Taqrizning vazifasi, u yoki bu janrdagi badiiy
asarning tahlili orqali uning adabiy jarayon va yozuvchi
ijodidagi o rnini aniqlash, yutuq va kamchiligini
ko rsatish, fikrini isbotlash va baholashdan iborat. Yangi
asarni birinchi bo lib baholaydigan taqrizda ilmiy-estetik
tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarli tarz-
da o z ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz ayrim
tanqidchilar aytayotganidek, faqat “kutib oluvchi janr”
emas. Balki u bir asar tahlili orqali adabiy jarayondagi
yangi tamoyillarni ko rsatadigan, uning yozuvchi ijodida
tutgan o rnini tezlik bilan baholay oladigan estetik
xususiyatga ega. S. Sayyidning “So z yo li” ikki jildli
saylanmasiga shoir Mahmud Toirning (2009, №14)
“Yog du ichra gullagan so z” deb nomlangan taqrizida
buni ko rish mumkin. Taqrizchi, eng avvalo, she rdan
olgan taassurotlarini ifodali tarzda bayon etadi. Taq-
riz sarlavhani izohlash bilan boshlanadi: “Yog du ichra
gullagan so z – she r bo ladi. Bunday she rning ma-
zasi dardingga malham bo ladi… She rdagi otash –
so zdagi otash. Ochiq ko z bilan otashga o zini ot-
gan odam – shoir bo ladi”. She rdan ta sirlangan
bunday qalb izhorlarini o qigan kitobxon beixtiyor shoir
she rlariga qiziqib qolganini sezadi. Taqrizda
“Saylanma”ning mundarijasi haqida so z yuritilmaydi,
balki S. Sayyid she rlari o ziga xos sharhlanadi, tahlil
etiladi, shu orqali baholanadi. Shoir uslubining o ziga
xos tomonlari ochiladi. Masalan: “Sirojiddin siylagan
so zlarning bittasi – ayvon…”. (Keyin ayvon so zi
izohlanadi – Sh. A.) “Uyingizning ayvoni – umringiz-
ning ayvoni… Shoir bejizga “Onam ayvonidan keldingmi,
bahor?” deya entikmaydi. Yoki ota uyining devorlarini dil
bilan oqlab berishni xayol qilish shoirona jununlik emas.
Balki ota-ona oldidagi farzandlik mas uliyatini his
qilishning yorqin e tirofidir”. Ijodkor she rlariga ana
shunday shoirona baho berish bilan taqriznavis ikki mud-
daoga erishgan: birinchidan, o quvchiga yangi va yaxshi
kitob haqida yetarli ma lumot berib, uni she riyatga
oshno etmoqda, ikkinchidan, taqrizning vazifalarini
to liq bo lmasa-da, bajarmoqda.
Tilga olingan taqrizlarda, birinchidan, yangi
e lon qilingan asar tahlilining mavjudligi, ikkinchidan,
mazkur asarga adabiy-badiiy jarayon nuqtai nazaridan
turib berilgan baho o z aksini topganligi ularning ijobiy
xususiyatlaridir. Uchinchidan, asarning yozuvchi ijodida
qanday o rin egallashi: bu – uning yutug imi, ijodiy
g alabasimi yoki avvalgi asarlariga qaraganda orqaga
chekinishmi, bu haqida fikr bildirilganda, taqrizlarning
yanada mukammalligi ta minlangan bo lur edi.