Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Download 0,54 Mb.
bet1/4
Sana07.09.2017
Hajmi0,54 Mb.
#19029
  1   2   3   4


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY VILOYAT XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA

TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
Tabiiy va aniq fanlar ta’limi kafedrasi
Navoiy shahar 10-umumiy o‘rta ta’lim

maktab geografiya fani o‘qituvchisi

Qilicheva Nafisaning ish tajribasidan




Navoiy - 2016
Tuzuvchi: Qilichova N - Navoiy shahar 10-umumiy o`rta ta’lim maktabi geografiya fani o`qituvchisi

Taqrizchilar: Suvonov O.O.- Navoiy viloyat

XTXQTMOI tabiiy va aniq

fanlar kafedrasi mudiri, t.f.n, dotsent

Hasanova Z - Navoiy viloyat

XTXQTMOI tabiiy va aniq fanlar

ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi

Ushbu tavsiya geografiya fani bo`yicha ilg`or pedagogik texnologiyaga asoslangan dars ishlanmalari, testlar va yopiq testlardan iborat bo`lib o`qituvchilar uchun ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishga yordam tariqasida tuzildi.

Metodik tavsiyada darslarda foydalanish mumkin bo‘lgan metodlart, 5,6,7,8,9 - sinflar uchun amaliy ishlar va mashg‘ulotlar tavsiya etilgan.

Metodik tavsiya Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti ilmiy kengashida ko`rib chiqildi va 2014 - yil ----oyi - sonli bayonnomasiga asosan nashr etishga tavsiya etildi.


Kirish

Hozirgi vaqtdagi taraqqiyot maktab oldiga yangidan-yangi vazifalar qo`ymoqda. DTS talablarini amalga oshirish ta’lim tarbiyaning asosiy formasi bo`lmish darsni takomillashtirishni talab qiladi. Darsni takomillashtirish maqsadida ta’limning turli formalarini va metodlarini ijodkor o`quvchilar tomonidan izohlash boshlandi.

Yangi pedagogik texnologiya asosida dars olib boradigan o`qituvchi-muallim tinib-tinchimasligi, o`z ustida muntazam ishlashi, yangi adabiyotlar, maqolalar va tajribalar bilan tanishib borishi, ijodiy izlanishi zarur. Pedagog-psixologlarning tahlillariga ko`ra, o`zlashtirilgan axborotlar oradan 2 hafta o`tgach, mustaqil o`qish orqali 10%, tinglash orqali 20%, ko`rish orqali 30 %, namoyish qilish orqali 50%, suhbat munozara orqali 80%, amaliy bajarganda 90% eslab qolinarkan. Demak, bundan ko`rinib turibdiki o`quvchi amalda bajarganda eslab qolish eng yuqori ko`rsatkichni tashkil etar ekan. Shularni hisobga olsak, o`quvchilarga dars berishda ko`proq suhbat, bahs munozara va amaliy ishlarni dars davomida o`z nazoratimiz va kuzatuvimiz ostida amalga oshirishimiz zarur.

Bugungi zamonaviy o`qituvchi yoshlarga zamon talablariga javob beradigan bilimlarni berish uchun avvalo o`zi ana shunday manbalar, bilimlar bilan qurollangan bo`lishini his etmog`i zarur. Dars beradigan har bir o`qituvchi ta’lim tarbiyaga oid eng keyingi muhim yangiliklar va axborotlarni, o`quv jarayonini samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan ilg`or pedagog va axborot texnologiyalarni puxta egallab olishi va amaliyotga qo`llay olishi ayniqsa muhimdir.

Bugungi kunda zamonaviy dars usulidan asosiysi interfaol usulidir.

Interfaol o`qitish shaklida bilim berish “O`qituvchi va o`quvchi, o`quvchi va o`qituvchi“ hamkorligiga asoslangan bo`ladi. Interfaol so`zi inglizcha so`zdan olingan bo`lib, ikki taraflama harakat qilmoq degan ma’noni bildiradi. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, interfaol dars berishda o`qituvchi tomonidan o`quvchi oldiga qo`yilgan maqsad aniq erisha olish imkonini hisobga olingan bo`lishi lozim. Interfaol darsning mohiyati-darsda barcha o`quvchilar bilim olishga jalb qilinadi, yangi bilimlarni olish yo`llarini o`rganadi, amalda sinovdan o`tkazadi, o`quv materialini o`zlashtirishning oson yo`lidan boradi. Bunday darslar o`zaro xayrixohlik, hamkorlik, bir-biriga yordam ruhida tashkil etilishi, har bir ishtirokchining o`z hissasi bo`lishi, o`quvchi faqatgina yangi bilimlarni egallabgina qolmasdan, balki uni tasavvur qilish, idrok etish, vaziyatni baholash,yangi bilimlarni qidirish kabi psixologik-ruhiy rivojlanishini ta’minlashi darkor. Men geografiya darslarini o`tishda ko`proq interfaol dars usulidan foydalanaman. Interfaol dars o`quvchilarni tanqidiy, mantiqiy fikrlashga o`rgatish, faollashtirish kabilarning rivojlanishiga zamin yaratadi.Interfaol usul biror faoliyat yoki muammoni o`zaro muloqotda , o`zaro bahs munozara, fikrlashish asnosida hamjihatlik bilan hal etish deganidir. Bu usulning afzalligi shundaki, o`quvchini mustaqil fikrlashga, o`z fikrini aytishga chaqiradi. O`quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlaydi.

Geografiya darslarida eng ko`p qo`llab keladigan “Kemalar usuli” ni siz azizlarga havola etmoqchiman.

Geografiya darslarida “Kemalar usuli” dan foydalanish.

Xarita - “geografiya tili”dir. Geografik atlas va xaritalarni o`rganish, o`quvchilarni mustaqil bilim olishga, izlanishga chorlaydi. O`quvchilar bilan qanchalik ko`p xaritalar bilan ishlasak ularning dunyoqarashi fikrlash qobiliyati ham rivojlanadi.

Yaponlar “Fikrlayapsanmi, demak, yashayapsan, fikrlamayapsanmi, demak, yo`qsan” degan iborani bekorga aytishmaydi. O`qituvchi fikrlashi uchun unga albatta imkoniyat yaratib berish zarur. Bu imkoniyat o`qituvchi yo`rig`i asosida bo`lishi kerak. Ular o`z mulohazalari, o`z fikrlarini erkin bayon eta olishlari muhim ahamiyatga ega. O`qituvchi o`quvchilarni guruhlarga bo`lib, dars jarayonini o`quvchilar o`z fikrini erkin ayta olishi, tushunmagan joylarini so`ray bilishi, muzokara qilishi asosida olib borishi lozim. Ular bir-biriga savol beradi va o`z fikri bilan o`rtoqlashadi. Iqtidorli bolalar o`z qobiliyatini butun sinf oldida emas, balki kichik bir guruhda namoyon qiladi.

Dastlab o`qituvchi sinf o`quvchilarini qatorlarga qarab 3 ta guruhga bo`lib oladi. Ularga kema qoidalari birinchi darsda o`tiladi.

Kema qoidalari :


  1. Matros(o`quvchi) formada ozoda kiyingan, kemani toza tutgan holatda bo`lishi lozim.

  2. Matros o`ziga zarur qurollarga ega bo`lishi kerak (daftar, ruchka, kitob, atlas, qalam va boshqalar)

Kema shiori:

1-guruh -“ Bir kishi- hamma uchun, hamma - bir kishi uchun”.

2-guruh- “Kemaga tushganning joni bir”.

3-guruh- “Bir yoqadan bosh chiqarish”.

Dars uchun qoidalar ishlab chiqiladi va sinf taxtasiga yozib qo`yiladi.

Oltin qoidalar

1.Intizom 2. O`zaro hurmat 3. Faollik 4. Vaqtga rioya qilish. 5.O`ng qo`l qoidasi.

Dastlab o`quvchilar o`tgan mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob berish asosida o`z kemalarini “barpo qilishadi”. Buning uchun o`qituvchi o`quvchilarga o`tgan mavzu yuzasidan savol beradi.Savolning javobi kemani “ barpo qiladi”

Masalan:

1-savol. Dunyodagi eng katta mamlakat qaysi va qayerda joylashgan?

Javob: Rossiya, Yevrosiyoda joylashgan.

Demak, 1-guruhning kemasi “barpo bo`ldi”

2-savol. 2-3-qatorlarga beriladi va ularning ham kemalari barpo qilinadi. O`quvchilar savollarga javob bera olmasa, savol yengillashtirilgan holda bayon etiladi. Uchala guruhning kemalari barpo qilingandan so`ng o`qituvchi kema bayroqlarini tanlashga o`tadi.

1-savol. Dunyoda okeanlardan eng uzoq mamlakat qaysi? Javob: O`zbekiston

Demak, 1-guruh O`zbekiston bayrog`i ostida suzadi.

2-guruh savoli. O`zbekistonga chegaradosh maydoni eng katta mamlakat qaysi? Javob: Qozog`iston.

Demak, 2-guruh Qozog`iston bayrog`i ostida suzadi.

3-guruh savoli. Osiyodagi quduqlar mamlakati qaysi?

Javob : Turkmaniston.

Demak, 3-guruh Turkmaniston bayrog`i ostida suzadi.

Endi o`qituvchi kemalarni nomlashga o`tadi. Kemalarni nomlashda ham o`tgan mavzu bo`yicha yondashadi. O`tgan mavzular tog`lar, daryolar, ko`llar bo`lishi mumkin.

1-guruh savoli. O`rta Osiyoni tadqiq etgan, Labnor ko`li va yovvoyi otlarni topgan sayyoh kim?

Javob: Perjivalskiy.

Demak, 1-guruh kemasining nomi - Prejivalskiy.

2-guruh savoli. O`rta Osiyodagi tog`larni o`rgangan va shu tog`lardan biri uning taxallusiga aylangan olim nomini ayting?

Javob : Semyonov-Tyan-Shanskiy.

Demak, 2-guruh kemasining nomi - Semyonov-Tyan-Shanskiy.

3-guruh savoli. Pomir tog`laridagi eng uzun muzlikka qaysi olimning nomi qo`yilgan? Javob: Fedchenko.

Demak, 3-guruh kemasining nomi - Fedchenko.

Kemalar barpo qilinib, bayroq va nomlari yozildi. Bular doskaga magnitli qog`ozchalar yordamida yopishtiriladi. Endi, o`quvchilar sayohat qilishlari kerak bo`lgan orolni tanlashadi. Aytaylik, o`quvchilar Indoneziyadagi orolni tanlashdi. Orollar atrofini mustahkam tosh-to`siqlar to`sib turadi. Bu to`siqlar soni o`qituvchi yangi mavzu bo`yicha tayyorlangan savollarga mos keladi. Har bir to`siq – bitta savol. O`quvchilar istagan orolni tanlashadi. Masalan, Madagaskar, Shri-Lanka va hokazo.

Orol rasmi temir doskaga yopishtiriladi. Atrofi yumaloq qoyalar bilan o`raladi. “Qoya” belgisi orqasiga magnit yopishtiriladi. O`qituvchi orol atrofiga 10 ta qoya qo`ygan bo`lsa, shu asosda 10 ta yangi mavzudagi savol beriladi. O`quvchilar kengashib uni bayon etishadi. Savolga to`g`ri javob bergan kema bitta ballga ega bo`ladi. Ularning kemasiga bitta qoya rasmi joylashadi.Qaysi kema ko`p qoya to`plasa, shu guruh g`olib hisoblanadi. Shu zaylda kemalar orolga qarab suzib boradi.

Bu usulni 5-6- sinflarda qo`llash mumkin.5-sinfda ” Dunyo okeani”,

“Daryolar”, “Ko`llar va muzliklar”, “Yer po`stining harakatlari”,”Yer yuzi relyefining asosiy shakllari” mavzularida va 6- sinfda har bir okean va materiklarni o`rganishda mana shu usuldan foydalanish mumkin .

Materik yoki okean atrofini mustahkam tosh-to`siqlar to`sib turadi. Bu to`siqlar soni o`qituvchi yangi mavzu bo`yicha tayyorlangan savollarga mos keladi. Har bir to`siq – bitta savol. O`quvchilar istagan okean yoki materikni tanlashadi. Masalan, Tinch okeani, Yevrosiyo materigi va hokazo.

Materik yoki okean rasmi temir doskaga yopishtiriladi. Atrofi yumaloq qoyalar bilan o`raladi.. “Qoya” belgisi orqasiga magnit yopishtiriladi.O`qituvchi materik yoki okean atrofiga 10 ta qoya qo`ygan bo`lsa, shu asosda 10 ta yangi mavzudagi savol yoki topshiriq beriladi. O`quvchilar kengashib uni bayon etishadi. Savolga to`g`ri javob bergan kema bitta ballga ega bo`ladi. Ularning kemasiga bitta qoya rasmi joylashadi.Qaysi kema ko`p qoya to`plasa, shu guruh g`olib hisoblanadi.

7-9-sinf geografiya darslarida ham qo`llash mumkin.

Masalan, 7-sinf “O`rta Osiyoning siyosiy xaritasi”, “Daryolar”, “Ko`llar va suv omborlari” mavzularida 9-sinfda har bir davlatlarning umumiy tavsifi mavzularida foydalanish mumkin.

9-sinfda davlatlarning tavsifini o`rganishda ham shu usuldan foydalanish mumkin. Bunda davlatning rasmi atrofiga qoyalar o`rnatiladi. Qoyalar orqasida savol va topshiriqlar bo`ladi.

“Daryolar” mavzusida esa qoyalar daryoning manbayidan boshlab to daryoning mansabigacha terib chiqiladi . Har bir guruh daryoning o`zanini qoyalardan tozalab boradi, ya’ni agar savol va topshiriqlarga to`g`ri va aniq javob bersa daryo mansabigacha yetib boradi. Agar savol va topshiriqqa javob bera olmasa kema g`arq bo`ladi.

Bu “Kemalar usuli” o`quvchilarni ko`rish, topqirlik, ijodkorlik, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini oshiradi.O`quvchilarni mustaqil ijodiy izlanishga undaydi. O`quvchilar qanchalik o`z ustida ishlasa ularning fikrlash doirasi kengayadi, ularning bilim saviyasi o`sadi. Darslarimda qo`llab keladigan “Kemalar usuli” dan foydalanib o`tkazgan ochiq dars ishlanmasidan namuna ko`rsataman. Sizlar ham mana shu usuldan foydalanib dars o`tishingizni tavsiya etaman.



Geografiya darslarida “5x5 viktorina o`yini” dan foydalanish.

Yangi mavzuni mustahkamlashda “5x5 viktorina o`yini” dan foydalanish mumkin. 5x5 viktorina o`yini 5 ta topshiriqdan va har biri 5 ballik reyting tizimida baholanib boradi. Masalan, “Daryolar. Ko`l va muzliklar” mavzusiga oid quyidagi topshiriqlarni o`quvchilar yangi mavzuni mustahkamlash uchun bajarishlari mumkin. Bunda yangi mavzuni mustahkamlash o`yin tarzida olib borilgani uchun o`quvchilarning fanga bo`lgan qiziqishi yanada ortadi. Ularning topqirlik, ijodkorlik, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.



1. “BLIS” so‘rov topshiriqlari. Shakli: ha-yo‘q”.

2. Kontur karta.(yozuvsiz xarita bilan ishlash)

3. Tabiiy xarita. (xarita bilan ishlash)

4. Eng,eng,eng...( jadval to`ldirish)

5. Topgan topaloq (topishmoqning javobini top)

I-topshiriq: BLIS” so‘rov topshiriqlari. Shakli: “ha-yo‘q”.

  1. O`zan deb ataluvchi chuqurlikdan oqayotgan suv oqimi daryo deb ataladi.

  2. Daryoning boshlanish joyi daryoning mansabi deyiladi.

  3. Sun’iy ko`llar suv omborlari deyiladi.

  4. Eng baland sharshara Viktoriya sharsharasi.

  5. Daryolar suvi baland joylardan otilib tushib,sharsharalar hosil qiladi.

  6. Agar ko`llarga daryo kelib quyilsa-yu, daryo oqib chiqmasa oqar ko`l deyiladi.

  7. Dunyodagi eng sho`r ko`l O`lik dengizi.

  8. Quruqlikda qor to`planib, hosil bo`lgan ko`p yillik muzlar aysberg deyiladi.

  9. Aysberg muz tog` degan ma’noni bildiradi.

  10. Daryolar faqat yomg`ir suvlaridan to`yinadi.

So‘rovni o‘tkazish tartibi:

O‘zingiz to‘g‘ri deb hisoblagan to‘g‘ri javoblarni X belgisi bilan, noto‘g‘ri deb

hisoblagan javoblarringizni O belgisi bilan belgilang.

O‘quvchi quyidagi shaklda javoblarni belgilaydi:




1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

X

O

X

O

X

O

X

O

X

O


II-topshiriq:

Afrika materigining daryolari, ko`llari va sharsharalarini yozuvsiz xaritaga tushiring



III-topshiriq:

Amazonka, Kongo, Nil, Kaspiy ko`li, Baykal ko`li, Anxel sharsharasi, Niagara sharsharasi



IV-topshiriq: Eng,eng,eng…


1

Eng sersuv daryo

 

2

Eng uzun daryo

 

3

Eng baland sharshara

 

4

Eng katta ko`l

 

5

Eng chuqur ko`l

 



V-topshiriq: topishmoqlar

  • Bir o`zanli yo`l bo`lar, Oqib-oqib ko`l bolar. (daryo)

  • Uning sahni sayyoramda keng. Hech qaysi ko`l kelolmaydi teng. (Kaspiy ko`li)

  • Nafisa, Ilhom, lola ismin bosh harflarin olib

Eng uzun daryo nomin topib bo`laqol g`olib. (Nil)

  • U shunday ko`l faunasi mo`l. Bir qismi chuchuk bir qismi sho`r. (Balxash)

  • O`zi Osiyoda uning makoni, Yevrosiyoning u eng chuqur ko`li (Baykal)

  • Afrikada shunday daryo bor. Ekvatorni kesar ikki bor.

Materikda eng sersuv o`zi. Mavsum bo`yi bir xil suvoqar. (Kongo)

  • Beshta ko`l aka-uka, Berishib qo`lni qo`lga,

Ko`krak kirib ko`rishar, Nomin nima deyishar. (Buyuk ko`llar)

  • Kim ham bilmaydi uni, Suvda kezgan oq tog`ni.

Nahotki tog` kezadi,Nomini kim biladi? (aysberg)

  • “Dengiz “ derlar, o`xshamas, Tuzi mo`l-u jon uchramas. (O`lik dengizi)

Bu o`yinni barcha sinflarda va mavzularda qo`llash mumkin.

Masalan , 7-sinf “O`rta Osiyoning siyosiy xaritasi”, “Daryolar”, ”Ko`llar va suv omborlari” mavzularida 9-sinfda har bir davlatlarning umumiy tavsifi mavzularida foydalanish mumkin.

Bu “5x5 viktorina o`yini” o`quvchilarni ko`rish, topqirlik, ijodkorlik, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini oshiradi. O`quvchilarni mustaqil ijodiy izlanishga undaydi. O`quvchilar qanchalik o`z ustida ishlasa ularning fikrlash doirasi kengayadi, ularning bilim saviyasi o`sadi. Darslarimda qo`llab keladigan “5x5 viktorina o`yini ” dan foydalanib o`tkazgan ochiq dars ishlanmasidan namuna ko`rsataman. Sizlar ham mana shu usuldan foydalanib dars o`tishingizni tavsiya etaman.
O`zbekistonning tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari”mavzusida o`tkazgan ochiq dars ishlanmasi
Sinf : 8

Mavzuning texnologik xaritasi va o‘tkazilish ishlanmasi

Mavzu:

I– chorak 3- dars

3-§ O`zbekistonning tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari


Maqsad va vazifalar

O`quvchilarning oldingi mavzular yuzasidan bilimlarini tekshirish, ularni yangi atama va tushunchalar bilan tanishtirish;

O`quvchilarga O`zbekistonning tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari haqida ma’lumot berish.

O‘quvchilarda jamoa bo‘lib ishlash, o‘zaro yordam va berilgan vazifalarni bajarishda ma’suliyat sezish ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish.

O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, nutq madaniyatini o‘rganish, o‘z – o‘zini boshqarishga yo‘naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.




O‘quv materiali mazmuni

O‘quvchilarda mavzu asosida bilim va ko‘nikmalarni shakillantirish, geografik atlas, yozuvsiz xaritalar bilan ishlashga qiziqish o‘yg‘otish.

O‘quvchilarning savol-javob, xarita bilan ishlash (amaliy mashg‘ulot) orqali yangi mavzuni qay darajada o‘zlashtirilganligi nazorat qilinadi.



O‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi

Shakl: suhbat-ma’ruza, yakka tartibda, kichik guruh.

Metod: “Aqliy hujum”, 5x5 viktorina o`yini, krossvord, “Guruhlar bilan ishlash”, atlas, xarita va yozuvsiz xarita bilan ishlash

Vosita: Darslik, 8-sinf o‘quv atlasi va yozuvsiz xaritalar, tarqatma savollar.

Nazorat: kuzatish, nazorat savollari, nazorat testlari.

Baholash: rag‘batlantirish, 5 ballik tizim asosida.


Kutiladigan natijalar

O‘qituvchi: Mavzu belgilangan vaqt ichida barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi. O‘quvchilarning darsda faolligi oshadi. Ularda fanga nisbatan qiziqish o‘yg‘onadi. Amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajaradilar, barcha o‘quvchilar yakka tartibda baholanadi, boshqalarga yetkazish, savol va javob berishga o‘rgatiladi.

O‘quvchi: Mavzu yuzasidan yangi bilimga ega bo‘ladilar. Guruhlar bilan ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar


Kelgusi rejalar

O‘qituvchi: Yangi pedagogik texnologilarni o‘zlashtiradi va darsda tatbiq etib, takomillashtirishga erishadi. O‘z ustida ishlaydi. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog‘laydi va solishtiradi.

O‘quvchi: Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashni o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon eta oladi. Yangi mavzuga oid qo‘shimcha materiallar topishga harakat qiladi.

Darsning rejasi :

1.Tashkiliy qism (davomatni aniqlash, ob-havo va yangiliklar bilan tanishish )-5 daqiqa

2.O`tgan mavzuni takrorlash -12 daqiqa

3.Yangi mavzu bayoni -15 daqiqa

4.Yangi mavzuni mustahkamlash -10 daqiqa

a. (5x5 viktorina o`yinini o`tkazish ) .

5.O`quvchilarni baholash va uyga vazifa -3 daqiqa

Darsning shiori: “Geografiya-tabiiy fanlar sultoni”.

Navbatchilar aniqlanadi va o`quvchilar davomati olinadi. So`ngra ob-havo va dunyo yangiliklari bilan tanishib chiqiladi.

Sinf uch guruhga bo`linadi:

1.Globus 2.Atlas 3.Xarita

Dars uchun qoidalar ishlab chiqiladi va sinf taxtasiga yozib qo`yiladi.

Oltin qoidalar

1.Intizom. 2. O`zaro hurmat. 3. Faollik. 4. Vaqtga rioya qilish.

5. Asosli va mantiqli fikr bildirish. 6. Fikrni takrorlamaslik. 7. O`ng qo`l qoidasi. 8. To`g`ri javob uchun rag`bat.

Baholash mezomlarini o`qituvchi e`lon qiladi.

O`tilgan mavzuni har bir guruhga bittadan savol berib takrorlanadi. Har bir guruh berilgan savolni to`liq izohlab berishi kerak.

I-guruh uchun:

O`zbekistonning tabiiiy geografik o`rni haqida gapiring

II-guruh uchun :

O`zbekistonning iqtisodiy geografik o`rni haqida gapiring

III-guruh uchun:

O`zbekistonning siyosiy geografik o`rni haqida gapirib bering.

Guruhlarning bergan javoblariga qarab baho kartochkalari beriladi.

Yangi mavzu uch guruhga bo`lib beriladi.

I-guruh: Tabiiy sharoit nima? O`zbekistonning tabiiy sharoiti milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda qanday ahamiyatga ega?

II-guruh:Tabiiy boyliklar nima? O`zbekistonning tabiiy boyliklari milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda qanday ahamiyatga ega?

III-guruh:Tugaydigan va tugamaydigan boyliklar, tiklanadigan va tiklanmaydigan boyliklar haqida ma’lumot bering.

Har bir guruh qo`yilgan savollarga birma-bir javob beradilar.

I-guruh:

O`quvchi: Qulay tabiiy sharoit ishlab chiqarish samaradorligining muhim tabiiy omilidir. U, ayniqsa, qishloq xo`jaligi, foydali qazilmalar qazib chiqarish va transport harakatida yaqqol bilinadi. Tog` relyefi, sho`rxoklar, cho`llar, taqirlar, jarliklar hududni xo`jalik jihatdan o`zlashtirishni qiyinlashtiradi.

O`quvchi: Qurg`oqchil yillarda daryo suvlari kamayib, ekinlarni suv bilan ta’minlash og`ir kechadi. Fan-texnika yuksala borgani sari ishlab chiqarishning tabiatga bog’liqligi kamayib, ayni paytda uning tabiatga ta’siri kuchayadi. Natijada tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni tiklash muhim vazifaga aylandi.

O`quvchi: Mamlakatimiz hududdini tabiiy sharoiti va xo`jalikdagi ahamiyatga ko`ra cho`l, adir, tog`, yaylovlarga bo`lish mumkin. Cho`l mintaqasidan yaylov chorvachiligidan foydalaniladi. Cho`l mintaqasi foydali qazilmalarga ham boy hisoblanadi.

O`quvchi: Adir mintaqasidan asosan obikor va lalmikor dehqonchilikda foydalaniladi. Tog` mintaqasidan yovvoyi mevali daraxtlarga madaniy mevalar payvand qilinishi natijasida tog`larning xo`jalikdagi ahamiyati tobora ortib bormoqda.

O`quvchi: Yaylov mintaqasi O`zbekiston qishloq xo`jaligi, sanoati va aholisini suv bilan ta’minlashda tog`lardagi doimiy qor va muzliklar asosiy suv manbayi xizmatini o`taydi.

II-guruh:

O`quvchi: Inson tabiatdan oladigan barcha moddiy boyliklar-yerosti boyliklari, suv, havo, o`simlik, hayvonot olami va boshqalar tabiiy boyliklar hisoblanadi.

O`quvchi: Tabiatning xo`jalikda foydalaniladigan, insoniyaning yashashi uchun zarur bo`lgan barcha elementlari, energiya manbalari tabiiy boyliklar deyiladi.

O`quvchi: Tabiiy boyliklar tabiiy sharoitdan farq qilib, ishlab chiqarishga bevosita aloqador, ya’ni uning xomashyo hamda energetika bazasini tashkil etadi.

O`quvchi: Mamlakat iqtisodiyotining xomashyoga va yoqilg`iga bo`lga ehtiyoji to`xtovsiz oshib bormoqda. Ko`pgina korxonalar har yili eng katta shaharlar aholisi iste’mol qiladigan suvdan ko`proq suvni ichib qo`ymoqda. Qishloq xo`jaligi ham ko`p suv talab. Ayrim sanoat rayonlari, Toshkent, Farg`ona, Navoiy kabi shaharlar hududida hosil bo`layotgan tabiiy kislorod manbayi bo`lgan o`simliklar o`nlab yillarda tiklanadi. Tuproq boyliklari esa undan ham sekin tiklanadi. Insonning tabiatga ta’siri ortishi bilan ekologik muammolar yuzaga kelmoqda.

III-guruh:

O`quvchi: Tabiiy boyliklar 2 turga bo`linadi:

1. Tugaydigan boyliklar

2. Tutugamaydigan boyliklar.

O`quvchi: Tugaydigan boyliklar ham o`z navbatida 2 turga bo`linadi:



  1. Tiklanadigan boyliklar

  2. Tiklanmaydigan boyliklar.

O`quvchi: tiklanadigan boyliklarga yer, suv, havo, o`rmon, tuproq, o`simlik, hayvonot boyliklari kiritiladi.

O`quvchi: tiklanmaydigan boyliklarga mineral va yoqilg`i boyliklari, tuzlar, oltingugurt, fosforit va boshqalar kiritiladi.

O`quvchi: Tugamaydigan boyliklarga agroiqlim boylilari kiritiladi.Jumladan; yadro energiyasi, quyosh energiyasi, geotermal energiya, shamol energiyasi, oqimlar energiyasi va boshqalar.

O`qituvchi: O`zbekiston tabiiy boyliklarini muhofaza qilish lozim. Inson uchun zarur bo`lgan qazilma boyliklardan oqilona foydalanish, suv va havoni toza saqlash, tuproqni eroziyadan saqlash, o`simlik va hayvonot dunyosini tabiiy holicha asrab qolib, qayta tiklashni hamda xushmanzara joylarni tabiiy holicha saqlash har birimizning burchimizdir.

Guruhlarning bergan javoblariga qarab baho kartochkalari beriladi.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun 5x5 viktorina o`yinini o`tkazamiz.



Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish