)  Huquq  normalari,  zarur  hollarda,  davlatning  majburlov  kuchi  orqali,  ahloq 

normalari esa jamoatchilik fikri orqali amalga oshiriladi; 

4)  Ahloq normalari ijtimoiy munosabatlaring kengroq doirasini (do‘stlik, o‘rtoqlik 

va hatto sevgini ham) tartibga soladi. Huquq esa ijtimoiy munosabatlarning torroq 

doirasini qamrab oladi; 

5)  Huquqda xulq – atvorni baholash mezoni “qonuniy – noqonuniy”, ahloqda esa 

“halol – nohaloldan” iborat; 

6)  Jamiyatdagi  yozilmagan  xulq  –  atvor  qoidalarining  majmuidan  iborat  bo‘lgan 

ahloq normalaridan farqli ravishda huquq normalari huquqiy manbalarda – qonun, 

qaror,  farmon  va  boshqalarda  yozib  qo‘yiladi,  ya'ni  huquq  normalari  yozma 

shaklda bo‘ladi. 

 

Huquq  bilan  ahloq  o‘zaro  mustahkam  bog‘liq  bo‘lib,  bir  –  birini  to‘ldirib 



turadi. 

 

 

18. Gipoteza nima?  

 

Gipoteza yunon tilidan olingan bo‘lib, “faraz qilish”, “fikr yuritish” ma'nosini 



anglatadi. Huquqshunoslik fanida  gipoteza huquqiy normaning bir qismini tashkil 

etib, ma'lum bir shart – sharoit  yoki hodisa  yuz bergan taqdirda huquqiy normani 

qo‘llash  lozimligini  ko‘zda  tutadi.  Gipoteza  qaysi  ijtimoiy  munosabatlar  turiga 

nisbatan qanday norma qo‘llanilishini belgilab beradi. Pensiya haqidagi qonunlarga 

ko‘ra,  O‘zbekiston  Respublikasida  erkaklarga  umumiy  mehnat  staji  25  yil 

bo‘lgandan  boshlab  60  yoshdan,  ayollarga  esa  20  yillik  staj  bilan  54  yoshdan 

boshlab ijtimoiy ta'minot bo‘limlari tomonidan pensiya to‘lanadi. 

 

 

19. Dispozitsiya nima?  

 

Dispozitsiya  lotin  tilidan  olingan  bo‘lib,  “bayon  qilish”  degan  ma'noni 



anglatadi. U o‘zining yuridik mazmuni bo‘yicha huquqiy normada ko‘zda tutilgan 

sharoit  yuz  bergan  taqdirda  vujudga  keladigan  natijalar  haqida  bayon  qiluvchi 

qismdan iboratdir. Dispozitsiya qanday qoida va tartibga muvofiq harakat qilishni, 

ya'ni  huquqiy  munosabat  qatnashchilarining  huquq  va  burchlarini  belgilab  beradi. 

Masalan,  Jinoyat  Kodeksining  223  –  moddasida  belgilangan  tartibni  buzib  chet 

elga  chiqish  yoki  O‘zbekiston  Respublikasiga  kirish  yohud  chegaradan  o‘tish 

uchun javobgarlik belgilangan. Bu huquq normasining dispozitsiya – hukumatning 

ruxsatisiz  yoki  qalbaki  hujjatlardan  foydalanib,  yoinki  buning  uchun  belgilangan 

chegara  punkti  orqali  o‘tmay,  davlat  chegarasidan  noqonuniy  o‘tishning 

taqiqlanganligidir. 

 

Dispozitsiya  –  bu  xulq  –  atvor  qoidasining  o‘zi.  Masalan,  O‘zbekiston 



Respublikasi  Oila  kodeksiga  muvofiq,  ota  –  onalar  o‘z  farzandlarining  sog‘lig‘i, 

jismoniy,  ruhiy  ma'naviy  va  ahloqiy  kamoloti  haqida  g‘amxo‘rlik  qilishga 

majburdirlar. 

 

20. Sanksiya nima?  

 

Huquq  normasining  huquqbuzarlarga  nisbatan  qo‘llanishi  lozim  bo‘lgan 



davlat majburlov choralarini belgilaydigan tarkibiy qismi sanksiya deyiladi. 

 

Sanksiya  –  lotin  tilidan  tarjima  qilingan  bo‘lib,  u  “majburiy  chora”  degan 



ma'noni  bildiradi.  Sanksiya  –  huquq  normalari  talablariga  rioya  qilmaslik 

 

15 


 

holatlarida  qo‘llaniladigan  majburiy  chora.  Sanksiyalar  huquqiy  normalarning 

xarakteriga  qarab:  jinoiy  –huquqiy,  ma'muriy  –  huquqiy,  intizomiy,  fuqarolik  – 

huquqiy sanksiyalarga bo‘linadi. Sanksiyaning turlari xayfsan, jarima, ozodlikdan 

mahrum etish va boshqalar bo‘lishi mumkin. 

 

 

21.  Qonun nima?  

 

“Qonun”  tushunchasi  yuridik  fanlar  tizimining  asosiy  kategoriyalaridan  biri 



hisoblanadi. 

 

Qonun  –  umumxalq  ovoz  berishi  (referendumi)  orqali  yoki  davlat 



hokimiyatining  oliy  organi  (Oliy  Majlis,  Duma,  Kongres)    tomonidan  qabul 

qilingan,  ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga  soluvchi,  oliy  yuridik  kuchga  ega 

bo‘lgan normativ – huquqiy hujjat. 

 

Qonun – normativ – huquqiy akt bo‘lganligi uchun ham, unda umumiy yurish 



– turish va xulq – atvor qoidalari o‘rnatiladi. 

 

O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 



1)  Asosiy qonun – Konstitutsiya; 

2)  Konstitutsiyaviy qonun; 

3)  Qonun; 

4)  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari. 

 

Qonunlar  o‘z  navbatida  kodekslashtirilgan  va  joriy  qonunlarga  bo‘linadi. 



Kodekslashtirilgan qonunlarga kodekslar kiradi. Kodeks – mantiqiy tizimlashtirish 

xususiyatiga  ega  qonun  bo‘lib,  o‘zida  ijtimoiy  munosabatlarning  ma'lum  bir 

sohasini  batafsil  tartibga  soluvchi  normalarni  birlashtiradi.  Masalan,  Fuqarolik 

kodeksi,  Jinoyat  kodeksi,  Oila  kodeksi,  Mehnat  kodeksi,  Soliq  kodeksi,  Bojxona 

kodeksi va h.k. 

 

 



22.  Konstitutsiya nima?  

Qonunlar  orasida  Konstitutsiya  alohida  mavqyega  ega  bo‘lib,  oliy  yuridik 

kuchga  egadir.  Konstitutsiya  –  lotincha  so‘z  bo‘lib,  “tuzish”,  “tuzuk”,  “nizom”, 

“qoida”,  “tuzilish”,  “yaratish”  degan  ma'noni  anglatadi.

 

Konstitutsiya  davlatning 



asosiy  qonuni  hisoblanadi.  Qadimgi  Rimda  konstitutsiya  imperator  akti 

hisoblangan va qonun kuchiga ega bo‘lgan. 

XVII  asrda  Fransiyada  bu  so‘z  bilan  rentani,  renta  shartnomasini 

ifodalashgan.  So‘ng  yana  uning  qadimgi  yunoncha  ma'nosiga  qaytishgan  va  bu 

atama  bilan  huquq  tomonidan  belgilab  beriladigan  davlat  tuzilishini  ifodalay 

boshlaganlar.  Buyuk  fransuz  inqilobi  arafasida  “konstitutsiya”  atamasi  bilan 

“davlatning  holati”ni  aks  ettira  boshlaganlar.  Konstitutsiya  asosiy  qonun 

hisoblanib,  o‘z  ichiga  davlatning  ijtimoiy,  siyosiy  tuzumi  qonunlarining  asosiy 

yo‘nalishlarini aniq tizimda begilaydi. 

 Konstitutsiya  fuqaro,  jamiyat  va  davlat  hokimiyati  o‘rtasida  o‘ziga  xos 

ijtimoiy shartnoma maqomiga ega. 

 

Dunyoda  ikki xil, ya'ni  yozilgan va yozilmagan konstitutsiya mavjud. 



Konstitutsiya  va  qonunlarni  faqat  parlament  qabul  qilishi  mumkin,  chunki 

ularda  konstitutsiyaviy  tuzum  asoslari,  insonlar  va  fuqarolarning  asosiy  huquq  va 



 

16 


 

erkinliklari hamda konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish tartib - qoidalari belgilab 

qo‘yiladi.  

 

Qonunlar va boshqa normativ hujjatlar orasida O‘zbekiston Respublikasining  



Konstitutsiyasi  asosiy  o‘rin  tutadi.  Ushbu  hujjat  davlat  hokimiyatining  tashkil 

etilishini  belgilaydi,  konstitutsiyaviy  tuzum  asoslari,  insonlar  va  fuqarolarning 

huquq  va  erkinliklarini    mustahkamlaydi.  Konstitutsiya  amaldagi  qonunlar  uchun 

yuridik asosdir. Konstitutsiya qoidalari boshqa normativ hujjatlarda rivojlantiriladi 

va aniqlashtiriladi. 

 

O‘zbekiston  Respublikasining  1992  yil  8  dekabrda  Oliy  Kengashning    XII 



chaqiriq 11 sessiyasida qabul qilingan asosiy qonuni muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob, 

128 moddadan iborat. 

 

1993  yil  9  aprelda  bo‘lib  o‘tgan  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Oliy 



Kengashi XII sessiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul 

qilindi. 

 

Shuni  ham  aytib  o‘tish  kerakki,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  O‘zbekiston 



Respublikasining  tarkibida  o‘z  konstitutsiyasiga  ega  bo‘lib,  uning  qoidalari 

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid kelishi mumkin emas. 



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish