Taqdimot ishi



Download 138.88 Kb.
Sana03.05.2020
Hajmi138.88 Kb.

MAVZU: SOVET TUZUMI DAVRIDA O`ZBEKISTONDA MAHALLIY BOSHQARUV TARTIBI.

Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish oʻtkazilishi natijasida Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tugatilib, uning hududi yangi tuzilgan Oʻzbekiston SSR, Turkmaniston SSR,Tojikiston ASSR (Oʻzbekiston SSR tarkibida, 1929-yildan Tojikiston SSR), shuningdek, Qoraqirgʻiz avtonom viloyati (Rossiya SFSR tarkibida; Qirgʻiziston SSR), Qoraqalpoq avtonom viloyati (Qozogʻiston ASSR tarkibida; keyinchalik Qoraqalpogʻiston ASSR, 1936-yildan Oʻzbekiston SSR tarkibida) tarkibiga kiritildi.

O`ZBEKISTON SSR BAYROG`I

GERB

Umumoʻzbek sovetlarining Buxoroda boʻlgan birinchi qurultoyi (1925-yil 13–17 fevral)da „Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish toʻgʻrisida deklaratsiya“ qabul qilindi. Qurultoyda respublikaning oliy organlari: Oʻzbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi (Oʻzbekiston SSR MIK) va Oʻzbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti (Oʻzbekiston SSR XKS tuzilgan). Oʻzbekiston SSR Butunittifoq sovetlarining 3-sʼyezdida (1925-yil 13-may)da SSRI tarkibiga kiritilgan. 1927-, 1937-, 1978-yillarda Oʻzbekiston SSR konstitutsiyalari qabul qilingan.

Oʻzbekiston SSR maʼmuriy jihatdan 1925-yilda dastlab 8 ta viloyat (SamarqandToshkentFargʻonaXoʻjandZarafshonSurxondaryoQashqadaryoXorazm) va Tojikiston ASSR (1929-yilgacha Oʻzbekiston SSR tarkibida boʻlgan), 22 uyezd va 241 volostga boʻlingan. 1926-yilda maʼmuriy-iqtisodiy rayonlashtirish amalga oshirilgan.

1987-yilda Oʻzbekiston SSR tarkibiga Qoraqalpogʻiston ASSR (1936-yildan u Oʻzbekiston SSR tarkibida boʻlgan), 12 ta oblast (AndijonBuxoroJizzaxNavoiyNamanganSamarqandSirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona, Xorazm, Qashqadaryo), 155 rayon, 123 shahar, 95 ta posyolka hamda Toshkent shahri kirgan.

Oʻzbekiston SSR siyosiy hayotida Oʻzkompartiya (1925-yil fevralda Buxoroda tuzilgan) yetakchi rol oʻynagan. OʻzSSR da hokimiyatning qonun chiqaruvchi oliy organi – OʻzSSR Oliy Soveti (1937 yildan) hamda ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi – OʻzSSR Ministrlar Soveti (1946 yildan) hisoblangan. Davlat hokimiyatining mahalliy organlari – 2,5 yilga saylanadigan xalq deputatlarining oblast, rayon, shahar, posyolka, qishloq va ovul sovetlari boʻlgan.

Oʻzbekiston SSR tashkil qilinganidan soʻng respublika davlat boshqaruvi organlari Ittifoq organlari tartibida va ulardan andoza olingan holda tuzilgan. Bu ittifoqdosh respublikalarning markazdan turib boshqarishning eng oson va oddiy, shu bilan birga mustahkam shakli edi.

Oʻzbekiston SSR tashkil qilinganidan soʻng respublika davlat boshqaruvi organlari Ittifoq organlari tartibida va ulardan andoza olingan holda tuzilgan. Bu ittifoqdosh respublikalarning markazdan turib boshqarishning eng oson va oddiy, shu bilan birga mustahkam shakli edi.

OʻzSSR Xalq Komissarlari Sovetining raislari[tahrir] Fayzulla Xoʻjayev (1925–37) Abdulla Karimov (1937) Sulton Segizboyev (1937–38) Abdujabbor Abdurahmonov (1938–46-yilgacha)

OʻzSSR Ministrlar Sovetining raislari[tahrir] Abdujabbor Abdurahmonov (1946–50) Abdurazzoq Mavlonov (1950–51) Nuriddin Muhiddinov (1951–53; 1954–55) Usmon Yusupov (1953–54) Sobir Kamolov (1955–57) Mansur Mirzaahmedov (1957–59) Orif Alimov (1959–61) Rahmonqul Qurbonov (1961–71) Narmaxonmadi Xudoyberdiyev (1971–84) Gʻayrat Qodirov (1984–89 Mirahad Mirqosimov (1989–90)

OʻzSSR Kompartiyasi MKning birinchi kotiblari Vladimir Ivanov (1925–27) Nikolay Gikalo (1929) Akmal Ikromov (1929–37) Usmon Yusupov (1937–50) Amin Niyozov (1950–55) Nuriddin Muhiddinov (1955–57) Sobir Kamolov (1957–59) Sharof Rashidov (1959–83) Inomjon Usmonxoʻjayev (1983–88) Rafiq Nishonov (1988–89) Islom Karimov (1989–91)

OʻzSSR Oliy Soveti Prezidiumi raislari Yoʻldosh Oxunboboyev (1937–43) Abduvali Moʻminov (1943–47) Amin Niyozov (1947–50) Sharof Rashidov (1950–59) Yodgor Nasriddinova (1959–70) Nazar Matchonov (1970–78) Inomjon Usmonxoʻjayev (1978–83) Olimjon Salimov (1983–86) Rafiq Nishonov (1986–88) Poʻlat Habibullayev (1988–89) Mirzaolim Ibrohimov (1989–91)

OʻzSSR Oliy Soveti raisi Shukrulla Yoʻldoshev (1991-yil 12-iyundan


Download 138.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
guruh talabasi
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
samarqand davlat
toshkent davlat
navoiy nomidagi
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
matematika fakulteti
tashkil etish
Darsning maqsadi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
bilan ishlash
fanining predmeti
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fizika matematika
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
sinflar uchun
universiteti fizika
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
tibbiyot akademiyasi
pedagogika fakulteti
umumiy o’rta
Samarqand davlat