Tarix fani
O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘rganish bosqichlari
Ta’lim bosqichi
|
Bitiruvchilar
|
Standart darajasi
|
Daraja nomlanishi
|
O‘rta ta’lim
|
Tarix fani chuqurlashtirilib o‘rganilmaydigan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari
|
В1
|
Tarix fanini o‘rganishning tayanch darajasi davom ettiriladi (XX asr boshlaridan hozirgi kungacha bo‘lgan davr). Tarix fanini o‘rganishning umumiy darajasi.
|
Tarix fani chuqurlashtirilib o‘rganiladigan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari
|
В1+
|
Tarix fanini
o‘rganishning kuchaytirilgan
umumiy darajasi.
|
Tarix o‘quv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari
O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
O‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;
o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;
o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.
O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitishning vazifalari:
O‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;
ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish;
o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.
Tarix fani bo‘yicha o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari
1. Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:
B1
tarixiy-geografik makon haqida ma’lumot bera oladi;
O‘zbekiston va jahon tarixining XX asr boshlaridan bugungi kunga qadar bo‘lgan insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;
O‘zbekiston davlatining tinchlikni asrash siyosati, tashqi siyosiy faoliyati haqida ma’lumot bera oladi;
o‘rganilgan tarixiy davrlarga munosabat bildirib, xulosa chiqara oladi;
davlatlarning tashkil topishi, hududi, aholisi va boshqaruv tartiblarini tushuntira oladi;
mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining madaniyati, ma’naviyati, dunyoviy va diniy qadriyatlarining hamda ilm-fan, davlatchilik rivojiga hissa qo‘shgan mutafakkirlar nomlarining tiklanishi haqida ma’lumot bera oladi;
tarixiy voqealar natijasi yuzasidan munosabat bildiradi, umumlashtiradi, bayon qiladi va xulosa chiqaradi;
B1+
O‘zbekiston va jahon tarixining eng qadimgi davridan bugungi kunga qadar insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;
tarixning davrlarini taqqoslay oladi, tahlil qiladi, baholaydi va xulosa qiladi, yozma ma’lumot bera oldi;
voqea va jarayonlarni tarixiy davr nuqtayi nazaridan tahlil qiladi, baho beradi, xulosa chiqaradi, munosabat bildiradi.
davlatlarning tashkil topishi, davlat shakli, davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy jarayonlar, ichki va tashqi munosabatlar, harbiy salohiyat, insoniyat sivilizatsiyasida tutgan o‘rni haqida yozma ma’lumot bera oladi;
tarix fanidan olgan bilimlarini boshqa fanlar bilan bog‘lay oladi.
2.Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
B1
XX asr boshlaridan bugungi kungacha kechgan tarixiy voqelikni bayon qilishda muhim bo‘lgan tarixiy toponomik atamalar mazmunini tushuntira oladi;
tarixiy jarayon va voqealar haqida ma’lumot berishda qo‘shimcha adabiyot va manbalardan foydalana oladi;
tarixiy-badiiy asarlar, ommaviy axborot vositalarida berilayotgan ma’lumotlardan foydalanishda va ularga munosabat bildirishda axborot madaniyatiga rioya qiladi.
B1+
tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganadi, mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlar to‘play oladi, xulosalar chiqaradi, baholaydi, mustaqil fikr bildiradi;
mavzu yuzasidan tarixiy adabiyotlarni mustaqil tanlay oladi, mustaqil ishlar va taqdimotlar tayyorlay oladi;
o‘z oilasining shajarasini tuza oladi.
O‘RTA TA’LIMNING
TARIX FANIDAN
O‘QUV DASTURI
(10-11-SINF)
UQTIRISH XATI
O‘zbekiston milliy davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin ta’lim davlat siyosatining ustuvor sohasiga aylanib, ushbu sohada tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. O‘zbekiston tarixini o‘rganish bu boradagi markaziy sohani egallaydi. Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o‘z oldiga ezgu va ulug‘ maqsadlar qo‘yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o‘z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.
O‘z avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabi, o‘zi tug‘ilib, voyaga yetgan Vatani tarixini bilishga intilish har bir sog‘lom fikrli insonga xos fazilatdir. Shuning uchun ham o‘zlikni anglash, avvalo, tarixni bilishdan boshlanadi. Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson, haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa, kelajakni yaratib bo‘lmaydi. Shu ma’noda tarix fani o‘zining oldiga quyidagi maqsad vazifalarni qo‘yadi:
o‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;
o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;
o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.
Tarix fanini o‘qitish esa, quyidagi vazifalar orqali amalga oshiriladi:
ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish;
o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining V-IX sinflarida O‘zbekiston va jahon tarixining qadimgi zamonlaridan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davri o‘rganishni taqozo etadi. Tarixiy hodisalar va voqealarni o‘rganishga qo‘yilgan talablar (V-IX sinflar) o‘quvchilarning yoshi, bilim saviyasi, ruhiy xususiyatlari, jismoniy rivojlanishi darajalariga mos bo‘lishi lozim. Shunga muvofiq tarzda o‘quv fani uch yo‘nalishni tashkil etadi. Jahon tarixi, O‘zbekiston tarixi, Dunyo dinlari tarixi.
5-sinfda (68 soat) tarix fan sifatida o‘rganilmay, qisman tarixiy tasavvur hamda eng sodda tushunchalarni egallash bilan cheklaniladi.
6-sinf tarix (68 soat) o‘quv fani asosiy predmet sifatida o‘rganiladi. Bunda eng qadimgi davrlardan milodning V asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrdagi jahon va O‘zbekiston tarixi o‘rganiladi.
7-sinf O‘zbekiston tarixi (51 soat) – mamlakatimiz tarixining V asridan XVI asrgacha bo‘lgan davrini qamrab oladi.
7-sinf Jahon tarixi (51 soat) – dunyo xalqlari tarixining V asridan XVI asrigacha bo‘lgan davri o‘rganiladi.
8-sinf O‘zbekiston tarixi (34 soat)da – tariximizning XVI asrdan XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davri o‘rganiladi.
8-sinf Jahon tarixi (34 soat)da esa, XVI asrdan XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan davr o‘rganiladi.
8-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) da eng qadimgi davrdan XX asrgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.
9-sinf O‘zbekiston tarixi (34 soat) – mamlakatimiz tarixining XIX asrning ikkinchi yarmidan 1918-yilgacha bo‘lgan davri bilan tanishtiradi.
9-sinf Jahon tarixi (34 soat) XIX asrning 70-yillaridan XX asrning 1918-yillarini o‘z ichiga oladi.
9-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) jahon dinlari, globallashuv sharoitida inson ongi va tafakkuri uchun kurash, din niqobidagi terrorchilik harakatlari, ularning maqsad-vazifalarini yorituvchi materiallarni o‘z ichiga oladi.
10-sinf O’zbekiston tarixi (34 soat) – mamlakatimizning 1918-yildan 1991-yilgacha bolgan davri voqelikliklari bilan tanishish va o’rganishga bag’ishlanadi.
10-sinf Jahon tarixi (34 soat) – 1918-yildan 1991-yilgacha bo’lgan davrdagi dunyo xalqlari ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotini o’rganadi.
10-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) – fan va din munosabatlari, jahon dinlari, tasavvuf va uning tariqatlari, din va “ommaviy madaniyat”, ksenofobiya va din kabi masalalarini o’rganadi.
11-sinf O’zbekiston tarixi (34 soat) – 1991-yildan hozirgi kungacha bo’lgan davrda amalga oshirilgan siyosiy islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotni o’z ichiga qamrab oladi.
11-sinf Jahon tarixi (34 soat) – 1991-yildan bugungi kungacha dunyo mamlakatlari tarixiy taraqqiyoti va global voqeliklarni o’rganadi.
11-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) – dunyo dinlari tarixi, dinshunoslikdagi zamonaviy tendentsiyalar, davlat va din munosabatlari, jahon dinlari manbalari, tariqatchilik, din va madaniyat, diniy an’ana va marosimlar kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.
Dastur – mavzularini o‘rganish uchun ajratilgan soatlar miqdori o‘qituvchi ixtiyoriga ko‘ra, maktab metod birlashmasi va viloyat (shahar, tuman) xalq ta’limi boshqarmasi bilan kelishilgan holda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Tarix fani chuqur o‘qitiladigan sinflarda mazkur dasturda berilgan mavzular kengaytirib o‘qitiladi.
Eng yangi davr tarixini o‘rganish umumta’lim maktablari (V-IX sinflar) vazifasiga kirmaydi. Uni izchillikda o‘rganish o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlarida davom ettiriladi.
Tarix ta’limida o‘quvchilar nimani bilishlari, nimani mustaqil o‘qib olishlari, qanday muammolarni o‘rganishlari muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar tarixiy hodisalarning mazmunini bilishdan tashqari, tarixiy voqealarni bir-biri bilan taqqoslay olishlari, mustaqil fikr yuritib, ularga baho berishlari, voqealar mohiyatini tushuntira olishlari, yozma ifodalay olishlari zarur. Birinchi darajali voqealardan ikkinchi darajalisini farqlay olishlari, ularni ijtimoiy tahlil qilib, xulosalar chiqara olishlari zarur.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tarix fanini o‘rganishning asosiy maqsadi:
tarixni o‘rganish orqali tarixiy tafakkurni shakllantirish, o‘zlikni anglash, ma’naviy bo‘shliqlarni oldini olish;
Vatan, millat taqdiri uchun ma’suliyat, daxldorlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat hissini shakllashtirish va rivojlantirish;
mamlakatimiz tarixi jahon tarixining bir bo‘lagi ekanligini anglash orqali, buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlaridan axloqiy tarbiya va ibrat olishni o‘rganish.
O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida tarix fanini o‘rganishning asosiy vazifalari:
Tarixiy voqea va hodisalar asosida “Tarix – xalq ma’naviyatining asosi” ekanligini singdirish;
har bir xalq o‘z tarixini turli ta’sir va tajovuzlardan asrashi kerakligini singdirib borish;
tarixiy xotirasiz kelajak yo‘qligini tushuntirish;
ta’lim-tarbiya jarayonida tayanch kompetensiyalar – kommunikativ kompetensiya, axborotlar bilan ishlash, o‘z o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi va tarix fani mazmuniga oid tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish, tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kabi fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.
I. TK-tayanch kompetensiya
-
TK1-kommunikativ kompetensiya
-
TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
-
TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
-
TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
-
TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya
-
TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
II. FK-fanga oid kompetensiyalar
1.FK1- Tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:
2. FK2- Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.
5-SINF. TARIXDAN HIKOYALAR
(A1 – 68 soat, haftasiga 2 soatdan; A1+ - 102 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar tizimi:
Kommunikativlikka oid:
A1
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq, tushunarli bayon etish, erkin muloqotga kirishish, o‘z nuqtai nazarini asoslash va to‘g‘ri xulosa chiarish;
A1+
faol muloqotga kirishish, yozma va og‘zaki nutqning ravonligi, tanqidiy fikr yuritish, informatsion tolerantlikka ega bo‘lish.
Umummadaniy:
A1, A1+
umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va h.k.) hurmat qilish;
o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat va saxovat ko‘rsatish, barcha xalq va millatlarning e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
O‘z-o‘zini rivojlantirish
A1, A1+
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;
o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘z-o‘zini nazorat qilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish
A1, A1+
tarixiy voqealarni xronologik ketma-ketlikda tahlil etish, matematik amallar asosida ular o‘rtasidagi o‘zaro davriy aloqadorlik, sabab-oqibat munosabatini o‘rnatish, fan va texnika yangiliklarini tarixiy ildizlarini qiyoslash va umumiy xulosalar chiqarish.
I BOB. TARIX FANI NIMANI O‘RGANADI?
(A1 – 5 SOAT; A1+ - 9 SOAT)
Kirish.
Tarix – o‘tmish haqidagi fan. “Tarixdan hikoyalar” darsligi bilan ishlash.
1-mavzu. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”. (A1 – 1 soat; (A1+ - 1 soat).
O‘zbekiston – buyuk tarixga ega yurt. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q.
2-mavzu. Tarixiy manbalar. (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
“Tarixiy manba” tushunchasi. Moddiy manbalar. YOzma manbalar.
3-mavzu. Tarixda-yil hisobi (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
Tarixiy xronologiya. Qadimgi O‘rta Osiyo xalqlarida-yil hisobi. Dastlabki kalendarlar. Yuliy va Grigoryan kalendarlari. Hijriy va milodiy-yil hisobi.
4-mavzu. Tarixda-yillarni hisoblash (amaliy mashg‘ulot) (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat)
(A1)Tarixiy sanalarni matematik usullarda hisoblash.
(A1+) Hijriy-yilni milodiy-yilga, milodiy-yilni hijriy-yilga o‘girish.
5-mavzu. Dunyo xaritasi tarixi. (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
(A1) Dastlabki xaritalar. Globusning yaratilishi. Zamonaviy xaritalar.
(A1+) Yozuvsiz xaritalar bilan ishlash.
II BOB. IBTIDOIY TURMUSH TARZI
(A1 – 8 SOAT; A1+ - 14 SOAT)
6-mavzu: Eng qadimgi odamlar va ularning manzilgohlari (A1 – 1 soat; (A1+1 soat).
Afrika, Osiyo va Evropadagi qadimgi odamlar manzilgohlari. Qadimgi odamlar manzilgohlarining ko‘rinishi va o‘ziga xosliklari.
7-mavzu. Qoyatosh suratlari (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
Dastlabki rassomlar. Ibtidoiy tasviriy san’at namunalari. O‘zbekiston hududidagi qoyatosh suratlari.
8-mavzu. Insoniyatning dastlabki turmush tarzi (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
Qadimgi odamlarning xo‘jaligi, uy-joylari, ro‘zg‘or buyumlari va qurol-yarog‘lari. Qadimgi musiqa asboblari.
9-mavzu. Insonlarning dastlabki liboslari (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
Liboslarning paydo bo‘lishi. Liboslar va marosimlar. Tikuvchilik va to‘quvchilik tarixidan.
10-mavzu. Zamonaviy liboslar (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
Milliy liboslar va ommaviy liboslar. Tantana va kundalik liboslar. Zamonaviy liboslar. Maxsus ish kiyimlari.
11-mavzu. Asotirlar va afsonalar (A1 – 1 soat; (A1+ 2 soat).
Afsonalar. O‘rta Osiyo xalqlari afsonalari va asotirlari. Eron, Hind, YUnon va Rim afsonalari.
12-mavzu. Tarixni o‘rganishda arxeologiyaning o‘rni (A1 – 2 soat; A1+ - 3 soat).
Arxeologiya – tarixni moddiy manbalar asosida o‘rganuvchi fan. Arxeologik qazishma ishlari. Arxeologik topilmalar. Arxeolog olimlar. Suv osti arxeologiyasi.
III BOB. KISHILIK MADANIYATINING SHAKLLANISHI.
SHAHARLAR VA DAVLATLAR
(A1 – 11 SOAT; A1+ - 18 SOAT)
13-mavzu. Yozuvning paydo bo‘lishi (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
Ilk yozuvning paydo bo‘lishi. Qadimgi yozuvlar va ularning turlari. Alifbolarning vujudga kelishi. Qadimgi Xorazm va So‘g‘d yozuvlari.
14-mavzu. Qadimgi kishilarning e’tiqodlari (A1: 1 soat, A1+2 soat).
Dastlabki diniy tasavvurlar. O‘rta Osiyo – diniy bag‘rikenglik makoni.
15-mavzu. Olimpiya o‘yinlari (A1 – 1 soat; A1+ - 1 soat).
Olimpiya o‘yinlarining paydo bo‘lishi. Zamonaviy olimpiada o‘yinlari.
16-mavzu. Qadimgi dunyoning etti mo‘jizasi (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
Etti mo‘‘jiza haqida. Misr ehromlari. Semiramida osma bog‘lari. Olimp xudosi Zevs haykali. Ma’buda Artemida ibodatxonasi. Quyosh xudosi Gelios haykali. Aleksandr-mayog‘i. Galikarnas maqbarami.
17-mavzu. O‘zbekistonning qadimiy tarixiy-me’moriy yodgorliklari (A1 – 2 soat; A1+ - 3 soat).
G‘orlar – Amir Temur g‘ori, Obirahmat g‘ori, Teshiktosh g‘ori. Qal’alar – Qo‘yqirilganqal’a, Tuproqqal’a, Afrosiyob. Maqbaralar – Somoniylar maqbarasi, Go‘ri Amir maqbarasi, Arab ota maqbarasi.
18-mavzu. Jahon tarixiy-me’moriy yodgorliklari (A1 – 2 soat; A1+ - 4 soat).
Jahon madaniyatining mumtoz namunalari: Piza minorasi. Tauer ko‘prigi. Toj Mahal maqbarasi. Eyfel minorasi. Ozodlik haykali.
19-mavzu. Muzeylar (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
Jahonning mashhur muzeylari – Britaniya muzeyi. Luvr muzeyi. Ermitaj muzeyi. Mamlakatimiz muzeylari – O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi. Temuriylar tarixi davlat muzeyi. Virtual muzeylar.
20-mavzu. Bolalar muzeyi: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining “Mo‘‘jizalar olamida” bolalar muzeyi (amaliy mashg‘ulot) (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
IV BOB. SAVDO VA ALOQA
(A1 – 3 SOAT; (A1+ 6 SOAT)
21-mavzu. Tangalar – tarix guvohi (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
Dastlabki tangalar. Tangalar tarixdan guvohlik beradi. Qadimiy va zamonaviy tangalarda ramzlarning aks etishi.
22-mavzu. Savdo yo‘llari (A1 – 2 soat; A1+ - 4 soat).
Qadimgi karvon savdo yo‘llari. Buyuk ipak yo‘li. Qadimgi dengiz savdo yo‘llari. Karvonsaroylar va savdo kemalari.
V BOB. OZODLIK UCHUN KURASHGAN QAHRAMONLAR
(A1 – 14 SOAT; A1+ -24 SOAT)
23-mavzu. To‘maris va SHiroq jasorati (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
Ahamoniylarning O‘rta Osiyoga kirib kelishi. To‘maris va SHiroq jasorati.
24-mavzu. Spitamenning qahramonligi (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
Makedoniyalik Aleksandrning O‘rta Osiyoga yurishi. Spitamenning qahramonligi.
25-mavzu. Muqanna qo‘zg‘oloni (A1 – 1 soat; (A1+ - 2 soat).
Muqanna qo‘zg‘olonining sabablari. Qo‘zg‘olonning natijalari.
26-mavzu. Jaloliddin Manguberdi (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
Mo‘g‘ullarga qarshi mardonavor kurash. Jaloliddin Manguberdi jasur va mohir sarkarda.
27-mavzu. Temur Malik jasorati (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
Mo‘g‘ullar bosqiniga qarshi Xo‘jand mudofaasi. Temur Malik faoliyati.
28-mavzu. Sohibqiron Amir Temur (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
Amir Temur hayoti va faoliyati. Amir Temur qudratli davlat asoschisi.
29-mavzu. Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni (A1 – 1 soat; (A1+ - 2 soat).
Amir Temur Evropa xalqlari xaloskori. Amir Temurga o‘rnatilgan haykallar.
Nazorat ishi (A1 – 1 soat; A1+ - 1 soat).
Nazorat ishi jarayonida quyidagi fanga oid kompetensiyalar tekshiriladi:
a) tarixiy atamalar bilan ishlashga doir:
A1 darajada quyidagi atamalarni bilishi va ulardan foydalanishi lozim: o‘tmish, manba, kalendar,-yil hisobi, xarita, globus, “ishbilarmon odam”, “aql-idrokli odam”, o‘zlashtirma xo‘jalik, o‘troq hayot, arxeologiya, yozuv, alifbo, muzey, g‘or, qal’a, maqbara.
A2 darajada quyidagi atamalarni bilishi va ulardan foydalanishi lozim: moddiy manbalar, yozma manbalar, xronologiya, kalendar,-yil hisobi, arxeologiya, suv osti arxeologiyasi, madaniy qatlam, manzilgoh, ieroglif, mixxat, finikiy alifbosi, kirill alifbosi, muzey, karvon, turmush tarzi, o‘zlashtirma xo‘jalik, ishlab chiqaruvchi xo‘jalik, tarixiy obida, yodgorlik.
b) avtobiografiyani o‘zlashtirishga doir:
A1 darajada quyidagi tarixiy shaxslarning nomlarini bilishi va ular haqidagi zaruriy ma’lumotlarni bilishi lozim: YUliy, Grigoriy, Abu Rayxon Beruniy, YAhyo G‘ulomov, Jak Iv Kusto, Kirill, Mefodiy, Zardo‘sht, SHiroq, To‘maris, Spitamen, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur.
A2 darajada quyidagi tarixiy shaxslarning nomlarini bilishi va ular haqidagi zaruriy ma’lumotlarni bilishi lozim: YUliy, Grigoriy, Abu Rayxon Beruniy, YAhyo G‘ulomov, Jak Iv Kusto, Kirill, Mefodiy, Zardo‘sht, Kir II, To‘maris, Doro I, SHiroq, Makedoniyalik Aleksandr, Spitamen, Qutayba Ibn Muslim, Muqanna, CHingizxon, Alouddin Muhammad, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir Tarag‘ay Baxodir, Takina Mohbegim, Amir Temur.
v) tarixiy sanalar va voqelikning aloqadorligini izohlashga doir:
A1 darajada quyidagi tarixiy sanalarni bilishi va mazkur sana bilan bog‘liq voqelikni sharhlash olishi lozim: mil.av. 46-yilda YUliy kalendari joriy etildi; mil.av. 2 ming-yillikning o‘rtalarida dunyoda dastlabki alifbo – harfli yozuvni finikiyaliklar yaratishdi; mil. av. 530-yilda Kir II massagetlar yurtini bo‘ysundirish uchun Amudaryoni kechib o‘tdi; mil.av. 519-yilda Doro I saklar yashayotgan hududni bosib olish uchun qo‘shin tortdi; 715-yilda arablar Movaraunnahrda o‘z hukmronligini o‘rnatdi; 769-yilda Muqanna boshchilig‘idagi qo‘zg‘olon boshlandi; 1336-yil 9-aprelda Amir Temur tavvalud topgan; 1546-yilda Luvr muzeyi qurilgan; 1994-yil 1 iyulda O‘zbekiston Respublikasining pul birligi – so‘m muomalaga kiritilgan; 1996-yilda Amir Temur tavalludining 660-yilligini keng nishonlangan hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyi bunyod etilgan.
A2 darajada quyidagi tarixiy sanalarni bilishi va mazkur sana bilan bog‘liq voqelikni sharhlash olishi lozim: mil.av. 46-yilda YUliy kalendari joriy etildi; mil.av. 2 ming-yillikning o‘rtalarida dunyoda dastlabki alifbo – harfli yozuvni finikiyaliklar yaratishdi; mil. av. 530-yilda Kir II massagetlar yurtini bo‘ysundirish uchun Amudaryoni kechib o‘tdi; mil.av. 519-yilda Doro I saklar yashayotgan hududni bosib olish uchun qo‘shin tortdi; 715-yilda arablar Movaraunnahrda o‘z hukmronligini o‘rnatdi; 769-yilda Muqanna boshchilig‘idagi qo‘zg‘olon boshlandi; 1336-yil 9-aprelda Amir Temur tavvalud topgan; 1546-yilda Luvr muzeyi qurilgan; 1994-yil 1 iyulda O‘zbekiston Respublikasining pul birligi – so‘m muomalaga kiritilgan; 1996-yilda Amir Temur tavalludining 660-yilligini keng nishonlangan hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyi bunyod etilgan.
g) tarixiy-badiiy hikoyalar va rivoyatlardagi matnlar bilan ishlashga doir:
A1 darajada tarixiy-badiiy hikoyalar va rivoyatlardagi matnlar bilan ishlashga doir quyidagi kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim: tarixiy-badiiy hikoya va rivoyatlarni qayta so‘zlab berish; asosiy tushunchalar asosida matn tuzish, qahramonlar obraziga tavsif berish.
A2 darajada tarixiy-badiiy hikoyalar va rivoyatlardagi matnlar bilan ishlashga doir quyidagi kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim: tarixiy-badiiy hikoya va rivoyatlarni to‘liq bayon etish; hikoya va rivoyatlar asosida esse yozish, qahramonlar obrazini tahlil etish.
Takrorlash (A1: 1 soat, (A1+1 soat)
29-mavzu. Chor Rossiyasi bosqiniga qarshi kurashgan xalq qahramonlari (A1 – 1 soat; A1+ - 1 soat).
Mulla Alimquli boshchiligida xalq kurashi. Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni.
30-mavzu. Milliy ozodlik harakatlari (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
Milliy ozodlik kurashi yo‘lboshchilari. Turkiston ozodligi uchun kurash natijalari.
31-mavzu. Turkiston ma’rifatparvarlari (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
Ma’rifat va ma’rifatparvarlik haqida. Mahmudho‘ja Behbudiy. Abdulla Avloniy. Munavvar Qori Abdurashidxonov.
31-mavzu. Milliy ziyolilar va qatag‘on siyosati (A1 – 1 soat; (A1+ - 2 soat).
Sho‘ro hukumatining qatag‘onlik siyosati. Qatag‘on qurbonlari: Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Usmon Nosir, Oybek, Said Ahmad.
32-mavzu. “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi. (amaliy mashg‘ulot, virtual ekskursiya darsi) (A1 – 1 soat; A1+ - 1 soat).
VI BOB. JAHON ILM-FAN TARAQQIYOTI
(A1 – 6 SOAT; A1+ - 10 SOAT).
33-mavzu. Maktab – bilim o‘chog‘i (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
Maktablarning paydo bo‘lishi. O‘rta Osiyoda xalq va onalar maktabi. O‘rta asrlarda ta’lim muassasalari. Ma’mun akademiyasi.
34-mavzu. Yurtimizning buyuk allomalari (A1 – 2 soat; A1+ - 3 soat).
Aniq va tabiiy fanlarning rivoji: Muhammad ibn Msuo al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek. Adabiyot va san’at rivoji: Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod.
35-mavzu. O‘zbekiston – daholar yurti (amaliy dars) (A1+ - 1 soat).
36-mavzu. Evropada ilm-fan kashfiyotlari (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
Nikolay Kopernik ta’limoti. Jordano Bruno va Galileo Galileylarning astronomiya faniga qo‘shgan hissalari.
37-mavzu. Buyuk ixtirolar (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
Transport vositalarining ixtiro etilishi. Aloqa vositalarining yaratilishi. Zamonaviy transport va aloqa vositalari.
VII BOB. INSONIYAT TARIXIDAGI JAHON URUSHLARI
(A1: 7 SOAT, (A1+ 10 SOAT)
38-mavzu. Birinchi jahon urushi (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
Birinchi jahon urushining Turkiston o‘lkasiga ta’siri. Jizzax qo‘zg‘oloni. Qo‘zg‘olonning engilish sabablari va ahamiyati.
39-mavzu. Ikkinchi jahon urushi (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
Ikkinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari. Urushning fojiali oqibatlari. Jinoyat jazosiz qolmaydi.
40-mavzu. O‘zbek xalqi ikkinchi jahon urushi-yillarida (A1: 1 soat, (A1+1 soat).
O‘zbekistonlik askarlarning frontdagi jasoratlari. O‘zbekiston xalqining mehnat jasorati. O‘zbek xalqining ulkan muruvvati va saxovati.
Takrorlash (A1 – 1 soat; A1+ - 1 soat).
41-mavzu. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (A1 – 1 soat; A1+ 1soat).
Birlashgan Millatlar Tashkilotining tashkil topishi va tuzilishi. O‘zbekiston – Birlashgan Millatlar tashkiloti a’zosi. BMTning “Bolalarga yordam ko‘rsatish” Xalqaro jamg‘armasi (YUNISEF).
42-mavzu: “Mustaqillik-maydoni” rasmi ustida suhbat (A1 – 1 soat; A1+ - 1 soat).
“Mustaqillik va ezgulik” monumenti. Xotira-maydoni. Xotira kitobi.
43-mavzu: Xotira abadiy inson qadri ulug‘dir (kitob mutolaasi darsi) (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
VIII BOB. O‘ZBEKISTON MUSTAQIL TARAQQIYOT YO‘LIDA
(A1 – 9 SOAT; A1+ - 14 SOAT)
44-mavzu. O‘zbekiston mustaqilligining qo‘lga kiritilishi (A1 – 2 soat; A1+ - 3 soat).
O‘zbekiston mustaqilligining e’lon qilinishi. Mustaqillik – o‘zbek xalqining olamshumul yutug‘i. Davlat ramzlari – mustaqillik asosi. O‘zbekiston Respublikasisining Bosh Qomusi. Taraqqiyotning “o‘zbek modeli”.
45-mavzu. Islom Karimov – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti (A1 – 1 soat; A1+ - 1 soat).
Islom Karimov – tub islohotlar asoschisi. Bolalarini jondan aziz ko‘rgan yurt otasi. Musaffo osmon va farovon turmush uchun Sizga tashakkur!
46-mavzu. O‘zbekiston iqtisodiyotidagi yutug‘lar (A1 – 1 soat; A1+1 soat.
O‘zbekistonning g‘alla mustaqilligi. Neft mustaqilligi. O‘zbekiston paxtasining dunyodagi o‘rni. Zamonaviy sanoat.
47-mavzu. Tadbirkorlik – taraqqiyot tayanchi (A1 – 1 soat; A1+ - 1 soat).
Tadbirkorlik va kichik biznes rivoji. Oilaviy tadbirkorlik. Tadbirkorlarga hurmat hukumatimiz e’tiborida. SHahar va qishloqlar obodligi yo‘lida.
48-mavzu. Ta’lim taraqqiyoti – istiqbol poydevori (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
O‘n ikki-yillik majburiy ta’lim – davlatimiz kafolatida. Zamonaviy ta’lim muassasalari. Tilga e’tibor – elga e’tibor.
49-mavzu. Ma’naviy va ma’rifiy yuksalish (A1 – 2 soat; A1+ - 4 soat).
Milliy va ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi. Mamlakatimizda millatlararo totuvlik. “Do‘stlik” bog‘i – turli millat bolalarining sevimli maskani. Diniy bag‘rikenglik. Kitobxonlik va mutolaa madaniyati. Teatr va musiqa san’ati. “Umid nihollari” sport musobaqasi.
50-mavzu. Mahalla – qadriyatlar o‘chog‘i (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
Fuqarolik jamiyati va mahalla. Mahalla – demokratiya darsxonasi. Mahalla oqsoqoli va maslahatchisi.
IX BOB. XXI ASRDA O‘ZBEKISTON VA JAHON
(A1 – 5 SOAT; A1+ - 7 SOAT)
51-mavzu. O‘zbekiston va jahon (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
O‘zbekiston mustaqilligining dunyo mamlakatlari tomonidan tan olinishi. O‘zbekiston mintaqaviy tashkilotlar a’zosi.
52-mavzu. Dunyo xavfsizligiga tahdid (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
Insoniyat tinchligiga xavf solayotgan kuchlar. Mintaqaviy mojarolar. Xalqaro terrorchilik. Diniy ekstremizm. Ekologik muammolar. Tinchlik uchun kurash yo‘lidagi hamkorlik.
53-mavzu. Mening Vatanim (o‘lkashunoslik darsi) (A1 – 1 soat; A1+ - 2 soat).
Men – yashayotgan viloyat, tuman, shahar, qishloq va mahalla tarixi. Oilamiz shajarasi.
Takrorlash (A1 – 1 soat; A1+ - 1 soat).
Nazorat ishi – 1 soat.
Nazorat ishi jarayonida quyidagi fanga oid kompetensiyalar tekshiriladi:
a) tarixiy atamalar bilan ishlashga doir:
A1 darajada quyidagi atamalarni bilishi va ulardan foydalanishi lozim: transport, telegraf, teletaur, faks, radio, maktab, pedagog, qorixona, mudarris, kompaniya, korporatsiya, terrorchilik, ekstremizm.
A2 darajada quyidagi atamalarni bilishi va ulardan foydalanishi lozim: mexanik, fabrika, transport, vagon, konstruktor, paroxod, parovoz, telegraf, teletaur, faks, radio, maktab, pedagog, qorixona, mudarris, akademiya, minatyura, jadid, front, muruvvat, saxovat, mahalla, teleskop, kompaniya, korporatsiya, terrorchilik, ekstremizm.
b) avtobiografiyani o‘zlashtirishga doir:
A1 darajada quyidagi tarixiy shaxslarning nomlarini bilishi va ular haqidagi zaruriy ma’lumotlarni bilishi lozim: Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Nikolay Kopernik, Jordano Bruno, Galileo Galiley, Mulla Alimquli, Dukchi Eshon, Mahmudho‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Usmon Nosir, Oybek, Said Ahmad.
A2 darajada quyidagi tarixiy shaxslarning nomlarini bilishi va ular haqidagi zaruriy ma’lumotlarni bilishi lozim: Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Nikolay Kopernik, Jordano Bruno, Galileo Galiley, Yan Amos Komenskiy, Jon Key, Jeyms Uatt, Robert Fulton, Jorj Stefenson, Uilber va Orvill Raytlar, Semyuel Morze, Aleksandr Bell, Aleksandr Popov, Mulla Alimquli, Dukchi Eshon, Mahmudho‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Usmon Nosir, Oybek, Said Ahmad.
v) tarixiy sanalar va voqelikning aloqadorligini izohlashga doir:
A1 darajada quyidagi tarixiy sanalarni bilishi va mazkur sana bilan bog‘liq voqelikni sharhlash olishi lozim: X asrda yurtimizda dastlabki madrasa Buxoro shahrida ochildi; 1004-yilda “Xorazm Ma’mun akademiyasi”ga asos solingan; 783-850-yillarda Al Xorazmiy yashab o‘tgan; 797-865-yillarda Ahmad al-Farg‘oniy yashab o‘tgan; 973-1048-yillarda Abu Rayhon Beruniy yashab o‘tgan; 980-1043-yillarda Abu ali ibn Sino yashab o‘tgan; 1441-1501-yillarda Alisher Navoiy yashab ijod etgan; 1455-1536-yillarda Kamoliddin Behzod yashab ijod etgan; 1733-yilda Jon Key to‘quv dastgohini ixtiro qildi; 1814-yilda Jorj Stefenson bug‘ bilan harakatlanadigan birinchi parovozni yaratdi; 1876-yilda Aleksandr Bell telefon apparatini yaratdi; 1895-yilda Aleksandr Popov radioni ixtiro qildi; 1901-yilda Munavvar Qori Abdurashidxonov Toshkentda yangi usul maktabini ochdi; 1916-yilda Jizzax qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi; 1945-yilning 2-martida BMT tuzildi; 1992-yil 2-martda O‘zbekiston BMTga a’zo bo‘ldi; 1990-yil 24-martda O‘zbekiston tarixida birinchi bor prezidentlik lavozimi ta’sis etildi.
A2 darajada quyidagi tarixiy sanalarni bilishi va mazkur sana bilan bog‘liq voqelikni sharhlash olishi lozim: X asrda yurtimizda dastlabki madrasa Buxoro shahrida ochildi; 1004-yilda “Xorazm Ma’mun akademiyasi”ga asos solingan; 783-850-yillarda Al Xorazmiy yashab o‘tgan; 797-865-yillarda Ahmad al-Farg‘oniy yashab o‘tgan; 973-1048-yillarda Abu Rayhon Beruniy yashab o‘tgan; 980-1043-yillarda Abu ali ibn Sino yashab o‘tgan; 1441-1501-yillarda Alisher Navoiy yashab ijod etgan; 1455-1536-yillarda Kamoliddin Behzod yashab ijod etgan; 1733-yilda Jon Key to‘quv dastgohini ixtiro qildi; 1814-yilda Jorj Stefenson bug‘ bilan harakatlanadigan birinchi parovozni yaratdi; 1832-yilda Pavel SHilling telegrafni ixtiro qildi; 1876-yilda Aleksandr Bell telefon apparatini yaratdi; 1895-yilda Aleksandr Popov radioni ixtiro qildi; 1901-yilda Munavvar Qori Abdurashidxonov Toshkentda yangi usul maktabini ochdi; 1902-yilda amerikalik aka-uka Uilber va Orvill Raytlar samolyotni ixtiro qilishdi; 1916-yilda Jizzax qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi; 1945-yilning 2-martida BMT tuzildi; 1992-yil 2-martda O‘zbekiston BMTga a’zo bo‘ldi; 1990-yil 24-martda O‘zbekiston tarixida birinchi bor prezidentlik lavozimi ta’sis etildi; 200-yilda Evropaning Belgiya davlatida Abu Ali ibn Sinoga haykal o‘rnatildi; 2005-yil Ezgulik arkasi qurib bitkazilgan; 2006-yilda Ma’mun akademiyasining 1000-yilligi nishonlandi;
g) tarixiy-badiiy hikoyalar, davriy nashrlar va Internet materiallaridagi matnlar bilan ishlashga doir:
A1 darajada tarixiy-badiiy hikoyalar, davriy nashrlar va Internet materiallaridagi matnlar bilan ishlashga doir quyidagi kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim: tarixiy-badiiy hikoya, davriy nashrlar va Internet materiallarini izlab topish va qiyoslash; asosiy tushunchalar asosida matn tuzish, rasmli klasterlar tuzish.
A2 darajada tarixiy-badiiy hikoyalar, davriy nashrlar va Internet materiallaridagi matnlar bilan ishlashga doir quyidagi kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim: tarixiy-badiiy hikoya, davriy nashrlar va Internet materiallarini izlab topish va qiyoslash va sharh yozish; materiallar asosida kichik hikoyalar yozish, rasmli va guruhli klasterlar tuzish.
Jami o‘rganiladigan mavzular soni: 53 ta.
Jami soatlar: A1 – 68 soat; A1+ - 102 soat.
Nazorat ishi: A1 – 2 soat; A1+ - 2 soat.
Takrorlash darsi: A1 – 3 soat; A1+ - 4 soat.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
-
Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Т.: Ўзбекистон, 1998.
-
Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Т.: Ўзбекистон, 2011. – 440 б.
-
Karimov I.A. Ona yurtimiz baxt-u istiqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng оliy saodatdir. – T.: O’zbekiston, 2015.
-
Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi. – T.: O‘zbekiston, 2017.
-
Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak. – T.: O‘zbekiston, 2017.
-
Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: O‘zbekiston, 2017.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 29-avgustdagi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni.
-
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 1997-yil 29-avgustdagi ”Ta'lim to’g’risida”gi qonuni.
-
O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi “Umumiy o’rta ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to’g'risida” gi 390-sonli Qarori.
-
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2004-yil 21-maydagi “2004-2009-yillarda maktab ta'limini rivojlantirish umummilliy dasturi to’g’risida” gi Farmoni.
-
O‘zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi vazirli va Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligining 2010-yil 1 iyuldagi “Umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida o’qitiladigan umumta'lim fanlari hamda oliy ta'limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash to’g’risida” gi 6G`2G`4G`1-sonli qo’shma hay'at majlisi qarori.
-
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2012-yil 10 dеkabrdagi “Chеt tillarini o’rganish tizimini yanada takomilashtirish to’g’risida” gi PP-1875-sonli qarori.
-
O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi “Uzluksiz ta'lim tizimining chеt tillar bo’yicha davlat ta'lim standartini tasdiqlash to’g’risida”gi 124-sonli qarori.
-
O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6 aprеldagi “Umumiy o’rta ta'lim va o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-son qarori.
-
O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o’rta ta'lim to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” gi 140-sonli qarori.
-
O’tkazilgan Forum tavsiyalari “Ijtimoiy fanlarni o’qitish va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni takomillashtirishda o’quv-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligi: muammolar va еchimlar”. 2017-yil. 24-25-mart kunlari.
-
Тарих ўқитиш методикаси. – T.: TURON- IQBOL, 2001.
-
Жаҳон тарихининг муҳим саналари. – T.: O‘zbеkiston, 2011.
-
O‘zbеkiston tarixining muhim sanalari.”O’ZBEKISTON” NMIU, 2012-yil.
-
O‘zbеkistonda davlat va din munosabatlari: Diniy tashkilotlar, oqimlar, mafkuraviy kurashning dolzarb yo’nalishlari. – “Toshkеnt islom univеrsitеti” nashriyot –matbaa birlashmasi, 2014-yil.
-
Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. – Т.: O’zbekiston, 2015.
-
Жўраев Н. Тарих фалсафасининг назарий асослари. – Т.: Маънавият, 2008.
-
Зиё А. Ўзбек давлатчилиги тарихи (Энг қадимги даврлардан Россия босқинига қадар). – Т.: Шарқ, 2001.
-
Иброҳимов А. Бизким, ўзбеклар... Миллий давлатчилигимиз асослари ҳақида мулоҳазалар. – Т.: Шарқ, 1999.
-
Левитин Л. Ўзбекистон тарихий бурилиш палласида. Президент Ислом Каримов тарафдорининг танқидий мулоҳазалари. – Т.: Ўзбекистон, 2001.
-
Левитин Л., Карлайл С. Ислом Каримов – янги Ўзбекистон Президенти. – Т.: Ўзбекистон, 1996.
-
Тойнби А. Цивилизация перед судом истории. Сборник. – М.: Рольф, 2002.
-
Холбоев С. Миллий мустақиллик ва тараққиѐтнинг ўзбек модели (методология, инновация, тарихий таҳлил). – Т.: O’zbekiston, 2015.
-
Эркаев А. Ўзбекистон йўли (Президент Ислом Каримовнинг ислоҳотлар назарияси ҳақида мулоҳазалар). – Т.: Маънавият, 2011. – 198 б.
-
Жалолиддин Мангуберди. – Т.: Шарқ, 1999.
-
Muhammad Ali. Sarbadorlar. – T.: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limning umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablariga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining
10-11-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun “Tarix” fanlari bo‘yicha yagona o‘quv dasturlarini ishlab chiqish ishchi guruhi
TARKIBI
TТ/r
|
F.I.SH
|
Lavozimi
|
Imzo
|
1.
|
Yaxshiyev Anvar Jo‘raqulovich
|
O‘zbekiston davlat soliq akademiyasi “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent
|
|
2.
|
Zamonov Akbar Turg‘unovich
|
O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiq-lashtiruvchi metodik markazi bo‘lim boshlig‘i.
|
|
3.
|
Xodjayev Begzod Xudoyberganovich
|
A.Navoiy nomidagi Toshken davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti pedagog qadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori, p.f.d., prof.
|
|
4.
|
Ergashev Shuhrat
|
Fanlar akademiyasi Tarix instituti katta ilmiy xodimi, t.f.n.
|
|
5.
|
Rajabov Qahramon
|
Fanlar akademiyasi Tarix instituti loyiha rahbari, t.f.d., prof.
|
|
6.
|
Raximjonov Durbek Obidjonovich
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti dotsenti, t.f.n
|
|
7.
|
Ismatova Nargiza Qamariddinovna
|
Respublika ta’lim markazi bo’lim boshlig’i
|
|
8.
|
Abdullayev Jamshid
|
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey tarix fani o’qituvchisi
|
|
9.
|
Safarova Shirin Yarashovna
|
Respublika ta’lim markazi metodisti
|
|
10.
|
Tojiboyev Husniddin Abdumalikovich
|
Yakkasaroy tumani 144-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix fani o’qituvchisi
|
|
Tarix fani ekspert guruhi tarkibi
|
11.
|
Polvonov Jo‘rabek Ne’matovich
|
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining tarix fani o‘qituvchisi
|
|
22.
|
Tillaboyev Soyibjon Bakievich
|
Nizomiy nomidagi TDPU katta o‘qituvchisi
|
|
33.
|
Alimova Mahfuza Faxrutdinovna
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti katta o’qituv-chisi, t.f.n.
|
|
44
|
Xaydarxon Yuldoshxodjayev
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi, t.f.n.
|
|
55
|
Xushvaqova Nigora
|
Toshkent shahar Uchtepa tumani 74-maktabning tarix fani o`qituvchisi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |