Ta’limni boshqarish tizimlari va ularning interaktiv imkoniyatlari



Download 15,86 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi15,86 Kb.
#262125
Bog'liq
Ta’limni boshqarish tizimlari va ularning interaktiv imkoniyatla


Ta’limni boshqarish tizimlari va ularning interaktiv imkoniyatlari

Reja:


  1. .Ta’lim tizimini boshqarishning nazariy-metodologik asosi

  2. Ta’limni boshqarish tizimlari

Hayotning ijtimoiy zarurati, ta’limni boshqarishning nazariy va metodologik jihatlarini maxsus ilmiy yo`nalish sifatida qabul qilib, o`quv-tarbiya jarayonini boshqarishning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqishni taqozo ztadi. Ta`lim boshqaruvining asosiy jihatlarini nazariy va tadqiqot-tajriba nuktai nazaridan asoslash rahbarlarni maxsus ilm va malaka bilan qurollantirish uchun kerak. Bu ularga boshqaruv jarayonida vujudga keladigan aniq muammolarni to`g`ri hal etish, ta’limga oid jumboqlarni holisona yechishga yordam beradi.

Shu jihatdan ta`limning jiddiy nuksoni-ta`lim boshqaruviga oid tajribalarning deyarli utkazilmayotganligini diqqatdan chetda qoldirib bulmaydi. Chunki, bugungi kundagi eng asosiy muammo - boshqaruv tizimi sifatini tubdan o`zgartirishdan iborat. Buning uchun boshqaruv tizimini soddalashtirish, uning turdosh to`zilmalarini birlashtirish, oraliqdagi o`rinsiz bo`g`inlarni qisqartirish, har bir tizim darajasidagi vazifalar mohiyatidan imkon qadar oqilona foydalanish eng asosiy vazifalardandir.

Ta`lim tizimini ilmiy jihatdan boshqarishninng o`ziga xos xususiyatlari quyidagilar xisoblanadi:

boshqaruv mazmunida o`z aksini topgan davlat va ijtimoiy ta’lim manfaatlarining dialektik birligi;

hozirgi zamon maktabi oldida turgan murakkab vazifalar bilan bog`liq bo`lgan boshqaruv qirralarining kengayishi;

ta`lim boshqaruvi qonuniyatlarining ob`ektiv va sub`ektiv jihatlarini idrok etib foydalanish va o`rganish orqali tizim rivojlanishini yangi, sifat jihatidan yanada mukammal holatga yetkazish;

ta`lim boshqaruvi shakl va metodlarini milliy xususiyatlardan kelib chiqqan holda doimiy ravishda takomillashtirish;

zamonaviy elektron-hisoblash mashinalaridan foydalangan holda boshqaruvning matematik, statistik hamda iqtisodiy metodlarini joriy etish hamda boshqaruv texnikasini rivojlantirish.

Hozirgi paytda boshqaruv jarayonini belgalashda turli harakterdaga yondoshuvlar mavjud. Boshqaruv rahbarlik qarorlarini qabul qilish va uni tadbiq etish, yoki ta’lim jarayoni sifatida, boshqa xilda ifodalaganda boshqaruv jarayonida ma’lumotlarning doimiy harakati, to`g`ridan-to`g`ri yoki uning aks sadosi natijasi sifatida talkin etilmokda.

Boshqaruv - ma’lum sharoitda har bir xodim, guruh yoki tashkilot faoliyatiga bevosita ta’sir etuvchi, imkoni boricha yuqori, yaxshi natijalarga erishishga qaratilgan jarayon hisoblanadi.

Boshqaruv jarayonining yana bir, nisbatan to`g`ri yo`nalish i - tizimli boshqaruv hisoblanadi, chunki uni faqat aniq; tizim orqali boshqarib bo`ladi. haqiqatda ham "boshqaruv" atamasi izohining ko`pchiligi boshqaruvga tizim shaklida yondoshish orqalidir.

"Tizim" tushunchasi pedagogik amaliyotda tez-tez uchrab tursada, aslida biz tizim mohiyati va o`rnini hamisha ham darrov idrok qilaolmaymiz. Tizim - maqsad yagonaligi, mazmun, prinsip, vazifalar, shakl, boshqaruv metodi va yo`li bo`lib, ob`ektiv o`rganish va idrok etish hamda uni takomillashtirishga ta’sir etadi. Ta`limni boshqarish tizimi tashqi muhit bilan bog`liqligi tufayli ochiq tizim. Mazkur tizimning vazifasi bevosita o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadiga buysunadi. Boshqaruv jarayoni aslida barcha murakkab tizimlar qatoridan o`rin olganligi bois, bir butun tizim sifatida qarashga asos bo`ladi. Unga quyidagi jihatlar xos:

o`z xususiyatlariga ega bo`lgan ma’lum qismlarning mavjudligi;

qismlarning o`zaro aloqadaligi va bir-biri bilan bog`liqligi (umumiy birlikka egaligi);

ichki tashkiliylikka egaligi;

qismlar, elementlarning buysunishi va buysunuvchanligi;

ma’lum tashqi muhitda mavjud bo`lib, bir birlikni tashkil qilishi hamda o`z navbatida tizim faoliyatini davom ettirishga asos bo`lishi;

faoliyatning maqsadga qaratilganligi, maqsadga erishish uchun intilshi;

dinamik harakat, rivojlanishi;

barqaror holatni saklab qolish qobiliyati;

tabiatida qarama-qarshilik mavjudligi;

pedagogik jamoaning boshqaruv ishiga faol va o`z vaqtida qatnashishi.

Ta`lim boshqaruvi tizimi - to`g`ri yo’naltiruvchi faoliyat bo`lib, yakka boshqaruvchilik va shaxsiy javobgarlikka asoslanadi. Demak, ta`limni boshqarish ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-pedagogik jarayon bo`lib, butun o`quv-tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish, yuqori natijalarga erishish uchun turli metod va vositalardan foydalanib ish ko`radi.

To`la ishonch bilan shuni ta’kidlash mumkinki, ob`ektiv haqiqat qonunlarini bilmasdan turib, boshqaruvga tizimli holda yondoshib bo`lmaydi, eng muhimlaridan biri maktab boshqaruvining yaxlitlik (butunlik) qonuniyatidir. Ijtimoiy-iqtisodiy tizim birligi - mazkur qonuniyatning eng zarur xususiyatidir.

Ijtimoiy-iqtisodiy tizimning birligi xalq ta’limi tizimining bir butunligini belgilab beradi. Bu butunlikni qo`llab-quvvatlovchi mexanizm sifatida boshqaruv tizimi alohida o`rin tutadi va quyidagi jihatlarda o`z ifodasini topadi:

ta`lim boshqaruvi jamoa manfaati asosida amalga oshiriladi, bu o`z navbatida yagona, ko`p bosqichli boshqaruvga olib keladi;

boshqaruv ishining tarkibidagi turli elementlarda buysunish va buysundirish bir maqsadga qaratilganligi bilan belgilanadi;

boshqaruv tizimi ayrim elementlaridagi vaqtinchalik xatoliklar uning bir butunlikda faoliyat ko`rsatishiga monelik qilmaydi;

boshqaruv tizimi tarkibida murakkab munosabatlar zanjiri mavjud. U kommunikativ aloqalar bo`lib, eng yuqori darajadan boshlab eng quyi zinagacha mavjud va bu zanjir bir-biridan ajralmasdir;

boshqaruv shakllari xilma-xil bo`lishiga qaramasdan, boshqaruv apparatining barcha pog`onalaridagi munosabatlar barqarordir;

ta`lim boshqaruvi mexanizmi barcha boshqaruv pog`onalarida turli- tuman munosabatlarda faoliyat ko`rsatadi. Bu moliyaviy-iqtisodiy, tashkiliy-pedagogik, tashkiliy-texnik, ijtimoiy-psixologik munosabatlar bo`lib, ularning barchasi yagona maqsadga xizmat qiladi;

jamiyat mulkchiligi qanchalik yagona boshqaruv tizimini talab etsa, yagona boshqaruv tizimi ham shunchalik umumjamiyat mulkchiligini hamda mavjud ishlab chiqarish munosabatlarini qullab quvvatlaydi;

jamiyat va ishlab chiqarish taraqqiyotining barcha ob`ektiv qonunlari o`z mohiyati bilan boshqaruv tizimi xususiyatini belgilaydi va amal qiladi.

Ta`lim boshqaruvi tizimining birligi, qonuniylik sifatida aniq birlik, umumlashtirish va muvofikdik, teng taqsimlash va ta`limning bir meyorda faoliyat ko`rsatishida ko`rinadi, bu o`z navbatida xalq ta’limi tizimining barchasiga ham taalluqli.

Markazlashtirish va markazlashtirishdan voz kechish qonuniyatlarining bog`liqligi. Markazlashtirish inson faoliyatining barcha bug`inlarida boshqaruvning eng asosiy xususiyati hisoblanadi. xalq ta’limining markazlashgan boshqaruv tizimi shunday boshqaruv tizimi tarkibiga ega va uning barcha bug`inlarida doimiy bo`lgan mustaxkam aloqalar mavjud. Bu aloqalar buysunuvchi va buysindiruvchini belgilaydi,

Markazlashgan boshqaruv uning barcha bug`inlarida rahbarlik qarorlarini hamjihatlik bilan kelishib olishni nazarda tutadi. Boshqa jihatdan, maqsadga qaratilgan boshqaruv xalq ta’limining barcha tizimlarida qattiq reglamentatsiyani joriy etadi, deyish xatodir. Uning har bir bug`ini faoliyat ko`rsatishning o`ziga xos sharoitiga ega.

Shuning uchun boshqaruv o`ziga xos muammolarni hal qilishda ma’lum mustaqillikni nazarda tutishi kerak. Bu markazlashgirishdan voz kechish bilan amalga oshiriladi. Ayniqsa bu ta`lim tizimiga taalluqli. Unda barcha jamoa azosining ijodiy xususiyati, eng avvalo maktab boshqaruvi tizimining ichki qonuniyatiga buysunadi. Markazlashtirilgan boshqaruvdan voz kechish har bir bug`inga, tizim va tizimchalarga mustaqil faoliyat huquqini beradi.

Boshqaruvchi va boshqariladigan tizim munosabatlari qonuniyati boshqaruv mazmunining turli jabhalarida ko`rinadi, zero u siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy va ijtimoiy omillarga bog`liq. Mazkur tizimlar qaysi bug`inlarda bo`lishidan qat’iy nazar, o`zaro ham miqdor, ham sifat jihatidan munosabatdadir. Hozirgi paytda boshqaruvchi va boshqariladigan tizimning miqdoriy nisbati oxirgisining foydasiga o`zgarmoqda. Mazkur jarayon mavjud qonuniyatning bevosita in’ikosidir. Ta`lim boshqaruvining jamoatchilik asosi qanchalik rivojlansa, yuqori boshqaruv tizimi organiga zarurat shunchalik kam qoladi,

Boshqaruvchi va boshqariladigan tizimlarning o`zaro munosabatlarida iqtisodiy jihatlar ham muhim omil bo`lib xizmat qiladi. Mazkur tizimlarda o`zgarishlar ular qiymatining ko`payishi yoki kamayishi bilan belgilanadi. Mazkur qonuniyat shu qatori ob`ektiv iqtisodiy asosga ham ega.

Boshqariladigan tizim qiymatining oshishi quyidagi sabablar bilan bog`liq:

barcha ta`lim tizimi bug`inlaridagi maktablar ishi mazmunining murakkablashuvi;

maxsus tayyorlangan boshqaruv apparati kadrlariga bo`lgan talab natijasida boshqaruv kadrlarni qayta tayyorlash uchun sarflanadigan moddiy harajatlarning oshishi;

boshqaruv tizimi uchun yangi kadrlar (sotsiolog, psiholog, pragrammist va x-k) ga extiyoj;

ancha qimmat turadigan EXM larni sotib olish va boshqalar.



Boshqaruv apparati qiymatining oshib borishi doimiy tus olmaydi,

chunki har qanday faoliyat jarayonida ham ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik nazarda tutiladi. Shunday qilib, boshqaruvchi va boshqariladigan tizim munosabatlaridagi o`zgarishlar tabiiy hol bo`lib, u, ham jamiyat, ham xalq ta’limi rivojlanishida o`z aksini topadi. Bu qonuniyat boshqaruvchi tizimdagi o`zgarishlar bevosita boshqariladigan tizimda aks etishini nazarga tutishga imkon beradi.
Download 15,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish