Tarbiyaviy soat



Download 4,12 Mb.
bet1/5
Sana08.09.2017
Hajmi4,12 Mb.
#20563
  1   2   3   4   5
Xalq ta’limi vazirligi

Respublika ta’lim markazi


UMUMTA'LIM MAKTABLARINING 8-SINFLARIDA “TARBIYAVIY SOAT” MASHG`ULOTLARINI TASHKIL

ETISH BO`YICHA METODIK QO`LLANMA

(SINF RAHBARLARI UCHUN)

Toshkent -2013

Tuzuvchi: Qurbonova Marhabo – Toshkent shahar, Sergeli tumani 300-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi Tarix, milliy istiqlol g`oyasi fanlari o`qituvchisi
M.Omonova Respublika Ta`lim markazi bosh metodisti


Taqrizchilar:
Z.Arinova – Toshkent shahar, Sergeli tumani 300-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi “Rus tili” fani o`qituvchisi
D.Norqobilova – Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on tumani 48-sonli umumta’lim maktabi “Ona tili va adabiyoti” fani o`qituvchisi

Ushbu qo`llanma Respublika ta`lim markazi huzuridagi “Ma`naviy-ma`rifiy ishlar” yo`nalishi bo`yicha Ilmiy metodik kengashning 2013 yil


2 avgustdagi 5-sonli yig`ilish bayoni bilan foydalanishga tavsiya etilgan

TUSNUNTIRISH XATI


Ma’naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o`z-o`zidan kelmaydi, hammasining zamirida tarbiya yotadi.

Islom Karimov


O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 maydagi “Umumiy o`rta ta'limning davlat ta'lim standartiga o`zgartirishlar kiritish haqida” 130-sonli qarori asosida o`quv rеjada o`quv yuklama 5 % ga qisqartirildi. Shu munosabat bilan tarbiyaviy soatlar mazmynan qayta ko`rib ciqilib, intеgratsiyalashgan holda amalga oshirilishi bеlgilandi.

Sinf rahbari o`ziga berilgan sinf uchun tayanch va ma’suldir.

Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug`iga 2-ilova: Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom asosida tashkil etiladi.
Sinf rahbari - Ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch

pedagoglardan biri bo`lib, o`ziga biriktirilgan sinf o`quvchilarining

amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi.
Mazkur qo‘llanmada bugungi kunda sinf rabarlari uchun amaliy va uslubiy yordam sifatida Respublika Ta'lim markazi mutaxassislari va amaliyotchilar hamkorligida “Tarbiyaviy soat”larning mashg‘ulot ishlanmalari tavsiya etiladi.

“Tarbiyaviy soat”lar rejasidagi 8 soatlik “Yo‘l harakati qoidalari”ga doir mavzularning dars ishlanmalari mazkur qo‘llanmada aks ettirilmagan.

Umumta'lim maktablarining 8-sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan “Tarbiyaviy soat” mashg‘ulot ishlanmalarida mazmunan o‘quvchilarda tarbiyaviy-axloqiy hislatlarni shakllantirish va mustahkamlash maqsadida, donolar hikmatlariga va milliy qadriyatlarimizga hurmat, shaxsiy gigiena, ozodalik, kiyinish odobi, bolalar huquqlari, tabiatni asrash, salomlashish va muomala odobi, kitobni sevish bilan bir qatorda yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari, muhim sanalar va fan oyliklarini o‘tkazishda nimalarga e'tibor berish to‘g‘risida tavsiyalar berilgan

Tarbiyaviy soatlarni quyidagi tartibda tashkil qilish mumkin:



Kun shiori:

  1. Kirish;

  2. Asosiy sism: ma’ruza, guruhlar ishi

  3. Yakuniy qism.

Sinf soatida foydalahish uchun adabiyotlar jamlanmasi, mavzuga doir adabiyotlar ko`rgazmasi tashkil etiladi. Jarayonni ochiq muloqot, davra suhbati, bahs-munozara, treninglar va boshqa har xil noananaviy tarzda tashkil etilishi mymkin.

Beruniyning ma’rifiy qarashlari.
Pand va nasihat. Beruniy pand-nasihat orqali bolalardagi ayrim nuqsonlarni anglatish zarur deb hisobladi: Va u quyidagi fikrlarni bayon qildi: “Odamlar o`rgangan, odatlangan va ko`pchilikka ma’qul bo`lgan narsaga qarshilik ko`rsatmasdan o`rganish kerak”. Yaxshi xulqlar yaxshilik alomatidir, yomon xulqlardan bolalarni saqlamoq lozim. Ayniqsa, maqtanish, buzuq niyatlik, chaqimchilik, besabrlik, nafs balosi, yolg`onchilik va boshqalar.

Abu Ali Ibn Sino tarbiya haqida:

Ibn Sino tarbiya masalalaridagi axloqiy tarbiyaga alohida o`rin ajratgan. Uning fikricha: “Agar inson aqliy va jismoniy jihatdan qanchalik yetuk bo`lsa ham, undagi bilim axloq normalariga mos bo`lmasa, u kishi jamiyatning haqiqiy a’zosi bo`la olmaydi”. Olim axloqiylik ko`proq vatanparvarlikda o`z aksini topadi deb tushungan.

Ibn Sino ona-Vatani Turonni Hind, Eron va Chin kabi yirik davlatlardan ortiq hisoblab, unga xizmat qilishni o`z burchi deb bilgan. Vatanning fani, madaniyatini yuksaltirishga ulkan hissa qo`shgan.

Abu Nasr Forobiy tarbiya haqida:

Tarbiya jarayoni, tajribali pedagog, o`qituvchi tomonidan tashkil etilishi, boshqarilib turilishi va ma’lum maqsadlarga yo`naltirilishi lozim, chunki “har bir odam ham baxtni va narsa-hodisalarni o`zicha bila olmaydi. Unga buning uchun o`qituvchi lozim.



“Daraxtning yetukligi uning mevasi bilan bo`lganidek, insonning barcha xislatlari ham axloq bilan yakunlanadi”.

Yusuf Xos Hojib ota-onalarni bola tarbiyasiga e’tibor berishga da’vat etar ekan, jamiyat farzandlar xulq-atvoriga qarab ota-onalarga baho berishini aytib, ularni ogohlantiradi.

Mirzo Ulug`bek mehnat tarbiyasiga ham alohida ahamiyat beradi. Uning madrasasida o`qigan shogirdlar bu yerdagi har bir tadbirda, binoni tozalash, ko`kalamzorlash va boshqa ishlarda faol ishtirok etadilar.

Alisher Navoiy o`qituvchini faqat dars beruvchi, bilim beruvchi kishigina deb bilmay, balki usta tarbiyachi ham bo`lishi kerak, deb hisoblardi. U ilm bilan odobning birga olib borilishini va o`qituv protsessida odob berilishini ta’kidlab o`tadi.

Abdulla Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog`lom qilib o`stirishda ota-onalarga murojaat qilsa, bolani fikriy tomondan tarbiyalashda o`qituvchilarning faoliyatlariga alohida e’tibor beradi.

Urganch tuman 11-son umumiy o’rta ta’lim maktabi 8 b sinf o’qituvchisi Tojiyazova Navbahorning tarbiyaviy soat rejasi.



Mavzular


Soati




1.

Men nechun sevaman – O`zbekistonni?

1




2.

Tejamkorlik yaxshi fazilat (Iqtisod fani oyligi doirasida)

1




3.

Vodiylarni yayov kezganda...(geografiya fani oyligi doirasida)

1




4.

Transport vositalarining yo`lning qatnov qismida joylashuvi (yo`l harakati qoidalari)

1




5.

Faxrli kasb egalari (1 - oktyabr – O`qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan)

1




6.

To`xtash va to`xtab turish qoidalari. (yo`l harakati qoidalari)

1




7.

Chiqindilarning zarari

1




8.

O`zbek tili – do`stlik tili (O`z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan). So`zlashish va nutq madaniyati (filologiya fanlari oyligi doirasida)

1




9.

Chorrahada harakatlanish qoidalari. (yo`l harakati qoidalari)

1




10.

Iste'dodli bolalar - Vatan ishonchi (Rus tili fani oyligi doirasida)

1




11.

Hilpirayver, bayrog`im!

(18 noyabr – O`z.Res. Davlat bayrog`i qabul qilingan kun munosabati bilan)



1




12.

Transportda yurish odobi. Yo`nalishi belgilangan transport vositalarining bekatlari va piyodalarining o`tish joylari (yo`l harakati qoidalari)

1




13.

Konstitutsiya – baxtimiz qomusi (8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan)

1




14.

Do`stlik, qardoshlik ramzi (10 dekabr – O`z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan)

1




15.

Ma'naviy jasorat sohiblari (MIG` fani oyligi doirasida)

1




16.

Orzular og`ushida (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan)

1






17.

Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan)

1




18.

Bugungi kun qahramoni (Tarix fani oyligi doirasida)

1




19.

Aholi yashaydigan dahalarda harakatlanish qoidalari (yo`l harakati qoidalari)

1




20.

Buyuk siymolarni yod etib (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan)

2




21.

Maktab va kelajak (matematika, informatika fanlari oyligi doirasida)

1




22.

Tashqi yoritish va tovush berish asboblaridan foydalanish haqida (yo`l harakati qoidalari)

1




23.

Sizga talpinaman, onajon! (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan)

1




24.

O`zbekistoning noyob tabiati

(kimyo, fizika, biologiya fanlari oyligi doirasida)



1




25.

Navro`zi olam muborak!

(21 mart – Navro`z bayrami munosabati bilan) .



1




26.

Amir Temur va temuriylar davri madaniyati

(A.Temur tavalludining 678 yilligi munosabati bilan)



1




27.

Intilganga tole yor! (Chizmachilik, mehnat fan oyliklari doirasida)

1




28.

Velosiped va aravalar harakatlanishi hamda hayvonlarni haydab o`tishga doir talablar. (yo`l harakati qoidalari)

1




29.

Vatanni sevmoq iymondandir (Xotira va qadrlash kuni oldidan)

1




30.

Qo`shimcha axborot belgilari. Transport vositalarining taniqlik belgilari. (yo`l harakati qoidalari)

1




31.

Tilga ixtiyorsiz – elga e'tiborsiz (Xorijiy tillar fanlari oyligi doirasida)

1




32.

Sog`lom avlod yurt kelajagi

1




33.

Mening ta'til uchun rejalarim

1




Jami:

34 soat


1-mavzu: Men nechun sevaman – O`zbekistonni?

Kun shiori: “Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O`zbekistonim!

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, o`z yurtini hech kimga bermaslik tuyg`usini, O`zbekiston yagona Vatan ekanligini singdirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Hech kimdan, hech qachon kam bo`lmagan O`zbekistonim! ”

O`qituvchi: Mustaqillik bergan imkoniyatlar va yutuqlar haqida ma`lumot berish.

Topshiriq: O`quvchilar tomonidan Vatanimiz, O`zbekistonimizni madh etuvchi she’rlar, mamlakatimizdagi rivojlanishlar haqida.

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.


2-mavzu: Tejamkorlik yaxshi fazilat (Iqtisod fan oyligi doirasida)

Kun shiori: “Iqtisodiy tarbiyada ma’naviy qadriyatlar



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, tejamkorlikka o`rgatish, iqtisodiy tarbiya nima ekanligini singdirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Mol-milkni behuda isrof qilish –aqlsizlik, boylikni o`ylamasdan sarflash – tanazzul alomatidir”

Hikmat

O`qituvchi:



Iqtisodiy tarbiyaning dastlabki bosqichlari uzoq tarixga ega. Ular kishilik jamiyati taraqqiyotiga mos ravishda takomillashib kelavergan.

Iqtisodiy tarbiyaga tegishli ma’lumotlarni ilohiy kitob – Qur’oni karimda va muqaddas kitob Hadisi sharif hamda “Avesto” bitiklarida ham topish mumkin. Iqtisodiy tarbiya Sharqa mutafakkirlarining asarlarida ham bayon etib kelingan. Jumladan, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy asarlarida qozixonada meros va uni taqsimlash bo`yicha alohida xodim faoliyat ko`rsatishi qayd etilgan. Ular shubhasiz qozixonadagi iqtisodiy muammolar yechimlarini hal etish uchun jalb qilingan. Bu borada Forobiyning “Inson o`z mablag`ini sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg`anchilik qilish xasislikka olib keladi”. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklaydi”, degan fikri o`rinlidir.

“Tejamkor odam yaxshi yeydi, yaxshi ichadi, pokiza kiyinadi, xushhavo uylarda yashaydi, keraksiz narsalarni sotib olavermaydi, haqiqiy zarur narsalarnigina xarid qiladi. Birovlarga qo`lidan kelgancha yordam qiladi.Yaxshilik yo`lidagi ishlarga pulini ayamaydi, saxovatli bo`ladi. Vatani va xalqi uchun molini ham, pulini ham ayamaydi”.

Xayoliddin al-Hasaniy.

Aslida, har qanday islohotning eng muhim samarasi avvalo xalqning ma’naviy-ruhiy qarashlaridagi yangilanish jarayonlari, uning ong-u tafakkurining yuksalishi, mamlakatda yuz berayotgan o’zgarishlar uning hayotiga, taqdiriga daxldor bo’lganini chuqur his qilishi va shundan xulosa chiqarishi bilan belgilanadi. Biz amalga oshirilayotgan islohotlarimizda ana shunday natijalarga erishish uchun barcha o’zgarish va yangilanishlarning markaziga inson va uning manfaatlarini qo’ydik.

Shuning uchun ham bugungi kunda ana shu jarayonlarning mohiyatida islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak, degan maqsad mujassam ekanini va uning amaliy ifodasini barcha sohalarda ko’rish, kuzatish qiyin emas.

Bizning islohotlar davomida nainki moddiy farovonlikka, ayni paytda ma’naviy yuksalishga ham erishishni o’zimiz uchun asosiy mezon deb bilganimiz umumiy taraqqiyotimizda bir tomonga og’ib ketmaslik, jamiyat hayotida suv bilan havodek zarur bo’lgan muvozanat va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki bozor iqtisodiyoti hamma narsani joyiga qo’yadi, degan yengil-yelpi qarashga itoat qilib, faqat moddiy boy-lik ortidan quvish — xalqimizning azaliy orzu-intilishlariga ham, insoniylik bilan yo’g’rilgan milliy qadriyatlarimiz mohiyatiga ham to’g’ri kelmas edi. Shu bois islohotlarni amalga oshirishda ma’naviyat va iqtisodiyot bir-birini inkor etmaydi, aksincha, bir-birini quvvatlab, o’zaro ta’sirlanib, rivojlanib boradi, degan qoidani o’zimiz uchun dasturilamal sifatida belgilab oldik.

(Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch)

Darhaqiqat, bugun mamlakatimizda keng islohotlar amalga oshirilmoqda, bunda ham biz davlat mulkidan tejamkorlik bilan foydalanishimiz lozimligini vijdonan his etishimiz shart.

Topshiriq: “Davra suhbati”. Tejamkorlik deganda yana nimalarni tushunamiz va haddan tashqari tejamkorlik shartmi?

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
3-mavzu: Vodiylarda yayov kezganda (Geografiya fan oyligi doirasida)
Kun shiori: “Vatanim tuprog`i muqaddas menga!

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oylikka qiziqishlarini uyg`otish, tabiatni e’zozlash kerak ekanligini singdirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Vodiylarni yayov kezganda,

Bir ajib his bor edi menda.

Chapar urib gullagan bog`in,

O`par edim, Vatan tuprog`in. ”

Hamid Olimjon

O`qituvchi:

Inson va tabiat bir-biriga uzviy bog`liq. Tabiat—inson va butun mavjudotlarni yashash sharoitining birdan-bir asosi. Uning boyliklari jamiyatni yashashi, rivojlanishi uchun zarur bo`lgan moddiy, madaniy ehtiyojlarini qondiradigan bitmas-tuganmas manba. Inson tabiatsiz yashay olmaydi, chunki u tabiatning ajralmas kichik bir qismi. U mavjudot sifatida tabiatga ta'sir ko`rsatadi. Lеkin insonning tabiatga o`z aql-zakovati, mеhnat faoliyati tufayli ta'sir qilishini hеch nima bilan taqqoslab bo`lmaydi. Boshqacha qilib aytganda mavjudotlar tabiatdan qanday bo`lsa, shunday foydalanib, unga sеzilarsiz ta'sir ko`rsatadi. Inson esa tabiatga shunchalik kuchli ta'sir ko`rsatishi mumkinki, hatto tabiatni o`ziga bo`ysundiradi.

Odamzot o`zining aql-zakovati, mеhnati tufayli hayvonlarga nisbatan tabiiy muhitning biologik nazoratidan chiqib, talablarini fiziologiyaga xos faoliyatining hajmini kеngaytirishga sazovor bo`ladi. Uning tabiatga ta'sir qilishi ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi va xo`jalik uchun ishlatiladigan moddalarning ko`payishiga bog`liq.

Boshlang`ich jamiyat davrida odamlarning asosiy yashash manbai ov qilish, baliq tutish bo`lgan. Shuning uchun inson tabiat sharoitlariga qaram bo`lgan. O`sha vaqtlarda insonning ta'siri u ov qilgan jonivorlarning miqdorida aks etmagan. Chorvachilik rivojlana borishi tufayli insonning tabiatga bo`lgan ta'siri tobora kuchaygan. Chorva mollari sonining ortib borishi, tabiiy yaylov o`simliklar qoplamining kеskin o`zgarishiga olib kеldi. U yеrlarda yashaydigan mavjudot o`zining yashash joyini o`zgartirib yubordi.

Dеhqonchilik tizimining rivojlanish davrida inson tabiatga misli ko`rilmagan darajada ta'sir ko`rsata boshladi. Quruq yеrlarni haydash, daraxtzorlarni kеsish, kuydirish, daryolarga to`g`onlar o`rnatish bilan hududlar ko`rinishi va odamlarning yashash joyini o`zgartirib yubordi.

Sanoatning rivojlanishi tabiiy boyliklar kamayishi bilan birgalikda atrof-muhit ifloslanishiga olib kеldi. Ishlab chiqarish chiqindilari suv, atmosfеra va tuproqning ifloslanishiga sabab bo’ldi. Bunday ifloslanish tuproq unumdorligining pasayishiga olib kеlishi bilan bir qatorda hayvonot olami va inson salomatligi uchun xavfli bo’lib qoldi.

(Internetdan olingan)


Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish