Тарихшунослик фанидан



Download 1,65 Mb.
bet25/111
Sana28.03.2022
Hajmi1,65 Mb.
#514944
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   111
Bog'liq
tarix falsafasi

Tarix fanining predmeti
Har qanday fanning tadqiqot maydoni, o‘rganish manbai bo‘ladi. Jumladan, tarix fanining ham. Tarix fanining predmetini belgilash tarixiy bilim nazariyasidagi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Uning echimini to‘g‘ri, ilmiy asoslangan, nazariy jihatdan pishiq-puxta, hayotiy va amaliy jihatdan asosli bo‘lgan holatda yaratish bevosita fan taraqqiyotini belgilaydi. Bu esa o‘z-o‘zidan tarixiy bilim tabiatini, uning o‘ziga xosligini belgilashdan iborat. Ana shu ilmiy mezon va me’yor bevosita tarixiy ma’lumotga erishish yo‘llari va vositalarini qay darajada to‘g‘ri va aniq belgilashni taqozo etadi.
Bunday qaraganda tarix fani predmetini belgilash osonday tuyuladi. Biroq, mutaxassislarning fikricha, tarix tushunchasi haqida 30 ga yaqin yondashuv va tadqiq etish usullari mavjud ekan. Ana shu fikrlar xilma-xilligi, yondashuvlar turlichaligi, tarix faniga bo‘lgan munosabatlarning har xilligi uning predmetini aniqlashni birmuncha murakkablashtiradi.
Tarixshunos N. Doroshenko tarix fani predmetini «Tarixiy ongda o‘z aksini topgan, turli tarixiy yo‘nalishlarga asoslangan, turli tarixiy rolni bajaruvi odamlarning tarixiy turmushidan tarkib topgan real qonuniy, tarixiy jarayon muhim elementlardan biri deb hisoblangan tizim» sifatida tushunadi. V.Ivanov tarix fani predmeti haqida gapirar ekan, «Tarix ommaviy hayot qonuniyatlarining konkret shakllarini o‘rganishni predmet» deb hisoblaydi.
B. Mogilnitskiy esa «Tarix odamlar faoliyati, shuningdek, ushbu faoliyat oqibatlari bilan bog‘liq bo‘lgan konkret ommaviy taraqqiyot qonuniyatlarini tadqiq qiladi», deydi. Atoqli tarixchi I. Kovalchenko o‘ziga xos fikr yuritadi va «Tarixiy taraqqiyot o‘z maqsadiga ega bo‘lgan odam faoliyatini o‘zida aks ettiradi, bu esa ilg‘or qonuniy hamda ichki shartlarga ega bo‘lgan jarayondir. Bu jarayonning konkret yo‘nalishida organik ravishda moddiylik va ma’naviylik, ob’ektivlik va individuallik uyg‘unlashadi. Bu uyg‘unlikning o‘zi esa tarkibiy shakl va sifat birligi holatida namoyon bo‘ladi», degan fikrni ilgari suradi.
O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, qarashlar turlicha, yondashuvlar xilma-xil. Biroq barchasining mohiyatida inson, uning o‘tmishi, buguni va istiqboli yotadi. Tarixning muallifi, yaratuvchisi, ishtirokchisi inson va faqat inson degan g‘oya ilgari suriladi. Demak, tarix fanining predmeti insonshunoslik, inson olami va hatti-harakati, qarashlari va manfaatlar to‘qnashuvidagi fe’l-atvorining tadqiqotidir.
Tarix fanining predmeti atrofidagi munozaralar faqat shugina emas. Ingliz tarixchisi R. Kollingvud «Qandaydir tarixiy jarayon va uni anglashning aniq yo‘li yo‘q. Tarixiy jarayon o‘z-o‘zidan ong jarayoni hisoblanadi», desa, M. Oukshot tarix fanining predmeti bu shunchaki «Tarixchining tadqiqot olami, uning konstruktsiyasi. Tarix – bu tarixchi g‘oyalarining spetsifik olami» deydi. Bu bilan u tarix fani predmetini birmuncha bo‘shashtirganday ko‘rinadi. Uning bunday g‘oyasida tarixchi tarixni qanday xohlasa shunday tadqiq qilaveradi. Har bir kishining o‘z olami bo‘lganiday, tarixchining ham o‘z olami mavjud. U o‘tmishni qanday tushunsa shunday ifodalayveradi, degan xulosa ham bor. Biroq tarix fani metodologiyasi fanga jiddiy yondashishni va asosli xulosalar chiqarishni taqozo etadi. U insoniyat tarixining butun mohiyatini, sevinchu iztiroblarini, shukuhli va sitamli dam-larini yaxlitligicha ifoda etmog‘i lozim.
Hozirgi zamon Amerika tarixchisi G. Kommadjer tarixiy bilim predmeti haqida fikr yuritar ekan, u tadqiqot ob’ektiga idealistik nuqtai nazardan yondashadi va fan mohiyatini quyidagicha ifoda etadi: «Tarix amalda atom, kimyoviy vositalar singari o‘zini namoyon etolmaydi. Ushbu vositalar tabiatda mavjud. Ular inson yo‘q qilguniga qadar mavjud bo‘ladi. Tarix esa tabiatda yashamaydi. Balki inson tasavvurida, xotirasida yashaydi».
Demak tarix uzluksiz va yashovchan. Inson, insoniyat mavjud ekan, uning shajarasi davom etar ekan, tarix xotiralarda qaysidir darajada yashayveradi. Vorisiylik, avlodlar shajarasi tarixning tadrijiyligini, davomiyligini saqlab qoladi. Ana shu holatning o‘zi tarixiy bilim manbai, tarix fani predmeti masalasiga aniqlik kiritadi. Inson xotirasi va ajdodlar hayotini o‘rganish ehtiyoji orqali yaxlit insoniyat tarixini tadqiq etish, uni shakllangan fan qonuniyatlari asosida rivojlantirish muammosini kun tartibiga qo‘yadi.
Darhaqiqat, tarix buyum yoki boylik ham emas. Shuningdek, hayot uchun, yashash uchun kurashmaydi. U o‘zini himoya qilolmaydi, amaliy faoliyat ko‘rsatolmaydi. Bularning hammasi insonda mujassam. U beqiyos boylik va ne’matlar yaratadi, kurashadi, inkor etadi, qo‘llab-quvvatlaydi, munosabat bildiradi. Natijada o‘zi ham iztirob chekadi, quvonadi. Amaliy faoliyat, hatti-harakatlar natijasini baholaydi. Asta-sekinlik bilan uning o‘tayotgan har bir kuni tarixga aylanib boraveradi. Bu albatta, individual voqelik. Bitta shaxsga bog‘liq bo‘lgan jarayon. Yakka- yakka shaxslarning birligidan tashkil topgan jamiyatda ushbu amaliy faoliyatlar yig‘indisi – kollektiv mohiyat kasb etadi va shu tarzda jamiyat, xalq tarixi vujudga keladi. Demak, tarix fani kishilik jamiyatining o‘tmishini o‘rganar ekan, u tom ma’noda insonshunoslikdir. Ana shu xulosadan kelib chiqib aytish mumkinki, tarix fanining predmeti – insondir.
Umuman olganda yuqorida keltirilgan iqtiboslardan ko‘rinib turibdiki, ular asosida tarixni idealistik yoki materialistik nuqgai nazardan o‘rganish uchun turli metodologiyalar tavsiya etiladi. Biroq tavsiyalar, yondashuvlar, tadqiqot usullari qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, tarix fani predmeti insondir, insonshunoslikdir. Voqelik inson orqali yuzaga kelar ekan, har qanday tarixiy jarayon inson fe’l-atvorining, ma’naviy-ma’rifiy darajasining, ruhiy va axloqiy imkoniyatlarining hamda manfaatlarining in’ikosi ekan, o‘tmishga inson orqali nazar tashlash, inson mohiyatini ochish orqali tarix mohiyatini ochish ilmiy haqiqatga yaqinroq, deb o‘ylaymiz.
Tarixni yaxlitligicha, bir butunligicha anglash uchun tarix predmetining butun mohiyatini anglamoq zarur. Ana shu fikrdan kelib chiqib aytish mumkinki, tarixchining vazifasi tarixiy jarayonning asosiy belgilovchi hukmron tendentsiyasini ifoda etishdir. Chunki ma’lum bir davrda yuz bergan har qanday voqea-hodisa tagida turli-tuman bir-birini rad qiladigan, bir-birini inkor etadigan qarashlar ham yotadi. Yuz bergan voqeani tan olmaydigan, uni tushunishni xohlamaydigan yoki umuman tushunmaydigan odamlar guruhi hamma vaqg hamma davrda bo‘lishi tabiiy. Tarixni to‘g‘ri belgilash, to‘g‘ri baholash va to‘g‘ri tushunishning murakkabligi ham ana shunda.
Nemis faylasufi Edmund Gusserlning fenomenologik falsafasida aqliy intuitsiya tushunchasi ustuvorlik qiladi. Jumladan, u har qanday his qilish qobiliyatini aql-idrok orqali amalga oshirishni, mohiyatga asoslangan jarayon ekanligini aytadi. Natijada, «intuitsiya bu ilohiy his-tuyg‘u, qalb ovozi emas, balki aql ovozidir» degan xulosaga keladi. Bizningcha, bunday ta’rif va yondashuv ko‘pincha ilmiy tadqiqot ishlarida, xususan, tarixni anglash, tushunish va ifoda etishda yana ham ko‘proq qo‘l keladi va aniq xulosalar chiqarishga yordam beradi. Zotan, har qanday fan aql orqali namoyon bo‘ladigan fikr, mulohaza, mushohada natijasidir. Jumladan, o‘tmish haqidagi tasavvurlar aql orqali quyuqlashib, yaxlit mohiyat kasb etadi. Yuzaki va siyqa qarashlardan farqli holda o‘z ilmiy asosi va nazariy isbotini topadi. Darhaqiqat, ong keng miqyosli, ziddiyatli va rang-barang olam, har qanday ong tushunchalar va tasavvurlar jamuljami. Uning tayanchi esa yolg‘iz aql, idrok. Aqlga tayangan, idrok ustuvor bo‘lgan onggina o‘zining ma’rifiy qudratini, fikriy salohiyatini to‘la namoyon eta oladi. Aqlga tayanmagan har qanday ong zararli va g‘ayriinsoniydir. Ana shu holatdan kelib chiqib Gusserl masalaning to‘rt jihatiga alohida e’tibor beradi:
–fikrlar go‘zalligi va mukammalligi;
–fikrlarning o‘zaro aloqadorligi, uzviyligi va o‘zaro hamkorligi;
–fikrlarning mohiyati va ularning mantiqiy tushunchalar orqali aks ettirilishi;
–mazkur fikrlar oqimini o‘rganuvchi fenomenolog olimning his-tuyg‘ulari. Bu his-tuyg‘ularning fikrlar oqimiga ta’sir qilishi.
Ko‘rinib turibdiki, Gusserl falsafasida har qanday intuitsiya, his -tuyg‘u aqlga tayanadi va u asosli fikrlash, jo‘yali xulosalar chiqarish imkonini beradi. Tarixni o‘rganish, insoniyat o‘tmishini tadqiq etishga fenomenolog yondashuv har bir davr fenomenini, o‘sha davr odamlarining o‘ziga xosligini va yaxlit qiyofasini o‘rganishni taqozo etadi.
Hozirgi zamon tarixni anglash hodisasi falsafiy germenevtikaning ana shunday keng miqyosli, inson olami orqali u yashagan davrga baho berish, uni talqin etish va etarli xulosalar chiqarish imkonini beradi. Falsafadagi tushunihdan oldingi anglash holati tarixni o‘rganishdan oldin o‘sha o‘rganiladigan davr tarixi to‘g‘risida birmuncha to‘laroq hayotiy, tarixiy, ilmiy tayyorgarlikka ega bo‘lish, ma’lum bir tushunchaga asoslanib, tadqiq etish orqali intuitiv talqin etish va tushuntirish imkoniyatlaridan keng foydalanishda ham alohida ahamiyatga ega. Bu bevosita tarixiy-falsafiy tafakkur taraqqiyotining o‘ziga xos oqimi sifatida o‘zining yangidan-yangi imkoniyatlarini ko‘rsatmoqtsa.

Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish