«tasvir» nashriyot uyi



Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/283
Sana13.05.2020
Hajmi1.29 Mb.
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   283
218-mashq.
  Uyga  vazifa. «Mening bobom» mavzusida  matn
tuzing. Unda  ishlatilgan  fe’llarning  zamonini  belgilang.
1-t o p s h i r i q .  Berilgan  fe’llarni  tarkibiy  qismlarga  ajrating.
Aytibdi, aytdi, aytgan, aytgan ekan, aytgan edi, aytgan
emish.
2-t o p s h i r i q . Yuqoridagi  fe’l  asoslariga  qo‘shilgan
qo‘shimchalarning  nimasi  bilan  umumiyligi va nimasi  bilan
farqlanishini  ayting.
BILIB OLING.
 O‘tgan zamon shakllari harakat va
holatning  gap aytilayotgan vaqtdan oldin bo‘lganini bildi-
radi.
O‘ÒGAN ZAMON SHAKLLARI


88
Bu  zamon  shakllari  fe’l  asoslariga -di, -(i)b,
-gan  (-kan, -qan) qo‘shimchalarini va ulardan so‘ng
shaxs-son  qo‘shimchalarini qo‘shish bilan hosil qilinadi.
219-mashq.
 Gaplarni ko‘chiring. O‘tgan zamon fe’llarini toping,
ularni hozirgi zamon va kelasi zamon fe’llariga aylantirishga urinib
ko‘ring.
1. Qizlar to‘da-to‘da bo‘lib lapar aytishdi. (N. Safarov)
2. Sinf rahbarimiz Hasan aka menga bildirmay G‘anini uyga
yuboribdilar. (M. A’zamov) 3. Aka-ukalar to‘qayda bo‘ri, to‘ng‘iz,
tulkilar ko‘p bo‘lishini eshitishgan edi. (X. To‘xtaboyev) 4. Mana
bu shotutni bobosi ekkan ekan. (Sh. Otaboyev) 5. Ho‘ so‘ridagi
cholni ko‘rdinglarmi, yonidagi chollarga Navoiy g‘azallarini o‘qib
berib o‘tiribdi. (S. Anorboyev)
220-mashq.
 Gaplarni o‘qing. Nuqtalar o‘rniga o‘tgan zamon fe’llarini
yasovchi qo‘shimchalardan mosini qo‘yib, ko‘chiring.
1. Atrof ko‘m-ko‘k bo‘lib, yo‘l chetida qoqigullar, lolalar,
chuchmomalar qiyg‘os ochilib yotar... (N. Fozilov) 2. Men juda
quvondim: mana, endi o‘sib ham qol...m, yoshim o‘n to‘rtga
kir..., odamlar menga ishonadigan bo‘lib qol..., deb ich-ichim-
dan sevin...m. (G‘afur G‘ulom) 3. Men tez-tez Òoshkentga kelib
tur...man (O‘. Umarbekov) 4. Bolakay tog‘lar orasida yashovchi
cho‘pon tog‘asini juda yaxshi ko‘rar... (A. Ko‘chimov)
1. O‘tgan zamon fe’llari deb nimaga aytiladi?
2. O‘tgan zamon fe’llari qanday qo‘shimchalar yordami-
da yasaladi?
3. O‘tgan zamon fe’llariga shaxs-son qo‘shimchalari qay
tarzda qo‘shiladi?

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat