Tayanch komp mohiyati va uni ta'lim jarayonidagi samaradorligi



Download 33 Kb.
Sana29.08.2021
Hajmi33 Kb.

TAYANCH KOMP MOHIYATI VA UNI TA'LIM JARAYONIDAGI SAMARADORLIGI

Gafurova Zeboxon Orifjonovna

Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruvi hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Hayotimizning barcha sohalari kabi ta’lim tizimini ham modernizatsiyalash bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Innavatsion ta’lim muhitini yanada takomillashtirish va uni xalqaro andozalarga to‘liq mosligini ta’minlash yoshlarimizni bugungi tez o‘zgaruvchan ijtimoiy hayotga muvafaqiyatli ijtimoiylashtirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Bunda kasb hunar maktablari o’quvchilarining tayanch kompetensiyasining o’rni beqiyos.

Kompetensiyalardan, tayanch kompetensiyalarni farqlash lozim. Tayanch kompetensiyasi o’quvchini kelajakdagi to’la qonli hayotidagi faoliyatini modellashtiradi. Masalan, fuqaro ma’lum bir yoshga yetgunga qadar ba’zi bir kompetensiyalarni tatbiq eta olmaydi. Lekin bu degani, ularni o’quvchida shakllantirilmaydi, degani emas. Bu holatda avvalo biz ta’lim kompetensiyasi haqida gapiramiz. Masalan, o’quvchi kasb-hunar maktabida fuqorolik kompetensiyasini o’zlashtirsa-da, uni to’la qonli ravishda muassasani tugatganidan so’ng ishlatadi. Shunga ko’ra bunday kompetensiyalar, o’qish davrida ta’lim kompetensiyasi sifatida namoyon bo’ladi. Kompetensiya – bu jamiyatning o’z fuqarolariga qo’ygan ijtimoiy buyurtmasi bo’lib, ularning ro’yxati ma’lum bir mamlakatdagi yoki regiondagi ijtimoiy muhit bilan belgilanadi. Bunday kelishuvga har doim ham erishib bo’lmaydi. Masalan, Shvetsariyaning va Amerika Qo’shma Shtatlarining iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti hamda ta’lim statistikasi Milliy institutining “Tayanch kompetensiyalarni tanlash va aniqlash” nomli loyihasida tayanch kompetensiyalarni qat’iy ravishda aniqlab olishning imkoniyati bo’lmagan. Shunga ko’ra kompetensiyalarning Yevropa varianti va Rossiya variantlarini qaraylik. “Yevropa uchun tayanch kompetensiyalar” nomli Yevropa kengashi simpoziumida belgilangan tayanch kompetensiyalarni o’rganishi kerak:

– tajribadan foydali biror narsani chiqarib olishi;

– o’z bilimlari orasidagi o’zaro aloqani tashkil qilish va ularni tartiblashtirish;

– o’zining shaxsiy o’rganish usullarini tashkil qilish(o’rnatish);

– muammolarni yecha olish.

Tayanch kompetensiyalarning Rossiya varianti:

Qadr-qimmat, e’tiqod kompetensiyasi.

– Umummadaniy kompetensiyalar.

– O’quv-o’rganish kompetensiyasi .

– Axborot kompetensiyasi.



– Kommunikativ kompetensiya.

Kompetentlik, kompetensiyalarni qo’llay olishda ega bo’lishi kerak bo’lgan minimal tajribasi bo’lishni taqozo etadi. Bu haqda o’quvchining tayyorgarligiga qo’yiladigan talablarni shakllantirishda hamda o’quv jarayoni va darsliklarni loyihalashda esdan chiqarmaslik kerak. Didaktika va metodikalarda tayanch, umumpredmet va predmet kompetensiyalari mazmunini aks ettirish uchun ularni maxsus texnologiya asosida konstruktsiyani tuzish kerak. O’quv predmetining tayanch kompetensiyalarni shakllantirishga qo’shishi mumkin bo’lgan hissasi aniqlanadi. So’ngra predmet kompetensiyalarini tuzish uchun o’quv predmetining tizimlashtirilgan komponentining minimal ro’yxati tuziladi: 1) Obyektiv borliq obyektlari (tabiiy, madaniy, ijtimoiy hodisalar, texnik qurilmalar, manba-asarlar va h.k.). Fan yoki faoliyat sohalaridan o’quv predmeti uchun real predmet va hodisalarni ajratib olinadi.. 2) O’rganilayotgan borliq haqidagi umummadaniy bilimlar: Insoniyat tomonidan tegishli obyektga nisbatan ishlab chiqilgan qoidalar, qonunlar, nazariyalar, tushunchalar, qarama-qarshiliklar, madaniy ahamiyatga ega faktlar, g’oyalar, gipotezalar, muammolar, texnologiyalar, alternativ yondoshuvlar va boshqa bilimlar. 3) Umumiy va umumo’quv ko’nikmalar, malakalar, faoliyat turlari. O’quv predmetiga tegishli va umumpredmet ahamiyatiga ega bo’lgan konkret ko’nikmalar, malakalar, faoliyat turlarining guruhlar bo’yicha tizimlashtirilgan ro’yxati keltiriladi. Ta’lim jarayonida o’quvchilarning kasbiy ko’nikmalarini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarda zarur bilim va malakalarni hosil qilish yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirishda muhim ahmiyatga egadir. Mashg’ulotlarga oid didaktik, ko’rgazmalar, multimediya, kompyuter vositalari va inovatsion texnologiyalardan foydalangan holda mashg’ulotlarni olib borish bu borada kutilgan natijani beradi.
Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
matematika fakulteti
tashkil etish
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi muhammad
fanining predmeti
pedagogika universiteti
bilan ishlash
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
nomidagi samarqand
fizika matematika
Ishdan maqsad
haqida umumiy
fanlar fakulteti
sinflar uchun
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
Ўзбекистон республикаси
moliya instituti
Referat mavzu
umumiy o’rta
Toshkent axborot
Alisher navoiy
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
nazorat savollari
Samarqand davlat