Tarixdan hikoyalar 1-dars



Download 1,53 Mb.
bet1/6
Sana05.11.2019
Hajmi1,53 Mb.
#25111
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-sinf tarix

_________.2019. TARIXDAN HIKOYALAR 1-dars


5 - A

5 -B

5 – V

G













Darsning mavzusi: Kirish.”Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q!”

Darsning shiori: Fidoying bo’lgaymiz seni, O`zbekiston!

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O’quvchilarda O’zbekiston mustaqilligining ahamiyati haqida bilimlarni kengaytirish, Tarix fani haqida bilimlar berish, Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasini shakllantirish

Tarbiyaviy: O’z vatani tarixini o`rganishga qiziqish orttirish. Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi: Tarixiy manbalarni turlarga ajratish malakasini va Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish.

Dars turi: yangi bilim, ko`nikma, malaka hosil qilish.

Dars uslubi: og`zaki,ko`rgazmali.

Dars usuli: aqliy hujum, tushuntirish, savol-javob.

Dars jihozi: darslik, O’zbekiston Respublikasi xaritasi,vatanimiz manzaralari aks ettirilgan rasmlar, atama, tushuncha, sanalar yozilgan kartochkalar, videoproyektor, slaydlar.

Darsning texnologik xaritasi:

I.Tashkiliy qism 5 daqiqa

II.Yangi mavzu mazmunini yoritish 15 daqiqa

III.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa

IV.O’quvchilarni baholash 5 daqiqa

V.Uyga vazifa berish 5 daqiqa


Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish,sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.

II.Yangi mavzu bayoni:

“Kichik ma`ruza”

“Vatan” arabcha so`z bo`lib, ona yurt degan ma`noni anglatadi

Vatan siz ta’lim olayotgan maktabingizdir. Ulug’ bobolarimizdan biri Abdurauf Fitrat bir she’rida “Vatan-sajdagohimdir”, deb aytgan. Yurtimiz o`tmishda Turon, Movarounnahr, Turkiston nomlari bilan atalgan.

1991-yil 31-avgust Vatanimiz tarixiga oltin harflar bilan bitilgan. Shu kuni Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov O`zbekistonni mustaqil davlat deb e’lon qildi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q”deb Sizni tarixni puxta egallashga da’vat etadi.U kishi o`zlarining “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch” asarida “O`z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo`q” deb bejiz ta`kidlamaganlar.

“Tarix” arabcha so`z bo`lib, “o`tmish”, “o`tgan voqealar haqida hikoya” degan ma`noni anglatadi. Shuningdek, yunon tilida “tadqiqot”, “voqealar bayoni” ma`nolarini bildiradi.

III.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:

Oquvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilish , ularning faolligini oshirish uchun esa xaritaga oid topshiriqlarni, ya`ni tarixiy shaharlarimiz joylashgan hududlarni ko`rsatib berishlarini so`rash mumkin.

1.”Vatan’ deb nimaga aytiladi?

2.Nima sababdan bizning vatanimiz O`zbekiston deyiladi?

3.Birinchi Prezidentimiz nima uchun “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q” deganlar?

4.Tarix fani nima maqsadda o`rganiladi?



V.Dars yakunlarini chiqarish.

1.Mavzuga doir asosiy tushunchalarni qisqacha takrorlash.

2.O`quvchilar bergan savollarga javob berish.

3.Baholarni e`lon qilish.



VI.Uy vazifasini tushuntirish.

1.Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.

2.Darslikning 3-5 sahifalarini o`qish.

3.”Axborot”, “Davr” ko`rsatuvlaridan yangiliklar eshitib kelish.


O’IBDO’ _____________________

_________.2019. TARIXDAN HIKOYALAR 2-dars


5 - A

5 -B

5 – V

G














Darsning mavzusi: Tarixiy manbalar

Darsning maqsadi:

Ta’limiy:Tarixiy manbalar haqida bilimlar berish. Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasini shakllantirish

Tarbiyaviy:Tarix fanini o`rganishga qiziqish uyg`otish. Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi:Tarixiy manbalarni turlarga ajratish malakasini rivojlantirish. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish.

Dars turi: aralash.

Dars uslubi: og`zaki,ko`rgazmali.

Dars usuli: aqliy hujum, tushuntirish, guruhlar ishi.

Dars jihozi: darslik, O’zbekiston Respublikasi xaritasi,vatanimiz manzaralari aks ettirilgan rasmlsr, atama, tushunch, sanalar yozilgan kartochkalar

Darsning texnologik xaritasi:

I.Tashkiliy qism 2 daqiqa

II.Uy vazifasini tekshirish 10 daqiqa

III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa

V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa

VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.



II.Uy vazifasini takrorlash:

O`tilgan mavzuni takrorlash uchun savollar:

1.Tarix so`ziga ta`rif bering.

2.”Vatan” deb nimaga aytilar ekan?

3.O`zbekiston deyilganda qayerni tushunamiz?

4.”Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q” iborasining ma`nosi nimada ekan?

5.Tarix fani nima maqsadda o`rganiladi?

III.Yangi mavzu bayoni:

”Guruhlar ishi”.O`quvchilar to`rt guruhga bo`linadi va ularga topshiriqlar beriladi.Har bir guruh o`z topshirig`ini darslikdan foydalangan holda vatmanga (doskaga) yozadi.



1-guruhga:Tarixiy manbalarning tarix fanini o`rganishdagi ahamiyatini yoriting?

2-guruhga:Qanday manbalar asosida tarixni o`rganish osonroq?

3-guruhga:Xronologiya faninnig ahamiyati nimada?

4-guruhga:Yilni hisoblash qanday boshlangan?

Tarixiy manba. Siz birinchi darsda tarix fani nimalarni o'Tganishini bilib oldingiz. Tarix fani tarixiy manbalar asosida yaratiladi. Xo‘sh, tarixiy manba nima o‘zi?

Yodda tuting Tarixiy manba - tarix fanini yaratishga asos bo'luvchi ma’lumotlami o'zida aks ettirgan ashyoviy dalillar vayozib qoldirilgan turli xil hujjatlarhamdakitoblardir.

Tarixiy manbalarni o‘rganuvchi manbashunos olimlar ularni sinchiklab o‘rganadilar va tarix fani uchun zarur ma’lumotlar to‘playdilar.

Tarixiy manbalar, o‘z navbatida, moddiy (ashyoviy) vayozma manbalarga bolinadi.

Moddiy manbalar. Odamlar yashagan makon, manzil, turarjoylar, qal’a va shaharlar, sug‘orish inshootlari, shuningdek, uy~ro‘zg‘or buyumlarining qoldiqlari, zeb-ziynat buyumlari, zarb etilgan tangalar, gerblar, muhrlar hamda mehnat qurollari moddiy manbalarni tashkil etadi. Moddiy manbalar ashyoviy manbalar ham deyiladi. Moddiy manbalarni arxeologlar to‘plashadi. Ular o‘tmishda odamlar yashagan deb taxmin qilingan manzilgohlarda qazish ishlarini olib boradilar. Shu yo‘l bilan moddiy manbalarni tashkil etuvehi turli ashyolarni topadilar. Ularning yaratilgan davrini aniqlaydilar.

Yozma manbalar. Yozma manbalar tarixiy man- balarning muhim va asosiy turidir. Uzoq o‘tmishda qoyatosh va qattiq buyumlarga o‘yib tushirilgan bitiklar, hayvon terisi, daraxt po‘stlog‘i, keyinchalik qog'ozga yozilgan yozuvlar, turli davrlarda yozilgan qo‘lyozmalar, kitoblar, shuningdek, arxivlarda saqlanayotgan tarixiy hujjatlar yozma manbalardir.

Vatanimiz 0‘zbekiston tarixiga oid eng qadimgi yozma manba - «Avesto» kitobidir. Unda qadimgi tari- ximiz uchun juda qimmatli ma’lumotlar mavjud. Qadimgi Xorazm va sug‘d yozuvlarida bitilgan yozma manbalar ham Vatanimiz tarixini o‘rganish uchun katta ahamiyatga ega. Shuningdek, qadimgi Eron hukmdor- larining bitiklari, qadimgi Gretsiya, Rim va Xitoy olimlarining asarlarida Vatanimiz haqida qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirilgan.

Guruh sardorlari doskaga vatmanlarni osib javoblarni izohlab berishadi.Javoblar o`qituvchi tomonidan to`ldiriladi va aniqlik kiritiladi

III.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:

1)Bunda “Bingo mashqi”dan foydalaniladi:


Kitob

“Avesto”

Xronologiya

Arxiv

Tarixiy manbalar

Iso payg`ambarning tug`ilishi

Tug`ilish

Arxeolog

Miloddan avvalgi 776-yil

Oquvchilarga oldindan tayyorlangan kartochkalar tarqatiladi.Kartochkalarda atamalar, iboralar va raqamlar yozilgan bo`ladi.

Mashq savollari:

1.Yozma manbani qayd eting? (Kitob)

2.Milodiy yil hisobining boshlanishiga sabab bo`lgan voqea? (Iso payg`ambarning tug`ilishi)

3.Tarixiy vaqt va hodisalarni aniqlovchi fan? (Xronologiya)

4.Vatanimiz tarixiga oid eng qadimiy yozma manba? (“Avesto”)

5.Tarixiy ma`lumotlarni to`plash uchun asos bo`luvchi ashyolar? (Tarixiy manbalar)

6.Eski hujjat, yozma yodgorliklar saqlanadigan joy nomi? (Arxiv)

7.”Milod” so`zining ma’nosi? (Tug`ilish)

8.Birinchi Olimpiada o`yinlari o`tkazilgan yil? (miloddan avvalgi 776-yil)

9.Moddiy manbalarni o`rganuvchi qadimshunos olimlar? (Arxeolog)


2)Test sinovi:

1.”Tarix” so’zi qaysi tilda ”tadqiqot”, ”voqealar bayoni” degan ma’noni anglatadi?



A)arab B)yunon C)lotin D)fors

2.Tarix fanini yaratishga asos bo’luvchi ma’lumotlarni o’zida aks ettiruvchi ashyoviy dalillar,yozib qoldirilgan turli hujjatlar va kitoblar qanday ataladi?

A)moddiy manbalar B)yozma manbalar C)tarixiy manbalar D)ashyoviy manbalar

3. Milodiy yil hisobiga qaysi kun asos qilib olingan?



A)Iso payg’ambarning tug’ilgan kuni

B)Muhammad payg’ambarning ko’chishi

C)Rim shahriga asos solinishi

D)Olimpiada o’yinlari boshlanishi



Iqtidorli o`quvchilar uchun savollar:

1.O`zga mamlakatlar olimlari manbalarida vatanimiz tarixiga oid ma’lumotlar keltirilishi sababi nimada?



V.Dars yakunlarini chiqarish.

1.Mavzuga doir asosiy tushunchalarni qisqacha takrorlash.

2.O`quvchilar bergan savollarga javob berish.

3.Baholarni e`lon qilish.



VI.Uy vazifasini tushuntirish.

1.Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.

2.Darslikdagi ”O`zingizni sinang”ruknini daftarga ko`chirib to`ldirib kelish.

3.Darslikda berilgan mustaqil ish topshiriqlarini bajarib kelish

4.”Axborot”, “Davr” ko`rsatuvlaridan yangiliklar eshitib kelish. O’IBDO’ ________________

_________.2019. TARIXDAN HIKOYALAR 3-dars


5 - A

5 -B

5 – V

G














Darsning mavzusi: Kalendarlar tarixidan

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O`quvchilar kalendarning yaratilishi haqida bilimlarga ega bo`lishadi. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi ni shakllantirish.

Tarbiyaviy: Vaqtning qadriga yetish, undan samarali foydalanish ko`nikmalari shakllantiriladi Kommunikativ kompetensiyani shakllantirish

Rivojlantiruvchi: Yillarni hisoblash va ularni turlarga ajratish malakalari rivojlantiriladi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish

Dars turi: aralash.

Dars uslubi: og`zaki,ko`rgazmali.

Dars usuli: hikoya, guruhlar ishi, munozara

Dars jihozi: darslik, turli xil kalendarlar, atama ,tushunch , sanalar yozilgan kartochkalar.

Darsning texnologik xaritasi:

I.Tashkiliy qism 2 daqiqa

II.Uy vazifasini tekshirish 8 daqiqa

III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 15 daqiqa

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa

V.O’quvchilarni baholash 3 daqiqa

VI.Uyga vazifa berish

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism. Salomlashish, navbatchi axborotini tinglash, jahonda va O`zbekistonda yuz bergan yangiliklardan eshitish.

II.Uy vazifasini takrorlash:”Kim tez topar” o`yini.Bunda o`quvchilarga quyidagi savollar beriladi:

1.Tarixiy manbalar necha xil bo`ladi? (Moddiy va yozma manbalar)

2.Moddiy manbalarga nimalar kiradi? (Turli xil buyumlar, binolar)

3.O`zbekiston tarixiga oid eng qadimgi yozma manba. (“Avesto”)

4.Tarix fanida asrlar qanday belgilanadi? (Rim raqamlarida)

5.Arxiv nima? (Eski hujjatlar, yozma yodgorliklar saqlanadigan joy)



III.Yangi dars mavzusini ro`yobga chiqarish ustida ishlash.

Guruhlar ishi”.O`quvchilar to`rt guruhga bo`linadi va ularga topshiriqlar beriladi.Har bir guruh o`z topshirig`ini darslikdan foydalangan holda vatmanga (doskaga) yozadi.



1-guruhga:Kaledarning yaratilishi va inson hayotidagi o`rni?

2-guruhga:Yuliy kalendarining misrliklar kalendaridan farqi nimada edi?

3-guruhga: Yuliy kalendaridagi xatoliklar qanday bartaraf qilindi?

4-guruhga:Hozir hijriy yil hisobida nechanchi yil ekanini hisoblang.

Kalendar tarixi. Kalendar – lotincha so’z bo’lib, o’zbek tilida “qarz daftari”, “har oyning birinchi kuni” degan ma’nolarni anglatadi. Kalendar - vaqtning kunlarga, haftalarga, oylarga va yillarga bo'lib hisoblanishidir. Kalendarga yil, oy va kunlarning nomlaii yozib qo‘yilganbo‘ladi. Bu esa kalendardan foydalanishda katta qulaylik tug‘diradi.

Kalendar asosida odamlar kundalik ish faoliyatlaiini rejalashtirib oladilar. Davlat ishlari ham kalendar asosida rejalashtiriladi. Masalan, mamlakat Prezidentining ehet davlatlarga borishi yoki ehet davlatlar rahbarlarini qabul qilish muddatlari belgilab olinadi.



Kalendaming vatani. Dastlabki kalendar qadimgi Misrda yaratilgan. Misrliklar o‘z hayotini Nil daryosisiz tasavvur etisha olmaganlar. Nil daryosining suvi ular uchun hayot-mamot masalasi edi. Ayni paytda ular uchun Nil daryosi suvining qachon toshishi vaqtini bilish ham nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo'lgan.

Misrliklar Nil daryosining keyingi toshqiniga qadar kanallarni tozalab, to‘g‘onlarni tuzatib qo‘yishlari kerakedi. Kundalik kuzatuv daryoning yanagi toshqiniga qadar oradan 365 kun o‘tishini ko‘rsatgan. Shu tufayli misrliklar 365 kunni30kunlikqilib, 12 oyga bo‘lganlar. Qolgan besh kiinni yil oxiriga qo'shimcha sifatida joylashtirganlar. Shu tariqa ilk kalendar vujudga kelgan.

Biroq misrliklar yil hisobida 6 soatga yanglishgan edilar. Bu 6 soatlik farq har


  1. yilda bir sutkalik xatolik keltirib chiqargan.

Yuliy kalendari. Miloddan avvalgi 46-yilda Rim davlati hukmdori Yuliy Sezaro‘z nomi bilan ataluvchi Yuliy kalendarini joriy etgan. Bu kalendarda ham yil 12 oyga bo‘lingan. Ayni paytda toq sonli oylar 31 kunlik, juft sonli oylar 30 kunlik qilib belgilangan. Fevral oyi esa 28 kunlik etib tasdiqlangan. Bundan tashqari, misrliklar kalendarida har 4 yilda to'planib qoladigan bir kunni yo'qotish uchun fevral oyi to‘rt yilda bir marta 29 kun davom etadigan qilib belgilangan. Shu tariqa kalendarning ilgarilab ketishining oldi olingan. Fevral oyi 29 kunlik bo'ladigan yilda bir yil 366 kunni tashkil etgan Biroq Yuliy kalendari bo'yicha olib boriladigan yil hisobida ham xatolik bor edi. Bu xatolik tufayli dunyoda yil hisobi har400yilda 3 kunga orqada qola borgan. Bu orqada qolish milodning 1582-yiligakelib 10 kunni tashkil etgan. Bu 1583- yildabahorgi tengkunlikning21-martgaemas, 11-martgato‘g‘rikelibqolishi xavfini tug'dirgan.

Grigoriy kalendari. Yuliy kalen­daridagi bu xatolik italiyalik Grigoriy boshehiligida tuzatilgan va yangi kalendar Grigoriy kalendari deb atala boshlangan.

Bu kalendarga ko‘ra 1582-yilning 4- oktabridan keyin o'rtada 10 kun tashlab yuborilib birdaniga 15-oktabrgao‘tilgan. Natijada, Yuliy kalendari bo'yicha yil hisobida vujudga kelgan 10 kunlik farq barham topgan. Bahorgi tengkunlik yana 21 -martga qay tgan.

Grigoriy kalendarida avvalgi xatolik yana takrorlanmasligi uchun 28 kundan iborat fevral oyi har to'it yilda bir marta 29 kun davom etadi. Milodiy yil hisobi Grigoriy kalendari asosida olib boriladi. Bu kalendarga ko‘ra bir yil 365 kunga, fevral 29 kun bo‘lib kelganida esa 366 kunga tengdir.

Hozir Yeryuzining ko‘p davlatlarida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasidahamyil hisobi Grigoriy kalendari bo'yicha olib borilmoqda.



Guruh sardorlari doskaga vatmanlarni osib javoblarni izohlab berishadi.Javoblar o`qituvchi tomonidan to`ldiriladi va aniqlik kiritiladi.

IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:

”Klaster” usuli asosida.
V.Dars yakunlarini chiqarish.

1.Mavzuga doir asosiy tushunchalarni qisqacha takrorlash.

2.O`quvchilar bergan savollarga javob berish.

3.Baholarni e`lon qilish.


VI.Uy vazifasini tushuntirish.

1.Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.

2.Darslikdagi ”O`zingizni sinang” ruknini daftarga ko`chirib to`ldirib kelish.

3.Darslikda berilgan mustaqil ish topshiriqlarini bajarib kelish.

4.”Axborot”, “Davr” ko`rsatuvlaridan yangiliklar eshitib kelish. O’IBDO” __________________

_________.2019. TARIXDAN HIKOYALAR 4-dars


5 - A

5 -B

5 – V

G













Darsning mavzusi: Tarixda yil hisobi

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O`quvchilarga tarixda yil hisobi haqidagi bilimlar beriladi. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish

Tarbiyaviy: O`quvchilarga ajdodlarimizning yil hisobi haqidagi bilimlarini o`rgatish, ularga hurmat ruhida tarbiyalash Kommunikativ kompetensiyani shakllantirish

Rivojlantiruvchi: Guruhlarda ishlash malakasini rivojlantirish. Milliy va umummadaniy kompetensiyasini shakllantirish

Dars turi: aralash.

Dars uslubi: og`zaki, ko`rgazmali.

Dars usuli: test sinovi, “Kichik ma’ruza”, tushuntirish, “Bingo mashqi”.

Dars jihozi: darslik, dunyo siyosiy xaritasi, atama ,tushunch , sanalar yozilgan kartochkalar.

Darsning texnologik xaritasi:

I. Tashkiliy qism 2 daqiqa

II. Uy vazifasini tekshirish 8 daqiqa

III. Yangi mavzu mazmunini yoritish 17 daqiqa

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash 13 daqiqa

V. O’quvchilarni baholash 3 daqiqa

VI. Uyga vazifa berish 2 daqiqa

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism.

O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.


II.Uy vazifasini takrorlash: Savol va topshiriqlar

1.Kalendar va uning ahamiyati haqida nimalarn ibilib oldingiz?

2.Nima uchun bir yil 365 yoki 366 kundan iborat ekanligini izohlab bering.

3.Qadimgi misrliklar kalendarn iqanday yaratgan edilar va bu kalendardag ixatolik nimadan iborat edi?

4.Yuliy kalendarini misrliklar kalendari bilan taqqoslang.

5.Grigorian kalendarining joriy etilishiga nima sabab bo'ldi va unda Yuliy kalendaridagi xatolik qanday bartaraf etildi?

Test sinovi:

1.Misrliklar nima sababdan kalendarni yaratishgan?

A)Zilzila qachon ro’y berishini aniqlash uchun

B)Qish qachon kelishini aniqlash uchun

C)Bahorgi teng kunlikni bilish uchun

D)Nil daryosi suvining toshish vaqtini bilish uchun

2.Yuliy Sezar Yuliy kalendarini qachon joriy etdi?



A)m.a.46-yilda B)m.a.58-yilda C)m.a.29-yilda D)m.a.14-yilda

3.Hozirgi kunda butun dunyo qaysi kalendardan foydalanmoqda?

A)Yuliy kalendaridan B)Grigoriyan kalendaridan C)Hijriy kalendardan D)Misr kalendaridan
III.Yangi mavzu bayoni:

Milod (arabchaso'zbo'lib, o'zbek tilida «tug‘ilish» degan ma’noni anglatadi) - ko'pchilik mamlakatlarda qabul qilingan yil hisobining boshi. Tarix kitoblarida «milod» so'zining o'mida «era» so'zi ham ishlatiladi. Bu so‘z ham yil hisobining boshi, birinchi kuni ma’nosini anglatadi.

Iso payg‘ambar tug‘ilganiga qadar turli xalqlar yil hisobini turlichaolib borganlar. Masalan, dastlab yil hisobini ekinlarning hosilini yig'ishtiiib olish boshlangan kundan boshlaganlar va uni yilning birinchi kuni deb belgilab olganlar. Qadimgi greklarda yil hisobi birinchi olimpiada sport o'yinlari o'tkazilgan yildan boshlangan. Rimliklar esa Rim shahriga asos solingan yildan boshlaganlar. Dunyoda 1-yanvar Iso payg ‘ambar tug ‘ilgan kun, deb e’tirof etilgan. U hozirgi yilimizning 1 -yili boshlangan kun bolib qolgan.

Tarixchilar Iso payg ‘ambar tug ‘ilguniga qadar bo‘ lib o'tgan tarixiy voqea va hodisalaming yilini yozishda albatta «miloddan avvalgi» so'zlarini qo‘shib yozadilar. Masalan, tarix kitoblarida «Birinchi Olimpiada o‘ yinlari miloddan avvalgi 776-yilda qadimgi Gretsiyada o‘tkazilgan», deb yozilgan. Siz bu o'yin o'tkazilganligiga oradan necha yil o‘tganligini aniqlashingiz uchun hozirgi milodiy yilga miloddan avvalgi 776-yilni qo‘shasiz. Boshqa tarixiy voqea va hodisalaming ro‘y bergan vaqti ham shu tarzda aniqlanadi.

Siz tarixni o‘rganishda yana bir holatni yodda tuting, tarix fanida tarixiy voqea va hodisalar ro‘y bergan asming Rimraqamida yozilishi qabul qilingan. M-iimhi S Masalan, I (1), II (2), III (3), IV(4), V (5), VI (6), X (10), XV (15), XVIII (18), XX (20) asr. XXI asr esa 2001-yilning 1-yanvar kunidan boshlangan.

Hijriy yil hisobi. Dunyoning ko‘pchilik davlatlarida milodiy yil hisobi amal qilsa-da u yagona yil hisobi emas. Masalan, ba’zi arab davlatlarida hijriy yil hisobidan foydalaniladi. Hijriy yil hisobi Arabistondayaratilgan. Hijriy yil hisobigaMuhammad payg‘ambaming Makka shahridan Madina shahriga hijrat qilgan, ya’ni ko'chgan vaqti asos qilib olingan. Hijrat milodiy 622- yilning 16-iyul kuni sodir bo‘lgan edi.

622- yil hijriy birinchi yil, 16- iyul esa hijriy yilning birinchi kuni deb belgilangan. Hijriy yil hisobiga Oyning Yer atrofida aylanishi uchun ketadigan vaqt asos qilib olingan. Shuning uchun ham u hijriy - qamariy (hijriy-oy yili) yil deb ham ataladi. Hijriy yil hisobida ham bir yil 12 oydan iborat. Biroq, uning olti oyi 30 kundan, yana olti oyi esa 29 kundan iborat bo‘lganligi uchun bir yil 354 kunga teng.

Shuning uchun ham hijriy yil hisobi milodiy yil hisobidan 10-12 kunga qisqa.

O'zbekiston Respublikasida hijriy yil hisobidan diniy marosimlar va bayram kunlarini belgilashda foydalaniladi.



«Xronologiya» tushunchasi. Insoniyatning butun o'tgan tarixi vaqt bilan o'lchanadi. Tarixda yuz bergan voqea va hodisalaming ro‘y bergan vaqtini aniqlash juda muhimdir. Buningsiz mukammal tarix fanini yaratib bolmaydi. Tarixda yuz bergan voqea va hodisalaming vaqtini aniqlashda tarixchi olimlar xronologiya faniga murojaat qiladilar.

Xronologiya fani vazifasiga ko'ra tarix faniga yordamchi fandir. Bu fan tufayli olimlar qaysi tarixiy voqea va hodisa qaehon ro'y berganligini aniqlaydilar va ularning ro‘yxatini tuzadilar. Yozuv paydo bo‘lgach, tarixiy voqealaraing yili va sanasi aniq yozib qo'yiladigan bo'lgan.



Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish