Talim vazirligi



Download 1.14 Mb.
bet3/7
Sana20.01.2017
Hajmi1.14 Mb.
1   2   3   4   5   6   7

Bosfor Qora dengiz bilan Marmar deningizini tutashtirgan bo’g’oz, Yevropa bilan Kichik Osiyo yarimoroli o’rtasida, uzunligi -30 km ga yaqin, eni o’rtach -2 km dan iborat. Bosfor qirg’oqlari baland tik va manzarali. Chuqurligi -33 m dan 80 m gacha.Qulay tabiy gavanalari ko’p, eng yaxshisi Yevropa soxilidagi Xalich gavani joylashgan. Bosforni kesib o’tuvch avtomobil ko’prigi qurilgan Bosforda 2 oqim bor: ustki oqim nisbatan chuchuk bo’lib, Qora dengizdan Marmar dengiziga oqadi, ostki oqim ancha sho’r bo’lib Marmar dengizida Qora dengizgacha oqadi.

Berd Richard ( 1888-1957) – Amerikalik qutub tadqiqotchisi, uchuvchi, admeral. 1926-yilda birinchi marta Shimoliy qutub ustida uchib, qo’nmasdan qaytib kelgan. U 1929-yil Janubiy qutub ustidan uchib o’tgan.Ekspeditsiyalardavomida metyorolagik kuzatishlar, geologik tadqiqotlar o’tkazgan. G’arbiy Antarktidada toshko’mir konlari borligini aniqlagan. Antarktidadagi ilmiy stansiyalardan biri Berd nomiga qo’yilgan.
D
Dejneyev Semeyn Iivanovich (1605-1673)- Rus yo’l ouvchi sayoxatchi, dengizchi.Sharqiy Sibirdagi kavkaz polkalarida xizmat qilgan. Oymakonda bo’lgan. 1648-yil ekspeditsiya bilan kemada shimoliy suv yo’lini sharqqa tomon suzib, Osiyoning eng chekka nuqtasiga yetib brogan, so’ngra Osiyo va Amerika oralig’idagi bo’g’ozdan birinchi marta o’tgan va Chukotka yarim orolini aylanib, quruqlikdan Kalima daryosining quyilish joyiga yetib brogan. Anadir va Anyu daryolarini xaritada tushirgan. Dejneyv nomiga Osiyoning eng shimoliy-sharqiy chekka nuqtasi, Chukotkadagi tog’tizma, Bering dengizi g’arbiy soxilidagi qo’ltiq qo’yilgan.

Dekan Yassitog’ligi- Hindiston yarim orolining katta qismidagi yassitog’lik. Maydoni 1 mln km kv gat eng. Geologik jixatdan Dekan yassitog’ligi Hindiston platformasining bir qismidir. Foydali qazilmalaridan temir rudasi,mis, marganes, volfram, pltin va toshko’mir mavjud. Dekan yassitog’ligining 60 % maydni haydaladi, 10-15 % hududni o’rmonlar tashkil etadi.

Delta- Daryoning dengiz yoki ko’lga quyilish joyida suvda oqib kelgan jinslardan hosil bo’lgan tekislik. Delta nomi yunon alfavitidagi bosh harifidan olingan. Nil daryosining uchburchak deltasi shakli ana shu harfga o’xshash bo’lgandan qadimda shunday nom olgan. Deltada daryo suvi panja shaklida ko’pdan-ko’p tarmoqlarga bo’lininb oqadi. Vaqt o’tishi bilan delta kengayib, dengiz ichkarisiga kirib broaveradi.Daryo oqiziqlari ko’p va yirik bo’lsa yoki dengiz, ko’l suvi satxi pasayib borayotgan yoki sayoz bo’lsa, Deltaning shakllanishi tezlashadi. Deltaning shakli va maydoni turlicha bo’ladi.

Dreyek Frinsiz (taxminan 1540 - 1596 )- Ingliz dengiz sayyoxi, vitse-admerali. Vest- Indiyaga qilingan qaroqchilik ekspeditsiyasining raxbari, 1577 – 1580 –yillarda Magellandan so’ng 2-bo’lib dunyo bo’ylab suzib chiqqan. Ispanlarning “Yengilmas armada”sini tor mor qilishda amalda ingliz flotini boshqargan.

Drek bo’g’ozi Olovli Yer arxipelagi va Janubiy Shatlandiya orollari oralig’ida joylashgan. Atlantika okeanini Tinch okean bilan bog’laydi. Uzunligi – 460 km ga teng, dunyodagi eng katta bo’g’oz (1120 km gacha). Chuqurligi – 5249 m ga teng, asosan kuchli bo’ronlar bo’lib turadi. Qish oyida janubiy, qismi muz bilan qoplanadi, yozda esa azberk ko’p. Drek bo’g’ozi hudididan 1578-yilda suzib o’tgan ingliz dengizchi sayyoxi Drek Frensis nomi bilan ataladi.

Dunay Yevropadagi daryo, uzunligi jixatdan Volgadan keyin 2- o’rinda turadi. Uzunligi - 2850 km, havzasining maydoni esa 817 ming km kv ga teng. Germaniyadagi Shvartsvold tog’larining sharqiy yon bag’ridan boshlanib Qora dengizga katta delta xosil qilib quyiladi. Dunay oqish tavsifiga ko’ra yuqori, o’rta va quyi Dunaylarga bo’linadi. Dunayning rejimi murakkab: baxorda to’lib oqadi, yoz va kuzda toshib, qishda esa suvi kamayadi. Dunay daryosi Qora dengizga yiliga 120 mln tonna oqiziq va mineral moddalar keltiradi. Dunayda yil davomida kema qatnaydi. Daryo bo’yida 100 dan ortiq port shaxarlar joylashgan. Eng yirik portlari: Regenspurg, Vena, Bratislaba, Budapesht, Belgrad va boshqalar.

Dyuna shamol to’plangan qum tepalari. Dengiz, daryo, ko’llarning to’yinishidan qumli soxillarda paydo bo’ldi. Dyunaning shamolga qaragan tomoni sal qiya, shamolga ters tamoni tik bo’ladi. Bal 10-30 m dan yuz metrgacha yetadi.

Dyuna shamol tasiria yiliga bir nech m ga siljib turishi mumkin. G’arb adabiyotida har qanday qum uyumi iliq sharoiti va shaklidan qatiy nazar Dyuna deb ataladi. Shamolga ro’para tomoni uzun va oldidagi tik tomoni do’mboq bo’lishi bilan Dyuna cho’ldagi barxanlardan farq qiladi.


E

Yevrosiyo – Yer sharidagi eng katta materik, ikki qit’a – Yevpora va Osiyodan iborat. Umumiy yer maydoni – 54,9 mln km kv ga teng, shundan 2,75 mln km kv maydoni orollardan iborat. Materik g’arbdan sharqqa 16 ming km, shimoldan janubga esa 8 ming km ga teng. Yevrosiyoga Yer sharidagi quruqlikning 36,6 % to’g’ri keldi.Yevrosiyoni g’arbda Atlantika, shimolda Shimoliy Muz, janubdan Hind, sharqda Tinch okeanlari va ularning chekka dengizlari o’rab olgan. Yevrosiyo – eng qadimiy madaniyat maydonidir. Quruqlikning yaxlitligi, ko’pgina iqlimiy jarayonlarning umumiyligi, organik dunyo taraqqiyotining va boshqa tabiy- tarixiy xodisalarning o’xshashligi Yevropa bilan Osiyoni yagona nom ya’ni Yevrosiyo deb nomlanishiga imkon berdi. “Yevrosiyo” tushunchasi geolog va geograf fanlariga 1883 –yilda E. Zuyss tomonidan kiritilgan.

Yevropa– qit’a, Yevrosiyo materigining g’arbiy qismi. Maydoni – 10507 ming km kv, 730 ming km kv ni orollar tashkil etadi. Katta Shimoliy yarimsharda joylashgan. Yevrosiyo hududi geologik tuzilishi jixatdan to’rt qismga bo’linadi. Yevrosiyoning aksariyat qismi o’rtach kengliklarda joylashgan. Yevrosiyoda arktika, subarktika, mo’tadil va subtropik mintaqalar iqlim tiplari bor. Yevrosiyoning katta qismida yillik yog’in miqdori bug’lanishga nisbatan ko’proq. Ko’llar Yevrosiyoda asosan notekis taqsimlangan. Yevrosiyoning tuproqlari o’z xususiyatiga ko’ra 4 mintaqa zonalariga bo’linadi. Yevrosiyoning hayvonot dunyosi turli geografik zonalar bo’yicha, asosan o’simlik tiplarining joylashishiga muofiq tarqalgan.

F
Faol axoli – O’z mexnati xisobiga oladiga maoshga yashaydigan axoli. Ayrim mamlakatlarda turli bandliklarga k’ngan mablag’I yuzasidan oladiga daromadi xisobiga yashaydigan kishilar ham Faol axoli qatoriga ham kiradi.

Fauna-Yer yuzasidagi biron hududda geologik o’tmishda yashagan yoki hozir mavjud bo’lgan barch hayvonlar.

Federativ davlat - Har qancha davlatning bir davlat bo’ylab birlashishi. Federativ davlatga kirgan davlatlar o’z mustaqilligini saqlagan hlda yagona ittifoq tashqi holatlarga, yagona qo’shinga yagona fuqorolikka ega bo’ladi. Ittifoq qonunlari Federativ davlatning butun xududi uchun majburiy xisoblanadi.

Fenalogik kuzatish –Yil fasillarining almashinib borishi bilan o’simliklar olami va hayvonotlar xayotida ro’y beradigan xodisalarni muntazam kuzatib borish.
Fyon – Tog’li o’lkalarda tog’lardan vodiylarda yuqoridan pastga qarab esuvchi iliq va quriq kuchli shamol. Shamol tog’ tizmasini oshib, pastga tushayotganda isib uriydi, ba’zan qor cho’kindilarining tushishiga sabab bo’ladi.

Fizik nurash – Havo haroratining keskin o’zgarib turishi va tog’jinslarining quyosh nuridan turlicha qizishi sababli katta-kichik bo’laklarga parchalanishi. Bunday tog’jinslari va mierallarning tarkibi o’zgarmoqda.

Firi - (nemischa firin-o’tgan yilgi, eski) – Qorning qayta qiristallanishi oqibatida xosil bo’lgan donador muz. Firin qor bilan muz oralig’idagi bosqich bo’lib, yana zichlashib muzga aylanadi. Odatda Firi baland tog’larda chegarasidan yuqorida va qutbiy o’lkalarda vujudga kelgan.

Flyuger – (gollancha flyugen – qanoat) – Shamolning yo’nalishi va tezligini aniqlaydigan asbob. Shamol ta’sirida vertikal o’qda aylanadigan ko’psatkich shamolning yo’nalishini ko’rsatadi. Shamolning tezligi metall taxtachaning vertikal xolatidan qancha daraja burilganiga qarab aniqlanadi, yoniga o’rnatilgan ko’rsatkichlar shamolning sekundiga necha marta esganligini bildiradi.

G

Gavayya orollari - Tinch okeanidagi arxipelag.Orollar 3600 km gacha cho’zilgan 24 ta vulqon orollardan iborat.Gavayya orollarida harakatdagi vulqonlar ko’p. Iqlimi tropik dengiz iqlim. O’rtacha yillik yog’in 3500-4000 mm ga teng.Daryolari kalta. Tuprog’I qizil, qizil-qo’ng’ir, tog’larida tog’ o’rmon qo’ng’ir tuproqlar keng tarqalgan. Nam tropik o’rmonlar, quruq yon bag’irlar esa savanna va butazorlar bilan qoplangan. 90% o’simligi endemik. Turizm va dam olish zonasi, iqlim kurortlari mavjud.

Galapagos orollari – Tinch okeanning ekvator qismidagi bir gurux (13 ta yirik va birqancha mayda) orollar. Janubiy Amerikadan 1000 km g’arbda Ekvador Respublikasi tarkibida. Maydoni 7,8 ming km kv ga teng. Galapagos orollari 1935-yilda milliy park deb e’lon qilingan. Galapagos orollari vulqon otilishidan paydo bo’gan. Iqlimi asosan quruq iqlim. Galapagos orollari tropik va sovuq mintaqa o’simliklari hamda hayvonlari liana va mox, tropik qushlar bilan Antarktika baliqchi qushlari va boshqa hayvonot turlari keng tarqalgan.

Gama Vasko Da (1469-1524) – Potugalyalik dengizchi, Yevropadan Hindistonga boruvchi dengiz yo’lini izlashni yakunlagan. Gama ekspeditsiya davomida portugallarga, Afrikaning g’arbiy qirg’oqlari bo’ylab boruvchi dengiz yo’li allaqachon ma’lum bo’lib, Hind okeaniga boruvchi yo’l topilgan edi. Gama ekspeditsiyasi Afrikaning janubiy- sharqiy soxilini kashf qildi va Hind okeanini kesib o’tdi. Gama 1497-yildagi ekspeditsiyasi Portugalyaning Hindistondagi mustamlakachilik ekspeditsiyasiga yo’l ochdi.Gama 1524-yil Hindistonning vitse-qiroli etib tayinlandi va o’sha yili Hindistonga uchinchi oxirgi Ekspeditsiyasiga boshchilk qildi va o’sha yerda vafot etdi.

Gang – Hindiston va Bangladeshdagi daryo. Uzunligi- 2700 km ga teng, havzasining maydoni 1120 ming km kv ga teng. Braxmaputra bilan birgalikda 2055 ming km kv ni tashkil etadi. Himolay tog’laridan 4500 m ham balandda joylashgan.Gang Himolay tog’larining chuqur daralaridan oqadi. Hind okeaning Bengaliya qo’ltig’iga quyiladi. Qo’shilish yerda Braxmaputra bilan qo’shilib juda katta delta xosil qiladi.

To’yinish turlari : Baland tog’lardagi qor,Himolay tog’idagi muzlik va quyi qismi musson yog’inlardan to’yinadi. Gang sersuvligi jixatidan yer sharidan Amazonka va Kongodan keyi 3-o’rinda turadi. Gang okeanga yiliga o’rta xisobda 350 mln t ga yaqin oqiziq keltiradi. Gangni xo’jalikdagi axamiyati juda katta. Gangdan ayniqsa o’rta oqimda sug’orishda foydalaniladi. Gang xindularning muqaddas daryosi xisoblanadi.

Gviana oqimi - Janubiy Amerikaning shimoliy –sharqiy qirg’oqlari yaqinidagi iliq oqim. Janubiy Passat oqimining tarmog’i. San-pokidan boshlanib, Gviananing shimoliy – g’arbiy qirg’oqlaridan o’tadi va Shimoliy Passat oqimiga qo’shilib ketadi.
Gviana yassi to’g’ligi- Janubiy Amerikaning shimoliy –sharqiy yassiy tog’lik. Shimol va Janubda Orinoko va Amazonka past tekisliklari, g’arb va sharqda And tog’lari va Atlantika okeani oralig’ida. Garbdan sharqqa 2000 km ga cho’zilgan. Eng baland nuqtasi – 3014 m ga teng. Yirik temir ruda, shuningdek oltin, olmos konlari dunyo axamiyatiga ega boksit, uran va marganes ruda konlari bor. Qizil sariq daterit tuproqli yerlari sernam, tropic o’rmonlar keng tarqalgan. Hayvonot dunyosi juda boy. Gviana yassi tog’ligida axoli juda siyrak joylashgan. Gviana yassi tog’ligida Brazilya, Venesuella, Gayana, Surinam, Kolumbiya davlatlari va Gviana joylashgan.

Geyzerlar Vaqt-vaqti bilan qaynoq suv va bug’ favvora bo’lib otiladigan buloqlar. Geyzerlar asosan, so’nish arafasidagi yoki yaqinda so’ngan vulqunlar yon atrofida vujugda keladi. Yoiqlaridan suv katta bosim va yuqori trassada shiddat bilan otilib chiqadi. Geyzerlar suvi nisbatan toza, biroz minerallashgan. Vulqon kanallarining og’zida va yon bag’rida gezerit xosil bo’ladi. Geyzerlar muntazam va nomuntazam turlarga bo’linadi. Geyzer bosqichlarining harakati bir necha minut yoki undan ko’proq davom etishi mumkin. Tinchigan vaqti esa birnecha minutdan birqancha soat yoki kun bo’ladi. Geyzerlar asosan Islandiya, Kanada, Yaponya, Xitoy, AQSH, Yangi Zellandiy va rossiyada ko’p. Geyzerlardan xonani isitishda, energetikadan foydalaniladi.

Geografik muxit – Tabiatning insonyat jamiyati mavjud bo’lgan, odamning butun xayoti va ishlab chiqarish faoliyati ro’yberadigan qismi. Inson o’ziga kerak bo’ladigan barcha narsa – suv, havo, oziq-ovqat, turar joy va boshqa qurilishlar uchun zarur bo’lgan materiallar, butun sanoat uchun xom ashyolarni Geografik muxitdan oladi.Jamiyat rivojlanib borgan sari Geografik muxit doirasi o’zgarib, kengayib boradi. Geografik muxit jamiyat taraqqiyoti va faravonliginingdoimiy, zarur shartlaridan biri, u mexnat taqsimotidagi va ishlab chiqarish tarmoqlarining to’g’ri joylashtirilishida faol ta’sir ko’rsatadi.

Inson Geografik muxitdagi hayvonot vao’simliklarga ham kuchli ta’sir ko’rsatadi. Ayrim turlari yo’qoladi va yangi turlari vujudga keladi. Geografik muxitga ham, insonga ham, katta zarar yetkazish mumkin. Geografik muxit inson faoliyati ta’siridan tashqari, tabiy jarayonlar ta’sirida ham o’zgaradi.



Geografik atlast – Geografik xaritalarning umumiy dasturi asosida albom shakida tayyorlangan sistemali to’plam. Geografik atlastning dastlabki to’pami Miloddan avvalgi 2-asrda Klavdiy Ptolamey tomonidan yaratilgan. Geografik atlastlar 15-asr oxirida, Buyuk geografik kashfiyotlar yer haqidagi tasavvurlarni kengaytirb, mustamlakachilik natijasida savdo va dengizda suzish ravnaq topgandan keyin geografik xaritalarga katta extiyoj tug’ilgach, keng tarqala boshlandi. Geografik atlastlar tuzilishi 17-asrda Niderlandiyada rivoj topgan. Geografik atlastlarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ulardagi xaritalar o’zaro uyg’unlikda bo’lib bir-birini to’ldiradi. Geografik atlastlar g’oyatda xilm-xildir. Geografik atlastlar qancha hududni qamrashi bilan farq qiladi. Geografik atlastlar o’lchami ham har xil, katta atlaslardan cho’ntak atlaslarigacha bor.

Geografik kenglik Geografik kenglik deb meridanning ekvatordan berilgan nuqtagacha bo’lgan qismi yoyining daraja (gradus) hisobidagi kattaligiga aytiladi. Globus yoki xaritadagi istalgan nuqtaning kengligini aniqlash uchun qaysi parallelda joylashganini bilish zarur.Bu parallellarning xammasi ekvatordan shimolda joylashganligi sababli ularni kengligi shimoliy kenglik deyiladi. Ekvatordan janubda joylashgan nuqtalarning kengligi esa janubiy kenglik deb belgilanadi.Lekin xar bir parallelda bitta nuqta emas, juda ko’p nuqtalar bor. Shuning uchun globus va xaritadagi kerakli nuqtaning o’rnini aniqlashda kenglikni bilishni o’zi kamlik qiladi. Buning uchun geografik uzunlikni aniqlash zarur.

Geografik kengliklar globusda parallellarga bosh meridian yoniga yozib qo’yilgan darajalar yordamida aniqlanadi.



Geografik uzunlik - Geografik uzunlik deb Bosh meridandan berilgan nuqtagacha bo’lgan parallel yoyining daraja xisobidagi uzunligiga aytiladi. London shaxri yaqinidagi Grinvich rasadxonasi meridani Bosh meridian deb qabul qilingan. geografik uzunliklar meridanlarning ekvator yoniga yozib qo’yilgan darajalar yordamida topiladi. Geografik uzunliklar bosh meridandan sharqda bo’lsa, sharqiy uzunlik, g’arbda bo’lsa g’arbiy uzunlik deyiladi.

Geografik zonallikYer geografik qobig’ining diferentsiyasi qonuniyati. Geografik zonallik turli landshaft tiplarining qutubdan ekvatorga tomon almashinib, turli geografik mintaqalar, geografik zonalar va zonachalar xosil bo’lishida o’z aksini topgan. Geografik zonallik iqlimiy, gidrologik, geokimyoviy va geomrfologik jarayonlarga, tuproq va o’simlik qoplamiga va hayvonat dunyosiga, qisman cho’kindi jismlar xosil bo’lishi kabi ko’pchilik komponentlar va tabiy xududiy majmualarga xos. Geografik zonallikning yirik tabiy majmualar asosida differensiyasi qonuniyati sifatida dastlab 1898-yil B.B. Dokuchayev tomonidan aniqlangan.

Geografik kordinatalar – yer satxidagi nuqtaning vaziyatini ekvator tekisligi va boshlang’ich meridian tekisligiga nisbatan o’lchangan kenglik va uzunlik deb ataluvchi burchak qiymatlari.Astronomik va geodezik geografik koordinata bo’ldi. Referens- ellipsoid sirtida geodezik o’lchashlar natijasida olingan va xisoblangan kenglik va uzunlik geodezik koordinatalar deyiladi. Astronoik koordinatalar o’sha nuqtqning referens- ellipsoid sirtida osmon yoritgichlarini kuzatish orqali aniqangan koordinatalarga aytiladi. Geografik koordinatalar berilgan nuqtadan referens- ellipsoid ustida tushirilgan normal chizig’iga bog’liq.

Kenliklar meridian bo’ylab ekvatorning har ikki tomoniga qarab 0` dan 90` gacha xisoblanadi va ekvatordan shimoldagi kengliklar shimol,Janubdagilari janubiy kengliklar deb ataladi.



Geografik xaritaYer yuzasining tabiat va jamiyatdagi voqea hamda xodisalarning ma’lum bir vaqtdagi xolati umumlashtirib kuchaytiri ko’rsatadigan tekislikdagi tasviri. Geografik xarita uchun xaritagrafik proeksiyalar, shartli belgilar va xaritagrafik generalizatsiya xos. Geografik xaritalar o’zining mazmuni, tasviri, ko’rgazmaliyligi va zamonaviyligi bo’yicha xaritagrafik mo’del xisoblanadi. Geografik xaritalarning geografik xususiyati shundan iboratki: xaritagrafik proeksiyalar yordamida yerdagi va boshqa syyoralardagi obektlarning o’rni, planli o’lchamlari va shaki haqida to’g’ri olishga imkon beradi, hamda xaritagrafik belgilardan foydalangan holda , yer yuzasining biror qismi yoki hammasini masshtab asosida kichraytirilib shartli belgilar asosida tasvirlash mumkin. Qoaversa xaritada yer yuzasining re’lefini tekislikda yoyib ko’rsatish mumkin. Xaritalar mazmuniga ko’ra umumgeografik va mavzuli xaritalarga bo’linadi. Geografik xaritalar tasvirlanayotgan hududiga ko’ra dunyo, materik, okean, aloxida mamlakatlar, regionlar, viloyatlar va tuman xaritalarga bo’linadi.Vazifasiga ko’ra maxsus xaritalarga ham ajratiladi.

Geografiya- Yerning geagrafik qobig’i uning suturuktura va dinomikasi aloxida komponentlarini hududlar bo’yicha o’zaro ta’siri va taqsimlanishini o’rganadigan fanlar majmuyi. Geografiya terminini dastlab Eratosfen (miloddan avval 276- 194-yillarda yashagan) kiritgan. Geografiya fanlar sistemasi 3 ta asosiy tarmoqqa bo’linadi.Ular quyidagilardan iborat : Tabiiy yani tabiiy geografik fanlar, Ijtimoiy va iqtisodiy geografik fanlar, Xaritagrafiya va boshqalardan iborat. Miloddan avvalgi qadimgi dunyo madaniyat markazida (Turon, Shimoliy Hindiston, Xitoy, Bobil va Assuriy va boshqalar) datlabki ilmiy xulasalar ishlandi. Doira 360 gradusga bo’lindi, sutka 24 soat deb belgilandi, geografik kenglik va uzunlik ifodalari yuzaga keldi.

Gibraltar bo’g’ozi - Pireney yarim orolining janubiy chekkasi bilan Afrikaning shimoliy-g;arbiy uchi o’rtasidagi bo’g’oz.Atlantika okeanini O’rta dendiz bilan birlashtirib turadi. Uzunligi-65 km, eni 14 – 44 km, chuqurligi 1181 m gacha teng. Shimolda Gibraltar qoyasi, janubda yunon afsonalariga ko’ra Jabal - Muso tog’i bor.Gibraltar bo’g’ozi qulay geografik o’rin egallagani uchun iqtisodiy va strategik jixatdan muxim axamiyatga ega. Gibraltar bo’g’oziga kiraverishda Buyuk Britaniya mulki Gibraltar joylashgan.

Gidrosfera Yer kurrasidagi barcha suv- okean va dengizlar, daryo, ko’llar va botqoqliklar, doimiy qorliklar va muzliklar, tuproqdagi namlik hamda yer osti suvi majmuidir. Gidrosferaning umumiy hajmi 1491049 ming km kubga teng. Gidrosferaning kimyoviy tarkibi dengiz suvining o’rtacha tarkibiga juda yaqin, undagi eng muxim kimyoviy elementlar: kislarod, vodarod, xlor va natriy va boshqa elementlardan iborat. Gidrosfera suvlari uzliksiz va tez harakat qilib, tabiatda aylanib turadi va atmosfera, litosfera, biosfer bilab chambarchas bog’lanishda bo’ladi.

Globus – Yer sharining modeli, uning kichik masshtabdagi sharsimon nusxasi.Globusda yerning geometrik konturlari va maydonlar nisbatini saqlagan xolda butun yer yuzasidagi geografik ob’ektlar qiyofasi muayyan nisbatda juda kichraytirilgan holda tasvirlanadi. Globuslarda maydon va shakil xatoliklari bo’lmaydi. Globuslar foydalanish maqsadlariga ko’ra bir-biridan farq qiladi: Ular o’quv globuslari, ilmiy ishlarga mo’ljallangan globuslar, transport qatnovi uchun amaliy maqsaadlarda foydalaniladigan globuslar. Xaritagrafik mazmuniga ko’ra ham Globuslar har xil bo’lishi mumkin. Eng keng tarqalgan tabiiy geografik globuslardir.Dastlabki iptidoiy globuslarni miloddan avvalgi 2-asrda Yunonistonlik Krates yasagan va O’rta asr globuslaridan ancha farq qilgan. Sharqda dastlabki ilmiy Globuslarni Xorazmdan Abu Rayhon Beruniy 1016-yilda yasagan, u faqat Shimoliy yarim shardan iborat eng birinchi re’lifli Globus bo’lib axoli yashaydigan joylar aniq ko’rsatilgan. 1492-yilda Nyurenburgda nemis geografi va sayyoxi Martin Bexayem diometri 0,54 metrli Globusni yasagan.

Gobi Markaziy Osiyodagi cho’l, chala cho’l landshaftli joylarning umumiy nomi. Gobining yer yuzasi tekis, o’simligi siyrak, tuprog’i ko’pincha toshli, sho’rlangan bo’ladi, oqar suvlar bo’maydi, Gurunt suvlaridan chorvachilikda foydalaniladi. Markaziy Osiyodagi katta cho’l Mongolya bilan Xitoy hududida. Uzunligi 2000 km chamasi, maydon qariyib 2 mln km kv ga teng. Ko’p qismining bolandligi 900-1200 m. Gobida asosan gilli, toshloq, qumli, sho’rxok joylar ko’p. Taqirlar uchraydi. Iqlimi keskin kontinental. Mongoliya hudida Katta Gobi qo’riqxonasi bor.

Gorizont Aloqa Yer suniy yo’ldoshlari nomi, kechasiyu-kundizi uzoq telegraf-telefon radio aloqalarini va “Orbita”, “Moskva” sistemalari stansiyalari bo’yicha televideniya dasturlarini uzatish maqsadida uchraydi. Gorizontallar turli litologik tarkibli, ba’zan ma’lum hayvon qoldiqlarini o’zida saqlagan tog’ jinslari ko’mpleksidan tashkil topadi.
Gorizantallar - izogipslar – geografik xaritada dengiz satxidan nisbatan bir xil balandlikda bo’lgan nuqtalarni birlashtiradigan chiziqlar. Gorizontallar yer yuzasining re’lifi to’g’risida tasavvur beradi.

Grenlandiya - Shimoliy Muz okeani va Atlantika okeani oralig’idagi orol, Shimoliy Amerikaning shimoliy-sharqida. Grenlandiya – dunyodagi eng katta orol. Maydoni- 2176 ming kv km ga teng. Daniyaga qarashli Grenlandiya asosan Kanada kalqonida joylashgan bo’lib, gneys, kvarsit, marmar va granitdan tuzilgan. Grenlandiyada muz qoplamining o’rtacha qalinligi 2300 m, eng qalin joyi esa 3400 m ga teng. Grenlandiya orolini dastlab islandiyalik dengizchi Gunbern 875- yilda topgan. 982 – yilda esa islandiyalik Eyrik Rauda tashkil etgan va uni Grenlandiya (“Yashil o’lka “) deb atagan. Grenlandiya oroli 1262–yilda 18-asr boshigacha Norvegiyaga qarashli bo’lgan, 1721-1953 yillarda esa Daniya mustamlakasi. 1953-yilda Grenlandiya Daniya hududining bir qismi deb e’lon qilingan. 1979-yil may oyidan boshlab o’zini-o’zi boshqarish huquqiga ega bo’ldi.

Grinvich Buyuk Britaniyadagi shaxar, Katta London konurbazitsiyada. Tenza daryosining o’ng soxilida joylashgan. Shaxar astronomiy rasdxonasi bo’lganligi bilan mashxur. Grinvichda butun dunyoda vaqt va uzunlik xisobiga asos qilib olingan grinvich meridiani o’tadi. Milliy dengizchilik muzeyi bor.

Gudzon- Xadson Genri –ingliz dengizchisi.Atlantika okeanidan Tinch okeaniga o’yuvchi shimoliy dengiz yo’lini topish maqsadida 1607-1611–yillarda Arktika dengizlarida suzgan. 1609yilda Bering dengizi orqali Shimoliy Amerika qirg’oqlarigacha suzgan va materik soxilini tadqiq qilgan, Gudzon daryosini kashf qilgan. Keyinchalik uning nomiga qo’yilgan bo’g’oz va katta qo’ltiqlar kashf qilindi.

Gudzon qo’ltihg’i - Shimoliy Muz okeaning quruqlik ichkarisidagi dengizi Kanada hududida. Sharqda Gudzon bo’g’ozi orqali Atlantika okeani bilan, shimolda bo’g’ozlar orqli Shimoliy Muz okeani bilan tutashadi. Maydoni- 848 ming km kv ga teng. Gudzon qo’ltig’i 1610-yilda kashf qilingan va Gudzon nomi bilan atalgan.


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik