Тату фф ходим ва талабаларининг ойлик ва стипендияларининг хисоблашни автоматлаштирилган тизимини яратиш



Download 2,36 Mb.
bet1/18
Sana29.05.2022
Hajmi2,36 Mb.
#618465
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Akbarxon 614-11


ANNOTATSIYA

Bitiruv malakaviy ish 1C dasturi yordamida Dang`ara Iqtisod kollejini xodimlar bo`limini avtomatlashtirilgan dasturiy tizimini yaratishga bag`ishlangan. Ishda ma`lumotlar bazasi to`g`risida va avtomatlashtirilgan axborot tizimlari to`g`risida umumiy tushunchalar va xodimlar bo`limi haqida yozilgan.


Dastur 1C tili asosida yaratiladi,foydalanuvchilarni ish jarayonini zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida boshqarishni ko`zda tutadi. Dastur klient-server texnologiyasiga asoslanadi.
ANNOTATION

The annotation of the help of 1C graduate work program was intend for Dangara economic college hand section automated account software . General meaning about informational work basis and automated information lines and about concepts hand section writed.


This programm win rest in 1C language.Users work process present information-technology egency administrate. Program klient-cerver technology basis.
MUNDARIJA



Kirish 3
I. Analitik qism 6
1.1-§ Zamonaviy ma’lumotlar ombori xaqida boshlang‘ich ma’lumotlar 6
1.2-§ MBBTda ishlash texnologiyasi asoslari 12
1.3-§ Ma`lumotlar bazasining tarkibi va uni tashkil etish, boshqarish tizimlari. 18
II. Loyiha qismi 26
2.1-§ 1C dasturlash tilida dasturning yaratilish texnologiyasi. 26
2.2-§ 1C dasturlash tilida Ma’muriyat xodimlari jadvalini hosil qilish 31
2.3-§ 1C dasturlash tilida hisobotlar tayyorlash oynasi bilan ishlash. 37
2.4-§ Adobe Photoshop dasturida dizayn. 41
III. TADBIQ QILISHNI TASHKIL QILISH VA LOYIHA SAMARADORLIGI. 46
3.1-§ Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari xaqida qisqacha ma’lumot 46
3.2-§ Bitiruv malakaviy ishidagi dasturning ishlatilishi. 53
IV. Mehnat muhofazasi 61
4.1. Zamonaviy texnika joylashgan xonalarga talablar. 61
4.2. Ish joyining yoritilganligi. 63
Xulosa 69
Foydalanilgan adabiyotlar 71
Ilova 73

Kirish


XXI asr - axborot asri dеb tan olindi. Axborotlarni butun kishilik jamiyatining rivojlanish rеsursi dеb atasak mubolag`a bo`lmaydi. Bu kompyutеrlar va axborot tizimlari, mahalliy va global tarmoqlar,intеrnеtning umumjahon tarmog`i, multimеdia tеxnologiyalari va hakozolarni o`z ichiga oladi. O`zbеkistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to`laqonli shеriklik o`rnini egallay borishi, inson faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot tеxnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishini ko`lamlari qanday bo`lishiga hamda bu tеxnologiyalar ijtimoiy mеhnat samaradorligining oshishida qanday ro`l o`ynashiga bog`liq. Hozirgi paytga kеlib iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o`tish jamiyatimiz ijtimoiy va iqtisodiy hayotining barcha axborotlashtirish sohalarida erishilgan eng so`nggi yutuqlarni tadbiq etish sur`atlarini g`oyatda tеzlashtirib yubordi.
Axborotlashtirish — zamonaviy dunyo taraqqiyotining muhim yo`nalishlaridan biri hisoblanib,jahon fan tеxnikasini iqtisodiy va ijtimoy yutuqlarini o`zida mujassamlashtirgandir va u kishilik jamiyatining barcha sohalariga juda ham tеz kirib bormoqda. Yaqin yillarda iqtisodchining ish joyini kompyutеrsiz tasavvur qilish qiyin va bu univеrsal tеxnikaning imkoniyatlari mutaxassislar tomonidan to`liq darajada foydalanilishi kеrak. Kompyutеr istalgan sohadagi iqtisodchi, moliyachi, hisobchi, rеjalashtiruvchi, tahlilchi, mеnеjеr va boshqalarning asosiy qurolidir. Avtomatlashtirilgan axborot tеxnologiyalari mutaxassisga iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda samarali foydalanish imkonini bеradi. Zamonaviy axborot tеxnologiyalari tеzkor va muvofiq ravishda boshqarishga, axborot kommunikatsiyalarini o`rnatishga imkon bеradi.
Insonning axborot ishlab chiqishi bo`yicha imkoniyatlarni kuchaytiruvchi zamonaviy tеxnologiyalar bilan qurollantirish- axborotlashtirish sanoatini jadal rivojlantirishni talab etuvchi eng muhim tеxnik, iqtisodiy vazifadir.
Iqtisodiyotda zamonaviy axborot tеxnologiyalaridan foydalanish iqtisodiy axborotlar sifati, uning aniqligi, ob`еktivligi, tеzkorligini va buning natijasi sifatida esa boshqaruv qarorlarini o`z vaqtida qabul qilish imkoniyati oshishini ta`minlaydi.
Iqtisodiyotda axborot tеxnologiyalaridan kеng ko`lamda foydalanish iqtisodiy va ijtimoiy soxalarda qator global mashtabdagi o`zgarishlarning paydo bo`lishiga olib kеldi. Bu jarayon “axborot tеxnologiyalarining rivojlanishi” dеb nom oldi.
Axborot tеxnologiyalari hozirgi kunda jahon iqtisodiyotining rivojlanishining “harakatga kеltiriruvchi kuch”i bo`lib hisoblanadi. Jahon tajribasini axborot tеxnolgiyalarining haqiqatdan ham insonlarning ijtimoiy hayotiga ijobiy ta`sir ko`rsatishini tasdiqlamoqda.
Hozirgi kunda - yangi axborot texnologiyalarning rivojlanishi bo`yicha eng cho`qqiga ko`tarilgan davri deb hisoblandi. Qaysi soha bo`lishidan qat`iy nazar yangi axborot texnologiyalarini ushbu sohaga tatbiq etish hozirgi kunning talabi bo`lib bormoqda. Shu sohalar qatoriga bevosita ta`lim tizimini kiritishimiz va ta`lim sohasidagi islohatlarning asosiy negizini yangi axborot texnologiyalaridan samarali foydalana oladigan malakali mutaxassislar tayyorlashdan iboratdir. Yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash bevosita ta`lim muassasalarining moddiy–texnik va axborot texnologiyalar bazasini mustahkamlash, yuqori sifatli o`quv adabiyotlar, darsliklar, elektron o`quv qo`llanmalar va ma`ruza matnlarini yaratish, elektron kutubxonalar tashkil etish bilan bog`liqdir.
Tajribalar shuni ko`rsatadiki, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib masofadan o`qitish hozirgi kundagi o`qish jarayonini sifatidan yuqori darajada bilim olish imkonini beradi. Yangi zamonaviy axborot texnologiyalari asosida masofadan o`qitish, elektron darsliklar, elektron uslubiy qo`llanmalar va ma`ruza matnlarini yaratish kabi jarayonlar bevosita ta`lim sifatini oshirish hamda talabalarning bilim saviyasini oshirishning negizi hisoblanadi. Elektron ma`ruza matnlari, o`kuv uslubiy qo`llanma, elektron darslik, virtual shaklda imtixon topshirish va boshqa ta`lim jarayonlarini yaratishda zamonaviy dasturlardan va intranet texnologiyasidan foydalanish muhim.
Aloqa sohasi menejment va iqtisodiyot yo`nalishi talabalariga ta`lim berishda, ularga soha iqtisodiyoti, unda bo`layotgan iqtisodiy va moliyaviy o`zgarishlar hamda moliyaviy-xo`jalik faoliyati natijalari to`g`risidagi ma`lumotlarni o`z vaqtida berish talabalarni mustaqil ishlashga zamin yaratadi va sohada bo`layotgan o`zgarishlardan o`z vaqtida xabardor bo`lishlariga imkon beradi. Bu esa yaratilayotgan elektron darslikni foydali va samarli bo`lishini talab etadi. Demak, yaratilayotgan elektron darslik har tomonlama talabga javob beradigan hamda talaba uchun qiziqarli bo`lishi lozim.
«Byudjetni boshqarish» fani bo`yicha elektron darslikni yaratishda ham yuqorida aytib o`tilganidek yangi axborot texnologiyalaridan unumli darajada foydalanish bilan birga uni talaba va o`qituvchilar qo`llashlari uchun qulay ko`rinishda yaratishga qaratilgan.
Yaratilgan elektron darslikning talaba va professor-o`qituvchilar uchun foydali tomonlaridan biri bu: elektron darsliklarni ta`lim jarayonida qo`llanilishi talaba va o`qituvchilarning kompyuter savodxonligini oshirishga xizmat kiladi; talabaning «Byudjetni boshqarish» fani bo`yicha zaruriy materiallarni o`ziga qabul qilish imkoniyatlari kengayadi, shuningdek qulay paytda yoki joyda qaytadan takrorlab borish imkoniyatiga ega bo`ladilar, dars berayotgan professor o`qituvchilarning qimmatli vaqti va kuchini tejashga va ularni boshqa faoliyat turlariga sarflashga imkoniyat beradi; talabalar o`tilgan ma`ruzaga bog`lik turli ma`lumotlarni tahlil qilish imkoniyatiga ega bo`lishadi.
Mamlakatimiz milliy iqtisodining hech bir tarmog`i samarali va mo`tadil tashkil qilingan axborot infratuzilmasiz faoliyat ko`rsatishi mumkin emas. Hozirga kunda milliy axborot resurslari har bir davlatning iqtisodiy va Xarbiy salohiyatini tashkil qiluvchi omillaridan biri bo`lib xizmat qilmoqda. Ushbu resursdan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirishni ta`minlaydi. Bunday jamiyatda axborot almashuvi tezligi yuksaladi, axborotlarni yig`ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo`yicha ilg`or axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini qo`llash kengayadi.
I. Analitik qism
1.1-§ Zamonaviy ma’lumotlar ombori xaqida boshlang‘ich ma’lumotlar
Keng ma’noda ma’lumotlar ombori (MB) deganda real dunyoning konkret ob’ektlari xaqidagi ma’lumotlar to‘plamini tushunish mumkin. Lekin ma’lumotlar xajmi oshib borishi bilan bu masalalarni xal etish murakkablashadi. YUzaga kelgan muammo ob’ekt va ma’lumotlarni strukturalash, ya’ni tizimga solish yuli bilan xal kilinadi. Ob’ekt-bu mavjud va farqlanishi mumkin bo‘lgan narsadir. Ob’ektlarga tegishli bir qator ma’lumotlar borki, ularning to‘plami MB bo‘la oladi. Masalan, xar bir akademik-litsey yoki kasb-xunar kolleji-bu ob’ektlar bo‘lsa, ulardagi o‘kuvchilar xaqidagi Ma’lumotlar to‘plami MB ga misol bo‘la oladi.
Xar qanday jiddiy MB ning yaratilishi uning loyixasini tuzishdan boshlanadi. MB loyixalovchisining asosiy vazifasi ob’ektlar va ularni tavsiflovchi parametrlarni tanlash, ma’lumotlar orasidagi ma’lumotlarni o‘rnatishdan iborat.
MBni yaratish jarayonida, foydalanuvchi ma’lumotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va belgilarning turli birikmalari bo‘yicha zarur ma’lumotlarni (tanlanmani) tez topish uchun imkoniyatlar yaratilishiga xarakat qiladi. Bu ishlarni ma’lumotlar strukturalangan (tuzilmalangan) bo‘lgandagina bajarish mumkin.
Strukturalash-bu ob’ektlar va ma’lumotlarning uzaro bog‘lanishi tasvirlash usullari xaqidagi kelishuvni kiritishdir(1.1.1-jadval).
1-misol: strukturalanmagan ma’lumotlar.
SHaxsiy ish №16493; Aliev karim Ergashevich; tug‘ilgan sana 1 yanvar 1979 yil; SHaxsiy ish №16498; Boqiev Dilmurod Raxmatullaevich; tug‘ilgan sana 5 dekabr 1985 yil; SHaxsiy ish №16595; Zokirov Anvar Rashidovich; tug‘ilgan sana 15 may 1984 yil.
1.1.1-jadval. Strukturalangan ma’lumotlar.

Shaxsiy
ishi №

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

Tug‘ilgan sana

15496

Ismanov

Soxib

Rasulovich

02.05.81

15492

Boqiev

Nozim

Xolmirzaevich

05.06.79

15491

Pirmatov

Abror

Soqievich

18.01.89

Zamonaviy MB texnalogiyasida MB ni yaratish, unga xizmat ko‘rsatish va foydalanuvchilarni MB bilan ishlashiga imkon yaratish maxsus dasturiy uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Bunday dasturiy uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Bunday dasturiy uskunalar majmuasi ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari (MBBT) deb ataladi.


MB bilan ishlashga kirishishdan oldin ma’lumotlarni tasvirlash modelini tanlab olish kerak. U quydagi talablarga javob berishi lozim:
-Axborotni ko‘rgazmali tasvirlash;
-Axborotni kiritishda soddalash;
-Axborotni izlash va tanlashda qulaylik;
-Boshqa omborga kiritilgan ma’lumotdan foydalanish imkoniyatining mavjudligi;
-MB ning ochiqligini taxminlash (yangi ma’lumotlar va maydonlar qo‘shish, ularni olib tashlash imkoniyatlari va xokazo).
MB bitta yoki bir necha modellarga asoslangan bo‘lishi mumkin. Xar qanday modelga o‘zining xossalari (parametrlari) bilan tavsiflanuvchi ob’ekt sifatida qarash mumkin. SHunday ob’ekt ustida biror amal (ish) bajarsa bo‘ladi. MB modellarining uchta asosiy turlari mavjud:

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish