Taniqli bastarorlar hayoti va ijodidan



Download 40,3 Kb.
Sana06.01.2022
Hajmi40,3 Kb.
#323504
Bog'liq
Mutal Burxonov



TANIQLI BASTARORLAR HAYOTI VA IJODIDAN


Mutal BURHONOV
(1916-2002)

0‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi musiqa-


sining muallifi, 0‘zbekiston xalq artisti, Hamza va Berdaq
nomidagi Davlat mukofotlari sovrindori Mutal (Muta-
vakkil) Burhonov hayoti va ijodiy faoliyati zamonaviy
o‘zbek professional san’atining rivojlanish tarixi bilan
chambarchas bog‘liqdir.

Mutal Burhonov 1916-yil 5-mayda Buxoro shahrida
tug‘ildi. Bolaligidan musiqaga qiziqdi va mehr qo‘ydi.

Bolalik davrida oldin eski diniy maktabda, so‘ngra yangi


maktablarda o‘qidi. Tanbur chalishni awal amakisidan,
so‘ngra Ota G‘iyos Abdug‘anidan o‘rgandi. 1928—1932-
yillarda Samarqandda 0‘zbekiston musiqa va xoreografiya
institutida ta’lim oldi. 0‘qishni bitirgach, 1932—1935-
yillarda Toshkentda Hamza va Dushanbeda A. Loxutiy
nomidagi drama teatrlarida sozanda va musiqa rahbari

lavozimlarida ishladi, musiqa bastalashga intildi. 1935-yilda Moskva konservatoriyasi qoshida


ochilgan «0‘zbek opera studiyasi»da tahsil oldi. 1938-yilda Moskva konservatoriyasida professor
S. N. Vasilenko sinfida o‘qishni davom ettirdi. Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan ko‘ngil-
lilar armiyasi safida Moskva shahri himoyasiga otlandi. 1942-yili qattiq betob bo‘lib, Toshkentga
qaytib davolandi, ijod bilan shug‘ullandi. 1946-yildan o‘qishini davom ettirib, 1949-yili Moskva
konservatoriyasi kompozitorlik fakultetini muvaffaqiyatli tugalladi.

U talabalik davridayoq ilk ijodini atoqli shoir A. Loxutiy she’rlariga bastalagan «Ey bulbul» romansi va «Buti nozaninam» (Mening go'zalim) qo‘shig‘idan boshladi.

Mutal Burhonov «Maftuningman», «Samolyotlar qo‘nolmaydi», «Surayyo», «Boy ila xizmatchi», «Abu Ali ibn Sino» kinofilmlariga qo'shiqlar yozdi. U birinchilardan bo‘lib romans janrini respublikamiz musiqiy hayotiga joriy etdi. Ulug‘ shoir Alisher Navoiy g‘azallariga bastalagan «Tabassum qilmading» va Hofiz g‘azaliga yakkaxon va simfonik orkestr uchun «Namedonam chi nom dorad» (Ismingni bilmayman) romans-poemasi alohida o‘rin tutadi. Yakkaxon, xor va simfonik orkestr uchun «Gullagay 0‘zbekiston» kantatasi, «Bahor qo'shiqlari» vokal-simfonik poemasi, «Oq oltin» vals-qo‘shiq poemasini yaratdi.

Alisher Navoiyning 525 yilik yubileyiga bag‘ishlab Abdulla Oripov bilan hamkorlikda «Alisher Navoiyga qasida» vokal-simfonik poemasini yaratdi. M. Burhonov birinchilardan bo‘lib, o‘zbek, tojik, uyg‘ur, afg‘on va eron xalq qo‘shiqlarini: «Go‘zal qizga», «Sari kuxi baland», «Gulli gandum», «Bibigul» asarlarini xor uchun moslashtirdi. «Alisher Navoiy», «Hikmat», «Oygul va Baxtiyor» spektakllari uchun musiqalar yaratdi. Bolalar xori uchun «Vatan bizga mehribon», «Buxoroyi Sharif», «Ochil paxtajon», «Ey ulug‘ ustoz» kabi qo‘shiqlarga kuy bastaladi. Yakkaxon xor va simfoniya orkestr uchun besh qismli «Abadiy xotira» nomli «Rekviyem» yaratgan. Bu asar qatag‘on yillarda qurbon boMgan o‘zbek xalqining ulug‘ farzandlari xotirasiga bag‘ishlangan.



Kompozitor Mutal Burhonov 0‘zbekiston musiqa madaniyati rivojlanishida buyuk xizmatlari uchun 0‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, 0‘zbekiston xalq artisti faxriy unvonlariga sazavor bo‘ldi. «Mehnat shuhrati» medali, 0‘zbekiston, Tojikiston va Beloruss hukumatlari faxriy yorliqlari bilan mukofotlandi.


Download 40,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish