Talim vazirligi


Gumbolt Aleksandr Fridrix Vilgem



Download 1.14 Mb.
bet4/7
Sana20.01.2017
Hajmi1.14 Mb.
1   2   3   4   5   6   7

Gumbolt Aleksandr Fridrix Vilgem (1769-1859)- Nemis tabiatshunosi, sayyox, geograf. Geografiyaning fan sifatida salmog’iga xissa qo’shgan. Iqlimshunos, o’simliklar va hayvonot geografiyasi, xaritagrafiya, okeanlogiya soxalarida tadqiqot ishlari olib brogan. Tabiatdagi geografik zonallik va tog’larda balandlik mintaqalarini ilmiy jixatdan umumlashtirishga harakat qilgan. Izotermalar metodini ishlab chiqib, Shimoliy yarimshar uchun ularning taqsimlanishini ko’rsatuvchi sxematik karta tuzgan. Magnit xodisalarning geografik tarqalishi masalarini ishlab chiqqan va materiklarning o’rtacha balandliklarini xisoblagan.Gumbolt nomiga bir qancha geografik ob’ektlar, jumladan Markaziy Osiyo va Yangi Zelandiyadagi bir necha tog’lar, AQShdagi ko’l va daryo, axoli punkitlari, Grelandiydagi muzlik va boshqalar qo’yilgan.
H
Havo massalariTroposfera havosining xarorati, namligi, harakat yo’nalishi va boshqa xususiyatiga ko’ra bir-birlaridan farqlanadigan katta qismlari. Havo massalarining harakati, namligi va boshqa xossalari sekin – asta o’zgaradi. Bir havo massalaridan ikkinchi havo massasi orasidagi chegara atmosfera fronti deyiladi. Dengiz ustida tarkib topgan dengiz havo massaalari va quruqlik ustida shakllanadigan konetinental havo massalari bo’ladi. Ob-havo havo massalariga bog’liq.

Havo namligi – Havodagi mavjud bo’lgan suv bug’lari miqdori. Havo qancha issiq bo’lsa, unda suv bug’lari shuncha ko’p bo’lishi mumkin. Agar muayyan haroratli havo suv bug’larini yuta olmasa, to’yingan havo deyiladi. Agar to’yingan havo sovisa, suv bug’lari tomchilarga aylanadi.
Hamada (arabcha)- Sahroi Kabirdagi toshloq cho’llar. Qadimgi kristall tog’ jinslari yer yuzasida chiqib qolgan qoldiq tog’larda, qirlarda nurash natijasida vujudga keladi. Organik dunyosi juda kambag’al.

Harorat teskariligi – Atmosferaning biror qatlamida yuqorida ko’tarilgan sari haroratning ortib borishi. Harorat teskariligi havoning yer yuzasiga yaqin qismida va erkin atmosferada ro’y berishi mumkin. Yer yuzasi yaqindagi harorat tekariligi tuproqning va undan keyin yer ustidagi havoning qattiq sovib ketishidan ro’y beradi. Soyliklarda sovuq havo turib qolib ham xosil bo’ladi.
I
Ibn Battuta Abu Abdullax (1304-1377) – Mashxur arab sayyoxi va geografi, tarixchi. Ibn Battuta 28 –yillik sayoxatlari davomida quruqlik va dengiz sayoxat qilgan. Ibn Battuta 1325 – yil Marokashdan xajga boruvchilar karvoniga qo’shilib safarga chiqqan va barcha musulmon mamlakatlarida bo’lgan.

Ibn Battuta o’rta asrlardagi eng yirik satoxatchi bo’lib, u borgan mamlakatlarining geografiyasi, tarixiy hamda iqtisodiy, etnagrafir va madaniy-maishiy hayotga oid ma’lumotlar to’plagan. Ibn Battuta yirik savdogar ham bo’lgan. Ibn Battuta faoliyati ustida o’zbek olimi N.Ibroximov tadqiqot ishlari olib borgan va u haqda o’zbek, rus, arab, ingliz tillarida asarlar yaratdi.



Igausu – 1)Janubiy Amerikadagi daryo, Brazilya hududida, Parananing chap irmog’i. Uzunligi-1320 km, havzasining maydoni- 62 ming km kv ga teng.quyi qismi Brazilya bilan Argentina orasidan oqadi.

  1. Janubiy Amerikadagi sharshara, Igausu daryosida. Igausu daryosining Parana daryosiga quyilish joyida 26 km yuqorida, Ikkita tik balzat zonadan o’zaro orollar bilan ajralgan 275 dan ortiq katta va kichik sharsharalardan iborat bo’lib, tor daraga 72 m balandlikdan tushadi. Igausu atrofida shu nomda Argentina va Brazilyaga qarashli milliy park tashkil etilgan. Turizm rivojlangan.


Ionosfera– Atmosferaning ionlar va erkin elektronlar konsentratsiyasi ko’p bo’lgan yuqori qatlami. Yerdan 50-80 km balandlikdan boshlanadi. Ionosfera asosan kunduzi 50-60 km balandlikda, kechasi esa 80-85 km balndlikda yotadi.

Ionosferaning yuqori chegarasi – Yer magnitosferasining tashqi qismi. Ionosferada asosan, quyoshning ultrabinafsha va rentgen nurlari, kosmik nurlanishlar ta’sirida ionlar xosil bo’ladi. Yer atmosferadagi ko’smik fazodan atmosferadaga kirayotgan zararli oqimi Yerning magnit maydoni ta’sirida qisman o’z yo’nalishini vintsimon o’zgartirib, atmosferani atom va molekulalarini ionlashtiradi. Ionosferada elektronlar va ionlar soni teng bo’ladi.



Iordan – G’arbiy Osiyodagi daryo, ko’p qismi Iordaniya hududida. Uzunligi – 252 km ga teng. Jabal ush-Shayx tizmasidan boshlanadi. Meridional yo’nalishdagi Xor tektonik cho’kmasidan oqib, chuchuk suvli Xavla va Tabaliya ko’llari orqali o’tadi va O’lik dengizga quyiladi. Iordan yuqori oqimida vodiysi tor, ostonalardan o’tgan joylarda sharsharalar xosil qilgan. Suv sarfi 50 metr kvG’sek ga teng. Grunt va ko’llardan suv oladi.

Issiqko’l – Shimoliy Tyanshandagi oqmas ko’l. Qirg’izistonning shimliy-sharqiy qismida. Dunyodagi eng yirik tog’ ko’llardan biri. 1608 m balandlikda, issiqko’l soyligida, shimolda Kungay Olatovi va janubda Terskay Olatov tizmalari orasida. Maydoni – 6326 km kv ga, uzunligi esa 178 km ga, eni esa 60 km, chuqurligi – 688 m ga teng. Issiqko’lga 50 dan ortiq daryo quyiladi.Iqlimi esa iliq, quruq, mo’tadil. 1958-yilda Issiqko’l qo’riqxonasi tashkil etilgan.
J
Jakarta – Indoneziya poytaxti, Yava orolining shimoliy-g’arbiy soxilida Chilivuning dayrosining Yava dengiziga quylish joyida. Iqimi topik ekvatorial. Jakarta mamlakatning yirik iqtisodiy markazi. Oziq- ovqat, kauchuqqa ishlov berish, rezina va ko’n pyabzali, metalsozlik va boshqalar muvjud. Jakarta- xalqaro Dengiz va havo yo’llarining tuguni. Xalqaro Kemayoran ayraporti bor.

Jamiyat orollari – Tinch okeanidagi Poleneziya orollari gurixida. Fransiya mulki. Jamiyat orollari – shamolli va shamolsiz orollar gurixidan iborat.Maydoni – 1,6 ming km kv ga teng. Ma’muriy markazi Papete. Orollarning ko’pi vulqon orollar bo’lib, marjon rifilari bilan o’ralgan. Balandligi 2241 m gacha.

Iqlimi asosan tropik iqlim.Yillik yog’in 1500-2500mm ga teng. Kakos palmasi, sandal, banan, shakarqamish, paxta, ananas va boshqalar o’stiriladi. Baliq ovlanadi, marvarid yig’iladi.



Janubiy Alichur tizmasi – Pomirning janubidagi balan tog’tizmasi.Uzunligi – 150 km ga teng.Alichur vodiysi va Yashilko’l havzasi bilan Pomir vodiysi hamda Zo’rko’l xavzasi orasidagi suvayrig’ich.Tizmaning tepalari qoyalar, qirrali cho’qilar va muzlik vodiylaridan iborat bo’lib, doimiy qor va muzliklar bilan qoplangan. Eng balan cho’qqisi 5706 m ga teng. Janubiy alichur tizmasida o’simliklar siyrak va qisman muzliklar ham mavjud.

Janubiy okean - Dunyo okeani (Atlantika, Hind, Tinch okeanlari) Antraktidani o’rab turgan qismining shartli nomi. Dastlab gollan geogfari B.Verenius 1650-yilda mustaqil okean sifatida ajratgan. Janubiy okeanning chegarasi: Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya materiklarining va Tasmaniya hamda Yangi Zelandiya orollarining janubiy chekkalari orqali o’tkazilgan shartli chiziq va janubiy qutub doira , 35-60 gradus janubiy kengliklar orqali o’tkazilgan.

Janubiy okeanni aloxida okean qilib ajratishda iqlimning sovuqligi, gidrologik sharoitlar asos qilib olingan. Dengizchilar amalyotida Janubiy okean termini qo’llanilmaydi, chumki dengizchilarga oid o’quv qo’llanmalarda bu tushuncha uchramaydi.



Janubiy Sandvich orollari– Atlantika okeaning janubiy qismidagi vulqon orollari, Antraktikada. 8 ta yirikva birnecha mayday orol va qoyalardan iborat. Umumiy maydoni 300 km kv ga teng. Yer yuzasi tog’lik, vulqon jinslardan tuzilgan, qor va muz bilan qoplangan. So’nmagan vulqonlar bor. Qirg’oq yaqinidagi suvlarda kitlar uchraydi.Doimiy axolisi yo’q. 1775-yilda ingliz dengiz sayyoxi J. Kuk espeditsiyasi kashf qilgan.

Janubiy uchburchak – Osmonning Janubiy yarim sharidagi kichik yulduzlar turkimi. Jannat Qushi va Qurbongox yulduz tukumlari orasida joylashgan.Eng yorug’ yulduzlari 2-3 kattalikda. O’zbekiston hududida ko’rinmaydi.

K
Kavkaz – Qora, Azov va Kaspiy dengizlari orasidagi hudud. Shimolda Kuma-Manich botig’idan janubda tabiy geografik va geologik jixatdan shartli ravishda Zakavkazi Respublikalarining Turkiya va Eron bilan bo’lgan davlat chegaralarigacha cho’zilgan. Maydoni – 500 ming km kv ga teng. Shimoliy Kavkaz va Zakavkaziga bo’linadi. Ular o’rtasidagi chegara Katta Kavkazning bosh tizmasidan o’tadi. Re’lefi asosan tog’lardan iborat. Taman yarim orolidan Apsheron yarim oroligacha Katta Kavkaz tog’lari cho’zilgan. Bu tog’larning shimoliy etaklaridan Kuma- Manich botig’igacha bo’lgan hudud Kavkazoldi deyiladi. Kavkaz O’rta dengiz geosinklinal mintaqasiga kiradi. Kavkazda xar- xil foydali qazilmalar bor. Kavkaz turli xil mineral suv, binokorlik materiallari va boshqa mineral boyliklarga boy. Kavkaz mo’tadil va subtropik iqlim mintaqasi chegarasida joylashgan. Kavkazda yirik kurort rayonlari, turizm va alpinizm maskanlari mavjud.

Kalaxari – Janubiy Afrikaning markaziy qismidagi chala cho’lli tabiiy o’lka. Botsvana, JAR, Namibiya, Zambiya, Zimbabve, Angola hududida. Umumiy maydoni – 630 ming km kv ga teng. Plato ova yassi tog’lar bilan o’ralgan eol re’lef shakliga ega botiqdan iborat. Yer yuzasi biroz past – baland, ko’p qismi qum bilan qoplangan bo’lib, balandligi 900- 1000 m, ga teng. Iqlimi tropik va subekvatorial iqlim. Katta qisimida o’simlik umuman o’smaydi. Axolisining asosiy qismi ovchilik va chorvachilik bilan shug’ullanadi. Kalaxari hududida Etosha-Pan milliy parki tashkil etilgan.

Kaliforniya – Shimoliy Amerikaning g’arbiy qismidagi yarim orol, Maksikada. Kaliforniya qo’ltig’ini Tinch okeandan ajratib turadi. Uzunligi – 1200 km, kengligi esa 80-250 km ga teng.Re’lifi tog’lik. Vulkanik vakristal massalardan iborat. Marganes,va mis rudasi konlari mavjud. Iqlini esa tropik issiq, quriq iqlim. Yog’in esa yiliga 250 mm yog’adi. Cho’l va chala cho’l o’simliklari o’sadi. Tog’larda o’rmonlar uchraydi. Maxalliy axoli yaylov chorvachiligi, dehqonchilik, Boliq ovlash bilan shug’ullanadi.

Kamchatka – Osiyoning shimoliy yarim sharidagi orol, Rossiya Fedaratsiyasida. Tinch okean, Oxota va Bering dengizlari bilan o’ralgan. Uzunligi – 1200 km. Maydoni – 370 ming km kv ga teng. Markaiy qismini o’rtaliq va Sharqiy tizmalar kesib o’tgan, ular oralig’ida Markaziy- Kamchatka pasttekisligi va Kamchatka daryosi joylashgan. Kamchatkada 160 dan ziyod vulqonlar bor. Eng balan joyi – 4750 m -Klyuch Sopkasi. Issiq mieral buloq va geyzerlar mavjud. Iqlimi, asosan, mo’tadil mussonli iqlim. Siyrak qarag’ayzor va igna bargli o’rmonlar bilan qoplangan. Shimoli- tundra. Kuronovki qo’riqxonasi tashkil etilgan.

Kanada Arktika Arxipelagi – Shimoliy Muz okeanidagi yirik orollar guruxi. Shimoliy Amerikaning eng shimoliy soxili yaqinida. Kanadaga qarashli. Maydoni – 1,3 mln km kv ga teng. Yirik orollari Baffin Yeri, Elsmir, Viktoriya kabilardan iborat. Materik sayozligida joylashgan. Re’lefi, asosan, tekislikdan iborat. Foydali qazilmalaridan: neft, tabiy gaz, temir, mis rudasi konlari bor. Iqlimi esa keskin, arktika iqlim. Ko’p yillik muzloq yerlar, muzliklar bor. Muzliklar siljib, dengizga uzilib tushib turadi. O’simlik dunyosi arktika saxrosi va mox lishaynik tundrasidan iborat.

Kanal – Maxsus qazilga suv yo’li, sug’orish sistemasining asosiy qismi. Kanal o’taydigan vazifaga qarab, magistral, taqsimlaydigan, xo’jalik turlarga bo’linadi. Kanal suv olish inshootlaridan boshlanadi. Kanal qazilma, ko’tarma, yarim qazilma- yarim ko’tarma tarzda qurish mumkin. Odatda uning ko’ndalang kesimi tapetsiya shaklida bo’ladi. Kanal trassasi, uning o’lchamlari va quriladigan inshoat tiplari maxsuz texnik iqtisodiy va gidravlik xisoblar asosida tanlanadi. Kanalni inshoot va aloqa tarmoqlarini yaxshi xolatda saqlash, joriy va avariya tamirini o’tkazishdan iborat.

Kara dengizi – Shimoliy Muz okeani havzasidagi chekka dengiz. Maydoni – 883 ming km kv ga teng. Kara dengizi, asosan, shelf zonasida joylashgan.Kara dengizi unga quyuvchi Kara daryosi nomini olgan. Dengizga arktika iqlimi hukumron. Kara dengizi yilning ko’p qisnida muz bilan qoplanib yotadi. Xar –xil baliqlar va dengiz hayvonlari ovlanadi.

Karayli tog’lar – Xisor tizmasining janubiy- g’arbiy tarmog’i. Kashqadaryo viloyatining janubiy-sharqida. Eng baland joyi 964 m uzunligi esa 7 km. Ikki antiklinal strukturadan iborat. linal strukturadan iborat. Yon bag’irlari shimoliy – g’arbida qir-adirlardan keskin ko’tarilgan va kuchli parchalangan. Qattiq ohaktoshb va qumtoshlarning mavjudligi sababli kuesta re’lef shakli vujudga kelgan. Karayli tog’lari shimoli – sharqdan Qarshi-Termiz avtomobil yo’li va G’uzor daryosi o’zani o’tgan.

Karib dengizi – Atlantika okeanidagi yangi berk dengiz. Markaziy va Janubiy Amerika oralig’ida. Maydoni – 2777 ming km kv, eng chuqur joyi – 7090 m ga teng qirg’oq chizig’i egri-bugri. G’arbida va Antil orllari yaqinida marjon riflari bor. Iqlimi tropik iqlim, passat shamollari ta’sirida.Suvning ko’tarilishi har yuarim sutkada takrorlanadi. Karib dengizi muxim iqtisodiy va strategik axamiyatga ega. Karib dengizi orqali Tinch okean va Atlantika okeani portlarini bog’lovchi eng qisqa dengiz yo’llari o’tgan.

Karst – Tog’ jinslarining suvda erishi natijasida sodir bo’ladigan xodisa. Karst hasil qiluvchi tog’ jinslari yer sharida 51 mln km kv ga yaqin maydonni egallaydi. Karstning rivojlanishi uchun suv harakati yuqori bo’lishi shart. Karst yer yuzasidan chuqurlashgan sari kamayib boradi. Karstlar ochiq va yopiq turlarga bo’linadi. Karstlanuvchi tog’ jinslari ustki qismi, gil va boshqa jinslar bilan qoplangan bo’lsa yopiq karst deyiladi. Karst tarqalgan joylarda yer usti surilishi juda kam. Yog’inlarning hammasi Karstga yoki tog’jinslaridagi yoriqlarga singib ketadi. Karst tarqalgan joylarda gidrotexnik inshoot, ko’p qavatli imoratlar qurish noqulay hisoblanadi.

Kaspiy dengiz – Yer sharidagi eng katta berk suv havzasi, ko’pincha daryodagi eng katta ko’l deb ham xisoblaydilar. Kaspiy dengizi Qozog’iston, Turkmaniston, Eron, Ozarbayjon hududlarida joylashgan. Kaspiy dengizi kattaligi jixatdan bir necha dengizlardan kam farq qiladi, suvi ham dengiz suvi singari sho’r, hayvonot va o’simliklar dunyosining bir qismi dengizlarda yashaydigan hayvon va o’simliklar jumlasidan shuningdek boshqa omillarni xisobga olib dengiz deb ataladi. Kaspiy dengiz satxi Dunyo okeani satxidan 27-28 m past xisoblanadi.

Kaspiy dengiz shimoldan janubga 1200 km ga cho’zilgan, o’rtacha kengligi 320 km ni tashkil qiladi. Maydoni – 376 ming km kv ga teng. Kaspiy dengizga Volga, Ural, kura, Terek, Emba va boshqa yirik daryolar va ko’pincha kichik daryo va soyliglar quyiladi. Kaspiy dengizning har 1 l suvida o’rtacha 12, 7 g tuz bor.



Kilimanjara– Sharqiy Afrikadagi vulqon tog’i, Tanzaniya hududida. Balandligi – 5895 m ga teng. O’zaro qo’shilib ketgan 3ta so’ngan vulqon Kibo (5895 m), Mavenzi (5183 m) va Shira (4005 m) dan iborat. Kilimandjara asosan, traxibalzalt va fonalitalardan tuzilgan.

Klyuchi Sopkasi – Kamchatkaning sharqiy qismidagi harakatdagi vulqon.Yevrosiyoga nisbatan baland 4750 m va eng faol vulqon. Doimiy qor va muzlar bilan qoplangan. Andezit va bazalt davrlarida tuzilgan. Vulqonning quyi qismida 84 ta yon konus va krater mavjud. Etagida vulqonologik stansiya joylashgan. So’ngi 270 – yil davomida 50 marotaba kuchli otilgan.

Kolumb Xristofor (1451-1506) – dengizchi, syoxatchi asli genuyalik. Yerning shar shakli ekanligi tog’risidagi qadimgi ta’limotga va 15-asr olimlarinig noto’g’ri xisoblariga asoslanib Kolumb Yevropadan Hindistonga olib boradigan, uning fikrich eng qiska dengiz yo’lining loyxasini tuzdi.Kolumb 1492 -1493-yillari Kuba va Gaiti orollari soxilini kashf etgan. 1493-1496-yillar admiral unvoni va yangi kashf etilgan yerlarning vitse qiroli lavozimida safarga chiqqanva bir nechta orol va yarim orollarni kashf etgan. Kolumb 1498-1500 –yillarda 6 kema bilan Atlantika okeanini kesib o’tib, Trinidad orolini kashf etdi. Janub tomondan Pariya qo’ltig’iga va Orinoko daryosi deltasi atrofidagi soxil va Pariya yarim oroligach kirib borib, Janubiy Amerikani kashf qilishni boshlab berga. Kolumb 4 ta kema bilan 1502-yil 12-mayda Martinika oroliga borib. Undan Gonduras qo’ltig’iga suzib, Gonduras, Nikorogua, Kosto-Rika va Panama soxillarini kashf qildi.

Kompas – Geografik yoki magnit meridianing yo’nalishini aniqlashda qo’llaniladigan asbob. Magnitli, Giroskopik kompas, quyosh kompasi, radio va astroradio kompaslari, bo’lishi mumkin. Bular orasida magnitli kompas eng qadiymiysi.Uning asosiy kamchiligi shuki, hamma vaqt magnit va gegrafik qutublar yo’nalishlari farqini xisobga olish kerak bo’ladi. Qutublarda uni ishlatib bo’lmaydi. Kompas dengizda suzishda, aviatsiya, geodeziya, topografiya, kon va harbiy ishlarda qo’llaniladi.

Kongo – Markaziy Afrikada joylashgan davlat. Maydoni – 2345,4 ming km kv ga teng. Poytaxti – Kinshasa shaxri. Ma’muriy jixatdan 11 viloyatga bo’linadi. Kongo hududi Shimol va Janubiy yarim sharlarning ekvatorial va subekvatorial mintaqalarning qirlar bilan o’ralgan Kongo botig’ida joylashgan. Daryolari ko’p va sersuv. Eng katta daryosi Kong va uning irmoqlari. Mamlakat hududining 9G’10 qismi Kongo daryosi havzasida joylashgan. Deyarli hamma daryolarida ostona va sharsharalar bor. Kongo – kon va ramgli mellurgiya sanoati rivojlangan agrar mamlakat. Iqtisodiy faol axolining 13 % sanoatda, 76 % esa qishloq xo’jaligida ban

Kontinental iqlim – Xavoning sutkalik va yillik xaroratlari farqlari katta bo’ladigan va yog’in kam yog’adigan hududlar iqlimi. Kontinental iqlim aksari dendizlardan uzoq o’lkalarda, shuningdek, okeandan tog’lar bilan to’silgan yoki shamol quruqlikdan okeanga qarab esadigan joylarda kuzatiladi.

Kopernik Nikolay (1473-1543)- Polyak astonomi Nikolay Kopernik yulduzlarni kuzatib, Koinot markazida Yer emas, balki Quyosh turishini aniqladi. Kopernik 1543-yil bu kashfiyoti to’g’risida kitob yozgan va bu kitobi juda shuxrat keltirdi.
Kordinatalar – Yer yuzasidagi har qanday nuqtaning geografik kengligi va geografik uzunligi, Gradus xisobida o’lchanadi.

Kriklar – Mavsumiy qurib qoladigan daryo yoki vaqtincha oqim. Asosan Avstraliyada qo’llaniladigan atama, geografik nomlar tarkibida ham ishlatiladi.Masalan : Kupers – Krik.

II.2. L – U gacha o’zbek alifbosi bo’yicha geografiya entsiklopedik slovarlarni tuzish.
L
Lakkolit – ( lotincha lakkos- chuqurlik, litos- tosh, ya’ni chuqurdagi tosh) uncha chuqur bo’lmagan yer qatlamlari orasida qotib qolgan magmatik tog’ jinslari. Shakli gumbazsimon bo’ladi, cho’kindi jinslar orasida tomirlar xosil qiladi.

Laguna – (Italyancha laguna, lotincha lakus – ko’l) to’lqin keltirgan qum marzalari orqali dengizdan ajralib qolgan tabiiy, sayoz suv xavzasi. Xalqasimon marjon orollari o’rtasidagi suv xavzasi ham Laguna deyiladi.

Lava – (lotincha labes- ko’chki)- vulqonlar og’zidan yoki yer po’stidagi yoriqlardan yer yuzasiga oqib chiqib, gazlarning bir qismini yo’qotgan magma.Yer yuzasida lava xarorati 1000-1200 C bo’ladi. Lavaning qotishidan vulqon tog’jinslari. Masalan, balzat xosil bo’ladi.

Lab – Daryo, ko’l, jar va boshqa suv xavzalari soxilining qirg’oq bo’yi qismi. Joy nomlari tarkibida ham bor. Masalan: Buxorodagi Labixovuz.

Landshaft – (nemischa land- yer va shaft- manzara)- tabiiykomplekslarni umumlashtiruvchi tushuncha:geologiyasi, re’lefi, iqlimi, tuproqlari, o’simlik turkimi, xayvonot dunyosi, yer osti va yer usti suvlari rejimining bir xilligi bilan ajralib turadigan va tabiiy chegaralarga ega bo’lgan xudud. Landshaftshunoslikda landshaftning uch xil tushunchasi mavjud. Ular : regional tushuncha, tipologik ya’ni umumlashtiruvchi tushuncha, landshaft umumiy tushunchasi kabilardan iborat.

Landshaft rekultivatsiyasi – Inson faoliyati ta’sirida muvozanati buzilgan yoki ishdan chiqqan tabiiy va antropogen landshaftlarni tiklash, qayta ishga solish yoki ular o’rnida yangi landshaft bunyod etish.

Laplandiya – Norvegiya, shvetsiya, Finlandiya, Rossiya shimolida qutbiy doiradan shimolroqda joylashgan tabiiy o’lka. U yerdagi tundra savannalar uchraydi. Ilgari ular laplandlar deyilardi. Ular baliq ovlash va shimol bug’usini ko’paytirish bilan shug’ullanadilar.

Laterit tuproqlar – doimiy yashil sernam o’rmonlar tagida tarkib topadigan qizil tuproqlar. Tarkibida temir ko’ligidan temir zanglab qizil tusga ega bo’ladi. Tuproqning yuza qatlamida chirindi 4-6 % gacha yetadi. Laterit tuproqlar: Janubiy Amerikada, Markaziy Afrikada, Janubiy – Sharqiy Osiyoda keng tarqalgan.

Lyoss – (nemischa lyoss- g’ovak) – Sarg’ish, mayda zarrali, bo’shloq tog’jinsi. Tarkibida gil minerallardan tashqari dala shpati, kalsiy, temir ikki oksidi zarralari ham bo’ladi. Lyoss orasida karbonot donachalari uchraydi. Lyosslarning qalinligi bir necha metrdan 400m gacha boradi. Lyoss ustida xosil bo’lgan tuproqlar unumdor bo’ladi. Lyoss daryo, ko’l, muzlik yotqiziqlaridan, shamol keltirmalaridan vujudga keladi. Lyossda kaplyar naychalar tik joylashganligidan lyossdagi jarliklar tik devor xosil qiladi.

Liman – (Yunoncha limen- ko’rfaz, qo’ltiq) – Qirg’oqlari uncha baland bo’lmagan, sayoz korfaz, qo’ltiq. Liman dengiz soxilining pasayib, tekislikdagi daryo, soy, vodiylarni dengiz suvi bosishidan xosil bo’ladi. Sharqiy Yevropa tekisligining janubi-sharqidagi qurg’oqchil o’lkalarida baxorda suv to’ladigan pastlik yerlar. Ular baxorda sayoz ko’llarga, yozda botqoqliklarga aylanadi. O’tloq sifatida foydalaniladi.

Litosfera plitalari – Yer po’stining yirik qattiq bo’laklari. Litosfera plitalari atrofidan seysmik va tektonik jixatdan juda faol yorilishlar mintaqalari bilan o’ralgan bo’ladi. Litosfera plitalari mantiya ustida doimo siljib yuradi. Xarakat yo’nalishi okeanlar o’ralig’idagi tog’lardan siqilish mintaqasiga tomon bo’ladi. Litosfera plitalari bir-birlariga nisbatan ham va yorilish mintaqalari bo’ylab ham siljiydi. To’qnashgan mintaqasida burmali tog’lar, siljishlar bukilmalar vujudga keladi.
M
Mavsumiy shamollar –Fasllardan faslga o’z yo’nalishini o’zgartiradigan shamollar. Quruqlikning yilning issiq faslida tez isib, xavo bosimining keskin kamayishi va ayni paytda okeanlarda salqinroq bo’lib, xavo bosimining kattaligi natijasida quruqlik bilan okean o’rtasida esib turadi. Qishda quruqlikdan okeanga, yozda okeandan quruqlikka tomon esadi. Mavsumiy shamollar hukumron o’lkalarda qishning qurg’oqchil, yozning sernam kelishiga sabab bo’ladi.

Magma – (yunoncha magma-quyuq moy ) – Yer qa’rida murakkab fizikaviy-kimyoviy jarayonlar natijasida xosil bo’lgan katta xaroartli suyuq modda. Magam yer qa’ridan ko’tarilayotganda tarkibiy qismga ajralib, tarkibidagi uchuvchan moddalar yo’qoladi, natijada esa turli tarkibli intruzif, effuzif va tomir jinslar xosil o’ladi.

Magmatik tog’ jinslar – Magmaning sovishi va kristallanishidan xosil bo’lgan tog’ jinslari. Sovish sharoitiga qarab magmatic tog’ jinslari ikkiga bolinadi: lavaning yer yuzasida sovishidaneffuzif jinslar, Yer po’stida ichida sovishidan esa intruziv jinslar xosil bo’ladi. Intruzif jinslar juda sekin sovib, to’la kristallanadi. Effuziv jinslar tez sovishi natijasida shishasimpon tuzilishga ega bo’ladi.

Magnit anomaliyasi – Yer magnet maydaning normal xolatidan o’zgarishi. Yer po’stida katta temir rudasi konlari bor joylarda kuzatiladi. Qozog’istonda Temirtovda, Sharqiy Yevropa tekisligida Kurusk atrofida kuzatiladi.

Makvis - Qattiq bargli, tikanli doimiy yashil buta va daraxtchalardan iborat chakalakzor. O’rta dengiz bo’ylaridagi mamlakatlarda ko’proq tarqalgan, tog’larning 700 m balandligigacha uchraydi. Kesilgan o’rmonlar o’rnida xosil bo’ladi.

Manba – daryo suv oladigan joy, daryo boshlanadigan joy: muzlik, qorlik, buloq, chashma, botqoq.

Mangra o’rmonlari – tropiklarning dengiz suvi ko’tarilganga suv bosadigan pastak tekis qirg’oqlarida o’sadigan doimiy yashil butazor va past bo’yli daraxtzorlar. Janubiy Osiyo, Shimoliy Avstraliya, Afrika, Janubiy va Markaziy amaerika dengiz qirg’oqlarida uchraydi.


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik