"Tasdiqlayman" Toshkent Moliya instituti o’quv ishlari bo’yicha prorektor i f. d., prof



Download 3.09 Mb.
bet21/30
Sana12.01.2017
Hajmi3.09 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
2, - degan g’oyani ta’kidladi.

Prezidentimiz “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” nomli asarida odamzod uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk boylik bo’lib kelgan ma’naviyatimizning ma’no-mazmuni, uning inson va jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyati, bu murakkab va serqirra tushunchaning nazariy va amaliy tomonlarini har tomonlama qamrovli fikr va xulosalar orqali tahlil etgan.

Unda istiqlol yillarida yurtimizda milliy ma’naviyatimizni tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilgan ulkan ishlar, bu borada oldimizda turgan maqsad va vazifalar haqida atroflicha fikr yuritilgan.

Kitobda bugungi murakkab globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vijudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma’naviyatini asrash va yuksaltirish, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongini turli zararli g’oya va mafkuralar ta’siridan saqlash va himoya qilish masalalariga alohida e’tibor berilgan. Shuningdek, asarda ma’naviyat sohasidagi dolzarb muammolar va vazifalar teran taxlil etilib, xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmay yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarni safarbar qilish hamda bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etishi qayd qilingan.

Asarda er yuzida turfa millatlar, turli ellatlar, xalqlar, davlatlar bo’lgani kabi, insonlarning tabiati va xususiyatni ham turfa ekani, ularning bir-biridan farqli hayot tarzi, urf-odat va an’analari, madaniyati borligi va ularning barchasi rang-barang ma’naviyatlarni shakllantirishga xizmat qilishi hayotiy misollar orqali tarixlil etilgan. Bu dunyoda hayot bor ekan, turfa xil odamlar, ularning ongu tafakkuridagi o’zaro tafovut va ziddiyatlar saqlanib qolaverishi, turli dunyoqarashlar, oqim va yo’nalishlar mavjudligini tabiiy bir hol deb qabul qilish zarurligi atroflicha asoslab berilgan.

Muallif ma’naviyatini shakllantiradigan asosiy mezon bo’lgan ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklarning o’rni va ahamiyati, inson va jamiyat taraqqiyoti uchun muhim omil hisoblangan ma’naviy va moddiy hayot mushtarkligi, aynan ushbu tamoyillar bir-birini inkor etmasligi, aksincha, bir-birini to’ldirishi hamda mamlakatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyotning mustahkam garovi bo’lib xizmat qilishini asoslab bergan.

Asarda ma’naviyatning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyati, bu borada asrlar davomida qizg’in baxs-munozaralarga sabab bo’lib kelayotgan muhim masalalar, masalan, odamlarning kundalik hayoti va faoliyatidagi moddiy hamda ma’naviy asoslar bir-biriga nisbatan qanday o’rin tutishi, ularning o’ziga xos xususiyatlari alohida o’rganilgan. Milliy g’oya va ma’naviyat, mafkuraviy jarayonlar va ma’naviy hayot o’rtasidagi dialektik bog’liqlik, o’zaro hamohanglik, davlat va jamiyatning oliy maqsadi xalqning, insonlarning har tomonlama farovon hayot kechirishdan iborat ekani bilan bog’liq dolzarb vazifalar taxlil qilingan.

Ayni paytda kitobda mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat poydevorini barpo etishda erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish masalasi g’oyat dolzarb ahamiyatga ega ekani, globallashuv jarayoni, uning mazmun-mohiyati, ijobiy va salbiy jihatlari fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya bilan kurashishning ahamiyati, hozirgi dunyoning geopolitik, iqtisodiy-ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidagi o’zgarishlar har tomonlama taxlil etilgan.

Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan milliy-ma’naviy tiklanishning ilmiy-nazariy kontseptsiyasining amaliy ahamiyati shundaki, u bugun milliy va jahon ma’naviyati taraqqiyoti ehtiyojlarini o’zida to’la ifoda ettirgan bu g’oyada milliylik va umuminsoniy ma’naviyati uyg’un holda asoslangan. Shuning uchun ham mustaqillik yillarida milliy-ma’naviy tiklanishimiz barqaror jarayon sifatida namoyon bo’lib kelmoqda. Bu o’z navbatida Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan milliy- ma’naviy tiklanish kontseptsiyasining hayotililigini tasdiqladi.
Islom Karimovning ma’naviyat tushunchasiga ta’rifi, uning nazariy va metodologik ahamiyati
Ma’naviyatning inson va millat kamolotidagi hamda jamiyat taraqqiyotidagi o’rnini aniq bilib olish hamda shu asosda uni rivojlantirish, uning mohiyati, mazmunini ilmiy tahlil qilishni taqozo etadi. Chunki, ma’naviyatning mohiyati va mazmunini bilib olmasdan turib, uning inson, millat, xalq va jamiyatga ko’rsatadigan ta’sir imkoniyatlarini ham aniq tasavvur etib bo’lmaydi.

Ma’naviyatni shaxs, millat, davlat va jamiyatning qudratli kuchi sifatida hamda shaklan va mazmunan uyg’un holatda o’rganish faqat mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyingina boshlandi.



Uni bu shaklda o’rganish esa hech mubolag’asiz aytish mumkinki, mustaqillik sharoitidan milliy tafakkur taraqqiyotimizda yangi yo’nalishdir. Bu yo’nalishining paydo bo’lishini va uning kontseptual g’oyalarini nazariy jihatdan ishlab chiqish Prezidentimiz Islom Karimov nomi bilan bog’liqdir. Uning - asarlari, risolalari, ma’ruzalarida ma’naviyat tushunchasi mohiyati ochib berilgan. Bu ma’naviyatni mustaqil omil sifatida o’rganish uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi. Chunki har qanday ilgari surilayotgan g’oyalarning mohiyati ochib berilmas ekan, uning jamiyat taraqqiyotida millat va shaxs kamolotidagi rolini belgilash mumkin bo’lmaydi.

Prezidentimiz milliy taraqqiyotimizning dasturi darajasiga aylangan “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li”dayoq ma’naviyatning inson hayotidagi ahamiyatini ochib berib, shunday yozgan edi: “Ma’naviyat insonga havodek, suvdek zarur. Sahrodagi sayyoh har doim buloqdan chanqog’ini bosadi. Xuddi shuningdek, inson ham necha-necha azoblar va qiyinchilik bilan ma’naviyat chashmasini izlaydi”1

Mamlakatimizda o’tkazilayotgan islohotlar va uning vazifalarini belgilab berishda Prezidentimiz yana ma’naviyatni rivojlantirish masalasiga qaytib shunday yozadi: “Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohatlar –o’z yo’liga. Ularni hal qilish mumkin. Xalqning ta’minotini ammo, ma’naviy ham amallab turish mumkin. Islohotlar- qullik, mu’telik iskanchasidan ozod bo’lish, qaddini baland tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, ularga voris bo’lish-bundan og’irroq va bundan sharafliroq vazifa yo’q, bu dunyoda”2. Yani bu erda Prezidentimiz o’tkazilayotgang islohatlarnign asosiy tomonini milliy-ma’naviy tiklanish tashkil qilishni ta’kidlamoqda. Ularning bu g’oyalariga muvofiq qullik, mu’telik iskanjasidan ozod bo’lgan, o’zinign kimligini anglagan, millatining o’zligini tarannum etgan insongina mamlakatning taraqqiyotiga o’z hissasini qo’yish mumkin.

Prezidentimiz ma’naviyat tushunchasi mazmunini ochib berar ekan: “Er, oila, ota-ona, bolalar, qarindosh-urug’lar, qo’ni-qo’shnilar, xalq, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik –ma’naviyatning ma’nosi ana shunday keng”3 deb ta’kidlaydi.

Ma’naviyat o’z-o’zidan shakllanadigan narsa emas, u avvalo har bir insonning ichki ma’naviy salohiyatini shakllantirish yo’lida barcha moddiy va ma’naviy boyliklarini o’zlashtirish, Vatan va millat manfaatlari yo’lida halol fidoilik bilan mehnat qilish jarayonida shakllanadi. Shu ma’noda ham Prezidentimiz “Ma’naviyat- taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan, aql va qo’l bilan mehnat qilishi kerak”4ligini ta’kidlaydi.

Prezidentimiz asarlarini qunt bilan o’rganib borar ekansiz, ularda oldingi asarlarda ilgari surilgan g’oyalar keyingilarida ijodiy rivojlantirilgan, mazmunan va mohiyatan boyitilganligini ko’ramiz. Eng asosiysi shundaki, ana shu boyitilgan jarayonida jamiyat va millatimiz taraqqiyotida sodir bo’lgan ijobiy o’zgarishlar bilan bir qatorda yuzaga kelgan yangi muammolarni hal etishning nazariy asoslari o’z ifodasini topgan. Jumladan, u Oliy Majlisining XIV sessiyasidagi “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” ma’ruzasida ma’naviyat tushunchasiga qo’yidagi fundamental ta’rifni beradi. “Ma’naviyat... insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg’otadigan qudratli boyitish kuch… ”1dir.

Bu tarif o’zining mazmuni va mohiyati bilan ma’naviyat tushunchasini o’zida to’la aks ettirilgan. Unda insonning ichki ruhiy olamini ifodalovchi barcha komponentlar o’z ifodasini topgan va uning inson barkamolligini ta’minlashdagi katta kuch ekanligi belgilab berilgan. Shu munosabat bilan ma’naviyatimizning jamiyatini rivojlantirishidagi roli haqida Prezidentimiz tomonidan keltirilgan quyidagi fikrlarining mohiyatini tushuntirib olib, uni bevosita har birimiz o’zimizning kundalik vazifamizga aylantirishimiz, millatimiz va mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlash uchun muhim amaliy ahamiyatga egadir. “Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning barcha sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi, avvalo xalq ma’naviyatining tiklanishi, tarixiy merosimizning keng o’rganilishi, an’analarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog’liqdir.2

Haqiqatdan ham ma’naviy qashshoqlik bilan hech qachon millat iqtisodiy va ijtimoiy siyosiy taraqqiyotga erisha olmaydi. Ma’naviyat har qanday taraqqiyot uchun manba bo’lib xizmat qiladi. Chunki ma’naviyat qancha yuksak bo’lsa, qilinadigan ishlarning samaradorligini va unumi ham shu darajada yuksak bo’ldi. Ma’naviyat orqali inson va millat qilinayotgan ishlarning mazmuni va mohiyatini aniq tushunib etadi, o’z mehnatini quvonch hamda taraqqiyot olamiga aylantirishga erishadi.

Shu zrinda ham Prezidentimiz ma’naviyatni isloh qilishni birinchi darajali vazifa sifatida kun tartibiga qo’ymoqda.

Prezidentimiz ma’naviyatning mohiyatini ochib berish bilan bir



vaqtda bu sohada amalga oshirishi kerak bo’lgan islohotlarning strategik yo’nalishlarini ham belgilab beradi. Shu jumladan u “Flodokor”, gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida quyidagilarni ta’kidlaydi: “… avvalambor yoshlarimizning imon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mustaqil fikriga ega bo’lgan barkamol insonlar qilib tarbiyalash, ularning tafakkurida o’zligini unutmaslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatlarini qaror toptirish, ularning, men o’zbek farzandiman, deb g’urur va iftixor bilan yashashga erishishdir”1

Mustaqillik yillarida Prezidentimiz tomonidan ana shu qo’yilgan vazifalarning amalga oshirilayotganligi milliy-ma’naviy rivojlanish borasida katta muvoffaqiyatlarni qo’lga kiritishimiz uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Bu erda shuni alohida ta’kidlash lozim bo’ladiki, erishilgan yutuqlar Prezidentimiz ishlab chiqqan milliy-ma’naviy tiklanish kotseptsiyasi bugungi davr uchun yana ham katta amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Chunki taraqqiyotimizning bugungi bosqichi ma’naviyatni rivojlantirishga bo’lgan ehtiyojini yana ham oshirib bormoqda. Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan milliy-ma’naviy tiklanish kontseptsiyasining juda katta nazariy va metodologik ahamiyatga ega ekanligini alohida takidlash lozim. Ularning ahamiyati quyidagilardan iborat:

Birinchidan, bu kontseptsiya sobiq sho’rolarning totalitar tuzumi sharoitida boy milliy-ma’naviy madaniyatimizning inqirozga yuz tutganligini va uning sabablarini tushunishga.

Ikkinchidan, sobiq sho’rolarning o’tkazgan zo’ravonligi, zulmi va jinoyatkorona hatti-harakatlariga qaramasdan milliy-ma’naviy merosimizning ildizlari mustahkam bo’lganligi uchun bu zo’rovonliklarga bardosh berib, o’z salohiyati va xususiyatlarini saqlab qolganligini tushunib etishga, xuddi shuningdek, ana shu omil mustaqilligimiz sharoitida kuch, qudrat, milliy g’urur va iftixor tuyg’ularimiz uchun manba bo’layotganligini tushunib etishga;

Uchichidan, har bir millat, u son jihatdan kichikmi yoki kattami undan qat’iy nazar mustaqillik ularning har biri uchun havo va suvdek zarur ekanligini, faqat mustaqillik millatni milliy-ma’naviyatni saqlab qolishga, uni rivojlantirishga va keyingi avlodga etkazish baxtiga muyassar etadigan asosiy omil ekanligini tushunishiga, bu esa har bir millatdoshimiz va vatandoshimizning mustaqillikdek ulug’ ne’matni saqlab qolishi uchun fidoiylik ko’rsatishi ma’naviyatning yuksak belgisi ekanligini qalban his etishga imkon berishga;

To’rtinchidan, milliy-ma’naviy tiklanishning mohiyatini, “ma’naviyat” tushunchasi, uning shaxs, millat kamoloti, davlat va jamiyat taraqqiyotidagi o’rnini belgilab olishga, uni rivojlantirish uchun merosimizni chuqur o’zlashtirish, tinmay izlanish, ma’rifat, fan, texnika va texnologiya yutuqlarini sabot bilan o’zlashtirish hamda Prezidentimizning bugungi taraqqiyotimizni ta’minlaydigan “kuch-bilim va tafakkurda”-degan ilmiy va amaliy ahamiyatiga ega bo’lgan kontseptual g’oyasiga izchillik bilan amal qilishimizga;

Beshinchidan, milliy mustaqilligimizni mustahkamlash va islohotlarni amalga oshirish jarayonida milliy-ma’naviy tiklanishimiz oldida turgan vazifalar qo’lamini bilib olishga va uni amalga oshirishda umummilliy safarbarlik harakatini avj oldirishda fidoiylik ko’rsatish zarurligini anglashimizga;

Oltinchidan, talaba-yoshlarning milliy-ma’naviy tiklanish borasida ular oldida turgan vazifalarni bilib olishga, milliy g’urur, iftixor fidoiylik, vatanparvarlik, insoniylik kabi oliyjanob vazifalarni shakllantirish-mustaqilligimizni mustahkamlash va taraqqiyotimizning asosiy sharti ekanligini tushinib etishimizga;

Ettinchidan, milliy istiqlol g’oyasining ma’no va mazmunini chuqur anglashimizga, mustaqillikni mustahkamlash jarayonida ma’naviy yangilanishimiz borasidagi strategik vazifalarimizning asosiy yo’nalishlarini va ko’lamini chuqur bilib olishimiz hamda ularni amalga oshirishda fidoiylik ko’rsatishimizning ahamiyatini tushunib etishimiz zarurligi kabilardir.

Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan milliy-ma’naviy tiklanishi kontseptsiyasining ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati faqat yuqorida ko’rsatilganlar bilan chegaralanmaydi. Uning xalqaro ahamiyati ham nihoyatda kattadir. Bunda qo’yilgan har bir qadam bugungi kunda totalitarizmdan qutilib, demokratik jamiyatni qurish tomon borayotgan bir qator mamlakatlarda ham milliy-ma’naviy tiklanish uchun katta amaliy ahamiyatga molikdir.


Miliy ma’naviyatning tiklanishi va rivojlanishida

Islom Karimovning xizmatlari


O’zbek xalqi salkam bir yarim asr mustamlakachilik zulmi ostida azob tortdi. Buning ikki asosiy sababi bor. Mustamlakachilar Vatanimizga tasodifiy bostirib kelmagan, aslo.

Birinchi sabab xonliklar saltanati bosqichi davlatlar kuz o’ngida ichki nizolar tufayli tobora zaiflashib bordi. Buni diqqat bilan kuzatib borayotgan Chor Rossiyasi aynan ular o’rtasida nizo, nifoq urug’larini sochib, bu siyosatni o’ta maxorat tarzda amalga oshirib bordi.

Xonliklardagi siyosiy arboblar tashqi siyosat masalalari, davlat xavfsizligini ta’minlash, jahon siyosatining yo’nalishi Turkiston sari burilayotganligiga, shu bilan ertami – yoxud indin bu siyosat bosqinchilik urushiga o’z o’rnini bo’shatib berishini siyosiy ziyraklik, mantiq kuchi bilan anglashdek mas’ulyatdan uzoqlashgan edilar.

Turkistonga ofat buluti bo’lib yog’ilgan bosqin uchun Vatanni, davlatni katta janglarga tayyorlay olmagan hukumdorlar bu siyosiy xatolar, qondosh, dindosh va millatdosh bo’lib, o’zaro til topisha olmaganliklari uchun tarix oldida javobgardirlar.

Ularning mana shu xatolari bois millatning bir yarim asr g’ururi toptalib, milliy qadriyatlari ayoq osti qilinib, millatning mardu maydon baxodirlari yo’q qilindi, millat uchun g’am chekkan ma’rifat egalari qati etildi yoki o’zga yurtlarga umrbod surgin qilindi. Birinchi sabab shu tariqa ikkinchi sababga yo’l ochib berar ekan, bosqinchilar Turkistonning xo’jayini bo’ldilar. Boshqaruvning to’laqonli zo’rlik va qonli jabr-zulm usuli joriy qilindi. Mustamlakachilik tizimining asosiy xususiyati va shiori adolatsizlik, bo’ysinuvchi xalqlarni xoru zorlik batqog’iga uloqtirish edi. Notovon ahvolga tushgan xalqning holini tasavvur qilmoqchi bo’lgan inson moziyga boqsin, buyuklaridan ajralgan, tarixiy ildizlari qirqilgan, milliy ma’naviyati qaqshatilgan, misli qurib borayotgan daraxt tusiga kirayotgan olomonsifat xalq xotirasiga duoiy takbir ayta olmagan, qo’li qullik kishaniga bog’langan.

G’oddor tuzum Yassaviy, at-Termiziy, Najmiddin Kubro, Abu Mansur tufayli nomlari taqiq ro’yxatiga tushgan ulug’larimiz: Imom Buxoriy, Xoja Axmad Maturdiy, al-Marg’inoniy. Bahouddin Naqshband va yana ancha aziz avliyolar tafakkuri hosilasi bo’lgan ma’naviy xazinamizning haqiqiy merosxo’rlaridan bebaxra qilindi. Alpomish, Jamoliddin Manguberdi, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Mirzo Boburlarning Vatan, El-yurt uchun tortgan bahodirlik na’ralari mustabid tuzum siyosatdonlariga ahamiyatsiz edigina emas, balki kommunistik mafkuraning zaniflashuvini kuchaytiruvchi jangovor vosita, avlodlarni erk va ozodlik uchun kurashga chorlovchi hayqiriq, millatni uyg’otuvchi aks sado edi.

Xalqimizning ma’naviy-axloqiy merosi, buyuk tarbiya vositasi-Qur’oni Karim va xadisi Shariflar bilan xalqimiz o’rtasida tikanli maydon hosil qilish va bu maydon kommunistik mafkuraning xudosizlikka asoslangan devori bilan tusildi. Xudosizlik ruhida tarbiyalangan qalbning insoniylik harorati yo’lolib, yovvoiylik hislari shakillanadi, botiniylik o’la boradi. Sovet davlati islomiy iymon-e’tiqod bo’log’i, axloqi bark urgan ne-ne ulug’ allomalarni etishtirgan vatanimiz xududini mafkuraviy eksperiment, ya’ni, tajriba maydoniga aylantirib, ushbu zaminni kommunistik tuzumning xudosizlik muhiti hukmron bo’lgan changalzor maydoniga aylantirmoqchi bo’ldilar. Bu mudhishlikni sezib qolgan millatimiz faxrlari Munovvarqori, Behbudiy, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Chulpon, Usmon Nosir kabi vatanparvar zotlarimizga dindor, millatchi tamg’asi bosilib, qatlga jo’natildi. Bunday adolatsizlik, qonunsizlik, zo’ravonliklarning cheki bo’lmagan, aksincha esa uning ijodkori bo’lgan tuzum millatni ham, uning milliy-ma’naviy hayotini ham shafqatsiz davlat terroriga mubtalo qildi. Ularning bu qabohatlaridan dunyo larzaga keldi. Mustamlakachi tuzumni tarix va zamon rad qildi. Uning xarobalari o’rnida miliy ozodlik va milliy tiklanish bayrog’i ko’tarildi.

Yurtboshimiz zimmasiga og’ir va haddan tashqari murakkab vazifalar tushdi. Iqtisodiy va siyosiy tanazzul botqog’iga uzoq mustamlakachilik siyosati tufayli botirilgan, ma’naviyati emirilgan xalqni, Vatanni ozod va farovonlik kengliklariga olib chiqish, milliy tiklanishga etakchilik qilish, demokratiyaga asoslangan davlat qurish, uni chuqur islohot va yangilanish jarayoniga tortish kabi ulug’vor ishlarga yo’lboshchilik qilish yaratganning nazari tushgan davlat arbobigagina nasib etadi.

Faqat mustaqillikni qo’lga olishimiz sharofati tufayligina ma’naviy merosimizni, ko’hna va navqiron tariximizni o’rganish, jahon tsivilizatsiyasidagi munosib o’rnimizni tiklash va demokratik jamiyat qurishdek baxtga musharraf bo’ldik.

Mustaqillikni qo’lga kiritishimizdan keyingi yillar ichida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosat va ma’naviy sohalarda katta muvaffaqiyatlar qo’lga kiritildi. Mamlakatimizda siyosiy barqarorlik vujudga keltirildi, bozor munosabatlariga o’tib, milliy-ma’naviy poklanish va tiklanishimizning murakkab vazifalarini vazminlik bilan amalga oshirmoqdamiz.

Prezidentimizning milliy-ma’naviy tiklanishimiz borasida qilgan xizmatlar haqida fikr yurtganda ularning kontseptual g’oyalarni ishlab chiqish bilan bir qatorda ana shularni amalga oshirish borasida qilayotgan katta xizmatlari haqida alohida ta’kidlash lozim bo’ladi. Jumladan, 1994 yildayoq Respublikamizda “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazini tuzish to’g’risida farmon chiqarganlari, ularning faoliyatini takomillashtirish haqida g’amxo’rlik ko’rsatayotganliklarini aytish joiz. Mustaqillik yillarida ma’naviy merosimiz rahnomalari nomlari tiklandi, ular tavallud topgan kunlar nishonlanmoqda, asarlari chop etildi. Chunonchi, Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi, Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi keng nishonlandi. 1998 yilda imom al-Buxoriy hazratlarining 1225 yilligi. Axmad al-Farg’oniyning 1200 yilligi nishonlanishida bosh-qosh o’lganliklarini ta’kidlash lozim.

Mustaqillik yillari Qur’oni Karim o’zbek tiliga tarjima qilinib, ko’p nusxada chop etildi. Imom al-Buxoriyning turli jildlik hadisalari, Xoja Axmad Yassaviyning “Hikmatlar” to’plami, ko’plab Qur’oni Karim shaxslariga oid kitoblar chop etilganligini va ulardan xalqimiz baxramand bo’layotganliginign guvohi bo’lib turibmiz.

Mustaqillik yillari Iydi Ramazon va Qurbon hayit kunlari diniy qadriyatlarimizning bayrami sifatida xalqimiz hayotidan mustahkam o’rin oldi. Har yili 3000 dan ortiq Vatandoshlarimiz muborak xaj safarlarini ado etmoqdalar. Mustaqillik yillari ko’plab masjid va madrasalar ta’mirlandi.

Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Bobur Mirzolarning nomi qayta tiklandi. Amir Temur tavalludining 660 yilligi, Mirzo Ulug’bekning esa 600 yilligi keng nishonlandi va shu munosabat bilan yurtimizda beqiyos ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshirildi.

Mustaqillik tufayli milliy istiqlolimiz kurashchilari Munovvarqori, Behbudiy, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Usmon Nosir va boshqalarning nomlari tiklandi, asarlari chop etildi. Ularning tavallud topgan kunlar umummilliy bayram sifatida nishonlanadi.

Qatag’on yillarida millatimiz mustaqilligini ta’minlash yo’lida qurbon bo’lgan xalqimizning ana shu sevikli farzandlarining muborak nomlarini abadiylashtirish maqsadida Vatanimiz poytaxti Toshkent shahrida Shaxidlar xiyoboni barpo etildi. Bu o’zlikning anglashning tarix bilan uyg’ongan millat tarjimasi holining mustaqillik ko’zgusida namoyon bo’lishining bir qarrasidir.

Uzoq va boy tariximiz hamda madaniyatimiz, shuningdek ma’naviyatimizning ildizi qadim moziy qa’riga borib taqalishidan guvohlik beruvchi Xiva va Buxoro shaharlarining 2500 yillik to’yining o’tkazilishi Jahon shaxarsozlik madaniyati tarixining ibtidosi sifatida ham e’tirof etilgan edi. 2002 yilda Termiz shahrining 2500 - 2006 yilda Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 Qarshi shahrining 2700 , Samarqand shahrining 2750, Marg’ilon shahrining 2000 va Toshkent shaxrining 2200 yilligi to’ylarining jahon miqyosida nishonlashi ma’naviyatimiz tomirlari naqadar baquvvatligining dalillaridir. Avestoning 3 ming yillikka yaqinlashgan yoshi tsivilizatsiya ufqlarimiz moziy tongida bo’y ko’rsatganligidan dalolat.

O’zbek tilining davlat tiliga aylanishi borasida bir qator ijobiy ishlar amalga Oshirildi. Jumladan davlat idoralarida ish yuritish, shaxarlarda ko’chalar va joylarning nomlanishida tarixiy haqiqat tiklanmoqda. Ma’naviy merosimiz sanalgan ko’plab asarlar o’zbek tiliga tarjima etilmoqda. Mustaqillik yillari biz uchun o’zbek tilining xalq va davlat hayotidagi asosiy ahamiyati va o’rnini tiklash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Shu tariqa millatning, davlatimizning qadr-qimmati mustahkamlandi. Maktablar va oliy o’quv yurtlarida o’zbek tilini rusiyzabon yoshlarining o’rganishi uchun ham katta imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Mustaqillik yillari ma’naviyatimizning muhim bug’ini hisoblangan ta’lim va tarbiya tizimiga milliy ruh bag’ishlashda bir qator ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, Prezidentimizning tashabbusi, bevosita rahbarligi ostida “Ta’lim to’g’risida” Qonun va “Qadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi milliy ma’naviyatimizning yuksalishida, mamlakatimizning kelajakda rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o’rin egallashi, millatimizning obro’-e’tiborining oshib borishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.

Bugungi kunda mamlakatimizning eng iqtidorli yoshlari rivojlangan xorijiy mamlakatlarning oliy o’quv yurtlarida ta’lim olmoqda. Maxalla, “Kamolot”, “Sog’lom avlod uchun”, Nuroniy, “Ulug’bek”, “Umid”, “Ustoz” kabi jamg’armalar ham Prezidentimiz tashabbusi bilan vujudga keldi. Ular bugungi kunda ta’lim, tarbiya va milliy ma’naviyatimizni rivojlantirish ishlariga katta yordam bermoqda. Eng muhimi bugungi kunda mustaqilligimiz ta’minlandi, millatimiz qadrini, g’ururini, or-nomusini, milliy-ma’naviy merosimizni tiklash borasidagi harakatimiz Prezidentimiz rahnamoligida haqiqatga aylandi. Bu muvaffaqiyatlarimiz o’tmishda faqat orzu edi, xolos. Qilingan ishlar, ma’naviy merosimizni o’zlashtirish, milliy o’zligimizni anglash va boshqa ko’plab ma’naviy hayotimizda sodir etilgan o’zgarishlar mustaqilligimizning mevasi hisoblanadi.



Shuning bilan bir qatorda milliy-ma’naviy tiklanish borasida qo’lami jihatdan juda katta vazifalar turibdi. Biz millatimiz tarixi va merosini chuqur o’rganishimiz lozim bo’ladi. Zero, Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, “biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati –orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz”1

Yuqorida keltirilgan yutuqlarni qo’lga kiritishimiz adolatli ravishda Prezidentimiz nomi bilan bog’laydi.

Milliy – ma’naviy tiklanishimiz borasida Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilgan muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ishlar quyidagi ilmiy jihatdan yangi nazariy kontseptsiya yaratganligida namoyon bo’ldi.

Ular: a) milliy-ma’naviy tiklanishimizning ilmiy-nazariy kontseptsiyasini ishlab chiqqanligi va istiqbolda ma’naviy taraqqiyotimizning xxi asrdagi vazifalarini belgilab berganligida;

b) milliy-ma’naviy tiklanishning mamlakatimizning totalitarizmdan demokratik jamiyatga o’tish sharoitidagi o’ziga xos xususiyatlarini ilmiy asoslab berganligida va uning faqat milliy, ijtimoiy-ma’naviy tafakkurimizda emas, shuning bilan birga umumijtimoiy-falsafiy tafakkur taraqqiyotida yangi yo’nalish boshlab berganligida ham namoyon bo’ldi.

Islom Karimov tomonidan amalga oshirilgan barcha ishlar xalqimizning qaddini ko’tarmoqda, o’zligini anglashga va mamlakatimizning rivojlanishiga xizmat qilmoqda, millatimiz abadiyligini mustahkamlamoqda.



Shuning uchun ham Prezidentimiz ishlab chiqqan kontseptual g’oyalarni chuqur o’zlashtirish va uni real hayotimizga tatbiq qilishda fidoiylik ko’rsatish, mamlakatimiz va xalqimiz taraqqiyotini ta’minlash katta amaliy ahamiyat kasb etmoqda.
Takrorlash uchun savollar:

  1. Milliy-ma’naviy deganda nimani tushunasiz?

  2. Islom Karimovning milliy-ma’naviy tiklanish kontseptsiyasini ishlab chiqqanligini nimalarda ko’rsatib bera olasiz?

  3. Islom Karimov tomonidan “ma’naviyat” tushunchasigi berilgan ta’rifning mohiyati nimadan iborat?

  4. Islom Karimov ishlab chiqqan milliy-ma’naviy tiklanish kontseptsiyasining qanday nazariy va amaliy ahamiyati bor?

  5. Mustaqillik yillarida milliy-ma’naviy tiklanishimizda Islom Karimovning xizmatlari nimalardan iborat?

  6. Nima uchun Islom Karimov ma’naviyatni rivojlantirishga ustuvor vazifa sifatida qaramoqda?

  7. Islom Karimov tomonidan O’zbekiston XXI asrda ma’naviyatni rivojlantirishning qanday vazifalari belgilab berildi?

  8. Milliy-ma’naviy tiklanish va ma’naviyatni rivojlantirishning mukammal g’oyalari Islom Karimovning qaysi asarlarida asoslab berilgan?

3-Mavzu. Milliy ma’naviyat nazariyasining shakllantirilishining umummetodologik asoslari


Reja:

  1. Milliy g`oya, mafkura va ma`naviy uyg`unlik.

  2. Milliy taraqqiyotning ma`naviy –axloqiy negizlari.

  3. Ijtimoiy fanlar metodologiyasi va milliy ma`naviy meros.

Adabiyotlar:



  1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Asarlar, 7-tom O’zbekiston, 1999.

  2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat. 2008.

  3. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Asarlar 7-tom O’zbekiston, 1999.

  4. I.Karimov. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xafsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Asarlar 6-jild. T. O`zbekiston 1998.

  5. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin: (I.Karimovning “Tafakkur” jurnali Bosh muxarrirning savollariga javoblari). Asarlar 7-jild, -T.: “O`zbekiston” 1999.

  6. Sharifxo’jaev M., Davronov Z. Ma’naviyat asoslari. T.: 2005.

  7. S.Otamurodov va boshqalar. “Ma`naviyat asoslari” T.: “Meros”, 2002.

1. Milliy g’oya, mafkura va ma’naviy uyg’unlik



Milliy g’oya - millatning etakchi maqsadi, “xalqni, millatni birlashtiruvchi, yo’lga boshlovchi bamisoli bir bayroq”. Bu maqsadning aniq ifodasini Prezident I.A.Karimov 2000 yil 8 iyundagi “Fidokor”gazetasi muxbiri bilan suhbatida shunday bayon qiladi:

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish va taraqqiyot siyosatining strategik maqsadi – huquqiy demokratik davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat.



Yurtimizda istiqomat qiluvchi barcha insonlar uchun millati, tili va dinidan qat’i nazar, munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi kafolatlanadigan turmush darajasi va erkinliklarni ta’minlash. Va shu asosda O’zbekistonning jahon hamjamiyatida, munosib o’rin egallashiga erishish”.

Buning uchun siyosat sohasida, iqtisodiy va ma’naviy yo’nalishlarda nimalar qilish lozim ekanligi to’g’risida ham o’sha suhbatda batafsil javoblar berilgan.

2008 yili nashr etilgan “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” nomli risolasining Mustaqillik – ma’naviy tiklanish va yuksalish”deb atalgan ikkinchi bobida Prezident Islom Karimov milliy g’oyaning yanada mukammal ta’rifini beradi:

Milliy g’oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o’tib, asrlar davomida e’zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz bo’lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid-maqsadlarini o’zimizga tasavvur qiladigan bo’lsak, o’ylaymanki, bunday keng ma’noli tushunchaning mazmun-mohiyatini ifoda qilgan bo’lamiz.”

Darhaqiqat, milliy g’oya 130 yillik asoratdan qutulib, mustaqillikning oydin yo’liga chiqib olgan, hayotida erkinlik sari tub o’zgarishlarni dadil amalga oshirayotgan millatning bosh maqsadi, intilishi. Uni Yurtboshimiz istiqlolning dastlabki yillaridayoq bir jumlada yorqin ifodalab bergan edi: “Mustaqillikning oliy maqsadi – o’zbek xalqining izzatini joyiga qo’yish” Bu - o’z izzati va qadrini bilgan millat o’zini ham xo’rlatib qo’ymaydi, o’zgalarning ham hurmatini joyiga qo’yadi, degani. O’zbek doim jahon sahnasida o’zining salmoqli mavqeiga ega bo’lib kelgan xalq. Jahon tarixini xolis varaqlagan odam bunga amin bo’ladi. Ayni shu sababdan elimiz bag’rikengligi bilan mashhur. Amu va Sir oralig’ida doimo turli elat, turli e’tiqod vakillari inoq-ittifoq yashab kelishgan. Agar urushgan bo’lsa, sulolalar urushgan, aka-ukalar taxt talashgan, xalqlar yoki millatlar emas. Ajdodlarimiz qo’shni xalqlar madaniyatiga, turmush tarziga e’tibor bilan qaragan, o’zlaridan meros qoldirgan o’lmas ma’naviy obidalarni turli tillarda yaratishgan. “O’z kuchiga ishongan xalqning bag’ri keng bo’ladi”, deydi Prezident.

Milliy mafkura millatning fikr maydoni, uning asriy orzulari, kelajak rejalarining munazzam bir ifodasidir. Ma’naviyatimiz an’analaridan kelib chiqib, tushunib etishimiz lozimki, biz ishlatadigan “mafkura” so’zi sovet davri targ’ibotchilarining tilidan tushmay kelgan “ideologiya” tushunchasining ayniy tarjimasi emas. Mafkura - fikr maydoni, uni xoh tor qolip qilib oling, xoh jahon tsivilizatsiyasi va milliy ma’naviyatimiz qadriyatlarini uyg’unlashtiruvchi keng tafakkur olami sifatida yondoshing. Albatta, har bir ijtimoiy toifaning, siyosiy harakatning, guruhning o’z mafkurasi bo’lishi mumkin. Bu tabiiy holat. Ammo millat mafkurasi uning tarkibiga kiruvchi barcha toifalar va guruhlarning maqsad yo’nalishi, tafakkuridagi eng umumiy tomonlarni birlashtiradi. Uning ahamiyati ham shunda. Elni Vatan manfaati birlashtiradi, degan qutlug’ ibora bor. Milliy istiqlol mafkurasi bizga el-yurtimiz, Vatanimiz oldidagi fuqarolik burchimizni teran anglab etishimizga yordam beradi, yosh avlodning har bir vakilini haqiqiy millat farzandi bo’lib ulg’ayishiga ko’maklashadi. Milliy istiqlol mafkurasi qonun moddasi kuchi bilan emas, ma’naviy kamolot orqali erishiladigan hidoyat yo’lidir.

Mustaqillikning ikkinchi yilida asosiy qonunimiz qabul qilindi. Uning ikkinchi bobi 12-moddasida “O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emas,“ deb yozib qo’yilgan. Etmish yil totalitarizm jabrini tortgan xalqimiz bu qoidaning qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini yaxshi tushunadi. “Uzoq va yaqin tarixdan yaxshi ma’lumki,- deb ta’kid etadi Prezident,- biron mamlakatda, biron davlatda yakkayu yagona g’oya yoki mafkura hukmronlik qilar ekan, bu jamiyat, bu davlat, albatta inqirozga yuz tutadi.” Chunki hayot doimo o’zgarishda, rivojlanishda. Inson tafakkuri, uning intilishlari, oldiga qo’ygan maqsadlari ham doimo o’zgarib, takomillashib boradi. Shu sababli unga harqanday g’oyaviy, mafkuraviy taziyq o’tkazishga urinish aks ta’sir ko’rsatishi, noxush oqibatlarga olib kelishi tabiiy. Qolaversa, jamiyatning rivojlanish jarayoni ham undagi etakchi tamoyillarning vaqti-vaqti bilan yangilanib, o’zgacha ma’no, o’zgacha tarkiblar hosil qilib turishini taqozo qiladi. Undagi ijtimoiy toifalarning mavqei va ahamiyati ham turli davrlarda turli holatda bo’ladi. Shunga muvofiq siyosiy kuchlar nisbati ham muayyan o’zgarishlarga uchrashi mumkin. Shunday ekan, hech qaysi mafkura, jumladan, xatto milliy mafkura ham hayotiy ehtiyojlardan uzoqlashib, qotib qolgan aqida holiga tushmasligi uchun “davlat mafkurasi maqomiga ko’tarilmasligi, aylanmasligi kerak”

Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizga xos bo’lgan eng muqaddas tuyg’u va tushunchalarning mujassam ifodasi bo’lishi kerak”,- deydi Prezident. Milliy mafkurani o’zlashtirish, bir tomondan, tafakkurimizning milliy ma’naviyatimiz ildizlaridan muntazam oziqlanib, quvvat olib turishi bilan bog’liq. Ikkinchi tomondan, jahon madaniyati samaralaridan bahramand bo’lmagan, zamon ruhini his qilmagan odam hech qachon milliy mafkuraning mohiyatini yaxshi anglab eta olmaydi. Chunki odam o’z qudratini to’g’ri belgilashi uchun maydonga chiqib, mardlar bilan kuch sinashi kerak. Shu ikki jihatning uyg’unligiga erishish milliy mafkurani har bir inson ruhida voqean shakllantirish bo’ladi. Asli milliy mafkura yo’q joydan sun’iy hosil qilinmaydi, allaqanday kabinetlarda o’tirib to’qib chiqarilmaydi. Bu haqiqatni Prezident O’zbekiston respublikasi Fanlar Akademiyasi umumiy yig’ilishida 1994 yil yozida so’zlagan nutqidayoq batafsil tushuntirib bergan edi. Unda islomiy qadriyatlar, ma’naviy meros, xususan, Sharq falsafasini teran o’rganish haqida so’zlab, Yurtboshimiz yaqin o’tmishdagi qaramlik mafkurasidan xalos bo’lish uchun “o’zimizning asrlar sinovidan o’tgan, ulug’ ajdodlarimiz bizga qoldirgan milliy mafkura va tafakkurimizni tiklash, uni zamonaviy umumbashariy ruh bilan boyitish vazifamiz” ekanligini ta’kidlagan edi.

Keyinchalik 2000 yil 6 aprelda Oqsaroy qarorgohidagi suhbat asnosida bu haqda mukammal ta’rif shakllandi. Prezident unda yuqoridagi fikrni batafsil ifodalab aytdiki, "milliy mafkuramiz xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga, bir so’z bilan aytganda, o’z milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning dunyoqarash va tafakkuriga asoslanib, shu bilan birga, zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yutuqlardan oziqlangan, ularni o’ziga qamrab olgan holda, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq manfaati, uning farovonligi yo’lida xizmat qilmog’i darkor.”

Milliy mafkuraning ma’naviyatga nisbati qanday? Bu nisbatni to’g’ri aniqlash uchun yana bir narsani e’tiborga olish lozim bo’ladi. Mustaqilligimizning uch asosiy jihati mavjud. Siyosiy mustaqillik, iqtisodiy mustaqillik, ma’naviy mustaqillik. Bularni bir-biridan judo qilib bo’lmaydi. Ammo har birining o’ziga xos masalalari ham bor. Biz ularni keyinroq yana batafsil ko’zdan kechiramiz. Hozircha ta’kidlash o’rinliki, siyosat, iqtisod va ma’naviyat sohalarida bizning bugungacha erishgan yutuqlarimiz darajasi barobar emas. Undan tashqari har bir sohaning mohiyatidan kelib chiqsak, milliylik unsurining salmog’ida ham farq bor. Demak, dunyo xalqlari tajribasidan biz o’rganishimiz, balki bevosita o’zlashtirishimiz kerak bo’lgan narsalar turli yo’nalishda turlicha miqyosda bo’lishi tabiiydir. Shunday ekan, milliy mafkuramiz tizimini faqat yoki asosan ma’naviy merosimizda mavjud qadriyatlarga bog’lab qo’yish voqelik talablariga to’liq javob berishi qiyin. Chunki mafkuramiz, ya’ni kelajak rejalarimizni belgilovchi va aniqlashtiruvchi maqsad yo’nalishlarimiz tizimida yuqorida sanab o’tilgan har uch yo’nalish: siyosat, iqtisod va ma’naviyat sohasiga oid muammolar barchasi o’zaro uyg’unlikda qamrab olinadi. Ma’naviyat shular ichida faqat bir yo’nalishdir. Albatta, juda muhim yo’nalish, asli ma’naviyat masalalarini echmay turib, na iqtisodiy, na siyosiy vazifalarimizni tugal hal qilib bo’lmaydi; ammo baribir uch yo’nalishning biri, xolos. Iqtisod yoki siyosat sohalaridagi dolzarb yumushlarni ham hech qachon, xalq ma’naviyatini talab darajasida yuksaltirib olib keyin amalga oshiramiz, deb orqaga tashlab bo’lmaydi. Bu sohalar bir-biri bilan oldin-keyin emas, bir paytning o’zida, teng rivojlantirilib boriladigan sohalardir.

Qaramlik davrida marksizm falsafasi totalitar tuzum imkoniyatlaridan foydalanib, yagona haqiqatga da’vo qilishi oqibatida uning metodologik asosi qilib olingan dialektika xususida ham bir taraflama tasavvurlar shakllandi. Sobiq “SSSR” hududida dialektikadan boshqa metodlar g’ayri ilmiy deb e’lon qilindi. Faylasuflarimiz Forobiydan ham «dialektika» topishdi, o’sha davrlarda. Asli bu erda atamalarni chalkashtirish bor, xolos. Qadim Yunon falsafasidan islom ilmiga o’tgan narsa – «ilmi jadal», shuning yunonchasi «dialektika» deyiladi. «Ilmi jadal» - bahs mantig’i, o’ziga xos ilmiy bahs yuritish metodologiyasi. U barcha fanlar uchun «yagona» metodologik zamin bo’la olmaydi.

Ammo metodologiya muammosi baribir ilmiy voqelikda mavjud, undan qutulib bo’lmaydi. 1999 yildan boshlab O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyotining iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy, ilmiy-falsafiy va ma’naviy asoslari bo’yicha nomzodlik va doktorlik ilmiy darajalari, dotsentlik va professorlik ilmiy unvonlariga da’vogarlar uchun maxsus imtihonlar kiritildi. Bu bejiz emas. Ma’lumki, ushbu fanning asosini Prezident I.A.Karimov asarlari tashkil etadi. Demak, Prezident asarlari mamlakatimiz miqyosida bugungi kun ijtimoiy fanlar sohasi uchun metodologik zamin bo’lib xizmat qilishi nazarda tutilmoqda. Bu to’g’rimi? Nihoyatda to’g’ri. Chunki O’zbekistonning milliy mustaqilligini I.A.Karimov e’lon qildi. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li kontsepsiyasini I.A.Karimov ishlab chiqdi.

Prezident I.A.Karimov asarlarida o’z aksini topgan g’oyalar va qarashlar bugungacha millatimiz va butun insoniyat bosib o’tgan taraqqiyot yo’llari tajribasini imkon va zarurat darajasida hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Demak, uning asarlarida taklif etilayotgan metodologik asoslar ham bugungacha bashariyat ilmi erishgan yutuqlarga begona emas. Shu bilan birga bizning yo’limiz muayyan darajada o’ziga xos ichki yaxlitlikka ega va biror-bir zamon va makonda ishlab chiqilgan metodologik asoslarning hech birini hech qanday o’zgarishsiz, taqlidiy shaklda bugungi bizdagi ijtimoiy ilmga bevosita poydevor qilib, ko’chirib olib kelib, o’rnatib bo’lmaydi. Qiyosiy tahlil uchun jalb etish boshqa narsa. Nega shunday? Chunki har bir millatning tarixi, ma’naviy qiyofasi, ustun qadriyatlar tizimi betakrordir. Alloh shunday yaratgan.

Mustaqillikning dastlabki yillarida Prezident O’zbekistonning o’ziga xos iqtisodiy rivojlanish yo’li asoslarini ishlab chiqar ekan, birinchi marta “dunyoda umumiy yo’l-yo’riqlar, o’xshash andazalar yo’q” ekanligini e’tirof etib, o’zimizning milliy “betakror yaxlit andazamizni ishlab chiqish”ni maqsad qilib qo’ydi. Buning uchun milliy tafakkur an’analarimizni insonlar ongida qayta tiklash zarur edi. “Ajdodlarimizning ruhi poklari va urf-odatlari, bizning eng yaxshi an’analarimiz qayta tiklanganda islohotlar muvaffaqiyatga erishadi”, deb ta’kidladi Prezident. Asosiy qonunimizni yaratish jarayonida ham shu jihatga katta e’tibor berildi. Shu sababli mustaqil O’zbekiston Konstitutsiyasi “umumiy mazmunidan tortib oddiy bir bandiga qadar Xo’ja Ahmad Yassaviy bobomiz davrida, Amir Timur zamonida shakllangan milliy tafakkurni, muqaddas islomiy qadriyatlarni o’zida aks ettiradi”.

Shunday qilib,mustaqil O’zbekistonning XXI asrdagi taraqqiyot yo’lini belgilab beruvchi umummetodologik asoslar Prezident I.A.Karimov asarlarida o’z aksini topgan bo’lib, quyida biz ushbu asoslarning o’z mavzuimizga bevosita aloqador bo’lgan ba’zi muhim jihatlarini qisqacha ko’zdan kechirib o’tamiz.
Milliy taraqqiyotning ma’naviy-axloqiy negizlari
Biz, - deydi Prezident, - iqtisodiy o’nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni ma’naviy o’nglanish, ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg’un bo’lishini istaymiz”. Chunki xalq ma’naviyati o’nglanmaguncha, na ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda, na iqtisodiy sohada jiddiy yangilanishlar quvvatga kirishi qiyin.

Ma’naviyat juda murakkab, serqirra, shu bilan birga xalq diliga nihoyatda yaqin, tushunarli hodisa. Uni, bir tomondan, soxta «ilmiy» murakkab ta’riflar bilan mavhumlashtirmay, shu bilan bir paytda siyqa, odmi «targ’ibot»ga aylantirmay, xalq ongiga tiniq etkazmoq, yosh avlod ruhiga esh qilmoq lozim. Bunda qanday me’yorlarga rioya etish zarurligini 1992 yildayoq O’zbekiston Prezidenti aniq tavsiflab bergan edi:

Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

Vatanparvarlik”.

Mustaqillik ma’naviyatining asosini tashkil etuvchi bu to’rt negiz o’zaro chuqur ichki uyg’unlikka ega. Shu bilan birga bugungi kun uchun dolzarbligi jihatidan alohida inson shaxsining o’z ichki imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi masalasi birinchi o’ringa chiqib turipti. “Erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir”, deb ta’kidladi I.A.Karimov 1999 yili 14 apreldagi ma’ruzasida. Davlatimiz va Prezidentimizning milliy ma’naviyatimizni rivojlantirishga e’tibori, aslida va birinchi navbatda, har bir insonning haqiqiy erkinligini ta’minlashga bo’lgan asosli e’tiborini ko’rsatadi. Chunki o’zligini anglamagan odam, unga qancha imkon va sharoit yaratib bermang, voqean hur va ozod bo’la olmaydi. Ammo o’zligini anglash degani, o’zining Vatanga, millatga, bashariyatga, Borliq haqiqatiga nisbatini to’g’ri belgilay bilish degani, bunga erishish osonlik bilan bo’lmaydi. “Ma’naviyat asoslari” fani ayni shu yo’nalishda bilim berishga qaratilgan.

Prezidentning milliy ma’naviyatimizni rivojlantirish va yosh avlod ma’naviy tarbiyasiga e’tibori keyingi yillarda ham susaygani yo’q. Uning 2008 yili “Ma’naviyat” nashriyotida chop etilgan “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch”nomli alohida risolasi bunga yana bir yorqin dalildir. Bu kitobda “ma’naviyat” tushunchasiga oid Prezidentning oldin bildirgan mulohazalari va ta’riflari chuqurlashtirilgan va mukammallashtirib bir tizimga keltirilgan, ma’naviyatni shakllantiruvchi mezonlar, ma’naviy va moddiy hayot uyg’unligi kabi masalalar keng omma uchun tushunarli shaklda batafsil bayon qilingan, yuksak ma’naviyatli insonlarning hayotga munosabatlari va ularning ma’naviyati sayoz, hayotga engil-elpi qarovchi kishilardan farqi ochib ko’rsatilgan.   Prezident o’z asarida milliy g’oya va ma’naviyat nisbati, mustaqillik davri jamiyatimizdagi milliy-ma’naviy tiklanish va yuksalish jarayoni, islohotlarning ma’naviy ahamiyati haqidagina emas, balki bugungi kunda jahonda kechayotgan globallashuv jarayonlari sharoitida ma’naviy tarbiya masalalari naqadar dolzarblashgani va endi bu masalalar faqat milliy hududda chegaralanib qolmay umumbashariy muammoga aylanayotganiga jiddiy e’tibor qaratadi. Prezidentning chuqur ishonchiga ko’ra, bugun biz ma’naviy tarbiya masalasida aslo beparvo va loqayd bo’lishga haqqimiz yo’q, ijtimoiy fanlar sohasida faoliyat olib borayotgan ziyo va ilm ahli bu sohada jiddiy ish olib borishi va jahon miqyosida avj olib borayotgan ma’naviy va axloqiy jaholatga qarshi ajdodlarimiz bizga meros qoldirgan milliy ma’naviyatimizning qudratli kuchidan barcha ma’rifiy vositalarni ishga solib unumli foydalanishlari kerak. Dunyodagi eng buyuk jasorat ma’naviy jasoratdir, deb xulosa qiladi I.Karimov va yosh avlodning ma’naviy tarbiyasini  Vatan taraqqiyotining mustahkam poydevori sifatida  baholaydi.

Aytilganlardan xulosa shuki, o’z milliy ma’naviyatimizni tiklashga astoydil kirishganimiz aslo o’zgaga g’ayirlik ma’nosini bildirmaydi, balki umumbashariy muvozanatni, uyg’unlikni, demakki, adolatni tiklashga urinishdir. Zotan, uyg’unlik buzilsa, bashar ma’naviyati ham to’kis bo’lmaydi. Butun dunyo xalqlari bir-birini tushunib yashashga intilmog’i lozim. Dushmanlik, g’ayr ko’zi bilan qarash emas, mehr bashariyatni birlashtiradi. Bu ulug’ haqiqatni bizning ajdodlarimiz allaqachon anglab etganlar. Ammo o’zgani tushunish uchun, o’zgaga mehr ko’zi bilan boqish uchun, avvalo, inson o’zligini anglab etmog’i kerak. O’zligini anglamagan zot hech qachon o’zgani tushunmaydi, uni xolis qabul qilmaydi. Asli milliy ma’naviyatimizga bugungi ayricha e’tibor ham ushbu o’zligimizni anglab etishga bo’lgan kuchli ehtiyoj natijasidir.

Ma’naviyat doimo milliy bo’ladi, shu bilan birga unda umuminsoniy qadriyatlarga zid narsa ham bo’lmaydi, chunki har bir millatning mustaqil ma’naviy dunyosi, ma’naviy qiyofasi bir paytning o’zida ichki mohiyatiga, o’zak tomirlariga ko’ra, o’zga xalqlar ma’naviyati bilan umumiy jihatlarga, butun bashariyatni birlashtirib turuvchi mushtarak unsurlarga ega bo’ladi. Ma’naviyatning yuqorida eslab o’tilgan ta’rifini millat ma’naviyatiga tatbiq etadigan bo’lsak, uni bemalol millat ruhidagi Borliq haqiqati bilan uyg’unlik, deb atash joizdir. Shunday ekan, ayni millatimizni o’zga millatlardan ajratib turuvchi mohiyatlar emas, balki birlashtiruvchi omillar milliy ma’naviyat zamirini tashkil etadi. Faqat buni jo’n tushunish ham, jo’nlashtirib talqin etish ham –xato. Ma’naviyatimizdagi eng umuminsoniy g’oyalar ham nihoyatda milliy bir tarzda o’zligini namoyon qiladi, ular boshqa millat ma’naviyati unsurlaridan nusxa ko’chirish shaklida namoyon bo’lmaydi.

Biz milliy urf-odatlarimiz, marosimlarimizga baho bermoqchi bo’lsak, butun insoniyat manfaatlari nuqtai nazarini, alohida shaxs erkinligi, Vatan va millat manfaatlarini, milliy qadriyatlarimiz majmuini yaxlit uyg’unlikda olib qaramog’imiz talab etiladi. Agar shu uyg’unlikka mohiyatan muvofiq bo’lsa, yoxud loaqal unga zid bo’lmasa, demak, maqbul, ammo insonlararo ziddiyat tug’dirsa, nifoq solsa, yoki o’zga shaxs erkini bo’g’sa, Vatan va millat manfaatlariga zid bo’lsa, demak, maqbul emas. Ammo bir narsani esdan chiqarmaylik: biz milliy ma’naviyatimizni qadrlasak, uni rivojlantirishga urinsak, qaysidir o’zga xalqlar, siyosiy kuchlar, bizdan gumondor bo’lishi mumkin, bizning tilimiz, dinimiz, kiygan kiyimimiz yoki urf-odatlarimiz ularning didiga o’tirishmasligi, tanlagan mustaqil yo’limiz ular nazarda tutgan qoliplarga mos kelmay qolishi mumkin deb, oshiqcha «andisha»larga berilsak, demak, bu hanuz ongimizdagi qaramlik asoratidir. Ko’nglimizda Haq nuri bilan bir ishga jazm qilar ekanmiz, o’zgalarning noo’rin shubha-gumonlari bilan hisoblashish, chumchuqdan qo’rqib tariq ekmaslik bilan barobar.

Evropa xalqlari ijtimoiy va madaniy sohalarda o’z tarixiy tajribalaridan kelib chiqib, ajdodlari qoldirgan merosga mos qilib, ilmiy andoza va o’lchovlar yaratganlar, ta’rif va tizimlar shakllantirganlar. Agar ular yaratgan meros ta’sirida, unga ergashib boshqa bir xalq madaniy boylik hosil qilgan bo’lsa (masalan, sovet davrida SSSR xalqlari vakillari yaratgan ko’pchilik asarlarni olaylik), albatta, Evropa madaniyati andoza va o’lchovlarini unga tadbiq etsa bo’lar. Ammo o’zbekning milliy tafakkuri oxirgi 70 yilda shakllangan deb bo’lmaganidek, bugun endi ijtimoiyot mavzularida ilmiy mulohazalar yuritish uchun ongimizga kechagi zo’raki joylashtirilgan sun’iy qoliplardan o’ylamay-netmay foydalanishga urinishimiz ham o’rinli emas.

Mavhum bir shakldagi umuminsoniy madaniyat, umuminsoniy ma’naviyat hayotda asli mavjud emas, jahon madaniyati turli o’lka va mintaqalarning o’ziga xos madaniyatlari majmuidan iborat. Qanday millat, qanday xalq bo’lmasin, baribir, uni muayyan insonlar tashkil etadi. Insonlarning har biri o’z qiyofasi, o’z fe’l-atvori, fikr-andishalari, o’z hayot yo’li va orzu-niyatlariga ega. Ammo ularning barchasi Alloh yaratgan mahluqotning bir toifasi - bani odamga mansub bo’lgani tufayli ularning barchasi uchun umumiy bo’lgan muayyan qadriyatlar majmui ham mavjuddir. Bu qadriyatlar har bir millat, har bir inson uchun alohida ahamiyatga ega bo’lib, ularning ko’r-ko’rona inkor etilishi, tan olinmasligi butun bashariyat uchun halokatli bo’lishi mumkinligini jahon tarixi tajribasi ko’p marta isbotlagan. Albatta, bunday qadriyatlar barcha insonlar, barcha millatlar tomonidan birdaniga, azal-ibtidodan anglab etilgan, idrok qilingan deb bo’lmaydi. Umuminsoniy qadriyatlar har bir millatning ma’naviy mulkiga aylanishi uchun asrlar, balki ming yillar kerak bo’ldi. Xatto bugun ham barcha insonlar, barcha elat va toifalar ularni tugal anglab etgan, deyish qiyin.



Masalan, eng asosiy umuminsoniy qadriyat - har bir dunyo yuziga kelgan insonning yashash huquqini olaylik.   Barcha ilohiy kitoblar insonning yashash huquqini himoya qiladi, o’zgalarga nohaq ozor etkazmaslikka, insonni nobud etmaslikka chaqiradi. Ammo insonlar doimo ushbu da’vatga rioya etib kelmoqdami? Qaytaga, astag’furullo, o’sha kitoblar qatidan o’zlariga maqbul bo’lmagan o’zga insonlarni yo’q qilish uchun fatvolar izlaydilar, o’zlarini “musulmon”, o’zgalarni “kofir” deb e’lon qiladilar. Holbuki, insonlar e’tiqodi haqida hukm chiqarish faqat Allohga tegishlidir. Alloh hatto o’z payg’ambarlariga ham o’zgalar ustidan hukm chiqarish huquqini bergan emas, Allohning rasullari faqat uning hidoyatini bandalarga etkazishga mas’ul etilgan, ya’ni payg’om (xabar) eltuvchidirlar. “Hukm qilish faqat Allohning o’ziga xosdir”, deyiladi Qur’oni karimning “An’om” surasi 57-oyatida. Atrof-muhit, tabiatga behuda ziyon etkazmaslik yana bir umuminsoniy qadriyat bo’lib, afsuski, bu ham hanuzgacha ko’pchilik insonlar tomonidan amalda rioya etilayotgan qoidaga aylangani yo’q. Insonlar, odatda, arzimas hoyu-havaslari yo’lida o’z kelajaklari ildiziga ayovsiz bolta uradilar. Yana bir umuminsoniy qadriyat adolat tuyg’usi bo’lib, o’zbek xalqining “pichoqni avval o’zingga ur, og’rimasa, birovga ”, degan o’tkir ramziy maqoli bu qadriyatni kuchli bir tarzda ifodalaydi. Inson kofirga ham, musulmonga ham, do’stiga ham, dushmaniga ham adolat yuzasidan muomala qilishi zarurligi ilohiy kitoblarda ham ochiq-oydin bayon etilgan. Alloh taoloning “Rahmon” ism-sifatida uning Oliy adolati yorqin ifodasini topgan va bu ham insonga tabarruk ibrat bo’lmog’i kerak. Ammo adolat tarozusi pallalarini doimo teng tutish juda kam odamlarga nasib etib kelmoqda. Yaratuvchilik mehnati bilan shug’ullanib, o’z moddiy ehtiyojlarini ta’min etish ham umuminsoniy qadriyat va tabiiy zaruratdir. Bu qadriyatni tan olgisi kelmay, aylanib o’tishga, o’zgalar mehnati hisobidan o’z baxtini qurishga uringan kimsalar ham hanuz keragidan oshiq uchraydi. 130 yillik asoratdan so’ng yangidan mustaqilligini qo’lga kiritgan O’zbekiston jahon hamjamiyatida o’z muno-sib o’rnini egallashga intilar ekan, avval-boshdan o’z baxtini o’zgalar hisobiga qurishga umid bog’lamasdan, barcha xalqlar bilan teng, adolatli, do’stona va samimiy munosabatlar o’rnatishga tarafdor bo’lib chiqmoqda, bashariyatning kelajagi uchun o’zini ham boshqalar qatori mas’ul his etmoqda. Bunday yondoshuv o’zbek xalqining ming yillik ma’naviy tajribasiga ko’p jihatdan muvofiq keladi.
Ijtimoiy fanlar metodologiyasi va milliy ma’naviy meros.
Inson ilmi hech qachon Borliq haqiqatining oxiriga eta olmaydi. Shunday ekan, harqanday ilm biror-bir aniq maqsad sari yo’nalmasa, cheksiz-chegarasiz, ibtido-intihosiz bo’lib qolib, biror samaraga muyassar bo’lishi qiyin. “Metodologiya” tushunchasi voqelikni ilmiy idrok etishning ayni shu muayyan maqsadga qaratilgan mantiqiy tizimini anglatadi. Ma’lumki, ajdodlarimiz - buyuk tasavvuf pirlari - Haqqa etishishning irfoniy yo’llarini ishlab chiqqanlar va ularni “tariqat” yoki “suluk” deb ataganlar. “Metod” atamasi ham aslida yunoncha “metodos” so’zidan bo’lib, “yo’l”, “haqiqatni anglab etish yo’li” ma’nolarini ifodalaydi. Arab tilida bu so’zning muqobili “tariq” yoki “tariqa” bo’ladi. “Tariqat” atamasining kelib chiqishi shundan. Alisher Navoiy XV asrda ayni shu an’anaga tayangan holda adabiyotda “badiiy metod” muammosini hal qilib berdi va “haqiqat tariqi”, “majoz tariqi” tushunchalarini ilmiy iste’molga kiritdi.

Marksizm-leninizmga so’nggi haqiqat deb qaragan paytimizda ijtimoiy fanlar sohasi juda jo’nlashib ketgan edi. Chunki mutlaq haqiqatlar allaqachon aniqlangan, endi nisbiy, ikkinchi darajali masalalarni hal qilishgina qolganday tasavvur hukmron edi. Hozir ham yaqin o’tmishda marksistik falsafani yaxshi o’zlashtirib olganlar uchun eski andaza va qoliplardan voz kechish qiyin bo’lmoqda. Ammo bugun, ko’zimizni kattaroq ochib qarasak, birgina Evropa mintaqasida shuncha ko’p bir-biridan keskin farq qiluvchi falsafiy tizimlar yaratilgan ekan-ki, ularning har birini jiddiy anglab etish uchun bir insonning umri yo etadi, yoki etmaydi. Shunday sharoitda sobiq sovet davrida kimki marksistik dialektikaning targ’iboti bilan ilmiy darajalarga erishgan bo’lsa, bugun ham kechagi bilimlarini «ilmiy falsafiy ta’limot» sifatida talabalarga taqdim qilishga urinishi, yumshoq qilib aytganda, insofdan emas, qolaversa, bunday “o’jarlik”ning oqibatini ham o’ylash kerak. Kechagi biz boshdan kechirgan “savdolar”dan bexabar yoshlarimiz bunday mas’uliyatsizligimiz tufayli yana yolg’on “haqiqat”larni chin deb o’zlashtiradimi? Bunday metodologik chalkashliklar faqat falsafa emas, boshqa qator ijtimoiy fanlarga ham oid bo’lib, 70 yillik marksistik mafkura asorati ularning barchasiga o’z “tamg’a”sini bosib ketganligi biz katta avlodga sir emas.

Prezident I.A.Karimov o’z vaqtida “Fidokor” gazetasi muxbiri savollariga javoblarida bu haqda shunday deygan edi:

Ko’p asrlik tariximiz shuni ko’rsatadiki, inson dunyoqarashining shakllanishida ma’rifatning, xususan, ijtimoiy fanlarning o’rni beqiyos. Bu jamiyatshunoslik bo’ladimi, tarix, falsafa, siyosatshunoslik bo’ladimi, psixologiya yoki iqtisod bo’ladimi – ularning barchasi odamning intellektual kamolotga erishuvida katta ta’sir kuchiga ega. Lekin bugun o’rta va oliy o’quv dargohlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonlarida foydalanilayotgan darsliklar, dastur-qo’llanmalar, kitoblar qanday mafkuradan oziqlangan? Ularda eski tuzum davridan qolgan g’oyaviy qarashlardan to’liq voz kechilganiga kim kafolat bera oladi? Bu haqda qayta-qayta gapirishga to’g’ri kelmoqda. Afsuski, biz mamlakatimizda ijtimoiy fanlarning rivoji zamon talablaridan ortda qolayotganini tan olishga majburmiz. Bu boradagi xato va kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko’rishimiz lozim”.

Tabiiy, texnik va aniq fanlarning dini, millati bo’lmaydi. O’zbekning fizikasi, arabning ximiyasi, hindning matematikasi degan tushunchalar o’sha xalq vakillarining ushbu fan sohasiga qo’shgan xissasi ma’nosida balki ishlatilishi mumkindir, ammo qaysi xalq vakili kashf etganligidan qat’iy nazar, suvning ximiyaviy tarkibi, biror o’simlikning rivojlanish qonuniyatlari, geometrik shakllarning xossalari yoki kompyuterning ish printsiplari turli millatlar uchun turlicha bo’lmaydi, Ya’ni moddaning sifatiy xususiyatlari va miqdoriy o’lchovlari ob’ektiv hodisa bo’lib, e’tiqod, an’ana, milliy va ijtimoiy o’ziga xosliklarga ega emas. Shu sababli bu sohalarda erishilgan barcha yutuqlar umumjahon ilmiga muayyan xissa bo’lib qo’shilib bora beradi.

 Ijtimoiy, ya’ni inson va jamiyat hayotiga oid ilmlar esa ilojsiz ravishda har bir mintaqa, millat va elat, ba’zan hatto alohida ijtimoiy toifa uchun o’ziga xos jihatlarga ega bo’ladi. Masalan, O’zbekiston tarixini Olmoniya yohud Xitoy tarixi printsiplari asosida yaratib bo’lmaydi, yoki rus tili lug’atshunosligini arab tili uchun ishlab chiqilgan modellar asosida qursak, milliy til mohiyatiga zid ish qilgan bo’lamiz. Chunki har bir mintaqa, millat va elatga xos e’tiqod tizimi, hayot tarzi, urf-odatlari, madaniyati, axloqiy printsiplari bo’ladi. Masalaga yanada aniqroq yondoshilsa, hatto har bir ijtimoiy toifaning hayotga yondoshuvida o’ziga xos jihatlar bo’ladi-ki, ularni hisobga olmaslik umumbashariy miqyosda og’ir oqibatlarga olib keluvchi chalkashliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Marksizmning faqat ishchilar sinfi manfaatlarini ko’zda tutib (aniqrog’i, eng kambag’al va past toifali ishchilar, ya’ni proletariatning muayyan bir tarixiy sharoitdagi nuqtai nazari va tor doira manfaatlarinigina hisobga olib) ishlab chiqilgan dunyoqarash tizimi butun jamiyatga zo’rlik bilan tatbiq etilishi natijasida insoniyat boshiga qanday kulfatlar yog’ilganligi bu masalada tarixning achchiq sabog’i bo’lganligini eslash kifoya. 

Ijtimoiy sohada asl haqiqatni anglab etish tabiiy va aniq(matematik) fanlarga nisbatan bir necha barobar mushkulroqdir. Chunki ijtimoiy sohadagi tushunchalar tarixan shakllanadi. Ularni anglab etish uchun millat tarixini, uning madaniy merosini chuqur o’rganish kerak. Evropa mamlakatlari boshidan kechirgan davlatchilik tarixini o’rganish asosida Osiyodagi ushbu soha muammolarini anglab etish mumkin deb o’ylagan odam qattiq yanglishadi. Markschilar butun insoniyat tarixiy takomiliga tatbiq etmoqchi bo’lgan formatsion nazariya ham ayni shu sababdan o’zini oqlamadi. Rossiyadagi krepostnoylik tuzumi, O’rta asrlar Evropasidagi feodalizm tizimi, yoki Yunonistondagi quldorlik ayni o’sha o’lka va mintaqalarga xos bo’lgan betakror ijtimoiy hodisalar edi. Ularni Xitoy yoki Hindistondan qidirish hech qachon qoniqarli natija bergan emas. Shunday ekan, bugungi kunda yana muayyan zamon va makonda tug’ilayotgan dolzarb muammolarga «jahonshumul» miqyosda javob berishga behuda urinmasdan, yaqin o’tmishdagi ilm tarixining achchiq saboqlarini biroz inobatga olib reja tuzsak va harakat qilsak, o’zimizni ham, boshqalarni ham chalg’itmay ish tutgan bo’lur edik.

Ijtimoiy fanlar sohasida faqat mantiqiy tahlil kifoya qilmaydi. Har bir xalq o’z tarixi, madaniyati, tili, adabiyot va san’ati, axloqiy qarashlarini nazariy o’rganish uchun boshqa xalqlar tarixshunosligi, madaniyatshunosligi, adabiyotshunosligi va axloqshunosligida asrlar davomida o’sha xalqlar tarixi, madaniyati, dini, adabiyoti, urf-odatlari tarixiy tajribasiga tayangan holda ishlab chiqilgan printsiplar, tushuncha va timsollarni shundayicha ko’chirib olib kelib, o’sha begona qoliplarga o’z tarixi, madaniyati, tili, adabiyot va san’ati, ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini qanday qilib bo’lsa ham tiqishtirishga urinmay, bu sohada ajdodlarining tajribalarini chuqur o’rganishi, ularni o’zaro qiyoslab, hozirgi zamon talablarini, keyingi davrda bu sohada erishilgan yutuqlar yoki yo’qotishlarni hisobga olib, o’zga mintaqalardagi ahvolni ham nazarda tutgan holda mustaqil qonun-qoidalar, tushuncha va timsollar tizimini aniqlash va uni mustaqil yo’nalishda takomillashtirib borishga harakat qilish kerak bo’ladi. Bu, albatta, qiyin va mashaqqatli izlanishlar yo’li, ammo bu sohada oson yo’lni qidirgan olim oxir-natijada xalqni gumrohlikka mahkum qiladi.

Prezident I.A.Karimov o’zining yangi kitobida bu masalaga yana alohida urg’u beradi: “Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi.Prezident asarida, jumladan, ma’naviy merosimizga, “umumbashariy tsivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bog’liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko’tarilishida” beqiyos xizmatlari singgan ona yurtimizda tug’ilib kamolga etgan ulug’ allomalarning boqiy meroslariga maxsus e’tibor qaratiladi.

Ilm xoh juz’iy masalaga bag’ishlansin, xoh umummetodologik muammolarni hal qilishga qaratilgan bo’lsin, agar xolis bo’lmasa, ilm bo’lmaydi, real natijaga erishilmaydi. Qanday maqsadni oldiga qo’yganligidan qat’i nazar, xolis izlanishlarga tayanmagan ilm - ilm emas. Shu nuqtai nazardan, bir achchiq haqiqatni nihoyat tan olishimiz kerak: sobiq SSSR sharoitidagi ijtimoiy fanlar sohasida o’tkazilgan «tadqiqotlar»ning aksariyat qismi haqiqiy ilm emas, mafkurabozlik edi, xolos. Shunday ekan, kechagina o’tmish mafkurasiga sodiq xizmat qilib, turli “ilmiy” daraja va unvonlarga sazovor bo’lganlar, hech bo’lmasa, hali ham adabiyotchi, tarixchi, va h.k. boshqa fanlar namoyondalariga bepisandlik bilan yuqoridan qarashga urinmasalar, dunyo ilmining rivojiga durustroq nazar solib, ajdodlarimiz ma’naviy merosiga jiddiyroq munosabatda bo’lishga harakat qilsalar yomon bo’lmas edi. Ularning ko’pi yaxshigina fikrlash qobiliyatiga ega odamlar, demak, aniq mavzular ustida binoyidek tadqiqot o’tkazishlari mumkin. Ammo «umummetodologik asosga» o’tganda bir vaqtlar xotiraga joylashtirilgan eski andaza va qoliplar yana o’z ta’sirini ko’rsata boshlashi ishni murakkablashtiradi.

Yaqin o’tmishda, ya’ni qaramlik davrida milliy ma’naviy merosni o’rganishga qanday yondoshildi, degan masalada ba’zan bahs tug’ilib qoladi. Ba’zilar shunday fikrlashadi: “Axir o’sha yillar davomida ham o’tmish meros ozmi-ko’p o’rganildi-ku! Forobiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy va boshqa qator allomalarning asarlari rus va o’zbek tillarida bosilib chiqdi, tadqiq va targ’ib etildi. Bu ulkan ijodiy mehnat bir necha avlod olimlarning umr mazmunini tashkil etmadimi?” Nihoyatda to’g’ri. Ustozlarimiz bu yo’lda chinakam fidoyilik namunalarini ko’rsatishdi. Bugungi milliy ma’naviyatimizni tiklash yo’lidagi urinishlar ko’p jihatdan o’sha zahmatkash ustozlar yaratgan zalvorli poydevorga tayanib turipti. Ammo ayrim insonlarning millat ma’naviyati yo’lidagi fidoyiligi bilan hukmron tuzum va uning mafkurasi ko’zlagan asl maqsad, bu sohada yuritgan qat’iy siyosati orasida jiddiy farq bor ekanligini ham bugun o’zimizga oydinlashtirib olishimiz kerak. Biz o’tmishni yoppa inkor qilish yo’lidan borsak, yana “bolshevikcha” ish tutgan bo’lamiz. Etmish yil ichida nimalar yutdik va nimalarni yutqizdik - uning sarhisobi alohida. Bu o’rinda yaxshi anglab etishimiz kerak bo’lgan masala shuki, sobiq hukmron tuzum o’tmish merosni o’rganishda ham o’z siyosati, etakchi g’oyasi, mafkurasi ildizlarini mustahkamlashni niyat qildi. O’zbekning asl milliy ma’naviyati, ajdodlarimiz yaratgan boylik bevosita ularni hech qachon va mutlaqo qiziqtirgan emas.

Bolsheviklar diktaturasi agar olimlarimiz uchun o’tmish ajdodlar merosini o’rganishga zarracha imkon bergan bo’lsa, buning evaziga ular oldiga ulkan shart va talablar ham qo’ygan edilar. Bir so’z bilan “kommunistik partiyaviylik” deb atash mumkin bo’lgan talabning mazmuni shunda edi-ki, o’tmish merosimizda marksizm g’oyalarini quvvatlovchi, bu g’oyalarning keng xalq ommasi ongiga puxta va mustahkam o’rnashuviga xizmat qiluvchi har qanday narsa topilsa, barchasini yaqqol ochib berish, targ’ib qilish, ajdodlarimiz bildirgan fikr va mulohazalarni iloji boricha “marksistik ruhda” talqin qilish, ammo agar nimaiki “proletar diktaturasi” g’oyalariga zid kelish ehtimoli bo’lsa rad etish, inkor qilish, qora yorliqlar yopishtirish, zarur holatlarda esa ko’rib turib ko’rmaslikka solib o’tib ketish lozim edi. Merosni o’rganish ishiga marksizm “falsafa”sini chuqur va jiddiy o’zlashtirgan, totalitar siyosatga sodiqligi tajribada isbot etilgan, mavjud tuzumga chin dildan tarafdor kishilar darg’a qilib belgilanar, ularga har bir soha tadqiqotchilarining “dialektik va tarixiy materializm”, “ilmiy kommunizm” printsiplaridan zarracha o’ng yo so’lga og’ishmay borayotganligini qat’iy nazorat etish va ta’minlash ishonib topshirilgan edi. Qatag’onlar odamlarning yuragini olib qo’ygan, ko’plar hukmron “partiya” nima desa, “ha, shu to’g’ri ekan-da” deb qo’ya qoladigan bo’lib qolishgan edi.

Sobiq tuzum davrida ajdodlarimiz merosini o’rganish bo’yicha bajarilgan ishlarni baholashda unutmaslik lozimki, buyuk allomalarimizning qarashlari ularda asli holidek aks etgan emas, balki begona qoliplar, yot andozalarga moslab sun’iy talqin etib kelingan. Buning uchun turli usullardan foydalanilgan. Masalan, ommaviy nashrlarda ularning asarlaridagi “kommunistik partiyaviylik” qolipiga tushmay qolgan joylari (ko’pincha, eng muhim qismlari) qirqib-kesib tashlanishi shunday “usul”lardan biri edi. Tan olish kerak, sobiq tuzum davrida olimlarimiz, tadqiqotchilarimiz shaxsan qanchalik pok, samimiy bo’lishmasin, ajdodlar merosiga xolis yondoshuv imkoniga ega bo’lgan emaslar. Ular ba’zan o’zlari to’g’ri deb o’ylagan holda, ba’zan majburiyatdan yo’qni bor, borni yo’q qilib ko’rsatganlar, ajdodlarimiz so’zini xolis, mintaqa ma’naviyatining amaliy va nazariy takomili mantiqiga muvofiq tarzda emas, marksistik mafkura talablariga mos yo’nalishda talqin etganlar. Natijada o’tmish merosimiz namunalari bilan asl qo’lyozmalardan, to’liq matnlardan emas, ommaviy nashrlar asosida tanish bo’lgan ko’pchilik oliy ma’lumotli mutaxassislar ham yagona hukmron ideologiya ruxsat bergan “haqiqatlar”dan o’zga haqiqatlar mavjud ekanligidan deyarli bexabar tarbiya topganlar. Bugun ziyolilarimizning ko’pchiligi ma’naviy merosni to’g’ri idrok qilishga qiynalayotganliklarining sabablaridan biri ham shunda. Demak, o’tgan 70 yillik davrda ma’naviy merosni o’rganish bo’yicha qilingan ishlarning amaliy tomonlari - nashrlar, ma’lumotlar - bugun uchun xizmat qilishga yaroqli bo’lsa ham, g’oyaviy-nazariy yo’nalishlar, talqin va xulosalar, andaza va tushunchalar - barchasi jiddiy va diqqat bilan qayta ko’rib chiqishni talab qiladi va bu milliy ma’naviyatimiz nazariyasini to’g’ri, asliga muvofiq shakllantirishda o’ta muhim muammolardan biridir.

Bugungi kunda diyonat, axloq tushunchalari imon-e’tiqoddan ajralmas ekanligi ravshan bo’lib qoldi. Ammo islom ma’rifati masalasida hanuz jiddiy xulosaga kela olmay, gumon aralash turibmiz. Ongimizni marksizm aqidalari tugal tark etmas ekan, bu masalada uzil-kesil xulosaga kelishimiz, albatta, mushkul. Chunki tug’ilganimizdan buyon marksistik mafkura bizning yoshimizdagi avlodga birdan-bir haqiqiy ilm - faqat hayotni materialistik idrok etishga asoslangan ilmdir deb uqdirib kelgan. Yaqin o’tmishda shunday yalpi targ’ibot ta’sirida ta’lim olgan ko’pchilik tengdoshlarimiz (ustozlarimiz ham) “ilm boshqa, din boshqa” degan aqidani tark etishga botinmay turishipti. Diniy ilmlarni haqiqiy ilm qatoriga qo’shish mumkinligiga shubhalari to’liq tarqagan emas. Tuppa-tuzuk akademiklarimizning kitoblarida bugun ham Payg’ambarimizga “vahiy” kelishini siyosiy maqsadlar bilan izohlashga intilish kuzatiladi. Aslida esa ilm faqat aqlga tayanmaydi. Ayniqsa, ijtimoiy soha, ma’naviyatga aloqador sohalarda aqliy va naqliy ilmlar mutanosibligi muhim o’rin tutadi. Bizgacha o’tmishdan etib kelgan kitoblar ham ikki toifa – 1) ilohiy matnlarga tayanuvchi, ya’ni “vahiy” orqali etib kelgan, 2) insoniy matnlar asosidagi, ya’ni insonlar ijod etgan kitoblar. Bulardan birinchilarining mazmuni azaliy va abadiy mohiyatga tutashadi, ikkinchilari esa muayyan zamon va makonda yashab o’tgan insonlarga tegishli bo’lgani tufayli, ayni o’sha zamon va makonning ta’siridan xoli emas, ya’ni ularga mutlaq haqiqat sifatida yondoshish noto’g’ri bo’ladi. Masalan, Qur’on oyatlari mazmuni o’zida mutlaq haqiqat sirini yashirgandir, ammo uning turli tafsirlari mufassirlar shaxsi bilan, ularning turlicha talqini bilan bog’liq. Xulosa qiladigan bo’lsak, Haq yo’lida qilinadigan har qanday ilm haqiqiy ilmdir va u inson ruhini poklashga xizmat qiladi, ilmda haqiqatdan har qanday chekinish esa jaholatga olib keladi.

Ilmlarni turlarga ajratadigan bo’lsak, masalan, maqsad yo’nalishiga ko’ra farqlash mumkin. Shunda dunyoviy maqsadlarga yo’nalgan yoki uxraviy (oxiratga, ya’ni bu dunyodagi faoliyatimizning u dunyodagi oqibatiga oid) maqsadlarga yo’nalgan ilmlar haqida gapirish mumkin bo’ladi. Diniy va dunyoviy ilmlar deyilganda birinchi navbatda ayni shu masalani nazarda tutish kerak. Masalan, Imom G’azzoliy fiqh ilmini (islom huquqshunosligini) diniy manbalarga tayanuvchi dunyoviy ilm deb hisoblaydi, chunki unda musulmon kishining bu dunyoga oid ishlari haqida gap ketadi. G’azzoliyning “Ihyoi ulum ad-din” kitobi esa mo’minning diqqatini oxirat ishiga qaratadi, ya’ni “Ilm kitobi”da alloma nazarda tutgan “muomala ilmi” insonlar aro muomalaga emas, bandaning Alloh bilan muomalasini to’g’ri yo’lga qo’yishga qaratilgan, bu esa bugungi kun tilida “islom ma’naviyati” tushunchasiga to’g’ri keladi.   

Islom mintaqasida “filologiya” va “germenevtika” ga oid fanlar juda qadimdan keng rivojlangan va muayyan ma’noda barcha inson va jamiyatga oid fanlarning avvaliga qo’yilgan. Buning asosiy sababi ilohiy kitoblarga va ma’naviy merosga ayricha ahamiyat bilan bog’liq bo’lib, Yangi davr Evropa odami ilmda ham, badiiy ijodda ham ko’proq originallikka, betakrorlikka intilsa, Islom mintaqasida har bir alohida inson o’z bilimlarini yagona va cheksiz (g’aybga ulanib ketuvchi) Borliq haqiqatining juzviy qismi, xususiy sharhi deb yondoshgan. Evropada har bir shaxs o’z fikrini o’zgalar qarashidan farq qilib turishiga e’tibor qaratsa, bizning milliy an’analarimizga ko’ra har bir ulug’ alloma o’zi anglab etgan haqiqatlarni ilohiy kalom va o’zidan oldingi o’tgan salaflarga ayon bo’lgan haqiqatlar bilan uyg’un jihatlarini ta’kidlashga uringan. Buning natijasida, ba’zan Evropa kishilari Sharqni original (yangicha) fikrlay olmaslikda ayblash singari holatlar ham uchraydiki, bu hayotga yondoshuvdagi o’ziga xosliklarni tushunmaslikdan kelib chiqadi.

Aslida ma’naviyatga oid fanlarning metodologiyasi masalasi allaqachon ulug’ ajdodlarimiz tomonidan hal qilingan. Bu ilm va imon birligi, aniqrog’i, naqliy va aqliy bilimlar uyg’unligi, ya’ni ilohiy kitoblar va ajdodlarimiz merosida bayon qilingan, tarixiy tajribaga asoslangan bilimlar bilan ratsional (mantiqiy) tafakkurga asoslangan xulosalarning o’zaro muvofiqligidir.

4-Mavzu. Qadimgi va O’rta asrlar davrida Osiyo xalqlari ma`naviyatining

shakllanish jarayonlari
Reja:


  1. Ma`naviyat va ma`rifatning qadimiyligi

  2. Ma`naviyatning shakllanish jarayonlari va bosqichlari

  3. O`rta Osiyo – Sharqning yuksak ma`naviyat va tafakkur markazi

Adabiyotlar:




  1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Asarlar, 7-tom O’zbekiston, 1999.

  2. Karimov I.A.Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. Ma’naviyat, 2008. 91-110 betlar.

  3. Sharifxo’jaev M.,Davronov Z. Ma’naviyat asoslari. T.: 2005.

  4. Manaviyat yulduzlari. T.: Meros, 2001. 5-37 betlar.

  5. Yuksak ma’naviyat yo’lida. T.: Ma’naviyat 2008.

  6. S.Otamurodov va boshqalar. “Ma`naviyat asoslari” T.: “Meros”, 2002.


Katalog: umk

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat