“Tasdiqlayman”



Download 438,5 Kb.
bet5/9
Sana03.01.2020
Hajmi438,5 Kb.
#31924
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-sinf o`zbek tarix 2018-2019


Buxoro. XIX asrning 40-yillarida Buxoroda 38 ta karvonsaroy bo’lib, ularda musofir va maxalliy savdogarlar istiqomat qilganlar. Karvonsaroyda ombor, do’kon, ustaxona, mexmonxonalar bo’lgan. Karvonsaroylarning amirga, ayrim shaxslarga va vaqfga tegishlilari bo’lgan. Buxoro karvonsaroylariga xar yili 12-15 ming tuyada mol kelgan. Savdo ishini karvonboshi-amirlikdagi barcha savdo ishlarining boshqaruvchisi boshqargan.

Buxoroda ichki va shaxarlararo savdo to’qqizta tim va chorsuda amalga oshirilgan.

Buxoro shaxrida 103 ta madrasa, 360 masjid va 83 ta xovuz mavjud bo’lgan.

Xunarmandchilik. Xunarmandchilik amirlik shaxarlarining iqtisodiy xayotida muxim axamiyatga ega edi. Xunarmandchilikning asosiy turlaridan biri to’qimachilik bo’lgan. Buxoro olachasi, bo’zi, bo’zga gul bosish yo’li bilan tayyorlanadigan chiti, shoyisi, Samarqandning to’q qizil rangli baxmali mashxur edi. Yigirilgan ipdan ro’mol, choyshab, salla to’qish xam keng tarqalgan.

Xunarmandchilik ishlab chiqarishining asosiy tarmoqlaridan yana biri-temirchilik va miskarlik bo’lib, o’roq, pichoq, shuningdek, qurol-yarog’ yasashgan. Temirchilar qilich, xanjar, oybolta, nayza, qalqon, kamon va uning o’qini yasar edilar. To’plar yasash xam yo’lga qo’yilgan.

Zargarlik, kulolchilik, yog’ochsozlik xam muxim soxa xisoblangan.

Yog’ochdan eshik, beshik, deraza, arava, sandiq, qayiq va boshqalar yasalardi. Yog’och o’ymakorligi aloxida axamiyatga ega edi. Novdalardan savatlar to’qilardi. Uy sharoitida namat, gilam to’qish, oshlangan charmdan egar-jabduqlar, ayillar, pichoq qinlari, xamyonlar tikish xam keng rivojlangan.

Ichki savdo. Davlat xayotida iste'mol extiyojlari ishlab chiqarishdan ustun bo’lmadi. Bu esa, o’z navbatida, yuqori mexnat unumdorligini ta'minlovchi yirik mashinalashgan ishlab chiqarishdan foydalanish extiyojini vujudga keltirmadi. Natijada oddiy xunarmandchilik ishlab chiqarishi manufaktura ishlab chiqarishi darajasiga ko’tarilmadi. Shuning uchun xam ichki bozorda odatdagi xunarmandchilik va qishloq xo’jaligi maxsulotlari savdosi yetakchi o’rin egallagan.

Buxoroda bozordagi narx-navo, tosh-tarozining to’g’riligi qattiq nazorat qilinar edi. Kimki xaridor xaqiga xiyonat qilsa, qattiq jazoga duchor etilardi, xususan, bundaylar yarim yalang’och xolda aravada, bozor axliga namoyish qilish, uchun sazoyi qilinardi va ovozi boricha: "Men shayton yo’liga kirib, xaridorni aldadim", deb jar solishga majbur etilardi.

Markaziy Osiyo, xususan, Buxoro bozorlari faqatgina xo’jalik vazifasini o’tab qolmagan. Ular ayni paytda o’ziga xos jamoat va madaniyat markazi vazifasini xam o’tagan. Xususan, bozorlarda xukmdorning farmonlari o’qib eshittirilar, aybdorlar jazolanar, bayram kunlari esa turli tomoshalar ko’rsatilar edi.

Tashqi savdo. Mamlakatning tashqi savdo aloqalari, to xtab qolgani yo’q. Buxoro Xindiston, Afg’oniston, Eron, Xitoy bilan savdo afoqalarini olib borgan. Bu davlatlarga xonlikda ishlab chiqarilgan ip gazlamalar, baxmal, qog’oz, egar-jabduqlar, qurollarning ayrim turlari, meva va boshqa maxsulotlar ortilgan savdo karvonlari qatnab turardi. Ba'zi savdo karvonlarining tuyalari 1 necha yuz boshga yetardi.

Mamlakatning Samarqand va Buxoro kabi shaxarlariga ko’plab chet ellik savdogarlar kelib turishardi. Buxoroda xatto xind savdogarlari va sudxo’rlari yashaydigan aloxida maxallalar xam bor edi. 4.Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash

* Samarqandda 7 madrasa faoliyat ko’rsatgan. Bular Ulug’bek, Sherdor, Tillakori, Safed (Xoja Axror), Shayboniyxon, Xoja Abdulg’ofur, Qozi Soqiy madrasalari edi

* Buxoroda ichki va shaxarlararo savdo to’qqizta tim va chorsuda amalga oshirilgan.

*Buxoro shaxrida 103 ta madrasa, 360 masjid va 83 ta xovuz mavjud bo’lgan.



5.Darsni xulosalash, uyga vazifa berish; Mavzuni o’qish, savollarga javob topish va berilgan atamalarni yod olish
O’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sinflar: 8 - “A” ______ 8 - “B”______ 8 - “V”______ 8 - “G” ______ 8 - “D”______ 8 - “E”______
MAVZU: Buxoro amirligi XIX asrning 1-yarmida

Dars maqsadi:

  1. Ta`limiy maqsad: Buxoro amirligi XIX asrning 1-yarmida haqida bilimlarga ega bo’ladilar

  2. Tarbiyaviy maqsad: Yurtga fidokorlik, uni asrash kabi tuyg’ularni shakillantirish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: Tarixiy bilimlarini shakillantirish

  4. Shakllantirilayotgan kompetensiya:Ushbu mavzuda tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish va tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi shakllantirildi. Kommunikativ kompetensiya ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Dars turi:

Yangi bilimlarni bayon qilish va egallash darsi.



Darsda foydalanilgan metodla;r

an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar



Dars jiхozi: Darslik, dunyo siyosiy xaritasi, O’zbekiston xaritasi

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism

a) Davomadni aniqlash va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash.

b)Bugungi kun yangiliklari bilan tanishish

2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash

* Samarqandda 7 madrasa faoliyat ko’rsatgan. Bular Ulug’bek, Sherdor, Tillakori, Safed (Xoja Axror), Shayboniyxon, Xoja Abdulg’ofur, Qozi Soqiy madrasalari edi



* Buxoroda ichki va shaxarlararo savdo to’qqizta tim va chorsuda amalga oshirilgan.

*Buxoro shaxrida 103 ta madrasa, 360 masjid va 83 ta xovuz mavjud bo’lgan



3. Yangi mavzu bayoni:

Buxoro Amir Xaydar xukmronligi davrida. Amir Ma'sum Shoxmurod vafot etgach, taxtga o’g’li Amir Xaydar o’tirdi (1800-1826). Maxalliy xukmdorlar-beklar xamda yirik zodagonlar markaziy xokimiyatga qarshi yana kurash boshladilar. Ayniqsa, markaziy xokimiyatning o’lpon yig’uvchilari o’zboshimchaligidan norozi bo’lgan Marv turkmanlarining 1800-yildagi qo’zg’olonini Amir Xaydar qattiqqo’llik bilan bostirdi. Biroq marvliklar 1804-yilda yana qo’zg’olon ko’tardilar. Bu safar qo’zg’olonchilarga Marv xokimi, Amir Xaydarning inisi Dinnosirbek boshchilik qildi. Uning maqsadi Xiva xoni Eltuzar yordamida Buxoroda oliy xokimiyatni egallash edi. Amir Xaydar voxani suv bilan ta'minlab turgan Sultonbandi to’g’onini buzdirib tashladi. Suvsiz qolgan Marv turkmanlari jang qilmay shaxarni tark etishga majbur bo’ldilar. Turkmanlarning qolgan qismi esa Zarafshon daryosi vodiysiga ko’chirildi. Dinnosirbek esa oilasi va 100 nafar odamini olib Eronga qochib ketdi.

1800-yilda Qarshi viloyatida va Kattaqo’rg’onda xam xalq qo’zg’olonlari bo’ldi.

Doimiy urushlar fuqaro gardaniga xar xil soliqlar solinishini va majburiyatlarni yukladi. Bu esa fuqarolarni xonavayron qildi. Oqibatda, 1821-yili Miyonqolda xam qo’zg’olon ko’tarildi. Kattaqo’rg’on, Chelak, Yangiqo’rg’on qo’zg’olonchilar qo’liga o’tadi. Bu paytda Amir Xaydar Xiva va Qo’qon xonlari xujumlarini qaytarish bilan xam band edi. Qo’zg’olonchilar amirning inisi Isoqbekni o’zlariga amir qilib olib, Samarqandni yana qamal qiladilar va Karmanaga qarshi yurish boshlaydilar. Amir Xaydar Xiva qo’shinining amirlik yerlaridan olib chiqib ketilishiga erishadi. Shundan keyin u butun kuchini qo’zg’olonchilarga qarshi tashlash imkoniga ega bo’ladi. 1825-yilning baxorida Amir Xaydar Yangiqo’rg’on va Chelakni egallaydi. Lekin qo’zg’olonchilarning kuchini sindirolmaydi va qo’zg’olonchilarga yon bosishga, ularning mulki daxlsizligi xususida yorliq berishga majbur bo’ladi.

Amir Nasrullo xukmronligi. 1826-yilda amirlik taxtiga Amir Nasrullo (1826-1860) o’tirdi. U Amir Xaydarning uchinchi o’g’li edi Nasrullo qisqa vaqt ichida taxtga da'vo qilishi mumkin bo’lgan barcha avlodlarining baxridan o’tadi. Ularning uy-joylarini talash, oila a'zolarini esa taxqirlashni lashkarlar ixtiyoriga topshiradi.

Amir Nasrullo amirlik tarkibiga rasmangina kirgan bekliklarni yagona davlatga birlashtirish yo’lida qat'iyat bilan kurash olib bordi. U Buxoroda 1-bor 40 mingga yaqin sarbozdan iborat muntazam piyoda qo’shin tuzdi. U zamonaviy to’pchilar qismini tuzish niyatida chetdan to’p quyuvchi ustalarni, to’p quyish ilmiga o’rgatuvchi mutaxassislarni jalb etdi.

Amir Nasrullo qanchalik qattiqqo’l bo’lmasin, uning davrida xam bekliklarning mustaqillik uchun kurashiga to’la chek qo’yishning iloji bo’lmadi. Masalan, Shaxrisabz bekligi mang’itlarning o’zaro qirg’inlaridan foydalanib, amirlikdan ajralib chiqqan va o’zini mustaqil deb e'lon qilgan. Bundan darg’azab bo’lgan Amir Nasrullo "o’zboshimcha" kenagaslarga qarshi kurash boshladi. Bu kurash 30 yil davom etdi. Shu davr mobaynida u Shaxrisabzga 32 marta yurish qilgan. Va nixoyat, 1856-yildagina u Shaxrisabz va Kitobni o’ziga bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldi.

Amirlikning qurolli kuchlari. XVIII asrda amirlik qo’shini asosan otliq navkarlar va qoracherikdan tuzilgandi. Qo’shinlar to’p, qilich, pilta miltiq, nayza va o’q-yoy bilan qurollangan edi.

1837-yilda Amir Nasrullo muntazam piyoda askarlar qo’shini tuzib, ular uchun maxsus kiyim (qizil kamzul, oq shalvar va qalpoq) joriy etildi. XIX asrning o’rtalariga kelib 2500 nafarli sarbozning xar biri nayzali miltiq, qilich va to’pponcha bilan qurollangan edi. Xizmatdan bo’sh kunlari ular oddiy xalat kiyib yurishgan. Mashq, urush va kiyinish nizomlari ishlab chiqilgan. 1837-yilda Amir Nasrullo to’pchilar qo’shinini xam tuzadi. Askar oyiga uch so’m kumush tanga moyana olgan. Xar qabila o’z qo’shini bilan xizmatda bo’lgan. Askar va to’pchilar umr bo’yi xizmat qilganlar.

Mang’it xukmdorlari ichki siyosatining asosiy maqsadi markaziy xokimiyatni mustaxkamlash, xalq ommasini qattiq itoatda tutishdan iborat bo’lgan. Ayni paytda, mang’it xukmdorlari yirik zodagonlarning nufuzini kamaytirishga imkon beru.

o’tirmasdan uning xoxish-istagini topa bilishga intilardilar. Xar 1 amaldor amirning, kichik amaldor o’zidan katta amaldorning qaxriga uchrab qolishidan qo’rqib yashardi. O’zining bugungi mavqeyi, mulki, xayoti, oilasining omonligi uchun shunday 1 qo’rquv muxiti vujudga keltirilgan ediki, natijada xech kim ishonch bilan ertangi kunidan umidvor bo’la olmay qolgan edi.


4.Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash

Ochiq test bilan ishlash”

- Amir Nasrullo.... muntazam piyoda qo’shin tuzdi.

-1837-yilda Amir Nasrullo to’pchilar qo’shinini....tuzadi

-.....1856-yildagina u Shaxrisabz va Kitobni o’ziga bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldi.

5.Darsni xulosalash, uyga vazifa berish; Mavzuni o’qish, savollarga javob topish va berilgan atamalarni yod olish

O’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sinflar: 8 - “A” ______ 8 - “B”______ 8 - “V”______ 8 - “G” ______ 8 - “D”______ 8 - “E”______
MAVZU: Buxoro amirligida madaniy hayot
Dars maqsadi:


  1. Ta`limiy maqsad: Buxoro amirligida madaniy hayot haqida bilimlarga ega bo’ladilar

  2. Tarbiyaviy maqsad: Yurtga fidokorlik, uni asrash kabi tuyg’ularni shakillantirish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: Tarixiy bilimlarini shakillantirish

  4. Shakllantirilayotgan kompetensiya:Ushbu mavzuda tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish va tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi shakllantirildi. Kommunikativ kompetensiya ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Dars turi:

Yangi bilimlarni bayon qilish va egallash darsi.



Darsda foydalanilgan metodlar’;

an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar



Dars jiхozi: Darslik, dunyo siyosiy xaritasi, O’zbekiston xaritasi

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism

a) Davomadni aniqlash va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash.

b)Bugungi kun yangiliklari bilan tanishish

2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash

Ochiq test bilan ishlash”

- Amir Nasrullo.... muntazam piyoda qo’shin tuzdi.

-1837-yilda Amir Nasrullo to’pchilar qo’shinini....tuzadi

-.....1856-yildagina u Shaxrisabz va Kitobni o’ziga bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldi.
3. Yangi mavzu bayoni:

Tarix ilmi. Buxoroning XIX asr 1-yarmida ijod etgan tarixchi olimi Muxammad Ya'qub ibn Doniyolbiy Buxoriy (1771-1831) edi. U "Gulshan ul-muluk" (Podshoxlar gulshani) degan asar yozib qoldirgan. Bu asar 2 qismdan iborat bo’lib, 1-qismida Buxoroning qadimgi tarixi, uning xukmdorlari shajarasi bayon etilgan. Asarning 2-qismida esa Markaziy Osiyoning XVIII va XIX asr boshlaridagi tarixi bayon etilgan.

XIX asrda yozilgan Mirzo Shams Buxoriyning "Bayoni ba'zi xavodisoti Buxoro, Xo’qand va Qashqar" ("Buxoro, Qo’qon va Qashqarning ayrim voqea-xodisalari bayoni") kitobi xam tariximiz uchun muxim manba xisoblanadi.



Adabiyot. Xiva va Qo’qon xonlari singari, mang’it xukmdorlari xam madaniyat, xususan, adabiyot taraqqiyotiga qiziqish bilan qarab, adabiy ijod bilan bog’liq masalalarni xal etib berishda ijod axliga sharoit yaratib berganliklari kuzatiladi.

Bu davrning o’ziga xos iste'dod egasi Muxammadniyoz Nishotiy (XVIII asrda yashab ijod etgan) o’rtacha, vaqti kelganda kambag’allik va sargardonlikda yashagan edi. Shoir 1778-yilda o’zining ajoyib "Xusn-u dil" dostonini yaratgan. O’zbek adabiyotining katta yutug’i sanalgan bu asarni shoir majoziy shaklda yozgan. Doston qaxramonlari - Aql, Xusn, Yurak, Xayol, Vafo, Nazar, Ishq va boshqalarning xar biri g’oyat go’zal insoniy fazilatlarga ega. Raqib, Fasod, Nafs obrazlari esa yomon sifatlar xamda turli yovuzliklarning timsoli edi.

Asardagi obrazlardan biri Ishq o’zining dadil va oqilona qarorlari, xarakatlari bilan xar xil mamlakatlarning turli qarashlarga ega xukmdorlarini 1 bitimga olib keladi va xammaning muxabbatiga sazovor bo’ladi. Oxir-oqibat ularning xammasi bir-birlari bilan yarashadilar. Ishq oldida ta'zim bajo keltiradilar va uning farmonlariga bo’ysunishga mayl izxor etadilar.

Shu tariqa Nishotiy dostonida odamlar va davlatlar orasidagi nizolar, baxillik va boshqa axloqiy qusurlar qoralanadi. Yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi qarashlarda xayrli intilishlar, aql va oliyjanob niyatlar ustun keladi.

Bundan tashqari, Nishotiyning adabiy ijodidagi yana 1 o’ziga xoslik-bu adabiyotda munozara janri taraqqiyotiga katta xissa qo’shganligidir. Bu o’rinda uning "Qushlar munozarasi" majmuasi katta axamiyatga ega. Asarda o’sha davrdagi ijtimoiy tuzumga xos illat, jaxolat, mansabparastlik majoziy shaklda tanqid qilingan, mexnat axlining kamtarligi ulug’langan. Asarda laylak, zog’, bulbul, tovus, to’ti, xumo kabi jami 14 ta qush o’rtasida bo’lib o’tgan baxs tasvirlangan. Muallif qushlar baxsi orqali insonga xos takabburlik, xudbinlik, maqtanchoqlik kabi illatlarni qoralagan.

Bu davrning yana 1 mashxur shoiri Mujrim-Obid edi (1748-1818). Shoirning asarlarida jamiyatdagi nomukammallik, ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, odamlar fe'lidagi illatlar tanqid ostiga olinadi. Ularda shoirning axloqiy qarashlari, pand-nasixatlari aks etgan.



Volaning (1770-1842) ko’zi tug’ma ojiz bo’lsa-da, tabiat unga kuchli iroda, aql, xotira va qobiliyat xamda yoqimli ovoz in'om etgan edi. Shoir o’z she'rlaridan 2 ta devon tartib bergan. Bizgacha 3 ming misra she'rlari yetib kelgan. O’z she'rlarida xalq boshiga tushgan kulfat va mashaqqatlarni kuylagan.

San'at. Buxoroda xattotlik va miniatura san'ati yaxshi rivojlangan edi. Rassomlar asosan qo’lyozmalarni naqshli bezash bilan shug’ullanib, ko’proq diniy mazmundagi kitoblarni bezata boshladilar. Bu soxaning qator yetuk bilimdonlari zamonasiga yarasha yodgorlik qoldirdilar. Chunonchi, Amir Xaydar davrida ijod qilgan Mir Ma'sum Olamiyon "Axloqi Muxsiniy" kitobini xamda Sa'diyning she'riy asarlarini rasm bilan bezaydi

Maqom-musiqada 1 qismli yoki turkumli cholg’u va ashula yo’llari; musiqiy uslub.
4.Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash

Ochiq test bilan ishlash”

Axmad Donish ko’chirgan, bezagan yoki rasm ishlagan qo’lyozmalar ichida "Shoxi darvesh" (1849), ....

...."Ajoyib at-tabaqot" (1847) va boshqa asarlar buning dalilidir.



..... Buxoro yuksak ustozona musiqa san'atining markazlaridan biri bo’lgan

5.Darsni xulosalash, uyga vazifa berish; Mavzuni o’qish, savollarga javob topish va berilgan atamalarni yod olish
O’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sinflar: 8 - “A” ______ 8 - “B”______ 8 - “V”______ 8 - “G” ______ 8 - “D”______ 8 - “E”______
MAVZU: NAZORAT ISHI

I VARIANT

1. XVII asrda Samarqandda faoliyat ko’rsatgan madrasalarni aniqlang.

A) Ulug’bek va Xoja Ahror madrasalari

B) Sherdor va Tillakori madrasalari

C) Shayboniyxon, Xoja Abdulg’afur va Qozi Soqiy madrasalari

D) Yuqoridagilarning barchasi

2. XIX asr boshlarida Samarqand shahrida qancha aholi istiqomat qilgan?

A) 150 ming B) 120 ming

C) 100 ming D) 80 ming

3. Buxoro shahrida (XVIII asr) nechta karvonsaroy bor edi?

A) 24 ta B) 14 ta C) 38 ta D) 28 ta



4. Buхоrо shаhridа nеchtа mаdrаsа bo’lgаn?

A) 103 tа B) 83 tа C) 360 tа D) 38 tа



5. Qаysi shаhаrdа hind sаvdоgаrlаri vа sudхo’rlаri yashаgаn аlоhidа mаhаllа bo’lgаn?

A) Buхоrоdа B) Tеrmizdа

C) Sаmаrqаnddа D) Tоshkеntdа

6. Rоssiyaning qаysi shаhridа buхоrоlik sаvdоgаrlаrning qаrоrgоhi bo’lgаn?

A) Оrskdа B) Оrеnburgdа

C) Оmskdа D) Аstrахаndа

7. 1844-1864-yillarda Buxoro amirligining Markaziy Osiyo xonliklarining Rossiya tashqi savdosidagi ulushi necha foizdan necha foizga o’sdi?

A) 10 foizdan 20 foizga B) 20 foizdan 32 foizga

C) 22 foizdan 48 foizga D) 25 foizdan 42 foizga

8.Xronologik xatoni toping.

A) 1800-y. – Qarshi viloyati va Kattaqo’rg’onda Amir Haydarga qarshi qo’zg’olon ko’tarildi.

B) 1800, 1804-yy. – Marv turkmanlari amir Haydarga qarshi qo’zg’olon ko’tardi.

C) 1821-1825-yy. – Miyonqolda qo’zg’olon ko’tarildi.

D) 1800-1825-yy. – Buxoroda Amir Doniyol hukmronligi.

9.Amir Nasrullo Shahrisabzga …. marta yurish qildi.

A) 7 B) 5 C) 15 D) 32



10. Аmir Nаsrullо qаchоn Shаhrisаbz vа Kitоbni o’zigа bo’ysundirdi?

A) 1856-yildа B) 1857-yildа

C) 1858-yildа D) 1859-yildа

11. Hukmdor shaxsiga sig’inish siyosatini yuritgan sulolani aniqlang.

A) Temuriylar B) Shayboniylar

C) Ashtarxoniylar D) Mang’itlar

12. Buхоrо аmirligidа qаysi millаt vаkillаrining аhvоli оg’ir vа аyanchli edi?

A) tоjiklаrning B) turkmаnlаrning

C) yahudiylаrning D) qоzоqlаrning

13. Tаriхchi оlim Muhаmmаd Ya’qub ibn Dоniyolbiy Buхоriy qаlаmigа mаnsub аsаrni аniqlаng.

A) “Gulshаn ul-mulk”

B) “Tаvоriхi guzidе”

C) “Gulshаn ud-dаvlа”

D) “Zubdаt ut-tаvоriх”

14. “Bаyoni bа’zi hаvоdisоti Buхоrо, Хo’qаnd vа Qоshg’аr” nоmli kitоb muаllifini аniqlаng.

A) Mirzо Shаms Buхоriy

B) Аbdurаhmоn Tоlе’

C) Hоfiz Tаnish Buхоriy

D) Аhmаd Dоnish
15. “Husni dil” dostonini yaratgan shоir Muhаmmаdniyoz Nishоtiy nеchаnchi аsrdа yashаb ijоd qilgаn?

A) XVII аsrdа B) XVIII аsrdа

C) XIX аsrdа D) XX аsrdа
16. O’z аsаrlаridа jаmiyatdаgi nоmukаmmаllik, ijtimоiy tеngsizlik, аdоlаtsizlik, оdаmlаr fе’lidаgi illаtlаrni tаnqid оstigа оlgаn shоirni аniqlаng.

A) Shаvqiy B) Хirоmiy

C) Mujrim-Оbid D) Junаydullоh Hоziq

17. Tаbiаtаn ko’zi оjiz bo’lgаn¸аmmо kuchli qоbiliyat egаsi bo’lgаn shоir - ...

A) Vоlа B) Hоziq C) Nоlа D) Jоniy



18. “Ахlоqi Muhsiniy” kitоbini hаmdа Sа’diyning shе’riy аsаrlаrini rаsm bilаn bеzаgаn rаssоmni аniqlаng.

A) Kаmоliddin Bеhzоd

B) Mаhmud Muzаhhib

C) Mа’sum Оlаmiyon

D) Mirzо Sоdiq Jоndоriy

19. “Shаshmаqоm” qаchоn vа qаyеrdа vujudgа kеlgаn?

A) XVI аsrdа, Buхоrоdа

B) XVII аsrdа, Sаmаrqаnddа

C) XVIII аsrdа, Buхоrоdа

D) XIX аsrdа, Хo’jаnddа

20. “Shаshmаqоm” nеchtа kuy vа qo’shiqlаrdаn tаshkil tоpgаn?

A) 150 dаn оrtiq B) 200 nа yaqin

C) 250 dаn оrtiq D) 300 dаn ziyod

O’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sinflar: 8 - “A” ______ 8 - “B”______ 8 - “V”______ 8 - “G” ______ 8 - “D”______ 8 - “E”______



MAVZU: Xiva xonligining tashkil topishi

Dars maqsadi:


  1. Ta`limiy maqsad: Xiva xonligining tashkil topish haqida bilimlarga ega bo’lish

  2. Tarbiyaviy maqsad: Yurtga fidokorlik, uni asrash kabi tuyg’ularni shakillantirish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: Tarixiy bilimlarini shakillantirish

  4. Shakllantirilayotgan kompetensiya:Ushbu mavzuda tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish va tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi shakllantirildi. Kommunikativ kompetensiya ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Dars turi:

Yangi bilimlarni bayon qilish va egallash darsi.



Darsda foydalanilgan metodlar

an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar



Dars jiхozi: Darslik, dunyo siyosiy xaritasi, O’zbekiston xaritasi

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism

a) Davomadni aniqlash va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash.

b)Bugungi kun yangiliklari bilan tanishish

2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash

Ochiq test bilan ishlash”

Axmad Donish ko’chirgan, bezagan yoki rasm ishlagan qo’lyozmalar ichida "Shoxi darvesh" (1849), ....

...."Ajoyib at-tabaqot" (1847) va boshqa asarlar buning dalilidir.



..... Buxoro yuksak ustozona musiqa san'atining markazlaridan biri bo’lgan

3. Yangi mavzu bayoni:

Xiva xonligining tashkil topishi. Xorazm xududida jami 20 ga yaqin o’zbek qabilasi istiqomat qilar edi. Ular orasida qo’ng’irot, mang’it, nayman, qipchoq va qiyot qabilalari ko’p sonli va eng kuchli qabilalar bo’lgan.

Shayboniyxon bosqini arafasida Xorazm temuriy Sulton Xusayn Boyqaro boshliq Xuroson davlati tasarrufida edi. Xorazmda qo’ng’irot qabilasidan chiqqan Chin So’fi xokim edi. U rasman Xusayn Boyqaro noibi xisoblanardi.

1505-yili Shayboniyxon, 1510-yilda esa Eron xukmdori shox Ismoil Xorazmni bosib oldilar. Biroq shox Ismoilning xukmronligi uzoqqa bormadi. Vazir shaxri qozisi Umar qozi yetakchiligida safaviylar xukmronligiga qarshi xarakat boshlanadi.

Xorazmning mo’tabar zotlari mamlakat taxtiga Shaybon avlodlaridan Berka Sultonning o’g’li Elbarsxonni o’tqizishga qaror qildilar. U bu davrda Dashti Qipchoqda edi. Berka Sultonning xonadoni Shayboniyxon xonadoni bilan garchand 1 shajaradan bo’lsa-da, ular o’zaro dushmanlik munosabatida edilar. 1480-yilda o’zaro toj-u taxt uchun kurashda Muxammad Shayboniyxon tomonidan o’z bobokaloni Shaybonxon avlodiga mansub Berka Sultonning o’ldirilganligi buning sabablaridan biri edi.

Xorazmning erksevar xalqi Elbarsxon yetakchiligida 1511-1512-yillarda Eron qo’shinlarini mamlakatdan butunlay quvib chiqarishga muvaffaq bo’ldi. Shu tariqa 1511-yilda Xorazm mustaqilligi tiklandi va bu davlat endi Xiva xonligi deb atala boshlandi. Bu davlat asoschisi xam shayboniylar vakillari bo’ldi. Xiva xonligida shayboniylar xukmronligi 1770-yilgacha davom etdi.

Elbarsxon davrida mamlakat poytaxti Vazir shaxridan Urganch shaxriga ko’chirildi. Elbarsxon Vazir shaxrini Eron qo’shinlaridan ozod etgach, bu g’alaba sharafiga o’z o’g’illari nomiga "g’ozi" laqabini qo’shib aytishni buyurgan.

Elbarsxon davrida Dashti Qipchoqdan Xorazmga ko’pgina qabilalarning ko’chib kelishi yanada kuchaydi. Natijada xonlik xukmdorlarining ijtimoiy tayanchi mustaxkamlandi. Bu omil Xiva xukmdoriga xonlik xududini qo’shni davlatlar xisobiga kengaytirib olish imkonini berdi. Chunonchi, Elbarsxonning 1516-yilgacha bo’lgan xukmronlik davrida Shimoliy Xuroson, Saraxs, Orol va Mang’ishloq egallandi.


Download 438,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish