Тарбия жараёни моҳияти ва мазмуни. Тарбия тамойиллари



Download 0,58 Mb.
bet1/3
Sana27.06.2022
Hajmi0,58 Mb.
#710731
  1   2   3
Bog'liq
Ta\'lim mazmuni Avazov Jonibek

Mavzu:Ta’lim mazmuni


Avazov Jonibek. MI-203

O`quv dasturi va darsliklar.

  • O`quv dasturi va darsliklar.
  • Ta`lim mazmunini belgilovchi omillar.
  • Maktabning o`quv rejasi va unga qo`yiladigan talablar.

Reja:

Har bir o`quv fani uchun o’quv dasuri tuziladi. O`quv dasuri o`quv rejasi asosida ishlab chiqiladi. O`quv dasturi har bir o`quv fanini o`qitish uchun ajratilgan bilim hajmi, tizimi va g`oyaviy-siyosiy yo`nalishini aniqlab beradigan davlat hujjatidir.

  • Har bir o`quv fani uchun o’quv dasuri tuziladi. O`quv dasuri o`quv rejasi asosida ishlab chiqiladi. O`quv dasturi har bir o`quv fanini o`qitish uchun ajratilgan bilim hajmi, tizimi va g`oyaviy-siyosiy yo`nalishini aniqlab beradigan davlat hujjatidir.
  • O`quv dasturida o`quv yili davomida har qaysi sinfda alohida fanlar bo`yicha o`quvchilarga beriladigan ilmiy bilim, ko`nikma va malakalarning hajmi belgilab beriladi. Dasturda har qaysi fanlarning mazmuni izchillik bilan yoritiladi va ma’lum mavzular orqali ko`rsatiladi.
  • Ma’lum mavzu yuzasidan o`quvchi o`zlashtirishi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar qisqacha ifodalab beriladi.
  • O`quv dasturi quyidagi bir qator qoidalarga amal qilgan holda tuziladi.

1.O`quv dasturi va darsliklar.
  • Dasturning qat’iyligi. O`quv dasturlari jamiyatimiz taraqqiyotning har bir bosqichda fan, texnika, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy munosabatlar sohasida erishilgan darajani aks ettirishi lozim. Bu ular har yili ko`rib chiqilishi kerak, degan gap emas, aksincha, hamma o`quv fanlariga oid dasturlarning bir nech yillar mobayninda qat’iy bo`lishiga erishmoq darkor. Dasturining qat’iyligi qat’iy darsliklar ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga egaki, bu darsliklar uzoq yashashi va o`quv jarayonida uzoq foydalanishi kerak.
  • O`quv dasturida ilmiylik qoidasi. Dasturga borliqni aniq, haqqoniy aks ettirgan, ilmiy jihatdan tekshirilgan ishonchli materiyallar kiritiladi.
  • Ilmiy bilimlarning tobora rivojlanib borishi va uni ishlab chiqarishda tadbiq etilishiga doir ma’lumotlar maktab o`quv fanlariga ham o`zgarishlar kiritishiga olib kelganidek, o`quv dasturidagi ayrim eskirgan massalalar o`quv fanlaridan chiqarib tashlanadi.
  • O`quv materiallari mazmunini to`g`ri tanlash, fan materiyallarini tanlashda unda isbotlar, misollar mantiqiy umumlashma va xulosalarning to`g`ri uyg`unlashuviga alohida e’tibor beriladi. Aniq misollar bo`lmasa o`rganilayotgan hodisalarni nazariy jihatdan tushunish mumkin emas.
  • Nazariyaning amaliyot bilan birlik qoidasi. O`quv dasturida nazariyaning amaliyot bilan birligi qoidasi, birinchi navbatda, eng avvalo, ilmiy bilimlarni turmushda, ishlab chiqarish amaliyotida tutgan o`rni ko`rsatib beriladi. Ilmiy bilim ko`nikma va malakalarning o`zaro mustahkam bog`liq bo`lishi hamda ta’lim jarayonidagi nazariy ma’lumotlarni amalda qo`llab borish jarayonida o`z aksini topadi.
  • O`quv dasturlarida tarixiylik qoidasi. O`quv dasturlari tarixiylik qoidasiga asoslangan holda tuziladi. Bunda o`quv fanlarining nazarda tutiladi. Masalan, tarix fanini o`qitishda tarixiy voqealar izchillik va xronologik tarzda bayon etilsa, matematika, informatika, fizika va boshqa qator fanlarni o`qitishda fan olamidagi ma’lum bir ilmiy hodisa, qoida va qonunlarni paydo bo`lishi, uning kelajak istiqboliga oid ma’lumotlar berib o`tiladi.

2.Ta`lim mazmunini belgilovchi omillar.
Ta`limning mazmuni uning maqsadidan kelib chiqadi. Ta`limning mazmuni deganda, o`quvchilarni o`qish jarayonida egallab olishi lozim bo`lgan hamda tizimga solingan bilim, malaka va ko`nikmalarni aniq doirasi tushuniladi.
Ta`limning mazmuni bir qator ehtiyojlarni hisobga olish bilan belgilanadi:
ijtimoiy ishlab chiqarishni eng zarur ehtiyojlari, ijtimoiy tizimni xususiyatlari;
davlatning xalq ta`limi va muayyan turdagi o`quv yurt oldiga qo`yadigan maqsad hamda vazifalari;
o`qitish qoidalaridan kelib chiqadigan va o`quvchilarning imkoniyatlarini (yosh imkoniyatlar va boshqalar) etiborga oluvchi didaktik talablar.
3.Maktabning o`quv rejasi va unga qo`yiladigan talablar.
O`quv rejasi – davlat hujjatidir. Oquv rejasi – barcha umumta’lim maktablarida so`zsiz amal qilinishi lozim bo`lgan davlat hujjatidir. Unda sinflar bo`yicha o`rganilishi kerak bo`lgan o`quv fanlari va o`sha fanlar uchun ajratilgan o`quv soatlari ko`rsatilgan bo`ladi.
Maktabning yagona o`quv rejasi xalq ta`limi tomonidan tasdiqlanadi.
O`quv rejasi deb, o`qitiladigan fanlar, o`qitish uchun ajratilgan soatlari ko`rsatilgan bo`ladi.
O`quv rejasi tuzishda quyidagi omillarga asoslanadi.
Oquv rejasi o`quv-tarbiya ishining maqsad va vazifalariga asoslanadi. Maqsad - ilmiy bilimlar berish, olgan bilimlarni hayotda qo`llay olishga o`rgatish.
Maktablarning birligi o`z qoidalariga asoslanadi. (ya’ni: boshlang`ich maktab –1-4 sinflar, to`liqsiz maktab-5-9 sinflar, umumiy ta`lim maktabining 10-11 sinflarining o`zaro bog`liqligi).
To`liqsiz va o`rta maktablarda o`quvchilarga bir butun tugal bilim beriladi.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish