Tayanch tushunchalar: pedagogika, ta’lim, tarbiya, xalq maqollari, pedagogik olimlar, inson kamoloti, o‘qitish, suhbat, metod, integratsiya, integralli ta'lim, metodologik asos



Download 64,42 Kb.
Sana22.07.2022
Hajmi64,42 Kb.
#839408
Bog'liq
Tayanch tushunc-WPS Office


Tayanch tushunchalar: pedagogika, ta’lim, tarbiya, xalq maqollari, pedagogik olimlar, inson kamoloti, o‘qitish, suhbat, metod, integratsiya, integralli ta'lim, metodologik asos.

Pedagogika (gr. 'παῖς', paіda — bola, gr. 'ἄγω', gogos — yetaklovchi) atamasi qadimiy boʻlib, „bola yetaklovchi“ degan maʼnoni bildiruvchi grekcha „paydogogos“ soʻzidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarning koʻrsatishicha, qadimgi Yunonistonda oʻz xoʻjayinining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan, harbiy mahoratni oʻrgatgan tarbiyachini, yaʼni qullarni „pedagog“ (bola yetaklovchi) deb atashgan. Keyinchalik esa, maxsus oʻqitilgan va pedagoglikni oʻziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshlashgan.

Pedagogika (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Ped. institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham P. deb yuritiladi. P. fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy P. bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviymaʼrifiy tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston Respublika-sida Pedagogikaga barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi.

Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi yosh avlodni hayotga tayyorlash, ular tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bu ehtiyoj borasida orttirilgan tajribalar to‘plangandan keyin o‘sha tajribalarni umumlashtirish, yoshlar tarbiyasi haqida qonun-qoidalarni ishlab chiqish zaruratini taqozo etadi.

Avvalo pedagogikaning nazariy kurtaklari falsafa negizida paydo bo‘ladi. Ba’zi falsafiy fikrlar quldorlik jamiyatidayoq rivojlana boshlagan edi.

Qadimdan inson tarbiyasiga oid fikrlar xalq maqollarida, afsonalarda, dostonlarda o‘z ifodasini topgan. Ularda rostgo‘ylik, ota-onaga hurmat-ehtirom kabi fazilatlar tarannum etilgan. „Alpomish“, „To‘maris“ kabi doston va ertaklarda vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ulari ulug‘lanadi. Ta’lim va tarbiya masalalari hamisha mutafakkir, yozuvchi, olimlar xayolini band qilib kelgan. Ular o‘zlarining bola tabiati, ularni barkamol inson qilib tarbiyalash haqidagi yorqin mulohazalari bilan pedagogika fani ravnaqiga ulush qo‘shganlar. Mashhur hind masali „Kalila va Dimna“, Nizomulmulkning „Siyosatnoma“, Nosir Xisravning „Saodatnoma“, „Ro‘shnoyinoma“, Yusuf xos Hojibning „Qutadg‘u bilik“, Mahmud Koshg‘ariyning „Devon-u lug‘atit turk“, Ahmad Yugnakiy, Kaykovus, Alisher Navoiyning ko‘pgina asarlari odob-axloqqa bevosita daxldordir.

Bu allomalarning asarlari pedagogik fikrlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu asarlarda insonparvarlik, halol mehnat, do‘stlik, chin muhabbat, sadoqat kabi yuksak axloqiy fazilatlar o‘z aksini topgan. Suqrot, Aflotun, Demokrit kabi buyuk faylasuflar tomonidan murakkab falsafa tizimi yaratilgan.

Pedagogikaning fan sifatida shakllanishida chex pedagog olimi Yan Amos Komenskiyning hissasi katta bo‘ldi. Uning „Buyuk didaktika“ asari haqli ravishda pedagogika sohasida yaratilgan birinchi ilmiy asar hisoblanadi. O‘n sakkizinchi asrga kelib O‘rta Osiyoda ham pedagogik fikrlar taraqqiy eta boshladi. XIX asr boshlarida Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Saidrasul Aziziy, Saidahmad Siddiqiy kabi ma’rifat jonkuyarlari yetishib chiqdi. Bu olimlar yangi usuldagi maktablar tuzish, darsliklar yaratish, xalq o‘rtasida ma’rifatni targ‘ib etishda jonkuyarlik qildilar.

Pedagogika fanining mazmunini boyitib va rivojlantirib boradigan qator manbalar mavjud. Ayniqsa, maqollar, ertaklar, dostonlar, ashulalar, udumlar va topishmoqlarda tarbiya haqidagi xalq donishmandligi qamrab olingan.

Allomalarning pedagogika nazariyasiga oid fikrlaridan fanda unumli foydalanilmoqda. Shu bilan birga, pedagogika fani yangi g‘oyalar evaziga boyimoqda. Pedagogikada „tarbiya“ so‘zi turli ma’noda ishlatiladi. Chunonchi, tarbiya keng sotsial ma’noda, ijtimoiy hodisa sifatida qo‘llanilganda jamiyatning barcha tarbiyaviy vositalarini: oilani, maktabgacha tarbiya muassasalarini, o‘quvtarbiya muassasalarini, mehnat jamoalari, axborot manbalarining tarbiya yo‘nalishida olib boradigan harakatlarini o‘z ichiga oladi. Bu tarbiya vositalari o‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama kamol topishiga xizmat qiladi.

Pedagogik adabiyotlarda va amaliyotda „tarbiya“ so‘zi aniq, tor yo‘nalishni belgilash uchun ham ishlatiladi. Xuddi shu ma’noda tarbiyachi rahbarligida aniq maqsadga qaratilgan jarayon tushuniladi.

O‘qitish - o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi faoliyati va bu jarayonda bolalarning ma’lumot olishi, o‘quv ko‘nikma va malakasini egallashi, tarbiyalanib, rivojlanib borishi nazarda tutiladi.

Ma’lumot - bunda nafaqat o‘qitish, balki mustaqil bilim olish, ommaviy axborotlar ta’sirida bo‘lish bilan birga, insonning ilmiy tizimni egallashi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirishi ko‘zda tutiladi.

Inson kamoloti - bu insonning keng ma’noda ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllanish jarayonidir. Bu jarayonda tarbiyaning muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi.

Insonning shakllanishi - bu insonning hayot yo‘li davomida rivojlanishining o‘ziga xos shakli bo‘lib, maxsus olib boriladigan tarbiyaviy ta’sir natijasi hisoblanadi. Pedagogikada yana bir qancha tushunchalar mavjudki, ular haqida boshqa boblarni o‘rganish jarayonida fikr yuritiladi.

Fan va texnikaning tez sur’atlar bilan rivojlanishi, turli yo‘nalishlarda bilim hajmining o‘sib borishi fanning tabaqalanib, turli tarmoqlarga bo‘linishiga sabab bo‘lmoqda.

Yaqin o‘tmishda falsafadan ajralib chiqqan pedagogika fanida ham ko‘pgina tarmoqlarga bo‘linish jarayoni ko‘zga yaqqol tashlanadi. Ayrim tarmoqlar esa mustaqil fan sifatida shakllanadi. Masalan, maktab pedagogikasi, maktabgacha tarbiya pedagogikasi. Ayrimlari esa fan sifatida endi shakllanib kelmoqda. Kattalar pedagogikasi, oliy maktab pedagogikasi shular jumlasidandir. Hozirgi zamon pedagogikasi ko‘p tarmoqli fan bo‘lib, avvalo tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi jihatidan pedagogika tarixi bilan bog‘lanadi. Pedagogikaning ko‘zi ojiz, aqli zaif, qulog‘i kar - jismoniy kamchiliklarga ega bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va ularni hayotga tayyorlash bilan shug‘ullanadigan yana bir tarmog‘i - maxsus pedagogika (surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika) defektologiya bilan chambarchas bog‘liqdir.

Pedagogika fani tarmoqlariga predmetlarni o‘qitishning qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan - metodika ham kiradi. Shu bilan birga, pedagogika fani boshqa fanlardan ajralgan holda rivojlana olmaydi. Pedagogikaning tarbiya sohasidagi obyekti o‘sib kelayotgan yosh avlod bo‘lganligi uchun pedagogika insonni o‘rganuvchi fanlar bilan bog‘liqdir.

Inson biologik evolutsiyaning mahsuli sifatida biologiya fanlarining o‘rganadigan obyekti hisoblanadi. Shuning uchun bu fanlar pedagoglar o‘rganishi lozim bo‘lgan fanlar qatorida o‘quv rejalariga kiritilgan.

Pedagogika fanining metodologik asosini falsafa tashkil etadi. Chunki tarbiyaning maqsadi, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish; jamoa va shaxs muammolari va shu kabilar ikki fanni birlashtiradi. Iqtisodiy va, xususan, uning bir bo‘lagi bo‘lgan xalq ta’limi iqtisodi pedagogika bilan bog‘lanib ketadi. Chunki iqtisodchilarning olib borgan tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, ishlab chiqarishning yuksak samaradorligi umumiy ta’limning yuqori darajada rivojlanganligiga bog‘liq ekan.

Pedagogika bola tarbiyasida uning yosh va individual (psixologik) xususiyatlarini hisobga olib boradi. Shu bois pedagogika uchun pedagogik psixologiyaning bola xususiyatlari, ularda o‘tadigan psixik jarayonlarning qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlar muhimdir. Shunga ko‘ra, pedagogikaning psixologiya fani bilan bog‘liqligi an’anaviy tus olgan.

Keyingi vaqtlarda pedagogikaning kibernetika (muhim dinamik tizimlarni boshqarishni o‘rganadigan fan) bilan bog‘lanishi ko‘zga tashlanmoqda. Bu holni kibernetikaning umumiy g‘oyalaridan ta’limda foydalanish tajribalarini dasturlashtirilgan ta’lim misolida ko‘rish mumkin.

Pedagogika fani taraqqiyoti pedagogika fanlari tizimini vujudga keltirdi.

Bular:


Umumiy pedagogika, Maxsus pedagogika, Metodika, Pedagogika tarixi, Oliy ta`lim pedagogikasi, Qiyosiy pedagogika, Ijtimoiy pedagogika, Harbiy pedagogika.

Pedagogikaning boshqa fanlar bilan bog‘lanish tizimida etnografiya, xalq pedagogikasi kabilar alohida o‘rin tutadi.

Pedagogika boshqa oraliq fanlar ma’lumotlaridan tayyor holda foydalanmaydi. Bu ma’lumotlar pedagogik nuqtayi nazardan tanlovdan o‘tgandan keyin maqsadga muvofiqlashtirilgan holda amalda joriy etiladi.

Pedagogika o‘z tadqiqot obyektiga va tadqiqot metodlariga ega. Ilmiy tadqiqot barcha fanlar kabi pedagogika fanini ham takomillashib borishiga, ayrim pedagogik hodisalarni tekshirishga, ularni to‘g‘ri hal etish yo‘llarini aniqlashga yordam beradi.

Hodisa uning taraqqiyoti davomida boshqa hodisalar bilan bogliq holda 8 o‘rganiladi. Miqdor o‘zgarishi sifat o‘zgarishiga o‘tish daqiqalarida kuzatiladi.

Adabiyotlar bilan ishlash metodi.Pedagogik muammolarni tadqiq etish adabiyotlarni o‘rganishdan boshlanadi. O‘rganiladigan hujjatlar va manbalarga xalq maorifiga aloqador hujjatlar kiradi. Shu bilan birga, pedagogika faniga oid bo‘lgan tarixiy-pedagogik adabiyotlar, arxiv hujjatlari, pedagogik matbuot materiallari, darsliklar, o‘quv-metodik ishlanmalar ham kiradi. Adabiyotlarni o‘rganish metodi muammolarning qay tomonlari yaxshi ochilganligini, qaysi masalalar hal etilmagani kabilarni bilish imkoniyatini beradi.

Adabiy manbalar bilan ishlash quyidagi metodlardan foydalanishni nazarda tutadi: bibliografiya tuzish, annotatsiya, konspektlashtirish. Ishning maqsadidan kelib chiqqan holda yuqoridagi usullardan biri tanlab olinadi.

Bibliografiya — bu hal etilishi lozim bo‘lgan muammoni tadqiq etish jarayonida zarur bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati. Adabiy manbalar bilan ishlash aniq ma'lumotlarni bibliografiya tuzish yo‘li bilan rasmiylashtirishni talab etadi. Bunda ma'lumotlar muallifning ism-sharifi, asarning nomi, nashriyoi nomi (maqolalar uchun jurnal va gazetalarning nomi), manzili va nashr etilgan yili ko‘rsatiladi.

Ilg‘or tajribalarni o‘rganish metodi.Pedagogikaning ko‘pgina muammolarini hal etishda ta’lim-tarbiya sohasida orttirilgan tajribalarni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ilg‘or o‘qituvchilar tajribasi bilan bir qatorda, oddiy o‘qituvchilarning faoliyatlari ham o‘rganib boriladi. Chunki tajribalarni o‘rganish jarayonida muammo, yutuq va kamchiliklar aniqlanadi. Pedagogik tajribalarni o‘rganishda kuzatish, intervyu olish, anketalar tarqatish, o‘quvchilarning yozma va ijodiy ishlari, pedagogik hujjatiarni o‘rganish metodlaridan foydalaniladi.

Kuzatish — o‘rganish lozim bo‘lgan pedagogik hodisani ma’lum maqsad nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda kuzatuvchi kuzatish bayonnomasini olib boradi. Kuzatish obyektiga oid bo‘lgan aniq faktik material tayyorlanadi. Kuzatish belgilangan aniq reja asosida olib boriladi.

Suhbat (fakt) dalillar to‘plash yoki kuzatish davomida to‘plangan materiallarga aniqlik kiritish maqsadida olib boriladi. Suhbat tadqiqotning mustaqil yoki yordamchi metodi sifatida qo‘llaniladi.

Anketalar tarqatish. Bu ommaviy ravishda material to‘plash maqsadida anketalar tarqatish yo‘li bilan amalga oshirrladi.

Tadqiqot uchun muhim bo‘lmagan materiallar o‘quvchilarning yozma vu bir qancha fanlar bo‘yicha mustaqil ishlarni bajargan daftarlarini tekshirish, o‘rganib chiqish yoli bilan turlarga ajratilishi mumkin.

Maktab hujjatlarini o‘rganish — o‘quvchilarning shaxsiy varaqalari, metodistning to‘plagan ma’lumotlari, sinf jurnallari, kundaliklar, yig‘ilish va majlislar bayonnomalari tadqiqoti uchun olib borilayotgan ta’lIim-tarbiyaning ahvoli, darajasi haqida obyektiv axborot manbayi hisoblanadi.

Pedagogik hodisalarni tadqiq qilish jarayonida eksperiment (sinov) muhiim ahamiyat kasb etadi. Maxsus tashkil etilgan eksperiment qo‘llanilayotgan yoki qo‘llanishi mumkin bo‘lgan u yoki bu metod va usullar samaradorligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.

Matematik metod. Bu metod ommaviy materiallarni tahlil qilishda (masalan, anketalar tarqatish yo‘li bilan to‘plangan materiallarni yoki ma'lumotlarni umumlashtirish uchun) qo‘llaniladi. U eksperiment natijalarining aniq baholanishini, xulosalarning ishonchli bo‘lishini ta'minlaydi.

Tadqiqot natijalari va ularni amalda tatbiq etish. Pedagogikada bu jarayon turli yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Chunonchi, tadqiqotchilarning seminarlarda, ilmiy konferensiyalarda tadqiqot natijalari bo‘yicha ma'ruzalar bilan chiqishi, ilmiy maqolalar, kitoblar nashr etilishi, o‘qituvchiga mo‘ljallangan metodik tavsiyalar bo‘lishi mumkin. Pedagogikada hali hal etilmagan muammolar juda ko‘p. Bular ilmiy tadqiqot olib borish yo‘li bilan hal etiladi.

Integrasiya kursi- o'quv fanlaridan biri bo'lib, fanlararo bilimlarni (integrativ bilimlarni) chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish uchun o'rganiladi. U har xil turlar,usullar, uslublar, fanlararo integrasiya ob'ektlari asosida tuzilgan.

Integratsiya kurslarining sinflarga bo'linishini turli asoslarda qilish mumkin: maqsad va muammolar asosida : maktab tabiiy- ilmiy tizimidagi vazifalari asosida: qo'shiluvchi fan tarmoqlari asosida integrasiya usullari va yo'llari asosida: o'quv rejasidagi o'rni asosida: kursni o'rganishda sarflangan vaqt asosida: o'quvchilar uchun qiyinli darajasi asosida va h.k. Shuni e'tiborga olamizki, bu kurslarning mualliflari odatda o'z oldilariga bir necha maqsad va muammolarni echish masalasini qo'yadilar, shu sabali kurslar ko'p maqsadli, turli vazifali bo'ladi.

Ko'p miqdordagi dasturlar va ularni tadbiq etishga urinishlarini ko'rib chiqib, biz bu kurslar qurilishining asosiy yo'nalishlarini ajratishimiz va ularni moxiyatiga qarab sinflarga bo'lishimiz mumkin. Integrativ ta'limning sinflarga bo'linishi (klasifikasiya).

1. Ko'p fanlar integrasiyasi.

Ularni ya'ni universal yoki bir necha asosiy tizim kurslarini almashtiruvchi umumiy deb ham atash mumkin. Masalan, o'qish, tabiat, rasm darslarining bitta umumiy darsga birlashtirish.

Odatda, bunday kurslarning mualliflari tabiiy fanlar materiallarini birlashtirib, ularni bir ma'lum tizimga keltirishida va o'z kurslarini integrativ yoki kompleks (umumiy) deb ataydilar. Ko'rinib turibdiki boshlang'ich ta'lim tizimidagi tabiiy fanlar materiallarini berishda to'g'ri ketma-ketlikga faqat darslar tuzilishini saqlab qolibgina erishish mumkin. Ba'zi e'tiborli olimlar ta'kidlaydilarki, bu ananaviy maktablarda ham tabiiy fanlarni ketma-ket o'rganish yo'li b ilan ham hal qilinmoqda. Bir qator olimlar boshlang'ich ta'limga ham darslarga ajratib o'qitish ananalari tarqalgan deb hisoblaydilar.

Tabiiy fanlarni o'qitishni tizim bo'yicha davom ettirishni bekor qilish va soddalashtirish uchun ko'pgina mualliflar gumanitar sinflar uchun umumlashtirilgshan kurslar (darslar) taklif qiladilar. Bularga umumiy tushunchalar beruvchi, bolalarda tabiiy fanlarni o'rganishga qiziqish uyg'otish vazifasini bajaruvchi, tabiat haqida qiziqarli ko'rinishda hikoya qiluvchi boshlang'ich tabiiy fanlar kurslari (masalan, boshlang'ich sinflardagi “tabiatshunoslik ”) kiradi.

2. Chegaradosh fanlar asosida tuzilgan kurslar.

Keng integrasiya jarayoni oldingi ilmiy yo'nalishlarni bog'lovchi yangi tabiiy fanlar va ilmity yo'nalishlar hosil bo'lishiga olib keladi.

Boshlang'ich sinflarda ekologik ta'limni kuzatib, o'qish , tabiatshunoslik, mehnat (tabiiy materiallar bilan ishlash), rasm fanlarida ekologik mavzular kiritilgani ko'riladi. Bir- biriga yaqin chegradosh fanlarning qatoriga malekulyar biologiya, biofizika, giofizika, biokimyo, astrofizika, astrokimyo kiradi. Bu fanlar asosida maktab integrativ tabiiy fanlari tuziladi.

3. Asosiy fanlar asosida tuzilgan kurslar.

Zamonaviy bilimlarning har bir bo'limini qamrab oluvchi asosiy fanlar asosida tuziladi. Ular qatoriga pedagokika, pedogogik texnologiya,pedogogik psixologiya, inson yoshi psixologiyasi, fan rivojlanishi jarayoni o'rganuvchi pedagogik psixologiya, fanning insonning boshqahayot jarayonlariga bog'liqligini o'rganuvchi: kibernetika-boshqarish, aloqa va informasiyani qayta ishlash: informasiyaning tuzilishi va xususiyatlarini uning shaxs shakllanishidagi o'rnini o'rganuvchi informatika inson hayotining turli jarayonlarida ilmiy yo'nalish bo'lgan sistemalarning aloqalrini o'rganuvchi sinergetikaning qo'llanishi. Bu sinfdagi integrativ kurslarni mazmuni shu fanlar ma'nosi va strukturasi asosida tuziladi.

4. Umumiy ilmiy tushunchlar, qonuniyatlar,nazariyalar asosidagi kurslar.

Bu asosda integrativ kurslar yaratish haqidagi fikrlar yaxshi natijalar berdi. Mualliflar orasida yuqori darajadagi umumiylikni bildiruvchi tushunchalar: “materiya”, “harakat”,”modda”, “maydon”, “energiya” va boshqalar ko'p ishlatildi. Qonunlar orasida sermahsuli tabiatni saqlash qonuni, odamlarining ish faoliti tufayli rivojlanishi, tabiatga tuyg'u bilan qarash bo'ldi.

Nazariyalar orasidagi integrativ kurs yaratish uchun asos bo'lib asosiy tabiiy – ilmiy nazariyalar xizmat qiladi. Shunisi e'tiborga oyiqki, bu asosda integrativ kurslar yaratishga urishlar ko'p bo'lgan bo'lsa ham, ular qovushmaganligi va ma'lum ketma-ketlikga , didaktik maqsadga ega eamsligi bilan ajralib turadi.

5. Fan evolyutsiyasi bilan bog'liq muammolarni, tabiatni ilmiy nuqtaiy nazardan o'rganish uslublarini, olimning ilmiy ko'rinishini o'rganish asosidagi kurslar.

Yuqoridagi barcha mavzular integrativ mazmunga ega va tadbiq etishga katta imkoniyatlari bor, afsuski, bunday kurslar maktab ish faoliyatida qo'llanuvchi materialning va o'qitish uslubining murakkabligi tufayli hali keng tarqalgani yo'q.

6. Kompleks obyektlar asosida.

Integrativ kurs yaratishga asos bo'lgan kompleks ob'ektlarga er, biosfera, odam va uning yashash muhiti misol bo'la oladi. Bu kurslarning bir xil mavzularida bir ob'ekt turli fan nuqtai nazaridan ko'riladi.

Shu xildagi integrasiya o'tgan asrning yigirmanchi yillarida maorif tizimida qo'llanilgan. Keyinchalik u bekor qilingan, lekin bizning davrimizda aytish mumkinki qaytadan tug'ildi. Bizning nazarimizda, ma'lum hajmda u tabiiy fanlar ta'limiga yaxshi ta'sir ko'rsatadi.

7. Turli muammolar asosida

Integrativ kurslarni turli lokal (mahalliy) va global (umumjahon) muammolar asosida tadbiq etishga urinishlar ko'p uchraydi. Bunda tabiiy ilmiy fanlarning muammolar asosida birlashtirilishi qo'llaniladi. Bu sinfdagi integrativ kurslar

( asosan ekologiya bilan bog'liq kurslar) maktablar ish faoliyatida keng tarqalgan.

Muammolar bo'yicha tuzilgan integrativ kurslar rivojlanishiga global ta'limning rivojlanishi ham turtki bo'ldi.

Bu yo'nalishning tarafdorlari zamonaviy shaxsning rivojlanishiga bugungi kunda mamlakatlarning va millatlarning ekonomika, fan, siyosat, ma'naviyatining uzviy bog'liqligidan kelib chiquvchi globallik omili kuchli ta'sir ko'rsatadi deggan tasdiqlashni asos qilib olganlar.

8. Faoliyat asosida

Tabiiy fanlar asosini o'rganishda o'quvchilar kitob bilan ishlash,kuzatishlar olib borish, tajribalar o'tkazish, olingan bilimlarni bir tizimga solish- turli o'quv - ta'lim ish faoliyati bilan to'qnashadilar. O'quvchilarni faoliyatning bir turi bilan tanishtiruvchi bir butun kurs yaratish maqsadga muvofiqdek ko'rinadi. U o'qitish jarayonining har bir vaqtida foydali bo'lishi mumkin va kichik hajmda ham tabiiy fanlrni o'qitishda, o'quvchilarning ortiqcha kuch sarf qilishlari muammosini hal qilishda, mustaqil bilim olish ko'nikmalarini rivojlantirishda yordam beradi. Bu sinfdagi integrativ kurslarni yaratish va ularni o'quv jarayoniga tadbiq qilish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiiy fanlarni o'zlashtirishni tekshirishlar natijalari shuni ko'rsatadiki, o'zbek o'quvchilari chet ellik o'quvchilarga nisbatan ko'p ma'lumot o'zlashtirsalar ham, uni tadbiq qilishda sezilarli darajada orqada qoladilar.

Ko'pchilik bunga sabab asosiy ko'nikmalarning moslashtirilmaganida deb biladi. Sabab nimada? Balki ularning biri ko'p yillar davomida an'anaviy maktabda integrativ darslarga e'tibor berilmaganidadir?

Bu erda bugungi kungacha yaratilgan integrativ kurslarning asosiy sinflari sanab o'tildi. Lekin o'quv fanlarini integrasiyasi jarayonida qator kamchiliklar ham bo'lishi mumkin.

Birinchidan. Aytib o'tilgan tabiiy integrativ kurslarni tuzish yo'llari ko'pincha bir-birini takrorlaydi va birga qo'llaniladi, bu bilan yangi asoslar yaratilib, ularni tartibga keltirish,ilmiy asos yaratish qiyinlashadi.

Ikkinchidan. Integrativ kurslar fanlararo aloqaning o'rnini bosa olmaydi. Bizning fikrimizcha,ular bu aloqaning tashkil etuvchilaridan biri.

Uchinchidan. Tabiiy ilmiy ta'limning optimal tuzilishi shundayki,integrativ kurslar o'quv rejasining o'zgaruvchan qismiga kirib,uning regional tashkil etuvchisi hisoblanadi.

To'rtinchidan. To'liq o'quv metodik qo'llanmalarning yo'qligi integrativ kurslarning o'quv jarayoniga tadbiq etilishida qiyinchiliklar tug'diradi. Ularning mualliflari progrpmma tuzib,umumiy metodik ko'rsatmalar tuzishgandan so'ng to'xtab qoladilar.

Beshinchidan. Integrativ kurslar uchun o'qituvchilarni rejali va maqsadga muvofiq tayyorlash tizimi hal etilgani yo'q.

Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida har jihatdan rivojlangan kishini tarbiyalash muammosi hozirgi kunning asosiy talabi bo‘lib turibdi. Chunki, jamiyatda yuz berayotgan inqilobiy o‘zgarishlarni insonning o‘zini o‘zgartirmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Ammo, yangi kishini tarbiyalash o‘z-o‘zidan emas, balki ijtimoiy munosabatlar yangilanishi jarayonida amalga oshadi. Bu jarayonda maktablar tizimi muhim ahamiyat kasb etadi.

Axborot texnologiyalari yetakchi o’ringa chiqib olgan hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda maktablar tizimini, ta’lim mazmunini yangilash zaruratga aylandi. Eskicha o‘qitish usullari va metodlari ma’nan eskirib, ta’limning ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj kuchaydi.

Qadimgi ajdodlarimiz olamning murakkab tabiiy jarayonlarini o‘rganib borar ekan, insonni, uning ma’naviy-axloqiy kamolotini olamdan tashqarida emas, balki shu olamning ichida deb qaraydilar. Ularning fikricha, odam – olam ichidagi kichik olam bo‘lib, unda katta olam (olami Kubro) ning barcha xususiyatlari o‘z aksini topgandir. Bu hol olamni to‘la tasavvur qilishdan oldin odamni, inson olamini yaxshi bilishni taqozo etadi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, hozirgi davr rivojlangan mamlakatlarida insonni tabiatning oliy mahsuli sifatida, olamning bir parchasi deb qarashda biryoqlamalikka berilib ketish kuzga tashlanadi.

Ta`lim- tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan hozirgi davrda esa ilmiy texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolutsiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat a`zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb – hunarga yo‘naltirishda davlat xizmatini hamda o‘rta ta`limning ko‘p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta`lim mazmunini yaxshilashda pedagogik vositalarni qo‘llash, ta`limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yul oshish, uning muhim tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o‘rganish ayni muddaodir.

Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta`limning mamlakat ishki siyosatiga faol ta`sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e`tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli ham chet mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta`minlashga ajratilayotgan mablag‘ miqdori yildan yilga - oshib bormoqda.

Yaponlarda masalan, «maktab muvaffaqiyati va farovonlik timsoli» gina bo‘lib qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e`tiqodga aylangan. Ta`lim to‘g‘risidagi g‘amxo'rlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat –e’tiborida bo‘lgan. Shuning uchun ham AQSH ning sobiq Prezidenti R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Fransiya Prezidenti F.Mettiranlarni maktab islohotining tashabbuskorlari deb bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni «Jamiyatini harakatlantiruvchi kuch» deb hisoblagan.

Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko‘p sonli ilmiy muassalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning ikki mingdan ortiq. Fransiya, AQSH, Yaponiyada ta`lim tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar Universitetlar pedagogik tadqiqot markazlari shug‘ullanmoqdalar. Ular faolitini esa xalqaro ta`lim markazlari, masalan, AQSH da xalqaro instituti muvofiqlashtirib bormoqda. Ko‘pchilikning faoliyati o‘quv dasturini takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan.

Maktab dasturlarini o‘zgartirish ikki asosiy yo‘nalishda: ekstensiv va intensiv yo‘l bilan amalga oshiriladi.

Birinchi holatda o‘quv muddati uzaytiriladi, o‘quv materiallari hajmi ko‘paytiriladi; ikkinchi holda esa mutlaqo yangi dastur yaratiladi. Bu o‘rinda ikkinchi yo‘l, ko‘pchilik mutaxassislarning e`tiroficha, maqbul hisoblanadi. 1961 yilda «Bosh yangi bazis» tamoyillari asosida AQSH o‘rta maktablarni islohot qilish boshlangan edi. Buning mohiyati shundaki, ingliz tili va adabiyoti (to‘rt yil), matematika (to‘rt yil), tabiiy bilimlar (uch yil), ijtimoiy fanlar (uch yil), kompyuter texnikasi (yarim yil) kabilardan iborat besh yo‘nalishdagi majburiy ta`lim joriy qilindi.

XX asrning 80- yillarida majburiy ta`lim hajmini qisqartirish jarayoni yanada chuqurlashtirildi. Hatto ayrim kollejlarda bu sohada uch yangi: ingliz tili va adabiyoti, matematika, ijtimoiy bilimlar bazislari asosida ish olib borilmoqda. Ta`limning boshqa turlari esa ihtisoslashtirish davrigacha amalga oshiriladigan bo‘ldi. Amerikadagi ko‘zga ko‘ringan «Found Karnegi» pedagogik markazi bu dasturni XXI asr dasturi deb baholamoqda. O‘quv dasturlarini qayta qurish jarayoni G’arbiy Yevropa davlatlarida ham amalga oshirilmoqda. Masalan, Buyuk Britaniyada ta`lim vazirligining tavsiyalariga muvofiq o‘quv rejasi va dasturini ta`lim muassasalarining o‘zlari belgilaydilar mazkur tavsiyalarga muvofiq 50 foiz o‘quv soatlari o‘qitilishi shart bo‘lgan «yadro» predmetlar: ingliz tili adabiyoti matematika, din darsi jismoniy tarbiyaga ajratiladi. O‘quv soatlarining boshqa qismi esa o‘qitilish shart hisoblanib, tanlab olingan predmetlarga (gumanitar, tabiiy matematik) ajratiladi.

80-yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham AQSH dagi singari o‘rganilishi majburiy bo‘lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika

va tabiiy fanlar o‘quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish o‘quvchilar va ota- onalar ixtiyoridadir. «Yangi dunyo» ning pedagogik g‘oyalari Fransiya va Germaniya ta`limiga ham sezilarli ta`sir etayotir. Germaniya to’liqsiz o‘rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o‘quv dasturlari ham amalga oshirilayotir. Bu o‘quv dasturi tobora to‘liqsiz o‘rta maktab doirasida chiqib, o‘rta maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda.

Fransiya boshlang‘ich maktablarida ta`lim mazmuni ona tili va adabiyoti hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, aholishunoslik, tabiiy fanlar, mehnat ta`limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bo‘linadi.

Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushida keyinroq Amerika ta`limi yo’lidan bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlakat o‘quv dasturida qator farqlar ko‘zga tashlanadi. Yaponiyada o‘quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va o‘quv fakultativ kurslar kiritilgan.

Germaniya maorifidagi asosiy muammo sobiq GDR dagi ta`limni bir xil milliy me`yorga solishdan iboratdir. Asosiy vazifa sobiq GDR dagi ta`lim tuzilmasini yangi me`yorga va o‘lchovga tushirish, oddiy usul bilan GFR dagi ta`lim tizimiga o‘tkazib o‘qishdan iborat. Ammo, buning ham o‘ziga xos muammolari bor. Birinchidan mablag‘ masalasi bo‘lsa, ikkinchidan sobiq GDR dagi ta`lim jarayoni qatnashchilarining bu o‘zgarishga munosabatidir.

Germaniyada ta`lim davlat va jamiyat tomonidan ardoqlanayotgan soha bo‘lib, u mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga barakali hissa qo‘shib kelmoqda.

Maktabgacha tarbiya Germaniya ta`lim tizimida muhim bosqich hisoblanib, uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Germaniyada bolalar bog‘chalari ta`limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat ta`lim tizimi tarkibiga kirmaydi.

Eski yerlardagi (sobiq GDR ga kirmagan yerlar) 24000 dan ortiq bog‘chalarni mablag‘ bilan ta`minlash turli jamoat tashkilotlari, xayriya birlashmalari, korxonalar, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota onalar ham qisman pul to‘laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 80 foizi bolalar bog‘chasiga qatnaydi. Bog‘chalarda ta`lim tabaqalashtirib olib boriladi. Germaniyada bolalar bog‘chalarida odatda bolalar tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning ikkinchi yarmida esa uyda, oilada bo‘ladilar. Kuni uzaytirilgan guruhlar ham mavjud.

Majburiy ta`lim 6 yoshdan 18 yoshgasha bo‘lgan bolalarga tegishli, bu jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba`zi bir yerlarda 10 yil) maktabda to‘la haftalik o‘qishini bitiradi, keyin hunar texnika bilim yurtlarida to‘la bo‘lmagan haftalik o‘qishida o‘qiydilar. O‘qish davlat maktablarida tekin. Xususiy maktablar ansha kam. Boshlang‘ish maktab. O‘qish 6 yoshdan boshlanadi va 4 yil davom etadi (Berlinda 6 yil). Dastlabki ikki yil o‘qish davomida bolalarga baho qo‘yilmaydi. Boshlang‘ish maktabda 4 yillik o‘qishdan keyin o‘quvshilar yo‘nalish bosqishidagi maktabga o‘tadilar. Bu yerda 5-6 sinf bosqishdagi yo‘nalish maktab tipiga bog‘liq yoki bog‘liq bo‘lmagan holda maxsus dastur asosida o‘qitiladi bunda bolalarning ota-onalari maktab tipini tanlash yoki o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Hunar ta`limi Germaniya ta`lim tizimida muhim ahamiyatga ega. Buning sababi, Germaniyada yuqori malakali ishchilarga bo‘lgan talabning kuchliligidir. To‘liqsiz o‘rta maktabni bitiruvchilarning (9-10-sinflar) 79 foizi, to‘liq o‘rta maktabni bitiruvchilarning esa 20 foizi hunar ta`limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar. Germaniya hunar ta`limi tizimi turli tipdagi o‘quv yurtlari va o‘qitishning turli shakllariga ega. Eng ko‘p tarqalgan va rivojlangan shakli hunar ta`limining ―Dual tizimidir. Bu tizimda tayanch maktablarning 50 foizi va to‘liq o‘rta maktablarning 16 foizi o‘qishni davom ettiradi.

Maxsus hunar bilim yurtlari va o‘rta maxsus bilim yurtlariga bu mamlakat tayanch maktablarining 25 foizgacha bitiruvchilari kiradilar. Bu turdagi o‘quv yurtlarining bitiruvchilari texnika oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirishlari mumkin.

Oliy ta`lim muassasalarining xususiylari, cherkov va bundesvegga tegishlilaridan tashqari bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari viloyatlar boshqaruvida bo‘ladi. Ularni yerlar bosh rahbari nomidan oliy ta`lim federatsiyasi boshqaradi.

Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Ular qonun doirasida o‘z ustavlarini qabul qiladilar Oliy o‘quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylanadigan Prezident boshqaradi. Ko‘pchilik viloyatlarda talabalar mustaqil ravishda o‘z-o‘zini boshqaradilar. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qish diplom olish, magistr unvonini olish yoki davlat imtihonlari topshirish bilan yakunlanadi. Shundan keyin o‘qishni davom ettirib, doktorlik ilmiy darajasini olish uchun imtihon topshiriladi. Ta`lim sohasidagi siyosat aholining ko‘plab qatlami uchun oliy o‘quv yurtlari darvozasini keng oshdi. Federatsiya va viloyatlar nemis oliy o‘quv yurtlarida chet elliklar o‘qishidan manfaatdordir. 1991 yili ular 76000 ni tashkil etgan.

Tayanch tushunchalar: individ, shaxs, yosh davri, o‘smirlik, o‘spirinlik, irsiyat, muhit, ta’lim – tarbiya.

1.Shaxs haqida umumiy tushuncha. Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak.

O‘qituvchi mavqeyini oshirishga qaratilgan juda ko‘p ishlar davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi.

2. Shaxs rivojlanishi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.

Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir.

Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi.

Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.

Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi.

Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.

Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.

Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.

Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda, odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon davom etmoqda.

Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli bo‘ladimi? YOki tabiiy omillar etakchi o‘rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri yuqoridir? Ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat qanday?

Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan nuqtai nazar etakchi o‘rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo‘yadi. Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o‘rnini belgilab bergan, deydilar.

XIXasr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.

Xorij psixologiyasidagi yana bir ohim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo‘lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o‘tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir.

Progmatizm oqimi va uning vakillari D.D’yul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni farat miqdoriy o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.

Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog‘laydilar.

Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog‘liq deb ko‘rsatadilar.

Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. SHu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.

Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo‘lib kamolga etishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg‘or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi.

Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog‘liq, deb hisoblaydilar.

Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga etadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o‘z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin.

Shaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya orqali amalga oshiriladi. ya’ni,

Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi.

Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, shaxs kamolga etadi.

Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo‘qotish mumkin.

To‘rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.

Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bu tarbiya doimiy va uzluksizdir.

Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham etakchi o‘ringa ega bo‘lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.

1. Rivojlanishning yosh va o‘ziga xos xususiyatlari. Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo‘ladi.

Bolalarning tarbiya ga to‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‘qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o‘sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o‘tganlar.

Bolaning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin.

Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig‘inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo‘lib, o‘qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur. Bolaning individual – o‘ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish, metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. “temperamentum” “qismlarning bir-biriga munosabati” ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.

Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo‘linadi:

1.

Tayanch tushunchalar: qonuniya, prinsipi, moslik, ketma-ketlik, ko‘rgazmalilik, ilmiylik, tizimlilik, moslik, tarixiylik.



O‘quvchining aqliy harakatlari-shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik exanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlami ham o'z ichiga oladi. O'quvchi harakatlari quyidagi ko'rinishda bo'lishi kuzatiladi: - perzeptiv - bunda o'quvchi ongida predmetlar va hodisalar to'grisidagi yaxlit obraz shakllanadi; O'qitish jarayonida tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o’tish yuz bergan bo'lsa, bunday jarayon psixologiyada interio- rizatsiya deb nomlanadi, aksincha, aqlda shakllangan g'oyalarni bevosita tashqi harakatlarda yoki tashqi faoliyatga ko'chirilishi eksteriorizatsiya deb yuritiladi. Faoliyat turlari ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko'ra ham farqlanadi. Ayrim harakatlar boshida har bir elementni jiddiy ravishda, alohida-alohida bajarishni va bunga butun diqqat-e’tiborni, ongning yunalishini talab etadi. Lekin vaqt o'tgach, ongning ishtiroki kamayib, ko'pgina qismlar avtomatlashib boradi. Ulug' olim, mutafakkir Abu Nasir Forobiy shaxs kamolotida faoliyatning muhim o'mini alohida qayd etib, uning turlarini bir necha bo'g'inlarga bo'ladi, vaqt va fazoviy ta’rifi, fiziologik mexanizmlari to'grisidagigi g'oyani ilgari suradi.Ta’lim oluvchilarning shaxsiy-xarakterologik sifatlarini aniq- Iashning, hech bo'lmaganda oddiy metodikasini egallash, uni tatbiq etish, kasbiy-pedagogik tayyorgarlikning muhim unsurlaridan biri- dir. Oliy va o'rta maxsus o'quv maskanlari o'qituvchilari ko'pincha o'quvchi-yoshlaming aqliy qobiliyatlarini o'rganishga e’tibor qara- tadilar, ammo ulaming tarbiyalanganlik darajalarini (keng ma’no da) va xulqiy nuqsonlarini korreksiyalash muammolarining uzluksiz ta’lim tizimida yagona uzviylik va yaxlitlik nuqtai nazaridan talqin qilishga, uning yechimlarini topishga urinishmaydi. O'quvchilar va talabalaming aqliy rivojlanishlari ko'p jihatdan mustaqil fikrlashga, umumiy tarbiyalanganlik darajasiga bog'liq. Ulaming tarbiyalan- ganlik darajasini diagnostika qilish, ma’naviy-ma’rifiy rivojlanish xususiyatlarini o'rganish, zarur bo‘lsa xulqiy nuqsonlarini bartaraf etish hozirgi davrning muhim talablaridan biridir. Boshlang'ich maktabda pedagogik jarayonning zamonaviy tеndensiyalari va texnologiyalari O’zbekistonda ta`lim – tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri «shaxs manfaati va ta`lim ustivorligi»dir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta`limning yangi modeli yaratildi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan bu modelni amalga oshirish bilan hayotimiz jabhalarida ro’y beradigan «portlash effekti» natijalari ro’yi-rost ko’rsatib berildi, ya`ni: - ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta`sir qiladi va natijada mamlakatimizdagi mavjud muhit butunlay o’zgaradi.;

- insonning hayotdan o’z o’rnini topish jarayoni tezlashadi;

- jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi;

- jamiyatimizning potentsial kuchlarini ro’yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi;

- fuqarolik jamiyati qurishni ta`minlaydi, model vositasida dunyodan munosib o’rin olishga, o’zbek nomini yanada keng yoyib tarannum etishga erishiladi «Portlash effekti» sari shijoat bilan qadam tashlash, yo’llarda uchraydigan qiyinchiliklarni bosqichma-bosqich va izchil hal etish masalalari nafaqat pedagog nazariyachi va amaliyotchilarni junbushga keltiradi, balki jamiyatimizni to’liq pedagoglashtirish muammosini ijtimoiy buyurtma sifatida keltirib chiqaradi. Demak, jamiyatimizning har bir fuqarosini tarbiya asoslari bilan tanishtirish, yosh avlodni barkamol inson qilib voyaga etkazish jarayonini yangi pedagogik «qurol» va vositalar bilan ta`minlash davr taqazosidir.

Pedagogik texnologiya (PT) – shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3 – ming yillikda davlatimiz ta`lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantiriladi. Ma`lumotlilik asosida yotuvchi bosh g’oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab etadigan, avtoritar va soxta tafakkurlash usulidan voz kechgan, sabrbardoshli, qanoatli, o’zgalar fikrini hurmatlaydigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxs sifatlarini shakllantirishni ko’zda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Bu masalaning echimi qaysi darajada ta`limni texnologiyalashtirish bilan bog’liq?



Dastlab «texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so’z texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan – «texnos» (techne) – san`at, hunar va «logos» (logos) – fan so’zlaridan tashkil topib «hunar fani» ma`nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to’liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketmaketlikda bajarishni ko’zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon – bu mehnat qurollari bilan mehnat ob`ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta`sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi-mashina)-ning faoliyatidir. Ana shu ta`rifni tadqiqot mavzusiga ko’chirish mumkin, ya`ni: Pedagogik Tendensiya – bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta`sir ko’rsatishi va aks ta`sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal shakllanishini kafolatlaydigan jarayondir. Yuqorida keltirilgan ta`rifdan ko’rinib turibdiki, Pedagogik Tendensiya tushunchasini izohlash da texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham bu tushunchaga berilgan ta`riflar soni pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko’pdir. Pedagogik nashrlarda «texnologiya» atamasining xilma-xil ko’rinishlarini uchratish mumkin: «o’qitish texnologiyasi», «o’quv jarayoni texnologiyasi», «ma`lumot texnologiyasi» va hokazo. O’qitish texnologiyasi PTga yaqin tushuncha bo’lsa-da, aynan o’xshash ma`noni anglatmaydi, chunki u ma`lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materialini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko’proq xususiy metodika bilan bir jinslidir. PT esa ma`lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va «o’qituvchi – moddiy muhit – o’quvchi (talaba)» funktsional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi. Hozirgi kunda o’qituvchilar metodikani ko’p hollarda texnologiyadan ajrata olmayaptilar. Shu boisdan bu tushunchalar-ni aniqlashtirish kerak bo’ladi. Metodika o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmuasidan iborat. Metodikadan ko’zlangan aniq maqsad predmet mavzulariga oid nazariyalarni aniq hodisalar tekisligiga ko’chirishdir. Misol uchun, gaz qonunlari tushunchalarini shakllantirish metodikasi yoki energiyaning saqlanish qonunini fizika kursining elektr bo’limida qo’llash metodikasi va h.k. Pedagogik Tendensiya o’qitish jarayonining o’zaro bog’liq qismlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish, bosqichlarini qurish, ularni joriy etish shartlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarni hi-sobga olgan holda belgilangan maqsadga erishishini ta`minlay-di. Yohud Pedagogik tendensiya o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta`limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig’indisidir. Texnologiya o’zining egiluvchanligi, natijalarning turg’unligi, samaradorligi, oldindan loyihalanish zarurati bilan metodikadan farqlanib turadi. Shu bilan birgalikda ma`lum vaqt davomida Pedagogik tendentsiya o’quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelinadi. Faqat 70-yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning mohiyati yangicha talqin etila boshlandi. Yapon olimi T.Sakamoto tomonidan «o’qitish texnologiyasi - bu o’qitishning maqbulligini ta`minlovchi yo’l-yo’riqlar bog’liq bilimlar sohasi» ekanligi e`tirof etiladi. Ob`ektiv borliqni o’rganishning tizimli yondashish metodi fanda keng ko’lamda qo’llanilgach, uning ta`siri ostida asta-sekinlik bilan PT mohiyatiga ham aniqlik kiritildi: rus olimasi N.F.Talizina texnologiyani «belgilangan o’quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat»deb tushuntiradi. Shuningdek, olima zamonaviy o’qitish texnologiyasi haqida fikr yuritib, uni alohida fan sifatida qarash lozimligini o’qtiradi: «O’qitish texnologiyasi – bu o’quv jarayonini nima real tavsiflasa o’sha, o’qituvchiga o’rnatilgan maqsadlarga erishish uchun nimaga tayanish zarur bo’lsa o’sha» Bu alohida fan . PTni fan sifatida e`tirof etish G.K.Selevko tomonidan ham ma`qullandi: «Pedagogik texnologiya o’qitishning birmuncha oqilona yo’llarini tadqiq qiluvchi fan sifatida ham, ta`limda qo’llaniladigan usullar, prinsiplar va regulyativlar sifatida ham, real o’qitish jarayoni sifatida ham mavjuddir». 

Olimning ta`kidlashicha «pedagogik texnologiya» tushunchasi ta`lim amaliyotida uch ierarxik darajada ishlatiladi: 

1) Umumpedagogik (umumdedaktik) daraja; umumpedagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy) texnologiya ma`lum mintaqada, o’quv yurtida, ma`lum o’qitish bosqichida yaxlit ta`lim jarayonini tavsiflaydi.

2) Xususiy metodik (predmetli) daraja: xususiy predmetli PT «xususiy metodika» ma`nosida qo’llaniladi, ya`ni ta`lim va tarbiyaning aniq mazmunini joriy etish metodlari va vositalari yig’indisi sifatida bir predmet, sinf, o’qituvchi doirasida qo’llaniladi (fanlarni o’qitish metodikasi, o’qituvchi, tarbiyachining ishlash metodikasi). 

3) Lokal (modulli) daraja: lokal texnologiya o’zida o’quv-tarbiyaviy jarayonning ayrim qismlarini, xususiy didaktik va tarbiyaviy masalalar echimini o’zida mujassamlashtiradi (alohida faoliyat turlari texnologiyasi, tushunchalarni shakllantirish, alohida shaxs sifatlarini tarbiyalash, dars texnologiyasi, Yangi bilimlarni egallash, mustaqil ishlash texnologiyasi va boshqa). I.Ya.Lernerning fikricha, PT – «o’quvchilar harakatlarida aks etgan o’qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan va Aniqlanadigan maqsadni ifodalashni taqazo etadi». Yuqorida keltirilgan ta`riflardan ko’rinib turibdiki, PT belgilangan boshlang’ich maqsad va mazmun asosida o’quv jarayonini loyihalash sifatida talqin etilayapti. Bu bir jihatdan to’g’ri, lekin teranroq fikr yuritilsa uning bir yoqlamaligi ko’zga yaqqol tashlanadi yoki bunday yondashuvlarda o’quvchi shaxsi inkor etilayapti. Bu kamchilikni birinchi bo’lib akademik V.P.Bespalko payqadi va o’zining yirik asarida «PT – bu o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda qpedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir» deb ta`rifladi. Bu ta`rif mazmunidan muhim ilmiy printsiplarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin:

- PT o’quvchi (talaba)larda ma`lum ijtimoiy tajriba elementlarini shakllantirish 1uchun loyihalanadi; 

- loyihalangan tayyor texnologiyani amalga oshirish fan o’qituvchisidan katta mahorat talab etmaydi; 

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta`lim-tarbiyaning maqsadini yangi yo’nalishga burdi, ya`ni: «o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitdan to’la xolis etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma`naviy va ahloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash» deb belgilanadi. Demak, ta`lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilandi, unga mos holda mazmunning ham, pedagogik jarayonning ham yangilanishi tabiiydir.

Ikkinchidan, fan va texnikaning fivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib boryapti, auditoriyaga o’qitish imkoniyatlari katta bo’lgan yangi texnologiyalar (sanoat, qishloq xo’jaligi, elektron, axborot va boshqa) kirib kelmoqda. Ro’y berayotgan sifatiy o’zgarishlar shundan dalolat beradiki, endilikda «o’rganish»ning birlamchi jarayonlari an`anaviy metodika va o’qitish vositalari romiga sig’may, o’qituvchining individual qobiliyatlariga mos kelmay qoldi.

Yangi metodikalarni talab etadigan va ta`lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan va unga o’zining ma`lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi

texnikaviy, axborotli, poligrafik, audiovizualli vositalar mavjudki, ular yangi PTni real voqelikka aylantiradi. Oddiy til bilan aytganda ta`limda axborot texnologiyasi – bu «o’quvchi-komp’yuter» o’rtasidagi muloqotdir. Kelajakda iqtisodiy bo’hronlar ortda qolib o’quv yurtlari dasturli «mashina» bilan etarli darajada ta`minlanadi. SHundagina axborotli texnologiya asosida o’quvchi (talaba)larning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyati tug’iladi va u o’qituvchining yaqin ko’makdoshiga aylanadi yoki uning funktsiyalarini to’liq bajarishi mumkin. 

1) ko’p bosqichli ta`lim tizimida PTning o’rnini asoslash va zaruriy tavsiyanomalar ishlab chiqish: 

2) zamonaviy sanoat, tibbiyot, iqtisodiyot, ekologiya, ergonomiya kabi soha texnologiyalari bilan muntazam ravishda yangilab boorish va tabaqalashtirilgan yondashuv asosida ularni qo’llash mezonlarini aniqlash;

3) istiqboli o’qitish vositalarini yaratish va ularga tayangan holda ilg’or;

4) respublikamizdagi oliy (o’rta maxsus, kasb-hunar, maktab) ta`lim tizimida faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilarni malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida ilg’or pedagog va axborot texnologiyalari bo’yicha yangi bilimlar tizimi bilan qurollantirishni uzluksiz tashkil etish; 

5) respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan ijodkor o’qituvchilar ish uslublarini muntazam o’rganib bori shva ular tomonidan yaratilgan metodikalarni yangi pedagogik texnologiya darajasiga ko’tarish borasidagi ishlarni amalga oshirish; 

«Pedagogik texnologiya Davlat Markazi»ni tuzishni taqazo etadi. Agar shunday Markaz tashkil etilsa, birinchi navbatda «portlash effekti» sari yo’lni qisqartirishga hissa qo’shgan bo’lardi. Uchinchi ming yillikda ta`lim taraqqiyotining haqqoniy dvigateli sifatida o’qituvchi faoliyatini yangilashga, ta`lim-tarbiya jarayonini maqbul (optimal) qurishga, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga sodiqlik, insonparvarlik tuyg’ularini shakllantirishga ijobiy ta`sir ko’rsatar edi. Pedagogik texnologiya kontseptsiyasining rivojlanish tarixi Yangi o’zbek davlatchiligining tamal toshi qo’yilyapti: ijtimoiy, iqtisodiy, ma`naviy, mafkuraviy sohalarda tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Ta`lim-tarbiya sohasining isloh qilinishi pedagogika fanini fivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratib berdi. endilikda kishilik jamiyati tomonidan uzoq yillar davomida yaratilgan tarbiya tajribalarini o’rganish vat adqiq qilish ishlari keng yo’lga qo’yildi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining bilim va ko‘nikmalariga qo‘yilgan talablar.

Sharq va G‘arb tajribalaridan foydalanish. Ta’lim jarayoni o‘qituvchi ijodiy qobiliyatini namoyish etuvchi sahnadir. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan o‘qituvchilik mahorati hech qachon bir yo'nalishda qotib qolmasligi kerak. O‘qituvchining ta’lim jarayonidagi mahorati jamiyatda fan olamida ro‘y berayotgan yangiliklar va hodisalar bilan doimo chambarchas bog‘langan holda shakllanib boradi. Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy - siyosiy o‘zgarishlar ta’lim sohasida o‘qituvchi oldiga yuksak vazifalarni qo'ymoqda. Zamonaviy ta’lim o‘qituvchidan quyidagi vazifalarni e’tiborga olishni talab qiladi:

- o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng so‘nggi bilimlardan xabardor bo‘lib borish, ta’limni pedagogik texnologiyalar hamda innovatsion texnologiyalardan foydalanib amaldagi o‘quv tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etishi

- ta’limda o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini e’tiborga olib o‘z mahoratini, bilimini va qobiliyatini namoyish etishi;

- o‘quvchilaming qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olgan holda, ular tomonidan bilimlarni puxta o'zlashtirilishiga sharoit yaratish;

- o'quvchilar tomonidan o‘rganilayotgan o‘quv fanlari ning o‘zaro aloqadorligini ta’minlash;

- ta’limni tarbiyaviy jarayon bilan o‘zaro aloqadorligi asosida shaxsni har tomonlama kamol topishini faollashtirish; 

- o‘quv tarbiyaviy faoiiyatning barcha bosqichlarida ta'limning emotsionalligini ta’minlash; 

- internet va axborot texnologiyalari asosida fanning eng so‘nggi yutuqlaridan xabardor bo‘lib borish; 

- ta’limda o‘quvchilaming bilim, ko'nikma va malakalari, fikrlash va faoliyat turlarini boyitish maqsadida ular ruhiyatini doimiy o'rganib borish; 

- har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashxis va taxmin qilish.

Ta’lim jarayonida o‘qituvchi erishishi lozim bo'lgan yutuqlar ko‘p jihatdan uning ijodiy kayfiyatini boshqara olishi bilan bog‘liq. Ijodiy kayfiyat o'qituvchi kasbida muhim ahamiyatga ega bo'lgan xususiyatlardan biridir. Ijodiy kayfiyat, o'qituvchi aql-idrokini namoyon etuvchi pedagogik mahoratning muhim qirrasi hisoblanadi.

Ijodiy kavfiyat -o'qituvchining ruhiy holatini, kasbiy jihatdan ijodkorligini ta ’minlovchi, kasbiy xususiyatlarining о ‘ziga xos jihatlarini ко 'rsatuvchi, о 'quvchilar jamoasiga tez kirishib ketishini ta ’minlovchi vositadir. O'qituvchi o'z ijodiy kayfiyatini vujudga keltirish uchun psixologik yo'nalishlaming xilma-xil usullarini bilishi kerak. Bu darsni fikran xayoldan o'tkazish va loyihalash, har bir o'quvchi qalbiga oson yo'l topa olish mahorati, muloqot madaniyati. O'qituvchi ijodiy kayfiyatini avvalo o'zi yaratadi, bu uning xarakter xususiyatidan, o'z kasbiga nisbatan munosabatidan paydo bo'ladi. Quyida tajribali ustoz o'qituvchilar sinovidan o'tgan, ijodiy kayfiyatni ta’lim jarayonida shakllantirishning ba’zi vositalarini havola etamiz: 

•Yangi o'rganilayotgan o'quv mavzusidan o'z ijodiy kayfiyati uchun vositalar qidirish.

• Sin f o'quvchilari bilan bo'layotgan har bir muloqotdan ijodiy kayfiyat uchun motivlar topa olish. 

•His-tuyg'u va kechinmalarini yaxshilikka, ijodiy kayfiyatga yo‘naltira olish.

•O'quvchilarning nojo'ya xatti-harakatlariga doimiy e’tibor bermaslik va qulay vaziyatda rasmiy, ta’sirchan tanbeh berish. 

•Dars jarayonida aslo g'azablanmaslik, o'quvchilar kulgisini achchiq so'z bilan to'xtatmaslik, aksincha, to'g'ri qabul qila olish. 

•Dars jarayonida muloyimlik, mehr-shafqatli bo'lish ulkan pedagogik yutuqlar kaliti ekanligini unutmaslik. 

•Doimiy jiddiylik va asabiylashish, asab va yurak tizimini tez charchatishini unutmaslik.

Bolalar bilan bo’lajak muomala oldidan o'qituvchining ijodiy kayfiyatini hosil qilishida uning o'rganilishi lozim bo'lgan o'quv materialiga o'z hissiy munosabatini ifodalashning tashqi shakllarini oldindan topishga intilishi muhim rol o'ynaydi: bular tegishli imo-ishoralar, yuz harakatlari, gapirish ohangidir. Muomalada ijodiy kayfiyatni vujudga keltirish va saqlashning muhim vazifasi o'qituvchining o'rganilayotgan yangi o'quv materialiga nisbatan o‘z hissiy munosabatini ifodalashda topgan tashqi shakllarni mustahkamlashdir, u o'qituvchi tomonidan quyidagi уo’llar orqali amalga oshiriladi: darsning borishini, tadbimi fikran yodga tushirish; ko‘zgu oldida takrorlash; namuna sifatida san’at (adabiyot, kino, rang tasvir) asarlaridagi vaziyatlardan foydalanish. 

1) O‘qituvchi sinf jamoasi bilan bo'ladigan dastlabki muomalani oldindan payqashi, uning ijodiy kayfiyatini saqlovchi omil ekanligi. 

2) Sinf jamoasi bilan dastlabki aloqa bevosita muomala paytida sodir bo'lishi, o'qituvchi ijodiy kayfiyatini rag'batlantiruvchi omil sifatida. 

3) O'qituvchining sinf jamoasi bilan muloqoti tizimi, pedagogik faoliyat jarayonida o'qituvchining ijodiy kayfiyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlaydi va rag‘batlantiradi. 

4) O'quvchilar bilan muomaladan qanoat hosil qilish, keyingi pedagogik faoliyatda o'qituvchining ijodiy kayfiyatini rag'batlantiruvchi omil ekanligi. Pedagogik ijodkorlik va muomala jarayonida vujudga keladigan har qanday zo'riqishni, shuningdek, boshqa noxush holatlami yengish uchun o'qituvchi o'z-o'zini tarbiyalash yuzasidan doimiy faoliyat olib borishi zarur. O'z-o'ziga ta’sir qilishning bir qator usullari mavjud bo'lib, ulardan eng muhimlari quyidagilardir: О‘z-o 'zini ishontirish, о 'z-o‘ziga buyruq berish, о‘z-o‘zini majbur qilish, о‘z-o‘ziga majburiyat yuklash, о 'zo'zini ra’batlantirish, о‘z-o‘zini jazolash, o'z-o'zini mashq qildirish, o'z-o'ziga ta ’sir qilish. O'qituvchining o'z-o‘ziga ta’sir qilishi (refleсiya) va uning samarali jihatlari alohida mavzu asosida o'rganiladi.

Ta’lim mazmuning mohiyati va uning tarixiy tasnifi. Ta’limning eng muhim ijtimoiy vazifasi – ijtimoiy talablarga mos keluvchi shaxsni shakllantirishdir. Ta’lim jarayoni insoniyatning ruhiy va moddiy madaniyatining aks ettiruvchi qismi faoliyat usullari va tizimlashtirilgan ilmiy bilimlarni egallash asosida yuzaga keladi.

Ta’limning mazmuni deganda, o‘quvchilarning o‘qish jarayonida egallashi lozim bo‘lgan hamda tizimga solingan bilim, ko‘nikma va malakalarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi.

Ta’lim mazmuni uchun bir nechta asosiy qoidalar mavjud, jumladan:

- ta’lim mazmuni ilmiy asosga yo‘nalgan bo‘ladi;

- ta’lim mazmuni fanda faqatgina faktlar va nazariy qoidalar tarzida ochib beriladi;

- o‘quv materiali fanlarning zamonaviy holatiga mos bo‘ladi, hayotiy qarashlarni shakllantirishga imkon beradi;

har bir o‘quv fani bo‘yicha ta’lim mazmuni shu yoki boshqa fanlar tizimiga mantiqan mos bo‘ladi;

- ta’lim mazmuni alohida o‘quv fanlari orasidagi o‘zaro aloqadorlikka asoslanadi;

- maktab, o‘rta-maxsus kasb hunar ta’limida ta’lim texnik va mehnat ta’limi bilan birga qo‘shib olib boriladi, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishga imkon beradi;

- ta’lim bilimlarni egallashda qiyinchiliklarni engib o‘tishda irodalilikni shakllantirishga o‘rgatadi;

- ta’lim mazmuni o‘quvchilarning yosh imkoniyatlariga mos bo‘ladi.

Ta’lim mazmuniga nisbatan ikki xil yondoshuv mavjud: 1) bilimga yo‘naltirilgan. 2) shaxsga yo‘naltirilgan yondoshuv.

2. Hozirgi davrda ta’lim mazmuni tushunchasining asosiy g‘oyalari.

Ta’lim muassasalaridagi o‘qitish mazmuniga qo‘yilayotgan talab mazkur mamlakatning ishlab chiqqan strategiyasida aniqlanadi. Bu strategiya “Milliy o‘quv dasturi” da yozilgan bo‘lib, unda ta’lim tizimi tubdan isloh qilindi, yuqori darajali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Hozirgi davrda bizning respublikamizda ta’lim mazmunini aniqlashda quyidagi g‘oyalarga asoslaniladi: insonparvarlashuv, differentsiallashuv, integratsiyalash hamda axborot texnologiyalaridan keng foydalanish.

Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish deganimiz ta’lim muassasasi bolaga e’tibor bilan qarashini, ya’ni bolaning shaxsini hurmat qilish, iularning qiziqishlarini, qobiliyatlarini hisobga olish yotadi. Shuning bilan birga o‘quvchilarning o‘quv soatini qisqartirish ortiqcha ishlardan saqlaydi. Insonparvarlashuv ijtimoiy va tabiiy va ilmiy fanlarning “insonga xizmat” qilishini talab etadi. Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirishda asosiy rolni til va adabiyot, ruhiy-insonparvarlik tarbiya, jamiyatshunoslik fanlari asosiy rol o‘ynaydi.

Ta’lim mazmunini differentsiallashuvi – o‘quv tashkil etishdagi ikkinchi yetakchi g‘oya. Differentsiyallashuv – bu hozirgi davrda ta’lim berishning umumiy tendentsiyasi. Bizning respublikamizda ta’lim berishni differentsiallashtirish maqsadida fanlarni chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar, maktablar ochilgan.

Ta’lim mazmunini integratsiyalashuvi g‘oyasi bir-biriga yaqin fanlarni qo‘yib, integrativ fanlarni yaratishni maqsad qilib qo‘yadi. Integrativ fanlar o‘quvchilarga olamning tugal manzarasini hosil qilishda ulkan rol o‘ynaydi. Bundan tashqari o‘tiladigan darslarning sonini qisqartiradi.

1. Pedagogik tizim. Pedagogik jarayon. Pedagogik jarayonning rivojlanish dinamikasi. Pedagogik o‘zaro ta’sir. Subyekt va obyekt o‘rtasidagi munosabatlar. Pedagogik jarayonning asosiy elementlari. Harakatlantiruvchi kuchlar


Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o‘zaro tashkiliy hamkorlikda faoliyat ko‘rsatuvchi barcha ko‘rinishdagi maktabgacha tarbiya, o‘rta umumiy ta’lim maktablari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, oliy o‘quv yurtlari, maktabdan tashqari tarbiya muassasalarining o‘zaro uzviylikdagi tizimi pedagogik tizim deyiladi.

Ushbu tizim sharoitida ta’lim va tarbiya maqsadlarini amalga oshiruvchi jarayon pedagogik jarayon deyiladi.

Pedagogik jarayonning rivojlanish dinamikasi uning ichki harakati, tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar xarakteriga, o‘zaro ta’sir kuchiga bog‘liq.

Pedagogik jarayonni tashkil etishning o‘ziga xosligi: tarbiya ob’ekti bir vaqtning o‘zida tarbiya sub’ekti ham hisoblanadi. O‘zaro faollikka asoslangan pedagog va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi hamkorlik pedagogik o‘zaro ta’sir tushunchasini to‘laroq aks ettiradi.

Subyekt bilan obyekt o‘rtasida turli-tuman aloqalar


mavjud: ..

1. Axborot xarakterida (o‘zaro axborotlar almashinib


turish).

2. Tashkiliy faoliyat aloqalari (o‘zaro birgalikdagi


faoliyat).

3. Kommunikativ aloqalar (muomala, munosabat).

4. Boshqaruv va o‘z-o‘zini boshqaruv aloqalari.

Pedagogik jarayonning asosiy elementlari: maqsad, vazifa, vosita va natija. Vosita keng ma’noda mazmun, shakl va usullarni o‘z ichiga oladi. Pedagogik jarayonni harakatlantiruvchi kuchlar: qo‘yilgan talablar bilan tarbiyalanuvchi imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlardir. Xuddi shu qarama-qarshilik rivojlanish uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.

II. Yaxlit pedagogik jarayon. Uning qonuniyatlari

Ta’lim-tarbiya tizimida barcha maqsad va vazifalarni, shuningdek, uning tarkibiy qismlarini kompleks hal etishga yo‘naltirilgan jarayon yaxlit pedagogik jarayon sifatida qabul qilingan.

Yaxlit pedagogik jarayonning tashqi qonuniyatlari:

1. Pedagogik jarayonning maqsadi nafaqat ta’lim va


tarbiya vazifalarini qamrab oladi, balki pedagogni ham,
o‘quvchi shaxsini ham har tomonlama barkamol qilib rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.

2. Yaxlit pedagogik jarayon, uning maqsad-vazifalari,


mazmuni, shakl va metodlari jamiyatning ijtimoiy-
iqtisodiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi va u jamiyatning
mafkurasi va siyosatiga bog‘liq.

3. Pedagogik jarayonning maqsad va vazifalari nafaqat


shaxs ehtiyojiga, balki uning imkoniyatlariga ham bog‘liq
bo‘lib, bu uning tashqi belgilaridir.

Yaxlit pedagogik jarayonning ichki qonuniyatlari:

1. Ta’lim-tarbiya va rivojlanish o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlik.

2. Tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalash o‘rtasidagi bog‘liqlik.

3. Shaxs faoliyati bilan uning munosabati o‘rtasidagi
bog‘liqlik.

4. Shaxs va jamoa o‘rtasidagi bog‘liqlik.

5. Shaxsning imkoniyatlari bilan pedagogik ta’sir o‘r-
tasidagi bog‘liqlik.

6. Vazifa, mazmun, shakl va metodlar o‘rtasidagi


bog‘liqlik.

III. Yaxlit pedagogik jarayonni jadallashtirish va uning asosiy shartlari


Lotincha Intensio tushunchasi - kuchaytirish, tezlatish degan ma’noni anglatadi.

Yaxlit pedagogik jarayonni jadallashtirish - vaqtning har bir bo‘lagi uchun ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish demakdir.

YAxlit pedagogik jarayonni jadallashtirish shartlari:

1. Pedagogik jarayoning maqsadga yo‘naltirilganligini kuchaytirish, o‘quv-tarbiya tadbirlarida ilgari surilayotgan vazifalarning jiddiyligini oshirish bilan birga ularning shu sinfga, o‘quvchilarga, jamoaga qulayligini ham hisobga olish kerak.

2. O‘quvchilarning o‘qish, ijtimoiy, mehnat va boshqa faoliyati asoslarini chuqurlashtirish.

3. Eng zarur axborotlarni saqlagan holda mazkur sinf
o‘quvchisiga etkaziladigan axborot hajmini oshirish.

4. O‘quv, ijtimoiy mehnat va boshqa faoliyatlar tezligini oshirish.

5. O‘quvchilarning mustaqil bilish va ijtimoiy foydali faoliyatlarini aktivlashtiruvchi kompleks shakl va metodlarni joriy etish.

6. Axborot va ta’lim texnologiyalarini keng ko‘llash.

7. O‘quvchilarning mustaqil bilishini yo‘lga qo‘yish orqali o‘z-o‘zini tahlil qilish, o‘z-o‘ziga ta’sir ko‘rsatish, majburiyat olish, baho bera olish, o‘z-o‘ziga hisob berishdan iborat usullardan unumli foydalanish ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishga kuchli yordam beradi.

IV. Yaxlit pedagogik jarayonni optimallashtirish va

uning asosiy shartlari

Yaxlit pedagogik jarayonni optimallashtirish (lotincha optimus - eng ma’qul) - eng qulay, eng ma’qul degan ma’noni bildirib, keng ma’noda olib qaralganda, ushbu sharoit uchun har qanday vazifalarni hal etishning eng qulay, eng ma’qul, to‘g‘ri variantlarini tanlash demakdir.

Ma’lum mezonlar nuqtai nazaridan qaralganda, yaxlit pedagogik jarayonni optimallashtirish ushbu sharoit uchun ta’lim-tarbiyaning eng maqbul vazifa, mazmun, shakl va metodlarini ilmiy asoslangan holda tanlash va amalga oshirish deganidir.

Optimallashtirishda boshlang‘ich holatdan qaror qabul qilingungacha bo‘lgan jarayon quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:

1. Qo‘yilgan vazifalarni hal etishning bir nechta variantlarini qarab chiqish.

2. Ushbu sharoit uchun tanlab olingan variantning asosliligini, zarurligini anglab etish.

3. Ushbu vazifalarni hal etish uchun tavsiya etilgan usullarning samaradorligini qiyosiy tahlil etish orqali anglash.

4. Taqdim etilgan variantlarni eng maqbul ikkita variantgacha qisqartirish.

5. Ikkalasini vaqt va samara nuqtai nazaridan taqqoslash.

6. Eng ma’qul variantni optimallashtirish mezoni nuqtai nazardan tanlash.

Lekin eng maqbul variantni tanlash o‘qituvchidan fikrlashning muammoli-tadqiqot usulidan foydalanishni taqozo etadi.

Ta’lim jarayonini optimallashtirishda uning mezoni faoliyatni to‘g‘ri baholashga yordam beradi.

O‘quvchi u yoki bu materialni o‘zining maksimal darajadagi imkoniyati doirasida o‘zlashtiradi (natijaga real erishish mumkin bo‘lgan imkoniyat). Bu esa, o‘z o‘rnida, o‘qitishni optimallashtirish uchun o‘quvchilarning real o‘quv imkoniyatlarini o‘rganishni talab etadi.

Real o‘quv imkoniyatlari ichki (sog‘liq, bilim darajasi, fikrlash qobiliyati, o‘qishga munosabat, mas’uliyat hissi) va tashqi (oila, tengdoshlar, jamiyat ta’siri) sharoitlarning o‘zaro uzviyligida namoyon bo‘ladi.

O‘qituvchi bolaning bugungi real o‘quv imkoniyatlarini bilishigina emas, shuningdek, yaqin rivojlanish zonasini, ya’ni yaqin rivojlanish imkoniyatlarini anglab etishi ham zarur bo‘ladi.

Shunday qilib, optimallashtirishning birinchi mezoniga ko‘ra, o‘quvchi shunday o‘zlashtirish darajasiga erishishi kerakki, ushbu daraja uning yaqin rivojlanish zonasidagi imkoniyatlariga to‘g‘ri kelsin.

Optimallashtirishning ikkinchi mezoni shuki, o‘quvchi va o‘qituvchi dars va uy mashg‘ulotlariga ajratilgan vaqtga qat’iy amal qilsinlar.

Tarbiyada birinchi mezon erishilgan natijaning qo‘yilgan maqsad va vazifalarga to‘g‘ri kelishida ifodalanadi.

Ikkinchi mezon tarbiyachining tarbiyalanuvchi uchun ajratilgan me’yorlarga qat’iy amal qilishida ko‘rinadi.

O‘qituvchi amaliy faoliyatidagi pedagogik jarayonlarning asosiy komponentlarini optimallashtirish usullari tizimi quyidagicha:

1. Ta’lim-tarbiya jarayoni uchun eng ma’qul (ratsional) vazifalar kompleksini tanlaydi.

2. Ushbu sinf xususiyatidan kelib chiqib, vazifalarni aniqlashtiradi.

3. Qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun zarur mazmun tanlaydi.

4. Ushbu mazmunni amalga oshirish uchun eng maqbul metod, shakl va vositalar tanlaydi.

5. Tezkor tarzda jarayonga o‘zgartirishlar kiritadi va unga ko‘ra metod, shakl va vositalarni o‘zgartiradi.

6. Qilingan ishlar chuqur va har tomonlama tahlil eti-


ladi (natija va vaqt nuqtai nazaridan).

3. Ta’lim mazmunini belgilaydigan hujjatlar. Ta’lim mazmuni normativ hujjatlar: o‘quv rejasi, o‘quv dasturi va darsliklarda ko‘rsatilgan.

O‘quv rejasi: davlat hujjatidir. O‘quv rejasi barcha ta’lim muassasalarida so‘zsiz amal qilinishi lozim bo‘lgan davlat hujjatidir.
tarbiya, tarbiya jarayonining mohiyati, tarbiya jarayonining dialektikasi va qonuniyatlari, tarbiya prinsiplari, tarbiya metodlari, shaxs ongini shakllantirish metodlari, faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari, faoliyatni rag‘batlantiruvchi (stimullovchi) metodlar,

tarbiyada nazorat, o‘z-o‘zini nazorat va o‘z-o‘zini baholash metodlari.


I. Tarbiya jarayoni to‘g‘risida tushuncha


O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da Kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarish har tomonlama kamol topgan jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutishi aytilgan. Ushbu yo‘nalish kelajak avlod egallashi zarur bo‘lgan barcha fazilatlar, to‘g‘rirog‘i, shaxs modelining asosiy tarkibiy qismlarini ko‘rsatib beradi.

Oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, barcha turdagi ta’lim muassasalari xodimlari, ota-onalar, tarbiyachilar uchun barkamol insonni tarbiyalashning asosiy yo‘nalishlari tarbiya oldida turgan muhim vazifa sifatida qabul qilinishi kerak.

O‘sayotgan yosh avlodning tarbiyasi - jamiyatimiz keyingi taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi. Uning ijtimoiy vazifasi avloddan-avlodga insonlarning ko‘p qirrali ishlab chiqarish, mehnat, turmush, ma’naviy boy tajribalarini etkazib berishdan hamda ularni boyitish va rivojlantirishdan iborat.

Inson shaxsi juda ko‘plab omillarning, ob’ektiv, sub’ektiv tabiiy, ijtimoiy, siyosiy, tashqi va ichki, bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan stixiyali va maqsadga muvofiq va boshqa ko‘plab omillarning bevosita hamda bavosita ta’siri ostida shakllanib boradi.

Bu o‘rinda inson bo‘layotgan ta’sirlarni shunchaki, passiv fotografiya tarzida qabul qilib olmaydi, balki bunday ta’sirlarga u yoki bu tarzda javob beradi, muomala, munosabat bildiradi, faoliyat ko‘rinishlari bilan javob beradi, ya’ni o‘zining shakllanishi va rivojlanishida sub’ekt tarzida ishtirok etadi. Jamiyat, ayrim shaxslar tomonidan qo‘yilgan maqsad va vazifalarga ko‘ra, maqsadga muvofiq, sistemali va rejali yo‘lga qo‘yilgan jarayon va unga rahbarlik tarbiya jarayoni deb ataladi.

Tarbiya jarayoni - bu shaxsni ijtimoiylashtirish jarayoni hisoblanib, uni hayotga, jamiyatdagi o‘rnini topishga, faol munosabatga tayyorlash, jamiyatga foyda keltira oladigan, shu bilan birga, o‘z faoliyatidan ma’naviy hamda moddiy qoniqish hosil qiladigan tarzda tarbiyalash demakdir.

SHu sababli ham qaerda tarbiya bo‘lsa, bolalarning rivojlanishidagi harakatlantiruvchi kuchlar, yosh va o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi. Qaerda tarbiya bo‘lsa, jamiyatning va tabiiy muhitning ijobiy tomonlaridan foydalaniladi. Qaerda tarbiya to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, jamiyatdagi nomaqbul va salbiy ta’sir etuvchi kuch qirqiladi. Qaerda tarbiya to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, barcha ijtimoiy institut, markazlarning birligi va hamkorligi ta’minlanadi. Qaerda tarbiya to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, shaxsning ertaroq mustaqil faoliyat ko‘rsatishiga, qobiliyatlari namoyon bo‘lishiga imkon yaratiladi.


II. Avtoritar tarbiya. Erkin tarbiya nazariyasi


Tarbiya jarayoniga shaxsni maqsadga muvofiq shakllantirish va rivojlantirish jarayoni sifatida qarash haqidagi zamonaviy ilmiy tasavvurlar bir qator pedagogik g‘oyalarning uzoq davom etgan o‘zaro kurashi natijasida paydo bo‘ldi.

O‘rta asrdayoq avtoritar tarbiya nazariyasi yuzaga keldi va u hozirgacha turli ko‘rinishlarda (masalan, skauting nazariyasi) davom etib kelmoqda. Ushbu nazariyaning yorqin namoyondalaridan biri nemis pedagogi I.F.Gerbart bo‘lib, u tarbiyani bolalarni boshqarish jarayoni deb tushuntirdi. Ushbu boshqaruvning maqsadi - «uni u yoq, buni bu yoqqa irg‘itayotgan» bolalardagi yovvoyi fe’l-atvorni bostirishdan iborat. Bolalarni boshqarish mazkur holatda uning xulqini belgilaydi. Gerbart boshqaruv usullari bolalarni nazorat qilish va ularga buyruq berishdan iborat, deb biladi.

O‘sha davrda (o‘rta asrlarda) J.J.Russo avtoritar tarbiyaga qarshi erkin tarbiya nazariyasini ilgari surdi. U va uning izdoshlari bolani hurmat qilish lozim, uni chegaralab, to‘sib, bo‘g‘ib qo‘ymaslik kerak, balki bolaning tabiiy rivojlanishini har tomonlama rag‘batlantirib, quvvatlab turish zarur, deb hisoblaydilar. Ushbu tarbiya nazariyasi dunyoning turli mamlakatlarida o‘zining rivojini topdi. Hatto bugungi kunda ushbu nazariya Evropa mamlakatlaridan Angliya, Fransiya, Belgiya, Rossiyada keng tarqalib, bola tarbiyasida uning tabiatidan, tanlanish xususiyatidan kelib chiqish kerak, degan fikrlar aytilmoqda.

Hozirgi zamon pedagogikasidagi asosiy oqimlarni o‘rganish shunga olib kelyaptiki, tarbiya jarayoni tushunchasi, bu tarbiyalanuvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etish yoki qator talablarning bajarilishini tashkil etish tarzida majburiy xarakter kasb atamasligi kerak, balki tarbiyachi (ota-ona, o‘qituvchi, jamoatchilik) bilan tarbiyalanuvchining o‘zaro ijtimoiy hamkorlik qilishi ularning rivojlanib boruvchi munosabatlarini anglatadi. Bu o‘rinda pedagog maqsadi o‘quvchi faoliyatining mahsuli sifatida belgilanishi kerak. SHuningdek, maqsad o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish (bu o‘rinda tashkil etish majburiy, ko‘rsatma, buyruq tarzida emas) orqali ham amalga oshiriladi. Faoliyat natijasiga baho berish ham, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ma’lum, qatiy mezon ko‘rinishida emas, balki faoliyat natijasi o‘laroq, bola xulqi, dunyoqarashi, ongidagi sifat o‘zgarishlariga e’tibor berish, muhokama, tahlil etish, xulosa chiqarish kabi ko‘rinishlarda, shuningdek, o‘z-o‘ziga baho berish, faoliyatga tanqidiy munosabat kabi tarzda yo‘lga qo‘yilishi kerak.

SHu nuqtai nazardan tarbiya jarayonida tarbiyachi tarbiyalovchi tarzida emas, bevosita shu faoliyatning ishtirokchisi sifatida qatnashib, o‘z rolining ta’sirini tarbiyalanuvchilarga - faoliyat ishtirokchilariga «sezdirmasdan» o‘tkaza olishi, - «ko‘rinmas» boshqaruvchi sifatida qatnashishi kerak.


III. Tarbiya jarayonining mohiyati


Har qanday jarayon ma’lum natijalarga erishishga yo‘naltirilgan qonunlar va izchil harakatlar yig‘indisi hisoblanadi.

Tarbiya jarayonining bosh natijasi har tomonlama rivojlangan, barkamol avlod - yangi jamiyat qurilishida faol ishtirok eta oladigan shaxsni shakllantirishdan iborat.

Tarbiya - ikki tomonlama xarakter kasb etadi, ya’ni tashkil etish va rahbarlik, shuningdek, shaxsning faol ishtirokini ham o‘z ichiga oladi.

Lekin, bu o‘rinda, etakchilik roli pedagogga tegishlidir va u shaxs faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kerakli dastur tuzadi, mazmun, yo‘nalish, shakl va usullar tizimini ishlab chiqadi.

Mohiyat falsafiy kategoriya sifatida narsa, predmetning ma’nosini (mazmunini) ifodalaydi va u o‘z-o‘zidan boshqa narsa, predmetlardan farqlanadi. Mohiyat mavjud hodisa, narsa, predmetlar rivojlanishining asosiy belgilari va yo‘nalishini aniqlaydi, ichki munosabatlarining chuqur bog‘liqlik tomonlarini ifodalaydi.

Tarbiya jarayoni asosida shaxs shakllanishining ijtimoiy maqsadlari bilan bog‘liq holda tarbiyachi va tarbiyalanuvchining o‘zaro aloqasini ta’minlaydigan tarbiyaviy munosabatlar tizimi yotadi.

Demak, o‘quvchi pedagog bilan ongli ravishda o‘zaro aloqada bo‘lar ekan, u holda tarbiyaviy munosabatlar xar doim sub’ektiv-ob’ektiv xarakter kasb etadi.

SHunday qilib, tarbiya jarayonining mohiyati shundan iboratki, tashqi ob’ektiv boylik ichki boylik bo‘lib qoladi, inson ongi sohasiga o‘tadi, keyinchalik u hulq va faoliyat natijasiga aylanadi. Bu o‘rinda rivojlanish sharoitlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi, balki ushbu sharoitda insonning o‘rni, unga shaxsning munosabati va undagi faoliyat xarakteri hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Tarbiya jarayoni o‘zining tabiatiga ko‘ra ko‘p faktorli xarakter kasb etadi. Bu degani shaxs maktab, oila, jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoalari va turli vositalar ta’siri ostida shakllanadi.

Tarbiya jarayoni va unga ta’sir etuvchi omillar, faollik, ehtiyoj, intellektual va hissiy boyliklar, faoliyat, odatlar, muomala va munosabat o‘zaro bir-birlari bilan bog‘liq holda yo‘lga qo‘yiladi.

Xulq regulyatorlari (boshqaruvchilari). Bulardan eng asosiylari intellektual va emotsional-irodaviy faollik hisoblanadi.

Tarbiya jarayoni samaradorligi qanchalik yuqori bo‘lsa, u shaxs ehtiyoj-motivatsion sohasini shunchalik boyitadi va uni qayta quradi. Uning intellektual-emotsional irodaviy faolligini rivojlantiradi.

Tarbiya jarayonining samaradorligi shaxs motivatsion-amaliy faoliyatini harakatga keltira olsa, ong va faoliyat birligini ta’minlay olsagina yuqori bo‘ladi.

Tarbiya jarayoni natijalari, odatda, bir tomonlama xarakter kasb etmaydi. Tarbiya shaxsni maqsadga muvofiq shakllantirish va rivojlantirish jarayoni sifatida keng qamrovdagi holatlar bilan murakkablashadi:

- bola shaxsiga turli-tuman, bevosita va bavosita ta’sirlarning mavjudligi (maktab, oila, ko‘cha, noformal guruhlar, axborot vositalari);

- bolalarda oldindan yuzaga kelgan qarashlar, intilish,
odat, didning mavjudligi;

- o‘quvchi ichki holatini o‘rganishdagi qiyinchilik;

- bir xildagi pedagogik ta’sir natijalarining turlichaligi.

IV. Tarbiya jarayonining dialektikasi va qonuniyatlari


Tarbiya jarayoni, boshqa jarayonlar kabi, dialektik xarakterga ega. Bola o‘zini o‘rab turgan borliq dunyo bilan turli munosabatlarga kirishadi. Real tarbiya jarayonida ushbu holat tarbiyachiga ixcham-egiluvchanlik, harakatchanlik, o‘zgaruvchanlik, tezkorlikni aytib turadi. Hech qaysi tarbiya tizimi doimiy emas, chunki bola turli ijtimoiy munosabatlarga, aloqalarga kirishar ekan, o‘zi ham o‘zgarib boradi, tarbiya jarayonining ijtimoiy funksiyasi ham ortib va murakkablashib boradi, shu bilan birga rivojlanishda bo‘lgan yosh avlodga talablar ham ortib boradi.

Ichki qarama-qarshiliklar har qanday rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Lekin ular rivojlanish mazmuni va yo‘nalishini tashqi sharoitlar etarli bo‘lgan taqdirdagina belgilab bera oladi, xolos. Ichki qarama-qarshilikka o‘quvchining intilishi va uning imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatni keltirib o‘tish mumkin.

Insonning shaxs bo‘lib shakllanishidagi asosiy manbalardan biri ehtiyojlar bilan uni qondirish usullari (sharoitlari) o‘rtasidagi ziddiyatdir. Bilamizki, ehtiyoj doimo tez va to‘liq tarzda birdaniga amalga oshmaydi. Lekin har qanday qarama-qarshiliklar bartaraf etilishi kerak yoki bu qarama-qarshilik o‘z kuchini yo‘qotguncha kutish zarur.

Odatda, inson qarama-qarshiliklarni enga borib, o‘z rivojlanishida yuqori bosqichga ko‘tariladi va keyingi bosqichda undan ham murakkabroq qarama-qarshiliklarni engishga qodir mukammal faoliyat usullarini egallaydi.

Ichki qarama-qarshiliklardan yana biri, tashqi narsa va hodisalar ta’siri va shaxs intilishi o‘rtasidagi ziddiyat hisoblanadi.

Tashqi qarama-qarshilik tarbiya jarayoni uchun katta qiyinchilik tug‘diradi.

Masalan, maktab qo‘yayotgan talablar bilan oila tomonidan ilgari surilayotgan talablarning (ba’zan tushunmay, ba’zan ataylab) bir-biriga mos tushmasligi oqibatida ziddiyat kelib chiqadi.

SHuningdek, tarbiya jarayonini murakkablashtiruvchi yana bir qarama-qarshilik, bu tashkiliy, maqsadli ta’sir bilan, tashqi stixiyali ta’sir o‘rtasidagi nomuvofiqlik. O‘qituvchilar tomonidan bolalarga talablarning bir xilda qo‘yilmasligi ham tarbiya jarayonida ma’lum ziddiyatni keltirib chiqaradi.

Tarbiya yaxlit pedagogik jarayonning bir tizimi sifatida ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysunadi.

Tarbiya jarayonining qonuniyatlari:

1.Tarbiyalanuvchilarning faoliyati qanchalik o‘ylab,


puxta tashkil etilgan bo‘lsa, ularning muomala, munosabatlari, umuman olganda, tarbiya jarayoni shunchalik samarali kechadi.
Ta’limning eng muhim ijtimoiy vazifasi – ijtimoiy talablarga mos keluvchi shaxsni shakllantirishdir. Ta’lim jarayoni insoniyatning ruhiy va moddiy madaniyatining aks ettiruvchi qismi faoliyat usullari va tizimlashtirilgan ilmiy bilimlarni egallash asosida yuzaga keladi.

Ta’limning mazmuni deganda, o‘quvchilarning o‘qish jarayonida egallashi lozim bo‘lgan hamda tizimga solingan bilim, ko‘nikma va malakalarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi.

Ta’lim mazmuni uchun bir nechta asosiy qoidalar mavjud, jumladan:

- ta’lim mazmuni ilmiy asosga yo‘nalgan bo‘ladi;

- ta’lim mazmuni fanda faqatgina faktlar va nazariy qoidalar tarzida ochib beriladi;

- o‘quv materiali fanlarning zamonaviy holatiga mos bo‘ladi, hayotiy qarashlarni shakllantirishga imkon beradi;

har bir o‘quv fani bo‘yicha ta’lim mazmuni shu yoki boshqa fanlar tizimiga mantiqan mos bo‘ladi;

- ta’lim mazmuni alohida o‘quv fanlari orasidagi o‘zaro aloqadorlikka asoslanadi;

- maktab, o‘rta-maxsus kasb hunar ta’limida ta’lim texnik va mehnat ta’limi bilan birga qo‘shib olib boriladi, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishga imkon beradi;

- ta’lim bilimlarni egallashda qiyinchiliklarni engib o‘tishda irodalilikni shakllantirishga o‘rgatadi;

- ta’lim mazmuni o‘quvchilarning yosh imkoniyatlariga mos bo‘ladi.

Ta’lim mazmuniga nisbatan ikki xil yondoshuv mavjud: 1) bilimga yo‘naltirilgan. 2) shaxsga yo‘naltirilgan yondoshuv.

2. Hozirgi davrda ta’lim mazmuni tushunchasining asosiy g‘oyalari.

Ta’lim muassasalaridagi o‘qitish mazmuniga qo‘yilayotgan talab mazkur mamlakatning ishlab chiqqan strategiyasida aniqlanadi. Bu strategiya “Milliy O‘quv Dasturi” da yozilgan bo‘lib, unda taxlim tizimi tubdan isloh qilindi, yuqori darajali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini egallagan mamlakatlardagi kabi yo‘lga qo‘yil ko‘zda tutilgan.

Hozirgi davrda bizning respublikamizda ta’lim mazmunini aniqlashda quyidagi g‘oyalarga asoslaniladi: insonparvarlashuv, differentsiallashuv, integratsiyalash hamda axborot texnologiyalaridan keng foydalanish.

Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish deganimiz ta’lim muassasasi bolaga e’tibor bilan qarashini, ya’ni bolaning shaxsini hurmat qilish, iularning qiziqishlarini, qobiliyatlarini hisobga olish yotadi. SHuning bilan birga o‘quvchilarning o‘quv soatini qisqartirish ortiqcha ishlardan saqlaydi. Insonparvarlashuv ijtimoiy va tabiiy va ilmiy fanlarning “insonga xizmat” qilishini talab etadi. Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirishda asosiy rolni til va adabiyot, ruhiy-insonparvarlik tarbiya, jamiyatshunoslik fanlari asosiy rol o‘ynaydi.

Ta’lim mazmunini differentsiallashuvi – o‘quv tashkil etishdagi ikkinchi etakchi g‘oya. Differentsiyallashuv – bu hozirgi davrda ta’lim berishning umumiy tendentsiyasi. Bizning respublikamizda ta’lim berishni differentsiallashtirish maqsadida fanlarni chuqurlashtirib o‘qitiladigan sifnlar, maktablar ochilgan.

Ta’lim mazmunini integratsiyalashuvi g‘oyasi bir-biriga yaqin fanlarni qo‘yib, integrativ fanlarni yaratishni maqsad qilib qo‘yadi. Integrativ fanlar o‘quvchilarga olamning tugal manzarasini hosil qilishda ulkan rol o‘ynaydi. Bundan tashqari o‘tiladigan darslarning sonini qisqartiradi.

3. Ta’lim mazmunini belgilaydigan hujjatlar. Ta’lim mazmuni normativ hujjatlar: o‘quv rejasi, o‘quv dasturi va darsliklarda ko‘rsatilgan.

O‘quv rejasi: davlat hujjatidir. O‘quv rejasi barcha ta’lim muassasalarida so‘zsiz amal qilinishi lozim bo‘lgan davlat hujjatidir.

O‘quv rejasi tegishli ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

O‘quv rejasida:

- o‘quv yilining boshlanishi va tugash vaqti, beriladigan ta’tillarning kuni, ta’lim muassasasida o‘tilishi kerak bo‘lgan fanlarning tizimi;

- o‘rganilayotgan fanlarning ro‘yxati va bo‘linishi (taqsim qilinishi);

- fanlarning asosiy va fakultativlarga bo‘linishi;

- har bir sinfda o‘quv fanlarini o‘rganishda haftalik va yillik taqsim qilinishi soati ko‘rsatilgan bo‘ladi.

O‘quv dasturi o‘quv rejasi asosida har bir o‘quv fani uchun tuziladi. O‘quv dasturi har bir o‘quv fanini o‘qitish uchun ajratilgan bilim hajmi, tizimi va g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishini aniqlab beradigan hujjatdir.

O‘quv dasturida o‘quv yili davomida har qaysi sinfda alohida fanlar bo‘yicha o‘quvchilarga beriladigan ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarning hajmi belgilab beriladi. Dasturda har qaysi o‘quv fanlarining mazmuni izchillik bilan yoritiladi va ta’lim mavzular orqali ko‘rsatiladi.

Ma’lum mavzu yuzasidan o‘quvchi o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar qsqacha ifodalab beriladi.

O‘quv dasturi uch qismga bo‘linadi:

- tushuntirish xati (o‘rganilayotgan fanning) maqsad va vazifalari;

- mazmuniy (asosiy) qism;

- bilim, ko‘nikma va malakalarni baholashda metodik ko‘rsatma, ta’limning ko‘rsatmali va texnik vositalari soni, tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati;

Darslik – o‘quv adabiyotlarining asosiy turi. Unda fan va madaniyatning zamonaviy yutuqlari darajasi, aniq sohadagi bilimlar asosida tizimli ravishda bayon etiladi.

Darslik ta’lim asosiy maqsad va vazifalariga, aniq yoshdagi ijtimoiy guruhning rivojlanishiga va tarbiyalanishiga javob beradi.

Darslik o‘quvchilarning ikkinchi “muallimi”. CHunki u avvalo o‘quvchi uchun zarur qo‘llanmadir.

Har bir o‘quv fanining mazmuni darslikda batafsil yoritiladi. Darslik tegishli fanga oid ilmiy bilim asoslarini dasturga va didaktika talablariga muvofiq ravishda bayon qiluvchi kitobdir.

Darslik bilan bir qatorda ayrim o‘quv fanlari yuzasidan o‘quv qo‘llanmalari tuziladi. Masalalar va mashqlar to‘plami, atlaslar, xrestomatiyalar, lug‘at kitoblari va hokazolar.

4. Davlat ta’lim standartlari Davlat ta’lim standarti O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritilgandan so‘ng yaratildi. DTS yangilandi O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi” normativ huquqiy hujjatlari bugungi kunda o‘z kuchini yo‘qotdi.

Standart o‘lchov, andoza, qolip, mezon ma’nosini beradi. DTS ta’limning mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.

DTS ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarining sifatiga qo‘yiladigan minimal darajadagi talabni aniqlaydi.

DTS larni bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.

Ta’lim mazmunini belgilash mezonlarni va uning o‘ziga xos ko‘rinishlari

Maktabgacha, o‘rta umumiy, o‘rta maxsus va kasb-hunar, hamda oliy ta’lim mazmunini shakllantirish, DTS asosida belgilash uchun quyidagilar nazarda tutilishi kerak:

Jamiyat va davlat buyurtmasiga mos kelishi, ya’ni barkamol avlodni tarbiyalash maqsadiga muvofiq bo‘lishi kerak.

Ta’lim mazmuniga kirgan materialning yuksak ilmiy va amaliy darajasi ta’minlanishi zarur.

O‘qitish jarayonining real imkoniyatlarini hisobga olish zarur (ta’lim qonuniyatlari, prinsiplari, metod va tashkil etish formalari, o‘quvchilarning umumiy aqliy, jismoniy rivojlanishi, maktab o‘quv-uslubiy va moddiy-texnik imkoniyatlari).

Maktabda o‘rganiladigan barcha o‘quv materiallari nuqtai nazaridan ta’lim mazmunini konstruksiyalash va tatbiq etishda ijtimoiy adolatni ta’minlash.

Fanlar asosining mazmunini belgilash uchun pedagogikada quyidagi mezonlar tizimi ishlab chiqilgan:

Barkamol avlodni tarbiyalash vazifalarining ta’lim mazmunida yaxlit ifodalanishi.

Asosiy fanlarga kiritilgan mazmunning ilmiy va amaliy jihatdan yuqori darajada bo‘lishi.

Mazmun murakkabligi o‘quvchilarning shu yoshdagi real o‘quv imkoniyatlariga mos kelishi.

Ushbu predmetni o‘rganish uchun voqeaga nisbatan mazmunning to‘g‘ri kelishi.

Barcha ta’lim turlarida mazmunning xalqaro tajribalarni hisobga olib belgilanishi.

Ta’lim mazmunini mavjud o‘quv-uslubiy va moddiy bazani hisobga olib belgilash.

Fan-texnika, madaniyat sohasida erishilgan yutuqlar, olingan natijalar.

Fan va ishlab chiqarishda yangi yo‘nalishlarning yuzaga kelishi.

Kishilar psixologiyasining ijtimoiy muhitdan kelib chiqib o‘zgarishi.

Fandagi integratsion jarayonlarni hisobga olish.

Davlat va huquqiy ehtiyojdan kelib chiqish.

Shunga ko‘ra, hozirgi zamon fani taraqqiyoti darajasida, birinchi navbatda, uning nazariy asosi, umumlashgan tushuncha va kategoriyalarning o‘zlashtirilishi hisobga olinishi zarur.

III. O‘quv rejasi. O‘quv soati setkasi


Yuqorida bayon etilgan naeariy yo‘nalishdan kelib chiqib, ta’lim mazmuni o‘quv rejasi, o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarida o‘z ifodasini topadi.

O‘quv rejasi - mazkur o‘quv muassasasini o‘z tarkibiga olgan vazirlik tomonidan tasdiqlangan hujjat hisoblanadi, uni o‘zgartirish, bajarmaslik mumkin emas. Unda o‘quv predmetlari tarkibi, ularning o‘quv yillari, kurslar yoki sinflar bo‘yicha haftalik soatlar taqsimoti bor. Ushbu o‘quv hujjatida tabiiy-matematik, ijtimoiy-gumanitar va boshqa fanlar mazkur o‘quv yurti yoki ta’lim muassasasi xarakteriga, umumiy va kasbiy yo‘nalishlar xususiyatlariga bog‘liq holda taqsimlanadi.

U yoki bu ta’lim muassasasi, shuningdek, ma’lum mutaxassislik yo‘nalishida ishlaydigan o‘quv yurtlari o‘quv rejasiga kiritilgan predmetlar shu mutaxassislikni egallash uchun zaruriy, me’yoriy darajada umumiy va kasbiy yo‘nalish uchun kerak bo‘lgan o‘quv soatlari hajmini belgilaydi.

Shuningdek, bo‘lg‘usi mutaxassisning ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligini davr talabidan kelib chiqqan holda kuchaytirish uchun vazirlik ko‘rsatmasiga binoan qo‘shimcha predmetlar, ularga yarasha o‘quv soatlari ham kiritilishi mumkin.

O‘quv rejasida yana har biri bo‘yicha JN (joriy nazorat), ON (oraliq nazorat), YAN (yakuniy nazorat)larni o‘tkazish muddati, ular uchun vaqtni belgilash mezonlari, har bir chorak va semestrning boshlanishi, yakunlanishi, yillik yakuniy ishlar: amaliyotlar, hisobotlarni o‘tkazish tajriba muddatlari ham aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi.

O‘quv rejasida, shu o‘quv muassasasi xarakteridan kelib chiqib, maxsus kurs, seminar, fakultativ mashg‘ulotlar uchun alohida qo‘shimcha soatlar ajratilgan bo‘lib, uni qanday taqsimlash o‘sha o‘quv muassasasi ixtiyoriga beriladi.

IV. O‘quv dasturlari va ularning tuzilishiga nisbatan qo‘yiladigan pedagogik talablar


O‘quv dasturlari ham o‘quv rejasi kabi mazkur o‘quv muassasasini o‘z tarkibiga olgan vazirlikning o‘quv-uslubiy markazida shu sohaning etakchi mutaxassislari tomonidan tuziladi va vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.

O‘quv dasturida o‘qitiladigan har bir o‘quv predmeti mazmunining umumiy tavsifi, ularning yil va ayrim mavzular bo‘yicha taqsimoti beriladi. Har bir o‘quv dasturi tushuntirish xatidan boshlanadi va unda o‘rganiladigan fanga umumiy yo‘nalish beriladi, ushbu predmetning tuzilishiga qisqacha tavsif, o‘quvchilar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan uslubiy tavsiyalar bayon etiladi.

O‘quv dasturi uchun yoeilgan tushuntirish xatini chuqur o‘rganish va tahlil etish har bir o‘qituvchi uchun majburiydir.

Hozirgi zamon fanlaridagi fundamental asoslarni nazarda tutib, o‘quv materiallarini yiriklashtirish, ixchamlashtirish, ularni etakchi g‘oya va ilmiy nazariyalar atrofida guruhlash, shuningdek, fanlar o‘rtasidagi integratsion jarayonni hisobga olish, dasturni ikkinchi darajali ortiqcha materiallardan holi qilish, murakkablashtirish, qaytariqlarga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Dunyoqarash yo‘nalishini kuchaytirish zarur. Predmetlararo aloqada ob’ektiv dunyoni yaxlit sintez holida qabul qilish va tushunib etish ko‘zda tutiladi.

O‘quv dasturi tuzilishida rioya qilinadigan talablar:

1. Ta’lim-tarbiya maqsad va vazifalarini hisobga
olish.

2. Didaktik prinsiplarga rioya qilish.

3. O‘quv fanlarining amaliy qimmatini kuchaytirish.

4. Pedagogik texnologiya nuqtai nazaridan dastur tuzilishini hisobga olish.

5. O‘quvchining real o‘zlashtirish imkoniyatlarini nazarda tutish.

6. Ta’lim mazmuni va vaqt imkoniyatlari nisbatini hisobga olish kerak.


V. Darslik va o‘quv qo‘llanmalari


Ta’lim mazmunining keyingi bosqichda oydinlashtirilishi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari orqali amalga oshiriladi va u o‘quvchilar egallashi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikmalarning asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov 1997-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlagan nutqida ushbu masalaga alohida to‘xtalib, shunday degan edi: «Xalqimizga ayonki, ta’lim darslikdan boshlanadi. Achchiq bo‘lsa ham tan olishga majburmiz: deyarli barcha sohada darsliklarimiz ahvoli bugungi va ertangi kun talablari darajasida emas. Biz darslik yaratishga eng ilg‘or va eng sharafli vazifa sifatida qarashimiz, yaxshi darslik yaratgan odamlarni boshimizga ko‘tarishimiz kerak. Darslikni, agar kerak bo‘lsa, katta tanlov asosida yaratishimiz lozim» (Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» T.1998 y. 8-bet).

Darslik tuzish har bir mutaxassisdan yuqori mas’uliyat, bilimdonlik, tajriba va bilim talab etadi va uni tuzishda quyidagilarga rioya qilish kerak:

-har bir darslik yuksak g‘oyaviylik va ilmiylik asosida
tuzilishi zarur. Dastur mazmuniga mos kelishi kerak;

-qulay va ixcham bo‘lishi;

-fikrlar aniq va ravshan, bilimlar jonli bo‘lishi;

-uslubiy tomonlar kuchaytirilishi;

-amaliy yo‘naltirilishi;

-predmetlararo o‘zaro bog‘liqlik nazarda tutilishi zarur.

Darslikda ta’lim mazmunining muhim komponentlari o‘z ifodasini topgan bo‘lishi lozim: tabiat, jamiyat, texnika, insoniyat, faoliyat usullari, tushuncha va iboralar to‘g‘risidagi nazariy bilimlar, nazariya va qonuniyatlar, metodologik va qimmatli fikrlar bo‘lishi kerak. Darslik materiallari o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash, ma’naviyat, axloqiy-hulqiy tushuncha va odatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Unda materiallarning izchil, sistemali bayon etilishiga, bilish metodlari bilan uzviy bo‘lishiga e’tiborni qaratish kerak. Darslikda o‘quvchi ijodiy qobiliyatini, bilish imkoniyatlarini oshirish, mustaqil bilishni shakllantirish yuzasidan topshiriqlar, ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riqlar, tavsiyalar beriladi.

Darslikda darsda EHMlardan foydalanish imkoniyatlari ham ko‘rsatiladi.

Ta’lim mazmuni yana o‘quv qo‘llanmalarda ham o‘z ifodasini topgan bo‘lib, undagi materiallar darslik imkoniyatlarini kengaytiradi va yangi, qo‘shimcha ma’lumot xarakteridagi materiallarni o‘z ichiga oladi.

O‘quv qo‘llanmalari sifatida ta’lim muassasalarida mashq va masalalar to‘plami, xrestomatiyalar, lug‘atlar, ma’lumotnomalar, tarix va geografiya kartalari, ensiklopediyalar, programmalashtirilgan elektron hisoblash vositalari, sinfdan tashqari o‘qish uchun kitoblar, slayd, videofilm, magnitafon yozuvlari, o‘quvchilar uchun u yoki bu darslikka mos holda yozilgan uslubiy qo‘llanma va boshqalar kiradi.

O‘qitish prinsiplari haqida tushuncha

Maktablarning yaratilishi va rivojlanishi tarixi mobaynida, ayniqsa YA.A.Komenskiy davridan boshlab, o‘quv jarayoni ichki yo‘nalishining asosi ajratib kelindi va uning takomillashib borishi ta’lim samaradorligining oshishiga asos bo‘ldi: «Engil, asosli va ma’qul keladigan qilib o‘qitish kerak», «Qulay va puxta o‘qitish kerak», «SHunday o‘qitish kerakki, bolalar tushunib, ongli o‘zlashtirsin», «Ko‘rgazmali o‘qitish kerak, chunki, buni bola tabiati talab etadi» va h. k.

Natijada bu va boshqa talablarni didaktikaning o‘qitish prinsiplari bo‘limi belgilab berdi. O‘qitish prinsiplari ta’limda asosiy, belgilovchi yo‘nalishni ochib beradi. U o‘quv jarayoni va o‘qituvchi faoliyatining muhim tomonlarini ko‘rsatadi.

O‘qitish prinsiplari - bu, mulohazaga asoslangan tushuncha emas. Balki u o‘qitish amaliyotini umumlashtirish asosida paydo bo‘ladi va unda ob’ektiv qonuniyatlar o‘z ifodasini topadi.

Lekin prinsip tushunchasi, boshqa tushunchalar kabi, fanda zamon, maqsad aniqligiga ko‘ra o‘zgarib boradi. Masalan, YA.A.Komenskiy davrida, sensualizm (hislar) falsafasi nuqtai naearidan, hislar orqali bilishga qarab borishga asoslangan ko‘rgazmalilik birinchi o‘rinda turgan.

Hozirda o‘qitish prinsiplari tarbiya jarayoni bilan yagona dialektik asosga qurilgan. U maktab oldiga qo‘yilgan aniq vazifalarga qarab belgilanadi va unga javob beradi. O‘qitish prinsiplari o‘qitish jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi faoliyatida o‘z ifodasini topadi.

O‘qitish prinsiplari o‘qitish qoidalaridan farq qiladi. O‘qitish qoidalari o‘qitish prinsiplariga bo‘ysunadi, uni to‘ldiradi, mazmunini oshiradi. Masalan, o‘qitishning faollik prinsipida o‘quvchilarni faol faoliyatga tortish uchun, avvalo, butun sinfga savol berish, so‘ng bitta o‘quvchidan so‘rash kerak. Bu keltirilgan fikr faollik prinsipini amalga oshirishdagi qoidadir.

O‘qitish prinsiplarining rivojlanishi butun o‘qitish jarayonining rivojlanishi bilan bir vaqtda boradi va shunga ko‘ra ularning o‘rni o‘zgarib turadi.

Tarbiya va o‘qitish prinsiplarini qiyoslash shuni ko‘rsatadiki, ushbu prinsiplarning ko‘pchiligi tarbiya jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador bo‘libgina qolmay, balki ta’lim jarayoniga ham aloqador. Bu qonuniyatdir. CHunki yagona pedagogik jarayonda tarbiya va ta’lim o‘zaro bir-biri bilan mustahkam bog‘liq.

O‘qitish qoidasi o‘qitish prinsiplaridan kelib chiqadi va mantiqiy asosda o‘quv jarayonining amaliy talablarini aks ettiradi.

Masalan: «Hamma ko‘rgazma qurollarini birdaniga ilma, balki har birini o‘z vaqtida, o‘rni bilan ko‘rsat» ko‘rsatmalilik prinsipida bu qoida hisoblanadi.

Shunday qilib, o‘qitish prinsiplari deb, maktabdagi o‘quv ishlarining mazmunini, tashkil etish shakllari va metodlarini belgilab beruvchi asosiy talablarni tushunamiz.


II. Ilmiylik, sistemalilik va izchillik prinsiplari


O‘qitishdagi ilmiylik prinsipi ilmiy bilimlarni ishlab chiqarishda, boshqaruvda, turmush va madaniy sohada qo‘llash kengayib borayotgan hozirgi vaqtda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Fanda generalizatsiya yoki yiriklashtirish jarayoni kechyapti. Masalan, materiallarni dalillargagina tayanib tushuntirish nazariy asoslarga suyanib tushuntirishga qaraganda keraksiz bo‘lib qolyapti.

Buning ustiga, bolalar bilish qobiliyatlarining ortib borishi nafaqat nazariy bilimlar rolining ortishiga sabab bo‘lyapti, balki bunday materiallarni berish bolalar yoshlarini orqaga surish, ya’ni katta yoshdan, o‘rta yoshga, undan kichik yoshdagi bolalarga qarab surishni taqozo etyapti.

Ilmiylik prinsipi asosida boshlang‘ich sinflarda ta’limning nazariy jihatdan kuchaytirilishiga e’tibor qaratilmoqda. SHunga ko‘ra, bolalarning mustaqilligi ortib bormoqda, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini qo‘zg‘atadigan va faollashtiradigan o‘qitish metodlari va usullari tizimini qo‘llash talab etilmoqda.

Ilmiylik prinsipi o‘rta maktablarda o‘qitilayotgan barcha fanlarning tuzilishi va mazmunini qayta ko‘rib chiqishni talab qilyapti. Ta’lim mazmunidagi etakchi fikrlarni, shu yoshdagi o‘quvchilar tushuna oladigan g‘oyalarni aniqlash, ularni ilgari surishni taqozo etmoqda.

Ilmiylik prinsipi - fanni egallash, haqiqatni anglab etishgina emas, balki bilishning metod va usullarini egallash hamdir. SHuningdek, ushbu prinsip o‘quvchilarni ilmiy metodlar bilan ishlashga, tadqiqotlar o‘tkazishga o‘rgatishni ham maqsad qilib qo‘yadi. Lekin bu borada hali echilmagan muammolar ham mavjud. Jumladan, ayrim fanlar dastur va darsliklarini tuzishdagi o‘zaro bog‘liqlik, integratsion jarayonlar hali ham to‘laligicha hal etilmagan.

O‘qitishda ilmiylik tizimsiz (sistemasiz) mumkin emas. Har bir fan o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, u maktab ta’limiga shundayligicha o‘tkazilmaydi.

Har bir fanning o‘zida katta hajmdagi mavhum material - turli gipoteza, ilmiy nazariyalar, qarama-qarshi fikrlar mavjud. Maktabda esa aniq, ma’lum bir tartibdagi, fanda isbotlangan bilimlar berib boriladi.

Didaktik tizim ilmiy tizimdan shunisi bilan xarakterlanadiki, u fan tizimini aynan takrorlamaydi, balki unga xos bo‘lgan mantiq va bilimlar tizimini saqlaydi. YA’ni oldingi egallangan bilim keyingisiga yo‘l, ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi, ilmiy tushunchalar bilan umumiy qonuniyatlar o‘rtasidagi ichki aloqa ochib beriladi.

SHunga ko‘ra, predmet bo‘yicha, bilimlar tizimi, yillar davomida o‘quv materiallarining joylashuvi o‘quvchilarning rivojlanib borayotgan psixologik xususiyatlari va imkoniyatlariga mos kelishi shart.

Tizimlilik (sistemalilik) materiallar joylashuvining mantiqiy izchilligini ham ta’minlashi shart.


III. Onglilik va faollik prinsipi


Ushbu prinsip o‘quvchilarning bilish faoliyatida etakchi hisoblanib, unga doimo amal qilish kerak.

Ushbu masalaga keyingi vaqtlarda alohida e’tibor berilyapti. CHunki ushbu prinsip ta’lim jarayoniga yondashishning barcha tomonlarini muvaffaqiyatli hal etadi.

Butun muammoli ta’lim o‘quvchilardan bilimlarni faol o‘zlashtirishni, qonuniyatlarni, fanning asosiy g‘oyalarini, jarayon va hodisalarning paydo bo‘lishini ongli tarzda o‘zlashtirishni talab etadi.

Maktabdagi differensiyalashtirilgan ta’lim o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning real imkoniyatlariga tayanib, kelajakda bo‘sh o‘quvchilarni yaxshi o‘zlashtiradiganlar darajasiga etkazishdan, ongli o‘zlashtiruvchilarni olgan bilimlarini faol tahlil qila olishga o‘rgatishdan iborat.

Programmalashtirilgan ta’lim - o‘quvchilarni maktabda qadam-baqadam aqliy operatsiyalardan qiyoslash, tavsiflash, analiz, sintez kabi faol tahlil etishga o‘rgatib borishdir.

Ushbu prinsip o‘qituvchidan o‘quvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik vaqtida tushunish, konkretlilik va mavhumlik jarayonlarining bir-biriga to‘g‘ri kelishini hisobga olishlarini talab qiladi.

SHu bilan birga, mazkur prinsipni amalga oshirish va o‘quvchilarning fikrlash jarayonlariga rahbarlik o‘qituvchi oldiga murakkab va aniq vazifalarni qo‘yadi:

• Tushunchalarni, eng muhim belgilarni to‘g‘ri ajratish va umumlashtirishga o‘rgatish, yuzaki, tor belgilarni ajratishda ehtiyot bo‘lish.

• Mustaqil bilishda qiyoslashga o‘rgatish, hodisa va


jarayonlarni umumiylik, o‘xshashlik, farqi jihatdan ajrata olishga o‘rgatish.

• O‘rganilayotgan jarayonlar va hodisalarni analiz va


sintez qilishni birga olib borish, yaxlit umumlashtirishga
o‘rgatish.

• O‘quvchilarni bilish jarayonida deduktiv tarzda yondashishga, umumiylikdan xususiylikka qarab borishga o‘rgatish.

• O‘qitish oldida turgan aniq mazmun va vazifalar yaxlit deduktiv va induktiv tarzda tahlil qilishga o‘rgatishni taqozo etadi.

IV. Ko‘rsatmalilik prinsipi


Voqea, hodisa, predmetlar va ular o‘rtasidagi bevosita hamda bavosita bog‘liqliklarni, har bir narsa va jarayonni jonli bilishga qarab etaklaydigan prinsip, bu - ko‘rsatmalilikdir. SHuningdek, ko‘rsatmalilik bilishda konkretlikdan abstraksiyaga, jonli bilishdan mushohada, tafakkur, mantiqiy bilish sari etaklashda alohida o‘rin egallaydi. Uning obrazliligi, jarayon bilan bog‘liqligi mazmun realligida o‘z ifodasini topgan.

SHunga ko‘ra, ko‘rsatmalilik prinsipining asosiy ko‘rinishlarini qarab o‘tamiz:

1. Predmetli va obrazli ko‘rsatmalilik. Bunda narsa,


predmetlarning jonli, maket, mulyaj, modellarini ko‘rsa-
tish va ularning rasmi, tasvirini, grafigini chizib ko‘rsa-
tish.

2. So‘z-obrazli ko‘rsatmalilik. Bunda o‘qituvchi jonli,


ta’sirchan, ma’no beruvchi, tasvirlovchi so‘zlar orqali
o‘quvchilarda mazkur obraz to‘g‘risida tasavvur hosil qilishi
mumkin.

3. SHartli tasviriy ko‘rsatmalilik. Sxemalar, chizmalar, xaritalar, tablitsa, diagrammalar, obrazli ko‘rgazmalilikka qaraganda boshqacha ahamiyat kasb etadi. Buning roli o‘zaro bog‘liqlik, biri-ikkinchisini taqozo etishi, munosabatlarni ko‘rsatishdan iborat. Masalan, ichki yonish dvigateli modelini ko‘rsatish o‘quvchilarda shu jarayon to‘g‘risida konkret tushuncha hosil qilishga imkon bersa, uning sxemasini ko‘rsatish shu jarayonning sodir bo‘lishida o‘zaro bog‘liqlik, ayrim elementlarning o‘zaro harakati, tuzilish prinsipi, harakat jarayoni to‘g‘risidagi tasavvurini boyitadi.

4. Dinamik ko‘rsatmalilik qo‘shimcha jarayonni, hodisa va voqealarni harakatda, rivojlanishda ko‘rsatishi zarur. Masalan, u yoki bu jarayon sodir bo‘lishining boshlanishini, ayrim bosqich va holatda o‘zgarishlar bo‘lishini kuzatish uchun. Buning uchun barcha audiovizual vositalarni (kino, televidenie, videomagnitafon) ishga solish kerak.

Ko‘rgazmalilik prinsipini amalga oshirishda o‘quvchilar tajribalariga, o‘tmish xotira, taassurotlariga tayanish muhimdir. SHu jihatdan olib qaralganda, har bir darsda o‘qituvchi o‘quvchilarning tajribalari, qarashlariga suyanishi muhimdir.


2.Tarbiya jarayoni shaxs ichki tomonlariga (ruhiyati,
hissiyotiga) qanchalik to‘g‘ri, samarali ta’sir ko‘rsatsa,
uning natijasi shunchalik yuqori bo‘ladi.

3.Tarbiya jarayoni o‘zining kompleks tizimida shaxsning verbal, sensor va harakat jarayonlariga ta’sirini qanchalik ko‘p, maqsadga muvofiq tarzda uzviy o‘tkaza olsa, barkamol shaxs tarbiyasi shunchalik mukammal amalga oshadi.


TARBIYA PRINSIPLARI


I. Tarbiya prinsiplari to‘g‘risida umumiy tushuncha


Tarbiya jarayonining murakkabligi uni maqsadga muvofiq tashkillashtirishni, har bir tarbiyachi va barcha ta’lim-tarbiya muassasalari rioya qiladigan umumiy talablar, qoidalar asosida yo‘lga qo‘yishni talab etadi. Prinsip (lotincha prinsipium - asos, dastlabki) tushunchasi faoliyatning umumiy yo‘nalishini yoki qandaydir harakat mexanizmini belgilab beruvchi asos, rahbarlik g‘oyasi sifatida ifodalanadi.

Tarbiya jarayonining prinsiplari pedagogikada uning bosh yo‘nalishi, uning butun tizimini belgilab beruvchi asos sifatida tushuniladi. U mazmun, metodlar, tashkil etish va, hattoki, ishtirokchilar o‘rtasida o‘rnatiladigan munosabatlarni ham belgilab beradi.

Tarbiya jarayonining prinsiplari pedagog oldida turgan barcha tarbiyaviy vazifalarni hal etishga yordam beradi. SHu o‘rinda hozirgi pedagogik qarashlarda uchraydigan erkin tarbiya nazariyasidagi tarbiya jarayonini bola tabiatidan kelib chiqib yo‘lga qo‘yish zarur, uning tashabbuskorligini, mustaqilligini bo‘g‘ib qo‘ymaslik lozim (prinsiplar bola faoliyatini chegaralab qo‘yadi degan fikrda), degan g‘oyalar tarbiya prinsiplariga bir tomonlama qarash oqibati ekanligini yoki, umuman bulardan foydalanmaslik tavsiya etilayotganligini aytib o‘tish zarur. YUqoridagi fikrlardan kelib chiqib, shuni aytish zarurki, har bir jamiyat o‘z oldiga shu mamlakat kelajagini, uni barcha sohalarini rivojlantira oladigan, boshqara oladigan yosh avlodni tayyorlashni asosiy maqsad qilib qo‘yadi.

SHunday ekan, o‘sha mamlakat yoki mazkur jamiyat ana shu yoshlarni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi muassasalar, tashkilotlar (bu o‘rinda ta’lim muassasalari)ga shu davlat tuzumi taraqqiyotidagi o‘ziga xoslikdan kelib chiqib, kelajakda yoshlarning qanday bo‘lishini belgilab, ma’lum buyurtma beradi. Ushbu buyurtma bo‘yicha kelajak shaxs modeli faktlari, u egallashi zarur bo‘lgan dunyoqarash, ko‘nikma va odatlarning loyihasi tavsiya etiladi.

Demak, buyurtmachi ta’lim muassasalari oldiga ma’lum talablarni qo‘yadi, ya’ni shaxs egallashi lozim bo‘lgan insoniy fazilatlar, odob, axloq me’yorlarini ilgari suradi. Bu esa o‘z o‘rnida shaxs modelini belgilab beruvchi tarkibiy qismlar qanday bo‘lishini ko‘rsatadi. SHunday qilib, ta’lim-tarbiya o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadlarini ijtimoiy buyurtma xarakteriga ko‘ra muvofiqlashtirishga majburdir. Xulosa qilib aytganda, tarbiya jarayoni mohiyati bilan ma’lum (ijtimoiy buyurtma talablaridan kelib chiqib) talablar asosida amalga oshirilishi kerak, ya’ni shaxs mazkur jamiyat taraqqiyotida egallashi zarur bo‘lgan insoniy sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lmog‘i lozim.

Tarbiya prinsiplariga berilgan ta’rif, prinsip tushunchasidan kelib chiqadigan bo‘lsak, butun tarbiya jarayonini yo‘lga qo‘yishning asosiy yo‘nalishlarini, mazmunini, umuman olganda, shaxs egallashi zarur bo‘lgan fazilatlar majmuasini ifodalashini ko‘ramiz. Tarbiya prinsiplari muammosi, uning nazariy va amaliy jihatlarini ishlab chiqish davr talabi, mazkur ijtimoiy tuzumning talabi desak, xato qilmagan bo‘lamiz.

Ijtimoiy tarbiya prinsiplari mushohadaga asoslangan tushunchalar emas, balki, u tarbiya oldiga qo‘yilgan maqsadni ifodalab beradi, bundan tashqari, ilg‘or tajribalarni umumlashtirish natijasi ham hisoblanadi.


II. Tarbiyada maqsadga intilish va g‘oyaviylik prinsipi


Har qanday pedagogik jarayon maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Har qanday maqsad, qonun kabi inson faoliyatining xarakteri va uslublarini belgilab beradi. Har qanday tarbiyani rejalashtirishda avval puxta o‘ylangan maqsad va vazifalar belgilanadi. YAxshi o‘ylangan maqsad pedagogik jarayonga g‘oyaviy yo‘nalish, ongli va ijodiy xarakter beradi, tarbiyachi faoliyatida stixiyalilik va o‘zibo‘larchilikning oldini oladi.

Tarbiyachi aniq maqsadni belgilashda mazkur o‘quv yurti oldida turgan umumiy maqsaddan, davlat buyurtmasi va shaxsiy buyurtma talabidan kelib chiqadi va mazkur sinfning, o‘quvchining tarbiyalanganlik darajasini hisobga oladi. Eng muhimi, o‘quvchi shaxsini loyihalashtira borib, tarbiyalanuvchi oldiga qo‘yilgan maqsadni o‘quvchining shaxsiy maqsadiga aylantirish asosiy ahamiyatga ega. Bunga erishilganda o‘quvchida ertangi kunga intilish, o‘zining o‘sib, ulg‘ayib borayotganini, ma’lum jismoniy, ma’naviy rivojlanishda ekanligini his etish kabi sifatlar shakllanadi.

SHaxsning kelajakka intilishi asosida, uning real hayotiy sharoitdagi mo‘ljali - namuna modeli yuzaga keladi va unga intilib yashaydi. Tashqi ta’sirlar birdaniga shaxs ichki dunyosida o‘z o‘rnini topmaydi, balki keyinchalik bu ta’sirlar o‘z-o‘ziga talabchanlikda o‘z ifodasini topadi va ular bunday ta’sirlarning ichki mazmun kasb etishiga yordam beradi.


III. Tarbiyaning turmush bilan, jamiyat qurilishi amaliyoti bilan bog‘liqligi prinsipi


YUqorida qayd etilgan prinsip bilan uzviy bog‘liq holda tarbiyani turmush, mehnat, jamiyat qurilishi amaliyoti bilan bog‘lash prinsipi ham mavjud. Maxsus tadqiqotlar (I.I.Arxipov, T.V.Dragunova, D.B.Elkonin) shuni ko‘rsatadiki, o‘smirlarning etuklikka, katta bo‘lishga intilishi, jamiyat foydasi uchun astoydil mehnat qilish yo‘lidagi ongli harakati ijobiy natijalarni beradi. Maktab tarbiyani mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy munosabatlari bilan bevosita bog‘liq holda amalga oshiradi.

Biz bilamizki, inson ma’naviy dunyosi uning jamiyatdagi turli holatlarda, turli jarayonlarda kishilar bilan bevosita, amaliy munosabatlari tufayli yuzaga keladi. SHuning uchun ham tarbiya jarayoni shaxs faoliyatini jamiyatdagi turli ko‘rinishdagi munosabatlar, jarayonlarga jalb etishi, ularning faol munosabatga kirishuvi uchun to‘liq imkoniyatlar yaratishga qaratmog‘i kerak.

Turmush - hayot maktabi, tarbiyaning eng yaxshi maktabi. U yoshlarga ishonarli axborotlarni beradi, o‘z o‘rnini topishga, kimligini anglashga va natijada murakkab sharoitlarda hayotiy zarur ko‘nikmalarni egallash va ulardan foydalanishga imkon beradi. Turmush bilan, jamiyat qurilishi amaliyoti bilan bevosita muloqot shaxsdagi egoizm, tundlik, o‘zibo‘larchilik kabi salbiy sifatlarni yo‘qotishga xizmat qiladi. SHuningdek, pedagogik jarayon davomida ommaviy axborot vositalaridan, teleko‘rsatuvlardan ham unumli foydalanish muhimdir. Olingan axborotlarni, hayotiy tajribalarni muntazam tahlil qilish, baho berish va xulosa chiqarishga o‘rgatib borish ham shaxs qarashlari va xulqini boshqarish va yo‘lga qo‘yishda ahamiyatga ega.


IV. O‘quvchilardagi tashabbuskorlik va ijodkorlikka pedagogik rahbarlikning uzviyligi prinsipi


Pedagogika fani tarbiyada sub’ekt va ob’ektlarning faol rolini alohida ta’kidlaydi. Pedagog va tarbiyalanuvchilarning aktiv faoliyatini birlashtirish, ularning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi qisqa vaqt ichida yuqori tarbiyaviy natijaga erishish imkonini beradi. Hozirgi mustaqillik sharoitida, ayniqsa, yoshlarning tashabbuskorligi, mustaqilligi va ishga ijodiy yondashuvi masalasiga alohida e’tibor berilmoqda.

Pedagog tarbiyalanuvchilar topshiriqlarni uning rahbarligisiz unchalik muvaffaqiyatli, samarali bajara olmaydilar, deb o‘quvchilar mustaqilligini kengaytira borishda, ularga zarur mustaqillikni berishda, yuqori talablar qo‘yishda ikkilanishi mumkin. Tarbiya jarayoni bolalar kuchi va imkoniyatiga ishonmasdan hech qanday ziddiyatsiz amalga oshirilsa, bolalar bo‘shang, hissiz, irodasiz, mas’uliyatsiz bo‘lib etishadilar.

O‘quvchilarning tashabbuskorligi va mustaqilligini har tomonlama rag‘batlantirib va rivojlantira borib, ular bilan munosabatlarni korrektirovka qilish va bu boradagi ortib borayotgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga e’tiborni qaratmoq kerak. SHu bilan birga, ularning kuch va imkoniyatlariga ortiqcha baho berib yubormaslik zarur, aks qolda o‘zibo‘larchilik kabi illatlar ham kelib chiqishi mumkin. Bu o‘rinda oqilona pedagogik rahbarlikning butun bir faoliyatni ma’lum bir tizimga solishga imkon beradi. Ayniqsa, o‘quvchilarda o‘zlari boshlayotgan mustaqil faoliyat yo‘nalishining turlari va yo‘llarini to‘g‘ri baholash, imkoniyat darajasida harakat qilish, mustaqil xulosa yasash, baho bera olish ko‘nikmalarining yuzaga kelishida to‘g‘ri pedagogik rahbarlikning roli katta hisoblanadi. Bu asta-sekin yangi sub’ektiv omilning - o‘z-o‘zini tarbiyalash va qayta tarbiyalashga tayyor bo‘lish kabi sifatlarning shakllanishiga yordam beradi.

Ushbu masala pedagogikada alohida munozaraga muhtoj.

V. SHaxsni jamoada tarbiyalash prinsipi


Inson muomala va u bilan bog‘liq turli munosabatlar tufayli shaxs bo‘lib shakllana boradi. U o‘ziga xos insoniy ehtiyojlarni ifodalash orqali, muomala, munosabatlarning alohida bir ko‘rinishi tarzida boshqa bir inson bilan faoliyatga kirishadi.

Bu o‘rinda, muomala, munosabat uchun, har tomonlama faoliyat ko‘rsatish uchun jamoa eng ma’qul sharoit yaratadi.

SHaxsni jamoada tarbiyalash prinsipi bola rivojlanishining ob’ektiv qonuniyatlariga asoslangan holda jamiyat qurilishi va inson tabiatiga mos tushadi.

Tarbiyachining pedagogik talablari asosida rivojlangan jamoada inson ijtimoiy ongi, qarashlari yuzaga keladi va ular jamoa hamda shaxslararo munosabatlar davomida boshqarilib boriladi. Agar jamoa kuchli rivojlangan bo‘lsa, unda jamoatchilik kuchi va obro‘si shunchalik ta’sirchan bo‘ladi. Bu esa o‘z-o‘zidan emas, balki to‘g‘ri tashkil etilgan va yo‘lga qo‘yilgan pedagogik rahbarlik orqali amalga oshiriladi.

Jamoada eng nozik va xilma-xil insoniy munosabatlar va his-tuyg‘ular yuzaga keladi va shakllanadi: o‘zaro mas’uliyat va bog‘liqlik; o‘zaro ishchanlik munosabatlari; tashkilotchilar va ijrochilarning o‘zaro munosabatlari tarbiyalanuvchi va tarbiyachi o‘rtasidagi munosabatlar; shaxslararo do‘stlik, o‘rtoqlik, hamfikrlilik, o‘zaro hurmat, ehtirom sifatlari shakllanadi.

Har qanday ta’sir vositalari jamoada shaxs uchun alohida ma’noli va ahamiyatli bo‘lib tuyuladi.

VI. SHaxsni hurmat qilish bilan unga nisbatan qo‘yiladigan talablar o‘rtasidagi bog‘liqlik prinsipi


SHaxsni hurmat qilish prinsipi insonparvarlik pedagogikasining bosh g‘oyasi va yo‘nalishi sifatida tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o‘rtasida zarur munosabatlarni yaratishga qaratiltan. Tarbiya jarayoni agar o‘zaro me’yor, bir-birini anglash, tushunish asosida kechsa, uning samarasi yuqori bo‘ladi. Tarbiya jarayonida eng maqbul muhit yaratish ushbu prinsipning amalga oshirilishi bilan bog‘liq.

Tarbiyalanuvchi u xoh kichik, xoh bir qaraganda unchalik o‘ziga tortmaydigan xunuk bo‘lsin, tarbiyachi unga hurmat bilan qarashi, uning huquqini, fikr-mulohazalarini himoya qilishi zarur. Bu prinsip tarbiyachiga har bir shaxsda yashirin bo‘lgan qimmatli sifatlarni, qobiliyat va qarashlarni izlab topish va ularni rivojlantirishga imkoniyat yaratib berish zarurligini eslatib turadi.

Ushbu prinsip tarbiya vositalari tizimidagi ortiqcha qo‘pollik, haqorat, pastga urish, pedantik kuzatish, tan jazosi berish kabilarni chiqarib tashlashni talab etadi.

SHu bilan birga, shaxsga hurmat prinsipi unga nisbatan yuksak talabchanlik bilan bevosita bog‘liq. Demak, shaxsni qanchalik ko‘p hurmat qilsak, unga nisbatan shunchalik ko‘p, yuqori darajada talablar qo‘yib borilishi kerak.

Eng asosiysi, shaxsni qanchalik ko‘p hurmat qilish tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar, tushunmovchiliklarni shunchalik tez va samarali hal etishga yordam beradi. Bu o‘rinda, pedagog o‘zining aqli va yuragining birligiga e’tiborni qaratishi zarur.


VII. SHaxsdagi ijobiy xislatlarga tayanish prinsipi


Insonparvarlik pedagogikasi amaliyotini umumlashtirish yana bir tarbiya prinsipini, ya’ni tarbiyachi munosabatiga qaratilgan prinsipni ilgari suradi. Ushbu prinsip bola shaxsiga hurmat bilan qarashga bevosita bog‘liq. Bu prinsip fazilatlarga tayanish prinsipidir. Bolani ijobiy qiziqishlariga tayanib tarbiyalash pedagogik jihatdan hamma vaqt maqsadga muvofiq bo‘lib, buning asosida mehnat, axloqiy, estetik tarbiyalar muvaffaqiyatli hal etiladi.

Aksincha olib qaralganda, tarbiyalanuvchining faqat kamchiliklarini yo‘qotish, xulqi va harakatlaridagi xatolarni tuzatish bilan shug‘ullanish pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq emas. Bunday tarzdagi tarbiya tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi o‘rtasida dushmanlikni yuzaga keltirishi mumkin. Tarbiyalanuvchidagi kamchiliklar, salbiy tomonlar haqida doimiy eslatib turish, aybini ko‘rsatib borish unda umidsizlik, qo‘rquv, ishonchsizlik kabi hissiyotni yueaga kelishiga sababchi bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida, tarbiyachida pedagogik optimizmning yo‘qolib borishiga olib keladi. Albatta, bola shaxsidagi salbiy ko‘rinishlarni bartaraf etish kerak, lekin undagi salbiy sifatlarni uning ijobiy fazilatlarini shakllantira borib, insoniy qarashlari, intilishlarini rag‘batlantira borib va ularga suyanib bartaraf etish foydali bo‘ladi.

Ushbu prinsip, bir tomondan, boladagi fazilatlarga tayanish orqali, boshqa bir holatda esa o‘rab turgan sharoitdagi ijobiy sifatlarga tayanish yoki maxsus ijobiy-tarbiyaviy vositalarni yaratish orqali amalga oshiriladi. Bu prinsip tarbiya jarayonida samimiylik, o‘zaro ishonchga asoslangan o‘zaro ijobiy munosabatlarni yaratishga qaratilgan. U pirovard natijada o‘z-o‘zini tarbiyalash va qayta tarbiyalashga ko‘maklashuvchi sifatlarning shakllanishiga yordam berishi kerak.

Mazkur prinsip o‘quvchilar o‘z hayotiy pozitsiyasini belgilab olishiga va shu asosda har bir ishtirokchi xotirjam va ishchan kayfiyatda o‘zining foydali, mazmunli ishi bilan band bo‘lishiga imkon yaratadi.

Ushbu prinsipdan foydalanishda, shaxs fazilatlarini ideallashtirish, shaxsni maqtashga berilib ketmaslik kerak. Bu holat boshqa bolalarda unga nisbatan salbiy qarashlarning yuzaga kelishiga, egoistik, maqtanchoqlik, boshqalarni mensimas-lik kabi sifatlarning shakllanishiga olib kelishi mumkin.


VIII. O‘quvchilarning yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish prinsipi


Tarbiyaviy jarayon bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishni talab etadi. Har bir yosh o‘ziga xoslikka ega bo‘lib, alohida muhit, alohida vosita tanlashni talab etadi. CHunki bu o‘sayotgan shaxsning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Har bir yosh xususiyatlarini hisobga olish, undagi intellektual-irodaviy, emotsional, xarakter xususiyatlarini nazarda tutish, mazkur sinf o‘sish dinamikasini aniqlash, tarbiyada ma’lum natijalarga erishishda alohida ahamiyat kasb etadi. Lekin bu degani, har bir yosh davrining o‘sish dinamikasi orqasidan tarbiya jarayoni soya kabi ergashib borishi kerak degani emas, balki bola imkoniyatlarini o‘rganish asosida uning kelajak taraqqiyotini nazarda tutib, qat’iy o‘stiruvchi, rivojlantiruvchi, ichki imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishga yordam beruvchi izchil, qat’iy talablarni qo‘yib bormoq kerak.

Mazkur prinsip, shuningdek, shaxsning tarbiyalanganlik darajasini, ijtimoiy etuklik darajasini o‘rganishni ham taqozo etadi. Ushbu daraja ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lib, bularning ichida eng muhimi ijtimoiy aloqa va munosabatlardir. Tarbiya jarayonida bunday munosabatlarning turli yoshdagi bolalarga o‘ziga xos ta’siri nazarda tutilishi kerak. Tarbiyachi bola shaxsining rivojlanishini uning jamiyat bilan o‘zaro aloqasi jarayonida o‘rgana borib, bolaning ideali, qiziqishi, ehtiyoji, intilishini ham hisobga olishi zarur.

Qo‘yilayotgan talablar shaxs imkoniyatlaridan orqada qolsa yoki ortib ketsa ham tarbiyaviy ishlar samaradorligi yaxshi bo‘lmaydi. Ayniqsa, tarbiya jarayonida kichik yoshdan o‘smir yoshiga, o‘smir yoshidan katta yoshga o‘tish jarayonini hisobga olmaslik, bu davrlardagi o‘ziga xoslikni nazarda tutmaslik ham natijaning past bo‘lishiga olib keladi.

SHuningdek, bolalarning oliy nerv sistemasi faoliyati, jismoniy, ma’naviy, aqliy o‘ziga xosligi, qiziqishlarining, xarakterlarining turlichaligini hisobga olish tarbiya samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

TARBIYA METODLARI


I. Tarbiya metodlari to‘g‘risida umumiy tushuncha.

Metod, usul, vosita

O‘zbekiston Respublikasining Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning milliy, madaniy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi deyilgan. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, hozirgi kunda shaxs tarbiyasini muvaffaqiyatli, zamon talabi darajasida amalga oshirish va boshqarishni ta’minlovchi samarali metodlarni va vositalarni ishlab chiqish hamda ulardan foydalanish imkoniyatlari masalasi pedagog olimlar va mutaxassislar oldida turgan muhim vazifalar hisoblanadi.

Pedagogikada tarbiya metodlari masalasi tarbiya jarayonining murakkab va, shu bilan birga, muhim komponentlaridan sanaladi.

Tarbiya metodlari umumiy ma’noda jamiyat qo‘ygan tarbiyaning maqsadlarini va tarbiya jarayoni hal etadigan konkret vazifalarni amalga oshirish yo‘llaridir.

Tarbiya metodlari tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning tarbiya maqsad va vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan o‘zaro birgalikdagi faoliyat usullaridir. Tarbiya metodi «shaxsga yaqinlashishning quroli» bo‘lib, u bevosita tarbiyalanuvchi shaxsiga qaratilgandir.

Shunday qilib, tarbiya metodlari shunday usullar yig‘indisiki, uning yordamida shaxs ongi va xulqiga maqsadga muvofiq ta’sir etish orqali, unda zarur insoniy sifatlar, foydali faoliyat tajribalari va ko‘plab axloqiy fazilatlar shakllantiriladi.

Pedagogika nazariyasida tarbiya metodlari bilan birga tarbiya usullari va tarbiya vositalari tushunchalari ham ishlatiladi.

Usul tarbiya metodining xususiy, alohida ma’no kasb etuvchi tushunchasi hisoblanib, u o‘sha metod samaradorligi, ta’sirchanligini oshirishga faol yordam beradi. Metodga nisbatan usul yordamchi, xususiy xarakter kasb etadi.

Masalan, mehnat jarayonida mehnat faoliyatini ko‘rsatish usul sifatida foydalanilib, jarayonni qanday qilib aniq bajarish yo‘li ko‘rsatiladi. Hikoya, ma’ruza metodlarida aniq dalillar keltirish (usul) bilan ko‘rsatmalilikka (usul) e’tibor qaratiladi.

Tarbiya vositasi kengroq tushuncha hisoblanib, unda tarbiya vazifalarini hal etish uchun pedagogik maqsadga muvofiq tashkil etilgan har qanday uslubiy yo‘llar tushuniladi. Bu umumiy tushunchaga, predmetlar, hodisalar, faoliyat ko‘rinishlari, texnik imkoniyatlar, obrazlar, pedagog faoliyati va boshqalar kirishi mumkin. Tarbiya vositasiga ko‘rgazmali qurollar, kitoblar, ommaviy axborot vositalari, umuman olganda, tarbiya jarayonida qo‘llanilgan imkoniyatlar barchasi kirishi mumkin.

Metod, usul va vosita tushunchalari o‘rtasida aniq bir chegara yo‘q. Metod, usul va vositalar o‘zaro dialektik birlikka ega. Tarbiyaviy ta’sir tizimida turli tarbiya metodlari o‘zaro bog‘liq holdagina ma’lum natijaga erishishi mumkin.

O‘quvchining aqliy harakatlari-shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik exanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlami ham o'z ichiga oladi. O'quvchi harakatlari quyidagi ko'rinishda bo'lishi kuzatiladi: - perzeptiv - bunda o'quvchi ongida predmetlar va hodisalar to'grisidagi yaxlit obraz shakllanadi; O'qitish jarayonida tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o’tish yuz bergan bo'lsa, bunday jarayon psixologiyada interio- rizatsiya deb nomlanadi, aksincha, aqlda shakllangan g'oyalarni bevosita tashqi harakatlarda yoki tashqi faoliyatga ko'chirilishi eksteriorizatsiya deb yuritiladi. Faoliyat turlari ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko'ra ham farqlanadi. Ayrim harakatlar boshida har bir elementni jiddiy ravishda, alohida-alohida bajarishni va bunga butun diqqat-e’tiborni, ongning yunalishini talab etadi. Lekin vaqt o'tgach, ongning ishtiroki kamayib, ko'pgina qismlar avtomatlashib boradi. Ulug' olim, mutafakkir Abu Nasir Forobiy shaxs kamolotida faoliyatning muhim o'mini alohida qayd etib, uning turlarini bir necha bo'g'inlarga bo'ladi, vaqt va fazoviy ta’rifi, fiziologik mexanizmlari to'grisidagigi g'oyani ilgari suradi.Ta’lim oluvchilarning shaxsiy-xarakterologik sifatlarini aniq- Iashning, hech bo'lmaganda oddiy metodikasini egallash, uni tatbiq etish, kasbiy-pedagogik tayyorgarlikning muhim unsurlaridan biri- dir. Oliy va o'rta maxsus o'quv maskanlari o'qituvchilari ko'pincha o'quvchi-yoshlaming aqliy qobiliyatlarini o'rganishga e’tibor qara- tadilar, ammo ulaming tarbiyalanganlik darajalarini (keng ma’no da) va xulqiy nuqsonlarini korreksiyalash muammolarining uzluksiz ta’lim tizimida yagona uzviylik va yaxlitlik nuqtai nazaridan talqin qilishga, uning yechimlarini topishga urinishmaydi. O'quvchilar va talabalaming aqliy rivojlanishlari ko'p jihatdan mustaqil fikrlashga, umumiy tarbiyalanganlik darajasiga bog'liq. Ulaming tarbiyalan- ganlik darajasini diagnostika qilish, ma’naviy-ma’rifiy rivojlanish xususiyatlarini o'rganish, zarur bo‘lsa xulqiy nuqsonlarini bartaraf etish hozirgi davrning muhim talablaridan biridir. Boshlang'ich maktabda pedagogik jarayonning zamonaviy tеndensiyalari va texnologiyalari O’zbekistonda ta`lim – tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri «shaxs manfaati va ta`lim ustivorligi»dir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta`limning yangi modeli yaratildi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan bu modelni amalga oshirish bilan hayotimiz jabhalarida ro’y beradigan «portlash effekti» natijalari ro’yi-rost ko’rsatib berildi, ya`ni: - ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta`sir qiladi va natijada mamlakatimizdagi mavjud muhit butunlay o’zgaradi.;

- insonning hayotdan o’z o’rnini topish jarayoni tezlashadi;

- jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi;

- jamiyatimizning potentsial kuchlarini ro’yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi;

- fuqarolik jamiyati qurishni ta`minlaydi, model vositasida dunyodan munosib o’rin olishga, o’zbek nomini yanada keng yoyib tarannum etishga erishiladi «Portlash effekti» sari shijoat bilan qadam tashlash, yo’llarda uchraydigan qiyinchiliklarni bosqichma-bosqich va izchil hal etish masalalari nafaqat pedagog nazariyachi va amaliyotchilarni junbushga keltiradi, balki jamiyatimizni to’liq pedagoglashtirish muammosini ijtimoiy buyurtma sifatida keltirib chiqaradi. Demak, jamiyatimizning har bir fuqarosini tarbiya asoslari bilan tanishtirish, yosh avlodni barkamol inson qilib voyaga etkazish jarayonini yangi pedagogik «qurol» va vositalar bilan ta`minlash davr taqazosidir.



Pedagogik texnologiya (PT) – shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3 – ming yillikda davlatimiz ta`lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantiriladi. Ma`lumotlilik asosida yotuvchi bosh g’oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab etadigan, avtoritar va soxta tafakkurlash usulidan voz kechgan, sabrbardoshli, qanoatli, o’zgalar fikrini hurmatlaydigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxs sifatlarini shakllantirishni ko’zda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Bu masalaning echimi qaysi darajada ta`limni texnologiyalashtirish bilan bog’liq?

Dastlab «texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so’z texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan – «texnos» (techne) – san`at, hunar va «logos» (logos) – fan so’zlaridan tashkil topib «hunar fani» ma`nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to’liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketmaketlikda bajarishni ko’zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon – bu mehnat qurollari bilan mehnat ob`ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta`sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi-mashina)-ning faoliyatidir. Ana shu ta`rifni tadqiqot mavzusiga ko’chirish mumkin, ya`ni: Pedagogik Tendensiya – bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta`sir ko’rsatishi va aks ta`sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal shakllanishini kafolatlaydigan jarayondir. Yuqorida keltirilgan ta`rifdan ko’rinib turibdiki, Pedagogik Tendensiya tushunchasini izohlash da texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham bu tushunchaga berilgan ta`riflar soni pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko’pdir. Pedagogik nashrlarda «texnologiya» atamasining xilma-xil ko’rinishlarini uchratish mumkin: «o’qitish texnologiyasi», «o’quv jarayoni texnologiyasi», «ma`lumot texnologiyasi» va hokazo. O’qitish texnologiyasi PTga yaqin tushuncha bo’lsa-da, aynan o’xshash ma`noni anglatmaydi, chunki u ma`lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materialini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko’proq xususiy metodika bilan bir jinslidir. PT esa ma`lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va «o’qituvchi – moddiy muhit – o’quvchi (talaba)» funktsional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi. Hozirgi kunda o’qituvchilar metodikani ko’p hollarda texnologiyadan ajrata olmayaptilar. Shu boisdan bu tushunchalar-ni aniqlashtirish kerak bo’ladi. Metodika o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmuasidan iborat. Metodikadan ko’zlangan aniq maqsad predmet mavzulariga oid nazariyalarni aniq hodisalar tekisligiga ko’chirishdir. Misol uchun, gaz qonunlari tushunchalarini shakllantirish metodikasi yoki energiyaning saqlanish qonunini fizika kursining elektr bo’limida qo’llash metodikasi va h.k. Pedagogik Tendensiya o’qitish jarayonining o’zaro bog’liq qismlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish, bosqichlarini qurish, ularni joriy etish shartlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarni hi-sobga olgan holda belgilangan maqsadga erishishini ta`minlay-di. Yohud Pedagogik tendensiya o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta`limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig’indisidir. Texnologiya o’zining egiluvchanligi, natijalarning turg’unligi, samaradorligi, oldindan loyihalanish zarurati bilan metodikadan farqlanib turadi. Shu bilan birgalikda ma`lum vaqt davomida Pedagogik tendentsiya o’quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelinadi. Faqat 70-yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning mohiyati yangicha talqin etila boshlandi. Yapon olimi T.Sakamoto tomonidan «o’qitish texnologiyasi - bu o’qitishning maqbulligini ta`minlovchi yo’l-yo’riqlar bog’liq bilimlar sohasi» ekanligi e`tirof etiladi. Ob`ektiv borliqni o’rganishning tizimli yondashish metodi fanda keng ko’lamda qo’llanilgach, uning ta`siri ostida asta-sekinlik bilan PT mohiyatiga ham aniqlik kiritildi: rus olimasi N.F.Talizina texnologiyani «belgilangan o’quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat»deb tushuntiradi. Shuningdek, olima zamonaviy o’qitish texnologiyasi haqida fikr yuritib, uni alohida fan sifatida qarash lozimligini o’qtiradi: «O’qitish texnologiyasi – bu o’quv jarayonini nima real tavsiflasa o’sha, o’qituvchiga o’rnatilgan maqsadlarga erishish uchun nimaga tayanish zarur bo’lsa o’sha» Bu alohida fan . PTni fan sifatida e`tirof etish G.K.Selevko tomonidan ham ma`qullandi: «Pedagogik texnologiya o’qitishning birmuncha oqilona yo’llarini tadqiq qiluvchi fan sifatida ham, ta`limda qo’llaniladigan usullar, prinsiplar va regulyativlar sifatida ham, real o’qitish jarayoni sifatida ham mavjuddir». 

Olimning ta`kidlashicha «pedagogik texnologiya» tushunchasi ta`lim amaliyotida uch ierarxik darajada ishlatiladi: 

1) Umumpedagogik (umumdedaktik) daraja; umumpedagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy) texnologiya ma`lum mintaqada, o’quv yurtida, ma`lum o’qitish bosqichida yaxlit ta`lim jarayonini tavsiflaydi.

2) Xususiy metodik (predmetli) daraja: xususiy predmetli PT «xususiy metodika» ma`nosida qo’llaniladi, ya`ni ta`lim va tarbiyaning aniq mazmunini joriy etish metodlari va vositalari yig’indisi sifatida bir predmet, sinf, o’qituvchi doirasida qo’llaniladi (fanlarni o’qitish metodikasi, o’qituvchi, tarbiyachining ishlash metodikasi). 

3) Lokal (modulli) daraja: lokal texnologiya o’zida o’quv-tarbiyaviy jarayonning ayrim qismlarini, xususiy didaktik va tarbiyaviy masalalar echimini o’zida mujassamlashtiradi (alohida faoliyat turlari texnologiyasi, tushunchalarni shakllantirish, alohida shaxs sifatlarini tarbiyalash, dars texnologiyasi, Yangi bilimlarni egallash, mustaqil ishlash texnologiyasi va boshqa). I.Ya.Lernerning fikricha, PT – «o’quvchilar harakatlarida aks etgan o’qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan va Aniqlanadigan maqsadni ifodalashni taqazo etadi». Yuqorida keltirilgan ta`riflardan ko’rinib turibdiki, PT belgilangan boshlang’ich maqsad va mazmun asosida o’quv jarayonini loyihalash sifatida talqin etilayapti. Bu bir jihatdan to’g’ri, lekin teranroq fikr yuritilsa uning bir yoqlamaligi ko’zga yaqqol tashlanadi yoki bunday yondashuvlarda o’quvchi shaxsi inkor etilayapti. Bu kamchilikni birinchi bo’lib akademik V.P.Bespalko payqadi va o’zining yirik asarida «PT – bu o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda qpedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir» deb ta`rifladi. Bu ta`rif mazmunidan muhim ilmiy printsiplarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin:

- PT o’quvchi (talaba)larda ma`lum ijtimoiy tajriba elementlarini shakllantirish 1uchun loyihalanadi; 

- loyihalangan tayyor texnologiyani amalga oshirish fan o’qituvchisidan katta mahorat talab etmaydi; 

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta`lim-tarbiyaning maqsadini yangi yo’nalishga burdi, ya`ni: «o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitdan to’la xolis etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma`naviy va ahloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash» deb belgilanadi. Demak, ta`lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilandi, unga mos holda mazmunning ham, pedagogik jarayonning ham yangilanishi tabiiydir.

Ikkinchidan, fan va texnikaning fivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib boryapti, auditoriyaga o’qitish imkoniyatlari katta bo’lgan yangi texnologiyalar (sanoat, qishloq xo’jaligi, elektron, axborot va boshqa) kirib kelmoqda. Ro’y berayotgan sifatiy o’zgarishlar shundan dalolat beradiki, endilikda «o’rganish»ning birlamchi jarayonlari an`anaviy metodika va o’qitish vositalari romiga sig’may, o’qituvchining individual qobiliyatlariga mos kelmay qoldi.

Yangi metodikalarni talab etadigan va ta`lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan va unga o’zining ma`lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi

texnikaviy, axborotli, poligrafik, audiovizualli vositalar mavjudki, ular yangi PTni real voqelikka aylantiradi. Oddiy til bilan aytganda ta`limda axborot texnologiyasi – bu «o’quvchi-komp’yuter» o’rtasidagi muloqotdir. Kelajakda iqtisodiy bo’hronlar ortda qolib o’quv yurtlari dasturli «mashina» bilan etarli darajada ta`minlanadi. SHundagina axborotli texnologiya asosida o’quvchi (talaba)larning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyati tug’iladi va u o’qituvchining yaqin ko’makdoshiga aylanadi yoki uning funktsiyalarini to’liq bajarishi mumkin. 

1) ko’p bosqichli ta`lim tizimida PTning o’rnini asoslash va zaruriy tavsiyanomalar ishlab chiqish: 

2) zamonaviy sanoat, tibbiyot, iqtisodiyot, ekologiya, ergonomiya kabi soha texnologiyalari bilan muntazam ravishda yangilab boorish va tabaqalashtirilgan yondashuv asosida ularni qo’llash mezonlarini aniqlash;

3) istiqboli o’qitish vositalarini yaratish va ularga tayangan holda ilg’or;

4) respublikamizdagi oliy (o’rta maxsus, kasb-hunar, maktab) ta`lim tizimida faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilarni malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida ilg’or pedagog va axborot texnologiyalari bo’yicha yangi bilimlar tizimi bilan qurollantirishni uzluksiz tashkil etish; 

5) respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan ijodkor o’qituvchilar ish uslublarini muntazam o’rganib bori shva ular tomonidan yaratilgan metodikalarni yangi pedagogik texnologiya darajasiga ko’tarish borasidagi ishlarni amalga oshirish; 

«Pedagogik texnologiya Davlat Markazi»ni tuzishni taqazo etadi. Agar shunday Markaz tashkil etilsa, birinchi navbatda «portlash effekti» sari yo’lni qisqartirishga hissa qo’shgan bo’lardi. Uchinchi ming yillikda ta`lim taraqqiyotining haqqoniy dvigateli sifatida o’qituvchi faoliyatini yangilashga, ta`lim-tarbiya jarayonini maqbul (optimal) qurishga, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga sodiqlik, insonparvarlik tuyg’ularini shakllantirishga ijobiy ta`sir ko’rsatar edi. Pedagogik texnologiya kontseptsiyasining rivojlanish tarixi Yangi o’zbek davlatchiligining tamal toshi qo’yilyapti: ijtimoiy, iqtisodiy, ma`naviy, mafkuraviy sohalarda tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Ta`lim-tarbiya sohasining isloh qilinishi pedagogika fanini fivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratib berdi. endilikda kishilik jamiyati tomonidan uzoq yillar davomida yaratilgan tarbiya tajribalarini o’rganish vat adqiq qilish ishlari keng yo’lga qo’yildi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining bilim va ko‘nikmalariga qo‘yilgan talablar.

Sharq va G‘arb tajribalaridan foydalanish. Ta’lim jarayoni o‘qituvchi ijodiy qobiliyatini namoyish etuvchi sahnadir. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan o‘qituvchilik mahorati hech qachon bir yo'nalishda qotib qolmasligi kerak. O‘qituvchining ta’lim jarayonidagi mahorati jamiyatda fan olamida ro‘y berayotgan yangiliklar va hodisalar bilan doimo chambarchas bog‘langan holda shakllanib boradi. Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy - siyosiy o‘zgarishlar ta’lim sohasida o‘qituvchi oldiga yuksak vazifalarni qo'ymoqda. Zamonaviy ta’lim o‘qituvchidan quyidagi vazifalarni e’tiborga olishni talab qiladi:

- o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng so‘nggi bilimlardan xabardor bo‘lib borish, ta’limni pedagogik texnologiyalar hamda innovatsion texnologiyalardan foydalanib amaldagi o‘quv tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etishi; 

- ta’limda o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini e’tiborga olib o‘z mahoratini, bilimini va qobiliyatini namoyish etishi;

- o‘quvchilaming qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olgan holda, ular tomonidan bilimlarni puxta o'zlashtirilishiga sharoit yaratish;

- o'quvchilar tomonidan o‘rganilayotgan o‘quv fanlari ning o‘zaro aloqadorligini ta’minlash;

- ta’limni tarbiyaviy jarayon bilan o‘zaro aloqadorligi asosida shaxsni har tomonlama kamol topishini faollashtirish; 

- o‘quv tarbiyaviy faoiiyatning barcha bosqichlarida ta'limning emotsionalligini ta’minlash; 

- internet va axborot texnologiyalari asosida fanning eng so‘nggi yutuqlaridan xabardor bo‘lib borish; 

- ta’limda o‘quvchilaming bilim, ko'nikma va malakalari, fikrlash va faoliyat turlarini boyitish maqsadida ular ruhiyatini doimiy o'rganib borish; 

- har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashxis va taxmin qilish.

Ta’lim jarayonida o‘qituvchi erishishi lozim bo'lgan yutuqlar ko‘p jihatdan uning ijodiy kayfiyatini boshqara olishi bilan bog‘liq. Ijodiy kayfiyat o'qituvchi kasbida muhim ahamiyatga ega bo'lgan xususiyatlardan biridir. Ijodiy kayfiyat, o'qituvchi aql-idrokini namoyon etuvchi pedagogik mahoratning muhim qirrasi hisoblanadi.

Ijodiy kavfiyat -o'qituvchining ruhiy holatini, kasbiy jihatdan ijodkorligini ta ’minlovchi, kasbiy xususiyatlarining о ‘ziga xos jihatlarini ко 'rsatuvchi, о 'quvchilar jamoasiga tez kirishib ketishini ta ’minlovchi vositadir. O'qituvchi o'z ijodiy kayfiyatini vujudga keltirish uchun psixologik yo'nalishlaming xilma-xil usullarini bilishi kerak. Bu darsni fikran xayoldan o'tkazish va loyihalash, har bir o'quvchi qalbiga oson yo'l topa olish mahorati, muloqot madaniyati. O'qituvchi ijodiy kayfiyatini avvalo o'zi yaratadi, bu uning xarakter xususiyatidan, o'z kasbiga nisbatan munosabatidan paydo bo'ladi. Quyida tajribali ustoz o'qituvchilar sinovidan o'tgan, ijodiy kayfiyatni ta’lim jarayonida shakllantirishning ba’zi vositalarini havola etamiz: 

•Yangi o'rganilayotgan o'quv mavzusidan o'z ijodiy kayfiyati uchun vositalar qidirish.

• Sin f o'quvchilari bilan bo'layotgan har bir muloqotdan ijodiy kayfiyat uchun motivlar topa olish. 

•His-tuyg'u va kechinmalarini yaxshilikka, ijodiy kayfiyatga yo‘naltira olish.

•O'quvchilarning nojo'ya xatti-harakatlariga doimiy e’tibor bermaslik va qulay vaziyatda rasmiy, ta’sirchan tanbeh berish. 

•Dars jarayonida aslo g'azablanmaslik, o'quvchilar kulgisini achchiq so'z bilan to'xtatmaslik, aksincha, to'g'ri qabul qila olish. 

•Dars jarayonida muloyimlik, mehr-shafqatli bo'lish ulkan pedagogik yutuqlar kaliti ekanligini unutmaslik. 

•Doimiy jiddiylik va asabiylashish, asab va yurak tizimini tez charchatishini unutmaslik.

Bolalar bilan bo’lajak muomala oldidan o'qituvchining ijodiy kayfiyatini hosil qilishida uning o'rganilishi lozim bo'lgan o'quv materialiga o'z hissiy munosabatini ifodalashning tashqi shakllarini oldindan topishga intilishi muhim rol o'ynaydi: bular tegishli imo-ishoralar, yuz harakatlari, gapirish ohangidir. Muomalada ijodiy kayfiyatni vujudga keltirish va saqlashning muhim vazifasi o'qituvchining o'rganilayotgan yangi o'quv materialiga nisbatan o‘z hissiy munosabatini ifodalashda topgan tashqi shakllarni mustahkamlashdir, u o'qituvchi tomonidan quyidagi уo’llar orqali amalga oshiriladi: darsning borishini, tadbimi fikran yodga tushirish; ko‘zgu oldida takrorlash; namuna sifatida san’at (adabiyot, kino, rang tasvir) asarlaridagi vaziyatlardan foydalanish. 

1) O‘qituvchi sinf jamoasi bilan bo'ladigan dastlabki muomalani oldindan payqashi, uning ijodiy kayfiyatini saqlovchi omil ekanligi. 

2) Sinf jamoasi bilan dastlabki aloqa bevosita muomala paytida sodir bo'lishi, o'qituvchi ijodiy kayfiyatini rag'batlantiruvchi omil sifatida. 

3) O'qituvchining sinf jamoasi bilan muloqoti tizimi, pedagogik faoliyat jarayonida o'qituvchining ijodiy kayfiyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlaydi va rag‘batlantiradi. 

4) O'quvchilar bilan muomaladan qanoat hosil qilish, keyingi pedagogik faoliyatda o'qituvchining ijodiy kayfiyatini rag'batlantiruvchi omil ekanligi. Pedagogik ijodkorlik va muomala jarayonida vujudga keladigan har qanday zo'riqishni, shuningdek, boshqa noxush holatlami yengish uchun o'qituvchi o'z-o'zini tarbiyalash yuzasidan doimiy faoliyat olib borishi zarur. O'z-o'ziga ta’sir qilishning bir qator usullari mavjud bo'lib, ulardan eng muhimlari quyidagilardir: О‘z-o 'zini ishontirish, о 'z-o‘ziga buyruq berish, о‘z-o‘zini majbur qilish, о‘z-o‘ziga majburiyat yuklash, о 'zo'zini ra’batlantirish, о‘z-o‘zini jazolash, o'z-o'zini mashq qildirish, o'z-o'ziga ta ’sir qilish. O'qituvchining o'z-o‘ziga ta’sir qilishi (refleсiya) va uning samarali jihatlari alohida mavzu asosida o'rganiladi.

Ta’lim mazmuning mohiyati va uning tarixiy tasnifi. Ta’limning eng muhim ijtimoiy vazifasi – ijtimoiy talablarga mos keluvchi shaxsni shakllantirishdir. Ta’lim jarayoni insoniyatning ruhiy va moddiy madaniyatining aks ettiruvchi qismi faoliyat usullari va tizimlashtirilgan ilmiy bilimlarni egallash asosida yuzaga keladi.

Ta’limning mazmuni deganda, o‘quvchilarning o‘qish jarayonida egallashi lozim bo‘lgan hamda tizimga solingan bilim, ko‘nikma va malakalarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi.

Ta’lim mazmuni uchun bir nechta asosiy qoidalar mavjud, jumladan:

- ta’lim mazmuni ilmiy asosga yo‘nalgan bo‘ladi;

- ta’lim mazmuni fanda faqatgina faktlar va nazariy qoidalar tarzida ochib beriladi;

- o‘quv materiali fanlarning zamonaviy holatiga mos bo‘ladi, hayotiy qarashlarni shakllantirishga imkon beradi;

har bir o‘quv fani bo‘yicha ta’lim mazmuni shu yoki boshqa fanlar tizimiga mantiqan mos bo‘ladi;

- ta’lim mazmuni alohida o‘quv fanlari orasidagi o‘zaro aloqadorlikka asoslanadi;

- maktab, o‘rta-maxsus kasb hunar ta’limida ta’lim texnik va mehnat ta’limi bilan birga qo‘shib olib boriladi, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishga imkon beradi;

- ta’lim bilimlarni egallashda qiyinchiliklarni engib o‘tishda irodalilikni shakllantirishga o‘rgatadi;

- ta’lim mazmuni o‘quvchilarning yosh imkoniyatlariga mos bo‘ladi.

Ta’lim mazmuniga nisbatan ikki xil yondoshuv mavjud: 1) bilimga yo‘naltirilgan. 2) shaxsga yo‘naltirilgan yondoshuv.

2. Hozirgi davrda ta’lim mazmuni tushunchasining asosiy g‘oyalari.

Ta’lim muassasalaridagi o‘qitish mazmuniga qo‘yilayotgan talab mazkur mamlakatning ishlab chiqqan strategiyasida aniqlanadi. Bu strategiya “Milliy o‘quv dasturi” da yozilgan bo‘lib, unda ta’lim tizimi tubdan isloh qilindi, yuqori darajali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Hozirgi davrda bizning respublikamizda ta’lim mazmunini aniqlashda quyidagi g‘oyalarga asoslaniladi: insonparvarlashuv, differentsiallashuv, integratsiyalash hamda axborot texnologiyalaridan keng foydalanish.

Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish deganimiz ta’lim muassasasi bolaga e’tibor bilan qarashini, ya’ni bolaning shaxsini hurmat qilish, iularning qiziqishlarini, qobiliyatlarini hisobga olish yotadi. Shuning bilan birga o‘quvchilarning o‘quv soatini qisqartirish ortiqcha ishlardan saqlaydi. Insonparvarlashuv ijtimoiy va tabiiy va ilmiy fanlarning “insonga xizmat” qilishini talab etadi. Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirishda asosiy rolni til va adabiyot, ruhiy-insonparvarlik tarbiya, jamiyatshunoslik fanlari asosiy rol o‘ynaydi.

Ta’lim mazmunini differentsiallashuvi – o‘quv tashkil etishdagi ikkinchi yetakchi g‘oya. Differentsiyallashuv – bu hozirgi davrda ta’lim berishning umumiy tendentsiyasi. Bizning respublikamizda ta’lim berishni differentsiallashtirish maqsadida fanlarni chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar, maktablar ochilgan.

Ta’lim mazmunini integratsiyalashuvi g‘oyasi bir-biriga yaqin fanlarni qo‘yib, integrativ fanlarni yaratishni maqsad qilib qo‘yadi. Integrativ fanlar o‘quvchilarga olamning tugal manzarasini hosil qilishda ulkan rol o‘ynaydi. Bundan tashqari o‘tiladigan darslarning sonini qisqartiradi.

1. Pedagogik tizim. Pedagogik jarayon. Pedagogik jarayonning rivojlanish dinamikasi. Pedagogik o‘zaro ta’sir. Subyekt va obyekt o‘rtasidagi munosabatlar. Pedagogik jarayonning asosiy elementlari. Harakatlantiruvchi kuchlar


Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o‘zaro tashkiliy hamkorlikda faoliyat ko‘rsatuvchi barcha ko‘rinishdagi maktabgacha tarbiya, o‘rta umumiy ta’lim maktablari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, oliy o‘quv yurtlari, maktabdan tashqari tarbiya muassasalarining o‘zaro uzviylikdagi tizimi pedagogik tizim deyiladi.

Ushbu tizim sharoitida ta’lim va tarbiya maqsadlarini amalga oshiruvchi jarayon pedagogik jarayon deyiladi.

Pedagogik jarayonning rivojlanish dinamikasi uning ichki harakati, tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar xarakteriga, o‘zaro ta’sir kuchiga bog‘liq.

Pedagogik jarayonni tashkil etishning o‘ziga xosligi: tarbiya ob’ekti bir vaqtning o‘zida tarbiya sub’ekti ham hisoblanadi. O‘zaro faollikka asoslangan pedagog va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi hamkorlik pedagogik o‘zaro ta’sir tushunchasini to‘laroq aks ettiradi.

Subyekt bilan obyekt o‘rtasida turli-tuman aloqalar


mavjud: ..

1. Axborot xarakterida (o‘zaro axborotlar almashinib


turish).

2. Tashkiliy faoliyat aloqalari (o‘zaro birgalikdagi


faoliyat).

3. Kommunikativ aloqalar (muomala, munosabat).

4. Boshqaruv va o‘z-o‘zini boshqaruv aloqalari.

Pedagogik jarayonning asosiy elementlari: maqsad, vazifa, vosita va natija. Vosita keng ma’noda mazmun, shakl va usullarni o‘z ichiga oladi. Pedagogik jarayonni harakatlantiruvchi kuchlar: qo‘yilgan talablar bilan tarbiyalanuvchi imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlardir. Xuddi shu qarama-qarshilik rivojlanish uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.

II. Yaxlit pedagogik jarayon. Uning qonuniyatlari

Ta’lim-tarbiya tizimida barcha maqsad va vazifalarni, shuningdek, uning tarkibiy qismlarini kompleks hal etishga yo‘naltirilgan jarayon yaxlit pedagogik jarayon sifatida qabul qilingan.

Yaxlit pedagogik jarayonning tashqi qonuniyatlari:

1. Pedagogik jarayonning maqsadi nafaqat ta’lim va


tarbiya vazifalarini qamrab oladi, balki pedagogni ham,
o‘quvchi shaxsini ham har tomonlama barkamol qilib rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.

2. Yaxlit pedagogik jarayon, uning maqsad-vazifalari,


mazmuni, shakl va metodlari jamiyatning ijtimoiy-
iqtisodiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi va u jamiyatning
mafkurasi va siyosatiga bog‘liq.

3. Pedagogik jarayonning maqsad va vazifalari nafaqat


shaxs ehtiyojiga, balki uning imkoniyatlariga ham bog‘liq
bo‘lib, bu uning tashqi belgilaridir.

Yaxlit pedagogik jarayonning ichki qonuniyatlari:

1. Ta’lim-tarbiya va rivojlanish o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlik.

2. Tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalash o‘rtasidagi bog‘liqlik.

3. Shaxs faoliyati bilan uning munosabati o‘rtasidagi
bog‘liqlik.

4. Shaxs va jamoa o‘rtasidagi bog‘liqlik.

5. Shaxsning imkoniyatlari bilan pedagogik ta’sir o‘r-
tasidagi bog‘liqlik.

6. Vazifa, mazmun, shakl va metodlar o‘rtasidagi


bog‘liqlik.

III. Yaxlit pedagogik jarayonni jadallashtirish va uning asosiy shartlari


Lotincha Intensio tushunchasi - kuchaytirish, tezlatish degan ma’noni anglatadi.

Yaxlit pedagogik jarayonni jadallashtirish - vaqtning har bir bo‘lagi uchun ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish demakdir.

YAxlit pedagogik jarayonni jadallashtirish shartlari:

1. Pedagogik jarayoning maqsadga yo‘naltirilganligini kuchaytirish, o‘quv-tarbiya tadbirlarida ilgari surilayotgan vazifalarning jiddiyligini oshirish bilan birga ularning shu sinfga, o‘quvchilarga, jamoaga qulayligini ham hisobga olish kerak.

2. O‘quvchilarning o‘qish, ijtimoiy, mehnat va boshqa faoliyati asoslarini chuqurlashtirish.

3. Eng zarur axborotlarni saqlagan holda mazkur sinf
o‘quvchisiga etkaziladigan axborot hajmini oshirish.

4. O‘quv, ijtimoiy mehnat va boshqa faoliyatlar tezligini oshirish.

5. O‘quvchilarning mustaqil bilish va ijtimoiy foydali faoliyatlarini aktivlashtiruvchi kompleks shakl va metodlarni joriy etish.

6. Axborot va ta’lim texnologiyalarini keng ko‘llash.

7. O‘quvchilarning mustaqil bilishini yo‘lga qo‘yish orqali o‘z-o‘zini tahlil qilish, o‘z-o‘ziga ta’sir ko‘rsatish, majburiyat olish, baho bera olish, o‘z-o‘ziga hisob berishdan iborat usullardan unumli foydalanish ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishga kuchli yordam beradi.

IV. Yaxlit pedagogik jarayonni optimallashtirish va

uning asosiy shartlari

Yaxlit pedagogik jarayonni optimallashtirish (lotincha optimus - eng ma’qul) - eng qulay, eng ma’qul degan ma’noni bildirib, keng ma’noda olib qaralganda, ushbu sharoit uchun har qanday vazifalarni hal etishning eng qulay, eng ma’qul, to‘g‘ri variantlarini tanlash demakdir.

Ma’lum mezonlar nuqtai nazaridan qaralganda, yaxlit pedagogik jarayonni optimallashtirish ushbu sharoit uchun ta’lim-tarbiyaning eng maqbul vazifa, mazmun, shakl va metodlarini ilmiy asoslangan holda tanlash va amalga oshirish deganidir.

Optimallashtirishda boshlang‘ich holatdan qaror qabul qilingungacha bo‘lgan jarayon quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:

1. Qo‘yilgan vazifalarni hal etishning bir nechta variantlarini qarab chiqish.

2. Ushbu sharoit uchun tanlab olingan variantning asosliligini, zarurligini anglab etish.

3. Ushbu vazifalarni hal etish uchun tavsiya etilgan usullarning samaradorligini qiyosiy tahlil etish orqali anglash.

4. Taqdim etilgan variantlarni eng maqbul ikkita variantgacha qisqartirish.

5. Ikkalasini vaqt va samara nuqtai nazaridan taqqoslash.

6. Eng ma’qul variantni optimallashtirish mezoni nuqtai nazardan tanlash.

Lekin eng maqbul variantni tanlash o‘qituvchidan fikrlashning muammoli-tadqiqot usulidan foydalanishni taqozo etadi.

Ta’lim jarayonini optimallashtirishda uning mezoni faoliyatni to‘g‘ri baholashga yordam beradi.

O‘quvchi u yoki bu materialni o‘zining maksimal darajadagi imkoniyati doirasida o‘zlashtiradi (natijaga real erishish mumkin bo‘lgan imkoniyat). Bu esa, o‘z o‘rnida, o‘qitishni optimallashtirish uchun o‘quvchilarning real o‘quv imkoniyatlarini o‘rganishni talab etadi.

Real o‘quv imkoniyatlari ichki (sog‘liq, bilim darajasi, fikrlash qobiliyati, o‘qishga munosabat, mas’uliyat hissi) va tashqi (oila, tengdoshlar, jamiyat ta’siri) sharoitlarning o‘zaro uzviyligida namoyon bo‘ladi.

O‘qituvchi bolaning bugungi real o‘quv imkoniyatlarini bilishigina emas, shuningdek, yaqin rivojlanish zonasini, ya’ni yaqin rivojlanish imkoniyatlarini anglab etishi ham zarur bo‘ladi.

Shunday qilib, optimallashtirishning birinchi mezoniga ko‘ra, o‘quvchi shunday o‘zlashtirish darajasiga erishishi kerakki, ushbu daraja uning yaqin rivojlanish zonasidagi imkoniyatlariga to‘g‘ri kelsin.

Optimallashtirishning ikkinchi mezoni shuki, o‘quvchi va o‘qituvchi dars va uy mashg‘ulotlariga ajratilgan vaqtga qat’iy amal qilsinlar.

Tarbiyada birinchi mezon erishilgan natijaning qo‘yilgan maqsad va vazifalarga to‘g‘ri kelishida ifodalanadi.

Ikkinchi mezon tarbiyachining tarbiyalanuvchi uchun ajratilgan me’yorlarga qat’iy amal qilishida ko‘rinadi.

O‘qituvchi amaliy faoliyatidagi pedagogik jarayonlarning asosiy komponentlarini optimallashtirish usullari tizimi quyidagicha:

1. Ta’lim-tarbiya jarayoni uchun eng ma’qul (ratsional) vazifalar kompleksini tanlaydi.

2. Ushbu sinf xususiyatidan kelib chiqib, vazifalarni aniqlashtiradi.

3. Qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun zarur mazmun tanlaydi.

4. Ushbu mazmunni amalga oshirish uchun eng maqbul metod, shakl va vositalar tanlaydi.

5. Tezkor tarzda jarayonga o‘zgartirishlar kiritadi va unga ko‘ra metod, shakl va vositalarni o‘zgartiradi.

6. Qilingan ishlar chuqur va har tomonlama tahlil eti-


ladi (natija va vaqt nuqtai nazaridan).

3. Ta’lim mazmunini belgilaydigan hujjatlar. Ta’lim mazmuni normativ hujjatlar: o‘quv rejasi, o‘quv dasturi va darsliklarda ko‘rsatilgan.



O‘quv rejasi: davlat hujjatidir. O‘quv rejasi barcha ta’lim muassasalarida so‘zsiz amal qilinishi lozim bo‘lgan davlat hujjatidir.

O‘quv rejasi tegishli ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Download 64,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish