Tarix yakuniy 60-70



Download 54,36 Kb.
Sana22.01.2022
Hajmi54,36 Kb.
#400749
Bog'liq
Tarix yakuniy 6-WPS Office

Tarix yakuniy 60-70


61 qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar.

1997 yil 1 yanvar holatiga respublikada 263 qishloq xo‘jalik korxonasi faoliyat ko‘rsatdi. Nodavlat sektorning jami ishlab chikarilgan mahsulotdagi ulushi 98,3 foizni tashkil etdi.Paxta etishtirishda nodavlat korxonalarning hissasi 97,8 foizni, donchilikda 98,1 foizni, kartoshkachilikda 99,7 foizni, sabzavotchilikda 98,8 foizni, polizchilikda 95,1 foizni, bog‘dorchilikda 98,5 foizni, pillachilikda 100 foizni, go‘sht etishtirishda 98,9 foizni, sut va tuhum ishlab chiqarishda 99,4 foizni, qorako‘l teri va jun etishtirishda 100 foizni tashkil etdi.Dehqonchilikda ekin maydonlarining tarkibi o‘zgardi. G‘alla maydonlari ekin maydonlarining 35,8 foizini tashkil etdi. Bug‘doy va kartoshka etishtirish 3 marta, uzum etishtirish 4 martaga ko‘paydi.

62 .Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ma’naviy-madaniy sohadagi yangilanishlar.

Ma’naviy kadriyatlarni qayta tiklashda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bayramlarini tashkil etish muhim rol o‘ynadi: 21 mart Navro‘z, 1 yanvar - Yangi yil, 8 mart - Xotin-qizlar kuni, 9 aprel - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, 9 may - Xotira kuni, 1 sentyabr – Mustaqillik kuni, 1oktyabr - Ustozlar kuni, 8dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, Ro‘za haiti, Qurban haiti.

Mustaqillik yillarida Nukus shahrining 60 va 70 yilligi, To‘rtko‘l shahrining 120 yilligi, Ajiniyoz Kosiboy o‘g‘li va Berdax Kargabay o‘g‘lining 170 yilligi, Nukus pedagogik institutining 60 va 70 yilligi, Qoraqalpoq universitetining 25 yilligi, Allayor Do‘stnazarovning 100 yilligi, Ernazar Alakozning 200 yilligi, I.YUsupov va T.Kaipbergenovlarning 70 yilligi keng nishonlandi. Nukus pedagogik institutiga Ajiniyoz shoir nomi, Qoraqalpoq universitetiga Berdax nomi berildi. Berdax va Ajiniyoz, Ulugbek haykallari o‘rnatildi. Berdax muzeyi, Amet va Aimxon Shamuratovlar muzeyi tashkil etildi. 1994 yili Qoraqalpog‘istonda

Ma’naviy madaniyat va ma’rifat markazi tashkil etildi. SHuningdek, “Oltin meros”, “Amir Temur”, “Nuraniy”, “Navruz” fondlari tashkil etildi.

63.Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta’lim tizimi va undagi islohotlar.

1990 yili Qoraqalpoq universiteti uchta fakulteti va ikkita bo‘limi asosida Nukus davlat pedagogik instituti qayta tashkil etildi.

1991 yili universitetning tibbiyot fakulteti asosida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali tashkil etildi. Unda talabalar soni 2001 yili 1000 ga etdi.

1995 yili yanada universitetning qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyot fakultetlari asosida Toshkent agrar universiteti Nukus filiali, Toshkent arxitektura-qurilish instituti Nukus filiallari tashkil etildi. 2005 yili Toshkent informatsion texnologiyalar universiteti Nukus filiali tashkil etildi. Beshta oliy o‘quv yurtlarida 9 ming nafar talaba o‘qimokda.

1991 yili O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston filiali bo‘lim statusiga ega bo‘ldi. Bo‘lim tarkibida Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti, Bioekologiya, Orol bo‘yi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar instituti tashkil etilib, mustaqillikdan avvalo uchta institut bo‘lsa, endi 6 ta institut tashkil etildi.

Bo‘limni akademik S.Kamalovdan keyin

64Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi.

Respublika olimlari mustaqillik yillarida chet el

mutaxassislari bilan xamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Bioekologiya instituti olimlari Germaniya olimlari bilan birgalikda 1993 yildan beri Orolbuyi ekologiyasi muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olib borishmoqda.1995 yili Muynokda Germaniya yordamida bioekologiya institutining xalqaro ekologiya stansiyasi ochildi.1990-yillardan boshlab Orol fojiasining halokatini boshidan kechirayotgan barcha mamlakatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti, shuningdek boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilot minbarlaridan jahon hamjamiyatining diqqat e’tiborini ushbu muammoga, uni mintaqaviy va global xavfsizlik bilan chambarchas bog‘liq ekanligiga jalb etib kelishmoqda.

orol fojiasi va uni bartaraf etish choralarini qidirish O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. O‘zbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimov 1993-yil sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida va 1995-yil oktabrdagi 50-sessiyalarida so‘zlagan nutqlarida jahon hamjamiyatini Markaziy Osiyo mintaqasidagi ekologik halokat bo‘lgan Orol va Orolbo‘yini qutqarishda ko‘mak berishga chaqirdi.Mazkur global muammoni BMT shafeligida xalqaro moliyaviy tuzilmalar, rivojlangan davlatlar ko‘magisiz amalga oshirish mumkin emasligiga BMTning e’tiborini qaratdi. 1993-yilda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston ta’sisligida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi (OQXJ) tashKil etildi.

65.Qoraqalpog‘istonda ekologik holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati.

2010-yil «O‘rta Osiyoning transchegaraviy ekologik muammolari: ularni hal etishda xalqaro huquq mexanizmlarini qo‘llash» mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada Islom Karimov transchegaraviy daryolar va ulardan foydalanishda adolat tamoyiliga rioya etish zarurligi, aks holda mintaqaning eko olamiga ulkan fojialarni keltirishi mumkinligi haqida yana bir bor ommaga ma’lum qildi.

2013-yilda Orolbo‘yi uchun Amudaryo deltasidagi kichik suv havzalarini tashkil etish,sho‘rsizlantiradigan qurilmaga ega suv chiqarish inshootlarini qurish, himoya o‘rmonini tashkil etish kabi loyiha va tadbirlarni moliyalashtirishga mablag‘lar ajratish rejasi tasdiqlangan.

2013-y


2013-yilda O‘zbekiston Respublikasi va OQXJ-ning o‘sha paytdagi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi 68-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida «Orolning qurishi oqibatlariga barham berish va Orolbo‘yi ekotizimi halokatini oldini olish tadbirlari Dasturi" ilgari surildi

66.O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi.

O‘zbekiston Respublikasi o‘zining tashqi siyosatdagi yo‘nalishlarini demokratik pritsiplarga asoslangan holda olib borar ekan, 1991 yil dekabrdan 1992 yil iyul oyigacha bo‘lgan davr ichida respublikani 111 davlat, 2015 yilga qadar esa O‘zbekiston mustaqilligini 180 dan ortiq davlat tan oldi.

2018 yilga kelib, ularning 134 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Toshkentda AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqa rivojlangan mamlakatlarning elchixonalari ochildi.

1993 yil fevral oyiga kelib Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi. Xolid Malik BMTning O‘zbekistondagi vakili etib tayinlandi.

O‘zbekiston BMTning to‘laqonli a’zosi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining yig‘ilishlarida ishtirok etishi bilan o‘zining xalqaro hamjamiyatga kirish jarayonini davom ettirdi.Oʻzbekiston rahbariyatining dunyodagi global muammolarga jahon miqyosida e’tiborini qaratishi O‘zbekistonning tashqi siyosatda tutgan aniq o‘rnini belgilab berdi.Chunonchi, 1993 yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ilgari surgan birinchi xalqaro tashabbusi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi adolatparvar siyosatidan darak berdi.

67.O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining yoʻlga qoʻyilishi

O‘zbekiston BMTga a’zo bo‘lib kirgan yillari Evropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (EXHT) katta mansabdor xodimlari qo‘mitasining Pragadagi yig‘ilishida MDH tarkibidagi davlatlarni ushbu tashkilotga a’zo bo‘lib kirishi masalasi ko‘tarildi. 1992 yil 26 fevralga kelib O‘zbekiston ham bu tashkilot kengashining yakunlovchi hujjatiga imzo chekdi. Mazkur hujjat imzolangan vaqtdan beri O‘zbekistonning Evropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bo‘linmalaridagi ishtiroki tobora kengayib bormoqda.

2005 yilning 2 iyul kuni Qozog‘istonning Astana shahrida “SHanxay hamkorligi” tashkilotining o‘ninchi marta uchrashuvi o‘tdi. Sammitda doimiy a’zo davlat rahbarlaridan tashqari Mo‘g‘uliston Respublikasining vakili kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Kengash Hindiston, Pokiston va Eron davlatlarini tashkilotga kuzatuvchi sifatida qabul qilingan edi. 2016 yil iyun oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan SHHT yig‘ilishida Pokiston va Hindiston tashkilotning teng a’zosi sifatida qabul qilindi. Astana uchrashuvi qatnashchilari “Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash konsepsiyasi”ni yakdillik bilan qabul qildi. O‘zaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirish to‘g‘risida hujjatlarni imzoladi. Tashkilotning faoliyat ko‘lamini kengaytirish maqsadida 2005-2006 yillarda SHHTning Banklararo birlashmasi, Ishbilarmonlar kengashi va Forumi tashkil qilindi.

68.O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lishi va jahon hamjamiyatidagi o‘ziga xos orni.

Mustaqil O‘zbekiston tashqi siyosatining asosini ochiq-oydinlik, teng huquqlik, demokratik pritsiplariga sodiqlik, umuminsoniy qadriyatlarini ulug‘lash, respublika ijtimoiy hayotidagi demokratik jarayonga ta’sir qilish kabilar tashkil etadi va Respublika tashqi siyosati tinchlik va xavfsizlik uchun umumjahon e’tirof etgan ochiq yakdillik talablariga asoslanadi. 1992 yil 2 martda O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lib dunyo miqyosida tan olindi. Bu voqea Respublikaning mustaqil davlat sifatida xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rin olishda ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

1993 yil fevral oyiga kelib Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi. Xolid Malik BMTning O‘zbekistondagi vakili etib tayinlandi.

O‘zbekiston BMTning to‘laqonli a’zosi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining yig‘ilishlarida ishtirok etishi bilan o‘zining xalqaro hamjamiyatga kirish jarayonini davom ettirdi.Oʻzbekiston rahbariyatining dunyodagi global muammolarga jahon miqyosida e’tiborini qaratishi O‘zbekistonning tashqi siyosatda tutgan aniq o‘rnini belgilab berdi.Chunonchi, 1993 yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ilgari surgan birinchi xalqaro tashabbusi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi adolatparvar siyosatidan darak berdi.

69 .O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarida Qozog‘iston alohida o‘rin egallaydi. 2018 yilga kelib Qozog‘iston bilan o‘zaro hamkorlik aloqalariga oid 170 dan ziyod hujjatlar imzolangan bo‘lib, ular orasida “Abadiy do‘stlik” va “Strategik sheriklik” to‘g‘risidagi shartnomalar alohida o‘rin egallaydi. Oxirgi yillarda bu hamkorlik aloqalariga katta ahamiyat berilib, Qozog‘iston va O‘zbekiston davlat rahbarlari o‘rtasida oliy darajadagi bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, O‘zbekiston 1992 yil 6 fevralda Turkiya, Pokiston, Eron tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lib kirdi va 1992 yil Eron, Turkiya, Pokiston, Turkmaniston, Qozog‘iston davlat va hukumat rahbarlari bilan imzolangan “Trans-Osiyo” temir yo‘l aloqasini tiklash maqsadida Tajan-Seraxs-Mashhad yo‘li qurilishi haqidagi bitimda faol ishtirok etdi. Bu O‘zbekiston uchun dengiz yo‘llariga, xalqaro transport tarmog‘iga, tovar va kapital xalqaro bozoriga chiqish imkoniyatini berdi. Arab mamlakatlari bilan olib borilgan aloqalar madaniy va diniy tomondan ham uzviy bog‘liq bo‘ldi. Bu yo‘ldagi harakatlar natijasida savdo-sotiq, turizmni rivojlantirish va kadrlarni o‘qitish imkoniyatlariga yo‘l ochildi.

70.O‘zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida olib borgan siyosati.

90-yillar oxirlariga kelib hududiy mojarolar, diniy ekstremistik harakatlar O‘zbekiston mustaqilligi uchun xavfli tahdidligi ayon bo‘lib qolgan edi. Haqiqatan ham Afg‘onistonda o‘rnashib ko‘p mamlakatlar tomonidan madad olib turgan diniy ekstremistlar 1999 yil 16 fevralda, 1999-2000 yillari davlat chegaralarini buzishlar, 2003-2004 yillarda Toshkent va Buxoroda amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlari O‘zbekiston rahbariyatining fikrlarini tasdiqladi.



2001-yil 11-sentyabrda Nyu-Yorkdagi qo‘poruvchilik harakatlari yirik davlatlar rahbarlarining ko‘zini ochdi va O‘zbekiston tomonining qanchalik haq ekanligini ko‘rsatdi. Terrorizm butun dunyoni qamramoqda, uning uchun diniy, milliy ajratuvchilik, davlat chegaralari ham yo‘q.1995-2003-yillarda faqat MDH davlatlari hududida 4.500 uyushgan jinoyatchilar guruhi tor-mor qilindi, 300 ming o‘qotar qurollar, 400 tonna portlovchi moddalar yo‘q qilindi.2016 yil umumxalq tomonidan saylangan Prezident Sh.M.Mirziyoyev tashqi siyosatda o‘zaro hamkorlik, yaxshi qo‘shnichilik, manfaatli munosabatlar, ichki ishlarga aralashmaslik tamoyillarini ilgari surgan holda oshkoralik va shaffoflik masalalariga ham katta e’tibor qaratdi. Shu boisdan ham O‘zbekiston Prezidentining mazkur siyosati jahon hamjamiyati tomonidan ijobiy e’tirof etilmoqda.

Xalqaro “The Economist” jurnali talqiniga bo‘yicha 2019 yil yakunlariga ko‘ra Prezident Sh.M.Mirziyoyev “Yil odami” deya e’lon qilindi.
Download 54,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish